www.sci-p.uz
III SON. 2025
510
SIRDARYO VILOYATIDA BALIQCHILIK FOLIYATINING EKONOMETRIK TAHLILI
Sindorov Davlatbek
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0003-3299-824X
Annatatsiya.
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida, xususan, Sirdaryo viloyatida
baliqchilik sohasining rivojlanish holati ekonometrik usullar asosida tahlil qilingan. Baliq
mahsulotlarining oziq-
ovqat xavfsizligi va aholi salomatligidagi o‘rni, iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilishdagi roli yoritilgan. Tahlil jarayonida 2010
–2023 yillar oralig‘idagi statistik
ma’lumotlar asos
ida avtokorrelyatsion va Durbin-
Watson testi yordamida baholangan. So‘nggi 5
yil bo‘yicha prognoz qiymatlar ishlab chiqilib, baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishga oid
amaliy xulosalar keltirilgan.
Kalit so
‘
zlar:
baliqchilik
,
Sirdaryo viloyati
,
iqtisodiy tahlil
,
ekonometrik model
,
regressiya
,
Durbin-Watson, korrelyatsiya
,
prognozlash
.
ЭКОНОМЕТРИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ РЫБНОГО ХОЗЯЙСТВА В
СЫРДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ
Синдоров Давлатбек
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В данной статье с использованием эконометрических методов
проанализировано состояние развития рыбной отрасли в Республике Узбекистан, в
частности, в Сырдарьинской области. Освещена роль рыбной продукции в обеспечении
продовольственной безопасности, охране здоровья населения и диверсификации
экономики. Анализ проведен на основе статистических данных за 2010–2023 годы с
применением автокорреляционного анализа и теста Дарбина
-
Уотсона. Разработаны
прогнозные значения на ближайшие 5 лет и приведены практические выводы по
дальнейшему развитию рыбного хозяйства.
Ключевые слова:
рыбное хозяйство, Сырдарьинская область, экономический
анализ,
эконометрическая
модель,
регрессия,
Дарбин–Уотсон,
корреляция,
прогнозирование.
ECONOMETRIC ANALYSIS OF FISHERIES ACTIVITY IN SYRDARYA REGION
Sindorov Davlatbek
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This article analyzes the development of the fisheries sector in the Republic of
Uzbekistan, particularly in the Syrdarya region, using econometric methods. The study highlights
the role of fish products in food security, public health, and economic diversification. The analysis
is based on statistical data from 2010 to 2023 and evaluated using autocorrelation and the
Durbin-Watson test. Forecast values for the next five years are developed, and practical
conclusions are presented to further enhance the fisheries sector.
Keywords:
fisheries, Syrdarya region, economic analysis, econometric model, regression,
Durbin-Watson, correlation, forecasting.
UOʻK:
336.639.37
510-518
www.sci-p.uz
III SON. 2025
511
Kirish.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik sohasi qishloq xo‘jaligining eng
jadal rivojlanayotgan tarmoqlaridan biriga aylanib ulgurgan. Aholini to‘yimli oziq
-ovqat
mahsulotlari bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va iqtisodiyotni dive
rsifikatsiya
qilishda baliq mahsulotlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shuningdek, baliq mahsulotidagi D
vitamini organizmda kalsiy va fosforning o‘zlashishini faollashtirish xususiyatiga ega bo‘lib,
inson salomatligi uchun foydalidir.
Davlat rahbariyati tomonidan ushbu sohaga alohida e’tibor qaratilib, bir qator muhim
yuridik hujjatlar qabul qilinmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyevning 2017-yil 1-
maydagi “Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish to‘g‘risida”
gi qarori
(2017) hamda 2018-yil 6-noyabrdagi PQ-367-
sonli “Baliqchilik sohasini rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora
-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
(2018) shular jumlasidandir.
Adabiyotlar sharhi.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston Respublikasida baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha
bir qator qonun hujjatlari va hukumat qarorlari qabul qilindi. Xususan, baliqchilik xo‘jaliklarini
modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va sohaning iqtisodiy salohiyatini
oshirish borasida davlat tomonidan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Ilmiy
adabiyotlarda baliqchilikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar sif
atida suv
resurslaridan foydalanish samaradorligi, texnologik modernizatsiya, investitsiyalar va
infratuzilma darajasi alohida qayd etilgan.
