www.sci-p.uz
III SON. 2025
543
TOʻGʻRIDAN
-
TOʻGʻRI XORIJIY INVESTITSIYALARNI JALB QILISHGA TAʼSIR QILUVCHI
OMILLARNI TAHLIL QILISH USLUBLARI: USLUBLARGA ASOSLANGAN SHARH
Madumarov Husniddin
“University of management and future technologies”
universiteti
Annotatsiya.
Ushbu maqolada toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI) jalb qilishga
taʼsir qiluvchi omillarni baholashda qoʻllaniladigan asosiy uslublar koʻrib chiqiladi. Panel
regressiya modellari, gravitatsiya modellari, umumlashtirilgan momentlar usuli va sifat-
qiyoslash tahlili asosida olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi. Har bir uslub boʻyicha ilgari
surilgan ilmiy ishlar oʻrganilib, ul
arning qanday natijalarga kelgani va qanday xulosalar bergani
tahlil qilinadi. Tadqiqot shuni koʻrsatadiki, TTXIlarni jalb qilish omillarini aniqlashda tanlangan
uslub natijalarning barqarorligi va aniqligiga bevosita taʼsir koʻrsatadi. Shu boisdan, bir ne
cha
yondashuvlarni birlashtirgan aralash uslublar siyosiy va ilmiy tahlillar uchun muhim ahamiyat
kasb etadi.
Kalit soʻzlar:
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar (TTXI)
, TTXIlarni jalb qilish omillari,
panel regressiyasi, gravitatsiya modeli, umumlashtirilgan momentlar usuli, sifat-qiyoslash tahlili,
institutsional omillar, iqtisodiy siyosat, uslubiy tahlil.
МЕТОДЫ ОЦЕНКИ ФАКТОРОВ, ВЛИЯЮЩИХ НА ПРИВЛЕЧЕНИЕ ПРЯМЫХ
ИНОСТРАННЫХ ИНВЕСТИЦИЙ: ОБЗОР НА ОСНОВЕ МЕТОДОВ
Мадумаров
Ҳусниддин
Университет
“University of management and future technologies”
Аннотация.
В данной статье рассматриваются основные методы, используемые
для оценки факторов, влияющих на приток прямых иностранных инвестиций (ПИИ).
Анализируются исследования, основанные на панельной регрессии, гравитационных
моделях, методе обобщённых моментов, а также качественно
-
сравнительном анализе.
Для каждого метода проведён обзор соответствующих научных трудов, выявлены их
основные результаты и сделаны выводы. Исследование показывает, что выбор
методологии напрямую влияет на стабильность и достоверность полученных
результатов. В связи с этим для научного анализа и выработки эффективной
инвестиционной политики целесообразно использовать комбинированные подходы.
Ключевые слова:
прямые иностранные инвестиции (ПИИ)
,
детерминанты
,
панельная регрессия
,
гравитационная модель
,
метод обобщённых моментов
,
качественно
-
сравнительный анализ
,
институциональные факторы
,
экономическая
политика
,
методологический обзор.
UOʻK:
330.322.011
543-551
www.sci-p.uz
III SON. 2025
544
METHODS OF ASSESSMENT OF FOREIGN DIRECT INVESTMENT DETERMINANTS:
A REVIEW BASED ON METHODS
Madumarov Husniddin
University of Management and Future Technologies
Abstract.
This article critically reviews the main methods used to analyze the determinants
of foreign direct investment (FDI), focusing on panel data regression, gravity models, generalized
method of moments (GMM), and qualitative-comparative analysis (QCA). For each method, we
synthesize findings from major empirical studies to understand how specific economic,
institutional, and policy variables influence FDI inflows. The study reveals that methodological
choice significantly affects the magnitude and even direction of FDI determinants, underscoring
the importance of mixed approaches in policy research.
Keywords:
foreign direct investment (FDI), determinants, panel regression, gravity model,
generalized method of moments (GMM), qualitative comparative analysis (QCA), institutional
factors, economic policy, methodological review.
Kirish.
Mamlakatning toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni (
TTXI) jalb qilish qobiliyati uning
iqtisodiy ochiqligi, institutsional ishonchliligi va makroiqtisodiy salohiyatining asosiy
koʻrsatkichi sifatida keng eʼtirof etiladi. Toʻgʻridan
-
toʻgʻri i
nvestitsiyalar nafaqat kapital oqimiga
hissa qoʻshadi, balki texnologiyalar transferini, boshqaruv nou
-xausini va xalqaro bozorlarga
kirishni osonlashtiradi. Biroq, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarning hajmi va tarkibi
mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha
sezilarli darajada farq qiladi, bu olimlar va siyosatchilarni
ushbu oqimlarga qaysi omillar eng hal qiluvchi taʼsir koʻrsatishini oʻrganishga undaydi.
