www.e-itt.uz
II SON. 2024
65
SURXONDARYO VILOYATI IQTISODIYOTIDA KICHIK TADBIRKORLIK
SUBYEKTLARI O’RNINING STATISTIK TAHLILI
Fayziyeva Aziza Azamat qizi
Termiz davlat universiteti
ORCID: 0009-0001-9469-4896
Annotatsiya.
Ushbu maqolada kichik biznes va tadbirkorlikning Surxondaryo viloyati
iqtisodiyotidagi o’rni va ahamiyati haqida so’z yuritilgan. Kichik tadbirkorlik subyektlarining
soni, uning rivojlanishi, iqtisodiyot tarmoqlaridagi ulushi, hududning tashqi savdo
operatsiyalaridagi o’rni va ahamiyati, hududdagi bandlik darajasiga qo’shayotgan hissalari kabi
statistik ko’rsatkichlar tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
mikrofirma, kichik korxona, savdo, xizmat ko’rsatish, bandlik, tashqi savdo
operatsiyalari, YAHM.
СТАТИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ МЕСТА СУБЪЕКТОВ МАЛОГО БИЗНЕСА В
ЭКОНОМИКЕ СУРХОНДАРЬИНСКОЙ ОБЛАСТИ
Файзиева Азиза Азамат кизи
Термезский государственный университет
Аннотация.
В данной статье говорится о роли и значении малого бизнеса и
предпринимательства в экономике Сурхандарьинской области. Проанализированы
такие
статистические
показатели,
как
количество
субъектов
малого
предпринимательства, их развитие, их доля в отраслях экономики, место и значение
региона во внешнеторговых операциях, их вклад в уровень занятости в регионе.
Ключевые слова
:
микрофирма, малое предприятие, торговля, услуги, занятость,
внешнеторговые операции, ВНП.
STATISTICAL ANALYSIS OF THE PLACE OF SMALL BUSINESS ENTITIES IN
THE ECONOMY OF THE SURKHONDARYA REGION
Fayziyeva Aziza Azamat qizi
Termez State University
Abstract.
This article talks about the role and importance of small business and
entrepreneurship in the economy of Surkhandarya region. Statistical indicators such as the
number of small business entities, their development, their share in economic sectors, the place
and importance of the region in foreign trade operations, and their contribution to the level of
employment in the region were analyzed.
Key words
:
micro-firm, small enterprise, trade, service, employment, foreign trade
operations, GNP.
UOʻK: 311.172
65-69
www.e-itt.uz
II SON. 2024
66
Kirish.
Ma’lumki, jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanishida tadbirkorlik sohalari, xususan, kichik
tadbirkorlik muhim o’rin tutadi. Jahon iqtisodiyotini barqaror rivojlantirish, aholi farovonligini
ta’minlash va bandlik darajasini oshirish, kambag’allik darajasini qisqartirishda kichik biznes
va tadbirkorlikning o’rni beqiyos. Kichik korxonalar aksariyat mamlakatlar iqtisodiyotida,
xususan, rivojlanayotgan mamlakatlarda katta rol o'ynaydi. Kichik biznes korxonalari butun
dunyo bo'ylab korxonalarning aksariyat qismini tashkil qiladi va yangi ish o'rinlari yaratish va
global iqtisodiy rivojlanishga muhim hissa qo'shmoqda. Ular butun dunyo bo'ylab
korxonalarning qariyb 90% va bandliklarning 50% dan ortig'ini ifodalaydi. Rasmiy, ro’yxatdan
o’tgan kichik korxonalar rivojlanayotgan mamlakatlarda milliy daromadning 40% igacha hissa
qo'shadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilga borib o‘sib borayotgan global ishchi kuchini
o‘zlashtirish uchun 600 million ish o‘rni kerak bo‘ladi, bu esa kichik korxonalarni
rivojlantirishni butun dunyo bo‘ylab, ko‘plab hukumatlar uchun ustuvor vazifaga aylantiradi.
