FOREIGN EXPERIENCE IN MANAGEMENT AND IMPROVEMENT OF TOURIST RESOURCES

Abstract

Tourism is one of the most profitable and rapidly growing sectors of the global economy. Its significant role not only in the economies of individual countries but also in the development of regions as a whole makes the improvement of management processes in this field highly relevant. The key characteristic of tourism, unlike production, is the prevention of resource depletion through effective management. This article examines international experience in managing tourism resources and enhancing mechanisms for efficient management, analyzes key factors, and provides practical recommendations for applying foreign experience in Uzbekistan.

Source type: Journals
Years of coverage from 2024
inLibrary
Google Scholar

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Sokhibova , M. (2025). FOREIGN EXPERIENCE IN MANAGEMENT AND IMPROVEMENT OF TOURIST RESOURCES. Advanced Economics and Pedagogical Technologies, 2(1), 360–372. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/aept/article/view/80194
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Tourism is one of the most profitable and rapidly growing sectors of the global economy. Its significant role not only in the economies of individual countries but also in the development of regions as a whole makes the improvement of management processes in this field highly relevant. The key characteristic of tourism, unlike production, is the prevention of resource depletion through effective management. This article examines international experience in managing tourism resources and enhancing mechanisms for efficient management, analyzes key factors, and provides practical recommendations for applying foreign experience in Uzbekistan.


background image


TURISTIK RESURSLARNI BOSHQARISH VA TAKOMILLASHTIRISHDA

XORIJ TAJRIBASI

Soxibova Muslimaxon

Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti

ORCID: 0009-0003-6868-1770

zaynutdinovamuslimakhon@gmail.com

Annotatsiya.

Turizm jahon iqtisodiyotining yuqori daromadli va tez oʻsib borayotgan

sektorlaridan biri. Iqtisodiy sektor nafaqat mamlakatlar, balki ayrim mintaqalarning

iqtisodiyotida salmoqli oʻrinni egallab borishi, undagi boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish

ma

salalarini yuzaga chiqardi. Turizmning asosiy xususiyati, ishlab chiqarishdan farqli oʻlaroq,

resurslarni samarali boshqarish natijasida ularning tugab ketishini oldini olishdadir. Ushbu

maqolada turistik resurslarni boshqarish va samarali boshqaruvni takomillashtirish

mexanizmlarini tashkil etishda xorij tajribasi oʻrganildi, tahlil

qilindi, uning asosiy omillari

aniqlandi, hamda xorij tajribasini Oʻzbekistonda qoʻllash doirasida amaliy taklif va tavsiyalar

ishlab chiqildi.

Kalit soʻzlar:

turizm, turistik resurslar, boshqaruv, turist, turistik oqim, boshqaruv modeli,

barqaror turizm, barqaror rivojlanish konsepsiyasi.

ЗАРУБЕЖНЫЙ ОПЫТ УПРАВЛЕНИЯ И СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ

ТУРИСТИЧЕСКИХ РЕСУРСОВ

Сохибова Муслимахон

Научно

-

исследовательский

институт развития туризма

Аннотация.

Туризм является одной из наиболее прибыльных и быстрорастущих

отраслей мировой экономики. Его значительная роль не только в экономике отдельных
стран, но и в развитии регионов в целом делает актуальными вопросы

совершенствования процессов управления в данной сфере. Основная особенность
туризма, в отличие от производства, заключается в предотвращении истощения

ресурсов за счет их эффективного управления. В данной статье изучен зарубежный опыт

управления туристическими ресурсами и совершенствования механизмов

эффективного

управления, проведен его анализ, определены ключевые факторы, а также разработаны
практические предложения и рекомендации по применению зарубежного опыта в

Узбекистане.

Ключевые слова:

туризм, туристические ресурсы, управление, турист,

туристический поток, модель управления, устойчивый туризм, концепция устойчивого
развития.

UOʻK:

338.48:338.48(575)

360-372


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

361

FOREIGN EXPERIENCE IN MANAGEMENT AND

IMPROVEMENT OF TOURIST RESOURCES

Sokhibova Muslimakhon

Tourism Development Institute

Abstract.

Tourism is one of the most profitable and rapidly growing sectors of the global

economy. Its significant role not only in the economies of individual countries but also in the

development of regions as a whole makes the improvement of management processes in this field
highly relevant. The key characteristic of tourism, unlike production, is the prevention of resource

depletion through effective management. This article examines international experience in

managing tourism resources and enhancing mechanisms for efficient management, analyzes key

factors, and provides practical recommendations for applying foreign experience in Uzbekistan.

Keywords:

tourism, tourism resources, management, tourist, tourist flow, management

model, sustainable tourism, sustainable development concept.

Kirish.

Bugungi kunga kelib turizm jahon iqtisodiyotida hal qiluvchi rol oʻynaydi. Mazkur sektor

koʻp qirrali boʻlib, turli mamlakatlar iqtisodiyoti, madaniyati, atrof

-muhit va jamiyatiga turlicha

taʼsir oʻtkazadi. Turizm global miqyosda ish bilan taʼminlashning m

uhim manbayi

boʻlib,

bevosita va bilvosita yangi ish oʻrinlarini yaratadi. Sayyohlarning turistik

destinatsiyalarda

sarflagan xarajatlari orqali valyuta tushumlarini koʻpaytiradi, shu orqali milliy YaIM ga hissa
qoʻshadi. Turizmni qoʻllab

-quvvatlash uchun

mamlakatda aeroportlar, yoʻllar, mehmonxonalar,

restoranlar va madaniy obyektlarga sarmoya kiritiladi. Mazkur rivojlansh nafaqat turistlar,

balki mahalliy aholining umumiy hayot sifatini oshiradi.

Bugungi kunda turizm nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki atrof-muhitni muhofaza qilish va

xabardorlikni oshirish boʻyicha katta vazifani bajarib kelmoqda. Bunda birinchi navbatda

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan Barqaror Rivojlanish Konsepsiyasiga

asoslangan “barqaror turizm” loyihalari muhim rol oʻynaydi. Barqaror turizm tabiiy resurslar,

ekotizimlar va biologic xilma-

xilliklarga taʼsirni ekologik toza amaliyotlar va qoidalar orqali

kamaytirishga erishmoqda.