Biroq, oʻnlab yillar davomida olib borilgan empirik va nazariy
izlanishlarga qaramay,
maʼlum bir mamlakat
yoki mintaqaga toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar oqimining darajasini
belgilaydigan universal yondashuv hali ham mavjud emas. Baʼzi tadqiqotlar bozor hajmi,
inflyatsiya va savdo ochiqligi kabi anʼanaviy makroiqtisodiy asoslarni taʼkidlasa, boshqalari
korrupsiya nazorati, tartibga solish samaradorligi yoki siyosiy barqarorlik kabi institutsional
omillarni taʼkidlaydi. Bundan tashqari, turli xil alohida holatlarda sohaviy xususiyatlar, mehnat
xarajatlari, taʼlim darajalari va hatto madaniy yaqinlik ham tegi
shli omillar sifatida keltirilgan.
Ushbu murakkab vaziyatda uslubiy yondashuvni tanlash qaysi omillar statistik yoki
iqtisodiy jihatdan ahamiyatli deb tan olinishiga sezilarli darajada taʼsir qiladi. Masalan,
panel
regressiya modellari
mamlakatlar boʻylab umumlashtirilishi mumkin boʻlgan
yakuniy shaklni
ajratib koʻrsatishi mumkin,
sifat-qiyoslash tahlili
esa yuqori yoki past darajadagi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi
boʻyicha maʼlumot beruvchi
mahalliy sharoitlarning
oʻziga
xos kombinatsiyalarini ochib berishi mumkin. Shuningdek
, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya
modellarini endogenlik va teskari sabab-oqibat muammolarini hal qilish uchun
umumlashtirilgan momentlar metodi
kabi usullar qoʻllaniladi.
Ushbu maqolaning maqsadi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni
jalb qilishga taʼsir etuvchi
omillarini
baholashda qoʻllaniladigan asosiy usullarni tanqidiy koʻrib chiqish va ushbu
usullardan olingan empirik natijalar xulosalarini tahlil
qilishdir. Yangi model yoki maʼlumotlar
toʻplamini taklif qilish oʻrniga, ushbu maqolada mavjud empirik tadqiqotlarni
ularda
qoʻllaniladigan metodologik asosga koʻra tasnifla
sh va baholashni amalga oshirgan xolda
koʻrib
chiqishga asoslangan yondashuv qoʻllaniladi.
Yaʼni, u toʻgʻridan
-
toʻgʻri investit
siyalar oqimini
tahlil qilish uchun turli xil vositalardan qanday foydalanilganligi va ularning natijalaridan
qanday
amaliy choralar koʻrish
mumkinligini tizimli tushunishga yordam beradi.
Xususan, maqola toʻrtta keng tarqalgan usulga qaratilgan:
www.sci-p.uz
III SON. 2025
545
Panel maʼ
lumotlarining regressiya modellari
- makroiqtisodiy va institutsional
oʻzgaruvchilarning vaqt va mamlakatlar boʻyicha toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarga taʼsirini
tekshirish uchun keng qoʻllaniladi.
Gravitatsiya modellari
-
koʻpincha ikki tomonlama toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar oqimini
va geografik va institutsional yaqinlikning taʼsirini tahlil qilish uchun foydalaniladi.
Umumlashtirilgan momentlar usuli
-
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar
omillarida dinamik
taʼsir
darajasi va endogenlikni aniqlash uchun foydalaniladi.
Sifat-qiyoslash tahlil
va vaziyatlargaga asoslangan usullar
- yuqori yoki past darajadagi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni keltirib chiqaradigan sharoitlar kombinatsiyasini aniqlash
uchun ishlatiladi, ayniqsa muayyan mamlakat yoki tarmoq
boʻyicha
.
Adabiyot sharhi.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
ni (TTXI) jalb qilish omillari
boʻyicha adabiyotlar
koʻlami keng va koʻp qirrali boʻlib, global investitsiyalar oqimlarining murakkabligi va
heterojenligini aks ettiradi. Tadqiqotchilar
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
ga oid
qarorlarga taʼsir koʻrsatadigan iqtisodiy, institutsional, geografik va qabul qil
uvchi mamlakatda
amalga oshirilgan siyosat bilan bogʻliq oʻzgaruvchilarning keng doirasini koʻrib chiqqanlar.
Ushbu tadqiqotlar koʻpincha neoklassik iqtisodiyot, institutsional iqtisodiyot va xulq
-atvor
yondashuvlarini oʻz ichiga olgan turli nazariy asosla
rdan kelib chiqadi, ularning har biri
investitsiya xatti-
harakatlarining turli omillarini taʼkidlaydi.
Klassik va neoklassik asoslar.
Anʼanaviy iqtisodiy nazariyalar, jumladan Xeksher
-Olin
modeli va neoklassik oʻsish nazariyasi dastlab toʻgʻridan
-
toʻgʻri i
nvestitsiyalarni
ishlab chiqarish
omillari bilan
taʼmin
langanlik
va
qiyosiy ustunlik
funksiyasi sifatida koʻrib chiqdi. Bu
qarashlarga koʻra kapital daromadlarni tenglashtirish uchun kapitalga boy
mamlakatlardan
kambagʻal va
kapital tanqis mamlakatlarga oqib boradi. Biroq, empirik tadqiqotlar shuni
koʻrsatdiki, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investit
siyalar oqimi
rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida koʻproq
boʻlib, bu
oldinroq bildirilgan taxminlarga zid keladi (Feldstein va Horioke, 1980; Lucas, 1990)
Bozor hajmi va iqtisodiy asoslar.
