www.sci-p.uz
III SON. 2025
689
SERVIS XIZMATI KO‘RSATISHDA CHO‘L
-YAYLOV CHORVACHILIGI MAHSULOTLARNI
QAYTA ISHLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH
Nurmanov Sherzod
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik
va biotexnologiyalar universiteti
Аnnotatsiya
.
Maqola cho
‘
l-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta
ishlash tizimini takomillashtirish muammolariga bag
‘
ishlangan. Yaylovlarning degradatsiyasi,
hosildorlikning pasayishi, qorako
‘
l qo
‘
ylarining oziqlanishiga ta
’
sir etuvchi omillar va innovatsion
texnologiyalar yordamida chorvachilikni rivojlantirish masalalari batafsil yoritilgan. Taklif
etilgan texnologiyalar yaylov resurslaridan samarali foydalanish, mahsuldorlikni oshirish va
iqtisodiy samaradorlikni ta
’
minlashga qaratilgan.
Kalit so
‘
zlar:
cho
‘
l-yaylov chorvachiligi, yaylov degradatsiyasi, qorako
‘
lchilik, oziqlantirish,
innovatsion texnologiyalar, ekologik barqarorlik, iqtisodiy samaradorlik.
СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ СИСТЕМЫ ПЕРЕРАБОТКИ ПРОДУКЦИИ СТЕПНО
-
ПАСТБОТСТВЕННОГО ЖИВОТНОВОДСТВА В СФЕРЕ ПРЕДОСТАВЛЕНИЯ УСЛУГ
Нурманов Шерзод
Самаркандский государственный университет
ветеринарной медицины, животноводства и биотехнологии
Аннотация.
Статья посвящена проблемам совершенствования системы
производства и переработки продукции пустынно
-
пастбищного животноводства.
Подробно освещены деградация пастбищ, снижение продуктивности, факторы,
влияющие на питание каракольских овец, вопросы развития животноводства с помощью
инновационных технологий. Предлагаемые технологии направлены на эффективное
использование пастбищных ресурсов, повышение продуктивности и обеспечение
экономической эффективности.
Ключевые слова:
пустынно
-
пастбищное животноводство, деградация пастбищ,
скотоводство, кормление, инновационные технологии, экологическая устойчивость,
экономическая эффективность.
UOʻK:
330.123.6
689-694
www.sci-p.uz
III SON. 2025
690
IMPROVEMENT OF THE SYSTEM OF PROCESSING STEPPE-PASTURE LIVESTOCK
PRODUCTS IN THE SPHERE OF SERVICE PROVISION
Nurmanov Sherzod
Samarkand State University of Veterinary Medicine,
Animal Husbandry and Biotechnology
Abstract.
The article is devoted to the problems of improving the system of production and
processing of steppe-pasture livestock products. The issues of pasture degradation, reduced
productivity, factors affecting the nutrition of Karakul sheep, and the development of livestock
farming using innovative technologies are covered in detail. The proposed technologies are aimed
at the effective use of pasture resources, increasing productivity and ensuring economic efficiency.
Keywords:
steppe-pasture livestock farming, pasture degradation, Karakul farming,
feeding, innovative technologies, environmental sustainability, economic efficiency.
Kirish.
Cho‘l va
yarim
cho‘l hududlaridagi mavjud
keskin ekstremal sharoit hamda mollarni
tartibsiz boqish yaylov o‘simlik qoplami degradatsiyasini
yanada kuchaytiruvchi muhim
omillardan hisoblanadi. Yaylovlar degradatsiyasining oldini oluvchi ilmiy asoslangan
ishlanmalar mavjudligiga qaramasdan, boqiladigan mollar sonini yaylov
sig‘imiga
muvofiqlashtirishning
iloji bo‘lmaganligi
sababli hozirgacha ishlab chiqarishga joriy etilmasdan
qolmoqda.
Chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi
kunda 40 % yaylovlar turli darajada “inqroz”ga
ya’ni degradatsiyaga uchragan, hosildorligi esa o‘rtacha 21 % ga pasaygan. Buning natijasida
qorako‘l qo‘ylarining ozuqaga bo‘lgan talabi yaylov hisobidan kamida 85 foiz ta’minlanishi
o‘rniga atigi 50
-55 foizg
a qondirilishi, qorako‘lchilik mahsulotlari ishlab chiqarish
xarajatlarining 30-
35 foiz oshishiga yoki respublikaning sug‘oriladigan maydonlarda
yetishtiriladigan ozuqalarni sotib olish hisobiga bir bosh qo‘yga o‘r
tacha 21-
22 ming so‘m
ortiqcha xarajat qilishga olib kelmoqda.
