Авторы

  • Фирдавс Саидов
    Высшая школа бизнеса и предпринимательства при Кабинете Министров Республики Узбекистан https://orcid.org/0009-0001-5787-3940

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.123528

Ключевые слова:

краудфандинг платформа альтернативное финансирование финтех международный опыт финансовые технологии

Аннотация

В данной статье рассмотрены особенности применения краудфандинга как современного механизма финансирования на примере зарубежных стран. В исследовании проанализированы основные типы краудфандинговых платформ — благотворительные, вознаграждаемые, долговые и долевые – на примере таких стран, как США, страны Европейского союза и Китай. Также раскрыты преимущества краудфандинга как финансового инструмента, возможные риски, а также правовые и институциональные основы его функционирования. Результаты исследования обосновывают роль краудфандинга в повышении финансовой инклюзии и поддержке инновационных проектов.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

320


XORIJIY MAMLAKATLAR MISOLIDA KRAUDFANDING PLATFORMALARI VA ULARNING

AMALIYOTDAGI QO‘LLANILISH TAMOYILLARI

Saidov Firdavs

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi

ORCID: 0009-0001-5787-3940

saidov.firdavs.nuriddin@gmail.com

Annotatsiya.

Ushbu maqolada zamonaviy moliyalashtirish mexanizmlaridan biri bo‘lgan

kraudfanding tizimining xorijiy davlatlardagi qo‘llanilish tajribalari va ularning ishlash

tamoyillari tahlil qilingan. Tadqiqotda AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Xitoy kabi mamlakatlar

misolida kraudfanding platformalarining asosiy turlari

xayriya, mukofot asosida, qarz va

aksiyadorlik shakllari o‘rganildi. Shuningdek, ushbu platformalarning moliyaviy vosita sifatida

afzalliklari, xavf-xatar omillari hamda huquqiy-institutsional asoslari tahlil etildi. Tadqiqot

natijalari kraudfandingning moliyaviy inklyuzivlikni oshirish va innovatsion loyihalarni qo‘llab

-

quvvatlashdagi rolini asoslashga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

kraudfanding, platforma, alternativ moliyalashtirish, fintex, xalqaro tajriba,

moliyaviy texnologiyalar.

КРАУДФАНДИНГОВЫЕ ПЛАТФОРМЫ И ПРИНЦИПЫ ИХ ПРИМЕНЕНИЯ НА

ПРАКТИКЕ НА ПРИМЕРЕ ЗАРУБЕЖНЫХ СТРАН

Саидов Фирдавс

Высшая школа бизнеса и предпринимательства при

Кабинете Министров Республики Узбекистан

Аннотация.

В данной статье рассмотрены особенности применения

краудфандинга как современного механизма финансирования на примере зарубежных
стран. В исследовании проанализированы основные типы краудфандинговых платформ

благотворительные, вознаграждаемые, долговые и

долевые –

на примере таких

стран, как США, страны Европейского союза и Китай. Также раскрыты преимущества

краудфандинга как финансового инструмента, возможные риски, а также правовые и

институциональные основы его функционирования. Результаты исследования

обосновывают роль краудфандинга в повышении финансовой инклюзии и поддержке
инновационных проектов.

Ключевые слова:

краудфандинг, платформа, альтернативное финансирование,

финтех, международный опыт, финансовые технологии.

UOʻK:

330.142.23

320-327


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

321

CROWDFUNDING PLATFORMS AND PRINCIPLES OF THEIR APPLICATION IN PRACTICE

ON THE EXAMPLE OF FOREIGN COUNTRIES

Saidov Firdavs

Graduate School of Business and Entrepreneurship under the

Cabinet of Ministers of the Republic of Uzbekistan

Abstract.

This article examines the features of crowdfunding as a modern financing

mechanism based on the experience of foreign countries. The study analyzes the main types of
crowdfunding platforms

donation-based, reward-based, loan-based, and equity-based

using

the examples of countries such as the United States, European Union member states, and China.

The article also highlights the advantages of crowdfunding as a financial instrument, potential

risks, and the legal and institutional frameworks for its operation. The research findings
substantiate the role of crowdfunding in enhancing financial inclusion and supporting innovative

projects.

Keywords:

crowdfunding, platform, alternative financing, fintech, international experience,

financial technologies.

