www.e-itt.uz
II SON. 2024
152
SANOAT TARMOQLARINI HUDUDIY RIVOJLANTIRISHNING
TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
PhD, dots.
Raximov Anvar Norimovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
ORCID: 0009-0009-2855-4084
Annotatsiya.
Maqolada sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlari hozirgi kundagi dolzarb mavzulardan biri ekanligi, hamda uni oshirishga
qaratilgan bir qancha olimlarning fikr-mulohazalari bayon etilgan. Sanoat tarmoqlarini hududiy
rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari sxema ko‘rinishda, sanoat tarmog‘ining
hududiy ixtisoslashuv strukturasi ko‘rsatib o‘tilgan. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga
bog‘liqligi, sanoat tarmoqlarining o‘zaro energiya ta’minoti grafigi, sanoatning
telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi yoritilib berilgan va bu
bo‘yicha xulosa va takliflar berilgan.
Kalit so‘zlar:
sanoat tarmog‘i,
prospektorlar,
transport infratuzilmasi, energetika
infratuzilmasi, aloqa infratuzilmasi, xorijiy investorlar, texnologiya transferi,
reaktorlar,
bozor
qamrovi, geografik doira, vertikal maydon,
tashkiliy-iqtisodiy mexanizm,
avtomatlashtirilgan
tizimlar, raqamli boshqaruv, zamonaviy texnologiyalar.
ОРГАНИЗАЦИОННО-ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РЕГИОНАЛЬНОГО
РАЗВИТИЯ ПРОМЫШЛЕННЫХ СЕТЕЙ
PhD, доц.
Рахимов Анвар Норимович
Экономико-педагогический университет
Аннотация.
В
статье
организационно-экономические
механизмы
территориального развития отраслей промышленности являются одной из
актуальных тем, а также мнения ряда ученых, направленные на их повышение.
Схематически показаны организационно-экономические механизмы регионального
развития отраслей промышленности, показана структура региональной специализации
промышленного сектора. Выделены зависимость промышленного развития от
природных ресурсов, график взаимного энергообеспечения отраслей промышленности,
связь промышленности с телекоммуникационными и информационными технологиями
(ИКТ), а также даны выводы и предложения.
Ключевые
слова:
промышленная
сеть,
старатели,
транспортная
инфраструктура,
энергетическая
инфраструктура,
инфраструктура
связи,
иностранные инвесторы, трансфер технологий, реакторы, охват рынка,
географический охват, вертикальная зона, организационно-экономический механизм,
автоматизированные системы, цифровой менеджмент, современные технологии.
UOʻK: 332.142
152-160
www.e-itt.uz
II SON. 2024
153
ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF REGIONAL
DEVELOPMENT OF INDUSTRIAL NETWORKS
PhD, assoc. prof.
Rakhimov Anvar Norimovich
University of Economics and Pedagogy
Annotatsiya.
In the article, the organizational and economic mechanisms of territorial
development of industrial sectors are one of the current topics, as well as the opinions of a number
of scientists aimed at improving them. The organizational and economic mechanisms of regional
development of industrial sectors are shown schematically, and the structure of regional
specialization of the industrial sector is shown. The dependence of industrial development on
natural resources, the schedule of mutual energy supply of industries, the connection of industry
with telecommunications and information technologies (ICT) are highlighted, and conclusions
and proposals are given.
Keywords:
industrial network, prospectors, transport infrastructure, energy infrastructure,
communication infrastructure, foreign investors, technology transfer, reactors, market coverage,
geographic coverage, vertical zone, organizational and economic mechanism, automated systems,
digital management, modern technologies.
Kirish.
Sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirish ko‘plab xususiyatlarga ega bo‘lib, ularni
rivojlanishi ko‘pincha iqtisodiy va tabiiy resurslarning geografik joylashuviga asoslanadi.