Adabiyotlar sharhi.
Adabiyotlar tahlili orqali cho
‘
l-yaylov chorvachiligida mavjud ilmiy ishlar va tadqiqotlar
o
‘
rganildi. Salamov, Nurmanov
(2024) “
Qishloq xo
‘
jaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va
xorij bozorlariga eksport qilish jarayonlari menejmenti
”
nomli ilmiy maqolasida qishloq
xoʻjaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij bozorlariga eksport qilish (menejmenti,
mahsulotlarni tashish, saqlash, qayta ishlash, sublimatsiya qilish, quritish, ular tarkibidagi
nitrat va nitritlarni aniqlash) jarayonlari, Samarqand vilo
yati qishloq xoʻjaligida 2021
- 2022-
yillar yakunlari taqqoslangan, xulosalar, takliflar berilgan. Samarqand viloyatida tashkil etilgan
chorva
chilik klasterlari haqidagi maʼlumotlar ham berilib, xorij mamlakatla
rida mahsulot va
tovarlarni yetkazib berish tajribalaridan ayrimlari keltirilgan. Klasterlarni tuzishdagi va ular
faoliyatini yuritishdagi jarayonlarni takomillashtirishda menejment usullarini qoʻllash
masalalari yoritilgan. Tangirov
(2025) “
Cho
ʻ
l-yaylovlari ekologik holati va ularning
samaradorligini oshirish yo
ʻ
lari
”
nomli ilmiy maqolasida
mamlakat choʻl
-yaylovlari
degradatsiyalanish darajasining hozirgi holati va uni qayta tiklash, ekologik barqarorlikni
taʼminlaydigan innovatsion texnologiya “Ya
ylov-
qorakoʻlchilik kompleksi”
modeli ishlab
chiqarishga joriy etish va uning iqtisodiy samaradorligi kabi masallar oʻrganilgan
(Tangirov,
2022). Tangirov
(2019) “Экономическая эффективность переработки каракульских
шкур”
nomli ilmiy maqolasida Cho
‘
l-yaylov chorvachilik fermalarida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar fermer xo
‘
jaliklari qayta ishlash uchun umumiy ovqatlanish korxonalariga
yetkazib beriladi va xususiy tadbirkorlar, aholi tomonidan savdo va dehqon bozorlarida sotish
masalalari va usullari ko
‘
rib chiqilgan (Salamov va Nurmanov, 2024).
www.sci-p.uz
III SON. 2025
691
Yuqoridagi ilmiy maqola va monografiyada yaylov ozuqasi tanqisligi sababli amaliyotda,
har bir shartli qo‘y bosh soniga qishlov mavsumi uchun o‘rtacha 150
-
200 kg. dag‘al xashak va
35-
40 kg. omuxta yem zaxirasi jamg‘ariladi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot ishida nazariy tahlil va kontent tahlili, empirik tadqiqot, kompleks tahlil,
statistik tahlil, kvantitativ va sifatli tahlil usullaridan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning hajmini ko‘paytirish, ularning tannarxini
pasaytirish, sifatini yaxshilash, raqobatbardoshligini oshirishda bu tarmoqning ozuqa
bazasini mustahkamlash o‘ta muhim vazifa hisoblanadi. Hattoki, ozuqa bazasi mustahkam
bo‘lmagan xo‘jaliklarda qishlov mavsumi og‘ir kelgan yillarda qo‘y bosh sonining yarmi va
undan ko‘prog‘i qirilib ketishi ehtimoldan holi emas. Ilmiy tadqiqotlar natijalariga ko‘ra
qorako‘l qo‘ylarning mahsuldorligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir etadigan omil –
oziqlantirish omili
bo‘lib, o‘rta hisobda 67,0 foizni tashkil etar ekan. Mahsuldorlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi
tashqi omillar ichida eng yuqorisi oziqlantirish hisoblanadi. Qorako‘l qo‘ylarini past hosilli
va
sifatsiz ozuqaga ega bo‘lgan yaylovlarda boqish, ularning nafaqat mahsuldorligiga, balki
zoogigiyena jahatidan sog‘ligiga ham salbiy ta’sir qiladi. Bunday sharoitda chorva moli naqadar
naslli bo‘lishiga qaramasdan o‘zining genetik mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini to‘liq namoyon eta
olmaydi. Naslchilik
ishlarini olib borganda ham, albatta oziqlantirish omiliga qat’iy rioya qilish
maqsadga muvofiq.
