www.e-itt.uz
II SON. 2024
105
INNOVATSION TEXNOOGIYALARNING TAʼLIM JARAYONIGA INTEGRATSIYALASHUVI
Mamatov Alisher
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi
Davlat boshqaruvi akademiyasi
ORCID: 0000-0001-8233-5063
Annotatsiya.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida zamonaviy raqamli texnologiyalarni taʼlim
jarayoniga integratsiya qilish, taʼlim texnologiyalaridan (EduTech) dars jarayonlarida samarali
foydalanish, ularning taʼlim mazmuni va sifatiga taʼsiri yuzasidan oʻrganishlar oʻtkazilgan.
Shuningdek, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, mualliflik vositalari (Authoring tools),
taʼlimni boshqarish tizimlar (LMS), sunʼiy intellekt texnologiyalari va shu kabi innovatsion
yondashuvlar asosida taʼlim sohasini raqamli transformatsiya qilish istiqbollari muhokama
qilingan. Bundan tashqari, ilgʻor xorij tajribasi va taʼlimga oid interfaol platformalarni tahlil
qilish orqali, pedagog kadrlar uchun interfaol taʼlim resurslari, multimediali vositalar hamda
sunʼiy intellekt yordamida raqamli resurslarni yaratish usullari boʻyicha taklif va tavsiyalar
keltirib oʻtilgan.
Kalit soʻzlar:
innovatsion taʼlim texnologiyalari, pedagogik dasturiy vositalar, kiber
pedagogika, interfaol taʼlim resurslari, sunʼiy intellekt, multimedia vositalari, taʼlimni boshqarish
tizimlari, mualliflik vositalari.
ИНТЕГРАЦИЯ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫЕ ПРОЦЕССЫ
Маматов Алишер
Академия государственного управления при
Президенте Республики Узбекистан
Аннотация.
В данном научном исследовании рассматривается интеграция
современных цифровых технологий в образовательный процесс с акцентом на
эффективное использование образовательных технологий (EduTech) в учебной
деятельности и их влияние на содержание и качество образования. Обсуждаются
перспективы цифровой трансформации в образовании на основе современного
педагогического программного обеспечения, авторских инструментов, систем
управления обучением (LMS), технологий искусственного интеллекта и других
инновационных подходов. Кроме того, в исследовании представлены предложения и
рекомендации
по
разработке
интерактивных
образовательных
ресурсов,
мультимедийных средств и цифровых ресурсов с использованием искусственного
интеллекта, а также по применению передового международного опыта и анализу
интерактивных платформ для подготовки педагогических кадров.
Ключевые слова:
инновационные образовательные технологии, педагогическое
программное обеспечение, киберпедагогика, интерактивные образовательные ресурсы,
искусственный интеллект, мультимедийные средства, системы управления обучением,
авторские инструменты.
UOʻK: 316.4.063.3
105-114
www.e-itt.uz
II SON. 2024
106
INTEGRATION OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES INTO
EDUCATIONAL PROCESSES
Mamatov Alisher
Academy of Public Administration under the
president of the Republic of Uzbekistan
Annotation.
This scientific research explores the integration of modern digital technologies
into the educational process, focusing on the effective use of educational technologies (EduTech)
in classroom activities and their impact on the content and quality of education. It also discusses
the prospects of digital transformation in education based on modern pedagogical software,
authoring tools, learning management systems (LMS), artificial intelligence technologies, and
other innovative approaches. Furthermore, the study presents proposals and recommendations
on developing interactive educational resources, multimedia tools, and digital resources with the
assistance of artificial intelligence, drawing on advanced international practices and an analysis
of interactive platforms related to education for teaching personnel.
Keywords:
innovative educational technologies, pedagogical software, cyber pedagogy,
interactive educational resources, artificial intelligence, multimedia tools, learning management
systems, authoring tools.
Kirish.
Globallashuv jarayonida va bugungi zamonaviy tendensiyalarning barcha sohalarga keng
joriy etilishi natijasida raqamli texnologiyalar hayotimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.
Shu jumladan, taʼlim sohasida ham jadallik bilan rivojlanayotgan raqamli texnologiyalar,
anʼanaviy dars usullaridan yangi, innovatsion yondashuvlarga oʻtayotganini koʻrishimiz
mumkin. Oʻquv jarayonlarini samarali va sifatli tashkil qilish maqsadida taʼlim texnologiyalari
(EduTech)dan foydalanish tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Sababi innovatsion
texnologiyalarni taʼlimga integratsiyalashuvi, barcha taʼlim oluvchilarni istalgan joyda va
vaqtda bilim olish imkoniyatini yaratib bermoqda. Endilikda interfaol taʼlim platformalari va
zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar orqali darslarni yanada qiziqarli hamda samarali
tashkil etish boʻyicha koʻplab qulayliklar yaratilmoqda. Bu esa texnologiyalar nafaqat
oʻquvchilarning bilim olishiga, balki pedagoglarning ish samaradorligini oshirishga,
innovatsion metodlardan foydalanishga hamda raqamli kompetensiyalarini uzluksiz
shakllantirib borilishiga ham oʻz hissasini qoʻshmoqda.