Adabiyotda eng
koʻp aniqlangan natijalar
dan biri bu -
odatda YAIM yok
i aholi jon boshiga YAIM bilan oʻlchanadigan bozor hajmi va toʻgʻridan
-
toʻgʻri
xorijiy investitsiyalar oqimi oʻrtasidagi ijobiy bogʻliqlikdir. Katta bozorlar yuqori potensial
daromad va miqyosga asoslangan iqtisodiyotni taklif qiladi (Chakrabarti, 2001; Dunning,
1993). Shuningdek
, savdo ochiqligi koʻpincha toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni
ragʻbatlantiradi, chunki u qulay investitsiya muhitini
namoish qiladi va korxonalarga global
qiymat zanjirlariga qoʻshilish imkonini beradi
(Aseide, 2002).
Valyuta kursining barqarorligi, inflyatsiya va iqtisodiy oʻsish surʼatlari kabi boshqa
makroiqtisodiy asoslar ham investorlarning qarorlariga
taʼsir qiladi. Prognoz
qilish imkoniyati
mavjud
makroiqtisodiy muhitga ega boʻlgan mamlakatlar barqaror va uzoq muddatli toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni qabul qilish imkoniyatiga ega boʻladi
lar (Campos va Kinoshita, 2003).
Institutlar samaradorligi va boshqaruv.
Adabiyotlarda shuningdek
toʻgʻridan
-
toʻgʻri
institusional omillarga
koʻp eʼtibor qaratil
adi. Bunga mulk huquqlarini himoya qilish,
korrupsiyani nazorat qilish, qonun ustuvorligi va tartibga solish sifati kabi oʻzgaruvchilar
kiradi. Buss va Xefeker (2007)
oʻz izlanishida shuni koʻrsatdiki, siyosiy xavf va huquqiy
noaniqlik toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar
ni sezilarli darajada susaytiradi. Xuddi shunday,
Globerman va Shapiro (2003)
oʻz izlanishida boshqaruv sifati yuqori qoʻshimcha qiymatga ega
boʻlgan toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni, ayniqsa xizmatlar va yuqori texnologiyali sektorlarni
jalb qilishning asosiy
sharti ekanligini taʼkidlaydilar
.
Mehnat bozori va inson kapitali omillari.
Bir qator tadqiqotlarda toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy
investitsiyalar jalb qilishda taʼlim darajasi, mehnat xarajatlari va malakali ishchi kuchi
mavjudligiga eʼtibor qaratil
gan. Ishchi kuchining arzonligi qisqa muddatda ishlab chiqarish
xarajat
larini tejashni koʻzlovchi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishi mumkin boʻlsada,
uzoq muddat davomida investitsiyalar kirib kelishining davomiyligi
koʻpincha
ishchi kuchi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
546
kapitalining jamlanish darajasi
va innovatsion salohiyat bilan bogʻliq
(Noorbakhsh et al., 2001).
Bu,
oʻz navbatida, rivojlanayotgan mamlakatlarni investitsiyalarni ragʻbatlantirish
strategiyalarida kasbiy taʼlim va oliy taʼlimga eʼtibor qarat
ishga undaydi.
Infratuzilma va joylashuvga xos omillar.
Yana bir ishonchli hal qiluvchi omil
—
bu
infratuzilma sifati, jumladan, transport, telekommunikatsiya va energiya taʼminoti. Yaxshi
infratuzilma operatsion xarajatlarni kamaytiradi va biznes yuritish samaradorligini oshiradi.
Kinoshita va Kamposga (2004)
ko‘ra infratuzilmani rivojlantirish, ochiqlik va bozorga kirish
kabilar
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsi
yalarni jalb qilishning boshqa omillarining sezilarli
darajada taʼsirini oshirishga xizmat
qilishi mumkin.
Geografik va madaniy yaqinlik, umumiy til va mustamlakachilik aloqalari ikki tomonlama
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimiga taʼsir etuvchi muhim omillardir. Ushbu
elementlar odatda gravitatsiya modellariga kiritilgan boʻlib,
ular jismoniy va institutsional
masofalar transchegaraviy investitsiyalarni shakllantirishini nazarda tutadi (
Bénassy
-
Quéré et
al., 2007; Petroulas, 2007).
H
ukumatning investorlarni ragʻbatlantirish chora
-tadbirlari va maxsus iqtisodiy zonalar.
Hukumatlar
toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun koʻpincha soliq taʼtillari,
erkin savdo zonalari va davlat-xususiy sheriklik kabi investitsion imtiyozlardan foydalanadilar.
