www.sci-p.uz
II SON. 2025
670
XIZMAT KO
‘R
SATISH SOHASIDA XOTIN-QIZLAR TADBIRKORLIGINI
RIVOJLANTIRISHNING TASHKILIY-IQTISODIY MEXANIZMLARI
Mirzayeva Shirin
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti
ORCID: 0009-0005-0035-636X
Annotatsiya
.
Ushbu maqolada xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini
rivojlantirishga oid tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilingan. Muallif ayollar
tadbirkorligini qo‘llab
-
quvvatlash bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, huquqiy asoslar va davlat
dastu
rlarini ko‘rib chiqib, ularning samaradorligini baholagan. Shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sektorida ayollar ishtirokini kengaytirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Maqolada zamonaviy bozor talablaridan kelib chiqqan holda mahalliy sharoitga mos innovatsion
yondashuvlar ilgari surilgan.
Kalit so‘zlar:
xotin-
qizlar tadbirkorligi, xizmat ko‘rsatish sohasi, tashkiliy
-iqtisodiy
mexanizmlar, innovatsion yondashuv, davlat dasturlari, ayollar bandligi.
ОРГАНИЗАЦИОННО
-
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РАЗВИТИЯ ЖЕНСКОГО
ПРЕДПРИНИМАТЕЛЬСТВА В СФЕРЕ УСЛУГ
Мирзаева Ширин
Самаркандский институт экономики и сервиса
Аннотация.
В статье анализируются организационно
-
экономические механизмы
развития женского предпринимательства в сфере услуг. Авторы рассматривают
существующие правовые основы и государственные программы поддержки
предпринимательской активности женщин, а также оценивают их эффективность.
Кроме того, представлены предложения и рекомендации по расширению участия
женщин в сфере услуг. В работе подчеркивается необходимость внедрения
инновационных подходов, адаптированных к местным условиям и требованиям
современного рынка.
Ключевые слова
:
женское предпринимательство, сфера услуг, организационно
-
экономические механизмы, инновационные подходы, государственные программы,
занятость женщин.
UOʻK:
330.566.622
670-675
www.sci-p.uz
II SON. 2025
671
ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS FOR THE DEVELOPMENT OF
WOMEN'S ENTREPRENEURSHIP IN THE SERVICE SECTOR
Mirzayeva Shirin
Samarkand Institute of Economics and Service
Abstract.
This article analyzes the organizational and economic mechanisms for the
development of women's entrepreneurship in the service sector. The author reviews the existing
legal frameworks and state programs supporting women's entrepreneurial activity and assess
their effectiveness. Additionally, the paper offers proposals and recommendations aimed at
increasing women's participation in the service industry. The study highlights the need for
innovative approaches tailored to local conditions and modern market demands.
Keywords
:
women's entrepreneurship, service sector, organizational and economic
mechanisms, innovative approaches, government programs, women's employment.
Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat taraqqiyotining muhim omillaridan biri
tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Ayniqsa, xotin-qizlarning iqtisodiy faoliyatdagi
ishtiroki, ularning ishbilarmonlik salohiyatini ro‘yobga
chiqarish orqali nafaqat oilaviy
daromadlar, balki jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorligiga ham sezilarli hissa qo‘shiladi.
Bugungi kunda xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning eng tez rivojlanayotgan tarmoqlaridan
biri bo‘lib, aynan shu yo‘nalishda
ayollar tadbirkorligi keng imkoniyatlarga ega.
O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda xotin
-
qizlar tadbirkorligini qo‘llab
-
quvvatlash, ularni biznes yuritishga jalb etish va xizmatlar sohasida faol ishtirokini ta’minlash
borasida qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, normativ-huquqiy baza
takomillashtirilmoqda, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar, grantlar ajratilmoqda va biznesni
boshlash uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.
Shunga qaramay, xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishda
bir qator tashkiliy va iqtisodiy to‘siqlar saqlanib qolmoqda. Ushbu maqolada aynan shu
muammolarni hal etishga xizmat qiluvchi samarali tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarni ishlab
chiqish, mavjud imkoniyatlarni tahlil qilish va takliflar ishlab chiqish maqsad qilingan.
Maqolaning asosiy maqsadi
—
xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini
yanada rivojlantirishga xizmat qiluvchi tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarni ilmiy-nazariy va
amaliy jihatdan o‘rganish, hamda ularning samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab
chiqishdan iborat.
