www.sci-p.uz
III SON. 2025
448
O
‘
ZBEKISTONDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARI FAOLIYATINI
RIVOJLANTIRISH TENDENSIYALARI
DSc, dots.
Sharopova Nafosat
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-9595-0655
Annotatsiya.
Maqolada
O‘zbekistonda kichik biznes sub
yektlarining iqtisodiy faoliyati,
ularning soha va
hududlar kesimidagi rivojlanish dinamikasi hamda tarkibiy o‘zgarishlari ilmiy
jihatdan tahlil etilgan. Kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi strategik ahamiyati xususan, yalpi
ichki mahsulotdagi ulushi, tashqi iqtisodiy faoliyatdagi ishtiroki va aholining bandligini
ta’minlashdagi o‘rni ushbu tadqiqotning ilmiy va amaliy ahamiyatini belgilab beradi. Tadqiqot
jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligining ma’lumotlari asosida kichik biznes
suby
ektlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari dinamikasi
tahlil qilingan. Xususan, YaIMdagi hissasi,
eksportdagi ishtiroki hamda sohalar kesimidagi rivojlanish yo‘nalishlari o‘rganilgan. Shu bilan
birga, mavjud muammolar va ularning kelib chiqish sabablari tahlil qilinib, sohani yanada
rivojlantirishga qaratilgan amaliy va strategik tavsiyalar ishlab chiqilgan. Maqolada keltirilgan
xulosalar va tavsiyalar milliy iqtisodiyotda kichik biznes subyektlarining samaradorligini
oshirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab
-quvvatlash mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat
qiladi.
Kalit so‘zlar:
kichik biznes suby
ektlari, yalpi ichki mahsulot, eksport, iqtisodiy o‘sish,
tadbirkorlik muhiti, milliy iqtisodiyot.
ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ МАЛОГО БИЗНЕСА
В УЗБЕКИСТАНЕ
DSc,
доц
.
Шаропова Нафосат
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье научно проанализирована экономическая деятельность
субъектов малого бизнеса в Узбекистане, динамика их развития и структурные
изменения в отраслевом и региональном разрезе. Стратегическое значение малого
бизнеса в национальной экономике, в частности, его доля в валовом внутреннем
продукте, участие во внешнеэкономической деятельности и роль в обеспечении
занятости населения определяют научную и практическую значимость данного
исследования. В процессе исследования проведён анализ динамики экономических
показателей субъектов малого бизнеса на основе данных Агентства статистики
Республики Узбекистан. В частности, изучены их вклад в ВВП, участие в экспорте и
направления развития по
отраслям. Также были выявлены существующие проблемы,
проанализированы причины их возникновения и разработаны практические и
стратегические рекомендации по дальнейшему развитию данной сферы. Выводы и
рекомендации, представленные в статье, служат повышению эффективности
субъектов малого бизнеса в национальной экономике и совершенствованию механизмов
государственной поддержки.
Ключевые слова:
субъекты малого бизнеса, валовой внутренний продукт, экспорт,
экономический рост, предпринимательская среда, национальная экономика
.
UOʻK:
316.324
448-457
www.sci-p.uz
III SON. 2025
449
TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF SMALL BUSINESS ACTIVITIES IN UZBEKISTAN
DSc, assoc. prof.
Sharopova Nafosat
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article presents a scientific analysis of the economic activity of small business
entities in Uzbekistan, including the dynamics of their development and structural changes across
sectors and regions. The strategic importance of small businesses in the national economy
particularly their contribution to gross domestic product (GDP), participation in foreign economic
activities, and role in ensuring employment defines the scientific and practical relevance of this
study. The analysis of the economic indicators of small business entities was carried out based on
data from the Statistics Agency of the Republic of Uzbekistan. Specifically, the study examines their
share in GDP, involvement in exports, and development trends across various sectors.
Furthermore, existing challenges and their underlying causes are analyzed, and both practical and
strategic recommendations aimed at further development of the sector are proposed. The
conclusions and recommendations presented in the article contribute to enhancing the efficiency
of small business entities in the national economy and improving mechanisms of state support.
Keywords:
small business entities, gross domestic product, export, economic growth,
entrepreneurial environment, national economy.
Kirish.