Bunday islohotlarning samarador
ekanligi koʻp hollarda turli fikrlar
ni keltirib chiqaradi, tahlil
va muhokamalarga sabab
boʻladi
. Bu choralar qisqa muddatli investitsiya oqimlarini
ragʻbatlantirsada
, agar ular puxta
ishlab chiqilmagan boʻlsa, bozorlarga salbiy ta’sir etishi va
fiskal daromadlarni kamaytirishi mumkin (Harding and Javorcik, 2011; Schneider and
Paunescu, 2012).
Bundan tashqari, ragʻbatlantirishni institutsional takomillashtirish va infratuzilmani
rivojla
ntirish
bilan
uyg‘unlikda
amalga
oshirgan
mamlakatlar
barqaror
va
diversifikatsiyalangan toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishda yaxshi natijalarga
erishadilar.
Adabiyotlarni
oʻrganish pirovard natijasida muhim boʻl
ganligi sabab quyidagi
oʻzgaruvchilar koʻpincha
qayd etilishini tushunish mumkin. Bular:
Ijobiy omillar: Bozor hajmi, ochiqlik, infratuzilma, siyosiy barqarorlik, inson kapitali,
tartibga solish sifati.
Salbiy
omillar
:
Korrupsiya,
siyosiy
xavf,
makroiqtisodiy
oʻzgaruvchanlik,
shartnomalarning yomon bajarilishi.
Biroq, bu taʼsirlarning kuchi va yoʻnalishi empirik tadqiqotlarda keng farq qiladi. Ushbu
farqlar
koʻpincha ekonometrik usul, maʼlumotlar toʻplamining xususiyatlari va mintaqaviy
yoʻnalishni tanlash bilan bogʻliq.
Tadqiqot metodologiyasi.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsi
siyalarni jalb qilish
omillarga yondashuvlarni uslubiy koʻrib
chiqish.
Panel maʼlu
motlarining regressiya modellari.
Panel maʼlumotlarning regressiya modellari
turli mamlakatlarda va muayyan davr oraliqlarida
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya
larni jalb qilish
omillarini baholash uchun eng keng tarqalgan uslub hisoblanadi. Modellar kuzatuvga
olinmagan heterojenlikni nazorat qilish uchun aniq yoki tasodifiy
taʼsirlarni aniqlash
imkoniyatini beradi.
Chakrabarti (2001)
bir nechta tadqiqotlarda 21 ta oʻzgaruvchilarga nisbatan
investitsiyalarning sezgirlik tahlilini oʻtkazdi va YAIM, savdoning ochiqligi va infratuzilma eng
mustahkam belgilovchi omillar ekanligini aniqladi.
Asiyedu (2002)
Afrikaning bir guruh mamlakatlari
panel maʼlumotlaridan
foydalangan va
ochiqlik toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni jalb qilishga turtki boʻlsada,
korrupsiya va zaif
infratuzilma
bunga salbiy taʼsir qilishni taʼkidlagan
. Uning keyingi izlanishida
toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiyalar harakatining mintaqaviy bir xilligi taʼkidlangan boʻlib, ochiqli
k, infratuzilma va
www.sci-p.uz
III SON. 2025
547
boshqaruv kabi siyosiy islohotlarga oid
oʻzgaruvchilarning taʼsiri Afrika submintaqalarida
sezilarli darajada farqlanishini koʻrsatib bergan. Shu tariqa toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni
jalb qilishda mintaqadagi barcha mamlakatlarga mos keladigan yagona yondashuv samarali
boʻlmasligi mumkinligini koʻrsatib bergan.
Buss va Xefeker
(2007)
rivojlanayotgan 83 mamlakat
boʻyicha
qatʼiy taʼsirlar paneli
modelidan foydalangan va “Siyosiy
risklar, huquqiy tizimlar va byurokratiyaning sifati muhim
omillar”
- degan xulosaga kelgan.
Panel maʼlumotlar usullari asosiy makroiqtisodiy va institutsional oʻzgaruvchilarning
mustahkam ekanligini tasdiqlaydi
. Biroq, natijalar oʻzgaruvch
ilarning tanlanishi va model
spetsifikatsiyasiga
bogʻliq
bo‘lib qoladi.
Gravitatsiya modellari.
Dastavval savdoni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan gravitatsiya
modellari ikki tomonlama toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini baholash uchun
ham
moslashtirilgan. Ushbu modellar odatda YAIM, masofa, umumiy til, mustamlaka aloqalari va
boshqa ikki tomonlama oʻzgaruvchilarni oʻz ichiga oladi. Byenassy
-Quyerye va boshqalar
(2007)
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga (IHRT
) a’zo mamlakatlar bo‘yicha
mavjud ma’lumotlarga asoslanib, gravitatsiya modelini qoʻllagan
hamda donor va qabul
qiluvchi
mamlakatlar oʻrtasidagi institutsional oʻxshashlik toʻgʻri
dan-
toʻgʻri investitsiyalarni
sezilarli darajada oshirishini koʻrsat
ib bergan.
Petroulas (2007)
Yevroning ikki tomonlama toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
oqimiga taʼsirini
gravitatsiya
usulidan foydalangan holda oʻrganib chiqdi va valyuta ittifoq
iga
aʼzolik toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni 20
-25% ga oshirganligini aniqlagan.
