Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
100
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
AL-XORAZMIY VA FALSAFAGA QO'SHGAN HISSASI
Ahmadjonov Diyorbek Abdusalom o`g`li
Ismoilov Abdumalik Maxmayusuf o’g'li
DTPI Pedagogika fakulteti Jismoniy madanyat
talabasi :Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Al-Xorazmiy, IX asrda yashagan o'zbek matematik va olim, matematik va
astronomik jihatlarni o'z ichiga oluvchi bir qator asarlarni yaratgan. U algebra va
geometriya sohalarida yirik yangiliklar kiritgan bo'lsa-da, uning falsafaga qo'shgan
hissasi ham juda muhimdir. Ushbu maqola Al-Xorazmiy asarlarida muhokama qilingan
falsafiy g'oyalar, ilm-fan va falsafa o'rtasidagi aloqalar haqida fikr yuritadi.
Kalit so‘zlar:
Al-Xorazmiy, falsafa, algebra, matematika, astronomiya, ilm-fan,
o'zbek olimlari.
АБСТРАКТНЫЙ:`
Аль-Хорезми, узбекский математик и учёный, живший в 9 веке, создал ряд работ,
включавших математические и астрономические аспекты. Хотя он внес серьезные
новшества в области алгебры и геометрии, его вклад в философию также
значителен. В этой статье размышляются философские идеи, обсуждаемые в трудах
Аль-Хорезми, и взаимосвязь между наукой и философией.
Ключевые слова:
Аль-Хорезми, философия, алгебра, математика,
астрономия, наука, узбекские учёные.
ABSTRACT:
Al-Khorazmi, an Uzbek mathematician and scientist who lived in the 9th century,
created a number of works that included mathematical and astronomical aspects.
Although he made major innovations in the fields of algebra and geometry, his
contributions to philosophy are also significant. This article reflects on the philosophical
ideas discussed in Al-Khwarizmi's writings, and the relationship between science and
philosophy.
Key words:
Al-Khorazmi, philosophy, algebra, mathematics, astronomy, science,
Uzbek scientists.
Kirish
Al-Xorazmiy (Muhammad ibn Musa al- Xorazmiy) o'rta asrlarning ulkan
olimlaridan biri bo'lib, u o'z asarlarida matematik, astronomik va falsafiy g'oyalarning
uyg'unligini namoyon etdi. U "Al-Kitab al-Mukhtasar fi Hisab al-Jabr wal-Muqabala"
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
101
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
asari orqali algebra sohasida inqilobiy o'zgarishlar kiritdi. Shuningdek, uning asarlari
nafaqat matematik bilimlarni rivojlantiribgina qolmay, balki falsafa va ilmiy tafakkur
o'rtasidagi muhim aloqalarni o'rganishda ham katta ahamiyatga ega bo'ldi.
Al-Xorazmiy va Falsafa
Al-Xorazmiy falsafani ilmiy izlanishlar bilan birlashtirish orqali yangi nazariyalar
ishlab chiqdi. U algebra va geometriya o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsatib, mantiqiy fikrlash
va matematik usullar orqali muammolarni yechishga intildi. Shuningdek, uning ishlari
falsafiy tafakkur jarayonlarini mukammalroq tushunishga yordam berdi. Al-Xorazmiy o'z
asarlarida matematikani ko'plab falsafiy masalalarni yechish uchun vosita sifatida ko'rdi.
Al-Xorazmiy asarlaridagi Falsafiy G'oyalar
Al-Xorazmiy asarlarida matematika va falsafa o'rtasidagi aloqalar ko'rsatilgan. U
nazariyalarni amaliy masalalar bilan birlashtirish orqali muammolarni yechishda yangi
yondashuvlar taklif etdi. Miting dasturi yoki turli formulalar va tenglamalarni keltirib, u
matematikani ko'proq ilmiy usulda o'rganishga chaqirdi.
Uygʻonish davri
(
Renessans
) — Markaziy Osiyo, Eron, Xitoy (9-12 va 15-asrlar)
va Gʻarbiy Yevropada yuz bergan alohida madaniy va tafakkuriy taraqqiyot davri.
