Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.123581

Ключевые слова:

сельское хозяйство индекс устойчивости производственные практики

Аннотация

В последние годы производство сельскохозяйственной продукции осложняется вследствие изменения климата, деградации земель и загрязнения окружающей среды. Применение устойчивых сельскохозяйственных практик рассматривается как возможное решение данных проблем. Расчёт индекса устойчивости сельскохозяйственных производителей может способствовать поиску эффективных решений. В данной работе разработана и применена методология количественной оценки индекса устойчивого сельского хозяйства (ИУСХ) на основе данных анкетного опроса 300 фермерских хозяйств, занимающихся выращиванием пшеницы в Самаркандской области. Согласно полученным результатам, средний коэффициент устойчивости фермерских хозяйств составляет 0.34, что свидетельствует о низком уровне устойчивости используемых производственных практик.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

765


BARQAROR QISHLOQ XO

JALIGI INDEKSINI HISOBLASH METODOLOGIYASI:

SAMARQAND VILOYATI FERMER XO

JALIKLARI MISOLIDA

Ilashov Baxtinur

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instituti

ORCID: 0009-0002-7524-9030

ilashovbaxti@gmail.com

Annotatsiya.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida iqlim o‘zgarishi, yerlarning degradatsiyasi,

atrof-muhitning

zararlanishi natijasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish

murakkablashmoqda. Qishloq xo‘jaligida barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini qo‘llanishi
ushbu muammolarning yechimi sifatida qaralmoqda. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari

ning

barqarorlik indeksini hisoblash ushbu muammoni to‘g‘ri yechimini topishda qo‘l kelishi mumkin.

Shu maqsadda barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari (BQXA) indeksini miqdoriy baholash

metodologiyasi Samarqand viloyatidagi bug‘doy yetishtiruvchi 300 ta fermer xo‘jaliklaridan

olingan so‘rovnoma ma’lumotlari asosida o‘rganildi hamda hisoblandi. Natijalarga ko‘ra, fermer
xo‘jaliklarining barqarorlik indeksi o‘rtacha 0.34 koeff

itsiyentga teng ekanligi va bu orqali fermer

xo‘jaliklari foydalanayotgan ishlab chiqarish amaliyotlari barqarorlik darajasi past ekanligi

aniqlandi.

Kalit so‘zlar:

qishloq xo‘jaligi, barqarorlik indeksi, ishlab chiqarish amaliyotlari.

МЕТОДОЛОГИЯ

РАСЧЁТА

ИНДЕКСА

УСТОЙЧИВОГО

СЕЛЬСКОГО

ХОЗЯЙСТВА

:

НА

ПРИМЕРЕ

ФЕРМЕРСКИХ

ХОЗЯЙСТВ

САМАРКАНДСКОЙ

ОБЛАСТИ

Илашов Баxтинур

Самаркандский институт агроинноваций и исследований

Аннотация.

В последние годы производство сельскохозяйственной продукции

осложняется вследствие изменения климата, деградации земель и загрязнения

окружающей среды. Применение устойчивых сельскохозяйственных практик

рассматривается как возможное решение данных проблем. Расчёт индекса
устойчивости сельскохозяйственных производителей может способствовать поиску

эффективных решений. В данной работе разработана и применена методология
количественной оценки индекса устойчивого сельского хозяйства (ИУСХ) на основе

данных анкетного опроса 300 фермерских хозяйств, занимающихся выращиванием

пшеницы в Самаркандской области. Согласно полученным результатам, средний

коэффициент

устойчивости

фермерских

хозяйств

составляет

0.34,

что

свидетельствует о низком уровне устойчивости используемых производственных

практик.

Ключевые слова:

сельское хозяйство, индекс устойчивости, производственные

практики.

UOʻK:

338.43

765-774


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

766

METHODOLOGY FOR CALCULATING THE SUSTAINABLE AGRICULTURE INDEX: THE CASE

OF FARM ENTERPRISES IN THE SAMARKAND REGION

Ilashov Bakhtinur

Samarkand Agroinnovations and Research University

Abstract.

In recent years, agricultural production has become increasingly challenging due

to climate change, land degradation, and environmental pollution. The application of sustainable

agricultural practices is viewed as a viable solution to these issues. Calculating the sustainability
index of agricultural producers can serve as a useful tool in identifying appropriate solutions. This

study develops and applies a methodology for the quantitative assessment of the Sustainable

Agriculture Practices (SAP) Index, based on survey data collected from 300 wheat-producing farm

enterprises in the Samarkand region. The findings indicate that the average sustainability index
among the surveyed farms is 0.34, suggesting that the production practices employed by these

farms are characterized by a low level of sustainability.

Keywords:

agriculture, sustainability index, production practices.

Kirish.

XIX asrda ilm-

fan va texnologiyaning jadal rivojlanishi qishloq xo‘jaligi sohasida sezilarli

o‘zgarishlarga olib keldi (Rigby va boshq, 2001; Perkins va Jamison, 2008). Bu davrda

hosildorlikning oshishi va oziq-ovqat ishlab chiqarishning kengayishi kuzatil

gan bo‘lsa

-da,

qo‘llanilgan intensiv qishloq xo‘jaligi amaliyotlari muayyan darajada ekologik muammolarni
keltirib chiqardi. Xususan, kimyoviy o‘g‘itlar va pestitsidlarning haddan tashqari qo‘llanilishi,

yerlarning degradatsiyasi, bioxilma-xillikning kamayishi hamda atrof-muhitning ifloslanishi

qishloq xo‘jaligining barqaror rivojlanishiga jiddiy tahdid solmoqda. Ushbu muammolarni

bartaraf etish maqsadida muqobil yondashuvlar ishlab chiqilib, barqaror qishloq xo‘jaligi

amaliyotlari konsepsiyasi shakllandi.

Barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari oziq

-

ovqat xavfsizligini ta’minlash, tabiiy

resurslardan samarali foydalanish va qishloq xo‘jaligi subyektlarining iqtisodiy barqarorligini

oshirishda muhim omil hisoblanadi (Rigby, 2001; Valizadeh, 2021). Hozirgi kunda iqlim

o‘zgarishi, yer unumdorligining pasayishi, suv resurslarining qisqarishi va bioxilma

-xillikning

yo‘qolishi qishloq xo‘jaligi tizimlarining barqarorligiga jiddiy xavf tug‘dirayotgan asosiy

omillardan sanaladi (Pretty va boshq., 2010; Bijani, 2019; Girardin, 2000). Shu sababli, ushbu

muammolarni hal etish nafaqat akademik doiralar, balki siyosatchilar va ishlab chiqaruvchilar
uchun ham dolzarb vazifaga aylanmoqda.

Adabiyotlar sharhi.

So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligi sohasida barqarorlik darajasini baholashga qaratilgan

turli ko‘rsatkichlar ishlab chiqildi (Keulen, 2005; FAO, 2013; Gomez

-Limon va boshq, 2010;

Hani va boshq., 2003; Gharsallah va boshq., 2021, Zahm va boshq., 2006). Ush

bu ko‘rsatkichlar

mintaqaviy va vaqt omillari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining baholash

jarayonidagi ishtirokiga qarab farqlanadi (de Olde va boshq, 2016; Shader, 2014). Shunga

qaramay, barqarorlik konsepsiyasining kompleks va ko‘p

qirrali tabiati uning amaliyotda

qo‘llanilishida muayyan qiyinchiliklarni yuzaga keltirmoqda (Lee va Park, 2020; Bonisoli,

2018). Bu esa barqaror qishloq xo‘jaligi indekslarining aniqligi va ahamiyatini oshirish

zaruratini yuzaga keltiradi.

Rigby va boshq. (2001) Buyuk Britaniyadagi organik va an’anaviy fermerlarning

barqarorligini baholaganda, organik fermerlarning barqarorligi 50 % ga yuqori ekanligini

aniqlagan. Benitez-

Altuna va boshq. (2021) Chilidagi sabzavot yetishtiruvchi xo‘jaliklar

da

riskdan qochish va to‘siqlar haqidagi tasavvuri kabi omillar BQXA ni qo‘llashga salbiy ta’sir

ko‘rsatgani holda treninglarda qatnashganligi ijobiy ta’sir qilganini aniqlagan. Dubbert va


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

767

boshq. (2019) Ganadagi kaju yong‘og‘ini yetishtiruvchi fermerlarni o‘rganganda kontrakt

orqali mahsulot sotadiganlar kontraktsiz mahsulotini sotadiganlarga qaraganda BQXA ni

qo‘llashi past darajada ekanligini topgan. O‘rta Osiyoda Tadjiev va boshq. (2023)

Qirg‘izistondagi fermer xo‘jaliklari yerga ishlov berishda BQXA dan foydalanganlar xarajatlari

sezilarli kamayganini aniqlagan. Ammo, o‘rganilgan adabiyotlar asosida xulosa qilish
mumkinki, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida ishlab chiqarish amaliyot

larining

barqarorligini miqdoriy o‘lchash borasida tadqiqotlar amalga oshirilmagan. Mana shu

kamchilikni bartaraf etish uchun mazkur tadqiqot doirasida aynan qishloq xo‘jaligida

qo‘llanilayotgan amaliyotlarning barqarorligini o‘lchash uchun Barqaror qishloq xo‘jaligi
amaliyotlari (BQXA) indeksini ishlab chiqish metodologiyasi taklif etilgan bo‘lib, u Samarqand

viloyatida g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining barqarorlik darajasini baholashga

yo‘naltirilgan.

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sektorida hosildorlikning barqaror o‘sishi kuzatilayotgan

bo‘lsa

-

da, ushbu o‘sish ba’zan ekotizimga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Xususan, fermer

xo‘jaliklarida sintetik o‘g‘itlar, pestitsid va gerbitsidlarning ko‘p miqdorda qo‘

llanilishi, yer

resurslaridan samarasiz foydalanish va yangi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi ekologik

muvozanatga xavf tug‘dirmoqda. Shu o‘rinda, O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida qo‘llanilayotgan amaliyotlarning barqarorligini bahol

ash va fermer

xo‘jaliklarining barqarorlik darajasini aniqlash zarurati ortib borayotganligini kuzatishimiz

mumkin.

Tadqiqot metodologiyasi.

3.1 Tadqiqot obyekti

O‘zbekistonda bug‘doy yetishtirishda eng yirik ishlab chiqaruvchilar Qashqadaryo,

Farg‘ona va Samarqand viloyatlari hisoblanadi (2

-rasm). Samarqand viloyatida 2023-yilda

703.1 ming tonna bug‘doy yetishitirilgan bo‘lib, oziq

-ovqat sanoati va yuqori qiymatli

mahsulotlar ishlab chiqarish yaxshi rivojlanganligi sababli ushbu dehqonchilik mahsulotiga

talab katta. Shuningdek, Samarqand viloyati strategik muhim hududda joylashgan, viloyat

aholisi soni jihatdan Respublikada 1-

o‘rinda (Stat.uz, 2024), dehqonchilik an’analari uzoq

tarixga ega va iqlim sharoiti dehqonchilik uchun qulay bo‘lganligi sababli ushbu viloyat

tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.

