Авторы

  • Мухаббат Аскарова
    Научно-исследовательский центр «Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана» при Ташкентском государственном экономическом университете https://orcid.org/0009-0002-0121-7925

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.79721

Ключевые слова:

трудоспособное население возрастная структура населения рождаемость высокая рождаемость смертность браки разводы плотность населения экономический рост человеческий капитал трудовые ресурсы постоянное население

Аннотация

В статье рассматриваются теоретические взгляды ученых на трудовые ресурсы, распределение постоянного населения Республики Узбекистан по регионам, тенденции роста, структура трудовых ресурсов на экономически активное и неактивное население, тенденции их роста по регионам, распределение по отраслям экономики.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

94


МEHNAT RESURSLAR

INING HUDUDIY-DEMOGRAFIK XUSUSIYATLARI

Asqarova Muhabbat Ibraximovna

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi

“Oʻzbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning

ilmiy asoslari va muammolari” ilmiy

-tadqiqot markazi

ORCID: 0009-0002-0121-7925

muxabbat.asqarova@bk.ru

Annotatsiya.

Maqolada mehnat resurslari toʻgʻrisidagi olimlarning nazariy qarashlari,

Oʻzbekiston

Respublikasi doimiy aholisining

hududlar boʻyicha taqsimlanishi, oʻsish tendensiyasi,

mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi boʻyicha taq

simlanishi, ularning

mintaqalardagi oʻsish tendensiyalari, iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha taqsimlanishi haqida fikr

yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

mehnatga layoqatli aholi, aholining yosh tarkibi,

tugʻilish, yuqori tugʻilish

darajasi, oʻlim, nikoh, ajralish, a

holi zichligi,

iqtisodiy oʻsish,

inson kapitali, mehnat resurslari,

doimiy aholi soni.

ТЕРРИТОРИАЛЬНО

-

ДЕМОГРАФИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ТРУДОВЫХ РЕСУРСОВ

Аскарова Мухаббат Ибрахимовна

Научно

-

исследовательский центр

«Научные основы и проблемы развития экономики Узбекистана»

при Ташкентском государственном экономическом университете

Аннотация.

В статье рассматриваются теоретические взгляды ученых на

трудовые ресурсы, распределение постоянного населения Республики Узбекистан по
регионам, тенденции роста, структура трудовых ресурсов на экономически активное и

неактивное население, тенденции их роста по регионам, распределение по отраслям

экономики.

Ключевые слова:

трудоспособное население, возрастная структура населения,

рождаемость, высокая рождаемость, смертность, браки, разводы, плотность

населения, экономический рост, человеческий капитал, трудовые ресурсы, постоянное

население.

TERRITORIAL-DEMOGRAPHIC CHARACTERISTICS OF LABOR RESOURCES

Askarova Mukhabbat Ibrahimovna

Scientific Research Center "Scientific Foundations and Problems of the Development of the

Economy of Uzbekistan" under Tashkent State University of Economics

Abstract.

The article discusses the theoretical views of scientists on labor resources, the

distribution of the permanent population of the Republic of Uzbekistan by region, growth trends,

the breakdown of labor resources by economically active and inactive population, their growth

trends in regions, and their distribution by economic sectors.

Keywords:

working-age population, the age structure of the population, birth rate, high

birth rate, death rate, marriage, divorce, population density, economic growth, human capital,
labor resources, permanent population.

UOʻK:

332.133.314.93

94-100


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

95

Kirish.

Mamlakat aholisi

tarkibida mehnat resurslarining oʻsishi oʻsha mamlakat aholisining

koʻpayishi bilan bogʻliqdir. Aksariyat mamlakatlarda, shu jumladan Oʻzbekistonda ham mehnat

resurslarining yoshi 16-59 yosh deb belgilangan. Ularning soni yoshi iqtisodiyotda mehnat

resursl

arining miqdoriy sonini ifodalasa, bilim, sogʻlomligi, malaka, kasbiy mahorati,

ishbilarmonligi mehnat resurslarini sifat koʻrsatkichlarini belgilashga asos boʻladi va ular oʻz

oʻrnida mehnat bozorida taqsimlanadilar.