Adabiyotlar sharhi.
Xotin-
qizlar tadbirkorligini rivojlantirish masalasi global miqyosda dolzarb bo‘lib, bu
boradagi ilmiy tadqiqotlar soni yildan-yilga ortib bormoqda. Turli xalqaro tashkilotlar,
jumladan, BMT, Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Jahon banki, UNDP va boshqa muassasalar
tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularni qo‘llab
-quvvatlash mexanizmlari
yuzasidan keng qamrovli tadqiqotlar olib borilgan. Bu tadqiqotlarda xotin-qizlar tadbirkorligi
ijtimoiy-
iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, bandlikni oshirish va kambag‘allikni qisqartirishda
muhim omil sifatida e’tirof etiladi
(Qaror, 2017, 2020, 2021).
Jumladan, Hisrich va Peters (2002) o‘zlarining “Entrepreneurship” asarida tadbirkorlik
faoliyatining gender aspektlarini o‘rganib, ayollarni tadbirkorlikka jalb etishda psixologik,
ijtimoiy va iqtisodiy omillar o‘zaro qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil qilganlar. Ular ayollar uchun
biznes boshlashda imkoniyatlar
va to‘siqlarni muvozanatli baholash zarurligini ta’kidlaydi
(
Абдувоҳидова
, 2021).
Milliy miqyosda esa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror va farmonlari,
xususan, “Xotin
-
qizlarni qo‘llab
-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga oid
www.sci-p.uz
II SON. 2025
672
2022
–2026 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi” asosida bu sohadagi davlat siyosati va
tashkiliy-amaliy mexanizmlar belgilab berilgan (Qaror, 2000).
Bu borada Abduvohidova (2021), To‘xtayeva (2020) kabi olimlar xotin
-qizlar
tadbirkorligini rivojlantirishning ijtimoiy-iqtisodiy shart-
sharoitlari, ularning xizmat ko‘rsatish
sohasidagi faoliyatini kuchaytirish yo‘llari haqida tadqiqotlar olib borgan.
Shuningdek, xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotning mehnat resurslariga ko‘p
tayanadigan tarmog‘i sifatida ayollar uchun mos va qulay soha hisoblanadi. Karimov (2019) va
Nurmatova (2020) o‘z tadqiqotlarida xizmatlar sektorining tarkibiy xususiyatlari, inn
ovatsion
rivojlanish yo‘nalishlari va unda ayollar ishtirokining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib o‘tganlar.
Adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, xotin
-
qizlar tadbirkorligi bo‘yicha tadqiqotlar
mavjud bo‘lishiga qaramay, aynan xizmat ko‘rsatish sohasida ularni qo‘llab
-quvvatlovchi
tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlar tizimi chuqur o‘rganilmagan. Shu bois, ushbu maqolada
mazkur bo‘shliqni to‘ldirish, mavjud ilmiy qarashlarni tahlil qilish va yangi yondashuvlar ishlab
chiqish asosiy maqsad sifatida belgilangan.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur tadqiqot xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishga
doir tashkiliy va iqtisodiy mexanizmlarni chuqur tahlil qilishga qaratilgan bo‘lib, unda quyidagi
ilmiy-uslubiy yondashuvlardan foydalanildi:
1-jadval
Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning
ketma-ketligi
Tadqiqotning asosiy yondashuvlari
Tizimli yondashuv
–
xotin-
qizlar tadbirkorligini xizmat ko‘rsatish sohasi tarkibiy qismi sifatida
ko‘rib chiqib, uning barcha tarkibiy elementlari va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tahlil qilindi.
Kompleks tahlil
–
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy, huquqiy omillarni bir
galikda o‘rganish orqali xotin
-
qizlar tadbirkorligi rivojining omillari baholandi.
Taqqoslash usuli
–
O‘zbekiston va xorijiy davlatlar tajribasi solishtirilib, milliy sharoitga mos
keluvchi samarali mexanizmlar aniqlashga harakat qilindi.
Ma’lumotlar manbalari
Davlat statistika qo‘mitasi, Savdo
-
sanoat palatasi, “Tadbirkor ayol” uyushmasi ma’lumotlari.
Xalqaro tashkilotlar (Jah
о
n banki, UNDP, ILO) hisobotlari.
Ilmiy maqolalar, dissertatsiyalar, tahliliy materiallar va so‘rovnoma natijalari.