Kirish.

Bugungi kunda raqamli iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va moliyaviy texnologiyalarning

(fintex) keng joriy etilishi

natijasida kapital jalb qilishning an’anaviy shakllariga muqobil

bo‘lgan yangi vositalar vujudga keldi. Ana shunday innovatsion yondashuvlardan biri bu –

kraudfanding (crowdfunding) tizimidir. Ushbu model investorlar va loyihani moliyalashtirish

istagida b

o‘lgan shaxslar o‘rtasida vositachilarsiz, ochiq onlayn platformalar orqali to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri aloqani yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. Kraudfanding bugungi kunda nafaqat startap

loyihalar va kichik biznes subyektlari uchun, balki ijtimoiy, madaniy va ilmiy tashabbuslarni
moliyalashtirishda ham muhim vosita sifatida xizmat qilmoqda.

Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kraudfanding platformalari turli

moliyalashtirish mexanizmlari

xayriya (donation-based), mukofot evaziga (reward-based),

qarz asosidagi (loan-based) va aksiyadorlik (equity-based) shakllarida faoliyat yuritib,
iqtisodiyotning turli segmentlarida samarali natijalar bermoqda. AQSh, Yevropa Ittifoqi

mamlakatlari, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Xitoy va boshqa rivojlangan davlatlarda

kraudfanding qonunchilik bilan mustahkamlangan bo‘lib, tegishli nazorat va

himoya

mexanizmlari asosida investitsiyalar xavfsizligini ta’minlab kelmoqda. Mazkur davlatlarda

ushbu model nafaqat moliyaviy resurslarni jalb qilish, balki ijtimoiy kapitalni shakllantirish,

fuqarolik faolligini rag‘batlantirish va innovatsiyalarni qo‘ll

ab-quvvatlash vositasi sifatida ham

e’tirof etilgan.

Adabiyotlar sharhi.

Kraudfanding moliyalashtirishning innovatsion shakli sifatida G‘arbiy iqtisodiy va

boshqaruv maktablari tomonidan turli nazariy yondashuvlar asosida chuqur tahlil qilingan.

Ushbu modelning nazariy asoslari, uning iqtisodiy samaradorligini anglashda muhim vosita

hisoblanadi. Jumladan, Miglo (2021) tomonidan ilgari surilgan qarashlarga ko‘ra,
“kraud

fanding

bu axborot asimmetriyasi va axloqiy xatarlar bilan bog‘liq moliyaviy muhitda

ishonchni tiklovchi mexanizmdir”. U investorlarga loyiha haqida to‘liq ma’lumot olish imkonini

beradigan shaffof platformalar orqali resurslarni samarali taqsimlashga xizmat qilad.

Shuningdek, Alegre va Moleskis (2016) kraudfandingni mukofotli, aksiyaviy, qarz va

xayriya asosidagi turlarga ajratgan holda, har bir modelning muvaffaqiyat omillarini boshqaruv

nazariyalari nuqtai nazaridan tahlil qiladi. Ularning tadqiqotlari kraudfandingni keng turdagi

moliyaviy strategiyalarni o‘zida mujassam etgan murakkab tizim sifatida tushunishga asos

yaratadi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

322

Jovanovic (2019) esa ushbu modelga kengroq ijtimoiy yondashuv bilan qaraydi. Uning

ta’kidlashicha, “kraudfanding nafaqat kapitalni safarbar etadi, balki iqtisodiy demokratiya va

jamoaviy ishtirokni kuchaytiradi”. U bu mexanizmni ijtimoiy innovatsiyalarni qo‘llab

-

quvvatlovchi vosita sifatida baholaydi.

Matusik va Jones (2019) o‘z izlanishlarida kraudfanding muvaffaqiyatini insoniy

motivatsiya va shaxsiy aloqalar bilan bog‘laydi. Ular buni “maxsulotga qiziqish” va “shaxsga

sodiqlik” tamoyillari orqali tushuntiradi, bu esa kraudfandingni oddiy moliyaviy vo

sita emas,

balki ijtimoiy dinamika bilan boyitilgan tizim sifatida tasvirlaydi.