Shu sababli cho‘l
-
yaylov chorvachiligi xususan qorako‘lchilikni asosiy ozuqa bazasi
yaylovlardan foydalanishda innovatsiya texnologiyalarini joriy etish yo‘li bilan nafaqat ishlab
chiqarishni, balki, sohaga xizmat ko‘rsatish hamda mahsulotlarni qayta ishla
sh tizimini
cho‘l
-
yaylov hududlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini tubdan yaxshilash maqsadida
takomillashtirish zarur.
Yer kurrasi
o‘simlik dunyosi bir yilda 160 mlrd. tonna SO
2
gazini yutib, 120 mlrd. tonna
kislorodni ishlab chiqarishi, ya’ni global isishning oldini oluvchi asosiy ekologik omil ekanligi
ma’lum. Shu nuqtayi nazardan, yaylov
o‘simliklar nafaqat
yaylov chorvachilikning ozuqa
bazasi,
balki bir kvadrat metr yaylov maydonidagi o‘simliklar 250
-520 grammgacha SO
2
gazini
utilizatsiya qiluvchi muhim ekologik vosita ham hisoblanadi. Shu sababli yaylovlarning o‘simlik
qoplamidan ratsional foydalanish, uni muhofazalash,
o‘simlik t
urlari bilan boyitish va yaylov
chorvachiligi samaradorligini oshirish hamda suv taqchilligi kuchayib borayotgan hozirgi
davrda suv resurslaridan tejamli foydalanish O‘zbekiston Respubliki uchun ham o‘ta o‘tkir
muammolaridan biri hisoblanadi.
Bu muammolarni suv resurslaridan foydalanmay, tabiiy yog‘in
- sochin hisobiga yaylovni
himoyalovchi saksovul ixotazorlarini barpo qilish texnologiyasi hamda yuqori hosilli yaylov
agrofitotsenozlaridan mavsumiy foydalanish sxemasini qo‘llagan holda yechish m
umkin.
Qorako‘l
qo‘ylarini
yaylovda boqishning amaldagi texnologiyasida suv manbasi (quduq)
atrofidagi yaylovlardan yil bo‘yi foydalaniladi, yaylov almashinish tizimi yo‘q, yaylovlarning
qo‘y sig‘imi hisobga olinmagan. Masalan, 500 bosh qo‘yni bir yil mobaynida yaylovda boqish
uchun 400 tonna yaylov ozuqasi zar
ur. Yaylovlar hosildorligi o‘rtacha 2,5
-
3,0 s/ga bo‘lgan
taqdirda 500 bosh qo‘y uchun 1500 gektar yaylov zarur bo‘ladi. Hozirgi kunda Samarqand
viloyati Nurobod tumani “O‘zbekiston” xo‘jalikda bir otarga (500 bosh qo‘yga) 314 ga yaylov
to‘g‘ri kelmoqda.
M
a’lumotlar
shuni ko
‘
rsatib
turibdiki, bir bosh qo‘y yaylovdan 800, kg o‘rniga
188,4 kg ozuqa olmoqda yoki yaylov ozuqasi tanqisligi 611,6 kg, 500 bosh qo‘yga 3058,0
sentnerni tashkil qiladi. Xo‘jaliklar yetishmagan ozuqani sug‘oriladigan maydonlarda
yetishtirilgan pichan va boshqa turdagi xashak hamda omuxta yemlarni sotib olish hisobiga
qoplamoqda. Bundan tashqari xo‘jaliklar har yili dag‘al xashak jamg‘arish uchun katta
miqdorda moddiy va mehnat resurslarini
safarbar qilishga majbur bo‘lishmoqda. Bular esa
www.sci-p.uz
III SON. 2025
692
ishlab chiqarish xarajatlari oshib ketishiga olib kelib, soha samaradorligining keskin
pasayishiga sabab bo‘lmoqda.