Samarqand viloyati keskin kontinental iqlimga ega bo‘lib (yoz oylarida issiq, qish oylarida

esa nisbatan sovuq), O‘zbekiston yalpi ichki mahsulotida muhim ulushga ega (YaIM dagi ulushi

6,9%) va sug‘orma dehqonchilik tarixan yaxshi rivojlangan strategik muh

im hudud hisoblanadi

(Stat.uz, 2024; Babakholov va Hasanov, 2024).

Samarqand viloyati dengiz sathidan 700 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, umumiy yer

maydoni 1677,3 ming gektarni tashkil etadi (Babakholov va boshq., 2021). Shundan 430 ming

gektari qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi (Stat.uz, 2022)

. Iqlimi va

geografik joylashuvi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qulay bo‘lganligi
sababli, viloyat O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining eng yirik ikkinchi yetkazib

beruvchisi hisoblanadi. Tadqiqotda o‘rganilgan tumanlar

Zarafshon havzasining yuqori

qismida joylashgan bo‘lib, ushbu hududlarda asosan g‘alla, paxta, kartoshka va sabzavotlar

yetishtiriladi.

3.2 Ma’lumotlar

Mazkur tadqiqot uchun empirik ma’lumotlar Samarqand viloyatining besh tumani

(Payariq, Jomboy, Bulung‘ur, Toyloq, Oqdaryo) hududida faoliyat yurituvchi fermer xo‘jaliklari

rahbarlaridan to‘plandi. Ma’lumot yig‘ish jarayoni 2022

-yil iyul va avgust oylarida

so‘rovnoma

shaklida amalga oshirildi. Tadqiqotning ishonchliligini oshirish maqsadida respondentlar

dastlab har bir hududdan ishlab chiqaradigan mahsuloti va demografiyasi bo‘yicha guruhlarga

bo‘lindi. Shundna so‘ng har bir tumanda yirik bug‘doy yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklari

tasodifiy tanlov asosida tanlandi va jami 300 nafar fermer xo‘jaligi rahbari suhbatga jalb qilindi


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

768

hamda bu tumanlardagi jami fermer xo‘jaliklarining o‘rtacha 10 foizidan so‘rovnoma olinganini

anglatadi.

1-jadval.

Tadqiqot hududidagi jami fermerlar va so‘rovnoma olingan fermerlar soni

Tumanlar

Toyloq

Jomboy

Bulung‘ur

Oqdaryo

Payariq

Jami fermer

xo‘jaliklari soni

614

687

1103

491

1374

So‘rovnoma

olingan fermer

xo‘jaliklari soni

41

83

72

62

42

Manba:

s

o‘rovnoma va Samstat.uz

.

So‘rovnomalar tadqiqotning maqsad va vazifalaridan kelib chiqqan holda

maxsus ishlab

chiqilgan bo‘lib, ma’lumot yig‘ish jarayoni yuzma

-yuz suhbat tarzida tashkil etildi. Tadqiqot

uchun tanlangan hududlar Samarqand viloyatining qishloq xo‘jaligi rivojlangan mintaqalaridan

bo‘lib, mazkur hududlar yuqori unumdor tuproqlarga va barqaror suv ta’minotiga ega. Bu esa

tadqiqot natijalarining qishloq xo‘jalik amaliyotlari samaradorligi hamda barqarorligi bo‘yicha

ishonchli xulosalar chiqarishga imkon yaratadi.

3.3 Barqarorlik indeksi

Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining barqarorligi tashqi resurslar (masalan, sintetik o‘g‘itlar,

insektitsidlar, gerbitsidlar) iste’molini kamaytirish hamda mavjud mahalliy resurslardan

samarali foydalanish orqali ta’minlanadi (Taylor va boshq., 1993; Benitez

-Altuna va boshq.,

2023). Bunday a

maliyotlarga ekinlarni almashlab ekish, yashil o‘g‘itdan foydalanish, aralash

ekin ekish hamda takroriy ekinlardan foydalanish kabi usullar misol bo‘la oladi (Taylor va

boshq., 1993; Kleijn va boshq., 2019).

Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining barqarorlik darajasini baholash maqsadida turli

indekslar ishlab chiqilgan bo‘lib (Astier va boshq., 2011; Rigby va boshq., 2001), ularning
umumiy kamchiligi shundaki, aksariyat indekslar faqat ma’lum bir ishlab chiqarish

bosqichini

yoki ayrim amaliyotlarni qamrab oladi. Ushbu tadqiqotda esa Rigby va boshq. (2001)

tomonidan ishlab chiqilgan indeks asos qilib olindi. Mazkur indeks qishloq xo‘jaligi

amaliyotlarining quyidagi to‘rtta asosiy komponentini qamrab oladi: (1) ekinning urug‘

manbasi; (2) tuproq unumdorligini boshqarish; (3) kasalliklar va zararkunandalarga qarshi

kurashish; (4) ekinlarni boshqarish. Indeksning ustunligi shundaki, u makon va zamonga mos

tarzda boshqa komponentlarni qo‘shish yoki ayrim bosqichlarni ch

iqarib tashlash imkoniyatini

taqdim etadi.

Qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining turli ishlab chiqarish bosqichlaridagi barqarorlik

indekslari quyidagi to‘rt xususiyat asosida baholandi: (1) tashqi resurslardan foydalanishni

kamaytirish; (2) qayta tiklanmaydigan resurslar iste’molini qisqartirish; (3)

tabiiy-biologik

jarayonlarni maksimal darajada qo‘llash; (4) mahalliy bioxilma

-

xillikni rag‘batlantirish. Indeks

qiymati -

1 dan 3 ballgacha baholangan bo‘lib,

-

1 qishloq xo‘jaligi amaliyotining barqarorlikka

salbiy ta’sirini, 0 neytral ta’sirini,

-0.5 kuc

hsiz salbiy ta’sirni, 0.5 kuchsiz ijobiy ta’sirni, 3 esa

kuchli ijobiy ta’sirni anglatadi (1

-jadval).

Fermer xo‘jaligining umumiy barqarorlik indeksi ishlab chiqarish bosqichlaridagi

barqarorlik indekslari yig‘indisi sifatida hisoblanadi va uning qiymatlari

-

10 dan +11 oralig‘ida

o‘zgarishi mumkin bo‘ldi. Indeksni qulay va tushunarli shaklga keltirish uchu

n min-max

normallashtirish usuli qo‘llanildi va bunda indeks qiymatlari [0;1] oralig‘iga o‘tkazildi. Min

-max

usulining matematik ifodasini quyidagicha ifodalash mumkin:

𝐵𝐼

𝑛𝑜𝑟𝑚

=

𝐵𝐼

ℎ𝑎𝑞𝑖𝑞𝑖𝑦

− 𝐵𝐼

𝑚𝑖𝑛

𝐵𝐼

𝑚𝑎𝑥

− 𝐵𝐼

𝑚𝑖𝑛


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

769


Bu yerda:

𝐵𝐼

𝑛𝑜𝑟𝑚

- normallashtirilgan barqarorlik indeksi;

𝐵𝐼

ℎ𝑎𝑞𝑖𝑞𝑖𝑦

- haqiqiy barqarorlik indeksining qiymati;

𝐵𝐼

𝑚𝑖𝑛

-

indeksning to‘plamdagi eng kichik qiymati;

𝐵𝐼

𝑚𝑎𝑥

- indeksning namunadagi eng katta qiymati.

Joriy indeks barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini aniq raqamlar orqali baholash

imkonini yaratib, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish tizimlarini barqaror rivojlantirishga

qaratilgan strategiyalarni shakllantirishda foydali vosita bo‘lib xizmat qiladi.

2-jadval.

Qishloq xo‘jaligi amaliyotlari barqarorligini baholash

Ishlab chiqarish

bosqichi

Xo‘jalikka

tashqaridan

kiritilayotgan

resurslardan

foydalanishni

kamaytirish

Qayta

tiklanmaydigan

resurslardan

foydalanishni

kamaytirish

Tabiiy-

biologik

jarayonlarni

qo‘llab

-

quvvatlash

Mahalliy bio-

xilmaxillikni

rag‘batlantirish

Jami

Urug‘ manbasi

1. Oddiy urug‘

0

0

2.Qayta

ishlatilayotgan urug‘

1

1

Tuproq unumdorligini boshqarish

1-guruh

-1

-1

-1

0

-3

2-guruh

-1

-1

0

0

-2.5

3-guruh

-1

-1

0

-0.5

-2

4-guruh

0

0.5

1

1

2.5

Kasalllik va zarakunandalarga qarshi kurashish

1.Kimyoviy

vositalarni qo‘llash

-1

-1

-2

-2

-6

2.Mexanik yo‘l bilan

kurashish

1

1

2

4

Ekinlarni boshqarish

1.Monokultura

0

0

-1

-1

-2

2.Kasallik va iqlimga

chidamli yangi

navlarni qo‘llash

-1

0

1

1

2

3.Almashlab ekish

0.5

0.5

1

1

3

Manba:

so‘rovnoma ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

O‘zbekistonda mustaqillikka erishilgandan buyon qishloq xo‘jaligi sohasidagi

strukturaviy islohotlar jadal amalga oshirilib kelinmoqda (Djanibekov va boshq., 2024).

Islohotlarning dastlabki bosqichida davlat markazlashgan rejali iqtisodiyotning ko‘pgina

om

illarini o‘zida aks ettirgan holda resurslarning qanday taqsimlanishi belgilashda asosiy rolni

o‘zida qoldirdi (Zorya va boshq., 2019).


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

770

1-

rasm. O‘zbekistonda bug‘doy yalpi hosili, ming tonnada

Bu davrda paxta va bug‘doy asosiy ekinlar bo‘lishni davom etganligi va davlat xaridlari

saqlanib qolganligini ko‘rishimiz mumkin.

2-

rasm. O‘zbekistondagi yirik bug‘doy yetishtiruvchi viloyatlar

2016-

yilda boshlangan liberal islohotlar natijasida qishloq xo‘jaligida paxta va g‘alla

ekinlari dominantligidan voz kechish hamda bu boradagi davlat xaridlarini tugatish,

shuningdek narxlarni erkinlashtirishga e’tibor qaratildi. Bu orqali fermer xo‘jalikl

arida

hosildorlikni oshirish va yerdan unumli foydalanish uchun rag‘bat yaratildi.

Natijada, fermerlar

yerdan intensiv foydalanish va hosildorlikni oshirish maqsadida atrof-

muhitga salbiy ta’siri

mavjud bo‘lgan nobarqaror amaliyotlar asosida ishlab chiqari

shni amalga oshirib boshladilar.

