www.sci-p.uz
III SON. 2025
927
O‘ZBEKISTONDA 2014
-
2023 YILLARDA TEMIR YO‘L TRANSPORTIDA YO‘LOVCHI
TASHISH FAOLIYATINING RIVOJLANISHI VA TAHLILI
Nasrullayev Nurbek
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada O‘zbekistonda 2014 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, daromad va
xarajatlari tahlil qilinadi.
Maqolada temir yo‘l transportining iqtisodiyotdagi o‘rni, rivojlanish
tendensiyalari va pandemiya davridagi ta’siri o‘rganilgan. Shuningdek, infratuzilmani yaxshilash,
zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va xizmat sifatini oshirish bo‘yicha strategik ta
kliflar
keltiriladi. Maqsad
–
yo‘lovchi tashish faoliyatining sama
radorligini oshirish va iqtisodiy
barqarorlikni ta’minlash.
Kalit so‘zlar:
t
emir yo‘l transporti, yo‘lovchi tashish, iqtisodiy tahlil, infratuzilma,
zamonaviy texnologiyalar, pandemiya ta’siri, O‘zbekiston, transport strategiyasi.
РАЗВИТИЕ И АНАЛИЗ ПАССАЖИРСКИХ ПЕРЕВОЗОК ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНЫМ
ТРАНСПОРТОМ В УЗБЕКИСТАНЕ (2014
-
2023 гг.)
Насруллаев Нурбек
Ташкентского университет информационных технологий имени
Мухаммада ал
-
Хорезми
Аннотация.
В статье проведен анализ ключевых показателей, доходов и расходов
пассажирских перевозок железнодорожным транспортом в Узбекистане за период с 2014
по 2023 годы. Рассмотрена роль железнодорожного транспорта в экономике страны,
тенденции развития и влияние пандемии. Также предложены стратегические
рекомендации по улучшению инфраструктуры, внедрению современных технологий и
повышению качества обслуживания. Цель исследования –
повышение эффективности
пассажирских перевозок и обеспечение экономической устойчивости.
Ключевые слова:
железнодорожный транспорт, пассажирские перевозки,
экономический анализ, инфраструктура, современные технологии, влияние пандемии,
Узбекистан, транспортная стратегия.
UOʻK:
303.832.33
927-931
www.sci-p.uz
III SON. 2025
928
DEVELOPMENT AND ANALYSIS OF PASSENGER TRANSPORTATION
BY RAILWAY IN UZBEKISTAN (2014-2023)
Nasrullaev Nurbek
Tashkent Univesity of Information Technology
named after Muhammad al-Khwarizmi
Abstract.
This article analyzes key indicators, revenues, and expenditures related to
passenger transportation by railway in Uzbekistan from 2014 to 2023. It explores the role of
railway transport in the national economy, development trends, and the impact of the pandemic.
The study also provides strategic recommendations to improve infrastructure, implement modern
technologies, and enhance service quality. The main goal is to increase the efficiency of passenger
transportation and ensure economic sustainability.
Keywords:
railway transport, passenger transportation, economic analysis, infrastructure,
modern technologies, pandemic impact, Uzbekistan, transport strategy.
Kirish.
Temir yo‘l transporti jamiyat iqtisodiyotining asosiy sohalaridan biri bo‘lib, yo‘lovchilar
va yuklarni samarali, xavfsiz va tezkor tashishni ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi.
O‘zbekistonda temir yo‘l tarmog‘i so‘nggi o‘n yilliklar davomida sezilarli rivojlanish yo‘lidan
o‘tmoqda. Ayniqsa, 2014 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda temir yo‘l transporti sohasida
ko‘plab o‘zgarishlar, yangilanishlar va yangi imkoniyatlar yuzaga kel
di. Ushbu jarayon iqtisodiy
barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu ishda 2014
-2023 yillar
oralig‘ida temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlari, daromad
va xarajatlar statistikasi tahlil qilinadi. Shuningdek, yo‘lovchi tashish faoliyatini rivojlantirish
bo‘yicha strategik yo‘nalishlar, infratuzilmani modernizatsiya qilish, zamonaviy
texnologiyalarni joriy etish, xizmat sifatini yaxshilash va kadrlarni malakalashtirish
masalalariga e’tibor qaratiladi. Maqsad –
temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish xizmatlarini
yanada samarali va sifatli qilish uchun amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Adabiyot sharhi.