1-jadval
Yaylovlardan foydalanish texnologiyalari va ularning samaradorligi
Ko‘rsatkichlar
Texnologiya nomi
An’anaviy
(500 bosh)
Innovatsion
(500 bosh)
Innovatsion
(2500 bosh)
Mavjud yaylov maydoni, ga
314
314
1500
Talab qilinadigan yaylov maydoni, ga
Shundan:
tabiiy sun’iy
1500
1500
-
314
164
150
1500
783
717
Yaylov hosildorligi, s/ga: tabiiy
sun’iy
3,0
-
3,6
25,0
3,6
25,0
Yaylov yalpi hosildorligi, s:
tabiiy sun’iy
942,0
-
590,0
3750,0
2818,8
17925,0
Jami yalpi hosildorlik, s
942,0
4340,0
20743,8
Bir
bosh
qo‘yga
talab
qilinadigan yillik ozuqa, kg
800,0
800,0
800,0
Bir
bosh
qo‘yga
to‘g‘ri
keladigan yaylov ozuqasi, kg
188,4
868,0
829,7
Ozuqa bilan
ta’minlanish
darajasi %
23,6
108,5
103,7
Ona
qo‘ylar,
bosh
500
500
1750
Olinadigan
qo‘zilar,
bosh
500
500
1750
Shundan: o‘stirishga,
bosh
275
275
962
qorako‘l
teriga, dona
225
225
788
Yetishtiriladigan mahsulot miqdori:
go‘sht,
s
81,0
81,0
377,0
jun, s
12,2
12,2
63,0
barra
go‘sht,
dona
225
225
788
sut, s
135,0
135,0
394
Ozuqa xarajatlarini tejash
hisobiga
olinadigan foyda,
mln. so‘m
0
112,5
540,0
Taklif etilayotgan innovatsion texnologiya bo‘yicha otarda tabiiy yog‘in
-sochin hisobiga
150 ga ko‘p komponentli, yuqori hosilli (25 s/ga) yaylov agrofitotsenozi yaratilsa,
agrofitotsenozlardan 374 tonna, qolgan 164 ga tabiiy yaylovdagi 49 tonna, jami bo‘l
ib 423
tonna yaylov ozuqani olish mumkin bo‘ladi. Demak, bu holda hayvonlarni
yaylov ozuqasi bilan
ta’minlanish
darajasi 105,7% ga yetadi. Yaylov ixotazorlarini yaratish va ulardan mavsumiy
foydalanishga o‘tishi esa tabiiy yaylovlar
hosildorligini 20% ga oshirish imkonini beradi. Bunda
164 ga tabiiy yaylovdan olinadigan ozuqa oldingi 49,2 tonna emas, balki 59 tonna bo‘ladi. Ko‘p
www.sci-p.uz
III SON. 2025
693
komponentli agrofitotsenozlar va tabiiy yaylovdardan olinadigan jami ozuqa 374t + 59t = 433
tonnani tashkil qiladi, ya’ni yaylov ozuqasi bilan ta’minlanish darajasi 108,5 % ga yetadi. Bu esa
250 ga sug‘oriladigan maydonda (250X150s/ga)=375
T
beda pichanini yetishtirish uchun
sarflanadigan (250X1100m
3
X5)=1375000m
3
suvni tejashga va otarda har yili ozuqaga
sarflanayotgan xarajatlarni to‘liq tejash imkonini beradi. Demak, har bir otardan olinadigan
daromad faqat ozuqa xarajatlarini tejash hisobiga 112,5 mln. so
‘mga ortadi. Shu bilan
birgalikda, suv rsurslaridan foydalanmay, tabiiy yog‘in
-
sochin hisobiga yaylovlar o‘simlik
qoplamidagi biologik xilma-xillik
ko‘p
komponentli yaylovdagi
o‘simlik
turlari hisobiga
(saksovul, cherkez, teresken, cho‘g‘on, izen, quyrovuq, erkak o‘t, esparset) kamida 8
-10 turga
boyitiladi, yaylov ozuqasi sifati keskin ortadi hamda hozirda cho‘l
-
yaylov xo‘jaliklarida ozuqa
zaxirasini yaratish uchun sarflanayotgan moddiy-texnika resurslari va ishchi kuchini keskin
kamaytirish yoki butunlay barham berish imkoniyati vujudga keladi.
