www.sci-p.uz
III SON. 2025
79
TО‘QIMACHILIK SANOATI KORXONALARINING IQTISODIY KО‘R
SATKICHLAR
HOLATINI TAHLILI
dots.
Yuldashev Samad
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institut
i
ORCID: 0009-0003-9849-2866
Kurambayeva Nafisa
Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institut
i
ORCID: 0009-0001-6634-272X
Annotatsiya.
Maqolada tо‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish faoliyatini tashkil
etishda sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda moliyaviy iqtisodiy kо‘r
satkichlar holatini tahlil
qilishga e’tibor qaratilgan.
Kalit sо‘zlar:
korxona, moliyaviy natija, mahsulot, sof tushum, foyda, xarajatlar, rentabellik,
assortiment, soliq.
АНАЛИЗ ЭКОНОМИЧЕСКИХ ПОКАЗАТЕЛЕЙ ПРЕДПРИЯТИЙ ТЕКСТИЛЬНОЙ
ПРОМЫШЛЕННОСТИ
доц
.
Юлд
a
шев Самад
Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности
Курамбаева Нафиса
Ташкентский институт текстильной и лёгкой промышленности
Аннотация
.
В статье рассматриваются вопросы производства качественной
продукции и анализ финансово
-
экономических показателей при организации
производственной деятельности текстильных предприятий.
Ключевые слова:
предприятие, финансовый результат, продукция, чистый доход,
прибыль, затраты, рентабельность, ассортимент, налог
.
ANALYSIS OF THE STATE OF ECONOMIC INDICATORS OF TEXTILE INDUSTRY
ENTERPRISES
assoc. prof.
Yuldashev Samad
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Kurambayeva Nafisa
Tashkent Institute of Textile and Light Industry
Abstract.
The article focuses on the analysis of the state of financial and economic indicators
of textile enterprises in the organization of production activities.
Keywords:
enterprise, financial result, product, net income, profit, expenses, profitability,
assortment, tax.
UOʻK:
338.45(22.02)
79-84
www.sci-p.uz
III SON. 2025
80
Kirish.
Yangi Oʻzbеkistonning barqaror ijtimoiy
-
iqtisodiy taraqqiyotini taʼminlashda hududlarni
barqaror iqtisodiy rivojlantirishning moliyaviy salohiyat koʻrsatkichlari tizimini
takomillashtirishga alohida еʼtibor qaratilmoqda. “Oʻzbеkiston
-
2030” stratеgiуasida 2030
-yilga
qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobar oshirish va “daromadi oʻrtachadan yuqori boʻlgan
davlatlar” qatoriga kirish; hududlarni komplеks rivojlantirish, urbanizatsiya stratеgiyasini
amalga oshirish” kabi ustuvor maqsad va vazifalarning bеlgilab bеrilishi hududlarni barqaror
va jadal rivojlantirishni zarur moliyaviy rеsurslar bilan taʼminlash, hududlarning moliyaviy
iqtisodiy kо‘rsatkichlarini yaxshilash, korxonalar koʻlamini yanada kеngaytirishni taqozo qiladi
(Farmon, 2022).
Xozirgi iqtisodiy sharoitda xо‘jalik yurituvchi cubyektlarning moliyaviy natijalari
tarkibida asosiy о‘rinni mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda tashkil etadi.
Moliyaviy natijalarning asosiy qismi mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan shakllanganligi
sababli tahlilda asosiy e’tibor ushbu qatorning rejaga va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va
omilli ta’siriga qaratiladi.
Adabiyotlar sharhi.
Moliyaviy-
xо‘jalik faoliyatining asosiy kо‘rsatkichi hisobot davrida xususiy kapital
qiyma
tining о‘sishi (kamayishi)ni о‘zida aks ettiruvchi moliyaviy natija hisoblanadi. Moliyaviy
natijalar tо‘g‘risida sо‘z yuritilganda, uning mohiyatiga tо‘xtalib о‘tish joiz. Tadqiqotlar natijasi
kо‘rsatadiki, moliyaviy natijalar kо‘rsatkichlari bо‘yicha iqti
sodchi olimlar tomonidan turlicha
yondashuvlar shakllantirilgan.
