www.e-itt.uz
III SON. 2024
118
TABIIY KAPITALNI JAMG‘ARISHNING MINTAQAVIY USULLARI VA MINTAQALAR
SALOHIYATINI TABAQALANISHI
Urunbayev Saparbek Samatovich
Tashkent arxitektura-qurilish universiteti
ORCID-0009-0004-0464-6893
Annotatsiya.
Maqolada ma’lum bir mintaqaning o‘ziga xos geografik, iqlimiy, ijtimoiy-
iqtisodiy va ekologik sharoitlariga individual yondashuvni talab qiladigan barqaror tabiiy kapital
to‘plashning mintaqaviy usullari muhokama qilinadi. Shuningdek, resurslarni tejaydigan va
tabiatni asraydigan innovatsiyalar va texnologiyalarga sarmoya kiritish, ishlab chiqarishni ilmiy,
texnologik va institutsional jihatdan qo‘llab-quvvatlash va komillashtirish bo‘yicha taklif va
tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
ekotizim, dyekapling, bionanotexnologiya, sanoat, iqlim, iqtisodiy innovatsiya,
barqaror rivojlanish, kapital, samaradorlik.
РЕГИОНАЛЬНЫЕ МЕТОДЫ НАКОПЛЕНИЯ ПРИРОДНОГО КАПИТАЛА И
ДИФФЕРЕНЦИАЦИЯ РЕГИОНАЛЬНОГО ПОТЕНЦИАЛА
Урунбаев Сапарбек Саматович
Ташкентский архитектурно-строительный университет
Аннотация.
В
статье рассматриваются региональные методы устойчивого
накопления природного капитала, требующие индивидуального подхода к конкретным
географическим, климатическим, социально-экономическим и экологическим условиям
конкретного региона. В докладе также содержатся предложения и рекомендации по
инвестированию в ресурсосберегающие и экологически чистые инновации в области
технологий, научно-технологического и институционального обеспечения и
совершенствования производства.
Ключевые слова:
экосистема, крашение, бионанотехнологии, промышленность,
климат, экономические инновации, устойчивое развитие, капитал, эффективность.
REGIONAL METHODS OF NATURAL CAPITAL ACCUMULATION AND
STRATIFICATION OF REGIONAL POTENTIAL
Urunbayev Saparbek Samatovich
Tashkent University of Architecture and Construction
Abstract.
The
article discusses regional methods of sustainable natural capital
accumulation that require an individual approach to the specific geographical, climatic, socio-
economic, and environmental conditions of a particular region. The report also contains proposals
and recommendations for investing in resource-saving and environmentally friendly innovations
in technology, scientific, technological and institutional support and improvement of production.
Keywords:
ecosystem, dyecapling, bionanotechnology, industry, climate, economic
innovation, sustainable development, capital, efficiency.
UOʻK: 330.14.01
118-123
www.e-itt.uz
III SON. 2024
119
Kirish.
Mintaqada ishlab chiqarishni rivojlantirish va modernizasiyalashda ekologik omilning
e’tiborga olinishini kuchaytirish, ekologik toza texnologiyalar, bionanotexnologiyalarni tatbiq
etish, ekoinnovasiyalarni qo‘llab-quvvatlash, muayyan ekologik muammolarni hal qilish
borasida imkoniyatlarning kengligi bilan ajralib turadi.
1970-yillar ishlab chiqarish, iste’mol va texnologiya va atrof-muhitdagi iqtisodiy
taraqqiyot o‘rtasidagi haqiqiy va potentsial qarama-qarshiliklar to‘g‘risida keng tarqalgan
xabardorlikning boshlanishi bo‘ldi. O‘shandan beri atrof-muhit rivojlangan va rivojlanayotgan
mamlakatlarda intensiv tadqiqotlar mavzusi bo‘lib kelmoqda. Turli mamlakatlarda havo, suv,
qattiq chiqindilar va shovqin kabi atrof-muhit ifloslanishining "standart" turlari, hech
bo‘lmaganda mahalliy miqyosda muvaffaqiyatli hal qilinmoqda. Ifloslanishni nazorat qilish
strategiyalarining aksariyati mahalliy yoki mintaqaviy tabiatdagi ekologik muammolarni hal
qilishga qaratilgan. Bundan tashqari, sanoatni ifloslanishi va boshqalar sohalarida ko‘plab
me’yoriy hujjatlar joriy etildi So‘nggi bir necha o‘n yilliklar ichida dolzarb ekologik
muammolarni hal qilishga qaratilgan siyosat va ilmiy tadqiqotlar bir qator o‘zgarishlarga
uchradi.