Yaylovni himoyalovchi saksovul ixotazorlarini barpo qilish texnologiyasi hamda yuqori
hosilli yaylov agrofitotsenozlaridan mavsumiy foydalanish texnologiyasini 1500 ga tabiiy
yaylov maydoniga joriy etishning o‘zi 1200,0 ga sug‘oriladigan maydoni va 6600000
m
3
suvni
tejash imkonini beradi. Tejalishi mumkin bo‘lgan yer va suvdan oziq
-ovqat ekinlarining boshqa
turlarni parvarishlashda foydalanish imkoniyatini vujudga keltiradi. Shu bilan birgalikda faqat
ozuqa xarajatlarini 540,0 mln. so‘mga tejalishi va qorako‘lchilik mahsulotlarning xususan
o‘stirishga qoldiriladigan
qo‘zilar
sonini 275 boshdan 962 boshga,
qorako‘l
teri 225 donadan
788 donagacha, tirik vaznda
go‘sht
yetishtirishni 81,0 sentinerdan 377,0 sentnerga, junni
12,2 sentnerdan 63,0 sentnerga, barra go‘shtini 225 donadan
788 donaga va qo‘y sutini 135,0
sentnerdan 394,0 sentnerga
ko‘paytirish
va maqbul(optimal)
to‘liq
poda aylanmasni
shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Bu esa ozuq-
ovqat xavfsizliginini ta’minlashning
muhim omillaridan biri bo‘lib xizmat qilishi muqqarar.
Taklif etilayotgan texnologiyani qorako‘lchilik xo‘jaliklariga joriy etish uchun dastlab
aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarini hamda bozor va ishlab chiqarish
infratuzilmalarini shakllantirish va rivojlantirish zarur xususan cho‘l ozuqabop o‘simliklari
urug‘larini 100
-
120 gektar maydonda yetishtirib beruvchi fermer xo‘jaliklarini cho‘l
-yaylov
chorvachiligi hududlaridagi har bir tumanda tashkil etish maqsadga muvofiq. Cho‘l ozuqabop
o‘simliklar urug‘larini yetishtirishga ixtisoslashgan fermer
xo‘jaliklari tuman hududida
joylashgan cho‘l
-
yaylov chorvachiligi bilan shug‘ullanadigan ixtisoslashgan qishloq xo‘jalik
korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklariga o‘simlik urug‘larini yetkazib berish bilan
birgalikda ekish va parvarishlash
texnologiyasi bo‘yicha amaliy
yordam berishni ham tashkil
etishlari lozim.
1500 ga tabiiy yaylovda taklif etilayotgan texnologiyani joriy etilishini ta’minlash bozor
iqtisodiyoti mexanizmiga binoan faoliyat yuritadigan ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari va
agrofirmalarni shakllanishiga olib keladi. Ushbu texnologiya asosida shakllanishi mumkin
bo‘lgan fermer xo‘jaliklari va agrofirmalar chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan
birgalikda, ularni qayta ishlab tayyor mahsulot darajasiga yetkazish va sotish bilan ham
shug‘ullanishadi. Bu shakldagi xo‘jalik yurituvchi su’bekt
lar yetishtirgan mahsulotlarini
xususan qorako‘l, qo‘y va boshqa mollarning terilari, juni, go‘shti va sutini qayta ishlovchi
zamonaviy texnologiya bilan jihozlangan kichik sanoat korxonalarning hududda faoliyat
ko‘rsatayotgan ixtisoslashgan xo‘jaliklar, fermer va dehqon xo‘jaliklari bilan o‘zrao
integratsiyalashi asosida tashkil etishlari mumkin bo‘ladi.
Ma’lumki, xom ashyoga nisbatan
uni tayyor mahsulotga aylantirib sotish
xo‘jalik
yurituvchi subyektlariga kami bilan 2-2,5 barovardan ortiq daromad keltiradi. Taklif
qilinayotgan texnologiya bo‘yicha 1500 ga yaylov maydonidan olinishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlarni qayta ishlab tayyor mahsulot darajasiga yetkazilsa, joriy baholarda
hisoblanilganda 468,5 mln. so‘m o‘rniga 936,9
-
1171,2 mln. so‘mgacha ko‘paytirish
imkonini tug‘dirish bilan birgalikda mahsulotlarni qayta ishlash hisobiga 12
-15 ta yangi ish
o‘rinlari tashkil etilishiga olib keladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
694
Demak, cho‘l
-
yaylov hududlarida sun’iy yaylovlarni barpo etish ozuqa yetishtirish uchun
ajratilayotgan suv va sug‘oriladigan yerlardan oziqa ekinlarining boshqa turlarini
parvarishlash, chorva mollarini yil davomida yaylov ozuqasi bilan to‘liq ta’minlash,
ozuqa
xarajatlarini keskin kamaytirish hisobiga tarmoq samaradorligini oshirish, cho‘llanishning
oldini olish, ekologiyani barqarorlashtirish imkoniyatini yaratadi.