Raqamlarga murojaat qilsak, bug‘doy hosildorligi 1991

-yildagi 1.66 t/ga dan 2023-yilda 4.55

t/ga gacha oshdi (Devkota va boshq., 2025). Ammo, iqlim o‘zgarishlari va qishloq xo‘jaligi

yerlarining kamayishi, yer degradatsiyas

i kabi muammolar hosildorlikni oshirishga salbiy ta’sir

qilayotganligiga qaramasdan ko‘payib borayotgan aholini bug‘doy mahsulotlari bilan
ta’minlash uchun hosildorlikni barqaror oshirish zaruratini keltirib chiqaradi (Devkota va

boshq., 2025). Buning uchu

n fermer xo‘jaliklarida barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlaridan

0

1000

2000

3000

4000

5000

6000

7000

8000

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023

O‘zbekiston Respublikasida bug'doy jami hosili (2010

-2023)

806.6

808.2

808.3

658.4

541.1

644.9

674.4

664.2

670

703.1

0

200

400

600

800

1000

1200

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

O'zbekistonda eng ko'p bug'doy yetishtiruvchi viloyatlar

Qashqadaryo viloyati

Samarqand viloyati

Farg‘ona viloyati


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

771

foydalanish, aqlli qishloq xo‘jaligi texnikalaridan foydalanish va iqlimga chidamli, hosildor
urug‘ navlari yordamida erishish mumkin.

Barqaror qishloq xo‘jaligi indeksi Samarqand viloyatining beshta tumanidagi 300 ta

bug‘doy yetishtiruvchi fermer xo‘jaligi uchun yuqorida tavsiflangan metodologiya asosida

hisoblandi. 2-

jadvalda har bir amaliyot bo‘yicha fermer xo‘jaliklari barqarorlik dar

ajalarining

o‘rtacha, minimal va maksimal qiymatlari keltirilgan. Ushbu indeksning ahamiyati shundaki, u

fermer xo‘jaliklarining barqarorligini baholashda foydali vosita bo‘lib, qishloq xo‘jaligi

amaliyotlarini yaxshilash va barqaror rivojlanishni ta’minla

shga qaratilgan strategiyalarni

ishlab chiqishda muhim ma’lumotlar taqdim etadi. Fermer xo‘jaliklarining barqarorlik darajasi
haqida ma’lumotlar yig‘ish qishloq xo‘jaligi islohotlarini amalga oshirishda va resurslardan

samarali foydalanishni ta’minlashda f

oydalidir.

Urug‘lik manbasi bo‘yicha baholashda fermerlar ikki guruhga ajratilgan: birinchi guruh —

oddiy urug‘ sotib olib ekkanlar, ikkinchi guruh esa o‘zlarining o‘tgan yildagi hosilidan urug‘lik
sifatida foydalanganlar. Tadqiqotda 30% fermerlar o‘z urug‘laridan fo

ydalangan, qolganlar esa

urug‘likni sotib olishganligi aniqlandi.

3-jadval.

Ishlab chiqarish bosqichlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi

amaliyotlarining barqarorlik

darajalari

Ishlab chiqarish amaliyoti

Kuzatuvlar

soni

O‘rtacha

Standard

og‘ish

Min Max

Urug‘ manbasi

300

.297

.458

0

1

Tuproq unumdorligi

300

-1.99

1.49

3

3

Ekinlarni boshqarish

300

2.91

1.75

1

4

Kasallik va zararku-nandalarga qarshi

kurash

300

-3.73

4.19

6

4

Manba:

s

o‘rovnoma ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Natijalar jadvalidan ko‘rinib turibdiki, tuproq unumdorligini boshqarish amaliyotida

kimyoviy o‘g‘itlarni ko‘p ishlatish va organik o‘g‘itlardan samarali foydalanmaslik fermer

xo‘jaliklari barqarorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Rigby

va boshq., (2001) tomonidan ishlab

chiqilgan barqarorlik indeksini hisoblashda organik va kimyoviy o‘g‘itlardan birini tanlagan

fermerlarga turlicha ball berilgan: ya’ni organik o‘g‘itdan foydalanganlarga ijobiy, sintetik

o‘g‘itdan foydalanganlarga esa salbiy ball b

erilgan.

So‘rovnoma ma’lumotlariga ko‘ra, har bir

fermer xo‘jaligida organik va kimyoviy o‘g‘itlarning turli kombinatsiyalarida foydalanish
holatlari aniqlandi. Shuning uchun, fermerlar o‘g‘itlardan foydalanish darajasiga qarab, to‘rt

guruhga bo‘lib olindi: organik o‘g‘itdan ko‘proq foydalanadiganlar barqaror, kimyoviy o‘g‘itdan
ko‘proq foydalanganlar esa nobarqaror sifatida tasniflandi. Natijalarga ko‘ra tuproq

unumdorligi amaliyotlari nobarqaror (-

1.99) bo‘lgan, ya’ni ko‘proq kimyoviy o‘g‘itlar bilan

ishlov beril

gan. Ushbu natija Dubbert va boshq. (2019) Gana misolida o‘rgangan natijalarga

teskari bo‘ldi.

4-jadval.