Asritdinovning (2008)
“Ekonometrika” darsligida iqtisodiy jarayonlarni matematik
modellashda regressiya, korrelyatsiya va avtokorrelyatsiya kabi statistik metodlardan
foydalanish muhimligi ta’kidlangan. Muallif iqtisodiy tarmoqlarni o‘rganishda nazariy model va
amaliy ma’lumotlar asosida xulosalar chiqarish zarurligini ko‘rsatadi. Bu yondashuv baliqchilik
tarmog‘ini tahlil qilishda ham muhim ahamiyatga ega.
Mamatqulov va Ochilov (2019)
tomonidan yozilgan “Baliqchilik asoslari” nomli darslikda
baliq yetishtirish texnologiyalari, ularning biologik xususiyatlari hamda akvakultura bo‘yicha
uslublar haqida muhim ma’lumotlar keltirilgan. Asarda suv xo‘jaliklarida baliqchilikni tashkil
etish, i
ntensiv usullarni qo‘llash va resurslardan oqilona foydalanish zarurati ta’kidlanadi. Bu
esa baliqchilikning iqtisodiy samaradorligini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Xorijiy adabiyotlarda esa asosan baliqchilik sohasida qo‘llanilayotgan zamonaviy statistik
modellash metodlari, jumladan, panel ma’lumotlar, vaqt qatori tahlillari, Granger sababiyat
testi va boshqa ilg‘or iqtisodiy metodlar asosida tahlil olib borilgan. X
ususan, Osiyo va Yevropa
davlatlarida suv sifati, ozuqa bazasi va iqlim o‘zgarishlarining baliqchilikka ta’siri ko‘plab
tadqiqotlarda o‘rganilgan.
Yuqoridagi manbalar asosida xulosa qilish mumkinki, baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish
bo‘yicha ilmiy izlanishlar keng qamrovli bo‘lib, iqtisodiy, ekologik va texnologik omillar o‘zaro
uzviy bog‘liq holda o‘rganilmoqda. Ushbu adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, iqtisodiy
samaradorlikka erishish uchun nafaqat ichki siyosiy choralar, balki ilmiy asoslangan
strategiyalar ham muhim rol o‘ynaydi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining Sirdaryo viloyati misolida 2010–
2023
yillar oralig‘ida baliqchilik tarmog‘ining rivojlanish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqotda
quyidagi ekonometrik modellar va statistik metodlardan foydalanildi:
•
Chiziqli trend modeli
–
vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishini aniqlash
uchun;
•
Eksponensial silliqlash modeli
–
qisqa muddatli prognozlar qilishda noaniqlikni
kamaytirish uchun;
www.sci-p.uz
III SON. 2025
512
•
Past ehtimollik modeli (Low Probability Model)
–
tasodifiy omillar ta’sirida yuzaga
keladigan ekstremal holatlarni baholashda;
•
Yuqori ehtimollik modeli (High Probability Model)
–
mavjud ma’lumotlar asosida
maksimal ishonchlilikda prognoz olish;
•
Avtokorrelyatsiya testi
–
vaqtli qator ma’lumotlar orasida bog‘liqlik mavjudligini
aniqlash;
•
Darbin-Vatson testi
–
qoldiqlar orasidagi autokorrelyatsiyani aniqlash.
Ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va viloyatdagi rasmiy
statistik byurolardan olingan. Tahlil uchun Gretl dasturlari yordamida regressiya va
korrelyatsiya tahlillari o‘tkazildi.
Ushbu maqolada statistik ma’lumotlardan samarali foydalanilib, 1
-jadvalda keltirilgan
ma’lumotlar asosida so‘nggi 5 yillik davr bo‘yicha prognoz qiymatlar aniqladi.