Xulosa va takliflar
Yuqorida takidlanganidek, cho‘l
-
yaylov hududlarida xo‘jalik yuritish shakllarini
takomillashtirish, ishlab chiqarishni innovatsiya
texnologiyalarni qo‘llash orqali jadallashtirish,
qorako‘lchilik tumanlari ijtimoiy
-iqtisodiy rivojlanishi respublikaning boshqa hududlaridan
pastligini hisobga olib, uni tezlashtirish ko‘p jihatda ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi
tashkil etilishi
hamda faoliyat ko‘rsatish darajasi bilan
birgalikda cho‘l aholisiga ijtimoiy
xususan pullik, savdo va maishiy xizmatlar ko‘rsatilish hajmiga ham bog‘liq.
Cho
‘
l-yaylov chorvachiligi mahsulotlarini ishlab chiqarish tizimini takomillashtirish,
yaylov resurslarini muhofaza qilish va ulardan ratsional foydalanishni talab qiladi. Taklif
etilgan innovatsion texnologiyalar asosida yaylov ozuqa bazasini mustahkamlash orqali
chorvachilik mahsuldorligini oshirish, suv va yer resurslarini tejash, shuningdek, ekologik
barqarorlikni ta
’
minlash mumkin. Bu yondashuv iqtisodiy samaradorlikni oshirish va cho
‘
l
hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo
‘
shadi.
Adabiyotlar/
Литература
/References:
Egamovich, T. A., & Khojayarovich, N. S. (2022). INNOVATIVE TECHNOLOGIES FOR
PROCESSING OF KARAKUL PELTS AND THEIR ECONOMICAL EFFICIENCY. Berlin Studies
Transnational Journal of Science and Humanities, 2(1.1 Economical sciences).
Nurmanov, S. (2024). THE IMAGE OF A BIRD AS AN INDEPENDENT ELEMENT IN
HISTORICAL AND ARCHITECTURAL OBJECTS. Western European Journal of Historical Events and
Social Science, 2(11), 35-38.
Nurmanov, S., & Aslonov, X. (2024). Chorvachilik majmuasi infratuzilmasi va uni
rivojlantirish. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
Nurmanov, S., Eshimova, G., & Daniyarov, X. (2024). Raqamli iqtisodiyotning bugungi
kundagi holati. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
Salamov I., Nurmanov Sh
. (2024) “
Qishloq xo
‘
jaligi klasterlarida mahsulotlarni ichki va xorij
bozorlariga eksport qilish jarayonlari
”
“
Agro kimyo himoya va o
‘
simliklar karantini
”
Ilmiy -amaliy
jurnal
“
Yem-xashak yetishtirishdagi muammolar, ularning yechimi va istiqboldagi vazifalar
”
mavzusidagi Xalqarp ilmiy-amaliy anjuman Maxsus son [2], 2024
Salamov, I., Nurmanov, S., & Hotamov, A. (2024). Chorvachilik tarmog ‘ida mahsulotlarni
qayta ishlash samaradorligini oshirish imkoniytlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
Salamov, I., Nurmanov, S., & Hotamov, A. (2024). Chorvachilik tarmog ‘ida mahsulotlarni
qayta ishlash samaradorligini oshirish imkoniytlari. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
Salamov, I., va boshqalar (2024). Chorvachilik tarmoqlarida otchilik infratuzilmasining
hozirgi holati va istiqboldagi iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlari. YASHIL
IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
Tangirov A., Nurmanov Sh. (2020) “Cho‘l
-yaylov chorvachiligi muammolari va ularning
yichimi”
AGR0
ИЛМ
-
0‘ZBEKISTDN QISHLOQ VA SUV XO’IALIGI JURNALI . 3
-son, 48-50 betlar.
Tangirov A., Nurmanov Sh
. (2022) “Modernizatsiya samaradorlikni osirish asosi”
Monografuya. samarqand
: “
FAN BULOG
’
I
”
nashriyoti, 164 bet
Xamdamova, N., va boshqalar (2024). Chorvachilikning mamlakat iqtisodiyotidagi
ahamiyati va uning rivojlanishi. YASHIL IQTISODIYOT VA TARAQQIYOT, 2(1).