Tadqiqot metodlari
Empirik metodlar:
so‘rovnoma, intervyu, amaliyotdagi tadbirkor ayollar bilan suhbatlar orqali
dastlabki ma’lumotlar yig‘ildi.
Iqtisodiy-tahliliy metodlar:
statistik tahlil, dinamik tahlil, SWOT tahlil, korrelyatsion tahlil orqali
mavjud holat baholandi.
Grafik metodlar:
xizmat ko
‘
rsatish sohasida xotin-qizlar ishtirokining o
‘
sish dinamikasi,
tarmoqlar bo
‘
yicha taqsimoti grafik shaklida ifodalandi.
Manba:
muallif ishlanmasi.
Tadqiqot ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat
yuritayotgan xotin-
qizlar tadbirkorligi tanlandi. Sub’ekt sifatida esa davlat idoralari, nodavlat
tashkilotlar, bank-
moliya institutlari hamda bevosita tadbirkor ayollar ko‘rib chiqildi.
Tadqiqotda xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar
tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarning takomillashgan modeli ishlab chiqildi hamda
amaliy tavsiyalar berildi.
Tadqiqot metodologiyasi xotin-
qizlar tadbirkorligi va xizmat ko‘rsatish sohasidagi o‘rni
haqida keng qamrovli tahlilni amalga oshirishni, shuningdek, amaliyotda yuzaga kelayotgan
muammolarni hal qilishga qaratilgan aniq tavsiyalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
673
Tadqiqot metodlari orqali olinadigan natijalar, xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun
zarur strategiyalarni ishlab chiqishga yordam beradi.
Tahlil va natijalar.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga
ko‘ra, 2024
-yil holatida mamlakatda faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlarining qariyb
26 foizi xotin-qizlar tomonidan boshqarilmoqda.
Shundan katta qismi aynan xizmat ko‘rsatish
sohasi bilan shug‘ullanadi. Bu ko‘rsatkich xizmat ko‘rsatish tarmog‘i xotin
-qizlar uchun
salmoqli imkoniyatlar yaratishini ko‘rsatadi. Biroq, mavjud salohiyatga qaramay, xotin
-qizlar
tadbirkorligining to‘liq rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator omillar mavjud.
Ayollarning tadbirkorlik faoliyatini boshlashida ruxsatnomalar olish, hujjatlar tayyorlash,
ro‘yxatdan o‘tish jarayonlarining murakkabligi ularga noqulaylik tug‘diradi. Ayniqsa, qishloq
hududlarida xizmat ko‘rsatish infratuzilmasining yetarli emasligi bu muammoni yanada
keskinlashtiradi (
Qaror, 2017, 2021)
.
Xotin-qizlarning kredit olish imkoniyatlari erkaklarga nisbatan ancha past. Banklar
tomonidan beriladigan k
reditlar uchun zarur garov ta’minoti yo‘qligi, huquqiy bilimlarning
yetishmasligi ularga moliyaviy qo‘llab
-quvvatlashdan foydalanishni qiyinlashtiradi.
Jamiyatda xotin-
qizlarning faqatgina an’anaviy kasblar bilan shug‘ullanishi kerak degan
qarashlar ularning biznes yuritishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab ayollar oilaviy
majburiyatlar tufayli ishbilarmonlik faoliyatini cheklab qo‘yishga majbur bo‘lishadi
(
Нурматова
, 2020)
.
1-jadval
Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini rivojlantirishning
tashkiliy-
iqtisodiy mexanizmlari bo’yicha SWOT
-tahlili
Kuchli tomonlari
Zaif tomonlar
A.
Xizmat ko‘rsatish sohasi mehnat
resurslariga tayanadigan, ayollar uchun
qulay yo‘nalish hisoblanadi;
B.
C.
Davlat tomonidan xotin-qizlar
tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlashga
qaratilgan qonunlar va dasturlar mavjud;
D.
Mahalliy bozorlarda ayollar tomonidan
tashkil etilgan xizmat ko‘rsatish bizneslariga
talab yuqori;
E.
F.
Ayollar tabiatan muloqotga kirishuvchan,
mijozlar bilan ishlashda sezgir va
mas’uliyatli
bo‘ladi.
A.
Ayollar tadbirkorligiga oid bilim va
malaka yetishmovchiligi, ayniqsa raqamli
texnologiyalar sohasida;
B.
Moliyaviy resurslarga, imtiyozli kredit va
grantlarga yetarli darajada kira olmaslik;
C.