Ma’lumki, yashil iqtisodiyot g‘oyasi barqaror rivojlanish konsepsiyasidan kelib chiqadi.
Bunda tabiiy resurslarning kapital xususiyati barqaror rivojlanish bilan bog‘langan. Yoki tabiiy
kapital bilan erishilgan natija barqaror rivojlanishni ta’minlashi kerak. Shu bilan birga
mintaqalarni barqaror rivojlantirish konsepsiyalari ham rivojlanib bormoqda.
Jumladan, mintaqalarni barqaror rivojlantirish – bu ijtimoiy-ekologik va iqtisodiy
tizimning holati bo‘lib, unda progressiv taraqqiyot uchun zarur shart-sharoitlar mavjudligi,
ichki va tashqi muvozanatni saqlash, iqtisodiyotning bosqichma-bosqich oddiy hodisalardan
murakkab hodisalarga o‘tishini ta’minlashi, shu bilan uning sifat jihatidan sifatli rivojlanishiga
sharoit yaratadi.
Mintaqalarni barqaror rivojlantirish konsepsiyalariga e’tibor bersak, aksariyat hollarda
mintaqaviy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash, resurslardan samarali
foydalanishni ta’minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish uchun iqtisodiyot, jamiyat va
ekologiyaning muvofiqlashtirilgan rivojlanishni ta’minlash, barqaror rivojlanishga erishishga
qaratilgan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlar uyg‘unligi nuqtai nazaridan fikrlar
bayon etilgan. Shuningdek, aholining munosib yashash farovonligini va iqtisodiy tizimning
atrof-muhit bilan dinamik muvozanatini ta’minlaydigan mintaqaviy boshqaruv modelini
shakllantirish ham nazarda tutilgan. Bugungi kunda mintaqalarni barqaror rivojlantirishning
ikki darajasi mavjud bo‘lib, zaif barqarorlik tabiiy resurslarni boshqa turdagi resurslar bilan
almashtirishga imkon beradi. Kuchli barqarorlik – tabiiy resurslar qiymatini pasaytirishga yo‘l
qo‘ymaydi va har bir resursni alohida kamaymasligini ham ta’minlaydi.
Adabiyotlar sharhi.
Aynan shu oxirgi g‘oya yaqinda ekologik barqaror iqtisodiy rivojlanish kontseptsiyasida
o‘z aksini topdi. Ekologik muammolarning og‘irligi tobora kuchayib borayotganini hisobga
olgan holda, barqaror rivojlanish iqtisodiy rejalashtirish va resurslarni boshqarishda asosiy
iboraga aylangani ajablanarli emas. Biroq, kontseptsiyaning talqini hali ham noaniq va uning
ko‘plab ta’riflari mavjud, ular davomiy iqtisodiy o‘sishdan tortib, iqtisodiy o‘sish asosan atrof-
muhitning buzilishini qoplashga xizmat qiladigan barqaror iqtisodiy holatgacha (ta’riflar bilan
bog‘liq muammolar haqida batafsil ma’lumotni Archibuga va Naikamp (1989); Berg va Soteman
(1990); va Pezzi (1989). Natijada, barqaror rivojlanish g‘oyasi rivojlanish va atrof-muhitning
so‘nggi munozaralarida ustunlik qilgan bo‘lsa-da, bu g‘oyaning haqiqiy oqibatlari radikal qayta
yo‘naltirish yoki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish siyosatiga yangi yondashuvlar nuqtai nazaridan
hali ko‘rinmaydi (shuningdek qarang Collard va boshqalar (1989). Aniqki, iqtisodiyot va
ekologiya tamoyillari uyg‘unligi asosida muvozanatli strategik rejalashtirish murakkab
vazifadir.