Boshqa bir guruh olimlar esa kraudfandingni notijorat sektoridagi muvaffaqiyatli

moliyaviy vosita sifatida tavsiflaydilar. Ularning tadqiqotiga ko‘ra, ijtimoiy maqsadlarga

qaratilgan loyihalar keng omma tomonidan qo‘llab

-

quvvatlanishga moyil bo‘lib, bu

kraudfandingning filantropik salohiyatini ifodalaydi (Belleflamme va boshq., 2013).

G‘arb olimlarining tadqiqotlari kraudfandingni moliyaviy, institutsional va ijtimoiy

jihatlarda ko‘rib chiqadi. Bu esa uning nazariy asoslarini yanada boyitib, zamonaviy

iqtisodiyotda unga kompleks moliyaviy mexanizm sifatida qarashga imkon yaratadi.

Tadqiqot metodologiyasi.

Ushbu maqola ijtimoiy tadbirkorlik haqidagi nazariy bilimlarga asoslangan. Tadqiqot

jarayonida qiyosiy tahlil, tizimlashtirish, induksiya, deduksiyadan foydalangan holda ilmiy

natijalar ishlab chiqildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Xorijiy olimlar tomonidan kraudfandingning mohiyatini tushunishga qaratilgan nazariy

yondashuvlarni umumlashtirish asosida kraudfandingga quyidagicha ta’rif berish maqsadga

muvofiq. Kraudfanding

bu investitsiya faoliyatining innovatsion shakli bo‘lib, u

raqamli

platformalar orqali tashabbuskor subyektlarga keng jamoatchilikdan moliyaviy va boshqa

turdagi resurslarni jalb qilish imkonini beruvchi mexanizm sifatida namoyon bo‘ladi. Ushbu

model, ixtisoslashtirilgan internet platformalari vositasida, ma’lum m

aqsadga qaratilgan

loyihalarni amalga oshirish uchun ko‘plab kichik ishtirokchilarning sarmoyaviy hissasini

birlashtirishga asoslanadi. Shu tariqa, kraudfanding an’anaviy moliyalashtirish vositalaridan
farqli o‘laroq, ochiq, inklyuziv va vositachilarsiz moliyaviy o‘zaro hamkorlik muhitini

shakllantiradi.

1-rasm. Kraudfandingni ishlash prinsipi


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

323

Kraudfandingning asosiy printsipi shundaki, har bir ishtirokchi kichik hissa qo‘shishi

mumkin, bu esa oxir-oqibat katta miqdordagi pulni jamlash imkonini beradi (1-rasm).

Keltirilgan rasmda kraudfandingning ishlash prinsiplari tavsiflanagan bo‘lib, u loyih

aning

g‘oyasidan boshlab, uning moliyalashtirilishi, amalga oshirilishi va hisobot berishgacha bo‘lgan

to‘liq siklni qamrab oladi. Ushbu davriy jarayon kraudfanding modelining shaffoflik, ishonch va
natijaviylik tamoyillariga asoslanishini ko‘rsatadi. Har bir bosqich izchil rejalashtirilgan bo‘lishi

kraudfanding kampaniyasining muvaffaqiyatini ta’minlovchi muhim omil hisoblanadi.

Dunyo miqyosida faoliyat yuritayotgan kraudfanding platformalarining amaliy tajribasi

shuni ko‘rsatadiki, bu moliyaviy mexanizm asosan ikki asosiy modelga bo‘linadi: moliyaviy
bo‘lmagan (non

-financial) va moliyaviy (financial) kraudfanding. Har ikkala mode

l o‘z

funksional yo‘nalishlari va ishtirokchilar motivatsiyasiga ko‘ra farqlanadi. Moliyaviy bo‘lmagan

modelda investor (yoki homiy) hech qanday moddiy daromad yoki moliyaviy mukofot

kutmasdan, gumanistik, ijtimoiy yoki shaxsiy qadriyatlarga asoslangan motivatsiya bilan loyiha

tashabbuskorini qo‘llab

-quvvatlaydi. Aksincha, moliyaviy model esa homiy tomonidan

to‘g‘ridan

-

to‘g‘ri daromad olishni ko‘zlaydi.