Biznes yuritishdagi byurokratik
to‘siqlar,
hujjatlashtirishdagi murakkabliklar;
D.
Ijtimoiy stereotiplar va oilaviy
mas'uliyatlarning haddan tashqari yuk bo'lishi.
Imkoniyatlar
Tahdidlar
A.
Xizmat ko‘rsatish sohasining innovatsion
rivojlanish imkoniyatlari keng
–
onlayn
xizmatlar, freelancing, elektron tijorat;
B.
Xotin-qizlar uchun maxsus grantlar,
startaplar va kasbga qayta tayyorlash
markazlari sonining ortib borayotgani;
C.
Tashqi bozorlarga xizmat eksporti orqali
ayol tadbirkorlarning daromad manbalarini
diversifikatsiya qilish imkoniyati;
D.
Ayollar tadbirkorligini rag‘batlantiruvchi
xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish
imkoniyatlari (UNDP, ILO va boshqalar).
A.
Xalqaro iqtisodiy inqirozlar va ichki
inflyatsiya xatarlarining kichik tadbirkorlarga
kuchli ta’siri;
B.
Raqobatbardosh muhitning kuchayishi va
xizmat sifatiga bo‘lgan talabning ortishi;
C.
Moliyaviy savodsizlik tufayli noto‘g‘ri
investitsiyalar va biznes yuritishdagi
xatoliklar;
D.
Ayrim hududlarda internet
infratuzilmasining zaifligi, raqamli
xizmatlarning to‘liq rivojlanmaganligi.
Manba:
muallif ishlanmasi.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
674
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab ayol tadbirkorlar biznesni yuritishning zamonaviy
usullari, marketing strategiyalari, raqamli texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha yetarli malakaga
ega emas.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ayollar tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlash maqsadida qator
dasturlar amalga oshirilmoqda. “Ayollar daftari” orqali kredit va subsidiya ajratish, “Har bir oila
–
tadbirkor” dasturi, “Biznes ayol” assotsiatsiyasi faoliyati ayollarning xizmat so
hasiga kirib
kelishini jadallashtirmoqda. Shuningdek, ayollarga mo‘ljallangan “startap” loyihalarning
ko‘paygani innovatsion faoliyatni rag‘batlantirmoqda
(
Karimov, 2019; UNDP, 2020)
.
Tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini
rivojlantirish uchun mavjud imkoniyatlar yetarli bo‘lsa
-
da, ularni to‘liq ishga solish uchun
tizimli yondashuv zarur. Bu borada moliyaviy savodxonlikni oshirish, huquqiy ko‘mak berish,
raqamli ko‘nikmalarni shakllantirish va xotin
-qizlar uchun alohida xizmat infratuzilmasini
yaratish muhim ahamiyatga ega.
Xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-
qizlar tadbirkorligining rivojlanishining O‘zbekiston
iqtisodiyotiga ta’sirini o‘rganish natijasida, tahlil qilishdan ko‘rinib turibdiki, bu sohada ko‘plab
imkoniyatlar mavjud bo‘lsa
-da, shu bilan birga, bir qator zaif tomonlar va tahdidlar ham
mavjud
1
. Tadbirlarni amalga oshirishda moliyaviy qo‘llab
-
quvvatlashni kuchaytirish, ta’lim va
malaka oshirish tizimini rivojlantirish va gender stereotiplarini bartaraf etish zarur.
Shuningdek, innovatsion imkoniyatlar va xalqaro hamkorlikni kengaytirish xotin-qizlar
tadbirkorligining iqtisodiy o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Xulosa va takliflar.
O‘tkazilgan tahlillar asosida shuni ta’
kidlash mumkinki, xizmat
ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishida muhim o‘rin tutadi. Ayollar biznesining aynan xizmat sohasida faol bo‘lishi
ularning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash, bandlik darajasini oshirish, kambag‘allikni
kamaytirish va oilalarning farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi (World Bank, 2023;
Халқаро меҳнат ташкилоти
, 2021)
2
.
Biroq bu sohada hali ham mavjud tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy to‘siqlar ularning
t
adbirkorlik salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishga to‘sqinlik qilmoqda. Shu bois, quyidagi
taklif va tavsiyalarni ilgari surish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi:
→
Xotin-qizlarning xizmat sohasidagi ishtiroki ularning iqtisodiy faolligini oshiradi;
→
Tadbirkor ayollar uchun moliyaviy, huquqiy va maslahat ko‘maklariga ehtiyoj yuqori;
→
Innovatsion va raqamli xizmat yo‘nalishlariga ayollarni jalb etish orqali samaradorlik
oshiriladi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda quyidagi takliflarni keltiraman:
1.