Turizm resurslari sayyohlarni jalb qilish va mamlakatning turizm sektorini

shakllantirishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu resurslar turizmning jozibadorligi va rivojlanishiga

qoʻshadigan tabiiy, madaniy, tarixiy hamda rekreatsion obyektlarning keng doirasini oʻz ichiga

oladi. Ularni samarali boshqarish mamlakatda turizmdan daromadni orttirish, iqtisodiyotni

diversifikatsiya qilish, madaniy almashinuv, merosni saqlash, tabiatni muhofaza qilish

imkoniyatini yaratadi.

Turizmda resurslarni samarali boshqarish amaliyoti turizmdan maksimal foyda olish va

uning atrof-

muhitga salbiy taʼsirni kamaytirish uchun muhimdir. Samarali menejment, eng

avvalo, stategik rejalashtirish, barqaror amaliyotlar, manfaatdor tomonlarning hamkorligi

hamda samarali monitoringni oʻz ichiga oladi. Resurslarni samarali boshqarishni tashkil etish

uchun, avvallambor, mazkur sohada yetakchilik qilayotgan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish

lozim. Aynan shu sababli ushbu mavzu dolzarb hisoblanadi.

Adabiyotlar sharhi.

Turizm butun jahon miqyosida kengayishda davom etar ekan, turistik manzillar tabiiy,

madaniy va infratuzilmaviy resurslarning samarali boshqaruvida unumli foydalanish, saqlash,
restovratsiya va konservatsiya qilish, barqaror turizm strategiyalariga integratsiyalashuvi kabi

muammolarga duch kelmoqda. Ushbu qiyinchiliklar qatorida ilmiy adabiyotda boshqaruv

amaliyotlari va ularning turizm resurslarini samarali boshqarish taʼsirini har tomonlama

baholash boʻyicha boʻshliq saqlanib qolmoqda.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

362

Prebensen, Vitterso, Dahl (2013) individual turizm resurslarining turistik tajribadagi

qiymatini baholash va turistik resurslarni qoʻshimcha qiymat qoʻshuvchi element sifatida tahlil

qilgan. Lee va Han

(2002) kontingent baholash usulidan foydalanish orqali milliy bogʻlar

turistik resurslaridan foydalanish va saqlash qiymatlarini baholash usullarini ishlab chiqqan.

Zuo, Chen, Pan, Law

(2021) Xitoyda sport turizmi resurslariga taʼsir etuvchi omillarni tahlil

qilgan.

Goeldner va Ritchie (2007)

oʻz tadqiqotlarida turistik resurslarni “turizmning asosiy

qurilish bloklari” deya taʼriflagan.

Fennell (2006)

esa resurslarni “maʼlum bir

joyga tashrif

buyuruvchilarni jalb qiladigan tabiiy yoki madaniy atributlar” deya tavsiflagan.

Tuxliyev, Hayitboyev, Safarov (2012) turizm sohasining rivojlanishida turizm

resurslarining ahamiyatini ochib berishga harakat qilgan. Davurbaevich (2024) Forish

tumanining tarixiy-

etnografik turizm resurslariga urgʻu bergan.

Tadqiqotlar boʻlsa

-da, turizm resurslari menejmentiga oid masalalar xali

toʻlaligicha

yoritib berilmagan. Ushbu maqola aynan turistik resurslar boshqaruvida xorij tajribasini tahlil

qilishga qaratilgan boʻlib, tadqiqotning asosiy maqsadi turizm

saanoati rivojlangan

mamlakatlarning turizm resurslari menejmentidagi asosiy tendensiyalarni aniqlashdan iborat.

Tadqiqot metodologiyasi.

Mazkur mavzu doirasidagi tadqiqotlar tizimli yondashuvni talab qiladi. Tadqiqot

jarayonida muallif tomonidan turistik resurslarning joriy boshqaruv strategiyalari, xalqaro

tajriba va strategiyalarning samaradorligi tadqiq qilindi va xorij tajribasini Oʻzbe

kistonda

qoʻllash boʻyicha tavsiyalar berildi. Mavjud tadqiqotlar asosida adabiyotlar tahlili amalga

oshirildi. Tadqiqotning asosiy maqsadi turistik resurslarni boshqarish va takomillashtirishda

xorij tajribasini aniqlash va baholash boʻlib, ushbu maqsadga

erishish va tadqiqotning

toʻliqligini taʼminlash uchun turli xil maʼlumot manbalaridan foydalanildi, masalan, xalqaro

tashkilotlarning hisobotlari, jumladan Jahon sayyohlik tashkilotining har yili eʼlon qilinadigan

nashrlari, hamda bir qator mustaqil tadqiqot tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan

maʼlumotlar jamlandi.

Yigʻilgan maʼlumotlarni tahlil qilish uchun quyidagi tahliliy vositalar qoʻllaniladi:

boshqa davlatlar bilan qiyosiy tahlil: Oʻzbekiston tajribasini turizm resurslarini

boshqarishning innovatsion usullarini muvaffaqiyatli joriy etgan boshqa mamlakatlar bilan

solishtirish.

turizm jihatdan yetakchi mamlakatlarning resurslar boshqaruvida qoʻllayotgan

strategiyalarini aniqlash.

turizm bozorida resurslar boshqaruvidagi zamonaviy tendensiyalarni aniqlash.

Bu usul va vositalar turizm sohasida turizm

resurslarini boshqarish boʻyicha har

tomonlama tushunchaga ega boʻlish va Oʻzbekistonda ushbu sohani rivojlantirish boʻyicha

tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

XXI asrga kelib turim kuchli iqtisodiy drayver va madaniy almashinuv platformasi sifatida

tan olindi. Turizm nafaqat iqtisodiy oʻsish, balki atrof

-muhit va madaniy merosni muhofaza

qilish kabi rollarni bajarib keladi. Ushbu vazifalarni amalga oshirishda turizmda resurslarning

barqaror boshqaruviga alohida eʼtibor berilmoqda.

Turizmning rivojlanib borishi davomida turli davrlarda turistik resurslarni boshqarish

muayyan jamiyat urf-odat va qadriyatlari, iqtisodiy ustuvorliklar, texnologik taraqqiyotining

oʻzgarib borishi taʼsirida rivojlandi. Turistik resurslarning boshqaruvi sh

akllanish davrlarini

quyidagicha tasniflash mumkin (1-rasm).


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

363

1-rasm. Turistik resurslar boshqaruvining shakllanish bosqichlari

Turistik resurslar boshqaruvi shakllanishining ilk bosqichi turizm paydo boʻlganidan

boshlab sanoat

inqilobigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi (

Sava

, 2016). Ushbu davrda

sayohatchilar uchun infratuzilma yaxshi shakllanmagan va xavfsizlik muammolari mavjud

boʻlgan.