Rivojlanayotgan bozorlarda rasmiy ish o'rinlarining ko'pchiligi kichik va o'rta korxonalar
tomonidan yaratilgan bo'lib, ular 10 ish o'rnidan 7 tasini yaratishga xizmat qiladi. Jahon banki
ma’lumotlariga qaraganda, «
kichik korxonalar Germaniya YaIM ining 55 %, bandlikning
deyarli 60%; Xitoyda YaIMning 60%, bandlikning 75%, umumiy soliq tushumlarining 50%,
Janubiy Koreyada YaIM ning 60% dan ortig’i, bandlikning 83 % qismi aynan kichik korxonalar
tomonidan ta’minlanadi»
1
.
Adabiyotlar sharhi.
Tadbirkorlik tushunchasi hozirgi kunda keng qo’llaniladigan tushunchalardan biri
hisoblanadi. Bu atamaga turli davr olimlari turlicha ta’rif berishgan. Garchi olimlarning ta’riflari
turlicha bo’lsada, ular bir-birini inkor etmaydi, aksincha bir-birini to’ldirish uchun xizmat
qiladi. Smitning (1962) biznes va tadbirkorlik shaxsiy foyda olish uchun tavakkalchilik tijorat
g’oyasini amalga oshiruvchi mulkdor deb ta’riflaydi. Muldkor ishlab chiqarishni tashkil qiladi,
rejalashtiradi, uning natijalarini o’zlashtiradi.
Mashhur amerikalik iqtisodchi Y. Shumpeter (1883-1950) o‘zining «Iqtisodiy rivojlanish
nazariyasi» kitobida, tadbirkorni novator (yangilik bunyod qiluvchi odam) deb ta’riflagan
(Шумпетер, 1982).
Avstraliyalik iqtisodchi olim Fridrix Fon Xayn (1989) esa tadbirkorlik tushunchasiga
boshqacha yondashgan. Uning fikricha, tadbirkorlik faoliyat bo‘lmasdan, balki yangi iqtisodiy
imkoniyatlarni izlab topish, xatti-harakatlarni ta’minlashdir. Amerikalik olim Xizrich, (1991)
«Tadbirkorlik o‘z qiymatiga ega bo’lgan qandaydir yangi narsani yaratish jarayoni, tadbirkor
esa buning uchun barcha zarur vaqti va kunini sarflaydigan, barcha moliyaviy, psixologik va
ijtimoiy xavf-xatarni o ‘ziga olib, evaziga mukofot sifatida pul va erishilgan yutug‘idan
qanoatlanuvchi shaxs», – deb ta ’kidlaydi.
Respublikamiz iqtisodchi olimlaridan O’lmasov (1995) tadbirkorlikni “kishilarning
moddiy va pul mablag’larini amalda xo’jalik oborotiga tushirib, daromad topishga mo’ljallangan
iqtisodiy faoliyat” deb ta’riflagan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot metodologiyasi sifatida ilmiy mushohada, qiyosiy tahlil, iqtisodiy-statistik tahlil,
prognozlash usullaridan foydalaniladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Kichik biznes va tadbirkorlik Surxondaryo viloyati iqtisodiyotida alohida o’rin tutadi.
Hudud iqtisodiyotining yanada rivojlanishi, aholi bandligi va farovonligini ta’minlashda kichik
korxonalarning o’rni beqiyos. Statistik ma’lumotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 2024-yilning
1-iyul holatiga ko’ra hududda faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 19,4
1
www.e-itt.uz
II SON. 2024
67
mingtani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 mingtaga kamaygan yoki 7,9 % ga
pasayganligini ko’rishimiz mumkin. Viloyatimiz miqyosida kichik tadbirkorlik subyektlarining
soni har 1000 aholiga 8,9 birlikni tashkil qiladi.
1-jadval
Faoliyat yuritayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni dinamikasi
(fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz), ming birlikda
Yillar
2020
2021
2022
2023
2024
Faoliyat yuritayotgan kichik
korxona va mikrofirmalar soni
19,7
23,7
26,0
21,0
19,4
Manba:
surxonstat.uz
Quyidagi keltirilgan jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, Surxondaryo
viloyatida faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalar soni 2020, 2021 hamda
2022 yillarda o’sgan. Oxirgi ikki yilda esa faoliyat ko’rsatayotgan kichik korxonalar soni
kamaygan. Bu pasayish turli xil omillar ta’sirida ro’y berishi mumkin.
