Авторы

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aept.91268

Ключевые слова:

социально-экономическая политика благосостояние населения сфера услуг методология глобализация стратегия человеческий потенциал социальные услуги реформа социальное обслуживание и сокращение бедности государственная молодежная политика устойчивый экономический рост

Аннотация

В статье освещены теоретические и практические аспекты роли социальных служб в обеспечении благосостояния населения. Информация составлена на основе наблюдений автора и анализа литературы.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

13


IJTIMOIY XIZMATLARNING AHOLI FAROVONLIGINI TA’MINLASHDAGI ROLI

Raximov Zafar

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

ORCID: 0009-0009-7825-6093

zafarrahimov022@gmail.com

Annotatsiya.

Maqolada ijtimoiy xizmatlarning aholi farovonligini ta’minlashdagi rolining

nazariy hamda amaliy jihatlari yoritib berilgan. Ma’lumotlar muallifning kuzatuvlari va

adabiyotlar tahlili asosida tuzildi.

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, aholi farovonligi, xizmatlar sohasi, metodologiya,

globallashuv, strategiya, inson salohiyati, ijtimoiy xizmatlar, islohot,

ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish

va kambag‘allikni qisqartirish, yoshlarga oid davlat siyosati, barqaror iqtisodiy o‘sish.

РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЛУЖБ В ОБЕСПЕЧЕНИИ

БЛАГОПОЛУЧИЯ НАСЕЛЕНИЯ

Рахимов Зафар

Самаркандский институт экономики и сервиса

Аннотация

.

В статье освещены теоретические и практические аспекты роли

социальных служб в обеспечении благосостояния населения. Информация составлена на
основе наблюдений автора и анализа литературы.

Ключевые слова:

социально

-

экономическая политика, благосостояние населения,

сфера услуг, методология, глобализация, стратегия, человеческий потенциал,
социальные услуги, реформа, социальное обслуживание и сокращение бедности,

государственная молодежная политика, устойчивый экономический рост.

THE ROLE OF SOCIAL SERVICES IN ENSURING THE WELL-BEING

OF THE POPULATION

Rakhimov Zafar

Samarkand Institute of Economics and Service

Abstract.

The article highlights theoretical and practical aspects of the role of social services

in ensuring the well-being of the population. The information is based on the author's observations
and analysis of the literature.

Keywords:

socio-economic policy, population welfare, services, methodology, globalization,

strategy, human potential, social services, reform, social services and poverty reduction, public
youth policy, sustainable economic growth.

UOʻK:

338.1

13-17


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

14

Kirish.

Ijtomoiy xizmatlar aholi hayotining ajralmas qismi bo‘lib, u aholi salomatligi, daromadi,

bandligi, hayot kechirish kabi muhim xizmatlarni o‘z ichiga oladi. Har bir davlat samarali

iqtisodiy rivojlanishi uchun esa ijtimoiy xizmatlarning munosib darajada ta

’minlanganligi har

bir davlatning asosiy maqsadini belgilab berishi bilan izohlanadi. Shuning uchun jahon
mamlakatlarining asosiy maqsadi

aholining farovonligini ta’minlash, ijtimoiy barqarorlikni

mustahkamlash va inson kapitalini rivojlantirishdan iborat. Shu nuqtai nazardan, ijtimoiy

xizmatlar tizimi aholining turmush darajasini oshirishda, ularning huquq va manfaatlarini

himoya qilishda, zaif qatlamlarni qo‘llab

-quvvatlanilishi bilan ushbu mavzuda ilmiy-tadqiqot

ishlarini olib borishning dolzarbligi belgilab beriladi.


Adabiyotlar sharhi.

Iqtisodiy adabiyotlarda bir guruh olimlar “Xizmatlar sohasi” va “Aholi farovonligi”

tushunchalariga bir qator ilmiy qarashlarni bayon qilishgan, bularga: Kotler, Armsrong,
Sonders, Vong (1999), Mak-Donald, Peyn (2009), Goyxman (2007), Paul, Samuelson, William

(2009) Nordhaus, McConnell (2014), Gregory Mankiw (2014), Abdullayev (2001),
Muxammedov (2021), Pardayev (2014), Mirzayev (2022), Galiaxmetova (2015), Yeremina

(2017), Tursunov va boshqalarning ilmiy izlanishlarida atroflicha yoritib berilgan.