Har bir mamlakatning bebaho boyligi hisoblangan mehnat resurslari ishlab chiqarish

salohiyatini, milliy iqtisodiyotni rivojlantirishdagi imkoniyatlarini

va jahon xoʻjaligidagi

oʻrnini va

mavqeyini belgilashda hal qiluvchi,

е

takchi ahamiyatga ega. Mehnat resurslari

mamlakat aholisining mehnatga layoqatli yoshdagi qismi, iqtisodiy resurslarning tarkibiy

unsuri; 16 yoshdan 55 yoshgacha boʻlgan ayollar, 60 yoshgacha boʻlgan erkaklar mehnat

resurslariga kiritiladi

1

. Mehnat resur

slarini yoshi ulgʻayib bu guruhni sekin asta tark etib

boradi, ularning oʻrnini esa oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillari egallashadi. Bu jarayon xuddi

tabiat qonunlaridek davomiylikka ega. Farqi esa bir insonni bu aylanma harakatda faqat bir

marotaba ishtirok etishidadir.

Mehnat salohiyatidan toʻlaroq foydalanish iqtisodiy ragʻbatlarning ish beradigan tizimi,

ishlab chiqarish imkoniyatlarining rivojlanganligi, ish oʻrinlarining zarur miqdorda yaratilishi,

ishsizlikni maksimal darajada pasaytirish maqsadida izchil bandlik siyosatini olib borish va

mehnat qilish shart-sharoitlarini yaxshilashni talab etadi. Mehnat resurslarining sifat

koʻrsatkichlarini oshirish bevosita fan va texnologiyalar va xususan axborot texnologiyalarning

yangi yutuqlarini hisobga ol

gan holda oʻrta va oliy taʼlimning rivojlanganlik holati bilan bogʻliq.

Har qanday davlatning iqtisodiyoti asosan mavjud mehnat resurslariga bogʻliq. Ular ish

uchun zarur boʻlgan jismoniy va intellektual qobiliyatlarga ega boʻlgan aholi qismini ifodalaydi

.

Mehnat resurslari tarkibiga mehnat faoliyati bilan shugʻullanadiganlar va unga potensial

qobiliyatli odamlar kiradi. Bunda mehnat faoliyati bilan shugʻullanuvchi odamlar (ishchilar)

mehnat resurslarining asosini tashkil qiladi. Aynan ular tovarlar va xizmatlar ishlab

chiqarilishini taʼminlaydilar va oxir

-oqibat davlat aholisining hayoti va faoliyati uchun iqtisodiy

sharoitlar yaratadilar. Binobarin, ularning miqdoriy va sifat oʻzgarishlarini tahlil qilish va

prognoz qilish iqtisodiyotni davlat boshqaruvining muhim jihati hisoblanadi .

Adabiyotlar sharhi.

Viloyatning mehnat resurslari

u mamlakat aholisining jismoniy va aqliy mehnat

qobiliyatiga ega boʻlgan va hozirgi va potensial ishchi kuchini ifodalovchi qismidir

.

«Mehnat

resurslari» atamasi ilk bor akademik Strumilin

(1922) tomonidan XX asrning 20-yillarida

yozgan maqolasida keltirilgan boʻlib, inson resurslarini markazlashgan boshqarish sharoitida

mehnatga layoqatli aholini hisobga olish va rejalashtirish amaliyoti sifatida qoʻllanilgan. Uning

fikriча: mehnat resurslari –

bu aholining mehnatga layoqatli qismini tavsiflovchi rejali va

hisobga olish toifasi.