Kerdas va boshqalar (2009)
moliyaviy ochiqlikni gravitatsiya
modelida qo’llagan holda
kapital nazorati va axborot almashish munosabatlarida vujudga keladigan qarama-qarshiliklar
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarni
jalb qilishga
sezilarli darajada toʻsqinlik qiladi degan xulosaga
kelgan.
Gravitatsiya modellari ikki tomonlama toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
dinamikasini samarali qamrab oladi va geosiyosiy hamda institutsional yaqinlikning ahamiyati
yuqori ekanligini koʻrsatadi, lekin ular koʻpincha qabul qiluvchi davlatga xos institutsional
tafsilotlarni istisno qiladi.
Momentlarning umumlashtirilgan usuli.
Arellano va Bover (1995) tomonidan ishlab
chiqilgan
momentlarning umumlashtirilgan usuli
tizimi endogenlikni boshqarish uchun
ishlatiladi, ayniqsa bu usul toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar oʻzining oldingi davrlardagi
ko‘rsatkichlari taʼsirida boʻlishi mumkin boʻlgan dinamik panel maʼlumotlari tahlilida qoʻl
keladi.
Blonigen va Piger (2015)
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar regressiyasidagi model
ga xos
noaniqlikni baholash uchun
momentlarning umumlashtirilgan usuli
bilan birlashtirilgan
Bayes
modeli
oʻrtachasini qoʻllagan. Ular
masofa, YAIM va boshqaruv tizimi doimo muhim ekanligini
aniqlaganlar.
Tekin (2012) rivojlanayotgan mamlakatlarni tahlil qilish uchun dinamik panel
momentlarning umumlashtirilgan usuli
dan foydalangan va makroiqtisodiy barqarorlik, savdo
ochiqligi va inson
kapitali toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya oqimiga sezilarli taʼsir koʻrsatishini
aniqlagan.
Noorbaxsh va boshqalar (2001)
rivojlanayotgan mamlakatlar
ga oid maʼlumotlarni
momentlarning umumlashtirilgan usuli
asosida tahlil qilib,
taʼlim va malakali ishchi kuchi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiyalarga avvallari
taxmin qilinganidan koʻra kuchliroq taʼsir qiladi
degan xulosaga kelgan.
Momentlarning umumlashtirilgan usuli
endogenlik mavjudligida, ayniqsa amalga
oshiriladigan siyosatga oid
oʻzgaruvchilar
yuzasidan yanada ishonchli xulosalar beradi. Biroq,
u ehtiyotkorlik bilan model
tanlashni talab qiladi va mutaxassis boʻlmagan auditoriya uchun
murakkab boʻlishi mumkin.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
548
Sifat-qiyoslash tahlili va vaziyatga asoslangan usullar.
Sifat-qiyoslash tahlili va shunga
oʻxshash usullar bir taʼsirni ajratib olish oʻrniga, yuqori yoki past
darajadagi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiya oqimi uchun ye
tarli yoki zarur boʻlgan omillar kombinatsiyasini oʻrganadi.
Shnayder va Paunesku (2007) sifat-qiyoslash tahlilini 18 ta Iqtisodiy Hamkorlik va
Rivojlanish Tashkilotiga (IHRT
) a’zo mamlakatiga qoʻlla
gan xolda kuchli huquqiy institutlar,
inson kapitali va ilmiy-
tadqiqotlarni qoʻllab
-
quvvatlash birgalikda toʻgʻridan
-t
oʻgʻri
investitsiyalarning yuqori daraj
ada jalb qilishga hissa qoʻshishini aniqlagan.
Henisz va boshqalar (2005)
bozorga yo‘naltirilgan infratuzilma islohotlarining
mamlakatlar bo‘ylab tarqalishini o‘rganish uchun global ma’lumotlar to‘plamiga asoslangan
voqealar tarixi tahlilidan foydalanganlar.
To‘g‘ridan
-
to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishda
makroiqtisodiy asoslardan tashqari institutsional barqarorlik ham asosiy omil hisoblanadi.
Kelajakdagi tadqiqotlar iqtisodiy modellashtirishni institutsional diagnostika bilan
birlashtirishi kerak, bu esa xorijiy investitsiyalar qarorlarini qabul qilishga nima turtki
boʻlishini yanada toʻliqroq tushunish imkonini beradi, degan hulosaga erishilgan.
BMT Savdo va rivojlanish Konferensiyasi
(UNCTAD) 2020-yildagi Investitsiya hisobotida
maxsus iqtisodiy zonalar, davlat va xususiy
sektor oʻrtasidagi
muloqotlar hamda maqsadli
ragʻbatlantirishlar turli hududlarda toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar natijalariga qanday
taʼsir qil
ishini tasdiqlash uchun alohida islohotlar amalga oshirilgan misollardan foydalangan.