Abulqosimov, Ashurova (2015)

: “... aholi o‘sish sur’atlariga nisbatan ustuvor ravishda

o‘sishi ularning milliy iqtisodiyotdagi bandligi tendensiyalariga ham jiddiy ta’sir etib, yangi ish

o’rinlarini yaratish va ularni iqtisodiyot tarmoqlari va mintaqalari bo‘yicha oqilona va samarali
band etish zaruratini keltirib chiqardi”.

O’lmasov va Vaxabovlar

(2006)

: “Farovonlik –

bu kishilar iste’mol etadigan hayotiy

ne’matlar miqdori va sifati, hayot kechirish umumiy shart –

sharoitining qandayligini bildiradi”

deb, o’qtiradi.

Abduraxmonov (2011)

“... mamlakat aholisining o‘z ruhiy

-fiziologik va aqliy sifatlari bilan

moddiy ne’matlar ishlab chiqarishga (xizmat ko‘rsatishga) qodir mehnatga layoqatli qismi

hisoblanadi. Ular tarkibiga faqat iqtisodiy faol aholigina emas, shu bilan birga hozirgi paytda

ishlamayotgan va ish qidirayotgan mehnatga layoqatli shaxslar, shu jumladan, ishlab

chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotganlar ham kiritiladi”.

Aholi bandligi, ularning yashash sharoitlari farovonlik darajalari bevosita aholining

kasbiy yo’nalishlariga ham bog‘liqdir. Bu borada ko‘plab olimlarimiz ilmiy izlanishlar

olib

borishgan.


Tadqiqot metodologiyasi.

Tadqiqot jarayonida induktsiya va deduktsiya, ilmiy abstraktlash, tizimli va qiyosiy tahlil,

monografik hamda ekspert baholash usullaridan foydalanilgan. Ushbu usullar ijtimoiy
xizmatlarning aholi

farovonligini ta’minlashdagi rolining mohiyati, tavsifi va tasniflanishining

nazariy jihatlarini yoritib berishga yordam beradi.

Tahlil va natijalar muhokamasi.

Ijtimoiy xizmatlar

bu, davlat yoki nodavlat tashkilotlari tomonidan aholining

ehtiyojmand qa

tlamlariga ko‘rsatiladigan yordam turlari bo‘lib, ular insonning normal hayot

kechirishiga, salomatligini saqlashga, bilim olishiga, mehnat qilishi yoki dam olishi uchun shart-

sharoit yaratishga qaratilgan. Ular quyidagi asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga ol

adi:

Tibbiy xizmatlar

sog‘liqni saqlash muassasalari orqali bemorlarni davolash,

profilaktika ishlari olib borish;

Ta’lim xizmatlari

maktabgacha, maktab, o‘rta va oliy ta’lim tizimlari orqali bilim berish;

Ijtimoiy himoya

nogironlar, yolg‘iz keksalar, kam ta’minlangan oilalar, bolalar uylarini

qo‘llab

-quvvatlash;


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

15

Mehnat va bandlik xizmatlari

ish o‘rinlari yaratish, kasbga o‘qitis

h, bandlikni

ta’minlash;

Madaniy va dam olish xizmatlari

jamoat kutubxonalari, sport inshootlari, san’at va

madaniyat muassasalari orqali aholining madaniy hayotini boyitish.

Iqtisodiyoti rivojlangan davlatlardan biri AQSHda turli ijtimoiy xizmatlar davlat va

xususiy sektorlariga bo‘lingan. Aholi bunday xizmatlardan imtiyozli foydalanish uchun
arzonlashtirilgan va sug‘urta kompaniyalari tomonidan belgilangan miqdordagi mablag‘larni

to‘lab bepul ijtimoiy xizmatlardan foydalanishadi. Masalan: Sog‘liqni saql

ash tizimida xususiy

sektor

asosiy rol o‘ynaydi. Ko‘pchilik odamlar xususiy sug‘urta orqali xizmat oladi.