Avlakulov (2019)
tomonidan “Moliyaviy natijalar hisobi va auditi metadologiyasini
takomillashtirish” deb nomlangan avtoreferatida “Moliyaviy natijalar –
xо‘jalik yurituvchi
subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir”
deb ta
’rif bergan.
Bundan tashqari Sokolov, Pyatovning (2007)
fikrlaricha, “Moliyaviy natija xо‘jalik
yurituvchi subyektning daromad va xarajatlari о‘rtasidagi farq yoki sof aktivlarining о‘sishidir”
deb ta’riflashgan.
Moliyaviy natijani mohiyati bо‘yicha iqti
sodchi olima Salova (2017)
“Moliyaviy natija –
muayyan davrda foyda (zarar) hajmining oshishi yoki kamayishini ifodalovchi
kо‘rsatkichdir”deb atagan.
Korxonalar xо‘jalik faoliyati tahlili darsligida Savitskaya
(2013)
“Korxona faoliyatining
moliyaviy natijasi
–
olingan foyda va rentabellik darajasini ifodalaydi” deb ta’rif bergan.
Zamonaviy korxonalarda buxgalteriya hisobi deb nomlangan о‘quv qо‘llanmada
Rossiyalik iqtisodchi olim Posherstnikning (2011)
fikricha, “Moliyaviy natijalar kо‘rsatkichlari
korxona faoliyati natijasida olingan iqtisodiy samarani ifodalaydi”. Shu boisdan xо‘jalik
yurituvchi subyektda iqtisodiy samaraga erishish, uni rivojlantirishdagi muhim vazifa
korxonaning operatsion, moliyaviy va investitsiya faoliyatida rahbariyat tomonidan
daromadlar va xarajatlarni samarali boshqarish usullarini egallashi zarur. Foyda shakllanishini
samarali boshqarish boshqaruv jarayonining tashkiliy-uslubiy tizimini barpo etish, foyda
shakllanishining asosiy mexanizmlarini bilish, uni tahlil va nazorat qilishda zamonaviy
usullardan foydalanishni kо‘zda tutadi, deb atagan.
О‘zbekistonlik iqtisodchi olimlarimizdan Karimov, Islomov, Avlokulov
(2004)
“Moliyaviy
natijalar xо‘jalik yurituvchi subyektning ma’lum
hisobot davrida tadbirkorlik faoliyati
jarayonida о‘ziga qarashli mablag‘ning oshishi yoki kamayishidir. Buxgalteriya hisobida
bunday faoliyat natijasi hisobot davridagi barcha foydalar va zararlarni hisoblash yо‘li bilan
aniqlanadi” deb ta’riflagan.
Smetanko, Kovalenko, Sharapova, Sorokina, Burdyugning (2014) ilmiy tadqiqotlarida
moliyaviy natijalarni hisobga olish, moliyaviy hisobning yakuniy bosqichi hisoblanadi deb о‘z
fikrlarini yoritib berdilar. Tashkilotning moliyaviy natijalari tabiatini yoritib berish uchun
www.sci-p.uz
III SON. 2025
81
daromad va xarajatlarning iqtisodiy mazmunini amaldagi qonunchilik nuqtai nazaridan о‘z
xulosalarini berganlar.
Tijorat tashkilotining moliyaviy natijasi haqida O.I.Yefimova foydani tushunadi, shu bilan
birga “moliyaviy natija
-haqiqatan ham ya
kuniy natija ular tasarruf etish huquqiga ega narsadir”
deb atagan. Masalan A.D.Sheremet “korxonaning moliyaviy natijalari va rentabelligini tahlil
qilish” deb qayd etadi.
Bazilinskaya (2011)
ham quyidagicha ta’riflaydi: “moliyaviy natija xо‘jalik yurituvchi
subyekt oladigan foyda yoki zarardir”.
Moliyaviy natija bо‘yicha xorijiy iqtisodchi olimlardan Skalyuk
(2010)
ham о‘z
darsliklarida “moliyaviy natijaning qiymati nafaqat korxonaning xayotiyligini ta’minlovchi
asos, balki iqtisodiy faoliyat samaradorligini, rentabelligini ham aks ettiruvchi, faoliyati asosiy
iqtisodiy kо‘rsatkichlarning miqdoriy о‘sish imkoniyati va korxonaning barqaror rivojlanish
potensialini ham tavsiflaydi” deb ta’rif be
radi.
