www.sci-p.uz
III SON. 2025
873
OʻZBEKISTON FUQAROLARINING GLOBAL MEHNAT BOZORLARIDA
GI ISHTIROKINI
KENGAYTIRISHNING YOʻNALISHLARI
DSc
Abduraxmonov Farxod
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0000-0001-9350-095X
Tursunov Sunnatilla
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
ORCID: 0009-0002-4446-1581
tursunovsunnatilla223@gmail.com
Annotatsiya.
Ushbu tadqiqot asosan Oʻzekiston fuqarolari uchun tashqi migratsiya
bozorlarini talab va takliflarini oʻrganish, hozirgi migratsiya va emigratsiya trendlarini chuqur
tahlil qilish, fuqarolar uchun xorijda potensiali boʻlgan mamlakatlar hukumati bilan ikki
tomonlama shartnoma tuzish va asosan oʻrta maʼlumotli fuqarolarni chet elda ishlash uchun
kasbiy tayyorgarlik ishlarini jaddalligini oʻrganish va xulosa berishga qaratilgan, aralash uslubda
tadqiqotlar olib borilgan.
Kalit soʻzlar:
mehnat migratsiyasi, Kanada mehnat bozori, Yevropa Ittifoqi mehnat bozori,
migratsiya siyosati, kasbiy tayyorgarlik, malakali ishchilar.
НАПРАВЛЕНИЯ РАСШИРЕНИЯ УЧАСТИЯ ГРАЖДАН УЗБЕКИСТАНА
В ГЛОБАЛЬНЫХ РЫНКАХ ТРУДА
DSc
Абдурахмонов Фарход
Ташкентский государственный экономический университет
Турсунов Суннатилла
Ташкентский государственный экономический университет,
Аннотация.
Данное исследование в основном посвящено изучению спроса и
предложения на внешних миграционных рынках для граждан Узбекистана, глубокому
анализу текущих тенденций миграции и эмиграции, а также вопросам заключения
двусторонних соглашений с правительствами государств, обладающих потенциалом
для трудоустройства граждан. Основное внимание уделено разработке механизмов
профессиональной подготовки граждан со средним образованием к трудовой
деятельности за рубежом. Исследование проводилось с использованием смешанных
методов и направлено на выработку практических выводов.
Ключевые слова:
трудовая миграция, рынок труда Канады, рынок труда
Европейского союза, миграционная политика, профессиональная подготовка,
квалифицированные работники.
UOʻK:
314.7
873-884
www.sci-p.uz
III SON. 2025
874
DIRECTIONS FOR EXPANDING THE PARTICIPATION OF UZBEKISTANI
CITIZENS IN GLOBAL LABOR MARKETS
DSc
Abdurakhmonov Farkhod
Tashkent State University of Economics
Tursunov Sunnatilla
Tashkent State University of Economics
Abstract.
This study is primarily dedicated to analyzing the supply and demand dynamics
of foreign migration markets for citizens of Uzbekistan, with a particular focus on in-depth
examination of current migration and emigration trends. It also addresses the prospects of
establishing bilateral agreements with governments of countries that possess significant potential
for the employment of Uzbekistani nationals. Special attention is given to the development of
mechanisms for the vocational training of citizens with secondary education, aimed at preparing
them for employment abroad. The research employs a mixed-methods approach and is oriented
toward generating practical policy recommendations.
Keywords:
labor migration, Canadian labor market, European Union labor market,
migration policy, vocational training, skilled workers.
Kirish.
Xalqaro mehnat bozori va migratsiya kuchayishi natijasida chet elda ishlash uchun
migrant boʻlib ketayotgan fuqarolar soni koʻpaymoqda va chet elda ishlashga qiziqish tobora
ortib bormoqda. Xususan soʻngi yillarda Rossiya Federatsiyasi hukumati tomonidan m
igrantlar
uchun qonunlar qiyinlashtirilmoqda.Bu esa oʻzining yuqori daromad va sifatli hayot sharoitlari
bilan ajralib turuvchi Kanada va maʼlum Yevropa Ittifoqi davlatlarini Oʻzbekiston fuqarolari
uchun jozibali qiladi. Ammo bu mamlakatlarning turlicha migratsiya siyosati va mehnat
bozorlaridagi oʻziga xos talablar, jumladan migrantlarda kasbiy tayyorgalikning yoʻqligi
Oʻzbekiston fuqarolari uchun katta toʻsiq boʻlib kelmoqda.
Chet elda, alohida aytganda Kanada va Yevropa Ittifoqida ishchi kuchiga talabning oshishi
sababli Oʻzbekiston mehnat migratsiyasi siyosatini faol ravishda isloh qilmoqda.Oʻzbekiston
Respublikasi Mehnat va Mehnat Munosabatlari vazirligi qoshidagi Tashqi Migratsiya agentligi
migratsiya jarayonlarini tartibga solishda va osonlashtirishda muhim roʻl oʻynaydi. Bu agentlik
Oʻzbek migrant ishchilari qonuniy himoya bilan taminlanganligi hamda explotatsiyadan va
notoʻgʻri ish sharotilarini oldini olish uchun resursl
arga kirish imkoniyatlarini taminlaydi.
Soʻngi yillarda, Oʻzbekiston mehnat migratsiya yoʻllarini tartibga solish uchun turli xil
mamlakatlar bilan bir nechta oʻzaro shartnomalar imzoladi,
Kanada va Yevropa Ittifoqi
davlatlari shular jumlasidandir. Misol uchun, 2022-yilda Xalqaro Migratsiya Siyosatini
Rivojlantirish Markazi (ICMPD) bilan imzolangan oʻzaro anglashuv memorandumi
Oʻzbekistonning migratsiya boshqaruvini yaxshilash va chet elda i
shlayotgan fuqarolarining
huquqlarini himoya qilishga qaratilganligini taʼkidlaydi.
(ICMPD, 2022)
Xorijiy mehnat bozori talablarini qondirish uchun Oʻzbekiston kasbiy taʼlim va Malaka
oshirish dasturlariga sarmoya kiritdi. Ishga marhamat mono-markazlari va ishsizlarni kasb-
hunarga oʻrgatish markazlari, Kanada va Yevropa Ittifoqida talab yuqori boʻlgan
ishlar uchun
Oʻzbek ishchilarini kerakli qobiliyatlar bilan taʼminlash tashabbuslariga yaqqol misol boʻladi.