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasida yetishtrilgan baliqlar (tonnada)
Yillar
O‘zbekiston
Respublikasi
Sirdaryo
Buxoro
Navoyi
Xorazm
Surxondaryo Toshkent
2010
8 784,00
25,00
433,00
1 093,00
2 554,00
194,00
1 425,00
2011
17 234,90
152,80
569,00
1 546,00
3 232,00
451,10
3 393,00
2012
25 885,10
319,90
870,00
2 197,00
3 872,00
854,80
4 850,70
2013
37 505,00
1 122,00
1 321,00
2 459,00
5 056,00
1 266,00
6 706,00
2014
46 391,40
1 545,00
1 570,70
3 771,00
6 490,00
1 521,80
8 000,40
2015
59 851,40
1 822,00
1 951,00
5 610,00
8 457,00
1 911,00
11 557,10
2016
64 986,10
2 279,00
2 812,70
7 670,00
8 918,60
2 579,90
7 834,90
2017
83 896,00
2 222,40
3 399,70 12 566,00
9 401,00
3 876,00
8 150,20
2018
90 983,60
5 375,90
3 737,90 10 882,00
9 480,30
3 815,90
9 867,20
2019
121 717,80
9 994,10
5 798,30 11 998,00
16 021,40
3 610,80
7 896,60
2020
144 102,70
5 551,10
7 082,00 12 458,00
21 754,30
4 497,20
9 726,90
2021
174 302,80
6 434,70 10 877,00 12 769,00
27 623,00
5 476,90
13 239,00
2022
185 226,60
7 214,10 10 043,10 14 076,90
30 324,30
6 560,50
19 289,50
2023
195 883,70
9 960,20
5 949,90 14 556,70
32 022,00
6 807,50
24 828,60
Yillar
Farg‘ona
Namangan Andijon Samarqand Qashqadaryo
Jizzax
Qoraqalpo-
g‘iston
Respublikasi
2010
485,00
400,00
498,00
81,00
435,00
577,00
584,00
2011
1 038,00
676,00
731,00
513,00
900,00
2 921,00
1 112,00
2012
1 844,00
1 146,00
1 212,00
594,00
1 679,00
4 550,00
1 895,70
2013
2 606,00
1 742,00
1 776,00
1 124,00
2 277,00
7 396,00
2 654,00
2014
3 485,00
2 146,00
2 176,00
1 384,00
2 608,00
9 035,50
2 658,00
2015
4 025,00
2 733,00
2 535,00
1 839,00
3 151,00
10 850,30
3 410,00
2016
5 214,00
3 383,60
2 088,10
2 540,30
3 952,30
11 197,70
4 515,00
2017
6 782,00
5 218,00
4 081,00
3 435,30
4 769,60
13 837,60
6 157,20
2018
6 430,00
5 360,00 10 224,00 4 006,10
4 796,10
7 151,50
9 856,70
2019
10 568,00
6 931,60 11 048,60 8 974,10
5 714,40
10 314,90
12 847,00
2020
11 152,00
8 740,20 17 414,60 12 725,10
5 441,50
13 117,90
14 441,90
2021
12 156,00
11 997,10 20 178,10 21 904,20
5 323,30
13 687,20
12 637,30
2022
12 495,00
14 587,90 21 554,70 17 214,30
5 452,60
15 027,80
11 385,90
2023
13 534,00
15 564,60 21 149,70 18 509,40
5 001,10
15 853,40
12 146,60
Manba:
Stat.uz Har bir viloyatdan olohida-alohida olingan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
513
1-jadval ma
’
lumotlariga ko
‘
ra, 2010
–
2023-yillar davomida O
‘
zbekiston Respublikasi
bo
‘
yicha baliq yetishtirishning o
‘
rtacha hajmi 89 767,94 tonnani (29%) tashkil etgan. Ushbu
ko
‘
rsatkichlar Respublika viloyatlari kesimida quyidagicha taqsimlangan: eng yuqori
ko
‘
rsatkichlar Xorazm viloyatida
—
13 228,9 tonna (14,7%), Toshkent viloyatida
—
9 768,9
tonna (10,8%) va Jizzax viloyatida
—
9 679,8 tonna (10,7%) qayd etilgan.
O‘rtacha darajadagi
ko‘rsatkichlar Farg‘ona viloyatida —
6 558,1 tonna (7,3%) va Samarqand viloyatida
—
6 774,5
tonna (7,5%) hissasiga to‘g‘ri keladi. Sirdaryo viloyati —
3 858,4 tonna (4,2%) va Qashqadaryo
viloyati
—
3 678,6 tonna (4%) bilan o‘rtachadan past ko‘rsatkichlarni qayd
etgan.