Tuproq unumdorligi amaliyotlari bo‘yicha fermer xo‘jalikalarining guruhlanishi

Guruhlar

Kimyoviy o‘g‘itlardan foydalanish

darajasi, jami kg

Organik o‘g‘itlardan foydalanish

darajasi jami, kg

1-guruh

550≥

8000≤

2-guruh

500≤

8000>

3-guruh

550≥

10000≤

4-guruh

500≤

10000>

Manba:

so‘rovnoma ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

772

Ekinlarni boshqarish amaliyotlarini baholashda uchta asosiy amaliyot tahlil qilindi:

monokultura (o‘tgan yilgi ekinni yana qaytadan ekish), ekinlarni almashlab ekish va iqlimga

chidamli yangi urug‘ navlaridan foydalanish. Kasalliklar va zararkunandalarga q

arshi

kurashishda esa fermer xo‘jaliklarida ikki asosiy amaliyot qo‘llanilgan: kimyoviy vositalar

yordamida kurashish va texnik ishlov berish orqali qarshi kurashish. Aksariyat fermer

xo‘jaliklarining kimyoviy vositalardan foydalangani sababli, bu bo‘yicha

o‘rtacha barqarorlik

bali past (−3.73) bo‘lib, Benitez

-Altuna va boshq. (2021)ning natijalari bilan mos keladi.

Ishlab chiqarishning alohida bosqichlari bo‘yicha barqarorlik darajalarining

baholanishidan so‘ng, ushbu ballar qo‘shilib, fermer xo‘jaliklarining umumiy barqarorlik ballari

hisoblandi. Keyinchalik, bu ballar min-max normallashtirish usulida 0 va 1 orasidagi

qiymatlarga o‘zgartirildi. Natijada quyidagi natijalar olindi (4

-jadval): bu yerda 0 BQXA

indeksining eng past qiymatini, 1 esa eng yuqori qiymatini ifodalaydi.

5-jadval.

Fermer xo‘jaliklarining tumanlar bo‘yicha BQXA indekslari

Tuman

nomi

Kuzatuvlar

soni

O‘rtacha barqarorlik

indeksi

Standard

og‘ish

Minimum Maksimum

Oqdaryo

62

0.31

0.22

0

0.79

Bulung‘ur

72

0.34

0.20

0

0.79

Jomboy

83

0.35

0.24

0

1

Payariq

42

0.38

0.24

0

0.99

Toyloq

41

0.34

0.27

0

0.99

Jami

300

0.34

0.23

0

1

Manba:

so‘rovnoma ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, BQXA indekslari tumanlar bo‘yicha o‘rtacha eng past ko‘rsatkich

Oqdaryoda (0.31) va o‘rtacha eng baland ko‘rsatkich Payariqda ekanligi aniqlandi. Shuningdek,

Oqdaryo va Bulung‘ur tumanlarida BQXA indeksining maksimum qiymati 0.79 bo‘lgani holda
boshqa tumanlarda bu ko‘rsatkich birga teng ekanligini ko‘rish mumkin.

3-

rasmda Samarqand viloyatining 5 tumanidagi 300 ta fermer xo‘jaligi uchun BQXA

indeksining natijalari grafik shaklida keltirlgan. Bunda fermer xo‘jaliklarining katta qismi (52

foizi) 0.19-

0.31 oralig‘idagi barqarorlik indeksiga ega ekanligini ko‘rishimiz

mumkin.

3-

rasm. Samarqand viloyatidagi fermer xo‘jaliklarining barqaror qishloq xo‘jaligi

amaliyotlari indeksi


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

773

Shuningdek, fermer xo‘jaliklarining aksariyat qismida barqarorlik darajasi 0.1 ga ham

yetmasligini (12 foiz) ya’ni atigi 10 % fermer xo‘jaliklari 0.7 va undan katta barqarorlik

darajasida faoliyat olib borayotganligini ko‘rishimiz mumkin. BQXA indeksining

barcha

tumanlardagi fermer xo‘jaliklari uchun nisbatan past chiqqanligini sababi sifatida ular

qo‘llayotgan qishloq xo‘jaligi amaliyotlarining nisbatan nobarqaror, atrof

-

muhitga salbiy ta’siri

mavjud bo‘lgan amaliyotlar xususan kimyoviy o‘gitlar, pestitsi

d va gerbitsid larning faol

qo‘llayotgani bilan tavsiflash mumkin.

Biroq, ushbu metodologiyaning ba’zi cheklovlari mavjud. Xususan, ishlab chiqarishning

ayrim bosqichlari, masalan, sug‘orish tizimining o‘ziga xos ta’siri, bu indeksda ko‘rib

chiqilmagan. Bundan tashqari, har bir amaliyot uchun berilgan ballar, mavjud adabiyotlar va

metodikalar asosida, ba’zida subyektiv baholanishi mumkin, bu esa ba’zi amaliyotlarning

ekologik ta’sirini aniq baholashda noaniqliklar yaratishi mumkin. Shu bilan

birga, metodologiya

kichik ma’lumotlar bazasi asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, bu qishloq xo‘jaligi amaliyotlarini
kengroq tahlil qilishda cheklov bo‘lishi mumkin. Ma’lumotlarni yig‘ish jarayoni murakkab va

qimmat bo‘lishi sababli, bu metodologiya nafaqat

iqtisodiy jihatdan, balki vaqt jihatdan ham

cheklangan.

Shu bilan birga, kelajakdagi tadqiqotlarda kengroq va chuqurroq ma’lumotlar bazasi

asosida yanada aniqroq baholashlar o‘tkazish orqali barqaror qishloq xo‘jaligi tizimlarini

rivojlantirish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Xulosa va takliflar.

Mazkur maqolada O‘zbekiston misolida bug‘doy yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklarining

barqaror qishloq xo‘jaligi amaliyotlari indeksini hisoblash metodologiyasi (Rigby va boshq.