Shu bilan birga, sug‘urta yo‘li bilan ijtimoiy xizmatlarni davlat tomonidan ishlab chiqilgan

dasturlar asosida uni nazoratga olish va rivojlantirish ishlari amalga oshiriladi. Masalan:

1.

Medicare

65 yoshdan oshganlar va nogironlar uchun;

2.

Medicaid

daromadi past bo‘lganlar uchun;

3.

VA (Veterans Affairs)

harbiy xizmatchilar uchun.

Bunday sug‘urta tizimining qulayliklari va o‘ziga yarasha kamchiliklari ma

vjud. Agar har

bir kishining o‘zi yoki uning ish beruvchisi o‘zining ishchisini sug‘urta qilishini qulaylik desak,
sug‘urtasi bo‘lmaganlar sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishda qiynaladi, bu esa

muammolarga olib keladi. Shu bilan birga ushbu davlatda tibbiy xizmatlar yuqori
texnologiyalarga asoslangan, ammo xarajatlar juda yuqori.

Ijtimoiy xizmatlarining tashkil etilishi bilan ajralib turuvchi yana bir davlatlardan biri

bu, Yevropa davlatlaridir. Aksariyat Yevropa mamlakatlarida ham aynan ijtimoiy xizmatlardan

biri bo‘lgan tibbiy xizmatlarning o‘ziga hosligi mavjud. Masalan:

1. Umumiy sog‘liqni saqlash tizimi (Universal Healthcare):

Aksariyat Yevropa davlatlarida sog‘liqni saqlash

davlat tomonidan moliyalashtiriladi

yoki

majburiy sog‘liqni saqlash sug‘urtasi

orqali amalga oshiriladi.

Har bir fuqaro tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqiga ega, odatda bepul yoki arzon

narxlarda.

2. Mashhur modellar:

Beveridge modeli

(Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya): sog‘liqni saqlash xizmatlari to‘liq

dav

lat tomonidan ta’minlanadi.

Bismarck modeli

(Germaniya, Fransiya, Niderlandiya): majburiy sug‘urta tizimi orqali

moliyalashtiriladi, ammo xizmat ko‘rsatuvchilar xususiy bo‘lishi mumkin.

3. Yevropa tizimi sog‘liqni saqlashga kirish imkoniyatini kafolatlaydi

,

aholining

sog‘ligi bo‘yicha ko‘rsatkichlar (masalan, o‘rtacha umr ko‘rish) AQSHnikiga nisbatan yuqoriroq.

AQSH va Yevropa davlatlarining ijtimoiy xizmatlaridagi farqni taqqoslash maqsadida

quyidagi ma’lumotlar tahlili keltirildi (1

-jadval).

1-jadval

AQSH va Yevropa davlatlarining ijtimoiy xizmatlaridagi farqni taqqoslama jadvali

Ko‘rsatkich

AQSH

Yevropa

Moliyalashtirish

Asosan xususiy sug‘urta

Davlat va majburiy sug‘urta

Sug‘urta olish

imkoniyati

Sug‘urtaga bog‘liq

Har kimga ochiq

Xarajatlar

Juda yuqori

O‘rtacha

Tibbiy xizmat sifati

Yuqori texnologiyali, lekin tengsiz

Yaxshi sifatli va teng imkoniyatli

Manba:

tadqiqotlar asosida muallif tomonidan tuzildi.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

16

Jadval ma’lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy

xizmatlarning aksariyat qismi AQSHda asosan xususiy sug‘urta hisobiga amalga oshsa, Yevropa
davlatlarining aksariyatida davlat va majburiy sug‘urta hisobiga qoplanadi. Ijtomoiy
sug‘urtalarni olish imkoniyati AQSHda sug‘urta kompaniyalariga bog‘liq bo‘lsa, Yevropa

davlatlarida barchaga ochiq va soddalashtirilgan usulda olish mumkin. AQSHda ijtimoiy

xizmatlar narxi juda yuqori bo‘lsa, Yevropa davlatlarida o‘rtacha. AQSHda tibbiy xizmatlar

yuqori texnologiyali, sifatli lekin munosib holda narxlari qimmat, Yevropa davlatlarida esa

yaxshi, sifatli va munosib holda arzonlashtirilgan.