Ikkinchi davr sanoat inqilobidan boshlab XX asr boshlarigacha boʻlgan davrni oʻz

ichiga

oladi. Mazkur vaqt oraligʻida turizm industriya sifatida shakllana boshladi, transport sohasidagi

taraqqiyot (temir yoʻllar va paroxodlarning paydo boʻlishi) sayohatni oʻrta sinf qatlami uchun
qulay boʻlishiga olib keldi (

Thimothy, 2007). Bundan tashqari, tadbirkorlar turistik

resurslardan foyda olish maqsadida oʻzaro hamkorlikda ishlashni boshladi, bu esa

mehmonxona, kurort va ekskursiyalarning rivojlanishiga olib keldi. Taʼkidlash joizki, bu davrda

turistik resurslar boshqaruvida

asosiy eʼtibor riv

ojlantirishga qaratildi, natijada atrof-muhit

zararlandi.

Uchinchi bosqich XX asrning oʻrtalaridan XX asr oxirigacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi.

Qayd etish kerakki, XX asr nafaqat turizm balki butun jahon iqtisodiyotida global oʻzgarishlarni

olib kirdi. Bu davrda boʻlib oʻtgan ikki jahon urushi vaqtincha barcha saʼy

-harakatlarning

ijtimoiy hayot va iqtisodiyotni tiklashga qaratildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin turizm

farovonlik va boʻsh vaqt ortishi tufayli rivojlanib bordi, hamda turizmning atrof

-

muhitga taʼsiri

toʻgʻrisida omma orasida xabardorlik kuchay

di. Hukumatlar va xalqaro tashkilotlar turistik

faoliyatni boshqarish va tabiiy-madaniy resurslarni muhofaza qilish uchun tartibga solish bilan

bir qatorda hududlarni rejalashtirish ishlarini amalga oshirishni boshladi.

Soʻnggi bosqich, boshqacha qilib aytganda zamonaviy bosqich, XX asr oxiridan boshlab to

bugunga qadar boʻlgan vaqt oraligʻini oʻz ichiga oladi. Bu vaqt mobaynida turizm jahon

iqtisodiyotining yuqori daromadli sektorlaridan biriga aylandi. 2015-yilda Birlashgan Millatlar

Tashkiloti tomonidan Barqaror Rivojlanish Maqsadlari qabul qilinishi natijasida Barqaror
turizm paradigmasi vujudga keldi. Barqaror turizm tushunchasi tabiiy muhitni saqlovchi va

mahalliy hamjamiyatlarga foyda keltiruvchi masʼuliyatli turim

amaliyoti asosida quriladi.

Bundan tashqari, turistik resurslarning boshqaruvida integratsiyalashgan boshqaruv

yondashuvlari ishlab chiqildi. Boshqaruv iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik jihatlarni qamrab
oladigan kompleks yondashuvlarga asoslanadi. Turizmdan tushayotgan tushumning ortishi,

sayyohlarning yangi destinatsiyalarga ehtiyoji mahalliy hamjamiyatlarni resurslar

boshqaruvida qarorlar qabul qilish va manfaatlarni taqsimlashga jalb etdi. Albatta, mazkur

Turizmning shakllanib borishidan sanoat inqilobigacha bo'lgan davr

Sanoat inqilobi va XX asr boshlari

XX asrning ikkinchi yarmidan XX asrning oxirigacha bo'lgan davr

XX asrning oxiridan bugungi kungacha bo'lgan davr


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

364

davrda texnologik inqilob natijasida iqtisodiyotning barcha sektorlari, xususan, turistik
resurslar boshqaruviga raqamli platformalar va innovatsion texnologiyalarning kirib

kelganligini alohida taʼkidlash lozim.

Turizmning rivojlanib borishi, jahon iqtisodiyotida salmorli ulush egallashi turistik

resurslarni samarali boshqarish, jarayonni tartibga solishga qiziqishni oshirib yubordi. Har
qanday mamlakat turistik destinatsiya sifatida rivojlanish strategiyasini tanlar ekan,

avvalambor, mavjud resurslarni aniqlashi va ularni boshqarish mexanizmlarini joriy qilishi

lozim.

Bugungi kunda butun dunyoda qancha turistik resurslarni borligini aniqlashning

imkoniyati mavjud emas. Chunki turistik resurslar turmahsulot ishlab chiqarish va sotishda

ishtirok etuvchi barcha elementlarni qamrab oladi. Bundan tashqari, ayrim resurslar turizmsiz

ham faoliyat olib bora oladi, ammo turizm ushbu resurslarsiz mavjud boʻla olmaydi.

Birgina umumiy joylashtirish vositalari sanoati 2023-

yilda 8,1 % oʻsish qayd etdi va 1,27

trillion AQSh dollariga yetdi (Spinoza, 2024). 2023-

yil yakuniga koʻra butun dunyoda 700

mingdan ortiq mehmonxona va joylashtirish vositalari mavjud, ulardagi xona fondi kamida 17,5

millionni tashkil etadi. Umumiy ovqatlanish shaxobchalarining umumiy sonini aniqlash

qiyinchilik uygʻotadi, ammo manbalarda qayd etilishicha 2023

-

yil holatiga koʻra butun dunyoda

15 milliondan ortiq restoran va kafelar faoliyat yuritadi (Hunt, 2023). Birgina AQSh da

ovqatlanish shaxobchalari soni 794 mingdan ortiq. Butun dunyoda faoliyat olib boradigan

turistik agentliklar, korxonalar va firmalar soni 2023-yilda 553 mingtaga yetdi (Statista, 2024).

Bulardan tashqari har bir mintaqa va mamlakatda joylashgan tabiiy, madaniy-

maʼrifiy,

tarixiy turistik resurslar mavjud. Bularning barchasini samarali boshqarish mamlakatning

turizm salohiyatiga katta taʼsir koʻrsatadi.

Turistik resurslarni boshqarish haqida gap ketar ekan, avvalambor, bu masalada yutuqqa

erishgan mamlakatlarning tajribasiga yuzlanish lozim. Butunjahon Sayyohlik tashkiloti 2023-

yilda eng koʻp sayyohlarni qabul qilgan 10

ta

mamlakat roʻyxatini eʼlon qildi (1

-jadval).

1-jadval

2023-

yilda eng koʻp xalqaro turistlarni qabul qilgan mamlakatlar roʻyxati

(www.unwto.org., n.d.)