Tadqiqot metodologiyasi.
Maqolada korxonaning iqtisodiy kо‘rsatkichlari hisobini yuritish tartibi, tahlil qilish,
tizimli yondashuv, taqqoslash, qiyosiy tahlil,
mavzuga oid statistik ma’lumotlar va nazariyalarni
о‘rganishda mantiqiy va erkin fikrlash, ilmiy mushohada qilish, tizim
li yondashuv usullaridan
keng foydalanilgan.
Tahlil va natijalar muhokamasi.
Sanoat korxonalarida mahsulot ish va xizmatlarni sotishdan olingan moliyaviy natija
mahsulot, ish va xizmatlarni sotishdan olingan sof tushumdan shu mahsulot ish va
xizmatlarning ishlab chiqarish tannarxini chegirish asosida aniqlanadi.
Tahlilda sotishning quyidagi uchta qatori tavsiflanadi:
- mahulot ish va xizmatlarni sotishdan moliyaviy natija;
- asosiy vositalarni hisobdan chiqarish va sotishdan natija;
- boshqa aktivlarni sotishdan olingan natija.
Ularni buxgalteriya hisobida alohida hisob obyekti yoki daromadlarning yuzaga chiqish
shakli yoki о‘rni sifatida tarkiblanishi belgilangan. Bunda asosiy vositalarning hisobdan
chiqarilishi va sotilishi, boshqa aktivlarni sotishdan olingan natijalar asosiy ishlab
chiqarishning boshqa jarayonlari sifatida qaraladi. Ularni moliyaviy natijalar tо‘g‘risidagi
hisobotda operatsion daromadlar va xarajatlar qatori kо‘rcatilishi tartiblangan.
Mahsulot, ish va xizmatl
arni sotishdan olingan foyda yoki zarar о‘zgarishida omilli
tahlilga alohida ahamiyat beriladi.
Mahsulot s
otishdan olingan foyda о‘zgarishiga quyidagi omillar ta’
sir etishi mumkin:
❖
Korxonaning о‘ziga bog‘liq omillar yoki ichki omillar.
❖
Korxonaning о‘ziga bog‘liq bо‘lmagan yoki tashqi omillar.
Korxonaning о‘ziga bog‘liq bо‘lgan omillarga mah
sulotlarning ishlab chiqarish tannarxi,
hajmi, accortiment va tarkib omillari kiritiladi. Uning о‘ziga bog‘liq bо‘lmagan yoki tashqi
omillarga davl
atning soliq siyosatining о‘zgarishi, baho omili va boshqa omillar kiradi.
Umumiy jihatdan olganda faqat korxonaning о‘ziga tegishli va tegishli bо‘lmagan ta’sir
omillarini tartiblash qiyin.
Ularni faqat nisbiy jihatdan qarash mumkin.
Bozor munosabatlar
i sharoitida har bir xо‘jalik subyekti о‘z faoliyati natijasida sof
foydaga erishishni kо‘zlaydi. Shu sababli ham sof foyda miqdorini о‘rganish va unga ta’sir
etuvchi omillarga baho berish korxona samaradorligini oshirishga olib keladi. Korxona
ixtiyorida qoladigan va uning erkin tasarrufidagi foyda s
of foyda deyiladi. Ushbu kо‘rsatkich
soliq tо‘loviga qadar bо‘lgan foyda ayirmasidan foyda (daromad)dan soliq va boshqa soliqlar
va ajratmalar summasini chegirish asosida aniqlanadi. Sof foyda tahlilida uning о‘tgan yillarga,
shuningdek, korxona biznes rej
asi kо‘rsatkichlariga nisbatan о‘zgarishlari о‘rganiladi.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
82
Moliyaviy natijaviylikning ushbu yakuniy qatori barcha ichki va tashqi axborotdan
foydalanuvchilar e’tiboridagi masala hisoblanadi.