O‘zbekiston Respublikasi hududlari bo‘yicha o‘rtacha o‘sish sur’atlari 1
-rasmda
keltirilgan.
1-rasm O'zbekiston Respublikasi hududlar boyicha ortacha osish surati
Manba:
muallif tomonidan.
1-
rasmda O‘zbekiston Respublikasi
hududlarida baliq yetishtirish hajmi yildan-yilga
keskin oshib borganini ko‘rish mumkin. Ayniqsa, Sirdaryo viloyatining dinamikasiga alohida
e’tibor qaratadigan bo‘lsak, 2010
-yilda 25 tonna, 2011-yilda esa 152,8 tonna baliq
yetishtirilgan bo‘lib, bir yil davomida 6,11 barobarga o‘sish qayd etilgan. 2023
-yilga kelib esa
baliq yetishtirish hajmi 9 960,2 tonnaga yetib, 2010-
yilga nisbatan 398 barobar o‘sish
kuzatilgan.
Ushbu natijalar Sirdaryo viloyatining O‘zbekistonda baliq yetishtirish bo‘yicha eng tez
rivojlanayotgan hududlardan biri ekanligini tasdiqlamoqda. Respublika miqyosida Sirdaryo
viloyatining o‘sish dinamikasi 2
-rasmda batafsil keltrilgan.
Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining yildan-
yilga qanday o‘sganini iqtisodiy
ko‘rsatkichlar asosida tahlil qilish mumkin. Respublikadagi umumiy baliq yetishtirish
hajmining o‘rtacha 3% ini tashkil qilmoqda, 2010
-yilda 25 tonna baliq yetishtirilib, bu
Respublika bo‘yicha 0,0025% ulushni tashkil qilgan. 2011
-yilda esa 152,8 tonna baliq
yetishtirilib, o‘sish 1% ni tashkil etgan. 2023
-yilga kelib esa baliq yetishtirish hajmi 9 960,2
tonnaga yetib, sezilarli o‘sish qayd etilgan, statistik ma’lumot ko’ra 2017–
2019-
yillar oralig‘ida
juda katta o‘sish (2222,4 t.dan 9994,1 t.gacha) kuzatilgan bo‘lib, bu davrda ishlab chiqarish
hajmi qariyb 4 barobarga oshgan. 2018
–
2019-
yillarda esa o‘rtacha yillik o‘sish 6–
8% atrofida
bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Sirdaryo v
4%
Buxoro v
4%
Navoyi v
10%
Xorazm v
16%
Surxondaryo v
3%
Toshkent v
13%
Farg‘ona v
7%
Namangan v
6%
Andijon v
7%
Samarqand v
5%
Qashqadaryo v
5%
Jizzax v
13%
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
2010-2023 YILLAR O'RTACHA O'SISHI %
www.sci-p.uz
III SON. 2025
514
2-rasm.
O’zbekiston Respublika bo’yicha Sirdaryo viloyati
o’sish surati % da
Manba:
muallif tomonidan.
Mazkur tahlillar asosida Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining kelgusi yillardagi
rivojlanish istiqbollarini prognoz qilish mumkin. Prognozlash uchun iqtisodiy o‘sish sur’atlari
va ekonometrika usullardan foydalanildi. Tahlil davomida viloyatda so‘nggi
yillarda kuzatilgan
barqaror va yuqori o‘sish sur’atlari hisobga olindi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Chiziqli trend modeli asosida Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining barqaror
o‘sish tendensiyasi aniqlangan. Hisob
-
kitoblarga ko‘ra, regressiya tenglamasi Chiziqli trend
modeli
ˆ
*
t
Y
a b t
= +
+
(1)
1840.23 759.82 *
t
Y
t
= −
+
shaklida aniqlangan. Bu modelga ko‘ra, har yili o‘rtacha ( b
-
yillik o‘sish sur’ati) 759 tonna o‘sish
kuzatilmoqda. 2024-yil uchun prognoz 9557 tonna, 2025-
yil uchun 10316 tonna, 2026-yil uchun 11076 tonna, 2027-yil uchun 11836 tonna va 2028-yil
uchun 12596 tonnaga yetishi kutilmoqda. 3-rasm.