Reyting

Mamlakat

1

Fransiya

2

Ispaniya

3

AQSh

4

Italiya

5

Turkiya

6

Meksika

7

Buyuk Britaniya

8

Germaniya

9

Gretsiya

10

Avstriya

Ushbu reytingda Fransiya 100 million tashrif bilan dunyoning eng koʻp tashrif

buyuriladigan manzili sifatida oʻrin egalladi. Ikkinchi oʻrinda 85 million sayyoh bilan Ispaniya,

uchinchi AQSh 66 million, Italiya 57 million Turkiya esa 55 million xalqaro turistlar bilan

beshinchi oʻrinni egalladi. Eʼtiborlisi ushbu oʻn mamlakatdan aksariyati Yevropa qitʼasida

joylashgan.

Bundan tashqari Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan 2024-yilda turizm va sayohat

boʻyicha dunyodagi eng yaxshi turistik manzillar reytingi tuzildi. Reyting keng doiradagi

mezonlar, xususan, infratuzilma, tabiiy resurslar, barqarorlik, ishchi kuchi hamda

raqobatbardosh narxlar orqali baholash natijasida ishlab chiqildi (2-jadval).


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

365

2-jadval

Jahon Iqtisodiy Forumi tomonidan 2024-yil uchun turizm va sayohat

boʻyicha dunyodagi eng yaxshi turistik manzillar reytingi

(Edmond, 2024)

Reyting

Mamlakat

Natija

1

AQSh

5,24

2

Ispaniya

5,18

3

Yaponiya

5,09

4

Fransiya

5,07

5

Avstraliya

5,00

6

Germaniya

5,00

7

Buyuk Britaniya

4,96

8

Xitoy

4,94

9

Italiya

4,90

10

Shveysariya

4,81


Ushbu tadqiqotda turistik resurslarni boshqarish va takomillashtirishda xalqaro tajribani

tadqiq qilish uchun yuqoridagi mamlakatlardan quyidagilar tanlab olindi: Fransiya, Turkiya,

AQSh va Xitoy.

Maʼlumki, Fransiya butun dunyo sayyohlari uchun eng mashhur turistik manzil

hisoblanadi. Mamlakatning turizm va sayohat bozori qariyb 20,03 milliard AQSh dollarini

tashkil qiladi (Piva, 2023). Fransiyaga tashruf buyurgan sayyohlar undagi shaharlar, sohillar,

qishloqlarni tomosha qilish, fransuz oshxonasidan bahramand boʻlishni istashadi. 2

-rasmda

2023-

yilda Fransiyada eng koʻp tashrif buyurilgan madaniy va dam olish maskanlari berilgan.

2-rasm. 2023-

yilda Fransiyada eng koʻp tashrif buyurilgan madaniy va

dam olish maskanlari (million kishi)

Manba:

www.statista.com

maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Koʻrinib turganiday, Fransiya sayyohlarga turli xil turlarni taklif qilish imkoniyatiga ega.

Buning uchun unda yetarlicha salohiyat va tusistik resurslar mavjud. Aynan turistik resurslarni

samarali boshqara olish salohiyati tufaydi

Fransiya yillar davomida xalqaro turistlar eng koʻp

tashrif buyuradigan manzil sifatidagi nomini saqlab qolmoqda. 3-rasmda 2010-2023-yillar

mobaynida Fransiyaga amalga oshirilgan xalqaro tashriflar soni berilgan.

14

8

7.7

6.2

3.3

3.1

2.4

2.2

2.1

2

2

1.7

1.6

1.5

1.4

0

2

4

6

8

10

12

14

16

Disneyland Paris

Louvre Museum

Versailles Palace

Eiffel Tower

Pompidou Centre

Musee d'Orsay

Cite des sciences de la Villette

Puy du Fou

Medieval city of Carcassonne

Asterix Park

Futuroscope

Museum of Natural History

Arc de Triomphe

Castle of the Duke of Brittany

Beauval Park Zoo


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

366

3-rasm. 2010-2021-yillar kesimida Fransiyaga amalga oshirilgan xalqaro

tashriflar soni (mln. kishi)

Manba:

www.unwto.org

maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.

2010-2015-

yillar oraligʻida Fransiyaga tashrif buyurgan sayyohlar soni oshib borgan

boʻlsa

-da, 2015-yil noyabr Parijda hamda 2016-yilning iyul oyida Nitsa shahridagi terrorchilik

harakati oqibatida sayyohlar soni 2015-

yilga nisbatan 2,2 % ga tushganligini koʻrishimiz

mumkin. Biroq, 2017-

yilda koʻrsatkich oʻsdi va 2019

-

yilda eng yuqori koʻrsatkich –

90,9

millionni qayd etdi. Mutaxassislar mamlakatga tashrif buyuradigan xalqaro turistlar soni 2020-

yilda 91 million, 2021-yilda 91,2 million, 2022-yilda esa 93,5 millionga yetishini prognoz

qilishgan edi. Ammo pandemiya va cheklovlar sabab koʻrsatkich 2 barobarga qisqardi. Shunga

qaramay, 2023-

yil yakunida Fransiya nafaqat pandemiyagacha boʻlgan holatini tikladi, balki

yuqori oʻsish surʼatlariga ham erishdi.

Fransiyadagi turistik resurslar madaniy merosni avaylash, tashrif buyuruvchi

sayyohlarda yaxshi taassurot qoldiring, barqaror turizmni rivojlantirishga qaratilgan milliy,
mintaqaviy va mahalliy strategiyalarning kombinatsiyasi orqali boshqariladi (

Aldebert

, 2011).

Fransiyaning turistik resurslar boshqaruv modelini quyidagicha ifodalash mumkin (4-rasm).

Madaniy va tadbirlarni boshqarish deganda, Fransiyada yil davomida oʻtqiziladigan

tadbir va festivallar, tarix, madaniyat, anʼanalar bilan bogʻliq

xordiqni nazorat qilish

tushuniladi. Bularning barchasi madaniy merosni saqlash, mahalliy anʼanalarni targʻib qilish va

tashrif buyuruvchilarni jalb qilishga qaratiladi.

Milliy darajadagi turistik resurslar boshqaruvi oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

1. Turizm vazirligi. Fransiya Turizm vazirligi milliy turizm siyosati va faoliyatini

muvofiqlashtirishda markaziy rol oʻynaydi. U turizmni rivojlantirish va boshqarishda yaxlit
yondashuvni taʼminlash uchun boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi.