Sifat qiyoslash tahlili va sifat usullari davlat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar
muhiti
toʻgʻrisida
yaxlit tasavvur qilish imkoniyatini beradi, ayniqsa trayektoriyaga
bogʻliq
boʻlgan taʼsirlarni yoki islohotlar bogʻlamlarini
aniqlashda qulay usul hisoblanaldi. Ular milliy
darajadagi diagnostika uchun ideal, ammo umumlashtirish uchun kamroq mos keladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Har bir usul turli xil kuchli va kuchsiz tomonlarga ega. Panel regressiyalari va
umumlashtirilgan momentlar usullari
statistik umumlashtirishni o‘z ichiga oladi, ammo
aniqlik
kiritishni talab qiladi. Gravitatsion modellar ikki tomonlama oqimlarni tahlil qilishda kuchli,
ammo institutsional tafsilotlarga ega emas. Sifat qiyoslash tahlili va vaziyatga asoslangan
usullar ayni bir xolatga xos tahlil va siyosat sinergiyasini aniqlashda ustunlikka ega.
Qanday usulning tanlanishi tegishli siyosat yuritish yuzasidan beriladigan tavsiyalariga
taʼsir qilishi mumkin. Masalan, regressiya modeli qo‘llanilgan o‘rganishlarda makroiqtiso
diy
barqarorlik asosiy omil deb topilsa, sifat qiyoslash tahlili esa
qonunchilikdagi oʻzgarishlarni
kutilmalar darajasida boʻlishi bilan birga taʼlim
tizimining
rivojlangan boʻlishi
omil sifatida
ko‘rsatib beradi.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiyalarni jalb qilish omil
lari boʻyicha kelajakdagi tadqiqotlar va
amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar uchun miqdoriy va sifat o‘lchov vositalarini birlashtirgan
aralash usulli yondashuv tavsiya etiladi.
Panel regressiya modellari va umumlashtirilgan momentlar usuli.
Panel maʼlumotlarning
regressiya modellari mamlakatlar
boʻyicha
va muayyan davr mobaynidagi
toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiyalar oqimini tahlil qilish uchun eng keng tarqalgan usullardan biridir. Ularning
ustuvorlik tomoni tadqiqotchilar
ga umumlashtirilishi mumkin boʻlgan
birmuncha aniq
tasvirlarni shakllantirish va kuzatuvga olinmaydigan heterojenlikni nazorat qilish imkonini
beruvchi ayni bir
davrdagi va koʻndalang kesimdagi oʻzgarishlarni qoʻlga kiritish
qobiliyatidadir. Umumlashtirilgan momentlar usuli bilan takomillashtirilganda esa, ushbu
modellar endogenlik masalalarini, xususan, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar oqimi va
makroiqtisodiy koʻrsatkichlarning bir
-
biri bilan oʻzaro taʼsir qilish imkoniyatini ham hisobga
olishi mumkin.
Biroq, bu usullar model spetsifikatsiyasiga, tanlab olingan
oʻzgaruv
ilarga
va maʼlumotlar
sifatiga juda sezgir. Notoʻgʻri funksional shakllar, oʻtkazib yuborilgan oʻzgaruvchilar yoki
oʻlchash
dagi xatolar noxolis yoki nomuvofiq baholash natijalariga olib kelishi mumkin. Bundan
tashqari, panel va umumlashtirilgan momentlar usuli modellari individual oʻzgaruvchilarning
www.sci-p.uz
III SON. 2025
549
(masalan, YAIM, inflyatsiya, ochiqlik) oʻrtacha taʼsirini aniqlashda samarali boʻlsada, ular
koʻpincha murakkab oʻzaro taʼsirlarni yoki
alohida xolatlarda
muhimroq boʻlishi mumkin
boʻlgan chegara
viy
taʼsir
larni hisobga olmaydi.
Gravitatsiya modellari.
Dastlab savdoni tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan gravitatsiya
modellari ikki tomonlama toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimini oʻrganishda tobora
koʻproq ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu modellar nafaqat iqtisodiy oʻlcham va masofani, balki
umumiy til, mustamlakachilik aloqalari yoki umumiy huquqiy tizimlar kabi tarixiy, madaniy va
institutsional aloqalarni ham hisobga oladi. Gravitatsiya modellari, ayniqsa, investor
qarorlarida yaqinlik va tanishlik rolini baholashda samarali ekanligini isbotladi.
Shunga qaramay, tortishish modellari koʻpincha
chuqur institutsional va sifat jihatlariga
ega emas, ularning natijalarini amaliy ichki siyo
satga aylantirish qiyin boʻlishi mumkin.
Masalan, toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar
oqimining mustamlakachilik aloqalari yoki umumiy
din tufayli ortib borayotganining aniqlanishi joriy islohotlar
haqida juda kam maʼlumot beradi
.
Bundan tashqari, ushbu modellar odatda barcha mamlakatlar uchun mavjud yoki ishonchli
boʻlmasligi mumkin boʻlgan keng qamrovli ikki tomonlama maʼlumotlarni talab qiladi.
Sifat-qiyoslash tahlili va vaziyatga asoslangan usullar.