3-
rasm. Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining barqaror o‘sish tendensiyasi
Manba:
muallif tomonidan.
0
20000
40000
60000
80000
100000
120000
140000
160000
180000
200000
2010
2011
2012
2013
2014
2015
2016
2017
2018
2019
2020
2021
2022
2023
25
152.8
319.9
1122
1545
1822
2279
2222.4
5375.9
9994.1
5551.1
6434.7
7214.1
9960.2
8,784.00
17,234.90
25,885.10
37,505.00
46,391.40
59,851.40
64,986.10
83,896.00
90,983.60
121,717.80
144,102.70
174,302.80
185,226.60
195,883.70
Sirdaryo v ovlangan baliqlar tonnada
O‘zbekiston Respublikasi
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024 2025 2026 2027 2028
9960.2
9557.114286
10316.93714
11076.76
11836.58286
12596.40571
Y-Sirdaryo v ( ovlangan baliqlar tonada )
Y ( Chiziqli trend modeli)
www.sci-p.uz
III SON. 2025
515
Tendensiyada ishlab chiqarish quvvatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish zarurligini
ko‘rsatadi.
Eksponensial silliqlash qiymati asosida olingan natijalar Sirdaryo viloyatida baliq
yetishtirish hajmining silliqlangan o‘sishini aks ettiradi. Dastlabki yillarda past hajmlar
kuzatilgan bo‘lsa
-da, 2018
–2023 yillarga kelib ishlab chiqarish hajmi sezilarli o‘sgan. Model
bo‘yicha 2023
-yildagi silliqlangan qiymat 7208 tonna atrofida qayd etilgan. Ushbu hisob-
kitoblarda silliqlash koeffitsienti sifatida α=0.3 qabul qilingan bo‘lib,
𝑌̂
𝑡+ℎ
= 𝛼 ∗ 𝑌
𝑡
+ (1 − 𝛼) ∗ 𝑆
𝑡−1
(2)
bu modelga yangi ma’lumotlarga mo‘tadil moslashish imkonini beradi. Keyingi 5 yillik
prognoz natijalariga ko‘ra, 2024
-yilda ishlab chiqarish hajmi 7900 tonnaga, 2025-yilda 8600
tonnaga, 2026-yilda 9300 tonnaga, 2027-yilda 10000 tonnaga va 2028-yilda 10700 tonnaga
yetishi kutilmoqda. 4-rasm
4-rasm Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining
silliqlangan o‘sishi
Manba:
muallif tomonidan.
Prognoz
qilinayotgan o‘sish sur’atlari bosqichma
-
bosqich pasayishini ko‘rsatmoqda. Bu
holat ishlab chiqarishning resurs cheklovlari, bozor to‘yinganligi, texnologik imkoniyatlarning
chegaralanishi va ishlab chiqarish samaradorligidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Past ehtimollik modeli
ˆ
*
t
t
t
LB
Y
Z SE
= −
(3)
asosida amalga oshirilgan 5 yillik prognozda konservativ natijalar olinadi. Prognozlashda
asosiy modeldan olingan prognoz qiymatlariga asoslanib, ehtimoliy xavf va noaniqliklar
hisobga olindi. Hisob-kitoblarda (Z
—
ishonch darajasi bo‘yicha z
-koeffitsient) 95% uchun
Z=1.96 ishonch darajasi va
*
t
SE
h
=
(h-prognoz bosqichi) da hisob-kitoblar amalga
oshirildi. 2023-
yildagi boshlang‘ich daraja 9960,2 tonna sifatida qabul qilindi. Keyingi yillarda
past ehtimollik prognozlari bosqichma-
bosqich kamayib borishini ko‘rsatadi. Xususan, 2024
-
yilda 6767,7 tonna, 2025-yilda 6372,2 tonna, 2026-yilda 6245,4 tonna, 2027-yilda 6257,8
tonna va 2028-yilda 6359,2 tonnaga yetishi taxmin qilinmoqda. 5-rasm
25
15
106.47
411.129
751.2903
1072.50321
1434.452247
1670.836573
2782.355601
4945.878921
5127.445245
5519.621671
6027.96517
9960.2
23177.6
17381.85286
12167.297
8517.1079
5961.97553
0
5000
10000
15000
20000
25000
0
2
4
6
8
1 0
1 2
1 4
1 6
1 8
2 0
Y-Sirdaryo v ( ovlangan baliqlar tonada )
Eksponensial silliqlash
www.sci-p.uz
III SON. 2025
516
5-rasm Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining past ehtimollikning
konservativ natijalar
Manba:
muallif tomonidan.