Bugungi globallashuv va raqobat muhitida milliy iqtisodiyotlarning barqaror
rivojlanishida kichik biznes subyektlarining o‘rni va ahamiyati tobora oshib bormoqda
(Solovyova, 2023)
. Kichik biznes nafaqat iqtisodiy faollikni jonlantiradi, balki yangi ish o‘rinlari
yaratish, innovatsion g‘o
yalarni amalga oshirish, ichki bozorni tovar va xizmatlar bilan
ta’minlash kabi ko‘plab muhim vazifalarni bajaradi
(Johnson, Miller, 2021). Ayniqsa,
rivojlanayotgan mamlakatlarda kichik biznesni qo‘llab
-quvvatlash orqali ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarni hal
etish mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida ham so‘nggi yillarda kichik biznes subyektlarini
rivojlantirish, ular uchun qulay institutsional muhit yaratish, soliq va litsenziyalash tartiblarini
soddalashtirish, moliyaviy resurslarga erishish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan bir
qator islohotlar amalga oshirilmoqda (Karimov, Khamidov, 2024). Xususan, davlatning kichik
biznesni rivojlantirishdagi faol ishtirokini ta’minlash maqsadida huquqiy
-
me’yoriy baza
yangilanmoqda, tadbirkorlikni qo‘llab
-quvvatlash markazlari faoliyati kengaymoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston taraqqiyotining yangi davrida
kichik biznes subyektlari
ni
rivojlantirishga iqtisodiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor
qaratilmoqda.
Eng avvalo, iqtisodiyotning yetakchi soha va tarmoqlarida kichik biznes
subyektlari ulushining oshishi iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik ta’minlanis
hining
mustahkam poydevori hisoblanadi.
Shu bilan birga, kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, ularning
eksport salohiyati, sohalar va hududlar kesimidagi faoliyati tahlil qilinishi orqali mavjud holatni
baholash, kamchiliklar va muammolarni aniqlash, ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa, kichik biznesning milliy iqtisodiyotdagi ta’sirini oshirish
va uni strategik rivojlantirish bo‘yicha aniq yo‘nalishlarni belgilash imkonini beradi.
Adabiyotlar sharhi.
Jahon iqtisodiyotini yanada rivojlantirishda kichik biznes subyektlarining roli yuqori
bo‘lganligi sababli, ushbu soha ko‘plab olimlar tomonidan chuqur o‘rganib kelinadi. Hotaning
(2023)
ta’kidlashicha, kichik biznes subyektlari tashabbus va faollikni o‘z qo‘liga olgan holda,
kelgusida yuz berishi mumkin bo‘lgan turli xatar (risk)larni hisobga olib, o‘zining mas’uliyati
va javobgarligi asosida amalga oshiriluvchi iqtisodiy faoliyatdir. Abdusalyamovning (2021)
www.sci-p.uz
III SON. 2025
450
fikricha, kichik biznes subyektlari erkinligi, ijodkorligi hamda raqobat muhiti uyg‘unlikda juda
katta bunyodkorlik kuchini hosil qiladi.
Amjad, Abdul va Sa’atarlar
(2020) a
yniqsa, o‘zining
faoliyat ko‘lami jihatidan nisbatan ixcham bo‘lgan kichik tadbirkorlik iqtisodiyotdagi
kon’yunkturaviy o‘zgarishlarga tezlik bilan moslasha oladilar deb hisoblashadi.
Sharopovaning
(2023)
tadqiqotlarida kichik biznes egalari o‘z iste’molchilarining did va qiziqishlarini to‘liq
anglashlari va e’tibor
ga olishlari zarur ekanligi ilmiy asoslangan. Shu jihatdan, Sobirjonov
(2021) kichik biznes maqsadli auditoriyasini kengaytirishi uchun barcha imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanishi lozim deya ta’kidlaydi.
Ali va Zhanglarning (2022)
ta’kidlashicha,
kichik
bi
znes faoliyati raqobat muhitini kuchaytirgan holda iqtisodiyotga jo‘shqinlik baxsh etish kabi
xususiyatlari bilan ajralib turadi.
Mazkur tadqiqot aynan shu maqsadlarga qaratilgan bo‘lib, unda mavzuning dolzarbligi
nazariy va amaliy jihatdan asoslanadi, turli olimlarning ilmiy qarashlari tahlil etiladi, rasmiy
statistik ma’lumotlar asosida kichik biznes subyektlarining iqtisodiy ko‘rsatkichlari qiyosiy
tahlil qilinadi va ilmiy xulosalar hamda tavsiyalar taqdim etiladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur ilmiy tadqiqotda kichik biznes subyektlarining O‘zbekiston iqtisodiyotida tutgan
o‘rni va rivojlanish yo‘nalishlari ilmiy jihatdan tahlil qilindi. Tadqiqotning metodologik asosini
iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishga qaratilgan ilmiy yondashuvlar, tizimli tahlil va qiyosiy tahlil
usullari tashkil etadi.