Ushbu tadqiqotda 2014-
2023 yillar davomida O‘zbekiston temir yo‘l transportida
yo‘lovchi tashish faoliyatining o‘sishi, xizmat sifatining yaxshilanishi, raqamli
texnologiyalarning joriy etilishi va iqtisodiy samaradorlik bo‘yicha ko‘plab olimlar tahlil
qilingan.
1.
Abdullayev
(
2018
)
va Karimovlar
(
2017
)
o‘z izlanishlarida yo‘lovchi tashish hajmining
o‘sishi va yo‘nalishlar tahlili
.
2014 yildan boshlab yo‘lovchi tashish hajmi har yili o‘rtacha 4
-5%
ga o‘sdi. 2023 yilda umumiy tashilgan yo‘lovchilar soni 75 million atrofida bo‘lib, 2014 yilga
nisbatan 50% ga oshdi. Eng katta o‘sish markazlararo yo‘nalishlarda kuzatildi, ayniqsa
Toshkent
–
Samarqand va Toshkent
–
Buxoro yo‘nalishlari bo‘yicha. Shuningdek, yangi
yo‘nalishlarning ochilishi ham yo‘lovchi oqimini oshirishga xizmat qildi.
2.
Islomov
(
2020
)
va Nurmatovlar
(
2019
)
tadqiqotlarida x
izmat ko‘rsatish sifatining
yaxshilanishi.
Temir yo‘l kompaniyalari xizmat sifatini oshirish uchun investitsiyalar kiritdi.
Yangi zamonaviy vagonlar xarid qilindi, stansiyalar va kutish xonalari modernizatsiya qilindi.
Yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar —
chipta sotib olish, yo‘lovchi ma’lum
otlarini olish va
qabul qilish jarayonlari raqamlashtirildi. Natijada, yo‘lovchilarning xizmatdan qoniqish
darajasi 2018 yildan boshlab 85% dan 95% ga oshdi.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra
raqamli
texnologiyalar va axborot tizimlari.
2020 yildan boshlab chipta sotish va yo‘lovchilarni
ro‘yxatga olish uchun elektron tizimlar joriy etildi. Bu tizimlar yo‘lovchi oqimini boshqarish va
www.sci-p.uz
III SON. 2025
929
xizmat ko‘rsatish tezligini oshirishga yordam berdi. Chipta sotishning onlayn platformalari
kengaytirildi, bu esa qator muammolarni bartaraf qildi.
4.
Karimov
(
2017
)
va Rustamovlar
(
2016
)
iqtisodiy samaradorlik va moliyaviy
ko‘rsatkichlar
.
Temir yo‘l kompaniyasi daromadlari 2014 yildan 2023 yilgacha 40% ga o‘sdi.
Xarajatlarni kamaytirish bo‘yicha ishlar olib borildi, jumladan energiya tejamkorligi va texnik
xizmat ko‘rsatishni optimallashtirish orqali.
Bu kompaniyaning iqtisodiy barqarorligini
mustahkamladi.
5.
Qodirov
(
2021
)
, Nurmatov
(
2019
)
va Abdullayevlar
(
2018
)
quyidagi kamchiliklar va
muammolarni ko
‘
rsatib o
‘
tishgan:
−
ba’zi yo‘nalishlarda eskirgan infratuzilma transport samaradorligini pasaytiradi.
−
yo‘lovchilar oqimi notekis taqsimlangan, ayniqsa qish va yoz fasllarida yo‘lovchi
sharoiti qiyinlashadi.
−
narx siyosati barcha hududlardagi aholining moliyaviy imkoniyatlariga mos emas.
−
kadrlar tayyorlash va malaka oshirish sohasida hali ham kamchiliklar mavjud.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqotda temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish faoliyatining rivojlanishini
tahlil qilish uchun sifat va miqdoriy usullar birgalikda qo‘llanildi. Asosiy ma’lumotlar manbai
sifatida Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston temir yo‘llari milliy
kompaniyasi, shuningdek,
soha bo‘yicha nashr etilgan hisobotlar va rasmiy hujjatlar o‘rganildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Temir yo’l transporti jamiyat iqtisodiyotida muhim rol o’ynaydi, chunki u yo’lovchilar va
yuklarni samarali va xavfsiz tashishni ta’minlaydi. O’zbekistonda temir yo’l tarmog’i davrlar
davomida rivojlanib, 2014 yildan 2023 yilgacha bo’lgan muddatda o’zgaris
hlar va yangi
imkoniyatlar bilan to’la bo’ldi. Bundan tashqari, temir yo’l transportining rivojlanishi iqtisodiy
barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka ham ijobiy ta’sir ko’rsatadi. 2014
-2023 yillar davridagi
yo’lovchi tashish faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari, daromad va xarajatlar to’g’risidagi
statistik ma’lumotlar tahlil qilinadi. Temir yo’l transportida yo’lovchi tashish faoliyatini
rivojlantirishning strategik yo’nalishlari, jumladan, infratuzilmani yaxshilash, zamonaviy
texnologiyalarni joriy qilish
, xizmat ko’rsatish sifatini oshirish va kadrlarni malakaloshtirish
borasida takliflar berilgan. Maqsad
–
temir yo’l transportidagi yo’lovchi tashish faoliyatini
takomillashtirish uchun samarali usullar va takliflar bilan bo‘lishishdir.