Moliyaviy bo‘lmagan model ichida ikki asosiy tur ajratiladi. Birinchisi, xayriya (donorlik)

kraudfandingi

bunda ishtirokchi beg‘araz asosda mablag‘ ajratadi va hech qanday mukofot

kutmaydi. Ushbu yondashuv ko‘pincha ijtimoiy, ekologik yoki insonparvarlik

yo‘nalishidagi

tashabbuslarda qo‘llaniladi. Bunda homiylar uchun eng asosiy motivatsiya –

axloqiy qoniqish

va jamiyatga foyda keltirish hissi. Ikkinchisi, mukofotli (klassik) kraudfanding

bunda

tashabbuskor moliyaviy qo‘llab

-quvvatlash evaziga homiylarga mahsulot, xizmat yoki boshqa

shakldagi mukofotni taklif qiladi. Bu model tadbirkorlikni boshlash uchun muqobil

moliyalashtirish vositasi bo‘lib, qo‘shimcha aksiyadorlik yoki qarz jalb etmasdan biznes

yuritish imkonini beradi.

Moliyaviy model esa quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:

Aksiyaviy kraudfanding (kraudinvesting)

bu modelda investor kompaniyaning ma’lum

ulushini sotib oladi, ya’ni biznesga egalik qiladi. Ushbu model ko‘pincha startaplar yoki

dastlabki bosqichdagi loyihalarga xosdir.

Kreditli kraudfanding (kraudlending yoki P2P kreditlash)

bu model moliyaviy

munosabatlarni bank krediti shakliga yaqinlashtiradi: investorlar loyihani moliyalashtiradi va

ular foiz bilan qaytariladigan qarz shaklida daromad oladi. O‘z navbatida kreditli

modelni ham

quyidagi ikki asosiy shakli mavjud, bular: an’anaviy qarz shartnomasi va shartli qarz. An’anaviy

qarz shartnomasi

oldindan belgilangan foiz stavkasi bilan mablag‘ ajratiladi va loyiha muallifi

ularni belgilangan muddatda qaytaradi. Shartli (kechiriladigan) qarz

qarz faqat loyiha foyda

keltira boshlaganidan so‘ng qaytariladi.

Bundan tashqari, har ikkala modelda keng qo‘llaniladigan universal mexanizmlar mavjud.

Jumladan, “Hammasi yoki hech narsa” (All

-or-nothing)

bunda mablag‘ yig‘ilishi faqat to‘liq

maqsadli summa yig‘ilganda amalga oshadi. Hamda, “Yig‘ilgan mablag‘ni saqlab

qolish” (Keep

-

it-all)

bunda tashabbuskor belgilangan miqdorga yetmasa ham, yig‘ilgan mablag‘ni olishi

mumkin. Umumiy klassifikatsiya ikki asosiy modelga

pulsiz (non-financial) va pulli (financial)

shakllarga bo‘linadi.

Pulsiz model tarkibida xayriya va klassik (bonusli) kraudfanding turlari ajratiladi. Xayriya

asosidagi shaklda investorlar (yoki donorlar) loyihani moliyalashtirish evaziga hech qanday

mukofot kutmaydi, ular asosan shaxsiy e’tiqod, empatiya yoki ijtimoiy mas’uliyat asosida

harakat qilishadi. Bu shakl ijtimoiy, ekologik va gumanitar yo‘nalishdagi tashabbuslar uchun

mos keladi. Klassik kraudfandingda esa loyihani moliyalashtirgan ishtirokchilar mukofot

sifatida mahsulot, xizmat yoki nomoddiy rag‘batga ega bo‘

ladilar. Ushbu modelda

motivatsiyalar kombinatsiyalangan bo‘lib, u shaxsiy manfaat va mukofot olish istagiga

tayanadi.

Pulli model tarkibida esa kraudinvesting (aksionerlik) va kraudlending (kreditli) turlari

ajratilgan. Kraudinvesting modelida investor kompaniyaning ulushiga egalik qiladi va uning


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

324

muvaffaqiyatiga ko‘ra foyda oladi. Ushbu shakl startaplar va innovatsion loyihalarning
dastlabki bosqichida keng qo‘llaniladi. Kraudlending modeli esa moliyaviy vosita sifatida kredit

berish tamoyiliga asoslanadi: investorlar loyiha mualliflariga qarz beradi va ular foiz bilan

qaytariladi. Ba’zi hollarda, ayniqsa ijtimoiy yo‘nalishdagi loyihalar uchun, foizsiz kreditlash

amaliyoti ham mavjud.