Bu markazlar qurilish, sogʻliqni saqlash va axborot texnologiyalari kabi sohalarda oʻquv
kurslarini taklif qiladi va bu oʻquv kurslari moʻljallanga
n mamlakatlarning talablari bilan mos
keladi (ICMPD, 2022).
Ushbu tadqiqotimning asosiy maqsadi yuqorida keltirib oʻtilgan imkoniyat va
kamchiliklarni oʻrganishdir.Xususan tadqiqotning asosiy oʻrganiladigan ushbu quyidagi
mavzularga katta ahamiyat qaratiladi.Birinchidan, Kanada va YI mehnat bozorlarini va ularda
talab qilinadigan kasblarni aniqlash.Shu bilan birga, ushbu hududlardagi migratsiya siyosatini
www.sci-p.uz
III SON. 2025
875
tahlil qilish.Kasbiy tayyorgarlik dasturlari va ularning aholi tomonidan qamrovini
imkoniyatlarini koʻrib chiqish.Soʻngida Oʻzbekiston fuqarolari uchun ushbu imkoniyatlardan
samarali foydalanish boʻyicha dasturlar ishlab chiqish va tavsiyalar berish shular
jumlasidandir.
Adabiyotlar sharhi.
Mehnat migratsiyasi zamonaviy global iqtisodiyotning muhim tarkibiy qismi boʻlib,
xalqaro ishchi kuchi harakati iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy jarayonlarga sezilarli taʼsir
koʻrsatmoqda
(International Organization for Migration, 2019). Ushbu adabiyotlar sharxi
Oʻzbekiston fuqarolari uchun Kanada va Yevropa Ittifoqidagi mehnat bozorlarida
kengaytirilgan imkoniyatlarni oʻrganadi. Tadqiqotning maqsadi mehnat migratsiyasi
jarayonlarini chuqurroq anglash, ushbu jarayonlarning ijtimoiy-
iqtisodiy taʼsirlarini tahl
il
qilish, shuningdek, vocational training (kasbiy tayyorgarlik) imkoniyatlarini oʻrganishdan
iborat.
Adabiyotlar sharhi tematik tahlil usulida amalga oshirildi, bunda maʼlumotlar Daryo.uz,
Kun.uz Gazeta va vebsaytlari va Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot ilmiy maʼlumotlar bazalaridan
olingan. Qidiruv soʻzlari sifatida “labor migration,” “Canada labor market,” “EU immigration
policy,” “vocational training for migrants,” va “international qualifications recognition” kabi
kalit iboralar ishlatildi. Sharxda tematik yoʻnalishlar va nazariy tahlil asosida mavjud
adabiyotlarning tizimli tahlili keltirilgan.
Mehnat migratsiyasi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar koʻpincha motivatsiya omillari, iqtisodiy
taʼsirlar, va qaytish migratsiyasi bilan bogʻliq masalalarni qamrab oladi
(Askarov, 2023).
Oʻzbekiston fuqarolari uchun mehnat migratsiyasining asosiy omillari iqtisodiy imkoniyatlar
izlash, yuqori maosh va hayot sifati bilan bogʻliqdir
(Yaxyoyeva, 2023). Xalqaro migratsiya
nazariyalari, masalan, Push-Pull Theory va Dual Labor Market Theory, ushbu jarayonlarni
tushuntirishda muhim rol oʻynaydi.
Kanada va Yevropa Ittifoqi mehnat bozorlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqotlar asosan talab
qilinadigan kasblar, malaka talablari, va ishchi kuchiga boʻlgan ehtiyoj masalalariga eʼtibor
qaratadi (Yusupov, 2022) Kanada immigratsiya siyosatida malakali ishchilar uchun qulay
imkoniyatlar yaratilgan boʻlsa
-da, malaka tan olinishi va ishga joylashish jarayonida chet
elliklar duch keladigan qiyinchiliklar mavjud (Askarov, 2023)
Yevropa Ittifoqida esa migratsiya siyosati davlatlar oʻrtasida farq qiladi. Masalan,
Germaniya va Polsha malakali ishchilarni jalb qilish siyosatini faol qoʻllasa, Italiya va Ispaniya
koʻproq mavsumiy ishchilarni qabul qiladi (Yusupov, 2022). Shu bilan bir
ga, malaka tan olinishi
va ish bozoriga integratsiya qilishda byurokratik toʻsiqlar mavjud.
Kanada va Yevropa Ittifoqida mehnat migratsiyasini tartibga soluvchi immigratsiya
siyosati va viza talablari ancha murakkabdir. Kanadada Express Entry va Provincial Nominee
Program kabi malakali ishchilar uchun moʻljallangan tizimlar mavjud boʻlib, ular iq
tisodiy
ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan (International Organization for Migration, 2019)
Yevropa Ittifoqi davlatlari esa oʻz milliy immigratsiya siyosatini amalga oshirishda
suverenitetini saqlab qoladi, ammo umumiy qoidalarga amal qiladi (Yaxyoyeva, 2023).
Masalan, Blue Card tizimi yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilishni koʻzda tutadi, lekin
uning talablari qatʼiy va barcha davlatlarda bir xil emas.
Vocational training dasturlari migratsiya jarayonida malaka oshirish va qayta
tayyorgarlik uchun muhim ahamiyatga ega. Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida chet
elliklar uchun professional malakalarni oshirish va qayta tayyorgarlik imkoniyatlari mavjud,
ammo ularga kirish oson emas (Imomova, 2024). Malaka tan olinishi jarayoni murakkab va
mahalliy standartlarga mos kelishni talab qiladi.
Aksariyat tadqiqotlar malaka tan olinishi jarayonidagi toʻsiqlarni tahlil qilsa
-da,
Oʻzbekiston fuqarolari uchun mavjud imkoniyatlar va ularga kirishda duch kelinadigan
muammolar yetarli darajada oʻrganilmagan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
876
Mehnat migratsiyasini tushuntirishda bir nechta nazariyalar qoʻllanilgan, jumladan, Push
-
Pull Theory, Dual Labor Market Theory va Social Integration Theory. Push-Pull Theory iqtisodiy
imkoniyatlar va yaxshiroq yashash sharoitlari kabi omillar migratsiyaning asosiy sabablari
ekanligini koʻrsatadi (Askarov, 2023).