Sifat-qiyoslash tahlili va vaziyatga
asoslangan usulla
r toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarning yuqori yoki past oqimiga olib keladigan
alohida xolatlarga
xos sharoitlarni oʻrganish uchun kuchli
muqobil variantni taklif qiladi. Sifat
qiyoslash tahlili investitsiyalarni jalb qilish omillari mustaqil yoki chiziqli harakat qiladi deb
taxmin qilishdan koʻra tadqiqotchilarga
turli omillarning oʻzaro taʼsiri
hamda birgalikda
investitsiya natijalariga qanday olib kelishini aniqlash imkonini beradi.
Bu usullar, ayniqsa, institutsional oʻziga xosliklar yoki davlat tomon
idan olib borilayotgan
islohotlarning natijalarining
sinovi oʻtkazilganda
keng tarqalgan oʻzgaruvchilari kam boʻlgan
kichik tadqiqotlarda, oʻtish davri iqtisodiyot
lari va rivojlanayotgan mamlakatlarda foydalidir.
Biroq, sifat-qiyoslash tahlili regressiyaga asoslangan yondashuvlarning statistik
umumlashtirilish jihatlariga
ega emas va baʼzida oʻzgaruvchilarni tanlash yoki kalibrlashda
subyektivlik sababli tanqid qilinadi. Ushbu cheklovlarga qaramay, sifat qiyoslash tahlili keng
koʻlamli miqdoriy modellarda aniq boʻlmagan "muvaffaqiyat formulalarini" aniqlash orqali
siyosatga tegishli tushunchalarni taqdim etishi mumkin.
Tavsiyalar.
Tahlil uslubining tanlanishi ham aniqlanadigan natijalarga, ham davlat
amalga oshiradigan islohotlar boʻyicha tavsiyalarga sezilarli taʼsir koʻrsatishi mumkin.
Masalan, panel regressiya modeli makroiqtisodiy barqarorlik (past inflyatsiya darajasi va
barqaror yalpi ichki mahsulot oʻsishi) toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiy
a oqimining asosiy omili
ekanligini koʻrsatadi, bu esa fiskal va pul
-
kredit intizomiga eʼtibor qaratishga olib keladi.
Bundan farqli oʻlaroq,
sifat-qiyoslash tahlilida
toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalar
qonunchilik oʻzgarishlarini tahmin qilish imkoniyati
,
investitsiyalarni ragʻbatlantirish chora
-
tadbirlari va mavjud malakali ishchi kuchi darajasi kabi omillarning kombinatsiyasiga
bogʻliqligini taʼkidlashi mumkin, bu esa bir necha omillarni rag‘batlantirishga qaratilgan chora
-
tadbirlar amalga oshirish masal
asini ko‘tarib chiqadi.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya qarorlarining murakkab va koʻp oʻlchovli xususiyatini
hisobga olgan holda, yagona uslubga tayanib qolish imkoniyatlarni chekla
b qoʻyishi mumkin
.
Panel va gravitatsiya modellarining miqdoriy aniqligi, sifat-qiyoslash tahlili hamda alohida
xolatlar boʻyicha misollar
bilan birlashtirgan aralash usulli yondashuv birmuncha yaxlit va
oydin tushun
chaga ega boʻlish imkoniyatini
taʼminlaydi.
Bunday uch uslubdan iborat
yondashuv nafaqat empirik dalillarning ishonchliligini oshiradi, balki investitsiya muhitini
yaxshilashga intilayotgan hukumatlar uchun siyosiy tavsiyalarning amaliy ahamiyatini
oshiradi.
Xulosa va takliflar.
Toʻgʻridan
-
toʻgʻri xorijiy investitsiyalar
ni (TTXI) jalb qilish omillarini tushunish ham
tadqiqodchilar, ham mamlakatning xorijiy investitsiyalar uchun jozibadorligini oshirishga
www.sci-p.uz
III SON. 2025
550
masʼul siyosatchilar uchun muhim vazifadir. Har bir usul oʻziga xos tushunchalarni taqdim
etadi, lekin tan olinishi kerak boʻlgan oʻziga xos cheklovl
ar ham mavjud.
Panel regressiyalari va umumlashtirilgan momentlar usuli modellari kabi miqdoriy
yondashuvlar katta hajmdagi maʼlumotlar toʻplamlari boʻyicha umumiy tendensiyalarni
aniqlash, bozor hajmi, savdo ochiqligi va makroiqtisodiy barqarorlik kabi om
illar toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiyalarga qanday taʼsir qilishiga oid ishonchli statistik baholarni taklif qilishda
ahamiyatlidir. Gravitatsiya modellari ikki tomonlama aloqalar va hududiy yaqinlikning
ahamiyatini
eʼtirof et
adi. Boshqa tomondan, sifat-qiyoslash tahlili kabi sifatli va konfiguratsion
usullar investitsiya qarorlariga taʼsir qilish uchun institutsional, huquqiy va ijtimoiy
omillarning oʻzaro taʼsirini chuqurroq,
alohida xolatlar uchun sezgir tushuntirishlarni bera
oladi.