2. Turizmni rivojlantirish agentliklari. Atout France (Turizmni rivojlantirish milliy

agentligi) kabi agentliklar fransuz turizmini xalqaro miqyosda targʻib qilish, turizm bozori

tadqiqotlarini oʻtqizish va

turiz

, biznesini qoʻllab

-quvvatlash kabi vazifalarni bajaradi.

Mintaqaviy va mahalliy boshqaruv mintaqaviy turizm kengashlari, mahalliy hokimiyat

organlari va milliy agentliklar darajasidagi boshqaruvni oʻz ichiga oladi. Mintaqaviy turizm

kengashlari har bir mintaqada turizmni rivojlantirish, turistik mahsulotlarni ishlab chiqish va

mahalliy manfaatdor tomonlar bilan hamkorlik qilish uchun masʼul kengashi hisoblanadi.

77.6

80.5

82

83.6

83.7

84.5

82.7

86.9

89.4

90.9

41.7

48.4

79.4

100

91

92.2

93.5

0

20

40

60

80

100

120

2010

2011

2012

2013

2014

2015

2016

2017

2018

2019

2020

2021

2022

2023

Tashriflar soni (mln kishi)

Kutilgan tashriflar soni (mln kishi)


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

367

4-rasm. Fransiyaning turistik resurslarni boshqarish modeli

(Vasylchuk, 2020)

Mahalliy hokimiyat organlari mahalliy darajada turizmni boshqarishda hal qiluvchi rol

oʻynaydi. Ular turistik infratuzilma rivojlanishini nazorat qiladi, tashrif buyuruvchilar oqimini

boshqaradi va turistik manfaatlarni mahalliy hamjamiyat manfaatlari bilan muvozanatlash
siyosatini amalga oshiradi.

Barqaror turizm amaliyotlari resurslar boshqaruvida ekoturizm tashabbuslari va sifat

yorligʻini targʻib qilishni nazarda tutadi. Fransiya atrof

-

muhitga taʼsirni minimallashtirish va

tabiiy resurslarni saqlash uchun ekoturizm va barqaror turizm amaliyotlari: yashil turar joylar,

ekologik toza transport imkoniyatlarini targʻib qiladi. Bundan tashqari, yuqori standartlarni

taʼminlash va tashrif buyuruvchilarning qoniqishini oshirish uchun turar joy, restoranlar va

sayyohlik xizmatlari uchun turli xil sifat yorliqlash tizimi joriy etilgan.

Resurslarni samarali boshqarishda hamkorlik va manfaatdor tomonlarni jalb qilish

muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda davlat organlari, xususiy sektor manfaatdor tomonlari

(mehmonxonalar, turoperatorlar va boshqalar) va mahalliy hamjamiyatlarning hamkorligi

ta

ʼminlanadi. Ushbu hamkorlik turizmdan olinadigan foyda adolatli va barqaror

taqsimlanishini taʼminlaydi. Bundan tashqari, Fransiya turizm rivojlanishining mahalliy

ehtiyojlar va ustuvorliklarga mos kelishini taʼminlash uchun turizmni rejalashtirish va qaro

rlar

qabul qilish jarayonlarida mahalliy hamjamiyatlar ishtirok etadi.

Turkiyada mehmondoʻstlik sanoati yaxshi rivojlangan. Mamlakat dunyoning turli

burchaklaridan sayyohlarni oʻzining boy tarixi va madaniyati, shuningdek, Oʻrta yer dengizi

iqlimi bilan jalb qiladi. 2023-yilda Turkiya yalpi ichki mahsulotiga turizmning umumiy hissasi

1,7 trillion lirani tashkil etdi. Bundan tashqari, turizmning bandlikka qoʻshgan hissasi

pandemiyagacha boʻlgan davrni tikladi va 2023

-yil yakuniga qadar sayyohlik sektori

mamlakatda 3 milliondan ortiq ish oʻrnini yaratdi

(cycles, T. text provides general information

S. assumes no liability for the information given being complete or correct D. to varying update
and Text, S.C.D.M. up-to-Date D.T.R. in the (n.d.).

5-rasmda Turkiyaga 2010-2023-yillar kesimida tashrif buyurgan sayyohlar soni

keltirilgan. Unga koʻra, 2010

-2015-

yillar oraligʻida mamlakatga tashrif buyurgan sayyohlar soni

yildan yilga oʻsib borgan, ammo 2016

-yilda sayyohlar oqimi 2015-yilga nisbatan 30 % ga

qisqargan. Bunga sabab oʻsha vaqtda boʻlib oʻtgan terroristik hujumlar va siyosiy tang vaziyat

Hamkorlik asosida

boshqaruv

Barqaror turizm

amaliyotlari

Mintaqaviy va

mahalliy boshqaruv

Milliy darajadagi

boshqaruv

Madaniy

tadbirlar

boshqaruvi


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

368

edi. Biroq vaqt oʻtishi va siyosiy vaziyatda barqarorlik kuzatilishi bilan turizm yana oʻzini tiklay

bordi, natijada 2018-yilda mamlakatga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar soni 39,5 million

kishini tashkil etdi. Turizm koʻrsatkichidagi navbatdagi keskin

vaziyat 2020-

yilga toʻgʻri keladi,

bu davrda pandemiya cheklovlari sayyohlar oqimida aks etdi. 2021-2022-yillarda turizm

sektori tiklanib bordi, 2023-

yil yakuniga kelib tiklandi va oʻsishni qayd etdi.

5-rasm. Turkiyaga 2010-2023-yillar kesimida tashrif buyurgan sayyohlar

soni (million kishi)

Manba:

www.statista.com

maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Turkiyada turistik resurslarni boshqarishning alohida oʻziga xos jihatlari sifatida

quyidagilarni qayd etish mumkin:

1. Turizm siyosati va rejalashtirish. Turkiyada sayyohlikni barqaror rivojlantirish va

takomillashtirishga qaratilgan aniq belgilangan milliy turizm siyosati mavjud. Bunda
Turkiyaning Madaniyat va turizm vazirligi nafaqat madaniy va tabiiy boyliklarni asrab-

avaylash, balki turizmni rivojlantirish boʻyic

ha siyosiy va strategik muvofiqlashtirishda muhim

rol oʻynaydi.

