www.sci-p.uz
III SON. 2025
328
TIJORAT BANKLARI KREDITLARINING DAROMADLILIGINI TA’MINLASHNING
DOLZARB MASALALARI
Sheraliev Abbos
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
ORCID: 0009-0004-4686-731X
Annotatsiya.
Xalqaro bank amaliyotida tijorat banklarining rentabelligini ta’minlash
muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu nafaqat ularning
moliyaviy barqarorligini saqlashga, balki
bozor sharoitida raqobatbardoshligini oshirishga ham xizmat qiladi. Rentabellik darajasi yuqori
bo‘lgan banklar o‘z moliyaviy vositachilik funksiyasini samaraliroq bajaradi, bu esa ularning
iqtisodiyotdagi o‘rni va
rolining mustahkamlanishiga olib keladi. Shu bois, dunyoning rivojlangan
g‘arb davlatlari amaliyotida tijorat banklarining rentabelligini oshirish va barqarorligini
ta’minlash masalalari moliya bozorida ularning raqobatbardoshligini kuchaytirishning eng
u
stuvor va dolzarb yo‘nalishlaridan biri sifatida ko‘riladi. Ular banklarning samarali faoliyat
yuritishi, mijozlarga yuqori sifatli xizmat ko‘rsatishi hamda iqtisodiy rivojlanishga munosib hissa
qo‘shishini ta’minlash uchun rentabellikni oshirishga katta e’tibor qaratadilar. Maqolada
mamlakat tijorat banklari kreditlarining daromadliligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy takliflar
ishlab chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
tijorat banki, kredit, daromad, zaxira, foiz stavkasi, inflyatsiya, qayta
moliyalashtirish stavkasi.
АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ ОБЕСПЕЧЕНИЯ ДОХОДНОСТИ КРЕДИТОВ
КОММЕРЧЕСКИХ БАНКОВ
Шералиев Аббос
Денауский институт предпринимательства и педагогики
Аннотация
.
В международной банковской практике большое значение имеет
обеспечение доходности коммерческих банков, что не только служит сохранению их
финансовой устойчивости, но и повышению их конкурентоспособности в рыночных
условиях. Банки с высоким уровнем доходности более эффективно выполняют свою
функцию финансового посредника, что приводит к укреплению их места и роли в
экономике. Поэтому в практике развитых западных стран мира вопросы повышения
доходности и обеспечения устойчивости коммерческих банков считаются одними из
наиболее
приоритетных
и
актуальных
направлений
укрепления
их
конкурентоспособности на финансовом рынке. Они уделяют большое внимание
повышению доходности в целях обеспечения эффективной деятельности банков,
предоставления клиентам качественных услуг, достойного вклада в развитие
экономики. В статье разрабатываются научные предложения, направленные на
обеспечение доходности кредитов коммерческих банков страны.
Ключевые слова
:
коммерческий банк, кредит, доход, резерв, процентная ставка,
инфляция, ставка рефинансирования.
UOʻK:
336.713.2
328-333
www.sci-p.uz
III SON. 2025
329
CURRENT ISSUES OF ENSURING THE
PROFITABILITY OF COMMERCIAL BANKS’ LOANS
Sheraliev Abbos
Denov Institute of Entrepreneurship and Pedagogy
Abstract.
In international banking practice, ensuring the profitability of commercial banks
is of great importance, which not only serves to maintain their financial stability, but also to
increase their competitiveness in market conditions. Banks with a high level of profitability
perform their financial intermediary function more effectively, which leads to the strengthening
of their place and role in the economy. Therefore, in the practice of developed Western countries
of the world, the issues of increasing the profitability and ensuring the stability of commercial
banks are considered one of the most priority and urgent areas of strengthening their
competitiveness in the financial market. They pay great attention to increasing profitability in
order to ensure the effective operation of banks, the provision of high-quality services to
customers, and a worthy contribution to economic development. The article develops scientific
proposals aimed at ensuring the profitability of loans of commercial banks of the country.
Keywords:
commercial bank, loan, income, reserve, interest rate, inflation, refinancing rate.