Ishlab
chiqarish hajmiga salbiy ta’sir qiluvchi omillar, jumladan resurs cheklovlari, iqlim
o‘zgarishlari va bozor sharoitlaridagi o‘zgarishlar tasiri natijasida keskin pasyganini
ko’rsataybadi. Bundan xulosa bersak ishlab chiqarish hajmining pasayishiga iqlim o‘
zgarishi,
resurs tanqisligi va bozor muammolari sabab bo‘lmoqda. Strategik choralar ko‘rilmasa,
barqaror o‘sish xavf ostida qoladi.
Yuqori ehtimollik modeli
ˆ
*
t
t
t
UB
Y
Z SE
= +
(4)
optimistik prognozni aks ettiradi. Bunda mavjud imkoniyatlardan maksimal darajada
foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va qo‘shimcha resurslar jalb etilishi
nazarda tutilgan. Asosiy modelda 2023-
yil uchun boshlang‘ich qiymat 9960,2 tonna
qabul
qilindi. Prognozlashda yuqori ehtimollik modelsi bo‘yicha (Z —
ishonch darajasi bo‘yicha z
-
koeffitsient) 95% uchun Z=1.96 ishonch darajasi va
*
t
SE
h
=
(h-prognoz bosqichi) da
hisob-kitoblar amalga oshirildi. Natijada, 2024-yilda baliq yetishtirish hajmi 12346,5 tonnaga
yetishi, 2025-yilda 14261,7 tonna, 2026-yilda 15908,1 tonna, 2027-yilda 17415,3 tonna va
2028-yilda 18833,6 tonnaga oshishi kutilmoqda (6-rasm).
Tarmoqdagi faol
investitsiyalar, ilg‘or texnologiyalarning keng joriy etilishi va eksport
salohiyatining oshishi hisobga olingan bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarining sezilarli o‘sishi
ehtimolini ko‘rsatadi.
Chiziqli trend modeli asosida har yili o‘rtacha 759 tonna o‘sish qayd etilgan bo‘lsa,
eksponensial silliqlash modeli (α=0.3) silliqlangan va ehtiyotkor prognozlarni beradi. Bu resurs
cheklovlari, infratuzilma va texnologiya cheklovlariga kuchli bog‘liqlikn
i anglatadi. Past
ehtimollik grafiksida 2028-yilga kelib 6359 tonnaga tushish xavfi mavjud, yuqori ehtimollik
modeli esa 18833 tonnagacha o‘sishni bashorat qiladi. Bu grafiklar ishlab chiqarishdagi xavf va
imkoniyatlar uyg‘unligini namoyon etadi.
9960.2
6767.749629
6372.179816
6245.438695
6257.853545
6359.196729
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
Y-Sirdaryo v ( ovlangan baliqlar tonada )
Past ehtimollik
www.sci-p.uz
III SON. 2025
517
6-rasm Sirdaryo viloyatida baliq yetishtirish hajmining yuqori ehtimollikning
optimistik prognozi
Manba:
muallif tomonidan.
Avtokorrelyatsiya va iqtisodiy diagnostika
bo‘limida ishlab chiqarish jarayonida vaqt
davomida ma’lumotlar orasidagi ichki bog‘liqlik darajasi va o‘zgarishlarning iqtisodiy
barqarorlikka ta’siri tahlil qilinadi.