2. Infratuzilmani takomillashtirish. Turkiya turistik infratuzilma va resurslar, xususan,

joylashtirish vositalari (mehmonxona va hostellar), dam olish maskanlari va kurortlar,

transport tarmoqlari (aeroport, vokzal va yoʻllar) va sayyohlik obyektlariga katta miqdorda

investitsiya kiritadi. Bu esa oʻz navbatida xizmatlar sifatini yaxshilash orqali sayohatdan
taassurotni yaxshilashga sabab boʻ

ladi.

3.

Madaniyat va merosni muhofaza qilish. Turkiya mamlakatning mintaqalari boʻylab

joylashgan tarixiy obyektlarni UNESCO ning Butunjahon merosi obyektlari roʻyxatiga kiritish

va shu orqali saqlashga alohida ahamiyat beradi. Resurslarni boshqarish strategiyalariga atrof-

muhitni muhofaza qilish bandini albatta kiritadi.

4.

Ekologik barqarorlik. Yuqorida taʼkidlanganiday, Turkiyada

barqarir turizm

amaliyotiga tobora katta ustuvorlik berilmoqda. Bunda milliy bogʻlar va qirgʻoqboʻyi

mintaqalar, tabiiy hududlarda ekologik toza turar joylar, chiqindilarni saqlash, qayta ishlash va

boshqarish tashabbuslari va bilogik xilma-

xillikni saqlashni targʻib qilish boʻyicha chora

-

tadbirlar amalga oshirilmoqda.

5.

Turizmni targʻib qilish va marketing. Mamlakatning xalqaro marketing kampaniyalari,

sayyohlik agentliklari bilan hamkorlik, xalqaro turistik yarmarkalarda ishtirok etish va raqamli

marketing strategiyalari orqali oʻzining turistik takliflarini faol ravishda targʻib qiladi.

6. Inqirozlarni boshqarish. Turkiya siyosiy beqarorlik yoki tabiiy ofatlar kabi qaltis

sharoitlarda turizmni boshqarish tajribasiga ega. Inqirozni boshqarishning samarali

28.63

31.45 31.78

34.91 36.83 36.24

25.35

32.41

39.48

45.05

12.73

24.71

44.56

49.2

0

10

20

30

40

50

60

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

369

strategiyalari sayyohlar bilan aloqa, xavfsizlik choralari va

koʻngilsizlillarni

minimallashtirish,

hamda tiklanish rejalarini oʻz ichiga oladi.

Tahlil qilinadigan keyingi mamlakat Amerika Qoʻshma Shtatlaridir. AQSh mehmondoʻstlik

sanoati har yili millionlab xalqaro va mahalliy turistilarga

xizmat koʻrsatadigan yirik iqtisodiy

sektorlardan biri hisoblanadi. Mamlakat sayyohlarga turli xildagi turlarni taklif etish
salohiyatiga ega. Tabiati xilma-xil, bundan tashqari turli shtatlar turli madaniyatlarni aks

ettiradi. Joriy yil yakunida AQSh ning turizm bozori 198,7 milliard dollar daromad keltirishi

kutilmoqda (Statista. (n.d.). Xizmatlar bozorida eng katta ulush egasi mehmonxonalar bozori

hisoblanadi.

AQSh turistik resurslarga boy va ularni quyidagicha tavsiflash mumkin (6-rasm).

6-rasm. AQShning turistik resurslari klassifikatsiyasi

Manba:

https://www.visittheusa.com/

maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.

AQSh milliy bogʻlar, sohil boʻyi va togʻlarda

joylshgan kurortlar, tarixiy diqqatga sazovor

joylar, oʻrmon va choʻl hududlari, mahalliy oshxona, oziq

-ovqat va vino, madaniy va musiqa

festivallari (Mardi Gras, Coachella), sport tadbirlari (Superbowl, NBA final), turli xil tematik
parklar (Walt Disney World Resort, Universal Studios) kabi xilma-xillikdagi resurslarga ega.

Ushbu resurslarni boshqarishda mamlakat bir qator strategik boshqaruv usullaridan

foydalanadi (7-rasm).

Soʻnggi yillarda Xitoy Osiyo mintaqasidagi xalqaro sayyohlar orasidagi eng mashhur

yoʻnalishga aylandi. Mamlakat oʻzining boy tarixi, madaniy diqqatga sazovor manzillari,
zamonaviy shaharlari va turli xil landshaftlari sababli turistlar oqimi boʻyicha doim

iy ravishda

yuqori oʻrinlarni egallab keladi. Xitoyning turizm sektori mamlakat iqtisodiyoti, madaniy

almashinuv va xalqaro munosabatlarda xal

qiluvchi rol oʻynaydi hamda dinamik va koʻp qirrali

soha hisoblanadi, shuningdek, turistik resurslar, infratuzilm

a, iqtisodiy taʼsir va hukumat

siyosati kabi asosiy jihatlarni oʻz ichiga oladi.

Butun dunyoda post-pandemiya holatida tiklanish jarayoni kuzatildi, ammo Xitoy uchun

bu davr qiyinroq kechdi. Xitoyning turizm sektori notekis tiklandi, ichki turizm tez va ishonchli

tiklangan boʻlsa

-da, chiqish turizmi 2023-

yilda biroz va qisman oʻsdi

(Economist Intelligence

Unit (2024).

Xitoyning Milliy Statistika Byurosi maʼlumotlariga koʻra, 2023

-yilda 489 millionga

yaqin sayohatlar amalga oshirilib, turizmdan tushgan tushum qariyb 679 milliard AQSh

dollarini tashkil qilgan (National Bureau of Statistics of China, 2023). 2023-yilda mahalliy

sayyohga toʻgʻri keladigan xarajatlar pandemiyadan oldingi darajadan oshib ketdi va besh yillik
eng yuqori koʻrsatkichga yetdi.

Tabiiy diqqatga

sazovor joylar

Madaniy va

tarixiy joylar

Shaharlar

Gastronomiya

Tadbir va

festivallar

Sport va xordiq


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

370

7-

rasm. Amerika Qoʻshma

Shtatlarida turizm resurslarini samarali boshqarishning usullari

Manba:

https://www.ustravel.org/

maʼlumotlari asosida muallif ishlanmasi.