Dual Labor Market Theory esa rivojlangan mamlakatlardagi mehnat bozorlarida yuqori
va past malakali ish oʻrinlari oʻrtasidagi tafovut migratsiyaga turtki berishini taʼkidlaydi
(Yaxyoyeva, 2023). Social Integration Theory esa migrantlarning yangi jamiyatga moslashuvi
va integratsiyasi jarayonini tahlil qiladi, lekin ushbu nazariyaning Oʻzbekiston fuqarolariga
nisbatan qoʻllanilishi kam oʻrganilgan.
Adabiyotlar tahlili shuni koʻrsatadiki, mavjud tadqiqotlarda bir nechta ilmiy boʻshliqlar
mavjud:
•
Kanada va Yevropa Ittifoqi mehnat bozorlarining oʻziga xosligini solishtirma tahlil qilish
yetarlicha oʻrganilmagan.
•
Oʻzbekiston fuqarolari uchun vocational training dasturlariga kirishda mavjud toʻsiqlar
haqida maʼlumotlar yetarli emas.
•
Malaka tan olinishi jarayonidagi qiyinchiliklar va byurokratik toʻsiqlar chuqur tahlil
qilinmagan.
Ushbu tadqiqot ushbu boʻshliqlarni toʻldirishga qaratilgan boʻlib, solishtirma tahlil orqali
yangi nazariy tushunchalarni kiritish, shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari uchun amaliy
tavsiyalar ishlab chiqishni maqsad qiladi.
Adabiyotlar sharxi mehnat migratsiyasi, Kanada va Yevropa Ittifoqi mehnat bozorlaridagi
imkoniyatlar, immigratsiya siyosati va vocational training masalalarini oʻrganib chiqdi.
Mavzuga oid asosiy ilmiy masalalar tahlil qilindi va ilmiy boʻshliqlar aniqlandi. Keyingi boʻlimlar
ushbu boʻshliqlarni toʻldirish uchun empirik tadqiqot usullarini koʻrib chiqadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot Oʻzbekiston fuqarolari uchun Kanada va Yevropa Ittifoqi mehnat
bozorlarida imkoniyatlarni kengaytirishni oʻrganish maqsadida oʻtkazilgan boʻlib, tadqiqot
asosan ikkilamchi maʼlumotlarni tahlil qilish va kichik hajmdagi soʻrovnoma usulidan
foydalangan. Tadqiqotning metodologiyasi quyidagi uchta asosiy bosqichda amalga oshirildi:
maʼlumotlar manbalarini aniqlash, maʼlumotlarni toʻplash va tahlil qilish.
Tadqiqot asosan ikkilamchi maʼlumotlarga tayanadi. Asosiy manbalar qatoriga xalqaro
tashkilotlarning hisobotlari, ilmiy maqolalar, hukumatning rasmiy statistik maʼlumotlari,
hamda Kanada va Yevropa Ittifoqining migratsiya va mehnat bozorlariga oid qonunchilik
hujjatlari kiradi. Bu maʼlumotlar Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu mintaqalardagi
imkoniyatlarini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Barcha maʼlumotlar Microsoft Excel
dasturida tahlil qilindi.
Bundan tashqari, Oʻzbekistondan chet elda ishlagan mehnat migrantlari bilan kichik
hajmdagi soʻrovnoma oʻtkazildi. Soʻrovnoma orqali ularning ish tajribalari, duch kelgan
qiyinchiliklari va chet elda ishlash boʻyicha takliflari oʻrganildi. Soʻrovnoma savol
lari bevosita
tadqiqotning maqsadlariga mos ravishda ishlab chiqildi va intervyu usulida toʻplandi.
Ikkilamchi maʼlumotlar xalqaro tashkilotlarning rasmiy veb
-saytlari (ILO
Statistics Canada) va ilmiy maqolalar bazalaridan (Researchgate) (
Zikriyoev, 2020) toʻplandi.
Maʼlumotlar tanlashda ularning ishonchliligi, dolzarbligi va tadqiqot mavzusiga mosligi
1
International Organization for Migration. (2023).
Oʻzbekiston: Migratsiya vaziyatiga oid hisobot (2023
-yil aprel-sentabr)
.
Retrieved from
https://uzbekistan.iom.int/sites/g/files/tmzbdl2566/files/documents/2025-01/ozbekiston-migratsiya-
vaziyatiga-oid-hisobot-2023-yil-aprel-sentabr.pdf
2
Organisation for Economic Co-operation and Development. (2023).
Employment and labour markets
. Retrieved from
https://www.oecd.org/employment/
3
Eurostat. (2023).
Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida yashash ruxsatnomalariga ega Oʻzbekiston fuqarolari soni, 2022
-yil
.
Retrieved from
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?title=Residence_permits_statistics
www.sci-p.uz
III SON. 2025
877
eʼtiborga olindi. Har bir maʼlumot manbai uchun APA uslubida toʻliq manzillar va havolalar
keltirildi.
Soʻrovnoma 5 ta ochiq
-
oydin savoldan iborat boʻlib, 3 nafar respondentdan intervyu
usulida maʼlumot toʻplandi. Respondentlar Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, ular oldin
Rossiya,Qozoqiston, Qirgʻiziston davlatlarida ishlagan va oila azolari YI da ishlaydi. Sa
vollar
quyidagi mavzularni qamrab oldi:
1.
Eng koʻp ishga ketiladigan davlatlar;
2.
Tashqi ish bozoriga moslashishda til bilimi ahamiyati;
3.
Mehnat migrantlari duch kelayotgan qiyinchiliklar;
4.
Oʻzbekistonning tashqi mehnat siyosati samaradorligi;
5.
Chet elda ishlash imkoniyatlarini yaxshilash boʻyicha takliflar.
Ikkilamchi maʼlumotlar Excel dasturida qayta ishlanib, trend tahlillari, taqqoslash
jadvallari va grafiklar orqali tahlil qilindi. Tahlil davomida asosiy eʼtibor Oʻzbekiston fuqarolari
uchun eng koʻp ish imkoniyatlari mavjud boʻlgan davlatlarga, ushbu davl
atlarning migratsiya
siyosatiga va mehnat bozoridagi talab-
ehtiyojlarga qaratildi. Soʻrovnoma natijalari sifatli
(qualitative) va miqdoriy (quantitative) usullar yordamida tahlil qilindi.