www.e-itt.uz
III SON. 2024
120
Pollin va boshqalar fikricha yashil o‘sish bu tabiiy resurslardan barqaror tarzda
foydalanadigan iqtisodiy o‘sish shaklini tavsiflovchi konsepsiyani anglatadi. Ular chiqindilarni
qayta ishlash bilan bog‘liq ochiq ishlab chiqarish tizimlaridan foydalanish va chiqindilarni qayta
ishlashning yarim ochiq tizimlariga, so‘ngra to‘liq yopiq turdagi tizimlarga o‘tishni muhim deb
hisoblaydilar. Bu yondashuv atrof-muhitning ifloslanishini oldini olish bilan birga tabiiy
kapitalni jamg‘arish sharoitlarini amalga oshirishga yordam beradi.
Bu borada Jahon banki mintaqada belgilangan sof jamg‘armalar indeksini ishlab chiqish
uslubiyotini taklif etgan. Bu uslubiyotga asosan asosiy kapitalning yalpi to‘planishi, bir
tomondan foydali qazilmalar va boshqa tabiiy resurslarni qazib olish uchun asosiy kapitalga
investisiyalar kiritish bilan hisoblansa, boshqa tomondan tabiiy resurslarning kamayishi va
atrof-muhit ifloslanishi orqali yetkazilayotgan zarar ortishiga olib keladi. Shuningdek, tabiiy
kapital, atrof-muhitni muhofaza qilish xarajatlari va maxsus muhofaza qilinadigan tabiiy
hududlarni rivojlantirish e’tiborga olinadi. Kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni tejashni
ta’minlash orqali tabiiy kapitalning tugashini qoplash zarurligini ko‘rsatadi.
Vaxabov va Xojibakiyevning (2020)“Yashil iqtisodiyot” nomli darsligida tabiiy resurslarni
tejash va ekologik texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha nazariy va amaliy masalalar yoritilgan.
Bu asar tabiiy kapitalni jamg‘arishning ekologik asoslarini o‘rganishda muhim manba
hisoblanadi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Tadqiqot jarayonida mavzuga oid mantiqiy taqqoslash, umumlashtirish, ilmiy
mushohada, tizimli yondashuv, statistik hamda qiyosiy tahlil usullaridan foydalanilgan.
Shuningdek, yashil iqtisodiyot kontseptsiyasining shakllanishi va rivojlanishida turli
omillarning ta’sirini baholashda korrelatsion va regression usullardan foydalanildi.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Ma’lumki, yashil iqtisodiyot energiya va resursni tejashga, atmosferaga uglerod
chiqarishni kamaytirishga, sof energiyadan foydalanuvchi transportga, energiyaning muqobil
manbalariga, organik qishloq xo‘jaligiga, atrof-muhitga kam ta’sir ko‘rsatgan holda qurilishga
va ilg‘or logistikaga asoslanadi. Bu o‘z navbatida iqtisodiyotga, tabiatga ziyon yetkazmay
rivojlanish va aholining ekologik farovonligini saqlash imkonini beradi. Tabiiy kapitalni saqlash
va oshirish hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi, zaharli moddalar va uglerod
chiqarilishini kamaytiradi, bioxilmaxillikni kengaytiradi.