O‘zbekiston Republikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil 11

-sentyabrda

““O‘zbekiston –

2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF

-158-sonli Farmonida (2023)

mamlakatimizda aholi farovonligiga yo‘naltirilgan strategik vazifalar belgilab berilgan. Ushbu
strategiyada “Xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha

xohish-

irodasini ro‘yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiy

atini rivojlantirish uchun

barcha imkoniyatlarni yaratish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash,
global ishlab chiqarishning muhim bo‘g‘iniga aylangan kuchli iqtisodiyotni shakllantirish,

adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqar

orlikni kafolatli ta’minlash”

(Lex.uz., 2023) deb

ta’kidlanib, ushbu dasturda 2030 yilga qadar 5 bo‘limdan iborat ijtimoiy xizmatlarning keng

ko‘lamli strategik rivojlanish yo‘nalishlari belgilangan bo‘lib ularning barchasi aholi

farovonligiga qaratilgan.

Xulosa va takliflar.

Ijtimoiy xizmatlar jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy barqarorligini ta’minlashda muhim

omillardan biridir. Ular orqali aholi ehtiyojlariga mos, insonparvar siyosat amalga oshiriladi.
Har bir davlat ijtimoiy xizmatlar tizimini takomillashtirish orqali aholining farovon hayot
kechirishiga asos yaratadi. Shu boisdan, bu sohani isloh qilish, raqamlashtirish, inson

resurslarini rivojlantirish dolzarb masala bo‘lib qolmoqda.

Adabiyotlar /

Литература/Reference:

Gregory N. Mankiw. (2014) Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA,.

880 p.

Lex.uz. (2023). PF-158-

сон 11.09.2023. “O‘zbekiston —

2030” strategiyasi to‘g‘risida.

[online] Available at:

https://lex.uz/ru/docs/-6600413

.

McConnell, Brue. (2014) Economics. 19 th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA,.

984 p.

Paul A., Samuelson, William D. (2009) Nordhaus. Economics. 19th Edition. McGraw-Hill

Companies. USA.

744 p.

Абдуллаев Ё.А. (2001) Менежмент: дарслик. –

Тошкент. «Ўқитувчи».

Абдурахмонов Қ.Х. (2011) Меҳнат бозори назариясига янгича ёндашувлар //

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий

электрон журнали. № 1, сентябрь, –

Б.46

-52. Iqtisodiyot.uz.

Абулқосимов Ҳ.П., Ашурова М.Х. (2015) Меҳнат ресурслари ва улардан унумли

фойдаланиш йўллари. Иқтисод ва молия / Экономика и финансы, 1

. 52-

57 б.

Галиахметова

Л.И.

(2015)

Благополучие,

субъективное

благополучие,

удовлетворённость жизнью: проблема взаимосвязи. –

Вестник Башкирского

университета. Т. 20. №.

Гойхман О.Я.

(2007)

К вопросу формирования терминологии сферы сервиса //

Теоретические и прикладные проблемы сервиса. №1. –

С., 31

-34.

Котлер Ф.,

Армсронг Г., Сондерс Дж., Вонг В. (1999) Основы маркетинга. –

М., СПб., К.:

Издат. дом «Вильямс»,

-

718 с.

Мак

-

Д

o

нальд М., Пэйн Э.

(2009)

Сфера услуг. Полное пошаговое руководство по

маркетинговому планированию.

–М.: КноРус,

-

448 с.

Мирзаев Қ.Д., Султонов Ш.А. ва бошқалар (2022) Хизматлар соҳаси иқтисодиёти.

Дарслик. Самарқанд. СамИСИ, –251 б.


background image


www.sci-p.uz

III SON. 2025

17

Мухаммедов M.M., Мардонов Б.Б. (2021) Хизмат кўрсатиш соҳасида аҳоли бандлиги

ва даромадлари. Монография. «Инновацион ривожланиш нашриёт

-

матбаа уйи».