Ushbu tadqiqotda kichik hajmdagi soʻrovnoma oʻtkazilgani sababli, uning natijalari
umumiylashtirish uchun yetarli boʻlmaydi. Shuningdek, ikkilamchi maʼlumotlarning mavjudligi
va dolzarbligiga bogʻliq boʻlgan cheklovlar ham mavjud.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ushbu boʻlimda Kanada va Yevropa Ittifoqida Oʻzbekiston fuqarolari uchun ish bilan
taʼminlash imkoniyatlarini kengaytirish bilan bogʻliq mehnat bozori tendentsiyalari, migratsiya
oqimlari va malaka talablarini oʻrganish uchun ikkilamchi maʼlumotlarning miq
doriy tahlili
keltirilgan. Tahlil asosiy sohalarda mehnatga boʻlgan talab, ish bilan taʼminlash darajasi va
migratsiyaning iqtisodiy taʼsiri toʻgʻrisida toʻliq tushunchani berishga qaratilgan.
Maʼlumotlar ishonchli maʼlumotlar bazalaridan olingan, shu jumladan
Kanada
statistikasi
,
EUROSTAT,
Job Bank Canada
va
CEDEFOP.
Microsoft
Excel yordamida
klasterlangan ustun jadvallari
,
stacked bar diagrammalari
,
trend
chiziqlari,
korrelyatsiya
tahlili
va
regressiya tahlilini oʻz ichiga olgan turli xil ilgʻor maʼlumotlarni tahlil qilish usullari
qoʻllanildi.
Oʻzbekiston mehnat bozorining hozirgi holati
2024 yilda Oʻzbekistonda uyushgan mehnat migratsiyasi sezilarli darajada oʻsdi.
Oʻzbekiston Migratsiya agentligining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, uyushgan yollash dasturlari
orqali chet elda ishlayotgan fuqarolar soni 2023 yildagi 38 400 kishidan 2024 yilda 161 800
kishiga koʻpaydi, bu toʻrt baravar koʻpdir. Ushbu oʻsish hukumatning rivojlangan
mamlakatlarda mehnat bozorlarini diversifikatsiya qilish va ish bilan taʼminlash
imkoniyatlarini kengaytirish boʻyicha harakatlarini kuchaytirganini aks ettiradi
(Gazeta.uz,
2025)
Asosiy Oʻzbekistonliklar ishlashga boruvchi mamlakatlar:
Rossiya: Rublning devalvatsiyasi tufayli Rossiyadan pul oʻtkazmalari 39 foizga
kamayganiga qaramay, Rossiyadagi oʻzbek ishchilar soni 2023 yildagi 29 249 kishidan 2024
yilda 123 681 kishiga koʻtarildi.
Litva: Litvaga oʻzbek mehnat migratsiyasi keskin oʻsdi, 1,800 yil boshidagi 2023 kishidan
2024 yil martiga qadar qariyb 10,000 gacha, bu Evropa Ittifoqi bozorlariga oʻtishni koʻrsatadi
Janubiy Koreya: Migrantlar soni 2023 yilda 4,882 boʻlgan boʻlsa 2024
-yilda 10,120 ga
koʻpaydi 10,120 yilda 2024 gacha koʻpaydi, bu Sharqiy Osiyoda yuqori ish haqi va yaxshi ish
sharoitlari jozibadorligini taʼkidladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
878
1-rasm. Migratsiya oqimi, 2024-yil ikkinchi va uchinchi choragi
Ushbu infografikdan aniq koʻrish mumkinki, har ikkala migratsiya kelishi va ketishi 2024
-
yilda har bir choragida sezilarli oshgan,bu esa Oʻzbekiston uchun migratsiyani rivojlantirish
ustuvorligini koʻrsatadi.
Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik
Oʻzbekiston Yevropa Ittifoqiga aʼzo davlatlar bilan mehnat migratsiyasining huquqiy
yoʻllarini yaratish borasida ikki tomonlama kelishuvlar olib borilmoqda. Germaniya, Polsha va
Chexiya kabi mamlakatlar aholining keksayishi va ishlab chiqarish, qishloq xoʻ
jaligi va
parvarishlash kabi sohalarda ishchi kuchi tanqisligi tufayli oʻzbek ishchilari uchun asosiy
yoʻnalishga aylandi. Ushbu kelishuvlar koʻpincha oʻtmishda migrantlar uchun jiddiy toʻsiq
boʻlgan malakalarni oʻzaro tan olish qoidalarini oʻz ichiga olad
i (The Diplomat, 2024)
Evropa Ittifoqining mehnat bozori malakali va yarim malakali ishchilarga doimiy talabni
koʻrsatdi. 2023 yilda Evropa Ittifoqining bandlik darajasi 75.3% ni tashkil etdi va aʼzo davlatlar
orasida sezilarli farq qildi. Masalan, bandlik darajasi Gollandiyada 83,5% dan Italiyada 66,3%
gacha boʻlgan
(Eurostat, 2024)
. Bu tengsizlik oʻzbek ishchilarining bandlik darajasi past boʻlgan
mamlakatlardagi boʻshliqlarni toʻldirish imkoniyatini taʼkidlaydi.
2-rasm. Savodxonlik darajasi
100.0%
100.0%
99.1%
98.4%
83.7%
71.4%
0.0%
20.0%
40.0%
60.0%
80.0%
100.0%
120.0%
Foiz
15 yoshdan yuqori aholi o`rtasida savodxonlik darajasi
Quyi-o'rta daromadli mamlakatlar(Ayollar)
Quyi-o'rta daromadli mamlakatlar(Erkaklar)
Yevropa va Markaziy Osiyo (Ayollar)
Yevropa va Markaziy Osiyo (Erkaklar)
O'zbekiston (ayollar)
O'zbekiston (erkaklar)
60,400
70,200
62,400
72,900
0
10,000
20,000
30,000
40,000
50,000
60,000
70,000
80,000
Chorak 2
Chorak 3
Mig
ran
tlar
2024
Immigratsiya (Jami)
Emigratsiya(Jami)
www.sci-p.uz
III SON. 2025
879
Ushbu figuradan koʻrishimiz mumkinki, Oʻzbekistonda savodxonlik darajasi ayollar va
erkaklar oʻrtasida 100% foizni tashkil etgan.Bu qolgan mintaqalar bilan taqqoslaganda sezilarli
darajadi yuqori hisoblanadi.Shunga qaramasdan Oʻzbekiston fuqoralari xorijiy
davlatlar,
jumladan Germaniya ishchi bozorida talab etiladigan ishlar uchun qobiliyatlari juda kam
darajada, va til bilish darajasi juda ham past. Ushbu quyidagi infografikda Germaniyada ishchi
kuchi yetishmovchiligi boʻlgan kasblarni koʻrishimiz mumkin.