2014 yilda yo’lovchi tashish faoliyatida 3,8 milliard yo’l
-
km ni tashkil etgan temir yo’l
transporti, 2023 yilda 3,9 milliard yo’l
-km ga yetib, bu borada faoliyatni jadal rivojlantirganini
ko’rsatadi. O’tgan yillar davomida temir yo’l yo’lovchilarining soni ham ko’paya borgan: 2014
yilda 19,8 million yo’lovchi, 2023 yilda esa 10,1 million yo’lovchi tashilgan. Ammo, 2020 yilda
pandemiya ta’sirida yo’lovchi soni 6,3 milliongacha pasaydi. Bundan tashqari, temir yo’l
transportidan olingan daromad ham oshgan. 20
14 yilda 232,3 milliard so’m bo’lgan daromad,
2023 yilda 532,8 milliard so’mga yetib, rivojlanish dinamikasiga erishilgan. Ammo xarajatlar
ham sezilarli darajada oshgan: 2014 yilda 199,3 milliard so’mdan 468,3 milliard so’mgacha. Bu
faoliyatni rivojlantirishda infratuzilmani yaxshilash va zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishning zarurligini ko’rsatadi.
Temir yo’l transportida yo’lovchi tashish faoliyatining samaradorligi va dinamikasi,
olingan ma’lumotlarni to’plash, tahlil qilish va prognozlash usullari orqali aniqlanadi. 2014
-
2023 yillar oralig’idagi ko’rsatkichlarning tahlili, iqtisodiy samaradorlik,
daromadlar, xarajatlar
va zararlarni aniqlash uchun muhim ahamiyatga ega.
2014 yildan 2019 yilgacha yo’lovchi
aylanmasi (mln.yo’l
-
km) ijobiy tendensiyani ko’rsatadi. 2014 yilda 3,759.5 mln.yo’l
-km dan
2019 yilda 4,385.2 mln.yo’l
-km ga oshgan. 2020 yilda pa
ndemiya ta’siri bilan yo’lovchi
aylanmasi sezilarli darajada kamaygan (1,794.9 mln.yo’l
-
km). 2021 yildan boshlab yana o’sish
tendensiyasi kuzatilmoqda, 2023 yilga kelib 3,962.7 mln.yo’l
-km ga yetgan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
930
1-jadval
Yo’lovchi
tashish faoliyatining asosiy
ko’rsatkichlari
(
Statistik
ma’lumoti ta
hlili,
2014-2023
)
Yil
Yo’lovchi aylanmasi,
mln. yo’l
-km
Yo’lovchi soni,
mingda
Daromad,
mlrd.so’m
Xarajat,
mlrd. so’m
2014
3,759.5
19,846.70
232.3
199.3
2015
3,757.7
20,633.20
189.1
175.2
2016
3,933.6
20,961.90
221.4
180.4
2017
4,293.9
21,591.10
302.5
214.1
2018
4,329.8
22,667.90
330.9
263.2
2019
4,385.2
23,327.40
379.0
287.7
2020
1,794.9
6,279.00
228.0
214.9
2021
3,130.2
7,968.20
335.3
296.1
2022
3,549.4
9,139.20
415.4
347.8
2023
3,962.7
10,069.20
532.8
468.3
2014 yildan 2019 yilgacha yo’lovchi soni (mingda) ham o’sish ko’rsatmoqda. 2014 yilda
19,846.70 mingdan 2019 yilda 23,327.40 mingga ko’tarilgan. 2020 yilda pandemiya tufayli
yo’lovchi soni kamaygan (6,279.00 ming). 2021 yildan 2023 yilgacha yo’lovchi soni
yana
o’sishga ko’chgan, 2023 yilda 10,069.20 mingga yetgan. Daromad 2014 yilda 232.3
mlrd.so’mdan 2019 yilda 379.0 mlrd.so’mga ko’tarilgan. 2020 yilda pandemiya tufayli daromad
228.0 mlrd.so’mga kamaygan, ammo 2021 yildan 2023 yilgacha barqaror o’sish kuza
tilmoqda
(2023 yilda 532.8 mlrd.so’m). Xarajatlar ham 2014 yildan 2019 yilgacha o’sdi, lekin 2020 yilda
214.9 mlrd.so’mga tushdi. 2021 yildan 2023 yilgacha yana o’sish kuzatildi (2023 yilda 468.3
mlrd.so’m). 2014
-
2019 yillarda o’sish tendensiyasi, 2020 yil
da pandemiyaga oid kamayish va
2021-
2023 yillarda qaytadan o’sish bo‘lgan. Daromadlar va xarajatlar orasida mos ravishda
o’sish va kamayish, lekin daromadlar doimiy ravishda oshishda.