Ilm-

fanning rivojlanishi postindustrial jamiyatda «mehnat resurslari» tushunchasining

asosiy parametrlari sifatida: demografik komponent (jins, yosh va boshqalar), ijodiy

q

obiliyatlar, taʼlim darajasi va shaxsiy rivojlanish darajasi, hayotiy va ishlab chiqarish tajribasi,

tarmoq yoki ilmiy hamjamiyat tomonidan malakaga ega boʻlgan maxsus tayyorgarlik darajasi
sifatida oʻrganishni talab qildi. Hozirgi kunda "mehnat resurslari

" tushunchasining turli xil

talqinlari mavjud boʻlib, P. E. Shlender, mehnat resurslari "mehnat salohiyati" va "ishchi

kuchining umumiy miqdori" iqtisodiy toifalari oʻrtasida oraliq oʻrinni egallaydigan toifa

sifatida, yaʼni "mehnat resurslari –

bu aholining jismoniy yoki intellektual imkoniyatlarga ega

boʻlgan, moddiy boyliklar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatishga qodir mehnatga layoqatli

qismidir" (

Макконел, 1992

) deb izohlaydi.

1

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

https://stat.uz/uz//


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

96

Z.S.Bogatyrenko «mehnat resurslari mamlakat aholisining ishlab chiqar

uvchi kuchlarning

maʼlum bir rivojlanish darajasida va berilgan ishlab chiqarish munosabatlari doirasida milliy

iqtisodiyotda ishtirok etishga qodir qismidir» deb taʼriflaydi

(

Касимовский, 1975

).

A.P.Solovyev «mehnat resurslari faoliyat

yurituvchi va potensial ijtimoiy va individual ishchi

kuchi tashuvchilari va uni qayta ishlab chiqarish jarayonida yuzaga keladigan munosabatlar

toʻplamidir» deb hisoblaydi

(

Сонин, 1976

).

Tadqiqotlarning koʻrsatishicha mehnat resurslarining taʼlim darajas

ining oshishi

iqtisodiy oʻsishga taʼsir etib, ularning iqtisodiy faollik darajasini oshirish orqali hatto aholining

de-

populyatsiyasi jarayonida ham iqtisodiy koʻrsatkichlarning oʻsishini taʼminlaydi

(

Карпенко

,

2011).

Jahonda rivojlanish darajasi boʻyicha

еtakchi oʻrin egallagan AQSH mehnat resurslarining

taʼlim darajasiga koʻra oʻzgarish tendensiyalarini tahlil qilish respublikamiz uchun tegishli

xulosalarni shakllantirish imkonini beradi deb hisoblaymiz

.

Soʻnggi chorak asr davomida AQSH

mehnat resurslarin

ing tarkibida oliy taʼlim darajasiga ega boʻlganlarning ulushi keskin oshishi

bilan xususiyatlandi (Brundage, 2017).

Tadqiqot metodologiyasi.

Ilmiy tadqiqot olib borish jarayonida qiyosiy tahlil, guruhlash, tizimli yondashuv,

umumlashtirish, statistik tahlil, abstrakt-tahliliy usullar va boshqalardan foydalanildi.

- tadqiqotning dastlabki bosqichidan uning oxirgi bosqichigacha qiyosiy tahlili, statistik

tahlil, tizimli yondashuv usulidan foydalanildi, shuning natijasida ilmiy xulosalar qilindi;

-

maʼlumot, koʻrsatkichlarni tahlil va sintez qilishda statistik usullardan foydalanildi.