Masalan, kon sanoati yoki energetika tarmoqlari ko‘pincha tabiiy resurslar ko‘p joylashgan
hududlarda rivojlanadi. Boshqa sanoat tarmoqlari esa inson resurslariga yaqin hududlarda
rivojlantiriladi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun transport, energetika va aloqa
infratuzilmasi ham muhim ahamiyatga ega. Mavjud infratuzilmaning rivojlanish darajasi va
uning qulayligi hududiy sanoat markazlarini tashkil etishda katta rol o‘ynaydi. Hududiy
rivojlanish jarayonida texnologik yangilanish va innovatsiyalarni joriy qilish muhimdir. Sanoat
tarmoqlarida yangi texnologiyalarni qo‘llash ishlab chiqarish samaradorligini oshirish bilan
birga hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ham hissa qo‘shadi. Hududiy sanoatni
rivojlantirishda xorijiy investorlarni jalb qilish va texnologiya transferi katta ahamiyatga ega.
Bu hududiy sanoat tarmoqlarining xalqaro bozorga chiqishiga va raqobatbardoshliligini
oshirishga yordam beradi. Sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishda ekologik omillarni
hisobga olish muhimdir. Qishloq xo‘jaligi bilan bir qatorda sanoat korxonalari atrof-muhitga
salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin, shu sababli ekologik standartlarga rioya qilish va yashil
texnologiyalarni joriy etish zarurdir.
Adabiyotlar sharhi.
2003-yilda Raymond E. Miles va Charlz C. Snow katta korporatsiyalarning namunasini
chuqur sanoat boʻylab oʻrganish asosida toʻrt toifadan iborat batafsil sxemani taklif qilishdi
(Kulzick, 2021).
Bular quyidagilar:
•
Prospektorlar: yangi bozor imkoniyatlarini izlash va ulardan foydalanish uchun faol
harakat qilish;
•
Talabchilar: mahsulot bozorida tanlashda juda innovatsion boʻlishadi; qidiruvchilar
bilan yangi bozorlarga kirishishga moyil; koʻpincha yangi yoki yaxshilangan mahsulot
dizaynlarini joriy etishadi. Ushbu turdagi tashkilot ikki turdagi bozorda faoliyat koʻrsatadi: biri
odatda barqaror, boshqasi koʻproq oʻzgarishga moyil;
•
Himoyachilar: oʻz tashabbuslarida nisbatan ehtiyotkor; bozorning raqobatbardoshlik
bilan kurashish uchun himoya qilinadigan qismini yopishga intilishadi; koʻpincha eng yuqori
sifatli takliflarni sotadilar va sifatli lider sifatida oʻz pozitsiyasini egallaydilar;
www.e-itt.uz
II SON. 2024
154
•
Reaktorlar: atrof-muhit oʻzgarishlariga javob berishda shubha ostiga qoʻyadi va odatda
eng kam daromadli tashkilotlar hisoblanadi.
Sanoat uchun kelajakdagi istiqbolni koʻrsatishning real va uzoq muddatli rejalari bor.
(Tasviriy bayonotlarni shiorlar yoki mottolar bilan chalgʻitmaslik kerak) (Lucas, 1998) Tasviriy
bayonot tashkiloti uchun uzoq muddatli kelajakning hayotiy sharoitini taqdim etish uchun
moʻljallangan. Bu “biznes doirasining aniq ifodalangan bayonoti” kuchli koʻrish bayonoti odatda
quyidagilarni oʻz ichiga oladi (Aaker, 2021):
•
bozorning qamrovchanligi;
•
geografik doirasi;
•
vertikal maydon;
Baʼzi olimlar sanoat bozorini koʻrish bu – rejalashtiruvchilarning ilgʻor texnologiyalarni
kelajak bozor imkoniyatlari bilan bogʻlash va buni maʼlum bir mahsulot bozorini umumiy
tushunish orqali amalga oshirish qobiliyatini qamrab oluvchi mahorat yoki malakadir – deb
taʼkidlaydilar (Reid, Brentani, 2021).
Tadqiqot metodologiyasi.
Sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirish jarayonida bir qator muammolar yuzaga
kelishi mumkin. Ushbu muammolar sanoatning samarali rivojlanishini sekinlashtirishi yoki
to‘xtatib qo‘yishi mumkin:
1. Infratuzilmaning rivojlanmaganligi yoki yetarli darajada rivojlanmaganligi hududiy
sanoatning o‘sishiga jiddiy to‘siq bo‘ladi. Yomon yo‘llar, energetika ta’minotidagi uzilishlar, suv
va aloqa infratuzilmasining yetishmovchiligi sanoat korxonalari samaradorligini pasaytiradi va
yangi investitsiyalarni jalb qilishni qiyinlashtiradi;
2. Hududiy sanoatni rivojlantirish uchun yetarli darajada moliyaviy resurslarga ega
bo‘lish zarur. Ko‘pgina hududlarda davlat yoki xususiy sarmoyalar yetishmovchiligi
rivojlanishni sekinlashtiradi. Kredit mablag‘lari va investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatlari
cheklangan bo‘lishi sababli yangi korxonalar tashkil etish yoki mavjudlarini kengaytirish
qiyinlashadi;
3. Ba’zi hududlarda malakali ishchi kuchining yetishmasligi hududiy sanoat
rivojlanishidagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega
bo‘lgan xodimlar yetishmasligi korxonalarning samarali faoliyat ko‘rsatishini cheklaydi va
yangi texnologiyalarni joriy etishda qiyinchiliklar tug‘diradi;
4. Hududiy sanoat tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni bozorga chiqarish
uchun yetarli infratuzilma va tizimli marketing strategiyalarining yo‘qligi korxonalar uchun
katta muammo bo‘lishi mumkin. Mahalliy va xalqaro bozorlarga kirish imkoniyatining
cheklanganligi hududiy sanoat rivojlanishini sekinlashtiradi;
5. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko‘pincha ekologik muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. Atrof-muhitning ifloslanishi, chiqindilarni boshqarishdagi qiyinchiliklar va sanoat
chiqindilarining ekologik muvozanatga salbiy ta’siri hududiy sanoatning barqaror
rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin;
6. Ba’zi hududlar geografik jihatdan sanoat uchun qulay bo‘lmasligi mumkin. Yomon
yo‘llar, uzoq masofalar va transport tizimlarining rivojlanmaganligi hududiy sanoat
tarmoqlarining logistikasiga salbiy ta’sir qiladi. Bu mahsulotlarni bozorga yetkazib berish
vaqtini uzaytirishi va xarajatlarni oshirishi mumkin;
7. Sanoat tarmoqlarining rivojlanishi ko‘pincha hududiy nomutanosiblik bilan bog‘liq
bo‘ladi. Ba'zi hududlarda sanoat jadal rivojlansa, boshqa hududlarda bu jarayon sekinlashadi.
Bu nomutanosiblik hududlar o‘rtasida iqtisodiy rivojlanish darajasidagi tafovutlarni
kuchaytiradi va umumiy iqtisodiy barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatadi;
8. Sanoat klasterlari va innovatsion parklarning yetishmasligi hududiy sanoat rivojida
muhim muammo hisoblanadi. Bu klasterlar va parklar innovatsiyalarni tez joriy etish, yangi
www.e-itt.uz
II SON. 2024
155
texnologiyalarni yaratish va tadqiqotlarni amalga oshirish uchun muhimdir. Ularning yo‘qligi
sanoat korxonalari orasidagi hamkorlikni cheklaydi va innovatsion salohiyatni kamaytiradi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Hududiy sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi muammolar sanoat korxonalari
samaradorligi, raqobatbardoshligi va innovatsion rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Bu muammolarni bartaraf etish uchun davlat va xususiy sektor birgalikda
infratuzilmani rivojlantirish, moliyalashtirish manbalarini kengaytirish, malakali ishchi kuchini
tayyorlash va innovatsion klasterlar yaratish bo‘yicha izchil choralar ko‘rishi zarur.
1-rasm. Sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy
mexanizmlari
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ushbu 1-rasmda davlat qo‘llab-quvvatlashi, investitsiyalar, kadrlar tayyorlash va
innovatsion klasterlar bo‘yicha asosiy mexanizmlar tasvirlangan.
Hududiy ixtisoslashuv deganda ma’lum bir geografik hududda iqtisodiyotning yoki sanoat
tarmoqlarining muayyan sohalarga yoki faoliyat turlariga ixtisoslashuvi tushuniladi. Bunda
hududda mavjud tabiiy resurslar, ishchi kuchi, infratuzilma va boshqa omillar asosida ma'lum
tarmoqlar ustuvor yo‘nalish sifatida rivojlanadi.
Olib borilgan tahlillarimiz hududiy sanoat rivoji uchun malakali ishchi kuchi zarur. Oliy
va o‘rta maxsus ta'lim muassasalari va kasb-hunar markazlari sanoatning maxsus talablariga
javob beruvchi kadrlarni tayyorlashda muhim rol o‘ynaydi.Davlatning hududiy rivojlanish
strategiyalari va sanoatni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari sanoat tarmoqlarining
rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Soliq imtiyozlari, subsidiyalar va davlat sarmoyalari
sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirish uchun qo‘llaniladi. Hududiy sanoatning rivojlanishi
mahalliy iqtisodiyotga, jumladan, ish o‘rinlari yaratish va aholining yashash darajasini
oshirishga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga, bu ijtimoiy muammolarni, masalan, shaharlar
atrofida haddan tashqari ko‘chib kelish va aholi zichligini oshirishi mumkin. Ushbu omillarni
hisobga olib, sanoat tarmoqlarini hududiy rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va
rivojlanish yo‘nalishlari har bir hududning imkoniyatlari va talablari asosida aniqlanadi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
156
3-rasm. Sanoat rivojlanishining tabiiy resurslarga bog‘liqligi
Manba:
muallif ishlanmasi.
Ushbu rasmda hududiy ixtisoslashuvning asosiy omillari - tabiiy resurslar, ishchi kuchi,
infratuzilma va mahalliy sanoatlar - tasvirlangan. Tabiiy resurslarga bog'liqlik; mahalliy ishchi
kuchi; infratuzilmaning moslashuvi; raqobatbardoshlik; tarmoqlararo bog‘liqlik; davlat qo‘llab-
quvvatlashi.
Ayrim hududlar ma'lum tabiiy resurslar bilan boy bo‘lishi mumkin. Masalan, neft, gaz,
foydali qazilma yoki qishloq xo‘jaligi uchun qulay sharoitlar bo‘lgan hududlar. Bu hududlar
ushbu resurslarni qayta ishlash yoki ulardan foydalanishga ixtisoslashadi.
Hududiy ixtisoslashuv ko‘pincha hududdagi ishchi kuchining mahorat darajasiga bog'liq
bo‘ladi. Masalan, bir hududda sanoat tarmoqlaridan biri rivojlangan bo‘lsa, u yerdagi aholi bu
sohada tajriba to‘plagan bo‘ladi. Bu esa hududning mazkur tarmoq bo‘yicha ixtisoslashishiga
olib keladi. Hududiy ixtisoslashuv uchun infratuzilma muhim ahamiyat kasb etadi. Transport,
logistika, energiya ta'minoti va aloqa tizimlari hududda ixtisoslashgan tarmoqni rivojlantirish
uchun muhim omillar hisoblanadi.
Ba'zi hollarda bir hududda bir nechta tarmoqlar o‘zaro bog‘liq ravishda rivojlanadi.
Masalan, qishloq xo‘jaligi rivojlangan hududlarda oziq-ovqat sanoati, qayta ishlash va transport
sohalari ham rivojlanishi mumkin.
Ushbu grafikda har bir tarmoq (node) o‘zaro mahsulot va xizmatlar almashinadigan
bog‘lanishlar orqali ko‘rsatilgan. Sanoatning qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, energetika,
qurilish, transport va texnologiya kabi asosiy tarmoqlari bir-biriga qanday bog‘liq ekanligini
ko‘rishingiz mumkin. Sanoat tarmoqlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish uchun odatda grafika
(tarmoqlanish diagrammasi) qo‘llaniladi, unda har bir tarmoq uzviy bog‘langan bo‘lib, ular
o‘zaro mahsulot va xizmatlar almashinadi. Bunday grafiklar tarmoq tahlili usullari bilan
ko‘rsatiladi, masalan, node va edge orqali. Davlat hududiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash
uchun turli dasturlar va imtiyozlar taklif qiladi, bu esa hududiy ixtisoslashuvni tezlashtirishi
mumkin. Davlat tomonidan ajratiladigan investitsiyalar va soliq imtiyozlari hududda ma'lum
bir tarmoqni rivojlantirishga qaratilgan bo‘lishi mumkin. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishda
infratuzilmaning roli juda muhimdir, chunki infratuzilma sanoat korxonalarining samarali
faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan asosiy shart-sharoitlarni yaratadi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
157
4-rasm. Sanoat tarmoqlarining o‘zaro bog‘liqlik grafigi
Sanoat korxonalari uchun xom ashyo yetkazib berish va tayyor mahsulotlarni bozorga
yetkazish transport infratuzilmasiga bog‘liq. Yaxshi rivojlangan transport infratuzilmasi (temir
yo‘llar, avtomobil yo‘llari, portlar va aeroportlar) sanoat mahsulotlarining tez va arzon yetkazib
berilishini ta'minlaydi, bu esa ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytiradi va raqobatbardoshlikni
oshiradi. Sanoat tarmoqlarida transport va logistika grafigi tarmoqlarning mahsulot va
xizmatlar ta’minotida qanday bog‘langanligini ifodalaydi. Transport va logistika tizimi sanoat
tarmoqlarining samarali ishlashi uchun muhim bo‘lib, turli tarmoqlar orasidagi aloqalar
transport vositalari va logistika jarayonlari orqali ta’minlanadi.
Sanoat tarmoqlari ko‘pincha katta miqdorda energiya talab qiladi. Elektr energiyasi, gaz,
suv va boshqa energiya manbalarining ishonchli va barqaror yetkazib berilishi sanoat
korxonalarining doimiy faoliyatini ta'minlash uchun zarurdir. Energiyaning arzon va barqaror
bo‘lishi sanoatning o‘sishi va kengayishiga imkon beradi. Energiya ta'minoti grafigi turli
manbalar (masalan, tabiiy gaz, elektr energiyasi, qayta tiklanuvchi energiya) orqali energiya
iste'molchilarga yetkazib berilishini ko‘rsatadi. Bunday grafikda energiya manbalari va
iste'molchilar (sanoat, uy xo‘jaliklari, transport sektori va boshqalar) o‘rtasidagi aloqalar
tasvirlanadi. Energiya ta’minotining umumiy ko‘rinishini 5-rasmda tasvirlangan.
Ushbu grafikda tabiiy gaz, ko‘mir, gidroenergiya, quyosh energiyasi, shamol energiyasi
kabi manbalardan elektr tarmog'iga va u orqali sanoat, uy xo‘jaliklari hamda transport
sektorlariga energiya taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Ushbu turdagi tarmoqlar energiya
ta'minotining turli manbalar va sektorlarga qanday yetib borishini tasvirlaydi.
Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi bilan birga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
(AKT) infratuzilmasi sanoat uchun zarur omilga aylandi. Sanoat korxonalari uchun
telekommunikatsiya, internet aloqasi, axborot texnologiyalari tizimlari ishlab chiqarish
jarayonlarini boshqarishda, logistikani optimallashtirishda va texnologik yangiliklarni joriy
etishda muhim ahamiyatga ega. Sanoatning telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari
(ICT) grafigi, odatda, turli sanoat tarmoqlarining telekommunikatsiya va axborot
texnologiyalari bilan qanday bog'liq ekanligini ko‘rsatadi. Bu grafikda turli tarmoqlar axborot
texnologiyalari va telekommunikatsiya orqali o‘zaro qanday aloqa o‘rnatishini ko‘rish mumkin.
6-rasmda telekommunikatsiya provayderlari, ma'lumot markazlari, bulut xizmatlari va
turli sanoat tarmoqlari (ishlab chiqarish, sog'liqni saqlash, moliya, savdo, transport va davlat
sektori) o‘rtasidagi aloqalar ko‘rsatilgan. Telekommunikatsiya va ICT xizmatlari ushbu
tarmoqlarni bog'lab, ularning faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
158
5-rasm. Energiya ta'minoti grafigi
Ko‘plab sanoat tarmoqlari katta hajmdagi suv va boshqa tabiiy resurslarni talab qiladi.
Suv ta'minoti, oqava suvlarni tozalash inshootlari va chiqindilarni boshqarish tizimlarining
mavjudligi sanoat korxonalarining ekologik jihatdan toza va barqaror ishlashini ta'minlaydi. Bu
sanoatning atrof-muhitga zarar keltirmasdan rivojlanishiga yordam beradi. Sanoat rivojlanishi
uchun mahalliy infratuzilma ham katta ahamiyatga ega. Bu yerda sanoat zonalarining tashkil
etilishi, omborxona va ishlab chiqarish inshootlari, ofis binolari kabi ob'ektlarning mavjudligi
ko‘zda tutiladi. Yaxshi tashkil etilgan sanoat hududlari korxonalar uchun zarur infratuzilmani
ta'minlab, ularning samaradorligini oshiradi. Banklar, sug'urta kompaniyalari, kredit
tashkilotlari kabi moliyaviy infratuzilma sanoat korxonalarining rivojlanishi uchun zarur
bo‘lgan mablag'larni jalb qilishda muhim rol o‘ynaydi. Investitsiyalar, kreditlar va moliyaviy
yordam korxonalar o‘z faoliyatini kengaytirishi va modernizatsiya qilishi uchun asosiy omil
hisoblanadi. Texnologik parklar, tadqiqot institutlari va universitetlar infratuzilmasi sanoat
tarmoqlarining innovatsiyalarni joriy etishida muhim o‘rin tutadi. Innovatsion infratuzilma
orqali sanoat korxonalari yangi texnologiyalarni tezroq o‘zlashtirishi va raqobatbardosh
mahsulotlar ishlab chiqarishi mumkin. Sanoat hududlari uchun ijtimoiy infratuzilma ham
muhim ahamiyatga ega. Unga xodimlarning turar-joylari, sog'liqni saqlash, ta'lim, dam olish va
madaniy markazlar kiradi. Ijtimoiy infratuzilma xodimlarning yashash va mehnat sharoitlarini
yaxshilash orqali ularning ishga sadoqatini oshiradi va sanoat korxonalarining samaradorligini
ta'minlaydi.
Hududiy sanoatni rivojlantirishda xalqaro hamkorlikning ahamiyati beqiyos. Xalqaro
hamkorlik texnologiya transferi, investitsiyalarni jalb qilish, kadrlar tayyorlash, innovatsiyalar
va raqamli texnologiyalarni joriy etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash va xalqaro
standartlarga moslashuv jarayonlarini tezlashtirish orqali hududiy sanoatning barqaror va
dinamik rivojlanishiga yordam beradi. Shu sababli, hududiy sanoat rivojida xalqaro hamkorlik
doimiy ravishda kengaytirilib borilishi lozim.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
159
6-rasm. Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari (ICT) bilan bog‘liqligi
Xulosa va takliflar.
Hududiy sanoat rivoji uchun malakali ishchi kuchining ob’yektiv zarurligi bir qator
omillar bilan izohlanadi. Malakali kadrlar sanoatning raqobatbardoshligini, innovatsion
salohiyatini va samaradorligini oshirish uchun muhim resurs hisoblanadi. Quyida malakali
ishchi kuchining hududiy sanoat rivojidagi zarurligi keltirilgan. Malakali ishchi kuchi sanoat
ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshiradi. Texnik bilimlarga ega bo‘lgan
xodimlar ishlab chiqarish jarayonlarini optimallashtirishda, texnik uskunalarni samarali
boshqarishda va texnologik innovatsiyalarni joriy etishda muhim rol o‘ynaydilar. Bu esa ishlab
chiqarish samaradorligini oshiradi va sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini
ta’minlaydi. Texnologik yangilanish va raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonida malakali
kadrlar yetakchi rol o‘ynaydi. Sanoat korxonalarida avtomatlashtirilgan tizimlar, raqamli
boshqaruv uskunalari va zamonaviy texnologiyalarni muvaffaqiyatli qo‘llash uchun maxsus
malakaga ega xodimlar zarur. Texnologik yangilanishni amalga oshirish uchun bu kadrlar
doimiy ravishda o‘z bilimlarini yangilab borishlari talab etiladi. Innovatsion rivojlanish uchun
malakali ishchi kuchi muhimdir. Innovatsiyalar ishlab chiqarish jarayonlariga qo‘shilganida,
ular samaradorlikni oshirish va yangi mahsulotlar yaratishda foydalaniladi. Malakali
mutaxassislar yangi texnologiyalarni tadqiq qilish va amaliyotga joriy etish imkoniyatlariga ega
bo‘lib, sanoatning innovatsion salohiyatini oshiradi.
Zamonaviy
sanoat
korxonalari
raqamli
texnologiyalarni
qo‘llash
orqali
avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlariga o‘tishmoqda. Bunday tizimlarni boshqarish,
ma'lumotlarni tahlil qilish va optimallashtirish uchun malakali mutaxassislar zarur. Bu raqamli
transformatsiya jarayonlarini tezlashtiradi. Malakali kadrlar ishlab chiqarilayotgan
mahsulotlarning sifatini nazorat qilishda va yangi mahsulotlar yaratishda faol ishtirok etadilar.
www.e-itt.uz
II SON. 2024
160
Bu korxonalarga raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish, iste'molchilarning ehtiyojlarini
qondirish va eksport qilish salohiyatini oshirish imkonini beradi.
Malakali ishchi kuchi mavjud bo‘lgan hududlar sanoat korxonalari uchun jozibador
bo‘ladi. Yangi investitsiyalar va ishlab chiqarish korxonalarini jalb qilishda malakali ishchi
kuchi muhim ahamiyatga ega. Investorlar va sanoat kompaniyalari o‘z faoliyatini boshlash yoki
kengaytirishda malakali ishchi kuchi mavjudligini birinchi navbatda hisobga oladilar. Ekologik
barqarorlik sanoat rivojlanishining muhim qismidir. Bu jarayonda malakali mutaxassislar
atrof-muhitni muhofaza qilish, chiqindilarni kamaytirish va yashil texnologiyalarni qo‘llashda
ishtirok etadilar. Ekologik standartlarga javob berish sanoatning uzoq muddatli barqaror
rivojlanishini ta’minlaydi. Malakali ishchi kuchining mavjudligi hududiy iqtisodiyotning
umumiy barqarorligi va rivojlanishini ta’minlaydi. Malakali kadrlar orqali hududdagi sanoat
tarmoqlarini yanada rivojlantirish, mahalliy iqtisodiyotga yuqori daromad keltirish va yangi ish
o‘rinlarini yaratish imkoniyati kengayadi.
Hududiy sanoat rivoji uchun malakali ishchi kuchi ob’yektiv zaruriyatdir. Bu
korxonalarning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyalar va texnologik yangilanishlarni
muvaffaqiyatli joriy etish, xalqaro standartlarga moslashish va barqaror iqtisodiy o‘sishni
ta’minlash uchun muhim hisoblanadi. Shu sababli, malakali kadrlarni tayyorlash va ularning
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash hududiy sanoat rivoji uchun ustuvor vazifalardan biri bo‘lishi
kerak.
Adabiyotlar / Литература/ Reference:
(2021)
, July 26, 2001 — 28–29-
bet.
. 2021-yil 6-may.
Juraev, F.D. (2021). Problems Of Informatization Of Management Of Agricultural Industry
And Modeling Of Agriconomic System In A Market Economy.
The American Journal of Applied
Sciences,
3(02), 49–54.
Miles and Snow: Organizational Types
, published 2000, accessed 13
November.
Lucas, James R (February 1998). "Anatomy of a Vision Statement". Management Review
American Management Association
) 87 (2): 22–26.
Norimovich R. A., Namazovna A.N. (2024) Evaluative indicators of increasing the production
efficiency of industrial sectors //Образование наука и инновационные идеи в мире. – Т. 42. –
№. 1. – С. 6-14.
Rakhimov A., Ravshanova M., Alieva M. (2023) Econometric analysis of increasing efficiency
of industrial enterprises //E3S Web of Conferences. – EDP Sciences, – Т. 458. – С. 04004.
Rakhimov, A.M. (2019). Important of bank deposit policy in expanding of the deposit base of
commercial banks. Экономика и бизнес: теория и практика, (5-2), 198-200.
Reid, Susan; de Brentani, Ulrike (2021)
“The Impact Of Market Vision On Early Success With
Lead Users: The Case For Radically New, High-Tech Products”
(2015-yil fevral).
2021-yil 6-may.
Жураев Ф.Д., Рахимов А.Н. (2017) Введение в математический анализ и некоторые
топологические понятия, раскрываемые с помощью метрики //Вестник науки и
творчества. – №. 6 (18). – С. 21-27.
Рахимов А. Н., Лукманов М.Х. (2023) Саноат корхоналари фаолияти иқтисодий
самарадорлигини оширишнинг эконометрик модели //Scientific Impulse. – Т. 1. – №. 9. – С.
72-80.
Рахимов А., Эшонқулов Ж. (2022) Саноат корхоналарида ишлаб чиқаришнинг
иқтисодий қувватини ошириш механизми //Iqtisodiyot va taʼlim. – Т. 23. – №. 6. – С. 390-395.