Kirish.
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli Farmoni
bilan tasdiqlangan 2020-
2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasi bank tizimini isloh qilish
strategiyasi muhim rol o‘ynaydi. Mazkur Strategiyada «tijorat banklarining moliyaviy
barqarorlig
ini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan quyidagi chora
-tadbirlar bilan belgilangan:
Xususan banklarni faoliyatiga xos bo‘lmagan aktivlar va funksiyalardan bosqichma
-
bosqich ozod etish,moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish milliy strategiyasini ishlab
chiqish,2025 yilga qadar banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini 500 mlrd so‘mg
acha
bosqichma-bosqich oshirish,davlat ulushi ishtirokidagi tijorat banklarining kuzatuv
kengashlari tarkibiga mustaqil a’zolarni jalb qilish,banklarning kredit portfeli o‘sishini
optimallashtirish va kreditlarning konsentratsiyalashuvi tavakkalchiliklarini kamaytirish,aholi
omonatlarini himoyalash tizimini rivojlantirish,banklarga nisbatan qo‘llaniladigan xalqaro tan
olingan minimal standartlar va talablarni joriy qilish orqali me’yoriy va nazorat bazalarini
qayta ko‘rib chiqish,bank nazorati bo‘yicha Bazel qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda
normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va tasdiqlash,bank xizmatlarining sifati va tezligini
oshirish uchun yangi raqamli mahsulotlarni joriy qilish,masofaviy bank xizmatlari ko‘rsatish
ulushini oshirish maqsadida banklarning operatsion faoliyatida axborot texnologiyalari keng
qo‘llanilishini ta’minlash»
(Farmon, 2020)singari bir qancha chora-tadbirlar belgilab berilgan.
Bu esa, o‘z navbatida, banklar tomonidan beriladigan kreditlarning daromadliligini ta’minlash
zaruriyatini yuzaga keltiradi.
Adabiyotlar sharhi.
Sinkining (2017)
xulosasiga ko‘ra, kreditlarning daromadliligini ta’minlashda kreditlar
bo‘yicha sof yo‘qotishlarning jami kreditlarga nisbatan darajasining o‘zgarishi muhim o‘rin
tutadi. Ch
unki, sof yo‘qotishlar darajasining oshishi daromad keltirmaydigan
kreditlar
miqdorining ortganligidan dalolat beradi.
Usoskinning (2019)
fikriga ko‘ra, bankning kreditlardan oladigan daromadlari bevosita
risklarni boshqarish bilan bog‘liq bo‘lib, ularning kredit portfeli risklarning barcha asosiy
turlariga: likvidlilik riski, foiz riski, kredit riskiga moyildir.
Valenseva (2013)
tomonidan amalga oshirilgan tadqiqot natijasi ko‘rsatdiki, kreditlar
bo‘yicha foiz stavkasini foizli marja hisobidan pasaytirish imkoniyati bank mahsulotlari
tannarxini pasayishi bilan belgilanadi. Bunda, foizli spred miqdorining umumiy quyi chegarasi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
330
bo‘lib, etarli darajadaig foizli marja hisoblanadi. Banklarda chiqimlarni pasaytirishning muhim
sharti
–
bu bank amaliyotiga bank mahsulotlari tannarxining monitoringini joriy qilishdir.
Sotoning (2008)
fikriga ko‘ra, birinchidan,
tijorat banklari kreditlarining foiz stavkalarini
pasayishi bunga qadar foyda keltirmayotgan investitsiya loyihalarini foyda keltiradigan
investitsiya loyihalariga aylantiradi; ikkinchidan,
banklar tomonidan ixtiyoriy jamg‘armalar
bilan ta’minlanmagan kreditlar hisobidan investitsiya loyihalarini moliyalashtirilishi
, pirovard
natijada, investitsiya loyihalarining
barbod bo‘lishiga va berilgan
kreditlarning qaytmasligiga
olib keladi.