Kasblar guruhi
Kod
Toifaga xos kasblar
Ishlab chiqarish, Qazib
olish, Qurilish va
Tarqatish Menejerlari
132
Ishlab chiqarish Menejerlari, Qazib olish Menejerlari, Qurilish
Menejerlari, Taʼminot & Tarqatish Menejerlari
AKT Xizmatlari
Menejerlari
133
Axborot va Kommunikatsiya Texnologiyalari Xizmatlari
Menejerlari
Professional Xizmatlar
Menejerlari
134
Bolalar bogʻchasi Xizmatlari Menejerlari, Sogʻliqni saqlash
Xizmatlari Menejerlari, Qariyalarni parvarish qilish xizmatlari
Menejerlari, Ijtimoiy taʼminot Menejerlari, Taʼlim Menejerlari,
Moliya & Sugʻurta Xizmatlari boʻlimi Menejerlari, Boshqa
Professional Xizmatlar Menejerlari
Fan va Muhandislik
Mutaxassislari
21
Fiziklar, Astronomlar, Meteorologlar, Kimyogarlar, Geologlar,
Geofiziklar, Matematiklar, Aktuariylar, Statistiklar
Hayot Fanlari
Mutaxassislari
213
Biologlar, Botaniklar, Zoologlar, Qishloq xoʻjaligi, Oʻrmonchilik &
Baliqchilik Maslahatchilari, Ekologik Muhofaza Mutaxassislari
Muhandislik
Mutaxassislari
(elektrotexnologiya
bundan mustasno)
214
Sanoat & Ishlab chiqarish Muhandislari, Qurilish Muhandislari,
Ekologik Muhandislar, Mexanik Muhandislar, Kimyoviy
Muhandislar, Konchilik Muhandislari, Metallurglar, Boshqa
Muhandislik Mutaxassislari
Elektrotexnologiya
Muhandislari
215
Elektr Muhandislari, Elektronika Muhandislari,
Telekommunikatsiya Muhandislari
Arxitektorlar,
Rejissorlar, Geodezistlar
va Dizaynerlar
216
Qurilish Arxitektorlari, Landshaft Arxitektorlari, Mahsulot &
Kiyim Dizaynerlari, Shahar & Yoʻl Rejissorlari, Kartograflar &
Geodezistlar, Grafik & Multimedia Dizaynerlari
Tibbiyot Shifokorlari
221
Umumiy Amaliyot Shifokorlari, Mutaxassis Tibbiyot Shifokorlari
Hamshiralik va
Akusherlik
Mutaxassislari
222
Hamshiralik Mutaxassislari, Akusherlik Mutaxassislari
Veterinarlar
225
Veterinarlar
Boshqa Sogʻliqni saqlash
Mutaxassislari
226
Stomatologlar, Farmatsevtlar, Ekologiya & Kasbiy Sogʻliqni
saqlash Mutaxassislari, Fizioterapevtlar, Dietologlar & Oziqlanish
Mutaxassislari, Audiologlar & Nutq Terapevtlar, Oftalmologlar,
Boshqa Sogʻliqni saqlash Mutaxassislari
Oʻqituvchilik
Mutaxassislari
23
Universitet Oʻqituvchilari, Kasb
-
hunar Taʼlimi Oʻqituvchilari, Oʻrta
Taʼlim Oʻqituvchilari, Boshlangʻich Maktab Oʻqituvchilari, Erta
Bolalik Davri Tarbiyachilari, Maxsus Ehtiyojlilar Oʻqituvchilari, IT
Trenerlari, Musiqa & Sanʼat Oʻqituvchilari, Til Oʻqitu
vchilari
AKT Mutaxassislari
25
Tizim Analitikchilari, Dasturchilar, Veb & Multimedia
Dasturchilari, Dasturlashtirish Dasturchilari, Maʼlumotlar Bazasi
Dizaynerlari, Tizim Administratorlari, Tarmoq Mutaxassislari
3-rasm.
Germaniya Qonunchiligiga koʻra Germaniya ishchi kuchi bozorida
yetishmovchi kasblar roʻyxati
www.sci-p.uz
III SON. 2025
880
Gemaniya Yashash toʻgʻrisidagi qonunning 18g (1) boʻlimining 2
-sonli 1-soniga muvofiq
yetishmaydigan kasblar roʻyxati (
Komissiyaning 2009 yil 29 oktyabr tavsiyasidan olingan
kasblarning xalqaro standart tasnifi (ISCO-08
) (Die Bundesregiuring, 2025).
Albatta Germaniya hukunumati tomonidan ushbu kasblar yetishmovchiligi bartaraf etish
uchum muhim qadamlar tashlangan.Make it in Germany
rasmiy saytidagi statistikalarga
toʻxtalsak, 2023
-yilda
157,924 ta
ishchi vizalari berilgan,
113,500
yilda Germaniyada 2023
kishi Evropa Ittifoqining Blue kartasiga ega boʻlgan,
270,000
yilda Germaniyada 2024 chet ellik
tibbiyot xodimlari ish bilan taʼminlangan.
Oʻzbekiston migrantlari duch keladigan qiyinchiliklardan biri bu ularning tashqi mehnat
bozorlarida malakasini tan olishdir. Oʻzbekiston xalqaro tashkilotlar va mezbon davlatlar bilan
malakalarni oʻzaro tan olinishi uchun asoslarni yaratish yoʻnalishi boʻy
icha ish olib bormoqda.
Masalan, Germaniya va Polsha oʻrtasidagi kelishuvlarda Oʻzbekistonda egallangan kasblarini
sertifikatlash toʻgʻrisida qoidalar mavjud boʻlib, shu bilan migrantlar uchun ishga joylashish
uchun toʻsiqlarni kamaytiradi
(The Diplomat, 2024).
2025 yil boshida chet elda taxminan 1,14 million oʻzbek muhojir ishchilar bor edi,
ularning aksariyati Evropa Ittifoqi mamlakatlarida ish bilan taʼminlangan. Ushbu ishchilarning
pul oʻtkazmalari Oʻzbekiston iqtisodiyotida hal qiluvchi rol oʻynaydi va 2024
yilning dastlabki
oʻn oyida 12 milliard AQSh dollaridan oshdi, bu 2023 yilning shu davriga nisbatan 34 foizga
koʻpdir
(Global Voices, 2025).