Mavzuning dolzarbligi zamonaviy iqtisodiy jarayonlar va milliy rivojlanish strategik
yo‘nalishlari nuqtai nazaridan asoslandi. Ushbu bosqichda ilmiy adabiyotlar tahlili orqali,
muallif tomonidan mavjud nazariy yondashuvlar va olimlarning turlicha qarashlari tanqidiy
o‘rganilib, individual ilmiy mulohazalar shakllantirildi.
Tadqiqotning empirik qismida esa O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Statistika
agentligi ma’lumotlaridan foydalanilgan holda kic
hik biznes subyektlarining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi, eksportdagi ishtiroki va sohalar kesimidagi rivojlanish holati qiyosiy tahlil
qilindi. Bunda vaqt bo‘yicha dinamik tahlil, sohalar va hududlar kesimidagi taqqoslashlar
asosida mavjud muammolar va tendensiyalar aniqlandi.
Tadqiqot natijalari asosida sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy xulosalar
hamda amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi. Bunda milliy iqtisodiyotda kichik biznes
subyektlarining rolini kuchaytirish, davlat tomonidan qo‘lla
b-quvvatlash mexanizmlarini
takomillashtirish va tadbirkorlik muhitini yaxshilash bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
So‘nggi yillarda hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan istiqbolli islohotlar
sifatida
iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish va xususiy sektorga keng yo‘l ochish
[10],
shuningdek tadbirkorlar o‘z faoliyatini boshlashi uchun zarur ma’lumotlarni erkin foydalana
olish hamda iqtisodiy munosabatlarda erkin bozor tamoyillarini joriy etishni kengaytirish kabi
masalalarni sanab o‘tish mumkin. Mamlakatimizda kichik biznes sub
yektlarining ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyati, iqtisodiy o‘sish va barqarorlikni ta’minlashdagi rolini hisobga olgan holda
davlatimiz tomonidan yaratilgan shart-sharoitlar hamd
a qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha amalga
oshirilgan chora-
tadbirlar natijasida so‘nggi yillarda kichik biznes sub
yektlarining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi oshib borayotgan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra,
kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi
1991 yilda atigi 1,5 foizni, 2000
yilda 31 foizni tashkil etgan. Ayniqsa, mamlakatimiz taraqqiyotining yangi bosqichi sifatida
e’tirof etilgan 2016 yilda mazkur sohaning yalpi ichki m
ahsulotdagi ulushi eng yuqori marraga,
ya’ni 66,8 foizga yetgan (1
-rasm).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
451
1-rasm. Kichik biznes subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi, foiz
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
Yuqoridagi 1-
rasm ma’lumotlaridan ham ko‘rinadiki, so‘nggi
yetti yilda mazkur ulushdagi
bir oz pasayish holatlari
ni kuzatish mumkin. Ya’ni, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 51,8 foizga va va
2023 yilda 51,2 foizga tushgan. Bu shuni anglatadiki, 2000 yilga nisbatan 2023 yilda 20,2 foizga
oshganligini ko‘rish mumkin. Ammo, 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 0,6 foizga pasayganlig
ini
ko‘rish mumkin.
Bu o‘rinda, kichik biznes sub
yektlarining YaIMdagi ulushining qisqarishi asosan
mamlakatimizdagi yirik sanoat ob’ektlarining ishga tushirilishi tufayli yirik korxonalar
ulushining nisbatan tezroq o‘sishi bilan izohlanadi.
Kichik biznesning iqtisodiyotga qayishqoqlik, moslashuvchanlik baxsh etuvchi xususiyati
yangi korxonalarning tashkil topishi va faoliyat yuritishi bilan ta’minlanadi. Ya’ni, kichik biznes
korxonalari iqtisodiyotdagi talab jadallik bilan o‘sib borayotgan tarmoq va soha
larga xizmat
ko‘rsatayotgan kichik biznes sub
y
ektlarini ko‘rish mumkin (2
-rasm).