Turizm

resurslarini

boshqarish

Davlat nazorati va

muvofiqlashtirish

Federal

daraja

Shtat va

mahalliy

daraja

Barqaror

turizm

amaliyoti

Atrof-

muhitni

boshqarish

Hamjamiyatlar

ishtiroki

Infratuzilmani

rivojlantirish

Transport

Turar-joy

Madaniy

merosni

saqlash

Tarixiy

obidalarni

saqlash

Madaniy

turizm

Marketing va

reklama

Destination

Marketing

Organizations

(DMOs)

Brand

USA

Tashrif va

taassurotlarni

boshqarish

Tashrif markazlari

va axborot

xizmatlari

Texnologiya va

innovatsiyalar

Inqirozni

boshqarish

Favqulotda

vaziyatlarni

boshqarish

Tadqiqot va
monitorting

Axborotlarni

to'plash


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

371

Xitoyning sayyohlik resurslari juda xilma-

xil boʻlib, qadimiy tarix, tabiiy goʻzallik,

zamonaviylik va boy madaniy tajribalarni oʻzida mujassam etadi. Turistik resurslar

boshqaruvida madaniy meros va atrof-muhitni muhofaza qilish, infratuzilmani rivojlntirish,

turizmni rejalashtirish va taribga

solish, madaniy va atrof muhitga turizmning taʼsirini

baholash, marketing va reklama, inqirozni boshqarish kabi asosiy xususiyatlarni oʻz ichiga
oladi. Eʼtiborlisi, Xitoy tashrif buyuruvchilarga barqarorlik prinsiplariga amal qilish, mahalliy

madaniyatga

nisbatan hurmatni targʻib qilishni ham amalga oshiradi (

Anon, 2023).

Xitoyda turizm resurslarini boshqarish mamlakatning boy madaniy va tabiiy merosini

saqlab qolish bilan bir qatorda turizmning barqaror oʻsishini taʼminlash uchun tabiatni

muhofaza qilish, infratuzilmani rivojlantirish, turizm siyosatini tartibga solish, jamoatchilik

ishtiroki va tashrif buyuruvchilarni oʻqitishni birlashtiradigan yaxlit yondashuvni oʻz ichiga

oladi. Iqtisodiy manfaatlar hamda atrof-

muhit va madaniyatni muhofaza qilish oʻrtasidagi

muvozanatni saqlagan holda, muammolarni hal qilish va rivojlanayotgan turizm talablariga

moslashish uchun doimiy saʼy

-harakatlar nafaqat Xitoy, balki olgan barcha turistik

destinatsiyalar uchun muhim ahamiyatga ega.

Xulosa va takliflar.

Xulosa sifatida shuni qayd etish joizki, Oʻzbekistonda turizm resurslarini boshqarishni

takomillashtirish boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli qoʻllanilayotgan bir qator strategik

yondashuv hamda ilgʻor tajribalarni oʻz ichiga olishi lozim.

Jumladan:

1.

Amerika Qoʻshma Shtatlari:

Turistik manzillarni boshqarish tashilotlariga (DMOs) asos solish: mamlakatda turizmni

rejalashtirish, marketing va rivojlantirishni muvofiqlashtirish uchun turli darajadagi (mahalliy,

mintaqaviy) mustahkam tashkilotlar faoliyatini yoʻlga qoʻyish;

Davlat-xususiy sherikchilik (PPP): turizm infratuzilmasi va xizmatlarni

takomillashtirish uchun davlat idoralari, xususiy sektor va manfaatdor tomonlar oʻrtasidagi

aloqalarni yaxshilash.

2. Turkiya:

Madaniy va tarixiy resurslarni muhofaza qilish: Turkiya kabi boy tarixiy va madaniy

merosdan unumli foydalanish, hamda UNESCO ning Jahon merosi obyektlaridan joy olgan

madaniy meros obyektlari sonini oshirish;

Turistik manzillar marketing: turli xil turmahsulotlarni

samarali targʻib qilish.

3. Xitoy:

Infratuzilmaga urgʻu berish: foydalanish imkoniyatini yaxshilash uchun transport,

jumladan, tezyurar temir yoʻl aloqalari,

aeroportlaar

va avtomobil yoʻllariga keng sarmoya

kiritish;

Hukumat tomonidan qoʻllab

-

quvvatlash: turizmni rivojlantirish boʻyicha hukumatning

kuchli tashabbuslari va siyosati, jumladan, qishloq va kam tashrif buyuradigan hududlarda

turizmni rivojlantirish uchun ragʻbatlantirish.

4. Fransiya:

Barqaror turizm amaliyotlari: merosni saqlash, mahalliy hamjamiyatni jalb qilish va

ekologik tashabbuslarda barqaror turizm amaliyotlariga eʼtibor qaratish;

Tadbirlar va festivallar: yirik xalqaro tadbirlarga mezbonlik qilish.

Ushbu amaliy tavsiyalar turistik destinatsiyalarni

boshqarish, madaniy targʻibot,

infratuzilmani rivojlantirish va barqarorlik boʻyicha muvaffaqiyatli tajribalarni oʻrganish orqali

Oʻzbekiston oʻzining turizm sektorini mustahkamlashi va noyob turizm resurslaridan samarali

foydalanishi mumkin.


background image


www.e-itt.uz

I SON. 2025

372

Adabiyotlar/

Литература

/Reference:

Aldebert, Bénédicte, Rani J. Dang, and Christian Longhi. (2011) "Innovation in the tourism

industry: The case of Tourism@." Tourism management 32.5: 1204-1213.

Anon, (2023). Eco-tourism is booming in China

Chinese Tourists Agency. [online]

Available at:

https://chinesetouristagency.com/eco-tourism-is-booming-in-china/

.

cycles, T. text provides general information S. assumes no liability for the information given

being complete or correct D. to varying update and Text, S.C.D.M. up-to-Date D.T.R. in the (n.d.).

Topic:

Travel

and

tourism

in

Turkey.

[online]

Statista.

Available

at:

https://www.statista.com/topics/9676/travel-and-tourism-in-turkey/

.

Davurbaevich, Bababekov Akbar. (2024) Forish tumanining tarixiy-etnografik turizm

resurslari va salohiyati. xalqaro konferensiya va jurnallarni sifatli indexlash xizmati 1.1: 100-105.

Duval, David Timothy. (2007) Tourism and transport: Modes, networks and flows. Vol. 1.

Channel View Publications.

Economist Intelligence Unit (2024). In charts:

Chinaʼs

outbound tourism in 2024. [online]

Economist Intelligence Unit. Available at:

https://www.eiu.com/n/in-charts-chinas-outbound-

tourism-in-2024/

.

Edmond, C. (2024). Here are the top 10 economies for travel and tourism. [online] World

Economic Forum. Available at:

https://www.weforum.org/agenda/2024/05/tourism-travel-

pandemic-economy/

.

Fennell, David A. (2006) Tourism ethics. Vol. 30. Channel View Publications.