4-rasm.
Manba Jahon banki, Pul transfertlarini oʻsish va kamayish
koʻrsatkichlari
4
Die Empfehlung der Kommission vom 29. Oktober 2009 über die Verwendung der internationalen Standardklassifikation
der Berufe (ISCO-08) finden Sie hier:
https://eur-lex.europa.eu/legal-content/DE/TXT/?uri=CELEX:32009H0824
5
Make it Germany Working in Germany:the official website for qualified professionals
6
World Bank.Perconal remittances received
License
: CC BY-
4.0
url:https://data.worldbank.org/indicator/BX.TRF.PWKR.DT.GD.ZS?locations=UZ
38
.2
%
20
.4
%
11
2.
7%
-4
0.
0%
57
.7
%
42
.8
%
24
.1
%
5.
8%
5.
8%
-2
8.
9%
19
.7
%
23
.0
%
6.
7%
12
.3
%
-1
7.
1%
31
.0
%
67
.2
%
-8
.7
%
2 0 0 5 2 0 0 6 2 0 0 7 2 0 0 8 2 0 0 9 2 0 1 0 2 0 1 1 2 0 1 2 2 0 1 3 2 0 1 4 2 0 1 5 2 0 1 6 2 0 1 7 2 0 1 8 2 0 1 9 2 0 2 0 2 0 2 1 2 0 2 2 2 0 2 3
F
OIZ
YIL
TRANSFERLAR KO`RSATKICHI
(REMITTANCES GROWTH PERCENT)
www.sci-p.uz
III SON. 2025
881
5-rasm. Manba:Jahon Banki Yalpi ichki mahsulot tarkibida chetdan pul
oʻtkazmalari (remittances) koʻrsatkichlari
Grafikda 2005 yildan 2023 yilgacha boʻlgan davrda YAIMdagi pul oʻtkazmalarining ulushi
tasvirlangan. Umuman olganda, oʻsish tendentsiyasi mavjud, pul oʻtkazmalarining ulushi yillar
davomida baʼzi oʻzgarishlarga qaramay ortib bormoqda. Eʼtiborga loyiq choʻq
qilar 2008, 2019
va ayniqsa 2022 yillarda sodir boʻlib, bu erda pul oʻtkazmalari qismi 17.2% da eng yuqori
nuqtaga etdi. Trend chizigʻi chiziqli tenglamaning y=0,0036x+0,061va 0,4477
𝑅^2
qiymati
bilan qoʻllab
-quvvatlanadigan bosqichma-
bosqich oʻsishni tak
lif qiladi.
Kanadada Oʻzbekiston fuqarolari uchun ishga joylashish imkoniyati
Kanada keksayib borayotgan aholi tufayli kelib chiqadigan ish kuchi tanqisligini bartaraf
etish uchun har yili 2025-yil oxiriga qadar 500,000 muhojirni jalb qilishni
rejalashtirayotganini eʼlon qildi. Mazkur tashabbus doirasida Oʻzbekiston fuqarolari uc
hun
qurilish, texnik sohalar va xizmat koʻrsatish kabi sohalarda maxsus 5000 ish oʻrni ajratilgan
(Daryo.uz, 2024)
Ishga olish jarayoni Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Kanada ish
beruvchilari oʻrtasidagi kelishuvlar orqali osonlashtirilib, ikkala tomon uchun tartib
-qoidalar
soddalashtiriladi. Nomzodlardan muayyan yosh mezonlariga (18-45 yosh) javob berishi, kasbiy
tayyorgarlik sertifikatlariga ega boʻlishi va ingliz, fransuz yoki ispan tillarini bilishlarini
namoyish etish talab etiladi (The times of Central Asia, 2024)
Kanadalik ish beruvchilar malaka va tajribaga qarab soatiga 12.50 dan 30 dollargacha
boʻlgan ish haqini taklif qilishadi. Ushbu tanlov mukofoti Kanadaning malakali ishchi kuchiga
qaratilgan eʼtiborini va Oʻzbekistondan malakali ishchilarni jalb qilishga qaratilgan saʼy
-
harakatlarini aks ettiradi. Dasturda Oʻzbekiston Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
tomonidan tashkil etilgan va ish joyi huquqlari, madaniy moslashuv va huquqiy asoslar kabi
7.2%
8.2%
7.6%
12.3%
6.5%
6.9%
8.2%
9.0% 8.8%
8.4%
5.6%
6.7%
10.2%
13.0%12.7%
10.7%
12.0%
17.2%
13.9%
y = 0.0036x + 0.061
R² = 0.4477
0.0%
2.0%
4.0%
6.0%
8.0%
10.0%
12.0%
14.0%
16.0%
18.0%
20.0%
2005 2006 2007 2008 2009 2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023
Fo
iz
Yil
YAIM Tarkibida pul o`tkazmalari(remittaces) ko`rsatkichi
www.sci-p.uz
III SON. 2025
882
mavzularni oʻz ichiga olgan joʻnash oldidan yoʻnaltirilgan mashgʻulotlar ham mavjud
(Daryo.uz,
2024)
Kanadaning immigratsiya siyosati yanada markazlashtirilgan va soddalashtirilgan boʻlib,
Express Entry tizimi kabi dasturlar orqali malakali ishchilar uchun aniq yoʻllar mavjud
(Government of Canada, 2025)
Imkoniyatlarga qaramay, Oʻzbekiston fuqarolari Kanadadagi ish joylariga kirishda
qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bularga til toʻsiqlari, Kanadada tan olingan sertifikatlarga
boʻlgan ehtiyoj va migratsiyaning logistik murakkabliklari kiradi. Bundan tashq
ari,
Oʻzbekistondagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi tarixan chet elga ishchilarni yuborish
boʻyicha oʻz koʻrsatkichlariga erishish uchun kurashib kelgan, bu 2023 yilda 200 ming ishchi
soni boʻyicha maqsadga erisha olmaganligidan dalolat beradi
(Global Voices, 2025)
Xulosa va takliflar.