Shu bilan birga, sunʼiy intellektning taʼlim jarayonlariga kirib kelishi raqamli
transformatsiya mexanizmlarida global inqilobni yuzaga keltirmoqda. Bunday texnologiyalar
individual oʻquv dasturlarini yaratish, oʻquvchilarning qobiliyat va ehtiyojlarini chuqur tahlil
qilish, ularning shaxsiy taʼlim olish trayektoriyasini aniqlash, oʻzlashtirish natijalari va qiziqish
doirasidan kelib chiqib turli xil kasblarga yoʻnaltirishga yordam beradi. Lekin, sunʼiy intellektni
taʼlim jarayonida aynan qaysi yoʻnalishlarda foydalanish boʻyicha aniq maqsadni belgilab olish
lozim.
Shuningdek, zamonaviy taʼlimda pedagogik dasturiy vositalar, immersiv texnologiyalar
(VR, AR) va mualliflik vositalaridan foydalanish ham katta oʻzgarishlar olib kelmoqda. Bu
vositalar yordamida oʻqituvchilar oʻzlariga mos raqamli resurslar va interfaol materiallarni
yaratib, oʻquvchilarning ehtiyojlariga moslab taqdim etishlari mumkin boʻladi. Taʼlimni
boshqarish tizimlari (LMS) esa oʻquv jarayonini rejalashtirish va boshqarishni yengillashtirib,
taʼlim natijalarini tahlil qilish va umumiy taʼlim jarayonini avtomatlashtirish orqali boshqarish
imkoniyatlarini taqdim etadi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
107
Shu oʻrinda, zamonaviy texnologiyalarni taʼlim tizimiga integratsiya qilishning dastlabki
bosqichida raqamli infratuzilmani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratish lozim. Shularni
inobatga olgan holda, Oʻzbekiston respublikasida ham “Raqamli Oʻzbekiston — 2030”
strategiyasi doirasida maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tizimini 100% yuqori tezlikdagi
internet bilan taʼminlash belgilangan boʻlib, 2024 yilga kelib maktabgacha taʼlim muassasalari
va maktablar toʻliq internet tarmogʻiga ulanishiga erishildi. Albatta raqamli infratuzilma
boʻyicha oliy taʼlim muassasalarida internet bilan bogʻliq muammolar deyarli mavjud emas.
Bundan tashqari, “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ham 2030-yilga qadar umumiy oʻrta
taʼlim maktabi oʻqituvchilari va oʻquvchilari uchun 1000 ta taʼlimga oid multimedia vositalarini
ishlab chiqish vazifasi keltirilgan.
Demak, ushbu ilmiy ishda innovatsion texnologiyalarning taʼlimga qanchalik samarali
integratsiyalashayotgani va bu jarayonning natijalari qanday samara keltirayotganligi tahlil
qilib chiqiladi. Hamda raqamli taʼlimni rivojlantirish taʼlim samaradorligiga ijobiy taʼsir
qiladimi yoki aksincha jihatlarini oʻrganish dolzarb masalalardan biri ekanligi keltirib oʻtilgan.
Adabiyotlar sharhi.
Taʼlim sohasida innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ularning samaradorliklari,
yuzaga kelishi mumkin boʻlgan muammolar hamda pedagogik dasturiy vositalarni dars
jarayonlariga integratsiya qilish boʻyicha koʻplab tahliliy materiallar, ilmiy risola va maqolalar
mualliflar tomonidan nashr etib kelinmoqda. Ulardan Ramirez (2023) bugungi kunga kelib
taʼlimda innovatsion texnologiyalar va ushbu sohadagi kelajak tendensiyalari sifatida, gibrid
taʼlim, ChatGPT va sunʼiy intellektga asoslangan virtual yordamchilar, immersiv texnologiyalar
(VR va AR), mobil va mikro oʻqitish vositalari, EduTech platformalari, Hindiston EduTech
boʻyicha yetakchi mamlakatga aylanishi, taʼlim texnologiyalarini ishlab chiquvchi
tashkilotlarning oʻzaro hamkorlikda ishlashi zarurligi, muntazam pedagog kadrlarning raqamli
kompetensiyalarini shakllantirib borishi hamda EduTech vositalarini yaratuvchilari oʻzlarining
shaxsiy brendlarini yaratishi lozimligini keltirib oʻtadi. Shu bilan birga, 2026 yilga kelib taʼlim
texnologiyalari bozori butun dunyo boʻylab 460 mln. AQSH dollariga yetishi mumkinligini tahlil
qiladi. Shuningdek, Ramirez kelajakda boshqaruv, muloqot, mijozlarga xizmat koʻrsatish,
liderlik, savdo, loyihalarni boshqarish, tadqiqot olib borish, tahlil qilish, marketing va jamoada
ishlash kabi koʻnikmalarga talab yuqori boʻlishini ifodalab oʻtadi.
Bundan tashqari, Shahrisabz davlat pedagogika instituti oʻqituvchisi ochiq axborot
tizimlaridan foydalanish zamonaviy ta’limni axborotlashtirish va unga texnologiyalarni
integratsiya qilishning eng muhim vazifalaridan biri ekanligini qayd etadi. Shu jumladan,
pedagogik dasturiy vositalar ushbu muammolarni hal qilish uchun ishlab chiqilgan boʻlsa-da,
maqolada ularning barcha zamonaviy talablarni har doim ham qondira olmasligi ta’kidlangan.
Shuningdek, pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish va turli taʼlim muassasalarining tajribalarini
oʻrganish orqali tadqiqotchi shuni koʻrsatadiki, oʻquv fanlari uchun amaliy koʻnikmalarni
shakllantirishga yoʻnaltirilgan dasturiy taʼminot bugungi kunga kelib yetishmaydi yoki kutilgan
natijani bermaydi. (Abdurakhmanova, 2024). Shuning uchun, taʼlimni raqamlashtirish va
interfaollikni taʼminlashda pedagogik dasturiy taʼminotni rivojlantirish lozimligi, yangi
texnologiyalar va yondashuvlar orqali taʼlim jarayonini yanada samaraliroq qilish maqsadida
amaliy dasturlarni ishlab chiqish zarurligini taʼkidlaydi.