Shu bois, mamlakat iqtisodiyotida integrasiya jarayonlari ham vertikal ham gorizontal
ravishda amalga oshiriladi. Bunda tabiiy kapitalni jamg‘arish yo‘nalishlari mahalliy, hududiy va
mintaqaviy darajadagi chora-tadbirlarni va ularning qat’iy amalaga oshirilishiga, barqaror
ishlab chiqarish va iste’mol bo‘yicha davlat boshqaruvining mamlakat miqyosidagi
integrasiyalanishiga va qo‘llab-quvvatlanishiga qaratilgan. Buning uchun avvalo, tabiiy
kapitalni jamg‘arishga qaratilgan harakatlarda mintaqalarning tabiiy, ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy salohiyati aniq baholagan bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, 12 ta viloyat va
Toshkent shahri, 170 ta tuman va 25 ta viloyat qaramog‘idagi shaharlar kiradi. O‘zbekistonda
davlat boshqaruvi tizimi markaziy va mahalliy bo‘g‘inlardan iborat. Mahalliy hokimiyat
organlari viloyat, tuman va shahar hokimliklariga bo‘linadi. Bundan tashqari, mahallalarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari joylarda faoliyat yuritadi va ular markaziy davlat boshqaruvi
tizimiga kirmaydi.
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalariga atrof-muhitni
muhofaza qilish, tabiiy va texnologik avariyalarning oldini olish, yong‘indan himoya qilish,
jamoat sanitariyasi, jamoat tartibi va xavfsizligi, mahalliy iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish,
madaniyat, turizm, sport, dam olish maskanlarini saqlash, kommunal xizmat ko‘rsatish,
qurilish, texnik xizmat ko‘rsatish va mahalliy yo‘llarni ta’mirlash, jamoat transporti, aholi
www.e-itt.uz
III SON. 2024
121
bandligini ta’minlash va yangi ish o‘rinlari yaratishni qo‘llab-quvvatlash hamda kichik va o‘rta
tadbirkorlik subyektlarini rivojlantirish vazifalari kiradi.
Ma’lumki, respublikamizning turli hududlari maydoni, aholi soni, tabiiy-iqlim sharoiti,
infratuzilma obyektlari bilan ta’minlanishi, shaharlashuv darajasi, aholining turmush sharoiti
va boshqalarga ko‘ra bir-biridan keskin farq qiladi. Aholi tabiiy ko‘payishida shahar va qishloq
o‘rtasidagi tafovutlar yaqqol sezilib turadi. Umuman, mamlakatning mintaqaviy-iqtisodiy
siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ularning mana shunday alohida jihatlari albatta
hisobga olinishi lozim. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy birliklari orasida hudud maydoni
bo‘yicha farq 39,7 martani (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati), aholi soni
bo‘yicha esa 3,5 martani (Samarqand va Navoiy viloyatlari) tashkil etadi. Shuningdek, yalpi
ichki mahsulot, sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yuqori tafovutlarni kuzatish
mumkin (1-jadvalga qarang).
1-jadval
O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarida mintaqalarning ulushi
(2017-2023 yillarda o‘rtacha, foizda)
№
Mintaqalar
Maydoni
Aholisi
YaIM
Sanoat
Qishloq xo‘jaligi
1
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
37,1
5,4
3,1
2,7
3,8
2
Andijon
0,9
9,2
6,4
11,2
10,1
3
Buxoro
9,0
5,6
5,0
4,8
9,2
4
Jizzax
4,8
4,1
3,1
2,9
6,6
5
Qashqadaryo
6,4
9,7
5,5
4,4
9,5
6
Navoiy
24,7
2,9
7,7
15,5
4,5
7
Namangan
1,7
8,3
4,4
3,3
7,4
8
Samarqand
3,7
11,4
6,9
5,0
12,1
9
Surxondaryo
4,5
7,8
3,8
1,3
8,1
10
Sirdaryo
1,0
2,5
2,0
2,3
3,3
11
Toshkent
3,5
8,3
10,1
16,2
9,6
12
Farg‘ona
1,5
11,0
6,2
5,4
9,5
13
Xorazm
1,3
5,4
3,5
3,3
6,5
14
Toshkent shahri
0,1
8,3
17,1
18,8
0,0
Jami
100
100
100
100
100
Qoraqalpog‘iston Respublikasi canoatida – elektrotexnika, qurilish, oziq-ovqat, yengil
sanoat (to‘qimachilik), shisha-forfor tarmoqlari rivojlangan. Yirik sanoat markazi Nukus
(qurilish materiallari, yengil va oziq-ovqat sanoati), Taxiatosh energetika sanoati (Taxiatosh
IES), Xo‘jayli (shisha zavodi, paxta tozalash zavodi, yengil sanoat), Qo‘ng‘irot (sanoat sodasi
ishlab chiqarish) va Ellikqal’a, Chimboy, Beruniy shaharlarida rivojlanib bormoqda.