(2001) metodologiyasi asosida) bayon etildi va uning natijalari tahlil qilindi. Ushbu

metodologiya asosida ishlab chiqarishning turli bosqichlarini hisobga olib, har bir bosqich

uchun alohida amaliyotlar belgilandi va ularning qiymatlari yig‘ilib, umumiy barqarorlik
indeksi shakllantirildi. Barqaror qishloq xo‘jaligi indeksi o‘rtacha 0.34 ni tashkil etgan bo‘lsada

fermer xo‘jaliklari o‘rtasida keskin tafovutlar mavjud va juda xilma

-

xil ekanligini ko‘rish

mumkin (standar xatolik 0.23). Shunga qaramay, bu ko‘rsatkich nisbatan past ko‘rsatkich

bo‘lib, fermer xo‘jaliklarida kelajakda barq

aror ishlab chiqarishni tashkil etish uchun mavjud

an’anaviy amaliyotlardan voz kechib, barqaror amaliyotlarga o‘tish zaruriyatini asoslaydi.

Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, kelgusida agrar islohotlarni ishlab chiqishda faqatgina

hosildorlikni oshirish emas, balki ishlab chiqarish jarayonidagi amaliyotlarni barqaror

turlaridan foydalanish uchun rag‘batlar yaratish tizimini joriy qilinishi muhim hisoblanadi.

Adabiyotlar/

Литература

/References:

Astier, M., et al. (2011). Sustainability indicators, alternative strategies and trade-offs in

peasant agroecosys tems: Analysing 15 case studies from Latin America. International Journal of

Agricultural Sustainability, 9(3), 409-422.

Babakholov, S. (2024). Perceptions towards Climate Change, Water Scarcity and Adaptation

Strategies: Case of the Zerafshan River Basin in Uzbekistan. Italian Review of Agricultural

Economics (REA).

Benitez-Altuna, F., et al. (2021). Factors affecting the adoption of ecological intensification

practices: A case study in vegetable production in Chile. Agricultural systems, 194

Bijani, M., et al. (2019). Predicting and Understanding Farmers' Soil Conservation Behavior

in Mazandaran Province, Iran. Journal of Agricultural Science and Technology, 21(7), 1705-1719.

Bonisoli, L., et al. (2018). Deconstructing criteria and assessment tools to build agri-

sustainability indicators and support farmers’ decision

-making process. J. Clean. Prod. 182, 1080-

1094.

de Olde, E.M., et al. (2016). When experts disagree: the need to rethink indicator selection for

assessing sustainability of agriculture. Environ. Dev. Sustain. 19 (4), 1327-1342.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

774

Devkota, K. P., et al. (2025). Data-Driven Agronomic Solutions to Close Wheat Yield Gaps and

Achieve Self-Sufficiency in Uzbekistan. Agricultural Systems, 225, 104291.

Djanibekov, N., Herzfeld, T., Petrick, M. (2024): Agriculture and rural development reforms.

In: Mirkasimov, B., Pomfret, R. (eds.) New Uzbekistan: The Third Renaissance. Routledge, London,

pp. 112-134.

Dubbert, C. (2019). Participation in contract farming and farm performance: Insights from

cashew farmers in Ghana. Agricultural Economics, 50(6), 749-763.

FAO, (2013). Sustainability Assessment of Food and Agriculture Systems (SAFA): Guidelines,

Version 3.0. Food and Agricultural Organization of the United Nations, Rome.

Gharsallah, O.; Gandolfi, C.; Facchi, A. (2021) Methodologies for the Sustainability

Assessment of Agricultural Production Systems, with a Focus on Rice: A Review. Sustainability, 13,

11123.

Girardin, P., et al. (1999). Indicators: tools to evaluate the environmental impacts of farming

systems. J. Sustain. Agric. 13, 521.

Gómez-Limón, J., & Sanchez-Fernandez, G. (2010). Empirical evaluation of agricultural

sustainability using composite indi cators. Ecological Economics, 69(5), 1062

1075.

Häni, F. et al. (2003). RISE, a tool for holistic sustainability assessment at the farm level. Int.

Food Agribus. Manag. Rev. 6, 78

90.

Keulen, H.V., van Ittersum, M., Leffelaar, P., (2005). Multiscale methodological framework to

derive criteria and indicators for sustainability evaluation of peasant natural resource

management systems. Environ. Dev. Sustain. 7 (1), 51-69.

Kleijn, D., et al. (2019). Ecological intensification: Bridging the Gap between science and

practice. Trends in Ecology & Evolution, 34(2), 154

166.

Lee, H.S., Park, E.Y., (2020). Developing a landscape sustainability assessment model using

an analytic hierarchy process in Korea. Sustain. Times 12 (1), 301.

Pretty, J., et al. (2010). The top 100 questions of importance to the future of global

agriculture. International

Journal

of

Agricultural

Sustainability, 8(4),

219

236.

https://doi.org/10.3763/ijas.2010.0534

Rigby, D., et al. (2001). Constructing a farm level indicator of sustainable agricultural

practice. Ecological Economics, 39(3), 463

478.

Rupak Goswami, Subhrajit Saha & Purnabha Dasgupta (2017) Sustainability assessment of

smallholder farms in developing countries, Agroecology and Sustainable Food Systems, 41:5, 546-

569,

Schader, C., et al. (2014). Scope and precision of sustain ability assessment approaches to

food systems. Ecol. Soc. 19 (3), 42.

Stat.uz, (2022). O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi. Toshkent.

Tadjiev, A., Djanibekov, N., & Herzfeld, T. (2023). Does zero tillage save or increase

production costs? Evidence from smallholders in Kyrgyzstan. International Journal of Agricultural

Sustainability, 21(1), 2270191.

Taylor, D., et al., (1993). Creating a Farmer Sustainability Index: A Malaysian Case Study.

American Journal of Alternative Agriculture. 8, 175

184.