Litvinovning (2012) fikriga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan chakana kreditlar bo‘yicha
foiz to‘lovlarini undirishning annuitet usulini qo‘llanilishi jismoniy shaxslarning kredit bo‘yicha
to‘lov yukini oshishiga olib keladi. SHu sababli, kredit oluvchi ji
smoniy shaxslarga kredit
bo‘yicha to‘lov usullarini (tabaqalashgan yoki annuitet) tanlash imkonini berilishi foiz
stavkalarining rag‘batlantiruvchanlik mazmunini kuchaytirish imkonini beradi
.
Prof. Isakovning (2016) xulosasiga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan xizmatlar sohasiga
ajratilayotgan kreditlarning o‘rtacha yillik foiz stavkasining o‘rtacha bir foizga oshishi berilgan
kreditlar daromadliligini 0,8 foizga oshishiga, berilayotgan kreditlar hajmini bir foizga oshishi
kreditlar daromadlilik darajasini 1,8 foizga kamayishiga olib keladi.
Xolmamatovning (2019) tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish
masalasini ilmiy asosda tadqiq qilgan va quyidagi xulosani shakllantirgan: tijorat banklari
kredit portfelining sifatini oshirish uchun kreditlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qoti
shlarni qoplash
uchun zaxiralar shakllantirish metodikasini takomillashtirish maqsadida kreditlarning sifatini
real baholash va ularga zaxira tashkil etish bo‘yicha quyidagi mezonlar taklif etilgan:
substandart kreditlar bo‘yicha 1 foizdan 10 foizgacha; qoniqarsiz kreditlar bo‘yicha 11 foizdan
25 foizgacha; shubhali kreditlar bo‘yicha 26 foizdan 50 foizgacha; umidsiz kreditlar bo‘yicha
100 foizgacha.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu maqolada tijorat banklarining rentabelligini , bank kreditlari orqali
moliyalashtirishning ahamiyati va uning samaradorligini oshirishga qaratilgan. Sifatli
tadqiqot usulida banklarning amaliyotlari, qonun va normativ hujjatlar, shuningdek, ilg‘or
xorijiy tajribalar o‘rganildi. Miqdoriy tadqiqotda esa O‘zbekistonning tijorat
banklaridagi
muammoli kreditlar ko‘rsatkichlari va ularning o‘zgarishi tahlil qilindi. Statistik ma’lumotlar,
bank hisobotlari va markaziy bank ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Tijorat banklarining kreditlash faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi muhim
ko‘rsatkichlardan biri –
bu kreditlarning daromadlilik darajasidir.
Universal tijorat banklarida kreditlar aktivlar tarkibida salmog‘iga ko‘ra eng yuqori
o‘rinni egallaganligi sababli kreditlardan olingan daromadlar ularning daromad bazasini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘z navbatida, kreditlarning daromadlilik dar
ajasini
o‘zgarishi bevosita bank kredit portfelining sifatini o‘zgarishiga bog‘liq. Xususan, O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining 2015 yil 14 iyulda 2696-sonli «Tijorat banklarida aktivlar
sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotish
larni qoplash uchun zaxiralar
shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida
»
gi yo‘riqnomasiga asosan
tasniflangan kreditlarning besh toifasi bo‘yicha ham zaxira ajratmalari shakllantiriladigan
bo‘ldi:
standart kreditlar
–
1 %;
substandart kreditlar
–
10 %;
qoniqarsiz kreditlar
–
25 %;
shubhali kreditlar
–
50 %;
umidsiz kreditlar
–
100 % .
www.sci-p.uz
III SON. 2025
331
1-jadval
AQSHning “Bank of America” bankida kreditlarning miqdori va daromadlilik darajasi
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2020 2021 2022 2023 2024
Kreditlar, mlrd. AQSH dollari
909
966
1 033 1 040 1082
Berilgan kreditlarning daromadlilik darajasi, %
3,7
3,0
3,7
5,5
5,6
Manba:
jadval muallif tomonidan “Bank of America” bankining 2019
-2023 moliyaviy yillarning
yakuni bo‘yicha e’lon qilingan hisobotlari (Concolidated Statement of income) ma’lumotlari asosida
tuzilgan.