Shu oʻrinda, Rossiyaning Sibir Federal universiteti oʻqituvchisi tomonidan yozilgan
maqolada esa pedagogik dasturiy vositalarni ishlab chiqish va ularning taʼlim jarayonida
qoʻllanilishi haqidagi nazariy hamda amaliy jihatlari oʻrganilib, bunday vositalarni ishlab
chiqish jarayonida taʼlim beruvchi va oluvchilarning ehtiyojlariga asoslangan yondashuvlar
tahlil qilinadi (Jukova, 2023).
Shu bilan birga, Bahrayndagi oʻrta maktab oʻquvchilari oʻrtasida taʼlim
texnologiyalarining taʼlim natijalariga taʼsirini oʻrganishga qaratilgan ilmiy maqolada, umumiy
oʻrta taʼlim maktablarida texnologiyalarning qabul qilinishi va foydalanish qulayligi
www.e-itt.uz
II SON. 2024
108
oʻquvchilarning oʻquv yutuqlariga qanday taʼsir koʻrsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida
taʼlim texnologiyalaridan foydalanish oʻquvchilarning ishtirokini oshirgani va ularning sinfdagi
faolligini yaxshilaganligi, mustaqil ravishda materialni oʻrganish va interfaol tarzda vazifalarni
bajarish, Kahoot!, Socrative va shu kabi zamonaviy pedagogik vositalar tomonidan yaratilgan
taʼlim oʻyinlari oʻquvchilarning oʻzlashtirish natijalarini yaxshilagani va ularning fanga boʻlgan
motivatsiyasini oshirgani keltirib oʻtilgan (Maryam, Anjum, Allam, Anji, 2019).
Yana bir Kipr texnologiyalar universiteti, Ispaniyaning Valyadolid universiteti va Evropa
Komissiyasining qoʻshma tadqiqot markazi professorlari tomonidan hammualliflikda yozilgan
ilmiy maqolada raqamli texnologiyalarning oʻquv jarayoniga taʼsiri va maktablarning raqamli
imkoniyatlarini rivojlantirishga taʼsir qiluvchi omillar oʻrganilib, innovatsion texnologiyalar
yordamida taʼlim samaradorligini oshirish va raqamli oʻqitish texnologiyalarining oʻquvchilar,
oʻqituvchilar va boshqa taʼlim ishtirokchilar uchun qanday imkoniyatlarni taqdim etishi
boʻyicha tadqiqotlarni tahlil qilib chiqishadi (Timotheou, Miliou, & other, 2023). Mualliflar
tomonidan ushbu sohaga oid adabiyotlar tahlili natijasida koʻplab ilmiy izlanuvchilar raqamli
texnologiyalar oʻquvchilarning bilim olish jarayonida faolligini oshirishi, ularda mustaqil
oʻrganish va ijodiy fikrlash koʻnikmalarini shakllantirishi, maktablar oʻzlarining texnologik
imkoniyatlarini kengaytirib, dars jarayonlarini yanada qiziqarli qilishi, oʻqituvchilarning
zamonaviy metodlardan foydalanish imkoniyatini oshirishi, masofaviy, onlayn va individual
taʼlim olishda samarali taʼsir koʻrsatishini taʼkidlab oʻtishadi.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda, taʼlim texnologiyalarining oliy taʼlimdagi oʻquv
natijalariga taʼsiri (Akintayo, Eden, & other, 2024), oliy taʼlimda raqamli texnologiyalarning
tarqalishi, uning taʼlim jarayoniga ijobiy va salbiy taʼsirlarini aniqlash, shuningdek, ushbu
texnologiyalarning qanchalik samarali ekanligi (Cabalerio, Vera, 2020) hamda texnologiyalarni
oʻquv jarayoniga integratsiya qilish orqali taʼlim samaradorligini oshirish, jumladan, taʼlim
beruvchilar va oluvchilarning raqamli savodxonligini muntazam oshirib borish (Alnjadat,
2021) kabi yoʻnalishlarda tadqiqotlar olib borishgan.