Migratsiya jarayonlari ham koʻrib chiqilib, ikkinchi bosqichda Oʻzbekiston fuqarolaridan
Kanada va Yevropa Ittifoqining mehnat bozorlariga ish bozoriga kirishini nazariy jihatlarga
aylantirish, tegishli migratsiya siyosati, kasbiy taʼlim dasturlari va boshqalarni taʼkidlash.
Ushbu topilmalar migratsiya oqimlari va malakalarga talab va tartibga solish bilan bogʻliq
muhim tendentsiyalarni aks ettiradi, potentsial qarama-
qarshiliklarni, balki Oʻzbekiston
migrantlari duch keladigan imkoniyatlarni namoyish etadi. Bunday topilmalarning natijalari
ushbu tadqiqot haqida xalqaro mehnat migratsiyasi boʻyicha tadqiqot maqsadlari va
adabiyotlarga nisbatan keltirilgan.
Ushbu tadqiqot Oʻzbekistondan uyushgan mehnat migratsiyasining oʻsishini taʼkidlaydi,
2023 yilda 38 400 kishi 2024 yilga kelib 161 800 kishiga koʻtarildi. Rossiyadagi iqtisodiy
muammolarga, jumladan rublning devalvatsiyasi va pul oʻtkazmalarining 39 foizga
pasayishiga
qaramay, oʻzbek muhojirlari u yerda hanuzgacha koʻp miqdorda ishlamoqda. Ularning
aksariyati Yevropa, Litva va Germaniya Kanadada oshish bilan birga kengayib borayotgan
qiziqishni koʻrsatmoqda.
Bunday tendensiyalar migratsiyaning itarish-tortish nazariyasiga mos keladi, bunda
yuboruvchi mamlakatdagi iqtisodiy beqarorlik (itarish omili) va ishchi kuchi yetishmovchiligi
va qabul qiluvchi mamlakatlarda ish haqining yuqori boʻlishi (tortish omillari)
migratsiya
qarorlarini qabul qiladi. Kanada va Evropa Ittifoqiga oʻsib borayotgan qiziqish, ularning qulay
iqtisodiy sharoitlari va keksayib qolgan aholisi, global migratsiya modellari haqidagi
adabiyotlarga mos keladi (Askarov, 2023), (Yusupov, 2022)
Bular qonuniy migratsiya yoʻllarini
oshirish va barchamizga yordam berish uchun strategik xalqaro hamkorlik zarurligini
taʼkidlashining baʼzi sabablaridir.
Bu nomuvofiqlik oʻzbek muhojirlari Kanada va Yevropa Ittifoqining mehnat belgilarida
talab qilinadigan koʻnikmalarga ega emasligini koʻrsatadigan natijalarda koʻrinadi.
Germaniyada talabga ega boʻlgan kasblarga texnik va tibbiyot xodimlari kiradi, Oʻzbekis
tondan
kelgan muhojirlar koʻpincha malakasiz va til bilishmaydi. Xuddi shunday, Kanadaning mehnat
bozori qurilish, texnologiya va sogʻliqni saqlash sohalarida malakali ishchilarga muhtoj, ammo
chet el malakalari va til toʻsiqlarini tan olish bu tobora oʻsi
b borayotgan qiyinchilikni keltirib
chiqaradi.
Ushbu koʻnikmalardagi tafovutni Oʻzbekistondagi “Ishga Marhamat” monomarkazlari
kabi kasbiy taʼlim dasturlari bilan bartaraf etilmoqda. Ular yevropa Ittifoqi va Kanadada
qurilish, sogʻliqni saqlash va IT kabi yuqori talabga ega sohalarda treninglarni takli
f qilishadi.
Shunga qaramay, ularning xalqaro eʼtirofi juda cheklangan, shuningdek, qabul qiluvchi
mamlakatning mehnat bozorlarida singdirilishi uchun zarur boʻlgan til darslari.
Ushbu topilmalar migrantlar uchun ish istiqbollarini yaxshilashda maxsus kasbiy
taʼlimning rolini taʼkidlaydigan mavjud tadqiqotlar bilan mos keladi
(Yaxyoyeva, 2023) Ushbu
dasturlarning optimal salohiyatga ega boʻlishini taʼminlash uchun oʻquv rejasi mahorat
www.sci-p.uz
III SON. 2025
883
talablari, sertifikatlash va standartlar nuqtai nazaridan tegishli mamlakat ehtiyojlariga mos
kelishi kerak.
Tadqiqotga koʻra, oʻzbek muhojirlarining mehnat bozoriga kirishini aniqlashda
migratsiya siyosati katta rol oʻynaydi, Kanada va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari sezilarli taʼsir
koʻrsatdi. Shuni unutmaslik kerakki, Kanada mamlakat sifatida Express Entry va n
omzod
dasturlari orqali aniq belgilangan yoʻllarni taklif etadi; ammo, tillardagi tafovutlar va
malakalarning tan olinishi koʻplab oʻzbek ishchilari uchun toʻsiqlarni keltirib chiqarmoqda. Oʻz
navbatida, Yevropa Ittifoqida yuqori malakali mutaxassislar uch
un “Koʻk karta” tizimi mavjud,
ammo malaka mezonlari qatʼiy va qoidalar bir aʼzo davlatdan boshqasiga farq qiladi.
Migratsiya siyosatidagi bu murakkablik byurokratik toʻsiqlar va chet el malakalarini
oʻzboshimchalik bilan tan olishni migratsiyaning asosiy muammolari sifatida taʼkidlaydigan
oldingi topilmalarni aks ettiradi (Askarov, 2023) (ICMPD, 2022)
. Shunday ekan, Oʻzbekiston
diplomatiyasi migratsiyani yanada yengillashtirish uchun oʻzaro tan olish toʻgʻrisida
muzokaralar olib borish va malakaviy ekvivalentlik jarayonlarini yumshatish choralarini
koʻrishi kerak.
Oʻzbek migrantlari odatda Kanadada ishlash imkoniyatlariga ega, boshqa davlatlarga
nisbatan, bu yerda ish vizalari koʻpincha murakkab immigratsiya tizimlarida doimiy
yashovchilar bilan aralashtiriladi.
Ushbu xilma-xillik uchinchi mamlakat milliy harakatini qiyinlashtiradigan Yevropadagi
migratsiya siyosatining parchalangan mohiyatini namoyish etadi (Yusupov, 2022) Kanada
2025 yilgacha 500,000 muhojirni qabul qilish rejasini tuzgan boʻlsa, shu jumladan ishchi
kuchidagi boʻshliqlarni toʻldirishga yordam berish uchun oʻzbeklar uchun maxsus 5000 ta ish
taklifi taklif qilgan. Bu Oʻzbekistonning migratsiya siyosatini har
bir mintaqaning oʻziga xos
talabiga qarab moslashtirishi zarurligini namoyish etadi.