-

demografiyani oʻrgangan olimlarning ilmiy

- nazariy qarashlari, ilmiy yondashuvlari,

bergan taʼriflari tahlili va sintezi usullaridan foydalangan holda, ahamiyatli va muhim tomonlari

izohlab oʻtildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Oʻzbekiston Respublikasida 1991

-2024-

yillar mobaynida aholi sonining barqaror oʻsishi

kuzatilib,

doimiy aholisi soni

2

1991-yilda 20,6 mln. kishini, 2001-yilda 24,8 mln. kishini, 2006-

yilda 26,3 mln. kishini, 2011-yilda 29,1 mln. kishini, 2021-yilda 34,5 mln kishini, 2024-yilning
1-

yanvar holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 36,8 mln kishini tashkil etib, 1991

-

yilga nisbatan 16,2 mln kishiga yoki 1,6-martaga

oʻsgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi

maʼlumotlarga koʻra,

Oʻzbekistonning doimiy aholisi soni 2024

-yil 1-

oktyabr holatiga koʻra 37,4 mln kishini tashkil

etib, Respublikamizning doimiy aholisi soni oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,1

foizga oshgan. Aholi soni 2024 yil boshidan

buyon 555,6 ming kishiga koʻpaygan. Jumladan,

2024 yilning har bir oyida oʻrtacha 61,7 ming kishiga oshgan.

2024 yilning har bir kunida

doimiy aholi soni oʻrtacha 2 ming kishiga koʻpaymoqda.

Doimiy aholining 18 545,9 ming

nafarini ayollar, 18 809,5 ming nafarini erkaklar tashkil qiladi. 2024 yilning 1 oktyabr holatiga

doimiy aholi tarkibidagi erkaklar soni ayollar sonidan 263,6 ming kishiga koʻp. doimiy aholi

sonining 9,6 mln nafarni 14

30 yoshdagilar tashkil etgan.

Oʻzbekistonda tugʻilish kamaydi, oʻlimlar soni esa oshdi. Joriy yilning 9 oyida tugʻilgan

chaqaloqlar soni 2023 yilning mos davridagidan 22 988 nafarga kam boʻldi. Nikohlanishlar soni
179,4 minggacha qisqargan. Bu oxirgi 8 yildagi eng past koʻrsatkich. Erkaklarning oʻrtacha

nikoh yoshi 27,4 yoshni, ayollarniki 22,5 yoshni tashkil qilgan.

2024 yil 1 yanvar holatiga Oʻzbekistonning doimiy aholisi tarkibi jinsi va yosh guruhlari

boʻyicha (65 yoshgacha boʻlganlar 5 yillik yosh intervalida, 65 va undan yuqori yoshdagilar esa

jamlangan holda)

tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 5 yoshgacha boʻlgan bolalar eng yuqori

koʻrsatkich –

2 mln 262,7 ming kishini tashkil etgan. Erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-

2

Keltirilgan

statistik maʼlumotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining

rasmiy

sayiti stat.uz sayitidan olingan.


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

97

64 yoshlilar hissasiga toʻgʻri kelgan –

657 ming kishi. Shuningdek, ayollar tarkibida ham 5

yoshgacha boʻlgan qizlar eng yuqori koʻrsatkich –

2 mln 108,1 ming kishini tashkil etgan boʻlsa,

eng kam ayollar soni 60-

64 yoshlilar hissasiga toʻgʻri kelgan –

736 ming kishi.

1-jadval

Oʻzbekiston

Respublikasi doimiy aholisining

hududlar boʻyicha

taqsimlanishi

(ming kishi)

2010

2015

2020

2021

2022

2023

2024

Oʻzbekiston Res

.

28001,4 31022,5 33905,2 34558,9 35271,3 36024,9 36799,8

Qoraqalpogʻiston

R.