Shuni alohida taʼkidlash lozimki, yuqorida keltirib oʻtganimiz singari taʼlimda raqamli
texnologiyalar va zamonaviy pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish, sunʼiy intellekt va
immersiv vositalar singari innovatsiyalarning taʼlimga integratsiyalashuvi, ularning oʻquv sifati
va samaradorligiga taʼsirini tahlil qilish boʻyicha koʻplab ilmiy izlanuvchilar tadqiqotlar olib
borishmoqda. Ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida, ushbu ilmiy maqolada bugungi raqamli
asrda taʼlim sohasini raqamli transformatsiya qilish, zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar
hamda taʼlim texnologiyalaridan keng foydalanish, ularni amaliyotda qoʻllashga doir taklif va
tavsiyalar keltirib oʻtilgan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot doirasida taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalar va innovatsiyalarni
integratsiya qilish boʻyicha ilgʻor xorij tajribasi chuqur tahlil qilindi. Xususan, zamonaviy
pedagogik dasturiy vositalar, masofaviy va interfaol taʼlim platformalari hamda boshqa tegishli
ilovalarning funksional imkoniyatlari oʻrganildi. Tadqiqotda innovatsion taʼlim
texnologiyalarining oʻquv jarayonlari mazmuni va sifatiga taʼsiri SWOT tahlili orqali qiyosiy
baholandi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Innovatsion texnologiyalar barcha sohalar bilan bir qatorda taʼlimda ham katta
oʻzgarishlarni olib kirayotganligini koʻrishimiz mumkin. Bunday texnologiyalarni taʼlim
tizimiga keng joriy etish va ulardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishning asosida albatta
mamlakatning raqamli infratuzilmasini rivojlantirish muhim kasb etadi. Shu oʻrinda
Oʻzbekistonda ham “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi doirasida mobil va keng polasali
internet tarmogʻiga ulanish koʻrsatkichi 98% ni tashkil etmoqda. Shu bilan birga, mamlakatimiz
hududidagi barcha taʼlim muassasalari 2022 yil yakuniga kelib jahon internet axborot
www.e-itt.uz
II SON. 2024
109
tarmogʻiga toʻliq ulangan (digital.uz). Shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlarni
raqamlashtirish boʻyicha ham natijalar yildan-yilga yaxshilanib, 2024 yil oktyabr oyiga kelib 60
ta xizmatlar elektron shaklda yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatilmoqda.
Shu bilan birga, maktabgacha, maktab va oliy taʼlim tizimida 30 dan ortil axborot tizimlari
hamda platformalar joriy etilgan. Lekin innovatsion texnologiyalarni taʼlim jarayoniga
integratsiya qilish bilan bir qatorda ulardan foydalanuvchilarni, yaʼni oʻqituvchilarni ham
raqamli kompetensiyalarini uzluksiz shakllantirib borish mexanizmlarini yoʻlga qoʻyish lozim
boʻladi. Sababi XXI asrda har bir taʼlim oluvchi zamonaviy texnologiyalardan foydalanish
boʻyicha yetarlicha koʻnikmalarga ega boʻlib bormoqda.
Xorij tajribasiga eʼtibor qaratadigan boʻlsak, ta’lim sohasida innovatsiyalarni aniqlash va
ular orqali dunyodagi ta’lim tizimlarini rivojlantirishga qaratilgan 2024 yilgi HundrED Global
Collection (2024) hisobotida tahlil qilish uchun 47 ta davlatdan 100 ta innovatsion
texnologiyalar tanlab olinadi, shuningdek, bu innovatsiyalar ta’limning turli jabhalarini, yaʼni,
EdTech, sun’iy intellekt, professional rivojlanish, raqamli savodxonlik va kelajak koʻnikmalarini
oʻzida ifoda etgan. Ushbu hisobotda keltirilgan tahlillarga koʻra tanlab olingan taʼlimdagi
innovatsiyalarning 32% Osiyo davlatlariga (asosan Hindiston), muvaffaqiyatli loyihalar esa
Janubiy Afrikaga (masalan, Ubongo loyihasi Afrika boʻylab 17 milliondan ortiq bolani qamrab
oladi), AQSh va Finlyandiyada zamonaviy ta’lim dasturlari kuchli rivojlangan davlatlar qatorida
ekanligi keltirib oʻtiladi.
Taʼlimga innovatsiyalarni integratsiyasi asosan Covid-2019 pandemiyasi davriga toʻgʻri
keladigan boʻlsa, TIME va Statista pandemiyadan keyin ham onlayn ta’limning dolzarbligini
koʻrsatib, 250 ta eng yaxshi EdTech kompaniyalarining 2024 yilgi global reytingini eʼlon qiladi.
Ushbu reyting kompaniyalarning moliyaviy barqarorlik va taʼlim sohasiga koʻrsatgan ta’sirini
baholash orqali tuzilgan. Unga koʻra Eruditus onlayn kurslarni taqdim etuvchi yetakchi
platformalardan biri boʻlib, 80 dan ortiq universitet bilan hamkorlikda ishlashi taʼkidlanadi.
Ushbu kompaniya 2023-yil iyunida 400 million dollar daromad olganidan soʻng bosh ofisini
Hindistonga koʻchiriladi. Shuningdek, Singapurning Emeritus, Buyuk Britaniyaning Memrise va
Braziliyaning Afya kompaniyalari taʼlim texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni amaliyotga
tatbiq etish boʻyicha yuqori oʻrinlarni qayd etib turganini koʻrishimiz mumkin (time, 2024).
Raqamli texnologiyalar taʼlim sohasining turli xil yoʻnalishlarida keng joriy etilishi
mumkin. Yaʼni, taʼlim jarayonlarini boshqarish, pedagoglar uchun interfaol taʼlim resurslari va
multimediali vositalarni ishlab chiqish, dars jarayonlarini qiziqarli tashkil etish, oʻzaro
hamkorlikda ishlash, onlayn, masofaviy va aralash taʼlimlarni amalga oshirish, raqamli taʼlim
resurslaridan istalgan joyda va vaqtda foydalanish kabi imkoniyatlarni taqdim etmoqda. 1-
jadvalda bugungi kunga kelib eng ommabop va foydalanuvchilar uchun qulay boʻlgan
zamonaviy pedagogik dasturiy vositalar, mualliflik vositalari va taʼlimni boshqarish tizimlari
hamda ularning asosiy maqsadi haqida qisqacha maʼlumot keltirib oʻtilgan. Bundan koʻrinib
turibdiki, pedagogik dasturiy vositalar oʻquvchilarning taʼlim olish jarayonini interfaol va
qiziqarli qilib tashkil etishga, raqamli taʼlim resurslarini yaratishga, mualliflik vositalari onlayn
va interfaol kurslarni yaratishga, taʼlim boshqarish tizimlari (LMS) oʻquv jarayonini
rejalashtirish, kuzatib borish va baholashni tizimli va samarali qilishga yordam beradi. Bunday
taʼlimga oid dasturiy vositalar oʻquv jarayonining sifatini oshirishga qaratilgan boʻlib, ular
taʼlim jarayonini texnologik jihatdan qoʻllab-quvvatlashda muhim oʻrin tutadi.