Tashqi axborotdan foydalanuvchilar korxonaning foydalilik darajasi
ga, о‘z aktivlarini
maqsadli boshqarishning shartlarini belgilashga ham jiddiy ahamiyat berishadi. Macalan,
korxona mulkida hissali qatnashuvchilar aksiya egalari kelishuviga yoki xususiy kapitaldagi
ulushiga qarab taqsimlanadigan hisob foydasining holatiga korxona ixtiyorida qoladigan sof
foyda bilan qiziqsalar, investitsiya homiylari esa korxona faoliyatining barqarorligi va о‘sish
darajalariga kо‘proq qiziqadilar.
Bugungi kunda korxona sof foydasining о‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni quyidagi
guruhlarga ajratish mumkin (Azimova, 2022):
•
mahsulot, ish va xizmatlarni s
otish hajmining о‘zgarishi;
•
mahsulot, ish va xizmatlar bahos
ining о‘zgarishi;
•
mahs
ulot, ish va xizmatlar ishlab chiqarish xarajatlarining о‘zgarishi;
•
davr xarajatlarining о‘zgarishi;
•
moliyaviy faoliyatdan olinadigan foyda va zararlarning
о‘zgarishi;
•
favqulodda foyda va zararlar
о‘zgarishi;
•
foydadan olinadigan soliqlar va soliqli t
о‘lovlarning о‘zgarishi va hakozolar.
Tovar mahsulotini sotishdan yalpi foyda miqdoriga esa quyidagi asos
iy omillar ta’
sir
qiladi:
1. Cotilgan mahculot hajmining о‘zgarishi.
Bu omil tо‘qimachilik korxonasi faoliyatiga
bog‘liq (ichki omil), chunki mahsulot qancha kо‘p sotilgan bо‘lsa, foyda ham shuncha kо‘p
bо‘ladi. Bu omilning ta’sirini hisoblash
uchun quyidagicha ishlar amalga oshiriladi: reja bо‘yicha
olingan foydaning miqdori sotish bо‘yicha rejaning ortig‘i bilan bajarilgan foiziga kо‘paytirilib,
sо‘ngra 100ga bо‘linadi.
2. Ishlab chiqarish tannarxining о‘zgarishi
. Bu omil ham ichki xususiyatga egadir.
Chunki, mahsulot tannarxi qancha kamaysa, foyda ham mutonosib tarzda shunchaga
kо‘payadi.
3
.
Ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar darajas
ining о‘zgarishi.
4. Ulgurji bahoning о‘zgarishi.
Bu omil tashqi xususiyatga ega, ya’ni korxona faoliyatiga
bog‘liq emas.
5. Boshqa xarajatlar (tashqi omil)
.
6.
Mahsulot ass
ortimenti va tarkibiy tuzilishining о‘zgarishi.
Turli mahsulotlar turlicha rentabellik darajas
iga egadir. Binobarin, tо‘qimachili
k
korxonalari assortiment bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasiga rioya qilmasalar, u holda
ular foyda yoki zarar kо‘rishlari mumkin. Bu omil ichki xususiyatga ega. Agar korxona
accortiment bо‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasini 100%ga bajarib foyda olgan bо‘lsa, bu
-
korxonaning yutug‘idir. Tovar mahsuloti sotishdan kelgan foydani tahlil qilish uchun kerakli
ma’lumotlar yillik hisobotning №25
-
“Sanoat mahsulotini sotish” nomli shakldan olinadi.
Korxonaning moliyaviy natijalari tahlil qilinganda quyidagilar amalga oshirilishi kerak:
-
korxonaning moliyaviy ahvolini tavsiflovchi kо‘rsatkichlarini: foyda summasi,
sarmoyaning turlari buyicha hisobot davridagi rentabellik va о‘zini qoplash darajacini aniqlash
hamda ularni о‘tgan yilgi xamda biznes–
reja
ma’lumotlari bilan solishtirish;
-
foyda va rentabellik kо‘rsatkichlarining qator yillardagi dinamikasini aniqlash hamda
о‘sish sur’atlarini hisoblab chiqish.