1632

1763,1

1898,3

1923,7

1948,5

1976,2

2002,7

Andijon

2549,1

2857,3

3127,7

3188,1

3253,5

3322,7

3394,4

Buxoro

1612,5

1785,4

1923,9

1947,1

1976,8

2009,7

2044,0

Jizzax

1116,8

1250,1

1382,1

1410,5

1443,4

1475,5

1507,4

Qashqadaryo

2616,1

3

2958,9

3280,4

3335,4

3408,3

3482,3

3560,6

Navoiy

851,6

913,2

997,1

1013,6

1033,9

1055,5

1075,3

Namangan

2258,5

2554,2

2810,8

2867,5

2931,1

2997,5

3066,1

Samarqand

3119,0

3514,8

3877,4

3947,7

4031,3

4118,2

4208,5

Surxondaryo

2075,0

2358,3

2629,1

2680,8

2743,2

2806,5

2877,1

Sirdaryo

714,4

777,1

846,3

860,9

878,6

896,6

914

Toshkent

2585,9

2758,3

2941,9

2975,9

2941,5

2993,4

3051,8

Fargʻona

3074,6

3444,9

3752,0

3820,0

3896,4

3976,3

4061,5

Xorazm

1561,6

1715,6

1866,5

1893,3

1924,2

1958,1

1995,6

Toshkent sh.

2234,3

2371,3

2571,7

2694,4

2860,6

2956,4

3040,8

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari asosida

tayyorlangan.

https://stat.uz/uz//

Doimiy aholi sonining eng koʻpi Samarqand viloyatida qayd etilgan –

4 million 249 ming

nafar. Bu butun Oʻzbekiston aholisining 11,4 foizi degani. Shuningdek, Fargʻona (4,1 million

kishi), Qashqadaryo (3,6 million kishi), Andijon (3,4 million kishi) va Namangan (3,1 million

kishi) viloyatlarida nisbatan koʻp aholi istiqomat qiladi.

1-rasm.

Oʻzbekiston

Respublikasi doimiy aholisining

hududlar boʻyicha oʻsish

tendensiyasi

Manba:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari asosida

tayyorlangan.

https://stat.uz/uz//

3

Koʻsatilgan yillarda

doimiy

aholisi soni yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan hududlar

0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000

4500

2010

2015

2020

2021

2022

2023

2024


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

98

Doimiy aholi sonining ulushi eng kam hudud Sirdaryo viloyati bo

ʻ

lib, u

е

rda 922,1 ming

kishi yashamoqda. Navoiy (1,1 million kishi), Jizzax (1,5 million kishi), Xorazm (2 million kishi)

viloyatlari va Qoraqalpog

ʻ

istonda (2 million kishi) nisbatan kam aholi istiqomat qiladi.

1-rasmdan ko

ʻ

rinib turibdiki, har bir hududda 2010-2024-yillarda aholi soni o

ʻ

sishi

kuzatilgan, lekin bu ko

ʻ

rsatkichlar notekisligini kuzatishimiz mumkin. Faqat Sirdaryo viloyatida

14-yillik ko

ʻ

rsatkichlarda tafovutlar boshqa hududlarga nisbatan sezilarli darajada emas.

Hududlar kesimida doimiy aholi sonining o

ʻ

sishi: Qoraqalpog

ʻ

iston Respublikasi

1,4 %;

Andijon viloyati

2,1 %; Buxoro viloyati

1,7 %; Jizzax viloyati

2,1 %; Qashqadaryo viloyati

2,2 %; Navoiy viloyati

1,8 %; Namangan viloyati

2,2 %;Samarqand viloyati

2,2 %;

Surxondaryo viloyati

2,5 %; Sirdaryo viloyati

1,9 %; Toshkent viloyati

1,9 %; Farg

ʻ

ona

viloyati

2,1 %; Xorazm viloyati

1,9 %; Toshkent shahri

2,7 % tashkil etdi.

Hozirda Oʻzbekistonning doimiy aholisi 37 million 335 ming nafarga

е

tgan. Bu demografik

oʻzgarishlar mamlakatda aholi oʻsish surʼatlarining pasayishiga taʼsir koʻrsatmoqda.

Mehnat

resurslari 19739,6 ming kishi, yaʼni umumiy aholining 53,4 foizini tashkil qiladi. Mehnat

resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 15038,3 ming kishini tashkil etgan (jami mehnat

resurslarining 76,1 %) va bu koʻrsatkich 2000 yilga nisbatan 5 339 ming

kishiga yoki 59,2 %

oʻsgan.