Valizadeh, N., & Hayati, D. (2021). Development and validation of an index to measure

agricultural sustainability. Journal of Cleaner Production, 280, 123797.

Zahm, F.; et al. (2006) Farm Sustainability Assessment using the IDEA Method: From the

concept of farm sustainability to case studies on French farms. In Proceedings of the 1st INFASA

Symposium, Berne, Switzerland, 16

17 March. hal-02278989.

Zorya, S., Djanibekov, N., and Petrick, M. (2019) Farm Restructuring in Uzbekistan: How Did

It Go and What is Next? World Bank, Washington, DC.

Библиографические ссылки

Astier, M., et al. (2011). Sustainability indicators, alternative strategies and trade-offs in peasant agroecosys tems: Analysing 15 case studies from Latin America. International Journal of Agricultural Sustainability, 9(3), 409-422.

Babakholov, S. (2024). Perceptions towards Climate Change, Water Scarcity and Adaptation Strategies: Case of the Zerafshan River Basin in Uzbekistan. Italian Review of Agricultural Economics (REA).

Benitez-Altuna, F., et al. (2021). Factors affecting the adoption of ecological intensification practices: A case study in vegetable production in Chile. Agricultural systems, 194

Bijani, M., et al. (2019). Predicting and Understanding Farmers' Soil Conservation Behavior in Mazandaran Province, Iran. Journal of Agricultural Science and Technology, 21(7), 1705-1719.

Bonisoli, L., et al. (2018). Deconstructing criteria and assessment tools to build agri-sustainability indicators and support farmers’ decision-making process. J. Clean. Prod. 182, 1080-1094.

de Olde, E.M., et al. (2016). When experts disagree: the need to rethink indicator selection for assessing sustainability of agriculture. Environ. Dev. Sustain. 19 (4), 1327-1342.

Devkota, K. P., et al. (2025). Data-Driven Agronomic Solutions to Close Wheat Yield Gaps and Achieve Self-Sufficiency in Uzbekistan. Agricultural Systems, 225, 104291.

Djanibekov, N., Herzfeld, T., Petrick, M. (2024): Agriculture and rural development reforms. In: Mirkasimov, B., Pomfret, R. (eds.) New Uzbekistan: The Third Renaissance. Routledge, London, pp. 112-134.

Dubbert, C. (2019). Participation in contract farming and farm performance: Insights from cashew farmers in Ghana. Agricultural Economics, 50(6), 749-763.

FAO, (2013). Sustainability Assessment of Food and Agriculture Systems (SAFA): Guidelines, Version 3.0. Food and Agricultural Organization of the United Nations, Rome.

Gharsallah, O.; Gandolfi, C.; Facchi, A. (2021) Methodologies for the Sustainability Assessment of Agricultural Production Systems, with a Focus on Rice: A Review. Sustainability, 13, 11123.

Girardin, P., et al. (1999). Indicators: tools to evaluate the environmental impacts of farming systems. J. Sustain. Agric. 13, 521.

Gómez-Limón, J., & Sanchez-Fernandez, G. (2010). Empirical evaluation of agricultural sustainability using composite indi cators. Ecological Economics, 69(5), 1062–1075.

Häni, F. et al. (2003). RISE, a tool for holistic sustainability assessment at the farm level. Int. Food Agribus. Manag. Rev. 6, 78–90.

Keulen, H.V., van Ittersum, M., Leffelaar, P., (2005). Multiscale methodological framework to derive criteria and indicators for sustainability evaluation of peasant natural resource management systems. Environ. Dev. Sustain. 7 (1), 51-69.

Kleijn, D., et al. (2019). Ecological intensification: Bridging the Gap between science and practice. Trends in Ecology & Evolution, 34(2), 154–166.

Lee, H.S., Park, E.Y., (2020). Developing a landscape sustainability assessment model using an analytic hierarchy process in Korea. Sustain. Times 12 (1), 301.

Pretty, J., et al. (2010). The top 100 questions of importance to the future of global agriculture. International Journal of Agricultural Sustainability, 8(4), 219–236. https://doi.org/10.3763/ijas.2010.0534

Rigby, D., et al. (2001). Constructing a farm level indicator of sustainable agricultural practice. Ecological Economics, 39(3), 463–478.

Rupak Goswami, Subhrajit Saha & Purnabha Dasgupta (2017) Sustainability assessment of smallholder farms in developing countries, Agroecology and Sustainable Food Systems, 41:5, 546-569,

Schader, C., et al. (2014). Scope and precision of sustain ability assessment approaches to food systems. Ecol. Soc. 19 (3), 42.

Stat.uz, (2022). O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi. Toshkent.

Tadjiev, A., Djanibekov, N., & Herzfeld, T. (2023). Does zero tillage save or increase production costs? Evidence from smallholders in Kyrgyzstan. International Journal of Agricultural Sustainability, 21(1), 2270191.

Taylor, D., et al., (1993). Creating a Farmer Sustainability Index: A Malaysian Case Study. American Journal of Alternative Agriculture. 8, 175–184.

Valizadeh, N., & Hayati, D. (2021). Development and validation of an index to measure agricultural sustainability. Journal of Cleaner Production, 280, 123797.

Zahm, F.; et al. (2006) Farm Sustainability Assessment using the IDEA Method: From the concept of farm sustainability to case studies on French farms. In Proceedings of the 1st INFASA Symposium, Berne, Switzerland, 16–17 March. hal-02278989.

Zorya, S., Djanibekov, N., and Petrick, M. (2019) Farm Restructuring in Uzbekistan: How Did It Go and What is Next? World Bank, Washington, DC.