Hozirda koʻplab mamlakatlarda innovatsion texnologiyalarni taʼlimga integratsiya qilish
boʻyicha muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilmoqda, bu oʻquv jarayonini boyitish, shaxsiy
yondashuvlarni qoʻllash va masofaviy taʼlim imkoniyatlarini kengaytirishga alohida xizmat
qilmoqda.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
110
1-jadval
2024-yilga kelib eng rivojlangan va ommabop taʼlimdagi innovatsion
texnologiyalar hamda vositalar
T/r
Pedagogik dasturiy
vositalar
Mualliflik vositalari
(Authoring tools)
Taʼlim boshqarish
tizimlari (LMS)
1
Kahoot!
Oʻyin asosida baholash va
interfaol resurslarni
yaratishga asoslangan taʼlim
platformasi.
Articulate 360
Onlayn kurslarini yaratish
uchun interfaol va multimedia
vositalar toʻplamini taqdim
etadi.
Moodle
Onlayn kurslar, topshiriqlar
va natijalarni boshqarish
uchun ochiq manbali LMS.
2
Nearpod
Infografik va multimediali
taqdimotlar, jumladan
interfaol resurslarni yaratish
vositasi.
Adobe Captivate
Simulyatsiyalar, viktorinalar
va savollar shaklidagi elektron
kurslarni yaratuvchi vosita.
Canvas
Kurslarni, baholashlarni va
muloqotni boshqarish
uchun bulutli LMS.
3
LearningApps.org
Interfaol oʻquv
faoliyatlarini
(savol-javoblar, moslash
oʻyinlari va h.k.) yaratish
uchun onlayn platforma.
H5P
Interfaol taʼlim resurslari
(savollar, vaqt jadvallari,
taqdimotlar) yaratish uchun
ochiq manbali vosita.
Blackboard
Taʼlim mazmunini
yetkazish va kuzatish
uchun keng qamrovli LMS.
4
Plickers
Turli xil qurilmalarsiz
oʻquvchilarni savollarga javob
berish va testlar oʻtkazish
uchun ishlatiladigan vosita.
Lectora
Moslashuvchan va mobil
taʼlimga moʻljallangan
kurslarini yaratish vositasi.
Google Classroom
Kurs ishlarini,
topshiriqlarni va fikr-
mulohazalarni tashkil qilish
uchun qulay LMS.
5
WordWall
Soʻz qidirish, savol
-javob va
boshqa interfaol oʻquv
mashgʻulotlarini yaratish
uchun vosita.
iSpring Suite
MS PowerPoint asosidagi
taʼlim
kurslari, savollar va
video darslarni yaratish uchun
vosita.
Schoology
Onlayn darslar va
baholashlarni yaratish va
yetkazish uchun bulutli
LMS.
6
Edpuzzle
Oʻquvchilarni faol jalb qilish
uchun video kontentga
savollar kiritish imkonini
beruvchi platforma.
Camtasia
Video qoʻllanmalar va interfaol
kurslar uchun videolarini
yaratish dasturi.
Edmodo
Taʼlim beruvchilar va
oluvchilar oʻzaro muloqot
va hamkorlikda ishlashini
taʼminlovchi LMS.
7
Quizlet
Flash-kartalar, savol-javoblar
va oʻyinlar orqali
bilimni
oshirishga moʻljallangan
dasturiy vosita.
Easygenerator
Bulutli taʼlim platformalari
uchun onlayn kurslarini
yaratish va ulashish uchun
vosita.
TalentLMS
Korxonalar va taʼlim
muassasalari uchun kurs
yaratish vositalari bilan
kengaytiriladigan LMS.
8
Padlet
Hamkorlikda ishlash, muloqot
va raqamli resurslarni
ulashish uchun onlayn doska.
Elucidat
Shablonlardan foydalanib,
keng koʻlamli kurs kontentini
yaratuvchi vosita.
D2L Brightspace
Aralash va onlayn taʼlim
uchun moslashuvchan LMS.
9
Seesaw
Oʻquvchilarga oʻz ishlari bilan
tanishish va oʻqituvchilardan
fikr olish imkonini beruvchi
raqamli portfel vositasi.
Gomo
Moslashuvchan va shaxsga
yoʻnaltirilgan taʼlim olish uchun
kurs mazmunini yaratishga
asoslangan bulutli vosita.
SAP Litmos
Asosan korxona va
tashkilot xodimlari onlayn
taʼlim olishi uchun
moʻljallangan LMS.
10
FigJam
Taʼlim oluvchilarga oʻz
fikrlarini vizual tarzda
ifodalash imkonini beruvchi
interfaol doska hisoblanadi.
Adapt Learning
Asosan mobil taʼlim uchun
elektron kurslarni yaratishga
moʻljallangan ochiq manbali
mualliflik vositasi.
Thinkific
Onlayn kurslarni yaratish,
jumladan, kurs yaratish
orqali biznes va marketing
qilish uchun LMS.