Ushbu tahlil, transport
sohasidagi iqtisodiy harakatlarni, shuningdek, p
andemiyaning ta’sirini ko’rsatadi. Kelajakda,
transport sektorining tiklanishi va o’sishi uchun samarali strategiyalar ishlab chiqish
muhimdir.
2020 da yalpi ichki mahsulot 888 341,7 mlrd. so’mni, undagi jami xizmatlar hajmi 357
554,5 mlrd. so’mni yoki 40 foizni, undagi transport xizmatlari hajmi 81 006,0 mlrd. so’mni
tashkil yetgan bo’lib, "O’zbekiston temir yo’llari" AJ tomonidan ko’rsatilgan xi
zmatlar yesa 9
234, 7 mlrd. so’mni ya’ni 11,4 foizni tashkil yetgan. 2014 yilda daromad 232,3 mlrd. so’mni
tashkil etgan bo’lsa, 2023 yilda bu ko’rsatkich 532,8 mlrd. so’mga yetib, 129% ga o’sishni
ko’rsatadi. Xarajatlar 199,3 mlrd.so’mdan 468,3 mlrd. so’mga ko’tarildi, bu esa 135% o’sishni
tashkil qiladi. Zararning o’sishi, transport sohasidagi samaradorlikni ta’minlashdagi
muammolarni aniqlaydi. Zarar 2014 yilda -
1487,6 mlrd. so’mdan 2023 yilda
-3509,9 mlrd.
so’mga yetib, 136% o’sdi. 2014
-2019 yillarda yo
’lovchilar soni ustun o’sishni ko’rsatgan, 2019
yilda eng yuqori ko’rsatkich 23327,4 mingni tashkil etgan. 2020 yilda pandemiya davridagi
katta kamayish 73% ni tashkil etdi, bu jamiyatda transportga bo’lgan talabning keskin
kamayishi bilan bog’liq. 2021 yildan boshlab qayta tiklanish kuzatildi va 2023 yilda yo’lovchilar
soni 10069,2 mingga yetib, yaqinlashdi. 2014-
2019 yillarda yo’lovchi aylanmasi barqaror o’sdi,
2019 yilda 4385,2 mln.yo’l
-kmni tashkil etdi. 2020 yilda pandemiya vaqtida katta kamayish
ko’rsatilgan, 59,2% ga tushib ketgan. 2021 yildan boshlab, yo’lovchi aylanmasi jadal tiklanishni
ko’rsatib, 2023 yilda 3962,7 mln.yo’l
-kmga yetgan.
Kengaytirilgan daromad: Ushbu tahlil, yo’lovchi tashishdan olingan daromadning 129%
ga o’sishini ko’rsatadi. Bunday o’sish, yuqori darajada raqobat va xizmatlar sifati bilan bog’liq.
Pandemiyaning ta’siri: Pandemiya davrida yo’lovchi tashish faoliyatiga to’sqinlik bo’ldi, bu
yo’lovchilar soni va aylanmasiga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Bundan so’ng qayta tiklanish jarayoni
boshlandi, 2021 yildan 2023 yilgacha yuqori ko’rsatkichlarga erishildi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
931
Yo’lovchi tashish faoliyatining hududiy taqsimoti ham ahamiyatli. Toshkent, Samarqand,
Buxoro, Andijon, Namangan kabi hududlarda yo’lovchi tashish hajmi va daromadlar sezilarli
o’sish ko’rsatgan. Bu hududlarda transport infratuzilmasining rivojlanishi va a
holi zichligining
o’sishi bilan bog’liq. Keng qamrovli investitsiyalar, infratuzilmani yangilash va xizmat
ko’rsatishni yaxshilash zarur. Shuningdek, transport sohasidagi ijtimoiy reklama
kampaniyalari orqali temir yo’lning afzalliklarini keng targ’ib qilish va yo’lovchilarga qulaylik
yaratish maqsadga muvofiq.