Jadvalda keltirilgan yirik xalqaro platformalar

GoFundMe, Kickstarter, Seedrs,

Crowdcube, Lending Club va boshqalar

har bir kraudfanding turi uchun global tajribada

qo‘llanilayotgan eng mashhur onlayn xizmatlar bo‘lib, ular loyihalar va ishtirokchilar o‘rtasida

ishonchli vositachilikni ta’minlaydi. Shu orqali mazkur jadval kraudfanding mexanizmlarining
turlari, ularning iqtisodiy va ijtimoiy funksiyalari hamda qo‘llanilish doirasi bo‘yicha

mukammal tasniflovchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Yevropa mamlakatlarida kraudfanding moliyalashtirishning muqobil va tez sur’atlar

bilan rivojlanayotgan shakli sifatida iqtisodiy tizimga faol integratsiyalashmoqda. Bu hududda

mazkur mexanizm kichik va o‘rta biznesni qo‘llab

-quvvatlash, innovatsion loyihalarni

moliyalashtirish hamda ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirishda samarali vosita sifatida keng

qo‘llanilmoqda. Yevropa Ittifoqi tomonidan kraudfanding faoliyatini tartibga solishga

qaratilgan huquqiy mexanizmlar, xususan, “European Crowdfunding Servi

ce Providers

Regulation” (ECSPR) reglamenti, mazkur tizimning barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga

xizmat qilmoqda.

2023-

yil oxiriga kelib, Yevropa Qimmatli qog‘ozlar bozori boshqarmasi (ESMA)

tomonidan European Crowdfunding Service Providers Regulation (ECSPR) doirasida

akkreditatsiyadan o‘tgan kraudfanding xizmatlari provayderlari soni 159 taga yetdi. Ularning

98 tasi

faoliyatlari bo‘yicha taqdim et

il

gan ma’lumotlar

(ESMA report, 2024) tahlili natijasida

muhim statistik tendensiyalar aniqlangan.

Tadqiqot qamroviga kirgan 98 ta xizmat ko‘rsatuvchi subyektlardan 81 tasi faqat bitta

moliyalashtirish turini, qolgan qismi esa ikki yoki undan ortiq moliyaviy modelni taklif qilgan.
Jumladan, 53 ta platforma kredit asosidagi kraudfandingni, 30 tasi qarz asosidagi, 25 tasi

aksiyalar asosidagi, yana 17 tasi esa boshqa shakllardagi moliyalashtirish xizmatlarini amalga

oshirgan.

2-rasm. Yevropa ittifowadi k

raudfanding moliyalashtirish turlari bo‘yicha taqsimoti

(2023)

(ESMA report, 2024)

Keltirilgan ma’lumotlarga e’tibor bersak (2

-rasm), kreditga asoslangan moliyalashtirish

umumiy loyihalarning taxminan 65 foizini tashkil etib, eng keng tarqalgan model sifatida ajralib

turadi. Undan keyingi o‘rinlarda qarzga asoslangan loyihalar (17%) hamd

a kapital (aksiyaviy)

asosidagi loyihalar (6%) joylashgan. 2023 yilda 5000 dan ortiq kreditga asoslangan loyiha


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

325

amalga oshirilgan bo‘lib, ularda 1,7 milliondan ortiq investorlar ishtirok etgan. Har bir bunday
loyiha uchun yig‘ilgan o‘rtacha mablag‘ 15 ming yevroni tashkil etgan, bu esa qarz asosidagi

loyihalar uchun 53 ming yevro va aksiyadorlik asosidagi loyihalar uchun 46 ming yevroni

tashkil etgan ko‘rsatkichlarga nisbatan ancha kam.

Investorlar tarkibida esa chakana (retail) investorlar yetakchilik qilgan bo‘lib, ular

umumiy ishtirokchilarning 87 foizini tashkil qilgan. 12% investorlar ECSPR doirasida

“murakkab” sarmoyadorlar sifatida tasniflangan bo‘lsa, atigi 1% investorlar “professional”

maqomiga ega bo‘lgan (MiFID me’zonlariga ko‘ra).