Qoraqolpog‘iston Respubulkasida 20 ga yaqin qo‘shma korxonalar («Kateks», «Elteksi»,
«Osiyo-Veyet», «Turon» va boshqalar) barpo etilgan. Keyingi yillarida mintaqani
rivojlantirishiga ustuvor yo‘nalish sifatida qaralishi tufayli ekologik talablarga javob beradigan
sanoat korxonalari yuzaga kelmoqda. Orol va Orol bo‘yi ekologik vaziyatini tubdan yaxshilash
borasida amaliy tadbirlarni amalga oshirmoqda. Respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarni
rivojlantirish istiqboli yangi tabiiy resurslar – Ustyurtdagi neft, tabiiy gaz va boshqa
qazilmalarni o‘zlashtirish, ishlab chiqarish infratuzilmalarini rivojlantirish bilan bog‘liq.
Jizzax viloyatining tog‘-tog‘oldi hududlaridagi rekreasion (30 ming ga hududida tog‘-
o‘rmon qo‘riqxonasi) va bolneologik resurslar istiqbolda sanatoriya-kurort xo‘jaligi va turizmni
rivojlantirish imkonini beradi.
Qashqadaryo viloyati respublika mehnat taqsimotida neft va tabiiy gaz qazib chiqarish,
gaz-kimyo, yengil va oziq-ovqat sanoati va yirik qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan ajralib
turadi. Mintaqa iqtisodiyotida irrigasiya kanallari (Qarshi, Sandal va boshqa), suv omborlari
(Tallimarjon, Chimqo‘rg‘on, Hisorak, Qizilsuv va boshqa), yirik nasos stansiyalari katta o‘rin
www.e-itt.uz
III SON. 2024
122
tutadi. Qurilish materiallari (Qarshi), energetika (Muborak IEM va Tollimarjon IES), gaz-kimyo
majmuasi (Sho‘rtan, Muborak), neft qazib chiqarish (Ko‘kdumaloq), paxta tozalash, g‘isht, oziq-
ovqat va yengil sanoat korxonalari (Sahrisabz, Qamashi, Chiroqchi Kitob va boshqa), mahalliy
sanoat (Shahrisabz) rivojlangan. Qo‘shma korxonalar asosan Qarshi, Shahrisabz shaharlari va
Muborakda barpo qilingan. Yoqilg‘i-energetika sanoatida qulay investision muhit shakllanib
bormoqda.
Toshkent viloyati ko‘mir qazib chiqarish (Angren) va rangli metallar qazib chiqarish va
uni eritish (Olmaliq, Chirchiq), qora metallurgiya (Bekobod), mashinasozlik (Chirchiq), kimyo
(Chirchiq, Olmaliq), qurilish materiallari (Ohangaron, Angren, Chirchiq), yengil (to‘qimachilik,
poyabzal, tikuvchilik), oziq-ovqat sanoati, qog‘oz ishlab chiqarish va mahalliy sanoat
rivojlangan.
Samarqand viloyati sanoatida yengil, oziq-ovqat, qurilish materiallari, mashinasozlik,
kimyo, chinni-fayans kabi tarmoqlar tez rivojlanib bormoqda. Viloyatda 300 ga yaqin qo‘shma
korxonalar barpo etilgan. Turizm viloyat iqtisodiyotidagi istiqbolli tarmoq. Samarqand
shahrida xalqaro andozalarga javob beruvchi mehmonxonalar majmuasi barpo etilgan.