2-rasm. 2023 yilda respublikamiz iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat
ko'rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni, birlik
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
31
60,8
64,6
66,8
65,3
62,4
56
54,8
54,1
51,8
51,2
0
10
20
30
40
50
60
70
80
2000 y. 2010 y. 2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning YaIMdagi ulushi, %
0
20000
40000
60000
80000
100000
120000
140000
160000
37178
68564
34272
157344
17716
28183
10147
9427
54249
www.sci-p.uz
III SON. 2025
452
Yuqoridagi rasm ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda iqtisodiyot tarmoqlari kesimida
faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes subyektlari soni 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 79,6
foizga kamayganligini ko‘rish mumkin. Shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida
ularining
faoliyat ko‘rsatish ko‘rsatkichlarini o‘tgan yili 2022 yil bilan solishtirganda, jadvalda tahlil
qilingan 8 turdagi iqtisodiyot tarmoqlaridagi kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 2023
yilga kelib, keskin kamayganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi
sohasida 69,8 foizga va sanoat sohasida 70 foizga keskin kamaygan.
Fikrimizcha, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining faoliyat
ko‘rsatish ko‘rsatkichlarining bu darajada keskin kamayishining asosiy sabablari sifatida
mamlakatimizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni, shuningdek,
ularning yangi tashkil etilgan va tugatilgan tadbirkorlik subyektlari sonini ham tahlil qilish
lozim. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari soni ularning faoliyat ko‘rsatish
ko‘rsatkichlarining oshishi yoki pasayishiga yuqori ta’sirga ega bo‘lishi mumkin.
Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni oxirgi bir
yilda, 2023 yilda kamayganliginining asl sababini aniqlash maqsadida iqtisodiyot tarmoqlari
kesimida yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonini tahlil qilish maqsadga
muvofiq
bo‘lar edi
. R
espublika bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida yangi tashkil etilgan
kichik biznes subyektlari sonini umumiy olganda, 2015 yilga nisbatan 2023 yilda 319,86 foizga
oshganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, savdo 469 foiz va qishloq, o'rmon va b
aliq xo'jaligi 399
foizga oshgan.
2022 yilga nisbatan 2023 yilda respublika bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida yangi
tashkil etilgan kichik biznes subyektlari
sonini 95 foizni tashkil etib, ushbu ko‘rsatkich 2023
yilda kamayganligini kuzatish mumkin. Xususan, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligida 78 foiz,
sanoatda 87 foiz, savdo sohasida 97 foiz va sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlari sohasida 97
foizga kamaygan.
Shu o‘rinda, Respublikamizda faoliyat ko'rsatayotgan kichik biznes sub
yektlari sonining
2023 yilda keskin kamayish sabablarini yanada chuqurroq tahlil etish maqsadida iqtisodiyot
tarmoqlari kesimida faoliyati tugatilgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonini tahlil qilish
zarurati paydo bo‘ldi
. 2015 yilda iqtisodiyot tarmoqlari kesimidagi kichik biznes subyektlari
22646 tasining faoliyati tugatilgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkichni 2023 yildagi bilan solishtirganda
34 foizga oshgan. 2022 yil bilan solishtirganda esa 31 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Yuqoridagi tahlillarga ko‘ra, iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan 8 turdagi
ko‘rsatkichlarning barchasida 2023 yilga kelib
, kichik biznes subyektlarining tugatilganlik
darajasini oshganligini ko‘rish mumkin.
Xususan, kichik biznes subyektlari tashish va saqlash xizmatlarida 46 foizga va axborot va
aloqa xizmatlari sohasida 45 foizga tugatilganlik darajasi oshgan. Nisbatan olganda, qurilish
sohasida 20 foiz va yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar sohasida 25 foizga kamroq kichik
biznes subyektlari tugatilgan.
So‘nggi
yillarda mamlakatimizda kichik biznes subyektlarining ijtimoiy-
iqtisodiy o‘sishi
hamda barqarorligini ta’minlash maqsadida davlatimiz tomonidan yaratilgan shart
-sharoitlar,
ularni qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilgan chora
-tadbirlar doirasidagi k
eng ko‘lamli
islohotlarning olib borilishiga qaramay, faoliyat yuritayotgan kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlari soni yil sayin kamayib bormoqda.
Fikrimiz isboti sifatida, 2022 yilda 523556 kichik biznes subyektlari faoliyat yuritgan
bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich 2023 yilda ularning soni 417080 tani tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan
2023 yilda 30 foizga pasayganligini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, 2022 yilga nisbatan 2023 yilda
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyati tugatilgan kichik biznes subyektlari soni 31 foizga
oshgan. Shuningdek, barcha iqtisodiyot tarmoqlari kesimida yangi tashkil etilgan kichik biznes
subyektlari sonida ham 2022 yilga nisbatan 2023 yilda 5 foizga pasayganligini kuzatish
mumkin.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
453
Shu o‘rinda, so‘nggi yilllardagi kichik biznes sub
yektlari sonidagi keskin kamayishlar
respublikamizning uning iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy ko'rsatkichlariga ham tahsir etmay
qolmaydi. Shu boisdan, kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy
ko'rsatkichlarini chuqur tahlil qilis
h zarurati paydo bo‘ldi (3
-rasm).