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
111
Quyida asosan rivojlangan davlatlarning taʼlim jarayonlarida foydalanilayotgan
innovatsion texnologiyalar, ularning afzalliklari va kamchiliklari, jumladan yuzaga kelishi
mumkin boʻlgan muammolar keltirib oʻtilgan.
1.
Taʼlimda sunʼiy intellektdan foydalanish va oʻquv jarayonini shaxsiylashtirish.
Xorijiy davlatlarda sunʼiy intellekt yordamida oʻquvchilarning individual ehtiyojlariga mos
oʻquv rejalarini yaratish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmoqda. Masalan, sunʼiy intellekt vositalari taʼlim
oluvchilarning oʻqish jarayonidagi zaif tomonlarini aniqlab, ularga mos kontentlarni taklif etadi.
Shu bilan birga, bunday texnologiyalar shaxsga yoʻnaltirilgan taʼlim olish jarayonlarini
rivojlantirishga katta hissa qoʻshmoqda hamda oʻqituvchilarga tezkor tahliliy maʼlumotlar
asosida qaror qabul qilish imkonini bermoqda.
2. Masofaviy va interfaol taʼlim imkoniyatlarini kengayishi.
Masofaviy taʼlim
platformalari, ayniqsa pandemiya davrida, global taʼlim tizimlarida keng qoʻllanilish
boshlanganini koʻrishimiz mumkin. UNESCO maʼlumotlariga koʻra, bunday texnologiyalar
taʼlimda uzilishlarning oldini olish va taʼlimga teng imkoniyat yaratishda samarali boʻlgan.
Bundan tashqari, interfaol darslar, simulyatsiyalar va gamifikatsiya elementlari yordamida
oʻquvchilar darslarda yanada faol va qiziqarli tarzda bilim olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda.
3. Raqamli infratuzilmani yaxshilash va oʻqituvchilarni tayyorlash.
Baʼzi
mamlakatlarda texnologik infratuzilma va oʻqituvchilarning malakasini oshirishga katta
ahamiyat berilmoqda. Oʻqituvchilarning raqamli koʻnikmalarini oshirish taʼlim
texnologiyalarini samarali qoʻllashda hal qiluvchi omil hisoblanadi. Shuningdek, taʼlimni
boshqarish tizimlari (LMS) orqali darslarni tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish sezilarli
darajada yengillashmoqda.
4. Tengsizlik va raqamli tafovut muammolari yuzaga kelmoqda.
Xalqaro
tajribalardan shuni koʻrish mumkinki, texnologiyalarni taʼlimga integratsiyalashda raqamli
tafovut muammosi hali ham mavjud. Koʻp mamlakatlarda hamma oʻquvchilar bir xil darajada
texnologik vositalar va internetga ega emas, bu esa oʻquv imkoniyatlarida tengsizlikni keltirib
chiqarmoqda. Shu sababdan davlatlar raqamli infratuzilmani rivojlantirishga katta sarmoya
yoʻnaltirmoqda.
Yuqoridagilar bilan birga ommaviy ochiq onlayn kurslar (MOOC) taʼlim olishni barchaga
ochiq va qulay qilish imkonini taqdim etmoqda. Bugungi kunda taʼlim oluvchilar Coursera, edX,
Udemy, FutureLearn, Khan Academy va shu kabi onlayn taʼlim platformalari orqali dunyoning
eng yaxshi tashkilotlari ekspertlari hamda taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari
tomonidan tayyorlangan resurslar asosida bilim olish imkoniyatiga ega boʻlishmoqda.
1-rasm. Kiber pedagogikaning asosiy xususiyatlari
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
112
Xorijiy davlatlarda yana bir tushuncha, yaʼni kiber pedagogika rivojlanib kelmoqda. Bu
taʼlim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalarni qoʻllash orqali oʻqitish va oʻrganishning
yangi yondashuvlari hamda metodlarini oʻz ichiga olgan soha hisoblanadi. U raqamli vositalar,
sunʼiy intellekt, masofaviy taʼlim platformalari, simulyatsiyalar va boshqa texnologik
yangiliklardan foydalanishni maqsad qilgan. Kiber pedagogika oʻquvchilarning texnologiyalar
yordamida taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirib, taʼlim jarayonini individual ehtiyojlarga
moslashuvchan qilishi bilan ajralib turadi.
Shuni alohida taʼkidlab oʻtishimiz lozimki, taʼlimda immersiv texnologiyalardan
foydalanish amaliyoti ham xorijiy davlatlarda virtual laboratoriyalar, simulyatsiyalar, taʼlim
oʻyinlari va virtual sinflarni hosil qilishda keng qoʻllanilib kelinmoqda. Ayniqsa, PhET Interfaol
simulyatsiyalari, The Physics Aviary, oPhysics: Interactive Physics Simulations, ChemCollective,
Vascak, GeoGebra va shu kabi virtual laboratoriya hamda interfaol taʼlim resurslaridan ochiq
foydalanish imkoniyatini taqdim etayotgan platformalar soni ham kundan-kunga ortib
bormoqda. Bu albatta ta’lim beruvchilar va oluvchilar tomonida oʻquv jarayonini yanada
samarali, sifatli va qiziqarli qilish imkonini beradi.
Lekin har doim ham innovatsiyalar barcha sohalar singari taʼlim sohasida ham samara
keltirmasligi mumkin. Shularni inobatga olgan holda quyida keltirilgan SWOT tahlil orqali
innovatsion texnologiyalarning taʼlim jarayoniga tatbiq etilishi natijasida taqqoslama
maʼlumotlar keltirib oʻtilgan (2-rasm).