Sanoat tarmoqlari kesimida qaralganda, kraudfanding orqali eng ko‘p sarmoya jalb

etilgan yo‘nalish professional, ilmiy va texnik xizmatlar sohasi bo‘lib, 390 million yevroga teng

investitsiya jalb qilingan. Bu umumiy moliyalashtirish hajmining uchdan birini tashkil etadi.

Ushbu sohalarga boshqaruv, yuridik xizmatlar, reklama, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat

kiradi. Qurilish sohasi esa 240 million yevro bilan ikkinchi o‘rinda qayd etilgan. Biroq, eng ko‘p
investor jalb qilingan soha ko‘chmas mulk sektori bo‘lib, u yerda 380 mingdan ortiq investorlar

ishtirok etgan.

Moliyaviy jihatdan qaralganda, chakana investorlar o‘rtacha 590 yevro sarmoya kiritgan

bo‘lsa, “murakkab” sarmoyadorlar 990 yevro, professional investorlar esa 4200 yevrogacha
sarmoya kiritgan. Bu esa moliyaviy resurslar ko‘lami va investorlar tipologiyasi

ning

kraudfanding modelida qanday taqsimlanganini aks ettiradi.

AQSh kraudfanding sohasida global yetakchi bo‘lib, moliyalashtirish modellari va

platformalar xilma-xilligi jihatidan boshqa mamlakatlardan sezilarli ustunlikka ega.

Mamlakatda kraudfanding nafaqat startaplarni qo‘llab

-quvvatlash, balki ijodiy loyihalar,

i

jtimoiy tashabbuslar va kichik bizneslar uchun moliyaviy manba sifatida keng qo‘llaniladi.

2023-

yilgi statistik ma’lumotlarga ko‘ra (3

-rasm), AQSh bozorida kraudfandingning turli

modellariga to‘g‘ri kelgan mablag‘lar ulushi quyidagicha taqsimlangan bo‘lib,

bu jarayon

mamlakatdagi investorlar faolligi va jamiyatdagi kraudfanding madaniyatining yuksak
darajada shakllanganini yaqqol namoyon etadi.

3-

rasm. AQShda kraudfanding turlari bo‘yicha mablag‘lar ulushi (2023)

(globalgrowthinsights.com, 2024)

2023-

yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh kraudfanding bozorida eng katta ulushni mukofot

asosidagi kraudfanding (45%) egalladi, bu ijodiy va mahsulotga yo‘naltirilgan loyihalarning

yuqori talabga ega ekanini ko‘rsatadi. Aksiya asosidagi model (30%) esa startap

va kichik

bizneslar uchun muhim sarmoya manbai bo‘lib xizmat qilmoqda. Xayriya asosidagi

kraudfanding (18%) asosan ijtimoiy va favqulodda holatlar bilan bog‘liq tashabbuslarni

qo‘llab

-quvvatlashda ishlatiladi. Qolgan 7% esa qarz asosidagi va boshqa kamroq


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

326

qo‘llaniladigan modellar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu taqsimot AQShda kraudfandingning ko‘p
qirrali va rivojlangan ekotizimga aylanganini ko‘rsatadi.

Quyidagi infografikada 2023-yilda AQShda kraudfanding orqali jalb qilingan

mablag‘larning turli loyiha turlari bo‘yicha taqsimoti aks ettirilgan (4

-

rasm). Grafikdan ko‘rinib

turibdiki, eng katta ulushni o‘yinlar (xususan stol va video o‘yinlar) tashkil etgan bo‘lib,
texnologiya va dizayn sohalari ham yetakchi o‘rinlarda qayd etilgan. Bu holat AQShda

kraudfanding mexanizmlarining ijodiy va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishdagi muhim

rolini yaqqol namoyon etadi.

4-rasm. 2023-yilda AQShda

kraudfanding mablag‘larining loyihalar bo‘yicha taqsimoti

(

tcf.team, 2023

)

2023-yilda Xitoyda kraudfanding bozori raqamli iqtisodiyotning kengayishi, aholining

moliyaviy texnologiyalarga bo‘lgan ishonchi va onlayn to‘lov tizimlarining

ommalashuvi

natijasida sezilarli darajada o‘sdi. Ayniqsa, kichik va o‘rta biznes subyektlari, innovatsion

startaplar hamda ijtimoiy tashabbuslar uchun kraudfanding barqaror moliyalashtirish manbai

sifatida shakllana boshladi.