Pandemiya ta’siridan so’ng, transport sektorida samaradorlikni oshirish uchun qator
chora-
tadbirlar ko’rilmoqda. Jumladan, chipta narxlarini bosqichma
-bosqich oshirish, yangi
zamonaviy vagonlar sotib olish, infratuzilmani modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Bu
transport xizmatlarining sifatini oshirish, yo’lovchi oqimini ko’paytirish va daromadlarni
optimallashtirishga yordam beradi. Xodimlarning malakasini oshirish, yangi kadrlar tayyorlash
va xizmat ko’rsatish jarayonlarini raqamlashtirish ham muhim
yo’nalishlardan hisoblanadi.
Kelajakda temir yo’l transportining yanada rivojlanishi uchun yagona chipta tizimini joriy
qilish taklif qilinmoqda. Bu yo’lovchilarga temir yo’l, avtobus va havo transportlari o’rtasida
integratsiyalashgan xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. Shuningdek, hududiy
investitsiyalarni samarali taqsimlash va hududlararo farqlarni kamaytirish orqali transport
infratuzilmasining umumiy sifatini oshirish ko’zda tutilmoqda. Shu bilan birga, ekologik toza va
iqtisodiy jihatdan samarali transportni rivojlantirish
ustuvor vazifa bo’lib qoladi.
Natijada, 2014-
2023 yillar orasidagi tahlil temir yo’l transportining rivojlanishining
asosiy jihatlarini, o’zgarishlarni va istiqbollarni aniq ko’rsatadi. Pandemiya ta’siridan keyin
tiklanish va o’sish istiqbollari mavjud bo’lib, infratuzilmani yangilash,
xizmat sifatini oshirish
va samaradorlikni ta’minlash orqali sohaning raqobatbardoshligini oshirish mumkin. Temir
yo’l transportining jadal rivojlanishi iqtisodiyotning boshqa sohalariga ham ijobiy ta’sir
ko’rsatadi va aholi uchun yanada qulay transport i
mkoniyatlarini yaratadi.
Xulosa va takliflar.
2014-
2023 yillar davomida O’zbekiston temir yo’l transporti yo’lovchi tashish sohasida
sezilarli rivojlanishlarga erishdi. Yo’lovchi aylanmasi va daromadlar barqaror o’sish
tendensiyasini ko’rsatdi, biroq 2020 yildagi pandemiya vaqtida yo’lovchilar soni va
daromadlarda keskin pasayish kuzatildi. Shunga qaramay, 2021 yildan boshlab soha tezda
tiklandi va 2023 yilda ko’rsatkichlar pandemiyadan oldingi darajaga yaqinlashdi.
Xarajatlarning oshishi va zararlarning ko’payishi sohada samaradorlikni oshirish va
inf
ratuzilmani zamonaviylashtirish zaruratini ko’rsatadi. Kelajakda transport xizmatlari
sifatini yaxshilash, yangi texnologiyalarni joriy etish, kadrlar malakasini oshirish hamda yagona
integratsiyalashgan chipta tizimini yo‘lga qo‘yish muhim yo‘nalishlar hi
soblanadi.
Temir yo’l
transportining yanada rivojlanishi iqtisodiyotning boshqa sohalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi,
aholi uchun qulay va xavfsiz transport imkoniyatlarini yaratadi hamda mamlakatning umumiy
barqarorligini ta’minlashga hissa qo‘shadi.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
Abdullayev A. (2018)
"Temir yo‘l transportining rivojlanish istiqbollari", –
Toshkent.
Islomov B. (2020)
"Yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish", Toshkent.
Karimov D. (2017)
"O‘zbekiston temir yo‘l transporti iqtisodiyoti", Samarqand.
Nurmatov E. (2019) "Transport infratuzilmasini modernizatsiyasi", Toshkent.
O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi, "Temir yo‘l transportida innovatsiyalar",
(2022).
Qodirov S. (2021) "Kadrlar tayyorlash va malaka oshirish masalalari", Toshkent.
Rustamov F. (2016) "Iqtisodiy samaradorlik va transport", Toshkent.
Statistik ma’lumoti taxlili (2014
-
2023) “O’zbekiston temir yo’llari” AJga qarashli bo’lgan
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” statistik ma’lumoti taxlili.
Tashkent Temir Yo‘llari Axborot Tizimlari Bo‘limi, (2021) "Raqamli chipta sotish tizimi".