2-jadval
Surxondaro viloyatidagi kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot
tarmoqlaridagi ko’rsatkichlari hajmi
Yillar
YAHMda
kichik biznes
hajmi (mlrd.
so’m)
Sanoat
(mlrd.
so’m)
Qurilish
(mlrd.
so’m)
Savdo
(mlrd.
so’m)
Qishloq,
o’rmon va
baliq xo’jaligi
(mlrd.
so’m)
Xizmatlar
(mlrd.
so’m)
2010
2 433,9
192,3
264,4
1234,6
2319,9
653,6
2011
3 850,2
296,5
360,1
1630,5
4120,4
847,9
2012
4 743,6
362,9
478,3
2100,1
4872,3
1088,4
2013
5 510,3
449,2
667,9
2786,0
5453,9
1388,2
2014
6 863,8
608,2
832,1
3571,9
6812,6
1845,6
2015
8 469,1
747,6
1052,8
4337,8
8262,3
2360,0
2016
9 500,0
995,7
1303,7
5604,2
8826,5
3015,2
2017
12 838,2
1204,6
1407,4
6605,9
11763,3
3431,7
2018
17 025,9
1558,6
2336,3
8161,5
15243,9
4563,9
2019
19 843,7
1736,4
3205,1
9740,5
17962,6
4879,9
2020
21 257,7
2413,2
4020,9
11500,2
19264,1
5331,3
2021
25 965,9
3378,6
5086,2
14264,9
22920,8
6938,5
2022
30 106,9
3066,0
6015,4
16832,6
26442,9
8292,3
2023
35 551,3
4137,3
6711,8
20208,1
31679,0
9979,1
Manba:
surxonstat.uz
Quyidagi jadval ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, YAHM dagi kichik biznes hajmi
yillar davomida oshib borgan. 2020 yilda kichik biznesning YAHM dagi ulushi 71,5 % ni tashkil
etgan bo’lsa, 2024 yilga kelib bu ko’rsatkich 75,2 % ni tashkil etgan.
Kichik biznes hajmining eng yuqori o’sishi sanoatda yuz bergan. 2010 yilda kichik
biznesning sanoatdagi hajmi 192,3 mlrd so’mni tashkil etgan bo’lsa, 2024-yilning yanvar-
iyunida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan 3 054,0 milliard so‘mlik sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarildi. Bu raqamlarni foizda ifodalaydigan bo’lsak, 2010 yilda kichik biznes va
tadbirkorlikning sanoatdagi ulushi 25,4 5ni tashkil etgan bo’lsa, 2024 yilga kelib bu ko’rsatkich
59,2 % ni tashkil etgan. Savdo, qishloq xo’jaligi va xizmatlar sohasida ham kichik biznesning
ulushi ortib borayotganligini ko’rishimiz mumkin.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
68
Kichik tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlaridagi o’rni judayam katta.
Jumladan, tashqi savdo operatsiyalarida kichik korxonalar o’ziga xos o’ringa ega. So’nggi
yillarda tadbirkorlik subyektlariga keng imkoniyatlar yaratilishi oqibatida ularning tashqi
savdodagi roli yanada oshdi.
3-jadval
Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan eksport-import
hajmi (mlrd so’m)
Yillar
Eksport (mlrd so’m)
Import (mlrd so’m)
2010
85,34
23,75
2011
131,035
59,95
2012
109,913
111,302
2013
285,159
285,159
2014
117,224
109,716
2015
202,495
52,809
2016
176,735
256,218
2017
885,080
1477,03
2018
1405,12
3013,71
2019
1681,79
2294,03
2020
1412,16
1979,96
2021
1528,01
2012,43
2022
1634,36
1183,11
2023
1944,46
1169,64
Manba:
surxonstat.uz ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tayyorlandi.