2-rasm. Taʼlim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiyasi
boʻyicha SWOT tahlil
Manba:
muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Demak, yuqorida keltirilgan SWOT tahlildan shuni koʻrishimiz mumkinki, taʼlim
jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanishning kuchli tomonlari sifatida
oʻquvchilarning individual ehtiyojlariga moslashtirilgan, qiziqarli va samarali oʻquv
jarayonlarini tashkil etish, Virtual reallik (VR) va kengaytirilgan reallik (AR) texnologiyalari
yordamida oʻquvchilarning nazariy bilimlarini real hayotga yaqin tarzda amaliyotda qoʻllash,
masofaviy taʼlimni kengaytirish orqali turli joylardan oʻqish imkoniyatini taʼminlab, global
hamkorlik va madaniy almashinuvni ragʻbatlantirish hamda oʻqituvchilarga darslarni
rejalashtirish, nazorat qilish va oʻquvchilar faoliyatini kuzatib borish kabilarni keltirishimiz
mumkin. Zaif tomonlariga esa koʻplab hududlarda yetarli darajada internet aloqasi yoki
texnologik vositalar mavjud emasligi, bu innovatsion texnologiyalarni keng miqyosda qoʻllash
imkoniyatlarini cheklashi, bunday innovatsion texnologiyalarni samarali qoʻllash uchun
oʻqituvchilar yetarli darajada raqamli koʻnikmalarni egallashlari lozimligi, texnologiyalarni
haddan tashqari qoʻllanilishi shaxsiy muloqotni cheklashi mumkinligi, bu esa oʻquvchilarning
www.e-itt.uz
II SON. 2024
113
ijtimoiy koʻnikmalarini rivojlantirish imkoniyatlarini kamaytirishi, ularga bogʻlanib qolish
oʻquvchilarda texnologik stress va salbiy taʼsirlarni yuzaga keltirishi mumkinligi alohida
taʼkidlab oʻtish lozim.
Shuningdek, innovatsion texnologiyalar yordamida taʼlimning gibrid va masofaviy
shakllarini rivojlantirish, sun’iy intellekt texnologiyalari oʻquvchilarning oʻzlashtirish
qobiliyatlarini tahlil qilib, ularni yanada samarali taʼlim yoʻnalishlariga yoʻnaltirish, oʻquvchilar
turli mamlakatlardagi bilim va tajribalardan foydalanish, oʻqituvchilar va oʻquvchilarning
raqamli koʻnikmalarini shakllantirish, taʼlimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, taʼlim
xizmatlarini elektron shaklda koʻrsatish va shu kabi imkoniyatlarni taqdim etadi. Lekin,
yuqorida taʼkidlab oʻtganimizdek bunday texnologiyalar texnik nosozliklar yoki internet bilan
bogʻliq muammolar natijasida taʼlim jarayonining uzilishiga olib kelishi, o‘quvchilarning
shaxsiy maʼlumotlari va oʻquv natijalarini yigʻish jarayonida maxfiylik va xavfsizlik, innovatsion
texnologiyalarning notoʻgʻri qoʻllanishi, masalan, oʻyinlarni haddan tashqari qoʻllash,
oʻquvchilarning taʼlim mazmunidan chalgʻishiga olib kelishi kabi xavflarni ham yuzaga keltirishi
mumkinligini unutmaslik lozim.
Koʻplab tadqiqotchi olimlar va professor-oʻqituvchilar oʻzlarining fikr va mulohazalarida
taʼlimni zamon bilan hamnafas ushlab turish kerakligi, ularni innovatsion texnologiyalarsiz
tasavvur qilib boʻlmasligini taʼkidlab oʻtishadi. Shu bilan birga, zamonaviy kasblarni
oʻrganishda, kam vaqt sarflab, samarali natijaga erishishda texnologiya muhim omil ekanligini,
ayniqsa sunʼiy intellekt texnologiyalaridan pedagog kadrlar toʻgʻri foydalanishi, kasb bilan
bogʻliq vaziyatlarda topshiriqlarni bera olishi lozimligini keltirib oʻtishgan.
Xulosa va takliflar.
Ushbu tadqiqotda zamonaviy ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni integratsiya
qilishning ahamiyati va samaradorligi tahlil qilib chiqilgan. Jumladan, sunʼiy intellekt, virtual va
kengaytirilgan reallik kabi immersiv vositalar, masofaviy taʼlim platformalari va taʼlimni
boshqarish tizimlari taʼlim jarayonini yanada samarali qilishga yordam berishi, ulardan
foydalanish orqali taʼlim tizimida ochiqlik va shaffoflikni taʼminlashga erishish mumkinliklari
izohlab oʻtilgan.
Tadqiqot natijalariga koʻra, innovatsion texnologiyalar moslashuvchan va interfaol taʼlim
muhitini yaratish orqali oʻquvchilarning bilim olishga boʻlgan qiziqishini oshirishi hamda taʼlim
jarayonini yanada qiziqarli va samarali qilishi boʻyicha tadqiqotchilarning fikr-mulohazalari oʻz
tasdigʻini topgan. Biroq, texnologik infratuzilmaning yetarli darajada rivojlanmaganligi va
pedagoglarning raqamli koʻnikmalarining cheklanganligi kabi kamchiliklar keltirib oʻtilgan.