Grand View Research tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda

kraudfanding bozorining umumiy hajmi 2024-yilga kelib 103,1 million AQSh dollariga yetgan.

Bu natija, 2023-

yildagi sarmoya hajmidan yuqori bo‘lib, bozordagi o‘sish tendensiyasining

m

ustahkam asosga ega ekanini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, 2030

-yilga kelib, bozor hajmi 272,3

million dollarga yetishi prognoz qilinmoqda.

Bu o‘sish sur’ati yildan

-

yilga o‘rtacha 18% (CAGR

2025

–2030) bo‘lishi kutilayotgani bilan izohlanadi. Bunday yuqori o‘sish ko‘rsatkichlari, bir

tomondan, Xitoy hukumatining raqamli innovatsiyalarni qo‘llab

-quvvatlashi, ikkinchi

tomondan esa aholining innovatsion moliyaviy mahsulotlarga bo‘lgan talabining ortib

borayotgani bilan bog‘liq.

Ayni paytda Xitoyda kraudfandingning eng ommabop turlari qatoriga qarz asosidagi

(loan-based) va aksiyalar asosidagi (equity-based) modellar kiradi. Qarz asosidagi platformalar

eng katta daromad keltiruvchi segment bo‘lib qolayotgan bo‘lsa, aksiyalar asosi

dagi model esa

eng tez o‘sayotgan segment sifatida ajralib turmoqda. Bundan tashqari, mukofot asosidagi

(reward-based) va ehson asosidagi (donation-based) kraudfanding ham ijtimoiy tarmoqlar
orqali muvaffaqiyatli rivojlanmoqda, ayniqsa JD Crowdfunding va Qingsongchou kabi yirik

platformalar orqali. Xitoyda kraudfanding bozori 2023-yilda strategik muhim moliyaviy

instrument sifatida shakllandi. Yaqin yillarda bu sohaning tarmoq va texnologiyalar bilan uzviy

integratsiyalashuvi hisobiga yanada kengayishi kutilmoqda. 2023-yilgi global tendensiyalar

shuni ko‘rsatadiki, kraudfanding bozori jahonda jadal sur’atlarda rivojlanib, moliyaviy

ekotizimning ajralmas va innovatsion qismiga aylanmoqda. Ayniqsa, Yevropa, AQSh va Xitoy


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

327

tajribasi bu moliyalashtirish modelining har xil geografik, iqtisodiy va institutsional

sharoitlarda qanday samarali ishlashini ko‘rsatib berdi. Bu mamlakatlarda kraudfanding

nafaqat startaplar va kichik bizneslar uchun yangi imkoniyatlar yaratdi, balki investorlar va

jamiyat o‘rtasida ochiq, shaffof hamkorlik tamoyillarini mustahkamladi.

Umuman olganda, kraudfanding

an’anaviy moliyalashtirish vositalariga muqobil bo‘lib,

keng jamoatchilikni jalb etuvchi va ishtirokchilarning bevosita aloqasiga asoslangan moliyaviy

model sifatida o‘zini namoyon qilmoqda. Bu yondashuvning eng muhim afzalli

klari sifatida

tezkorlik, demokratik moliyaviy ishtirok va innovatsiyalarga ochiqlikni ko‘rsatish mumkin.

Natijada, kraudfanding zamonaviy iqtisodiyotda barqaror rivojlanishni qo‘llab

-quvvatlovchi

vosita sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Xulosa va takliflar.

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, kraudfanding –

zamonaviy moliyalashtirish

mexanizmi sifatida xalqaro amaliyotda o‘zining moslashuvchanligi, ochiqligi va samaradorligi

bilan ajralib turadi. Xususan, AQSh, Yevropa Ittifoqi davlatlari va Xitoy tajribasi

kraudfandingning turli iqtisodiy, institutsional va madaniy muhitlarda qanday muvaffaqiyatli

joriy etilayotganini yaqqol namoyon etadi. Tadqiqotda aniqlanishicha, ushbu model kichik va

o‘rta biznesni moliyalashtirish, innovatsion g‘oyalarni qo‘llab

-quvvatlash, ijtimoiy loyihalarni

amalga oshirish hamda fuqarolik jamiyati ishtirokini kuchaytirish vositasi sifatida xizmat

qilmoqda.