Tashqi savdo aloqalari hudud iqtisodiyotini rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadigan
omillardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda viloyatimiz miqyosida tashqi savdo operatsiyalari
keng miqyosda amalga oshirilmoqda. 2024-yilning yanvar-iyunida viloyatda kichik biznes
subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmi 106
864,7 ming AQSH dollarini yoki umumiy eksport hajmining 84,9 % ini tashkil etdi. 2024-yilning
yanvar-iyunida kichik biznes subyektlari tomonidan amalga oshirilgan mahsulot (ishlar va
xizmatlar) importining hajmi 66 979,6 ming AQSH dollarini yoki jami importning 87,8 % ini
tashkil etdi.
1-diagramma. 2019-2024-yillarning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik
subyektlarining mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmidagi ulushi
dinamikasi, % da
73,2
61,6
51,7
51,7
72,6
84,9
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
2019
2020
2021
2022
2023
2024
www.e-itt.uz
II SON. 2024
69
Diagramma ma’lumotlaridan ko’rishimiz mumkinki, kichik tadbirkorlik subyektlari
tomonidan amalga oshirilgan eksport hajmi so’nngi yillarda oshgan. Kichik tadbirkorlik
subyektlarining mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) eksporti hajmidagi ulushi dinamikasi ayrim
yillar, jumladan 2020, 2021 hamda 2022 yillar kamayganlining asosiy sababi pandemiya davri
hisoblanadi. Koronavirus pandemiyasi ijtimoiy hayotimiznining ayrim sohalariga ta’sir etib
qolmasdan, iqtisodiyotga ham jiddiy ta’sir ko’rsatdi. Aynan pandemiya davrida jahon bo’yicha
tashqi savdo operatsiyalari dinamikasi kamayganligini ko’rishimiz mumkin.
2-diagramma. 2019-2024-yillarning yanvar-iyunida kichik tadbirkorlik
subyektlarining mahsulotlar (ishlar va xizmatlar) importi hajmidagi ulushi
dinamikasi, % da
Tashqi iqtisodiy faoliyat boʻyicha 20 ta yirik hamkor-davlatlar orasidan sakkizta davlatda
faol tashqi savdo balansi kuzatilgan, xususan, Afgʻoniston, Pokiston, Qozog‘iston, Qirgʻiz
Respublikasi, Singapur, Turkiya, Ozarbayjon va Tojikiston shular jumlasidandir. Qolgan 12 ta
davlatlar bilan passiv tashqi savdo balansi saqlanib qolmoqda.
Xulosa va takliflar.
Kichik tadbirkorlik hudud iqtisodiyotida o’ziga xos o’ringa ega. Buning yorqin namunasi
sifatida kichik biznesning YAHM dagi ulushini ko’rishimiz mumkin. Bundan tashqari kichik
korxonalar sanoat, savdo, qurilish, investitsiya faoliyatida ham salmoqli ulushga ega.
Tashqi savdo aloqalarida ham mazkur tadbirkorlik turining o’rni beqiyos. Hozirgi kunda
Surxondaryo viloyati jahonning 57 ta mamlakatlari bilan savdo aloqalarini amalga oshirib
kelmoqda. Tashqi savdo operatsiyasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy Xalq Respublikasida,
Qozogʻistonda, Rossiya Federatsiyasida, Pokiston, Turkiyada, Afg‘oniston, Tojikiston va
Ukraina kabi davlatlar bilan qayd etilgan.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference.
Smit Adam. (1962) Issledovaniyao prirode I prichine bogatstvo narodov. –M. Sotsekgiz, -
332-334 S.
Хайн Ф. (1989) Конкуренция как процедура открытия. «Мировая экономика и
международные отношения» журнали, 12, 36-38-6.
O’lmasov A., Sharifxo’jayev M. (1995) Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik. –T.: Mehnat, 192-bet.
Хизрич Р., Питерс С. (1991) Предпринимательство. –М., 20-6.
Шумпетер Й. (1982) Теория экономического развития. –М., 29-6.
80,4
90,7
90
65
91
87,8
0
10
20
30
40
50
60
70
80
90
100
2019
2020
2021
2022
2023
2024