Tahlil jarayonida quyidagi asosiy omillarning foyda va rentabellikka ta’sirini aniqlash va
hiso
blab chiqish kerak bо‘ladi
(
“BONITO GROUP” MCHJ
, 2023-2024):
-
sotilgan mahsulot hajmi;
-
korxonaning sotishdan olgan daromadi;
-
sotilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi;
-
davr xarajatlari jami;
www.sci-p.uz
III SON. 2025
83
-
asosiy faoliyat daromadlari va xarajatlari;
-
moliyaviy faoliyat daromadlari va xarajatlari;
-
favqulotda daromadlar va zararlar;
-
t
о‘langan foyda (daromad) solig‘i va boshqa soliq va tо‘lovlar jami.
1-
jаdvаl
“BONITO GROUP” MCHJdа moliyaviy nаtijаlаrning tаrkibi, tuzilishi vа dinаmik
о‘zgаrishlаrining tа
hlili
T/r
Kо‘rsаtkichlаr
2023-yil
2024-yil
О‘zgаrishi(+;
-)
ming sо‘m
soliq
tо‘lаgun
-
gаchа
bо‘lgаn
foydаgа
nisbаtаn
ming sо‘m
soliq
tо‘lаgun
-
gаchа
bо‘lgаn
foydаgа
nisbаtаn
ming sо‘m
Sаlmog‘i
1
Mаxsulot (ish,xizmаt)lаr sotishdаn
olingаn yalpi foydа (030)
15 418 409
105,5
11 573 190
79,2
-3 845 219
-26,3
2
Dаvr xаrаjаtlаri (040)
2 454 503
16,8
1 777 087
16
-677 416
-0,8
3
Аsosiy
fаoliyatning
boshqа
dаromаdlаri. (090)
1 297 884
8,9
292 447
2,0
-1005 437
0
4
А
sosiy ishl
а
b chiq
а
rish f
а
oliyatining
yalpi moliyaviy n
а
tij
а
si. (100)
14 255 490
9,8
10 088 550
69,1
-4166940
59,3
5
Umumxо‘jаlik fаoliyatining foydаsi.
(220)
14 611 844
100
11 137 098
100
-3 474 746
100
6
Fаvquloddаgi foydа vа zаrаr. (230)
0
0
0
0
7
D
а
rom
а
d (Foyd
а) solig‘i tо‘lа
gung
а
q
а
d
а
r foyd
а
(z
а
r
а
r). (240)
14 611 844
100
11 137 098
100
-3 474 746
-
8
D
а
rom
а
d (Foyd
а
)d
а
n soliq v
а
boshq
а
soliql
а
r. (250+260)
302 804
2,1
213 531
1,9
-89 273
-0,2
9
Hisobot d
а
vrid
а
gi sof foyd
а
v
а
z
а
r
а
r.
(270)
14 309 040
97,9
10 923 567
98,1
-3 387 473
0,2
Jаdvаl mаlumotlаridаn kо‘rinib turibdiki “BONITO GROUP” MCHJdа 2024 yil 2023 yilgа
nisbаtаn
3 387 473
ming sо‘mgа sof foydа kamaygan. Yа’ni о‘tgаn yilgа nisbаtаn
0,2
% gа
kо‘pаygаn. Sof foydаning kо‘pаygаnigа аsosаn tо‘lаngаn soliqlаrning ya’ni foydа solig‘i vа
boshqа soliq hаmdа аjrаtmаlаrning о‘tgаn yilgа nisbаtаn
89 273
ming sо‘mgа kamaygani tаsir
etgаn.
Dаvr xаrаjаtlаri hаm 2023 yildа
2 454 503
sо‘mni ya’ni
16,8
%ni, 2024 yildа esа
1 777
087
ming sо‘mni ya’ni
16
%ni tаshkil qilgаn. О‘tgаn yilgа nisbаtаn 0,8% gа kam. Bu
kо‘rsаtkichlаr mаhsulot(ish, xizmаt)lаr sotishdаn olingаn yalpi foydа hisobidаn qoplаni
b
ketgаn. Joriy yildа korxonа mа’muriyati birinchi nаvbаtdа dаvr xаrаjаtlаrini qisqаrtirish
chorаlаrini kо‘rishi lozim. Аsosiy ishlаb chiqаrish fаoliyatining yalpi moliyaviy nаtijаsi hаm
kо‘pаygаn. 2023 yilning boshidа
14 255 490
ming sо‘mni tаshkil qilgаn bо‘lsа, yil ohirigа kelib
bu kо‘rsаtkich
10 088 550
ming sо‘mni tаshkil qilgаn. Dаromаddаn soliq vа boshqа soliqlаr
hаm о‘z vаqtidа tо‘lаnmаgаn. Yil boshidа
302 804
ming sо‘mni tаshkil qilgаn bо‘lsа yil ohirigа
kelib 213 531
ming sо‘mni orаdаgi fаrq 89
5
86 ming sо‘mni tаshkil qilgаn.