Shuningdek, kraudfanding moliyalashtirishning an’anaviy shakllaridan farqli o‘laroq,

investor va loyiha tashabbuskorlari o‘rtasida vositachilarsiz va ishonchga asoslangan moliyaviy

aloqalarni shakllantiradi. Bu esa platformalarning shaffofligi, ishtirokchilarning motivatsiyasi

va loyihalarning ijtimoiy mazmuni bilan chambarchas bog‘liqdir. Kraudfanding mexanizmlari

orasida mukofot, aksiyaviy, qarz va xayriya asosidagi modellar o‘z funksionalligi va maqsadli

auditoriyasiga ko‘ra turlicha afzalliklarga ega bo‘lib, bu tizimni ko‘p qirrali va keng
qo‘llaniladigan vositaga aylantiradi.

Umuman olganda, tadqiqot natijalari shuni tasdiqlaydiki, kraudfanding nafaqat moliyaviy

resurslarni jalb qilishda muqobil yechim, balki inklyuziv va innovatsion iqtisodiyotni

shakllantirishda strategik ahamiyatga ega vositadir. Rivojlanayotgan davlatlar, jumladan

O‘zbekiston uchun esa, kraudfandingni joriy etish moliyaviy tizimni diversifikatsiyalash,

startap ekotizimini rivojlantirish va aholi o‘rtasida moliyaviy ishtirokchilik madaniyatini

shakllantirish yo‘lida muhim omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Adabiyotlar/

Литература

/References:

Alegre I., Moleskis M. (2016). Crowdfunding: A review and research agenda. Journal of Business

Research, 69(11), 4794

4798.

Belleflamme P., Lambert T., Schwienbacher A. (2013). Individual crowdfunding practices.

Venture Capital, 15(4), 313

333.

ESMA (2024) Market Report on Crowdfunding in the EU 2024
Jovanovic T. (2019). Crowdfunding: What do we know so far? Facta Universitatis, Series:

Economics and Organization, 16(1), 1

13.

Matusik S.F., Jones J.M. (2019). The crowdfunding paradigm: Redefining the intermediary role.

Academy of Management Perspectives, 33(4), 480

499.

Miglo A. (2021). Crowdfunding: Definitions, foundations and framework. Journal of Corporate

Finance Research, 21(2), 4

17.

Акст Р.

(2017)

Анатомия краудфандинга или Феномен ICO. М.:Изд

.

решения, 868 c.

Globalgrowthinsights.com. (2024). Global Growth Insights. [online] Available at:

https://www.globalgrowthinsights.com/market-reports/crowdfunding-market
https://www.tcf.team/blog/indiegogo-and-kickstarter-stats

Tcf.team. (2023). Indiegogo and Kickstarter Stats: 1st Semester of 2023. [online] Available at:

https://www.tcf.team/blog/indiegogo-and-kickstarter-stats.

Библиографические ссылки

Alegre I., Moleskis M. (2016). Crowdfunding: A review and research agenda. Journal of Business Research, 69(11), 4794–4798.

Belleflamme P., Lambert T., Schwienbacher A. (2013). Individual crowdfunding practices. Venture Capital, 15(4), 313–333.

ESMA (2024) Market Report on Crowdfunding in the EU 2024

Jovanovic T. (2019). Crowdfunding: What do we know so far? Facta Universitatis, Series: Economics and Organization, 16(1), 1–13.

Matusik S.F., Jones J.M. (2019). The crowdfunding paradigm: Redefining the intermediary role. Academy of Management Perspectives, 33(4), 480–499.

Miglo A. (2021). Crowdfunding: Definitions, foundations and framework. Journal of Corporate Finance Research, 21(2), 4–17.

Акст Р. (2017) Анатомия краудфандинга или Феномен ICO. М.:Изд. решения, 868 c.

Tcf.team. (2023). Indiegogo and Kickstarter Stats: 1st Semester of 2023. [online] Available at: https://www.tcf.team/blog/indiegogo-and-kickstarter-stats.