𝑅
𝑌
𝑡
𝑌
𝑡−1
=
∑
𝑛
𝑡=2
(𝑦
𝑡
−𝑦‾
1
)⋅(𝑦
𝑡−1
−𝑦‾
2
)
√∑
𝑛
𝑡=2
(𝑦
𝑡
−𝑦‾
1
)
2
⋅∑
𝑛
𝑡=2
(𝑦
𝑡−1
−𝑦‾
2
)
2
(5)
Bu tahlil orqali ishlab chiqarishdagi barqarorlik, inersiya darajasi va ehtimoliy xavf
omillari baholanadi.
Avtokorrelyatsiya ko‘rsatkichlari esa 7 ta bosqich bo‘yicha tahlil qilindi (6
-
rasm).
6-
rasim Avtokorrelyatsiya ko‘rsatkichlari
Manba:
muallif tomonidan.
9960.2
12346.47894
14261.69447
15908.08131
17415.31217
18833.6147
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
14000
16000
18000
20000
0
2
4
6
8
10
12
14
16
18
20
0
0.2
0.4
0.6
0.8
1
R1
R2
R3
R4
R5
R6
R7
0.996130639
0.934778836
0.862783652
0.799417345
0.731726702
0.650201335
0.554093196
AVTOKORRELYATSIYA
Avtokorrelyatsiya
www.sci-p.uz
III SON. 2025
518
Avtokorrelyatsiya ko‘rsatkichlari bosqichma
-bosqich pasayib bormoqda (R1 = 0.9961
dan R7 = 0.5540 gacha), bu esa vaqt o‘tishi bilan ishlab chiqarishdagi o‘zgarishlar avvalgi
natijalarga nisbatan asta-
sekin mustaqil bo‘lib borayotganini bildiradi. Durbin
-Watson
ko‘rsatkichi d ≈ 0.992 bu o‘rtacha darajadagi musbat avtokorrelyatsiyani anglatadi. Ya’ni, ishlab
chiqarish hajmlari hali ham avvalgi yillardagi natijalarga sezilarli bog‘liq, lekin inersiya asta
-
sekin kamaymoqda.
Shu boisdan, iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun suv resurslarini samarali
boshqarish, intensiv texnologiyalarni joriy etish, investitsiyalar va kadrlar salohiyatini
kuchaytirish zarur.
Xulosa va takliflar.
Sirdaryo viloyatida baliqchilik sohasining 2010
–
2023 yillardagi rivojlanish holati
ekonometrik tahlil asosida o‘rganildi. Tahlillar
regressiya, korrelyatsiya va prognozlash
modellari orqali olib borilib, baliq mahsulotlarining iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati yoritildi.
Statistik tahlil natijalariga ko‘ra, viloyatda baliq yetishtirish hajmi yildan
-yilga sezilarli oshgan:
2010-yildagi 25 tonnadan 2023-yilda 9960,2 tonnaga yetgan.
Chiziqli trend modeliga ko‘ra, yillik o‘sish 759 tonnani tashkil etib, 2028
-yilgacha 12596
tonnaga yetishi kutilmoqda. Eksponensial silliqlash modeli esa ehtiyotkor prognozlar beradi
—
2028-yilgacha 10700 tonna. Past ehtimollik modelida ishlab chiqarish hajmining pasayishi,
yuqori ehtimollik modelida esa 18833 tonnagacha o‘sish bashorat qilingan. Bu esa ishlab
chiqarishdagi xavf va imkoniyatlar muvozanatini aks ettiradi.
Avtokorrelyatsion tahlil ishlab chiqarishdagi inersiya asta-sekin kamayayotganini
ko‘rsatadi. Barqaror rivojlanishni ta’minlash uchun resurslardan oqilona foydalanish,
texnologiyalarni joriy etish va investitsiya salohiyatini kuchaytirish zarur.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
G‘nasarov I.T.
(2008) Ekonometrika. 1-
qism. Toshkent: “Iqtisod
-
moliya”.
Mamatqulov Sh., Ochilov A. (2019) Baliqchilik asoslari.
–
Toshkent.
Qaror
(2017) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish
to‘g‘risida. 2017
-yil 1-maydagi qaror. [Elektron resurs]:
Qaror
(2018) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. Baliqchilik sohasini rivojlantirishga doir
qo‘shimcha chora
-tadbirlar
to‘g‘risida. PQ
-367-son, 2018-yil 6-noyabr. [Elektron resurs]:
