www.e-itt.uz
II SON. 2024
139
KICHIK VA O’RTA BIZNES KORXONALARIDA BILIMLAR BOSHQARUV
TIZIMINI JORIY QILISHDA MUHIM OMILLAR
i.f.d.
Qosimova Dilorom Sobirovna
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Kabulova Nurgo’zal Umirbek qizi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Annotatsiya.
Maqolada kichik va o’rta biznesda bilimlar boshqaruv tizimini muvaffaqiyatli
yo’lga qo’yish va ularni amaliyotga joriy qilishda qaysi omillar muhim rol tutishini izchil tadqiq
qiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi kichik va o'rta korxonalarni bilimlar boshqaruv tizimini
qanday joriy qilinisshiga ta'sir qiluvchi turli omillarni ko'rib chiqish. Bu omillar to'rtta asosiy
yo'nalishga birlashtirilgan: texnologiya, tashkilot, atrof-muhit va inson xulq-atvori.
Kalit so‘zlar:
kichik va o’rta biznes, bilimlar boshqaruv tizimi
,
Texnologiya-Korxona- Muhit
modeli, texnologiya.
ВАЖНЫЕ ФАКТОРЫ ВНЕДРЕНИЯ СИСТЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ЗНАНИЯМИ
НА МАЛЫХ И СРЕДНИХ ПРЕДПРИЯТИЯХ
д.э.н,
Касимова Дилором Собировна
Ташкентский государственный экономический университет
Кабулова Нургузал Умирбековна
Ташкентский государственный экономический университет
Аннотация.
В статье последовательно исследуется, какие факторы играют
важную роль в успешном создании системы управления знаниями в малом и среднем
бизнесе и их внедрении. Основная цель исследования – изучить различные факторы,
влияющие на внедрение систем управления знаниями на малых и средних предприятиях.
Эти факторы сгруппированы в четыре основные области: технологии, организация,
окружающая среда и поведение человека.
Ключевые слова
:
малый и средний бизнес, система управления знаниями, модель
Технология-Предприятие-Cреда, технология.
UOʻK: 006.027
139-145
www.e-itt.uz
II SON. 2024
140
CRITICAL FACTORS FOR KNOWLEDGE MANAGEMENT SYSTEM ADOPTION IN
SMALL AND MEDIUM ENTERPRISES
DSc
Kasimova Dilorom Sobirovna
Tashkent State University of Economics
Kabulova Nurguzal Umirbek kizi
Tashkent State University of Economics
Abstract.
The article consistently researches which factors play an important role in the
successful adoption of a knowledge management system (KMS) in small and medium-sized
businesses and their implementation. The main purpose of the study is to examine the various
factors that influence the implementation of KMS in small and medium-sized enterprises. These
factors are grouped into four main areas: technology, organization, environment and human
behavior.
Key words
:
small and medium business, knowledge management system (KMS),
Technology-Enterprise-Environment model (TOE-model), technology.
Kirish.
Kichik va o’rta biznes korxonalari ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning
yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o`tishda tobora o’z o`rnini topib bormoqda. Ular
yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish
bilan ish jarayonini ta`minlovchi butun tizimni asosiy bog`lovchilik sifatini o`zlarida namoyon
etmoqdalar.
Ayniqsa, har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilayotgan davlatimiz rahbarining tadbirkorlar
bilan ochiq muloqoti dunyo tajribasida deyarli o‘xshashi yo‘q mexanizmdir. Gap shundaki,
mamlakatimiz Prezidentining biznes vakillari bilan o‘tadigan uchrashuvi shunchaki muloqotga
asoslanmaydi, balki sohadagi muammolar o‘rtaga tashlanib, aniq yechimlar beriladi. Masalan,
2021 yilda bo‘lib o‘tgan ilk ochiq muloqot natijalari bo‘yicha 57 ta, 2022 yilda 55 ta, o‘tgan yili
esa 56 ta tashabbus ilgari surilib, o‘zining ijobiy yechimini topdi. Qabul qilinayotgan farmon va
qarorlar biznes egalarining faoliyatiga yengillik berib, ish rivojiga sezilarli ta'sir ko‘rsatmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi bandligi va
daromadlarini oshirishning muhim omillaridan biridir. Bu borada kichik tadbirkorlik
subyektlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida keyingi yillarda Fayzieya (2024) tadqiqot
ma’lumotlariga ko’ra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 50 dan ortiq farmon va qarorlari,
vazirlar mahkamasining qarorlari qabul qilingan. Hozirgi shiddatli o’sayotgan bozorda
tadbirkorlik obyektlarining omon qolish uchun richagi faqatgina barqaror moliyaviy aktivlar
emas balki innovatsiyalarni va salohiyatli boshqaruv tizimini yo’lga qo’yishni talab qilmoqda.
Ma'lumki, ko'pchilik kichik korxonalar faoliyatining birinchi yilidan so'ng muvaffaqiyatsizlikka
uchraydi va korxonalarning atigi 5-10 foizi besh yildan keyin omon qoladi. Chet elda kichik
biznesning yashovchanligi birmuncha yuqori: kichik va o‘rta korxonalarning 25 foizining
ishlash muddati 2 yildan kam, yarmi 5 yilgacha, 30 foizdan ko‘p bo‘lmagani esa 15 yilgacha
yashaydi. Shuning uchun kichik biznesda muhim muvaffaqiyat omillarini belgilash muhim
hisoblanadi.
Adabiyotlar sharhi.
Bugingi bozordagi raqobatga bardoshli bo’lish ayniqsa kichik va xususiy tadbirkorlik
bilimlarni boshqarish tizimiga muhtoj ya’ni ular o'z bozori, mijozlari va jarayonlari haqida
yaxshi bilimga ega bo'lishlari kerak. Bunday boshqaruv bilimi tizimiga ega bo’lmagan
tadbirkorlik subyekti raqobat bozorida uzoqqa bormaydi.
Bilimlarni boshqarish- bu tashkilot o'z bilimlarini qanday boshqarishi bilan bog'liq. Bu
yangi ma'lumotlarni to'plash, yangi g'oyalar yaratish, mavjud bilimlarni tartibga solish, ulardan
www.e-itt.uz
II SON. 2024
141
samarali foydalanish va ularni yo'qotish yoki noto'g'ri ishlatishdan himoya qilishni o'z ichiga
oladi. Buni tushunish uchun mahsulot misolida ko’rib chiqsak, bozor va mijozlarni o’rgangan
holda yangi g’oyalar uchun ma’lumot izlash (bilimalarni yig’ish jarayoni), keying bosqichda
ma’lumotlarni tahlil qilib korxonamiz salohiyatiga moslagan holda yangi mahsulot yaratish
(kodlash), yangi mahsulotni yaratish va taqdim etish(bilimlarni amalda qo’llash),
mahsulotimizning korxona mulki sifatida asrash (himoyalash).
"Bilimlarni boshqarish" atamasi kompaniyada uning faoliyati va rivojlanishini qo'llab-
quvvatlash uchun axborot va bilimlarni tashkil etish va tasniflash sifatida faqat 20-asrning
oxirida e'tiborga tushdi. Shuni ta'kidlash kerakki, bilimlarni boshqarish yangi hodisa emas,
chunki ko'p asrlar davomida texnologik ko'nikmalar va g'oyalarning insondan odamga "o'tishi"
mavjud (Tsiskiev, 2021).
Ko'pgina tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, bu kontseptsiya 1990-yillarda yirik
korporatsiyalarda axborotni qayta ishlash muammolari tufayli paydo bo'lgan. Amerikalik
olimlar o'zlarini "bilimlarni boshqarish" atamasi yaratilishining muallifi deb da'vo qilmoqdalar:
"bilimlarni boshqarish" ta'rifini birinchi bo'lib qo'llagan Karl Uig, "bilimlarni boshqarishni
to'plash, tarqatish va samarali foydalanish jarayoni" deb ta'riflagan (Khalin, 2018).
Bilimlarni boshqarish tizimi bu faqat texnologiyalardan iborat emas, bu korxona
maqsadlari, ish jarayoni, to’g’ri strategiya joriy qilinishi, shuningdek bunga umumiy bir ta’rif
berish qiyin, chunki bu har bir korxonaning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi deydi
Makeev (2018). Masalan, Rossiya korporatsiyalarida bilimlarni boshqarish axborot
texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog'liq jarayonlar, hujjatlar aylanishini optimallashtirish
sxemalari, axborotni saqlash, qidirish, elektron aloqa tizimlari va boshqalarni o'z ichiga oladi.
(Tsiskiev, 2021)
Bilimlarni boshqarishning muhim muammosi - uni uzatishning qiyinligi. Bu juda ko'p vaqt
talab qiladigan uzoq jarayon. Bilimlarni o'zlashtirish va uzatishning murakkabligi tufayli
tashkilotlar kerakli bilimlarni qamrab oluvchi o'qitilgan mutaxassislarni yollashga harakat
qiladilar. Yana bir muammo kerakli axborotlarni tanlash.
Bilimlarni boshqarish tizimi esa bu texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy qilgan holda
uni yanada mukammallashtirish. Bu tizimda faqatgina texnologiyalar emas balki insonlar va
ularning ta’siri va texnik jihatlar birga ishlaydi. Bu tizimni to’g’ri tashkillashtirish, ulardan
xodimlar samarali foydalanish uchun o’qitish joriy etish va bu tizim korxona va xodimlar
foydasiga ishlayotganini ta’minlash kerak.
Bilimlarni boshqarish telekommunikatsiya, texnologiya, tog'-kon sanoati, bank va
transport sohalar va yana bir qator sohalardagi kompaniyalarda tomonidan joriy etish orqali
takomillashib bormoqda. Bularga misol qilib Rossiyaning ko’zga ko’ringan quyidagilarni
korxonalarini aytishimiz mumkin: VTB OAJ, “Sberbank” OAJ (moliya sektori), Roskosmos,
RosGiddro, Rosatom, Rostex, Rosnaso (davlat korporatsiyalari), "Gazprom" OAJ, "Lukoyl" OAJ,
"Zarubejneft" OAJ va boshqalar (neft va gaz sektori), "Kamaz" AJ, "Admiralty Shipyards" AJ
(ishlab chiqarish sohasi) va boshqalar (Zimova, 2019).
Tadqiqot metodologiyasi.
Ushbu tadqiqot ishida kichik va o'rta korxonalar bilimlarni boshqarish tizimlarini
qanday joriy qilish mumkinligini o'rganish uchun bizgacha o’tkazilgan tadqiqot ishlari,
maqolalar va ilmiy nashrlarning empirk tahlili o’rganildi, Texnologiya-Korxona-Muhit (TOE-
model), Innovatsiya rejimi tarqalish nazariyasi(DOI) va muhim omillar birgalikda va qiyosiy
tahlil usullardan foydalaniladi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
B4 konsalting kompaniyalaridan biri G'arb mamlakatlarida bir yillik tajribaga ega
korporatsiyalar bilimlarni boshqarishda qanday qiyinchiliklarga duch kelishi haqida so'rov
o'tkazdi. Natijada quyidagi muammolar paydo bo'ldi:
www.e-itt.uz
II SON. 2024
142
1. Joriy qilinayotgan tizimni o’rganishga yetarli vaqt ajratilmaganligi- 60%;
2. Strukturaning nomukammalligi – 54%;
3. Rahbariyatning tizimga ishchilarni ishontirish yo'qligi - 46%;
4. Motivatsiya yo‘qligi – 46%;
5. Jamoaviy ishdan ko'ra individual ishlarga ko'proq e'tibor berish – 45%.
Stupina taʼkidlashicha, Rossita Federatsiyasidagi korxonalar misolida atigi 28 foizi
bilimlarni boshqarish boʻyicha rasmiylashtirilgan strategiyaga ega, 2 foizi esa bu borada ishlab
chiqilgan siyosatga ega (Qosimova, 2021). Binobarin, aksariyat rus kompaniyalari bilimlarni
boshqarish dasturlariga tizimli va kompleks yondashuvga ega emaslar. Yana muhim fakt,
moliyalashtirish tizimi bilan bog'liq. Korporatsiyalarning 55% bo'limlar o'rtasida pul
taqsimlaydi, 30% kadrlarni tayyorlash va rivojlantirishga, 10% IT funktsiyalarini o'z ichiga
oladi va faqat 5% bilimlarni boshqarish tizimi uchun alohida byudjetga ega.
Bilimlarni boshqarish tizmini tarqatish usullaridagi tahlillarga qaraydigan bo’lsak,
kompaniya xodimlarining 90,5 foizi yangi bilim almashishning eng mashhur vositalarini
seminarlar va treninglar orqali tajriba almashish deb atashgan; 71,4% – hamkorlikda ishlash,
tahlil qilish bilan uchrashuvlar va konferensiyalar; 57,1% - tashkiliy muammolarni aniqlash va
hal qilish; 38,1% - innovatsion tanlovlar; professional konferentsiyalar – 33,3%; keys-klublar –
9,5% (Tsiskiev, 2021)
Tornatzkiy va Fleischer tarafidan yaratilgan Texnologiya-Korxona-Muhit modeli (TOE-
model) korxonada information tizimni amalga oshirishda kuchli hisoblanadi va bunda uchta
muhim jihatni o’z ichiga oladi, atab o’tadigan bo’lsak texnologiya, korxona (tashkilot) va muhit
(Oliviera, Martins, 2022). Lippert va boshqalar (2006) fikriga ko’ra TOE-modelini, informatsion
sistemani tashkilotda joriy qilish misolida ko’rilganda korxona jihatdan unga ta’sir qiluvchi
omil sifatida resurslar mavjudligi, shuningdek keyinchalik yaratiladigan sistema tashkilot
ehtiyojini ondira olishi, yuqori enejment boshqaruvi va IT infrastrukturaning keng qamrovliligi
bilan to’ldirilgan. Texnologiya jihatdan kichik va o'rta korxonalarda axborot tizimini joriy
etishga ta'sir qiluvchi uchta o'zgaruvchi aniqlandi, ya'ni ular nisbiy afzallik, murakkablik va
muvofiqlik (Rogers, 2003). Modelda muhit kontekstida ta’sir ko’rsatuvchi omil tashqi bosim
deb beriladi. Lekin bu modelning kamchilik jihati shundaki, model korxonada qandaydir
axborot tizimini amalga oshirilishini ko’proq tashkilot jihatdan o’rganib, uni joriyalashda
individual darajadagi omillar chetda qolgan. Ushbu tadqiqotda taklif etilgan kontseptual asos,
shuningdek, xulq-atvor kontekstini o'z ichiga olgan holda tadqiqotni kengaytirishga qaratilgan.
Xulq-atvor kontekstiga kelsak, oldingi tadqiqotlarni o’rganish natijasida ishtirokchilar KMS
ularning ehtiyojlari, qobiliyatlari va cheklovlarini tushunish muhimligini ta'kidlaganlar. Ya'ni
foydalanish qulayligi va buni foydalanuvchi tomonidan tushunilishi, vazifani bajarish uchun
zarur bo'lgan kuchni paydo qiladi.
DOI nazariyasi
dastlab texnologiya va g'oyalarning tarqalishi (ya'ni, nima uchun va
qanday sodir bo'ladi va qanday tezlikda) bilan bog'liq bo'lgan holda ishlab chiqilgan va
individual va tashkiliy darajalarni o'z ichiga oladi. Tashkilot darajasida model o'zgaruvchilarni
individual xususiyatlar, tashkiliy tuzilmaning ichki xususiyatlari va tashkilotning tashqi
xususiyatlari (tizimning ochiqligi) bo'yicha mustaqil ravishda bog'laydi. O'shandan beri model
axborot tizimlari ISni qabul qilish va elektron biznesda qo'llanilgan (Oliviera T; Martins).
Yaxlit nuqtai nazarga muvofiq, DOI nazariyasini va TOE modeli birlashtirib tashkilotda bilimlar
boshqaruv tizimini joriy qilishdagi ta’sir qiluvchi muhim omillar yanada kengaygan holda asos
taklif qilish (1-rasm).
www.e-itt.uz
II SON. 2024
143
1-rasm. Dastlabki bilimlar boshqaruv tizimi joriy qilishdagi muhim omillar
Alohida shuningdek korxona faoliyati uchun muhim muvaffaqiyat omillari(CSF) ham
mavjud bo’lib, korxona muvaffaqiyatli boshqaruvida eng ko’p ta’kidlanadiganlari tashkilot
ma’daniyati, strategiya, yetakchilik, yuqori boshqaruvni qo'llab-quvvatlash, inson resurslari,
rag’batlantirish. Bu umumiy samarador faoliyat uchun taklif etilgan omillar, buni tashkilotda
bilimlar boshqaruv tizimni joriyalashda TOE-modeli va DOI nazariyasi integrasiyasi 2-rasmda
o’z aksini topadi.
2-rasm.Kichik biznesda bilimlar boshqaruvining tizimga asoslangan modeli
Texnologik jihat;
•
Nisbiy afzallik
•
Moslik
•
Keng qamrovlilik
Muhit jihatdan:
•
Raqobat bosimi
Xulq-atvor jihatdan:
O’zlashtirishga bo’lgan ishonch
Motivatsion rag’batlantirish
BBT ni qo’llashda xodim
kechinmlari
Samaradorlikka, vaqtga,
resurslarni foydalanishga
to’sqinliklar
Shaxsiy rivojlanish
jihatdan:
Maqsadli ishga hissa
qo’shish
Mukammallikka intilish
va ish mas'uliyati
Texnologik jihat;
•
Nisbiy afzallik
•
Moslik
•
Keng qamrovlilik
•
BBT ning
moslashuvchanlig
i
Muhit
jihatdan:
Raqobat bosimi
Tashkilot jihatidan:
Top
menejmentni qo’llab
-
quvvatlash
Murakkab vaziyatga chidamli
boshqaruv
Yuqori menejerlar aralashuvi
va texnologik quvvatlash
Xulq-atvor jihatdan:
•
O’zlashtirishga bo’lgan
ishonch
•
Motivatsion
rag’batlantirish
Tashkilot jihatidan:
•
Top menejmentni qo’llab
-
quvvatlash
•
Murakkab vaziyatga
chidamli boshqaruv
Bilimlar
boshqaruv
tizimni joriy
etish
www.e-itt.uz
II SON. 2024
144
Oldingi ilmiy izlanishlar natijasi tahlil qilgan holda bilimlar boshqaruvi tizimini qabul
qilishda ishchilarning quyidagi fikri "vaqt va resurslardan samarali foydalanishga to'sqinlik
qilish" ta'sir qiladi. Tashkilot jihatdan ta’sir qiluvchi omillardan yuqori boshqaruvni qo'llab-
quvvatlashga o'xshab, top-menejmentning ishtiroki ham texnik yordam qo’shildi. Shuningdek
ishchilarning joriyalanishi kutilayotgan tizimga xulq-atvor jihatdan ishchilarning maqsadli ish
hissasi istagi bo’lishi, mukammallikka intilish, imkoniyatlarini kuchaytirish, eski tizimdan
yangi tizimga o'tish orqali bilimli va motivatsiyaga ega bo'lish omillari rol o’ynar ekan.
Xulosa va takliflar.
Bilimlarni boshqarish amaliyotini tahlil qilish bizga quyidagi xulosalar chiqarishga imkon
beradi:
1.
Bilimlarni boshqarish sizga asoslangan qarorlarni tezroq qabul qilish imkonini beradi.
Ma'lumotni samarali boshqarish va almashishning asosiy foydasi jamoalarning birgalikda
ishlashini osonlashtirishdir. Bu nafaqat amaliy nuqtai nazardan, balki axborot almashish
parallel ish jarayonlarining samarali ishlashi uchun muhim bo'lishi mumkin.
2.
Bilimlarni boshqarish xodimlarning malakasini oshirishga yordam beradi. Hozirgi
kunda ko'plab xorijiy korporatsiyalarda turli darajadagi xodimlarning fikr-mulohazalari
samarali ishlaydi. Turli xil kelib chiqishi va nuqtai nazariga ega bo'lgan turli xil odamlar guruhi
o'z g'oyalarini qo'shishi va tajribalarini baham ko'rishini kompaniyalarimiz amaliyotiga kiritish
muhimdir. Yangi g'oyalar va innovatsion yondashuvlarni ta'qib qila olmagan kompaniyalar
qisqa umr ko'radi. Kompaniyaning tanqidiy vaziyatlarida sifat menejmentini rivojlantirish
uchun xodimlarni o'z-o'zini rivojlantirish uchun zarur bo'lgan resurslar bilan ta'minlash kerak.
To'g'ri rag'batlantirish, masalan, malakasuini oshirishda yordam berish,. keyin siz o'sha
xodimlarni yangi olingan bilimlarini kompaniya manfaati uchun tarqatishga undashingiz
mumkin.
3.
Bilimlarni boshqarish yangi texnologiyalrga eshik ochadi va bu yanada ko’p axborotlar
tizimi bilan ishlash imkoni degani.
Tadqiqotda kichik biznesda bilimlar boshqaruv tizimini qabul qilish, tashkilotda ish
jarayonlarini osonlashtirish va ularning yuritishga to’sqinlik qiluvchi omillar tahlil qilindi.
Ushbu tadqiqot muayyan jihatdagi omillar va ularning o'rtasidagi mumkin bo'lgan o'zaro
qanday ta’sir qanday bo’lishi ko’rsatilgan. Tadqiqot cheklovi sifatida bu kichik va o’rta
biznesning muayyan faoliyat turiga ixtissoslashmaganligi va yirik tashkilotlarlar misolida tahlil
qilinmaganligini aytishimiz mimkin. Kelgusi tadqiqotlarda bu yuqorida ko’rsatilgan
cheklovlarni o’rgangan holda yanada kengaytirish va samaradorligini oshirishni taklif qilamiz.
Adabiyotlar/Литература/Reference:
Fayziyeva A. A (2024) Oʻzbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirishning meʼyoriy-huquqiy asoslari, Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil 37-41b
Kasimova Diloram Sobirovna, Adashev Azimjon Urinboevich (2020). The social significance
of small business in the development of the national economy. International scientific and
practical conferences. Oktober Warsaw, Poland . Scientific ideas of young scientists / Pomysły
naukowe młodych naukowców /
DOI: http://doi.org/10.37057/P_5 Available at
virtualconferences.press
Khalin V.G., Chernova G.V. (2018) Digitalization and its impact on the Russian economy and
society: advantages, challenges, threats and risks//Management consulting. M. - ISSN: 1726-1139.
Lippert, S.K., Govindarajulu, C. (2006) Technological, organisational, and environmental
antecedents to web services adoption. Commun. IIMA 6, 147–160.
Makeev O.A. (2018) Implementation of the largest knowledge management system in Russia
KMS Lighthouse "Business Wikipedia," URL: http://globalcio.ru/live/projects/391/
www.e-itt.uz
II SON. 2024
145
Oliveira, T.; Martins, M.F. (2022) Literature review of information technology adoption
models at firm level. Electron. J. Inf. Syst. Eval. 2011, 14, 110–121. Available online:
https://hdl.handle.net/10520/EJC199716 (accessed on 1 June 2022).
Qosimova D.S. (2020) ”Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik”. Darslik. T.:“Innovacion
rivojlanish” nashriyot manba uyi. 243 b.
Qosimova D.S. (2021) “Xalqaro tadbirkorlik.” Darslik. .T.:”Innovacion rivojlanish” nashriyot
manba uyi. 256 b.
Qosimova D.S. (2024) “Tadbirkorlik va innovatsiylar”. O‘quv qo‘llanma. T.:“Innovacion
rivojlanish” nashriyot manba uyi. 240 b.
Qosimova D.S. (2024) Liderlik. Darslik. T.:“Innovacion rivojlanish” nashriyot manba uyi. -
208 b.
Qosimova. D.S. (2022) ”Xalqaro biznes menejmenti”. Darslik. T.:“Innovacion rivojlanish”
nashriyot manba uyi. 188 b.
Rogers, E.M. (2003) Diffusion of Innovations5th ed.; The Free Press: New York, NY, USA.
Зимова Н.С. (2019) Особенности внедрения системы управления знаниями в
российских компаниях // Научный результат. Социология и управление. М. - DOI:
10.18413/2408-9338-2019-5-3-0-7
Косимова Д.С
.
(2020) Совершенствование регулирования сферы малого и среднего
бизнеса. “Инновацион иқтисодиёт шароитида замонавий маркетинг концепцияларидан
фойдаланиш” мавзусида республика илмий-амалий анжумани. Т.:ТДИУ. 20 октябр.ТГЭУ
Цицкиев Э.Р. (2021) Роль знаний и управления знаниями в российских корпорациях.
Вестник Тверского государственного университета. Серия: Экономика и управление. № 1
(53). С. 178–187, doi: 10.26456/2219-1453/2021.1.178–187