Surxondaryo viloyati mamlakat iqtisodiyotida ko‘mir (Shorg‘un), osh tuzi (Xo‘jaikon),
polimetall (Sangardak), qisman neft, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlanganligi bilan ajralib
turadi. Yirik suv omborlari (Uchqizil, Degrez, Janubiy Surxon, To‘palang va boshqa) va kanallar
(Xazorbog‘, Qumqo‘rg‘on, Zang, Katta Hisor, Sherobod, Amu-Zang kanallari va boshqa) muhim
ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega. Sanoatda dori-darmonlar ishlab chiqarish ham rivojlanib
bormoqda. Sanoat korxonalari – Termiz, Denov, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Qumqo‘rg‘on, Shorg‘un,
Sherobod va Sho‘rchi shaharlarida joylashgan.
Xorazm viloyatida sug‘orish kanallari (Toshsaqa, Qilichniyozboy-arpa, Polvon, G‘azovot,
Shovot, Urgancharna va boshqalar), suv omborlari (Tuyamo‘yin) qurilgan. Urganchda –
to‘qimachilik, yog‘-moy, qurilish materiallari, qishloq xo‘jaligi texnikalarini ta’mirlash
korxonalari, Gurlanda – to‘qimachilik, oziq-ovqat, Xonqada – gilam to‘qish, paxta tozalash
korxonalari, Bog‘otda – shisha idishlar ishlab chiqarish zavodi, Xozaraspda shakar zavodi
faoliyat ko‘rsatmoqda. Xorijiy investisiya ishtirokida qo‘shma korxonalar barpo etilgan bo‘lib,
viloyatning sanoatlashuvida muhim o‘rin tutmoqda. Ochiq muzey shahar – Xiva xalqaro
turizmni rivojlantirishning istiqbolli imkoniyatlariga egadir.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining (Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari) g‘oyat qulay
agroiqlimiy omillari sertarmoq va intensiv qishloq xo‘jaligini, tabiiy va mehnat resurslarini,
sanoat tarmoqlarini (neft, qurilish materiallari va boshqalar) rivojlantirish imkonini beradi.
Sanoatda energetika, mashinasozlik, kimyo, kurilish materiallari, yengil va qishloq xo‘jaligi
mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar, oziq-ovqat sanoati Andijon, Namangan, Farg‘ona,
Qo‘qon, Marg‘ilon, Uchqo‘rg‘on, Pop, Asaka, Quva, Shahrixon, Beshariq va boshqa shaharlarda
rivojlangan. Energetika sanoati asosini IES (Farg‘ona IES, Qo‘qon IES va Quvasoy GRES) tashkil
qiladi. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoatining zamonaviy tarmog‘i – avtomobilsozlik
yuzaga keldi. Kimyo sanoati (Farg‘ona, Andijon, Qo‘qon), sement, shifer, oyna kabi qurilish
materiallari ishlab chiqarish (Quvasoy shahrida), neftni qayta ishlash sanoati (Oltiariq va
Farg‘ona shaharlarida) rivojlangan. Farg‘ona-Marg‘ilon, Andijon-Asaka sanoat rayonlari,
Namangan, Qo‘qon, Quvasoy, Shaxrixon, Chust, Uchqurg‘on, Pop, Kosonsoy, Xonobod va boshqa
sanoat tugunlari jadal rivojlanmoqda.
O‘zbekiston hududi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish va unga ta’sir etuvchi
omillar nuqtai-nazaridan 3 mintaqaga bo‘linadi: tog‘ va tog‘ oldi mintaqasi – respublika
hududining 20 foizdan ortig‘ini tashkil etadi. Asosan, lalmikor dehqonchilik (bug‘doy, arpa,
no‘xat, zig‘ir), bog‘dorchilik va tokchilik taraqqiy etgan, bu mintaqada mavsumiy bahorgi- kuzgi
yaylovlar mavjud, chorvachilik go‘sht-jun yetishtirishga ixtisoslashgan. Sug‘orma dehqonchilik
mintaqasi – respublika hududining qariyb 20 foizini tashkil etadi. Bu mintaqa Farg‘ona vodiysi,
Mirzacho‘l, Dalvarzin cho‘li, Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon, Qashqadaryo va Surxon-Sherobod
vodiylari, Quyi Amudaryoni o‘z ichiga oladi. Asosan, paxta, shuningdek, kanop, don (bug‘doy,
www.e-itt.uz
III SON. 2024
123
makkajo‘xori, sholi), kartoshka, sabzovot-poliz ekinlari (qovun, tarvuz, qovoq), yem-xashak
ekinlari (beda, sudano‘t, perko va boshqalar) yetishtiriladi. Cho‘l-yaylov mintaqasi – respublika
hududining 60 foizini tashkil etadi va asosan cho‘l va suvsiz tekisliklardan iborat.