3-rasm. Kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi asosiy
ko'rsatkichlari tahlili
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2000 yilda sanoatdagi kichik biznes
suby
ektlarining ulushi 244 mlrd.so'mni tashkil etib, bu ko‘rsatkic
hni 2023 yi bilan
solishtirganda 72346 foizga va qurilishdagi ulushi 149 mlrd.so'mni tashkil etib, bu
ko‘rsatkichni 2023 yil bilan solishtirganda 75110 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Shuningdek, 2000 yilda kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi 10 ta
asosiy ko'rsatkichlari orasidan nisbatan kamroq o‘sgan tarmoqlar sifatida bandlikdagi va
eksportdagi ulushini ta’kidlash mumkin. Lekin, ushbu ikki tarmoq ham 2000 yil bilan
solishtirganda 20 barobardan ko‘p miqdorda o‘sgan. Bandlik 4467,
1 ming kishini tashkil etib,
bu ko‘rsatkichni 2023 yil bilan solishtirganda 230 foizga va eksport 334,3 mln.AQSH.dollarni
tashkil etib, bu ko‘rsatkichni 2023 yil bilan solishtirganda 2121 foizga oshganligini ko‘rish
mumkin.
Shu o‘rinda, 2010 yil ko‘rsatkichlari bilan 2023 yilda sanoatdagi kichik biznes
subyektlarining ulushi 2688 foizga va savdo 1469 foizga oshgan. 2010 yilda nisbatan boshqa
ko‘rsatkichlar bilan solishtirganda nisabatn kamroq o‘sishga ega bo‘lsada, lekin ushbu ikki
tarmoqdagi ulus
hi, ya’ni bandlikdagi ulushi 119 foizga va yo‘lovchi tashishdagi ulushi 186
foizga oshgan.
2015 yilga kelib, kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushida
o‘zgarishni ko‘rish mumkin. Bunda ushbu ko‘rsatkichni 2000 yilga nisbatan 20
23 yil bilan
solishtirganda qurilishdagi ulushi 660 foizga va xizmatlardagi ulushi 475 foizga oshganligini
kuzatish mumkin. 2015 yilda iqtisodiyotning 10 ta tarmoqlari orasidan kichik biznes va
tadbirkorlikning ulushi nisbatan kamroq o‘sgan tarmoq sifatida
bandlik va yo‘lovchi tashish
sohalarini ta’kidlash mumkin. Lekin, ushbu ikki soha 2015 yilga nisbatan 2023 yilda bandlik
101 foizga va yo‘lovchi tashish 128 foizga oshganligini ko‘rish mumkin.
Shu o‘rinda, kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyot ta
rmoqlaridagi ulushidagi
o‘zgarishlarni o‘tgan yil 2022 yilga nisbatan 2023 yildagi o‘sish ko‘rsatkichlarini tahlil qiladigan
bo‘lsak, import (19350 mln.AQSH.dol) 127 foizga va eksport (7092,1 mln.AQSH.dol) 124 foizga
oshgan. 2023 yilda nisbatan boshqa tarmoqdagi sohalar bilan solishtirganda bandlik (10279
0
50000
100000
150000
200000
250000
300000
350000
400000
450000
176524
111914
10279 7092,1 19350
273440
403974
224444
www.sci-p.uz
III SON. 2025
454
ming kishi) 101 foizga va yo‘lovchi tashish (5743 mln.yo'lovchi) 102 foizga nisbatan kamroq
o‘sgan sohalar sifatida ta’kidlash mumkin.
Yuqoridagi tahlillardan xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, kichik biznes
va tadbirkorlikning
iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi so‘nggi 24 yil mobaynida eng ko‘p oshgan tarmoq sifatida
sanoat, qurilish, savdo, xizmatlar, import va eksport tarmoqlarini, shuningdek, nisbatan boshqa
tarmoqlar bilan solishtirganda bandlik va yo‘lovchi tashish sohalarini kamroq o‘sishga erishgan
sohalar sifatida ta’kidlash mumkin.