Xotin-
qizlar tadbirkorligini qo‘llab
-quvvatlovchi infratuzilmalarni rivojlantirish
–
ayollar uchun mo‘ljallangan biznes
-
inkubatorlar, ko‘p funksiyali xizmat markazlarini tashkil
etish;
2.
Moliyaviy imkoniyatlarni kengaytirish
–
imtiyozli mikrokreditlar, garovsiz kredit
liniyalari va grant dasturlarini kengaytirish;
3.
Raqamli savodxonlikni oshirish
–
xotin-qizlar uchun zamonaviy texnologiyalar va
onlayn xizmatlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv dasturlarini tashkil etish;
4.
Huquqiy va maslahat xizmatlarini kuchaytirish
–
ayollar tadbirkorlariga bepul huquqiy
maslahatlar va biznesni boshlash bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish;
5.
Ijtimoiy stereotiplarni yengish bo‘yicha targ‘ibot ishlari
–
ommaviy axborot vositalari
orqali ayollar tadbirkorligining ijobiy namunalarini keng yoritish.
Yuqoridagi takliflarning amalda qo‘llanilishi xizmat ko‘rsatish sohasida xotin
-qizlar
tadbirkorligini rivojlantirishga xizmat qiladi va ularni faol iqtisodiy subyekt sifatida
shakllantirish imkonini beradi.
1
O‘zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi sayti.
2
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi portali.
www.sci-p.uz
II SON. 2025
675
Adabiyotlar
/
Литература/Reference:
Karimov I. (2019) Rivojlanayotgan xizmatlar sektori: muammolar va ularni hal etish yo‘llari
// Iqtisodiyot va ta’lim. №2. –
B. 31
–
35.
Qaror (2000)
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni.
2000 yil 25 mayda qabul qilingan. 2012 yilda yangi tahriri qabul qilingan.
Qaror
(2017) “Aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va
samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari
rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish chora
-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 6 may PQ
-
2960 son Qarori.
Qaror
(2021) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 –
yil 11
–
maydagi “Xizmatlar
sohasini jadal rivojlantirish chora
–
tadbirlari” PQ –
5113 son Qarori.
UNDP (2020)
Women’s Entrepreneurship Development Programme (WEDP): Global
Outlook and Local Adaptation.
–
New York: United Nations Development Programme,
–
58 p.
World Bank (2023). Women, Business and the Law 2023.
–
Washington, DC: World Bank
Group,
–
145 p.
Абдувоҳидова
А
. (2021)
Хотин
-
қизлар
тадбиркорлигини
ривожлантиришда
давлат
қўллаб
-
қувватлаш
чора
-
тадбирлари
//
Иқтисодиёт
ва
инновацион
технологиялар
.
–
№3.
–
Б
. 45
–
50.
Қарор
(2022)
“Хотин
-
қизларни
қўллаб
-
қувватлаш
ва
уларнинг
жамиятдаги
фаоллигини
оширишга
оид
2022
–
2026
йилларга
мўлжалланган
давлат
дастури
тўғрисида” // Ўзбекистон
Республикаси
Президенти
қарори
, 2022
йил
7
март, №ПҚ–
87.
Нурматова
Р
. (2020)
Хизматлар
соҳасининг
ривожланиш
йўналишлари
ва
истиқболлари
//
Ўзбекистонда
бозор
,
пул
ва
кредит
.
–
№5. –
Б
. 22
–
26.
Тўхтаева
Г
. (2020)
Хизмат
кўрсатиш
соҳасида
хотин
-
қизлар
тадбиркорлигини
ривожлантиришнинг
иқтисодий
механизмлари
//
Иқтисодиёт
фанлари
номзоди
диссертацияси
.
–
Т
.:
–
132
б
.
Халқаро
меҳнат
ташкилоти
(2021).
Аёлларни
тадбиркорликка
жалб
этишда
тўсиқлар
ва
имкониятлар
.
–
Женева
: ILO,
–
67
б
.
Ҳисрич Р., Питерс М.
(2002)
Тадбиркорлик. –
Т.: Shark, –
412 б.