Ushbu qiyosiy
koʻrib chiqish shuni koʻrsatadiki, hech bir usul toʻgʻridan
-
toʻgʻri investitsiya
dinamikasining toʻliq tasvirini bermaydi. Aksincha, ko‘p uslubli yondashuv, ya’ni miqdoriy
umumlashtirish va sifat chuqurligini oʻz ichiga oladi —
nozik va amaliy tushunchalarni ishlab
chiqish uchun muhim deyish mumkin. Shu boisdan salmoqli hajmdagi va sifatli toʻgʻridan
-
toʻgʻri
investitsiyalarni jalb qilishga intilayotgan siyosatchilar nafaqat makroiqtisodiy
koʻrsatkichlarga eʼtibor qaratishlari, balki institutsional islohotla
r, tartibga solishning
shaffofligi, infratuzilmani rivojlantirish va inson kapitalini shakllantirish masalalariga ham
eʼtibor qaratishlari kerak.
Kelgusi tadqiqotlar uchun koʻp usulli strategiya qatʼiy tavsiya etiladi. Turli yondashuvlar
natijalarini solishtirish xulosalarning ishonchliligini oshirishi va tegishli siyosat yuritish
boʻyicha tavsiyalarning dalillar va
alohida xolatga
asoslanganligini taʼminlashi mumkin.
Global
kapital bozorining tobora murakkablashib borayotgan va raqobatbardosh sharoitida bunday
integratsiyalashgan tahliliy va siyosiy asoslarni qabul qilgan mamlakatlar barqaror va samarali
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yaxshiroq imkoniyatga ega bo‘ladilar.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Alfaro, L., Chanda, A., Kalemli-Ozcan, S., & Sayek, S. (2004). FDI and economic growth: The
role of local financial markets. Journal of International Economics, 64(1), 89
–
112.
Arellano, M., & Bover, O. (1995). Another look at the instrumental variable estimation of
error-components models. Journal of Econometrics, 68(1), 29
–
51.
Asiedu, E. (2002). On the determinants of foreign direct investment to developing countries:
Is Africa different? World Development, 30(1), 107
–
119.
Asiedu, E. (2006). Foreign direct investment in Africa: The role of natural resources, market
size, government policy, institutions and political instability. World Economy, 29(1), 63
–
77.
Bénassy
-
Quéré, A., Coupet, M., & Mayer, T. (2007). Institutional determinants of foreign
direct investment. World Economy, 30(5), 764
–
782.
Blonigen, B. A., & Piger, J. (2014). Determinants of foreign direct investment. Canadian
Journal of Economics, 47(3), 775
–
812.
Busse, M., & Hefeker, C. (2007). Political risk, institutions and foreign direct investment.
European Journal of Political Economy, 23(2), 397
–
415.
Campos, N. F., & Kinoshita, Y. (2003). Why does FDI go where it goes? New evidence from the
transition economies. IMF Working Paper No. 03/228.
Chakrabarti, A. (2001). The determinants of foreign direct investment: Sensitivity analyses
of cross-country regressions. Kyklos, 54(1), 89
–
114
Coeurdacier, N., De Santis, R. A., & Aviat, A. (2009). Cross-border mergers and acquisitions
and capital flows: The role of financial openness. Review of Financial Studies, 22(2), 713
–
747.
Dunning, J. H. (1993). Multinational Enterprises and the Global Economy. Addison-Wesley.
Feldstein, M., & Horioka, C. (1980). Domestic saving and international capital flows.
Economic Journal, 90(358), 314
–
329.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
551
Globerman, S., & Shapiro, D. (2003). Governance infrastructure and US foreign direct
investment. Journal of International Business Studies, 34(1), 19
–
39.
Harding, T., & Javorcik, B. S. (2011). Roll out the red carpet and they will come: Investment
promotion and FDI inflows. Economic Journal, 121(557), 1445
–
1476.
Henisz, W. J., Zelner, B. A., & Guillén, M. F. (2005). The Worldwide Diff
usion of Market-
Oriented Infrastructure Reform, 1977
–
1999. American Sociological Review, 70 (6), 871-897.
Kinoshita, Yuko and Campos, Nauro F., Estimating the Determinants of Foreign Direct
Investment Inflows: How Important are Sampling and Omitted Variable Biases? (June 16, 2004).
BOFIT Discussion Paper No. 10/2004,
Lucas, R. E. (1990). Why doesnʼt capital flow from rich to poor countries?
American
Economic Review, 80(2), 92
–
96.
Noorbakhsh, F., Paloni, A., & Youssef, A. (2001). Human capital and FDI inflows to developing
countries: New empirical evidence. World Development, 29(9), 1593
–
1610.
Petroulas, P. (2007). The effect of the euro on foreign direct investment. European Economic
Review, 51(6), 1468
–
1491.
Schneider, M. R., & Paunescu, M. (2012). Changing varieties of capitalism and their
implications for human resource management in Europe. Industrial and Corporate Change, 21(2),
489
–
525.
Tekin, R. B. (2012). Determinants of foreign direct investment in emerging markets: A panel
data analysis. International Research Journal of Finance and Economics, (97), 122
–
134.
UNCTAD. (2020). World Investment Report 2020: International production beyond the
pandemic. Geneva: United Nations.