1-jadval
ma’lumotlaridan yaqqol ko‘rinadiki,
Bank of America bankida berilgan
kreditlarning miqdori 2020-2024
yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Buning ustiga,
kreditlarning miqdori 2024 yilda 2020 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
1-
jadval ma’lumotlaridan aniq ko‘rinadiki,
Bank of America bankida berilgan
kreditlarning daromadlilik darajasi 2024 yilda 2020 yilga nisbatan yuqori sur’atda, ya’ni 1,9
foizli punktga o‘sgan. Mazkur o‘sish, berilgan kreditlardan olingan foizli daromadlarning o‘sish
sur’atini brutto kreditlarning o‘sish sur’atidan yuqori
bo‘lganligi bilan izohlanadi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali Asakabank kreditlarining daromadliligini tahlil
qilamiz.
2-jadval
AT “Asakabank” kreditlari va ularning daromadliligi, foizda
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2020
2021
2022
2023
2024
Kreditlar, mlrd. so‘m
34 122
37 685
36 741
39 213
38 113
Kreditlardan olingan foizli
daromadlar, mlrd. so‘m
2 136
2 398
2 824
3 728
4 323
1 so‘mlik kreditga to‘g‘ri
keladigan daromad darajasi, %
6,3
6,4
7,7
9,5
11,3
Manba:
jadval Asakabankning moliyaviy hisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.
2-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Asakabankning kreditlari va
kreditlardan olgan
foizli daromadlarining miqdori 2020-
2024 yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan. 6
-jadval
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Asakabankning kreditlardan olingan foizli daromadlarining
miqdori 2019-
2023 yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘
lgan. Bu esa, mazkur davrda bank
tomonidan berilgan kreditlar miqdorining o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lganligi bilan
izohlanadi.
2-
jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, Asakabank kreditlarining daromadlilik darajasi
2020-
2024 yillarda oshishsh tendensiyasiga ega bo‘lgan.
Tijorat banklari kreditlarining daromadliligiga ta’sir etuvchi asosiy omillardan biri –
bu
kreditlar bo‘yicha yo‘qotishlar zaxira ajratmalarining darajasi ko‘rsatkichidir.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
332
1-
rasm. AT “Asakabank”da kreditlardan ko‘riladigan
zararlarni qoplashga
mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining brutto aktivlarga nisbatan darajasi, foizda
Manba:
rasm muallif tomonidan AT Asakabankning yillik hisobotlari ma’lumotlari asosida tuzilgan.
1-
rasm ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, 2020
-2023 yillarda Asakabankda kreditlardan
ko‘riladigan zararlarni qoplashga mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining darajasi ushbu
ko‘rsatkichning umume’tirof etilgan chegaraviy darajasidan (1,0 %) yuqori bo‘lgan. Biroq,
mazkur ko‘rsatkichning darajasi 2024 yilda 2020 yilga nisbatan yuqori sur’atda pasaygan.
Xulosa va takliflar.