Goeldner, Charles R., and JR Brent Ritchie. (2007) Tourism principles, practices, philosophies.

John Wiley & Sons.

Hunt, G. (2023). Restaurant Industry Statistics

Helplama.com. [online] Helplama.com.

Available at:

https://helplama.com/restaurant-industry-statistics

.

Lee, Choong-Ki, and Sang-Yoel Han. (2002) "Estimating the use and preservation values of

national

parksʼ

tourism resources using a contingent valuation method." Tourism management

23.5: 531-540.

National Bureau of Statistics of China (2023). National Bureau of Statistics of China. [online]

www.stats.gov.cn. Available at:

https://www.stats.gov.cn/english/

.

Piva, G. (2023). France Tourism Statistics and Analysis. [online] Radical Storage. Available

at:

https://travel.radicalstorage.com/france-tourism-statistics/

.

Prebensen, Nina K., Joar Vittersø, and Tove I. Dahl. (2013) "Value co-creation significance of

tourist resources." Annals of tourism Research 42: 240-261.

Sava, Cipriana, and Gheorghe Pinteala. (2016) "The evolution of tourist activity in the West

region correlated with tourist resource management and legislation issues." Quaestus 8: 92.

Spinoza, J. (2024). 75+ Hotel Industry Statistics You

Shouldnʼt

Ignore in 2024. [online]

Zoomshift. Available at:

https://www.zoomshift.com/blog/hotel-industry-statistics

.

Statista. (2024). Number of travel agency businesses worldwide 2024 | Statista. [online]

Available

at:

https://www.statista.com/statistics/1329559/business-count-travel-agency-

services-industry-worldwide

.

Statista. (n.d.). Travel & Tourism

United States | Statista Market Forecast. [online]

Available at:

https://www.statista.com/outlook/mmo/travel-tourism/united-states

.

Tuxliyev, I.S., et al

. (2012) "Turizm asoslari." O ‘quv

qo

llanma.

T.

Vasylchuk, Liudmyla. (2020)"Dynamics and tendencies of development of recreational and

tourist resources of France".

www.unwto.org. (n.d.). China recovers its position as top spender in 2023 as Asia and the

Pacific reopens to tourism. [online] Available at:

https://www.unwto.org/news/china-recovers-

its-position-as-top-spender-in-2023-as-asia-and-the-pacific-reopens-to-tourism

.

Zuo, Yifan, et al. (2021) "Spatial distribution pattern and influencing factors of sports

tourism resources in China." ISPRS International Journal of Geo-Information 10.7: 428.

References

Aldebert, Bénédicte, Rani J. Dang, and Christian Longhi. (2011) "Innovation in the tourism industry: The case of Tourism@." Tourism management 32.5: 1204-1213.

Anon, (2023). Eco-tourism is booming in China — Chinese Tourists Agency. [online] Available at: https://chinesetouristagency.com/eco-tourism-is-booming-in-china/.

cycles, T. text provides general information S. assumes no liability for the information given being complete or correct D. to varying update and Text, S.C.D.M. up-to-Date D.T.R. in the (n.d.). Topic: Travel and tourism in Turkey. [online] Statista. Available at: https://www.statista.com/topics/9676/travel-and-tourism-in-turkey/.

Davurbaevich, Bababekov Akbar. (2024) Forish tumanining tarixiy-etnografik turizm resurslari va salohiyati. xalqaro konferensiya va jurnallarni sifatli indexlash xizmati 1.1: 100-105.

Duval, David Timothy. (2007) Tourism and transport: Modes, networks and flows. Vol. 1. Channel View Publications.

Economist Intelligence Unit (2024). In charts: Chinaʼs outbound tourism in 2024. [online] Economist Intelligence Unit. Available at: https://www.eiu.com/n/in-charts-chinas-outbound-tourism-in-2024/.

Edmond, C. (2024). Here are the top 10 economies for travel and tourism. [online] World Economic Forum. Available at: https://www.weforum.org/agenda/2024/05/tourism-travel-pandemic-economy/.

Fennell, David A. (2006) Tourism ethics. Vol. 30. Channel View Publications.

Goeldner, Charles R., and JR Brent Ritchie. (2007) Tourism principles, practices, philosophies. John Wiley & Sons.

Hunt, G. (2023). Restaurant Industry Statistics — Helplama.com. [online] Helplama.com. Available at: https://helplama.com/restaurant-industry-statistics.

Lee, Choong-Ki, and Sang-Yoel Han. (2002) "Estimating the use and preservation values of national parksʼ tourism resources using a contingent valuation method." Tourism management 23.5: 531-540.

National Bureau of Statistics of China (2023). National Bureau of Statistics of China. [online] www.stats.gov.cn. Available at: https://www.stats.gov.cn/english/.

Piva, G. (2023). France Tourism Statistics and Analysis. [online] Radical Storage. Available at: https://travel.radicalstorage.com/france-tourism-statistics/.

Prebensen, Nina K., Joar Vittersø, and Tove I. Dahl. (2013) "Value co-creation significance of tourist resources." Annals of tourism Research 42: 240-261.

Sava, Cipriana, and Gheorghe Pinteala. (2016) "The evolution of tourist activity in the West region correlated with tourist resource management and legislation issues." Quaestus 8: 92.

Spinoza, J. (2024). 75+ Hotel Industry Statistics You Shouldnʼt Ignore in 2024. [online] Zoomshift. Available at: https://www.zoomshift.com/blog/hotel-industry-statistics.

Statista. (2024). Number of travel agency businesses worldwide 2024 | Statista. [online] Available at: https://www.statista.com/statistics/1329559/business-count-travel-agency-services-industry-worldwide.

Statista. (n.d.). Travel & Tourism — United States | Statista Market Forecast. [online] Available at: https://www.statista.com/outlook/mmo/travel-tourism/united-states.

Tuxliyev, I.S., et al. (2012) "Turizm asoslari." O ‘quv qo ‘llanma. –T.

Vasylchuk, Liudmyla. (2020)"Dynamics and tendencies of development of recreational and tourist resources of France".

www.unwto.org. (n.d.). China recovers its position as top spender in 2023 as Asia and the Pacific reopens to tourism. [online] Available at: https://www.unwto.org/news/china-recovers-its-position-as-top-spender-in-2023-as-asia-and-the-pacific-reopens-to-tourism.

Zuo, Yifan, et al. (2021) "Spatial distribution pattern and influencing factors of sports tourism resources in China." ISPRS International Journal of Geo-Information 10.7: 428.