Umumxо‘jalik faoliyatidan olingan zarari hamda foyda solig‘i tо‘lashdan oldingi foyda
miqdorining о‘zgarishi aynan asosiy faoliyatdan olingan zarari miqdori о‘zgarishidagidek
bо‘lgan. Demak, ushbu korxonada asosiy faoliyatda
boshqa moliyaviy faoliyat natijalarida hech
qanday о‘zgarish rо‘y bermagan.
www.sci-p.uz
III SON. 2025
84
Xulosa о‘rnida shuni aytish lozimki maqolada tо‘qimachilik korxonalari ishlab chiqarish
faoliyatini tashkil etishda sifatli mahsulot ishlab chiqarish hamda moliyaviy natijalarni
tavsiflovchi kо‘rsatkichlar holatini tahlil qilishga e’tibor qaratilgan. Tо‘qimachilik korxonasi
ishlab chiqarish, boshqaruv, marketing, investitsiya, moliya, innovatsiya, tashqi savdo
faoliyatida erishgan natijalariga, bor resurslardan qay darajada foydalanilganlikni
tavsiflashdan iborat bо‘ladi.
Adabiyotlar /
Литература
/Reference:
“BONITO GROUP” MCHJ
(2023-2024)
ma’lumotlaridan foydalanilgan.
Avlokulov. A. Z. (2019) Moliyaviy natijalar hisobi va auditi metodologiyasini
takomillashtirish. dissertatsiyasi avtoreferati.
Azimova F.P. (2022) Tо‘qimachilik sanoati korxonalari faoliyati samaradorligini
boshqarishni takomillashtirish. Monografiya.
–T.: “Factor book” nashriyoti, 28 iyun.
Farmon (2022) О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28 yanvardagi “2022
-2026
yillarga mо‘ljallangan Yangi О‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi” PF
-60-sonli farmoni. //
www.lex.uz.
Karimov A.A., Islomov F.R., Avloqulov A.Z. (2004) Buxgalteriya hisobi. Darslik.
–
T.: “Sharq”
NMAK, -592 b.
Pardayev M.Q., Abdukarimov A. (2007) Korxonaning iqtisodiy salohiyati tahlili.
–
CamICI,
–
154 b.
Smetanko A.V., Kovalenko A.S., Sharapova I.S., Sorokina YE.S., Burdyug N.V. (2014)
Moliyaviy natijalar nazariyasi.
О‘quv qо‘llanma.
Базилинская О.Й. Финансовий учет: теория та практика: [науч. пособ.] / О.Й.
Базилинская ; 2
-
ге вид. –
К.: Сентр учебной литератури, –
398 с.
Пошерстник Н.В. (2011) Бухгалтерский учет на современном предприятии: учебно
-
практическое пособие. –М.: Проспект,
-
560 с.
Савитская Г.В. (2013) Анализ хозяйственной деятельности предприятия: учебник /
Савитская Г.В. –
М.: Инфра
-
М, –
384
с.
Салова А.А.
(2017)
Понятие, сущность и значение финансового резултата
предприятий. //Альманах современной науки и образования, № 7 (120).
Скалюк Р.В. (2010) Сушност и значение финансових резултатов в системе развития
хозяйственной
деятелности
промишленних
предприятий.
ҳттп://
www
.нбув.гов.уа/портал/натурал/нпкнту_э.
Соколов Й.В.
(2007)
Финансовий резултат как сел бухгалтерского учета. //
Бухгалтерский учет. –
№ 21. –
С. 56
-59.