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda kichik biznes va tadbirkorlikning iqtisodiyot
tarmoqlaridagi assosiy ko‘rsatkichlaridagi ulushini yanada batafsil tahlil qilish maqsadida
im
port, eksport, sanoat, qurilish va bandlik tarmoqlaridagi o‘zgarishlar chuqur tahlil qilish
maqsadga muvofiq bo‘lar edi (
4-rasm).
4-rasm. Kichik biznes subyektlarining eksportdagi ulushi, foizda
Manba:
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida
muallif ishlanmasi.
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikamizda 2000 yilda kichik biznes
suby
ektlarining eksportdagi ulushi 10,2 foizni tashkil etgan va ushbu ko‘rsatkichni 2023 yil
bilan
solishtirganda 284 foizga oshganligini kuzatish mumkin. Shundan 10 yil o‘tib, 2010 yilda
ularning eksportdagi ulushi 13,7 foizni tashkil etgan va ushbu ko‘rsatkichni 2023 yil bilan
solishtirganda 212 foizga oshganligini ko‘rish quvonarli hol, albatta.
Yuqoridagi 2-
rasm ma’lumotlariga ko‘ra, 2015 yilda kichik biznes sub
yektlarining
eksportdagi ulushi 27 foizni tashkil etgan va ushbu ko‘rsatkichni 2023 yil bilan solishtirganda
107 foizga oshgan.
Kichik biznes subyektlarining eksportdagi ulushi 2020 va 2021-yillarda keskin pasayib,
20 foizni tashkil etgan. Fikrimizcha, ushbu eksport hajmiga dunyodagi Koronovirus
pandemiyasi ta’sir qilgan bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng, respublikamizda kichik biznes
suby
ektlarining eksportdagi ulushining o‘sish darajasi eng yuqori cho‘qqisi sifatida 2022 yilda
29,6 foizga yetgan. Ushbu ko‘rsatkichni 2023 yil bilan solishtirganda eksportdagi ulushi 2,3
foizga pasayganligini ko‘rish mumkin.
Yuqorida o‘tkazilgan chuqur tahlillar natijasida, kichik biznes sub
yektlarining faoliyatini
2022 yil bilan 2023 yil ko‘rsatkichlarini solishtirganda quyidagicha xulosa qilish mumkin:
yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 0,8 foizga pasaygan;
sanoatdagi ulushi 0,9 foizga oshgan;
importdagi ulushi 1,3 foizga oshgan;
eksportdagi ulushi 0,6 foizga pasaygan;
0
5
10
15
20
25
30
2015 y. 2016 y. 2017 y. 2018 y. 2019 y. 2020 y. 2021 y. 2022 y. 2023 y.
27
26
22
27,2
27
20,5
20
29,6
29
www.sci-p.uz
III SON. 2025
455
qurilishdagi ulushi 3,2 foizga oshgan;
bandlikdagi ulushi 0,2 foizga oshgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 20,3
foizga pasaygan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyati tugatilgan kichik biznes subyektlari soni 31
foizga oshgan;
iqtisodiyot tarmoqlari kesimida faoliyati yangi tashkil etilgan kichik biznes subyektlari
soni 4,6 foizga oshgan.
Yuqoridagi tahlil natijalariga asoslanib, aytish mumkinki mamlakatimizda kichik biznes
subyektlari faoliyatini yanada yaxshilash uchun davlatimiz tomonidan ushbu tizimni ijtimoiy-
iqtisodiy sohalar bo‘yicha hali yana keng ko‘lamli islohotlarni olib borish orqali qo‘llab
-
quvvatlash zarur bo‘ladi. Balki, shu boisdan ham so‘nggi yillarda prezidentimiz tasha
bbuslari
bilan keng ko‘lamli islohotlar boshlangan.
Xususan, mamlakatimizda kichik biznes subyektlari faoliyatini tashkil qilish va doimiy
daromad manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish maqsadida 2022-2026 yillarga
mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining, “Milliy iqtisodiyotni jadal
rivojlantirish va yuqori o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘limida keltirilishicha, xususiy
sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga
yetkazish 29-maqsad sifatida rejalashtirilgan [12]. Shuningdek, hududlarda 200 ta yangi
sanoat zonalarini tashkil etish va biznes-
inkubatorlar tizimini rivojlantirish, sharoiti og‘ir
bo‘lgan tumanlarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yanada qulay shart
-sharoitlar yaratish,
ilg‘or xorijiy tajriba asosida faktoring amaliyotini rivojlantirish, eksport tarkibida tayyor va
yarim tayyor mahsulotlar hajmini 3,3 baravar ko‘paytirish orqali Yevropa davlatlariga GSP+
tizimi doirasida tayyor mahsulotlar eksportini kengaytirish kabi vazifalar belgilandi.