Shuningdek, SWOT tahlili innovatsion texnologiyalarni ta’lim jarayonida qo’‘llashning katta
imkoniyatlari borligini koʻrsatdi. Bu texnologiyalar taʼlim sifatini oshirish, shaxsiylashtirilgan
yondashuvlarni joriy etish va global taʼlim tarmogʻiga keng imkoniyat yaratishda katta
ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, kelajakda innovatsion texnologiyalarni keng miqyosda qoʻllash
orqali ta’lim tizimini raqamli transformatsiya qilish, pedagoglarni doimiy ravishda malaka
oshirishga yoʻnaltirish va infratuzilmani rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Shularni
inobatga olgan holda ushbu ilmiy maqolada quyidagilar taklif etiladi:
-
taʼlim muassasalarida raqamli infratuzilmani yaxshilash.
Taʼlim muassasalarida
texnologik resurslarning (sinf xonalarida interfaol doska, proyektor yoki televizor) yetarli
darajada mavjud boʻlishini taʼminlash zarur. Internet tarmogʻining keng qamrovi, zamonaviy
kompyuterlar va raqamli vositalar taʼlim jarayonining texnologik infratuzilmasini
mustahkamlashda katta ahamiyatga ega;
-
taʼlim ishtirokchilarining raqamli kompetensiyalarini uzluksiz rivojlantirish.
Har
bir taʼlim sohasiga kirib kelayotgan zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalardan foydalanish
boʻyicha har yili “Raqamli savodxonlik” darslarini joriy etish lozim. Shu bilan birga, zamonaviy
pedagogik dasturiy vositalardan samarali foydalanish uchun pedagoglarning raqamli
www.e-itt.uz
II SON. 2024
114
bilimlarini uzluksiz ravishda rivojlantirish talab etiladi. Buning uchun maxsus oʻquv seminarlar,
treninglar, master klasslar, malaka oshirish kurslarini tashkil etish yoki masofaviy va onlayn
taʼlim platformalari orqali raqamli savodxonlikka oid kurslarni taqdim etib borish maqsadga
muvofiqdir;
-
sunʼiy intellekt va immersiv texnologiyalardan foydalanish imkoniyatini
kengaytirish.
Sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanib, avtomatlashtirilgan interfaol
oʻquv materiallarini yaratish imkoniyatini kengaytirish lozim. Bu innovatsiya pedagoglarga
vaqtni tejash va resurslarni samarali yaratish imkonini beradi, shuningdek, oʻquvchilarga
moslashtirilgan taʼlim usullarini qoʻllashga yordam beradi. Bundan tashqari, taʼlim oluvchilarda
amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida laboratoriya va amaliy mashgʻulotlarni
simulyatsiya shakliga oʻtkazish muhim sanaladi. Buning uchun darsliklarda keltirilgan
laboratoriyalarni VR va AR texnologiyalaridan foydalangan holda virtual shaklda oʻtkazish
boʻyicha texnik hamda dasturiy mahsulotlar bilan taʼminlash choralarini koʻrish, taʼlimda sifat
va samaradorlikni oshirishga oʻz hissasini qoʻshgan boʻlar edi.
Adabiyotlar/ Литература/ Reference:
Al Njadat E. N., S. Al-Jaʼafreh, A. H. I. Almsaiden (2021). Educational technology and its
impact on the efficiency of the educational process in higher education. Cypriot Journal of
Educational Science. Volume 16(4), Pages 1384-1394.
https://doi.org/10.18844/cjes.v16i4.5987
Cabaleiro-Cerviño G., Vera C. (2020). The Impact of Educational Technologies in Higher
Education. GIST – Education and Learning Research Journal, Volume 20, Pages 155-169.
https://doi.org/10.26817/16925777.711
Ramirez J.D. (2023). The Future of EdTech: Key Trends Shaping the Landscape in 2023 and
Beyond. The EdTech Awards – 2023.
https://www.edtechdigest.com/2023/09/26/the-future-of-
edtech-key-trends-shaping-the-landscape-in-2023-and-beyond
Maryam M., Anjum R., Allam H., Anji B. (2019). Impact of Educational Technology on
Studentsʼ
Performance.
International
Conference
e-Learning.
Pages
163–170.
https://eric.ed.gov/?id=ED621601
Akintayo O.T., Eden Ch.A., Ayeni O.O., Onyebuchi N.Ch. (2024). Evaluating the impact of
educational technology on learning outcomes in the higher education sector: a systematic review.
International Journal of Management & Entrepreneurship Research P-ISSN: 2664-3588, E-ISSN:
2664-3596. Volume 6, Issue 5, Pages 1395-1422.
https://doi.org/10.51594/ijmer.v6i5.1091
Timotheou S., Miliou O., Dimitriadis Y., Sobrino S., N. Giannoutsou, R. Cachia, A. Monés, A.
Ioannou (2023). Impacts of digital technologies on education and factors influencing schoolsʼ
digital capacity and transformation: A literature review. Educ Inf Technol 28, Pages 6695–6726.
https://doi.org/10.1007/s10639-022-11431-8
Abdurakhmanova Sh.M. (2024). Importance of pedagogical software in developing the
professional and pedagogical preparation of students. American Journal of Pedagogical and
Educational
Research,
Volume
24,
Pages
54–56.
https://americanjournal.org/index.php/ajper/article/view/2095
Жукова В.И. (2018). Педагогические программные средства: разработка и
обоснование. Международный студенческий научный вестник. 2018. — №6, стр. 29-36.
https://eduherald.ru/ru/article/view?id=19228