O‘zbekiston mintaqalarida qishloq xo‘jaligi yerlarining sho‘rlanishi muammolari
kuzatiladi. Mazkur muammoga duch kelgan eng katta maydonlar Qoraqalpog‘iston
Respublikasida, Buxoro, Qashqadaryo, Xorazm, Sirdaryo, Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida
joylashgan. Ayniqsa, yer osti suvlarini jadal sarflanishi kutilmoqda, bu esa o‘z navbatida,
ikkilamchi sho‘rlanishning rivojlanishiga olib keladi. Bir qator tumanlarda sho‘rlanish
natijasida qiyin sug‘oriladigan gipslashgan tuproqlar shakllanmoqda. Gipslashgan
tuproqlarning umumiy maydonida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax,
Qashqadaryo va Farg‘ona vodiysi viloyatlari yuqori ulushga ega.
Xulosa va takliflar.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, bunda tabiiy kapitalni jamg‘arish yo‘nalishlari mahalliy,
hududiy va mintaqaviy darajadagi chora-tadbirlarni va ularning qat’iy amalaga oshirilishiga,
barqaror ishlab chiqarish va iste’mol bo‘yicha davlat boshqaruvining mamlakat miqyosidagi
integrasiyalanishiga va qo‘llab-quvvatlanishiga imkoniyatini beradi..
O‘zbekistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining atrof-muhitni muhofaza qilish,
tabiiy va texnologik avariyalarning oldini olish ko‘rsatkichlardan iborat.
Qayta tiklanadigan tabiiy kapitalning o‘ziga xos xususiyati barqaror iqtisodiy rivojlanish
uchun shart-sharoitlarni yaratadi.
mamlakatning mintaqaviy-iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish ekologik
tizimi butun dunyoning ekologik tizimiga ma’lum darajada bog‘liqdir. Insoniyatning global
xarakterdagi dolzarb ekologik muammolarni hal qilish sohasida ilm-fanni rivojlantirish
harakatlarini birlashtirish uchun ham milliy boshqaruv zarur.
Adabiyotlar/ Литература/ References:
Gerasimchuk I. (2007) Ekologicheskaya praktika transnatsionalnыx korporatsiy. – M.:
Vsemirnыy fond dikoy prirodы,– S. 56-57.
Isadjanov A. (2018) Barqaror rivojlanish maqsadlari: ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb
vazifalari// Ilmiy tahliliy axborot. – Toshkent: № 1, – B. 96-97.
Lange, Glenn-Marie, Quentin Wodon, and Kevin Carey, (2018). The Changing Wealth of
Nations. Building a Sustainable Future. Washington, DC: World Bank. doi:10.1596/978-1-4648-
1046-6. R.8.
Lyu X.M. (2011) Ekonomicheskoe obosnovanie formirovaniya sistemы ekologicheskogo
menedjmenta (na primere predpriyatiy Kitayskoy natsionalnoy neftegazovoy korporatsii). –
Minsk: BGU– S. 9-10.
Smit A. (2017) Issledovaniye o prirode i prichinax bogatstva narodov. M.: AST, - S. 188-189.
Tangirov N.A. (2022) “Barqaror rivojlanish” g‘oyasining nazariy-amaliy ahamiyati//
Multidisciplinary Scientific Journal. - Volume 3, 1082-1083.
Vaxabov A.V., Xajibakiyev SH.X. (2020) Yashil iqtisodiyot (Darslik). – Toshkent: Universitet,–
B. 16-19.