Sanab o‘tilgan vazifalarni samarli ijrosini ta’minlash maqsadida har yili O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan «Ochiq muloqoti»ni o‘tkazib borilmoqda.
Fikrimizcha, bu kabi tizimli muloqotlar kichik biznes subyektlari oldida turgan muammolarni
samarali yechishga yordam beradi. Shu o‘rinda mamlakatimizda kichik biznes faoliyatiga doir
qonunchilik asoslariga to‘xtalib o‘tish ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Xulosa va takliflar.
kichik biznes subyektlari
uchun moliyalashtirish imkoniyatlarini yanada
yaxshilash:
buning uchun mikromoliyalashtirish dasturlari, mahalliy va xorijiy investitsiya
fondlaridan foydalanish va hukumat tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan kreditlarni
kafolatlash tizimlari kabi tashabbuslar orqali kichik biznes uchun moliyalashtirish
imkoniyatlarini yaxshilash mumkin. Moliyaviy imtiyozlarni taqdim etish orqali kichik biznes
egalari moliyalashtirishdagi to‘siqlarni yengib o‘tishlari va bizneslarini o‘sishiga sarmoya
kiritishlariga y
ordam berilgan bo‘lar edi.
tadbirkorlik bo'yicha ta'lim va treninglarni tashkil etish:
tadbirkorlikka
intiluvchilarni muvaffaqiyatli biznesni boshlash va rivojlantirish uchun zarur bo'lgan
ko'nikmalar, bilim va malakalarni shakllantirish uchun tadbirkorlik bo'yicha ta'lim va o'qitish
dasturlarini oliy o‘quv yurtlar bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yish lozim. Tadbirkorlarga biznesni
samarali boshlash va boshqarishdagi muammolarni hal qilishda yordam bera oladigan
murabbiylarni topishga ko‘maklashiladi.
biznesni
davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda ish faoliyatiga oid hisobotlarni
mutassaddi tashkilotlarga topshirish jarayonlarini soddalashtirish:
b
iznesni ro‘yxatga
olish, litsenziyalash va hisobotlarni topshirish jarayonlarini soddalashtirish orqali tadbirkorlik
f
aoliyatidagi byurokratik to‘siqlarni kamaytirishga erishish lozim. Shundagina innovatsiyalar
va tadbirkorlikni rag‘batlantiradigan qulay biznes muhitini yaratishga erishish mumkin.
bozor tadqiqotlarini o‘tkazish xizmatlarini taklif etadigan maxsus agentlik
lar
faoliyatini kengaytirish:
b
ozorlarga oid ma'lumotlari to‘plash, savdoni rag'batlantiruvchi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
456
tavsiyalarni berish va eksportga ko'maklashish masalalari bo‘yicha ushbu agentliklar kichik
biznes egalari uchun ichki va xalqaro bozorlarga kirishga yordam beradilar. Shuningdek, bu
agentliklar kichik biznesga o‘z imkoniyatlarini aniqlash, brending va marketing faoliyatini
qo'llab-quvvatlash, mijozlar soni oshirish va bozordagi ishtirokini kengaytirishga yordam
berishadi.
texnologiyalar va korxona faoliyatini to‘
liq raqamlashtirish:
kichik biznesning
raqobatbardoshligini oshirish uchun texnologiyalar, ishlab chiqarish, menejment va marketing
jarayonlarini raqamlashtirish lozim. Kichik biznesga mijozlar bilan ishlash, savdo kabi barcha
marketing faoliyatini raqamli texnologiyalardan foydalanishga yordam berish uchun treninglar
tashkil etish yoki shu jarayonlarni rag'batlantirish, zarur bo‘lsa texnik yordam ko'rsatish lozim.
infratuzilmani rivojlantirish:
hamkorlar va yetkazib beruvchilar bilan bog‘lanish
hamda bozorlarga kirishni yaxshilash uchun infratuzilma (transport, logistika va
telekommunikatsiyalar)ni rivojlantirish lozim. Buning uchun tadbirkorlarni arzon ish joylari,
kerakli texnika va jihozlar hamda unga tegishli bo‘lgan xizmatlar bilan ta’minlash uchun san
oat
parklari, biznes inkubatorlar va texnologik markazlarni rivojlantirish zarur bo‘ladi.