-

186 б.

Пардаев M.Қ. (2014) Хизматлар кўрсатиш тармоқлари иқтисодиётининг айрим

муаммолари. –Т.: Наврўз, –

264.

Турсунов Ф.У. (June) Хизмат кўрсатиш соҳасида рақамли технологияларнинг

аҳамияти. JMBM. Volume 1, ISSUE 4 ISSN: 2181

-3000, 132-134 pages.

Ўлмасов А, Вахабов А. (2006) Иқтисодиёт назарияси. Дарслик, –Т.: Шарқ. –

432 бет.

Уремина Е.Н. (2017) Личностные характеристики как предикторы субъективного

благополучия личности с разной ситуацией трудовой занятости. Иза. Сарат. Ун

-

та. Нов.

Сер. Сер. Акмеология образование. Психология развития. Т. 6, вып. 1 (21).

Библиографические ссылки

Gregory N. Mankiw. (2014) Principles of Economics, 7th edition. Amazon, USA,. – 880 p.

Lex.uz. (2023). PF-158-сон 11.09.2023. “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida. [online] Available at: https://lex.uz/ru/docs/-6600413.

McConnell, Brue. (2014) Economics. 19 th edition. Mcgraw-hill/Irwin, USA,. – 984 p.

Paul A., Samuelson, William D. (2009) Nordhaus. Economics. 19th Edition. McGraw-Hill Companies. USA. – 744 p.

Абдуллаев Ё.А. (2001) Менежмент: дарслик. – Тошкент. «Ўқитувчи».

Абдурахмонов Қ.Х. (2011) Меҳнат бозори назариясига янгича ёндашувлар // “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. № 1, сентябрь, –Б.46-52. Iqtisodiyot.uz.

Абулқосимов Ҳ.П., Ашурова М.Х. (2015) Меҳнат ресурслари ва улардан унумли фойдаланиш йўллари. Иқтисод ва молия / Экономика и финансы, 1. 52-57 б.

Галиахметова Л.И. (2015) Благополучие, субъективное благополучие, удовлетворённость жизнью: проблема взаимосвязи. – Вестник Башкирского университета. Т. 20. №.

Гойхман О.Я. (2007) К вопросу формирования терминологии сферы сервиса // Теоретические и прикладные проблемы сервиса. №1. – С., 31-34.

Котлер Ф., Армсронг Г., Сондерс Дж., Вонг В. (1999) Основы маркетинга. – М., СПб., К.: Издат. дом «Вильямс», -718 с.

Мак-Дoнальд М., Пэйн Э. (2009) Сфера услуг. Полное пошаговое руководство по маркетинговому планированию. –М.: КноРус, -448 с.

Мирзаев Қ.Д., Султонов Ш.А. ва бошқалар (2022) Хизматлар соҳаси иқтисодиёти. Дарслик. Самарқанд. СамИСИ, –251 б.

Мухаммедов M.M., Мардонов Б.Б. (2021) Хизмат кўрсатиш соҳасида аҳоли бандлиги ва даромадлари. Монография. «Инновацион ривожланиш нашриёт-матбаа уйи». -186 б.

Пардаев M.Қ. (2014) Хизматлар кўрсатиш тармоқлари иқтисодиётининг айрим муаммолари. –Т.: Наврўз, –264.

Турсунов Ф.У. (June) Хизмат кўрсатиш соҳасида рақамли технологияларнинг аҳамияти. JMBM. Volume 1, ISSUE 4 ISSN: 2181-3000, 132-134 pages.

Ўлмасов А, Вахабов А. (2006) Иқтисодиёт назарияси. Дарслик, –Т.: Шарқ. – 432 бет.

Уремина Е.Н. (2017) Личностные характеристики как предикторы субъективного благополучия личности с разной ситуацией трудовой занятости. Иза. Сарат. Ун-та. Нов. Сер. Сер. Акмеология образование. Психология развития. Т. 6, вып. 1 (21).