Tadqiqot jarayonida quyidagi xulosalarni shakllantirdik:
*kreditlarning daromadliligini ta’minlashda kreditlar bo‘yicha sof yo‘qotishlarning jami
kreditlarga nisbatan darajasining o‘zgarishi muhim o‘rin tutadi. CHunki, sof yo‘qotishlar
darajasining oshishi daromad keltirmaydigan kreditlar miqdorining ortganligidan dalolat
beradi;
*kreditlar bo‘yicha foiz stavkasini foizli marja hisobidan pasaytirish imkoniyati bank
mahsulotlari tannarxini pasayishi bilan belgilanadi. Bunda, foizli spred miqdorining umumiy
quyi chegarasi bo‘lib, etarli darajadagi foizli marja hisoblanadi;
*universal tijorat banklarida kreditlar aktivlar tarkibida salmog‘iga ko‘ra eng yuqori
o‘rinni egallaganligi sababli kreditlardan olingan daromadlar ularning daromad bazasini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. O‘z navbatida, kreditlarning daromadlilik da
rajasini
o‘zgarishi bevosita bank kredit portfelining sifatini o‘zgarishiga bog‘liq;
* Bank of America bankida berilgan kreditlarning miqdori 2020-
2024 yillarda o‘sish
tendensiyasiga ega bo‘lgani holda,
kreditlarning daromadlilik darajasi 2024 yilda 2020 yilga
nisbatan yuqori sur’atda oshgan;
*Asakabankning kreditlari va kreditlardan olgan foizli daromadlarining miqdori 2020-
2024 yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgani holda, kreditlardan olingan foizli
daromadlarining miqdori 2019-
2023 yillarda o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lgan;
*2020-
2023 yillarda Asakabankda kreditlardan ko‘riladigan zararlarni qoplashga
mo‘ljallangan zaxira ajratmalarining darajasi ushbu ko‘rsatkichning umume’tirof etilgan
chegaraviy darajasidan (1,0 %) yuqori bo‘lgan. Biroq, mazkur ko‘rsatkichning darajasi 202
4
yilda 2020 yilga nisbatan yuqori sur’atda pasaygan.
Fikrimizcha, respublikamiz tijorat banklari kreditlarining daromadliligini ta’minlash
uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1. Kreditlarning tannarxini innovatsiyalar asosida kamaytirish hamda kreditlarning
daromadliligi va kredit riskini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash
yo‘li bilan kreditlarning daromadlilik darajasini oshirish zarur.
2.4
1.7
2.2
2.4
1.0
0
0.5
1
1.5
2
2.5
3
2020й.
2021й.
2022й.
2023й.
2024й.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
333
2. Kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning tijorat banklarining yalpi foydasi
hajmidagi salmog‘ining barqaror darajasini ta’minlash maqsadida, birinchidan, kreditlarning
brutto aktivlar hajmidagi salmog‘ining yuqori va barqaror darajasini ta’minlash
kerak;
ikkinchidan, kreditlardan olinadigan foizli daromadlarning o‘sish sur’ati bilan brutto
kreditlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash zarur; uchinchidan,
innovatsion kredit mahsulotlarini banklarning kreditlash amaliyotiga joriy
etish yo‘li bilan
kreditlardan olinadigan foizli daromadlar miqdorini ko‘paytirish kerak.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Farmon (2020)
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 maydagi PF-5992-sonli
“2020
-
2025 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining bank tizimini isloh qilish
strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon
(2020) i//QHMMB:06/205992/0581-son.
Isakov J.YA.(2016)
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirishda kredit samaradorligini
oshirish. I.f.d. ilm. dar. ol.uch. taqd. et. diss. avtoref.
–
Toshkent,
–
B. 28.
Litvinov E.O. (2012)Kreditnoe bremya naseleniya Rossii: vopros
ы
teorii i metodologii.
Monografiya.
–
Volgograd,
–
S. 14.
O‘zbekiston Respublikasi qonun(2015) hujjatlari to‘plami., 28
-son, 374-modda; Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2018 y., 10/18/2696
-2/1120-son.
O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori. Tijorat banklarida aktivlar sifatini
tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar shakllantirish
hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
.
Sinki Dj. (2017)
Finansovыy menedjment v kommercheskom banke i v industrii finansovыx
uslug. Per. s angl.
–
M.: Alpina Pablisher,
–
S.496.
Uerto de Soto(2008) Xesus. Dengi, bankovskiy kredit i ekonomicheskie sikl
ы
. Per. s angl.
–
CHelyabinsk: Sotsium,
–
666 s.
Usoskin V.M. (2019)
Sovremennыy kommercheskiy bank: upravlenie i
operatsii.
–
M.:LENAND,
–
S. 218.
Valenseva N.I. (2013)
Senoobrazovanie na rыnke bankovskix uslug//Bankovskoe delo. –
Moskva,
–
№11. –
S. 39.
Xolmamatov F.K.(2019) Tijorat banklarining kreditlash amaliyotini takomillashtirish.
I.f.b.f.d. diss. avtoref.
–
Toshkent,.
–
B. 25.