innovatsiyalar va tadqiqotlarni qo‘llab
-quvvatlash:
kichik biznes va ilmiy
muassasalar o‘rtasida innovatsiya va tadqiqotlar olib borish bo‘yicha hamkorlikni
rag‘batla
ntirish lozim. Bunda bozor ehtiyojlariga javob beradigan, texnologik innovatsiyalarni
rag'batlantiradigan va yangi biznes imkoniyatlarini yaratadigan tadqiqotlar, ishlanmalar va
loyihalarni moliyalashtirish hamda rag‘batlantirish zarur bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, ushbu strategiyalarni kichik biznes egalari bilan hamkorlikda
amalga oshirish orqali davlatimiz yalpi ichki mahsulotdagi kichik biznes subyektlarining
ulushini oshishiga, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlanishiga va farovon o‘sish uchun
imkoniyatlar
yaratilishiga erishishi mumkin. Shuningdek, kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish
mamlakatdagi eksport ulushining oshishi, iqtisodiy o‘sishni ta’minlash, iqtisodiyot sohasidagi
innovatsiyalar va raqobatbardoshlikni oshirish, ishlab chiqarish tizimini diversifikatsiya qilish,
chet el valyutasini olib kirish orqali milliy valyutaning qadrsizlanishini oldini olish kabi bir
qancha sohalarda umummilliy taraqqiyotga hissa qo‘shishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois,
kichik biznes subyektlari uchun qulay shart-
sharoitlarni yaratish va ko‘plab imtiyozlar berish
lozim. Bu kabi islohotlar mamlakatning barqaror iqtisodiy farovonlik va barqarorligini
ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Adabiyotlar /Литература/Reference:
Abdusalyamov F.M. (20
21) O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlari raqobatbardoshligini
boshqarishni takomillashtirish. 08.00.13 -
«Menejment» iqt. fan. bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
ilm. dar. dissertatsiya. TDIU.
Ali K., Zhang X. (2022). The impact of small business on competition and economic growth
in
Central
Asia.
Journal
of
Central
Asian
Economics,
28(4),
211-230.
https://doi.org/10.1080/jcae2022.789032
Amjad T., Abdul Rani S. H., Sa’atar S. (2020). Entrepreneurial Marketing Theory: Current
Developments and Future Research Agenda. SEISENSE Journal of Management, 3(1),
27-46. https://doi.org/10.33215/sjom.v3i1.274.
Farm
on (2022) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022
-
2026 yillarga mo’ljallangan
yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida”gi PF
-60-son farmoni, 2022 yil 28
yanvar. lex.uz/uz/docs/5841063.
Hota P. K. (2023). Tracing the Intellectual Evolution of Social Entrepreneurship Research:
Past Advances, Current Trends, and Future Directions. Journal of Business Ethics, 182(3), 637-659.
Johnson R., Miller T. (2021). Entrepreneurship in emerging markets: The dynamics of small
business in Uzbekistan. International Journal of Business and Economics, 45(2), 150-
168. https://doi.org/10.1080/ijbe2021.456789.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
457
Karimov A., Khamidov M. (2024). Statistical analysis of small business performance in
Uzbekistan: A comparative study. Economic Research Journal, 15(2), 45-60.
https://doi.org/10.1016/erj2024.200025
Qaror (2021)
O’zbekiston Respublikasi prezidentining “Tadbirkorlikni qo’llab
-quvvatlash
tizimini
takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo’yicha qo’shimcha chora
-
tadbirlar to’g’risida” PQ
-5087-son qarori, 2021 yil 21 aprel.
Sharopova N. (2023) Tadbirkorlik m
uvafaqqiyatida mijozlarni o‘rganishga qaratilgan
marketing tadqiqotlariga oid tendensiyalar. “Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy
elektron jurnali (maxsus son), 270-277 b.
Sobirjonov S.S. (2021) Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik subyektlari faoliyatini boshqarishni takomillashtirish. 08.00.13 -
«Menejment»
08.00.15
–
Tadbirkorlik va kichik biznes iqtisodiyoti. iqt. fan. bo‘yicha falsafa doktori (Ph.D) ilm.
dar. dissertatsiya. TMI.
Solovyova O. (2023). The role of small business in Uzbekistan's economic development:
Trends and challenges. Journal of Economic Development Studies, 34(3), 112-130.
https://doi.org/10.1007/jeds2023.123456.