Biroq qabul qiluvchi davlatlar va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama kelishuvlar va
qonunlar talablarining roli migratsiya yoʻllarini qonuniylashtirish, shuningdek, mehnat
migrantlari himoyasini taʼminlash uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Germaniya v
a Polsha
malakalarni tan olish va byurokratik toʻsiqlarni kamaytirish boʻyicha kelishuvlarga erishishi,
Kanadaning ishga qabul qilish jarayonini yengillashtirish uchun Oʻzbekistonning Bandlik
vazirligi bilan hamkorlik qilishi kab kerakli qadamlarni tashlashi kerak.
ICMPD ular (kelishuvlar) xalqaro mehnat harakatchanligi va muhojirlar huquqlarini
himoya qilishni kuchaytirishning asosiy omili ekanligini taʼkidladi. Biroq, tadqiqotda
taʼkidlanishicha, ushbu harakatlar barcha kutilganlardan ham ustun boʻlsa
-da, muhojirlar
yaxshi moslashishi va yangi uylarida uzoq muddatli ishlashlari uchun til va madaniy
integratsiya dasturlari hali ham bitimning bir qismiga aylanishi kerak.
Tadqiqotning cheklanishi shundaki, u ikkilamchi maʼlumotlarga asoslangan va soʻrov
uchun kichik namunaviy hajmiga ega, bu umumlashtirilmasligi mumkin. Bundan tashqari,
Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlgan baʼzi davlatlar uchun batafsil migratsiya maʼlumotlarini
ng
yoʻqligi milliy taqqoslashlarni cheklaydi. Hayot davomida oʻzgaruvchan farovonlik
manzarasining bir qismi sifatida migrantlarga eʼtibor qaratadigan rivojlanayotgan ishlarni
taʼminlash uchun vaqt oʻtishi bilan muhojirlik jarayonlarini tushunish uchun yan
ada keng
namunalar va tadqiqotlar kerak.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Askarov, Z. S. (2023). Mehnat Migratsiyasi Jarayonlarini tartibga solishning xalqaro huquqiy
asoslari va institutlari. Yashil Iqtisodiyot va Taraqqiyot, 1476-1480.
Daryo.uz. (2024 yil 26-march). Canada announces 5,000 job openings for citizens of
Uzbekistan. Daryo.uz: https://daryo.uz/en/2024/03/26/canada-announces-5000-job-openings-
for-citizens-of-uzbekistandan tiklangan
Die Bundesregiuring. (2025 yil 15-February ). make it in Germany. Berlin: Make it Gemany.
Make
it
in
Germany:
https://www.make-it-in-
www.sci-p.uz
III SON. 2025
884
germany.com/fileadmin/1_Rebrush_2022/a_Fachkraefte/PDF-
Dateien/3_Visum_u_Aufenthalt/2024_Mangelberufe_DE.pdfdan tiklangan
Eurostat. (2024 yil 27-April). Employment
—
annual statistics. Eurostat:
https://ec.europa.eu/eurostat/statistics-explained/index.php?oldid=657500dan tiklangan
Gazeta.uz. (2025 yil 22-January). Number of labor migrants from Uzbekistan abroad drops
by more than a third. Gazeta.uz: https://www.gazeta.uz/en/2025/01/22/migrant/dan tiklangan
Global Voices. (2025 yil 18-January). Uzbekistan seeks new labor markets. Global Voices:
https://globalvoices.org/2025/01/18/uzbekistan-seeks-new-labor-markets/dan tiklangan
Government of Canada. (2025 yil 12-February). Canada and Uzbekistan. Government of
Canda:
https://www.international.gc.ca/country-pays/uzbekistan-
ouzbekistan/index.aspx?lang=engdan tiklangan
ICMPD. (2022 yil 28-SEPTEMBER). INTERNATIONAL CENTRE FOR MIGRATION POLICY
DEVELOPMENT.
ICMPD.ORG:
https://www.icmpd.org/news/icmpd-and-the-agency-for-
external-labor-migration-uzbekistan-signed-a-memorandum-of-understandingdan tiklangan
Imomova, N. A. (2024). OʻZBEKISTONDA MEHNAT MIGRATSIYASINING IJTIMOIY
TRANSFORMATSIYALASHUVI JARAYONLARIGA TAʼSIRI. FARGʻONA: CLASSIK.
International Organization for Migration. (2019). International Organization for Migration,
qaytish. International Organization for Migration, Qaytish, 65-72.
The Diplomat, S. N. (2024 yil 05-November). Russia Still a cold front for central asian
migrants. The Diplomat: https://thediplomat.com/2024/11/russia-still-a-cold-front-for-central-
asian-migrantsdan tiklangan
The times of Central Asia. (2024 yil 26-March). Canada Joins List of Developed Countries
Seeking Uzbek Migrant Labor. The Times of Central Asia: https://timesca.com/canada-joins-list-
of-developed-countries-seeking-uzbek-migrant-labor/dan tiklangan
Yaxyoyeva, F. O. (2023). XALQARO ISHCHI KUCHI MIGRATSIYASI VA UNING
OʻZBEKISTONDA TUTGAN OʻRNI. INNOVATIVE DEVELOPMENT IN THE GLOBAL SCIENCE, 10
-22.
Yusupov, S. (2022). Yevropa Ittifoqi mehnat migratsiyasiva uning ijtimoiy-
iqtisodiy taʼsiri.
Taʼlim innovatsiyasi va Integratsiyasi, 45
-52.
Zikriyoev, A. (2020). Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti. Toshkent Davlat Iqtisodiyot
Universiteti.
Retrieved
from
https://www.researchgate.net/profile/Aziz-
Zikriyoev/publication/340900032_Xorijiy_Mamlakatlar_Iqtisodiyoti_1-
TOM_40_ta_mamlakat_Toshkent_Davlat_Iqtisodiyot_Universiteti/links/6283dd28a5268672baf7
dcaa/Xorijiy-Mamlakatlar-Iqtisodiyoti-1-TOM-40-ta-mamlakat-Toshkent-Davlat-Iqtisodiyot-