2-

rasm. Oʻzbekistonda mehnat resurslarining iqtisodiy faol va nofaol aholi boʻyicha

taqchimlanishi

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari

asosida tayyorlangan.

https://stat.uz/uz//

Koʻrinib turibdiki, tahlil qilinayotgan yillar mobaynida iqtisodiy faol va ish bilan band

aholi soni

oʻsgan.

Mehnat resurslarining mamlakatimiz hududlari boʻyicha taqsimotiga koʻra,

respublika boʻyicha jami mehnat resurslarning eng yuqori ulushi Samarqand (11,1 %) va

Fargʻona (10,9 %) viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda. Keyingi oʻrinlarda Qashqadaryo (9,6 %),

Andijon (9,2 %) viloyatlari va boshqa viloyatlar egallagan. Mehnat resurslarining eng past

ulushi Sirdaryo (2,5 %) va Navoiy (2,9 %) viloyatlariga toʻgʻri kelmoqda (1

-rasm).

Bundan tashqari, yillar davomida mehnat resurslarining oʻsish koʻrsatkichi eng kam

hududlar Sirdaryo, Navoiy, Jizzax viloyatlarida kuzatilmoqda. 1-

rasmdan koʻri

nib turibdiki,

mehnat resurslari oxirgi 14-yil ichida Toshkent shahri, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo
viloyatlarida sezilarli darajada oshgan.

Меhnat

resurslari:

19739,6 мing

kishi

Iqtisodiy faol

aholi soni:

15038,3 мing

kishi

Iqtisodiyotda

bandlar soni:

14014,2 мing

kishi

Iqtisodiy nofaol

aholi soni:

4701,3 мing kishi


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

99

3-rasm.

Mehnat resurslarining hududlar

dagi oʻsish tendensiyalari

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari

asosida tayyorlangan.

https://stat.uz/uz//

Aholining iqtisodiy faollik darajasi respublika boʻyicha 2023

- yilda 72,9 foizni tashkil

etgan boʻlsa, 2022 yilda bu koʻrsatkich 73,7 foizni 2021 yilda esa 74,1 foizni tashkil etgan. 2023

yilda aholining iqtisodiy faollik darajasi Toshkent shahri (87%) Toshkent viloyati (77,5 %),
Andijonda viloyati (75,9 %)larida kuzatildi. Oxirgi 10 yil davomida eng yuqori

ko

ʻrsatkich

Toshkent shahrida (88.8%) 2019 yilda kuzatilgan edi.

4- rasm. 2023-

yilda mehnat resurslarining iqtisodiyot tarmoqlari boʻyicha

taqsimlanishi

Izoh:

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlari

asosida tayyorlangan.

https://stat.uz/uz//

Mehnat resurslaridan foydalanishning asosiy koʻrsatkichi ularning milliy iqtisodiyotda

ish bilan bandligida ifodalanadi. Ish bilan bandlik

bu iqtisodiy faol aholining qonun

hujjatlar

iga muvofiq, daromad keltiradigan faoliyatga ega boʻlishidir. Oʻzbekiston

Respublikasining «Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida»gi Qonunining 2

-moddasiga asosan

ish bilan taʼminlash –

fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, oʻz shaxsiy va ij

timoiy

ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq boʻlgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan

faoliyatidir.

0

500

1000

1500

2000

2500

2010

2015

2020

2021

2022

2023

0

500

1000

1500

2000

2500

3000

3500

4000

Suv bil

а

n t

а'

minl

а

sh; k

а

n

а

liz

а

tsiya tizimi, chiqindil

а

rni

Ko'chm

а

s mulk bil

а

n oper

а

tsiyal

а

r

S

а

n'

а

t, ko'ngil ochish v

а

d

а

m olish

А

xborot v

а а

loq

а

Boshq

а

rish bo'yich

а

f

а

oliyat v

а

yord

а

mchi xizm

а

tl

а

r

D

а

vl

а

t boshq

а

ruvi v

а

mudof

аа;

m

а

jburiy ijtimoiy

Sog`liqni s

а

ql

а

sh v

а

ijtimoiy xizm

а

tl

а

r ko'rs

а

tish

Qurilish

Ulgurji v

а

ch

а

k

а

n

а

s

а

vdo; motorli tr

а

nsport vosit

а

l

а

ri

Qishloq, o‘rmon vа

b

аliq xo‘jа

ligi


background image


www.sci-p.uz

II SON. 2025

100

Xulosa va takliflar.

Mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga faqat aholining ushbu guruhini

mamlakat iqtisodiyotiga maqbul jalb etish sharoitlarida erishish mumkin. Shu sababli mehnat

resurslaridan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari tizimida mehnat resurslari balansi

boʻyicha iqtisodiy safarbarlik koʻrsatkichlari (iqtisodiyotda band boʻlganlar ulushining

mehnatga layoqatli qismiga nisbatan) muhim ahamiyatga egadir.

Mehnat resurslari sonining doimiy aholi oʻsish suratlariga nisbatan ustuvor ravishda

oʻsishi ularning milliy iqtisodiyotdagi bandligi tendensiyalariga ham jiddiy taʼsir etib, yangi ish

oʻrinlarini yaratish va ularni iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalari boʻyicha oqilona va samarali
band etish zaruratini keltirib chiqardi. Mehnat resurslaridan unumli foydalanishni taʼminlash

uchun quyidagilarni:

-

yangi ish oʻrinlarini yaratishni qoʻllab

-quvvatlashni yana-da kuchaytirish maqsadida

tadbirkorlikni rivojlantirish;

- zamonaviy iqtisodiyotni rivojlanishi va raqamlashtirishni inobatga olgan holda fan-

texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni joriy etish hisobiga asosan yuqori

texnologik va daromadli ish oʻ

rinlarini barpo etish;

-

respublikaning tuman markazlarida qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash,

saqlash va sotish hamda agroservis xizmati koʻrsatish

orqali mehnat resurslarini bandligini

oshirish

kabi ishlarni yoʻlga qoʻyish maqsadli deb hisob

laymiz.

А

d

а

biyitlar

/Литература/Reference:

Brundage V. (2017) Profile Of The Labor Force By Educational Attainment.

https://www.bls.gov/spotlight/2017/educational-attainment-of-the-labor-

force/pdf/educational-attainment-of-the-labor-force.pdf

Карпенко М.П. (2011) Образователная геодемография России. М.: СГУ,

-

224 с.

Касимовский, Е.В.

(1975)

Трудовые ресурсы: формирование и использование / Е. В.

Касимовский. –

М.: Экономика, –

254 с.

Макконел, К.Р.

(1992)

Экономикс: принципы, проблемы и политика / К. Р. Макконел,

С. Л. Брю. –

М. Дел., –

972 с.

Сонин, М.Я.

(1976)

Экономика труда / М. Я. Сонин, под общ. ред. И. П. Иванова. –

М.,

Струмилин, С.Г.

(1922)

Наши трудовые ресурсы и перспективы / С. Г. Струмилин. –

Хозяйственное строительство, –

Вып. 2. –

С. 32–

46.

Библиографические ссылки

Карпенко М.П. (2011) Образователная геодемография России. М.: СГУ, -224 с.

Касимовский, Е.В. (1975) Трудовые ресурсы: формирование и использование / Е. В. Касимовский. – М.: Экономика, – 254 с.

Макконел, К.Р. (1992) Экономикс: принципы, проблемы и политика / К. Р. Макконел, С. Л. Брю. – М. Дел., – 972 с.

Сонин, М.Я. (1976) Экономика труда / М. Я. Сонин, под общ. ред. И. П. Иванова. – М.,

Струмилин, С.Г. (1922) Наши трудовые ресурсы и перспективы / С. Г. Струмилин. – Хозяйственное строительство, – Вып. 2. – С. 32–46.