„Renessans“ atamasi dastlab Italiyadagi madaniy-maʼnaviy yuksalish (14—16-asrlar)ga
nisbatan qoʻllangan, uni oʻrta asrchilik turgʻunligidan yangi davrga oʻtish bosqichi deb
baholaganlar. Renessansning asosiy alomatlari: tafakkurda va ilmu ijodda dogmatizm,
jaholat va mutaassiblikni yorib oʻtib, insonni ulugʻlash (qarang Gumanizm), uning
isteʼdodi, aqliyfikriy imkoniyatlarini yuzaga chiqarish; antik davr (yunonrum)
madaniyatiga qaytib, uni tiklash, boyitish; cherkov sxolastikasidan qutulib, adabiyot va
sanʼatda dunyoviy goʻzallik, hayot taronalarini qizgʻin kuylash; inson erki, hurfikrlilik
uchun kurashish. Buning natijasi oʻlaroq, ijodiy qudrat va tafakkur kuchini namoyish
etadigan ulugʻvor badiiy asarlar, salobatli binolar yaratildi, ilmfan rivojlandi. Italiyada
shoir Petrarka va Dante, rassom Jotto, adib va mutafakkirlar Bokkachcho, Ariosto, Tasso,
Byome
Renessans
gʻoyalarining
jarchilari
boʻlib
maydonga
chiqdilar.
Keyinchalik Michelangelo, Rafael, Shakespeare, Miguel de Cervantes Yevropaning turli
mamlakatlarida buni davom ettirdilar. Ammo Renessans, yaʼni Uygʻonish faqat Yevropa
hodisasi emas. Dunyo madaniyatini yaxlit olib oʻrgangan olimlarning ishlari shuni
koʻrsatdiki, Osiyo markazida joylashgan Movarounnahr, Xuroson va Eronda Italiyaga
qaraganda bir necha asr oldin (9—12-asrlar) ulkan madaniy koʻtarilish yuz bergan, ilm-
fan, falsafa, adabiyot kuchli rivojlanib, ilgʻor insonparvarlik gʻoyalari jamiyat fikrini
band etgan, aqliy va ijodiy faollik gurkiragan. Bu davr dunyo ilmida „Musulmon
Renessansi“ (A. Mets) yoki „Sharq Uygʻonishi“ (N. I. Konrad) nomi bilan atalib
kelinmoqda. Sharq Uygʻonish davrida Yevropa Uygʻonish davrining asosiy belgilari
mujassam: joʻshqin ijodiy faoliyat, ulkan bunyodkorlik ishlarining amalga oshirilgani,
aqlni hayratga soluvchi bemisl asarlarning yaratilgani shundan dalolat beradi. Sharq
Uygʻonish davri ham ulugʻ allomalar, qomusiy bilim sohiblari, mashhur mutafakkirlarni
yetishtirdi. Aniq fanlar sohasida Muhammad al-Xorazmiy, Abu Bakr Roziy, Abu Rayhon
Beruniy, Ahmad al-Fargʻoniy, Umar Xayyom, Mirzo Ulugʻbek jahonshumul kashfiyotlar
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
102
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qildilar. Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Ibn Rushd, Muhammad Gʻazoliy, Nasafiy
Aziziddinlarning falsafiy asarlari tafakkur xazinasini boyitdi, olam, odam va jamiyat
yaxlitlikda tadqiq etilib, yangi qonuniyatlar ochildi, aqliy bilim ufqlari kengaydi, fozil
jamiyat va komil inson nazariyasi chuqur ishlab chiqiddi. Sheʼriyatda Abu Abdullo
Rudakiy, Abulalo alMaarriy, Abulqosim Firdavsiy, Jaloliddin Rumiy, Hofiz Sheroziy,
Nizomiy Ganjavip, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy kabi daho ijodkorlar yetishib,
oʻlmas asarlar yaratdilar, ishqmuhabbat, qahramonlik, ozodlik va ezgulikni kuyladilar.
Miniatyura rassomchiligida bir necha maktablar shakllandi, bunda Kamoliddin
Behzod rasmlari yangi ijodiy yoʻnalishga asos soldi. Uygʻonish davri ning yana bir
belgisi xalq ruhini ifodalaydigan „Ming bir kecha“, „Kalila va Dimna“, „Qirq vazir“,
„Toʻtinoma“, „Sindbodnoma“, „Jomeʼul hikoyot“ kabi qiziqarli sarguzashtlarga toʻla,
shavqu zavq qoʻzgʻatadigan asarlarning koʻpaygani, ikkinchi tomondan „Xamsa“larda
boʻlganiday, insoniy ideallarni mujassam etgan hikmat va falsafaga boy umumbashariy
gʻoyalarning tasvirlanishidir.
Eron va Markaziy Osiyo xalqlari bir necha ming yillik sivilizatsiya tarixiga ega.
Zotan, qadimiyati, qad. davlatchiligi boʻlmagan xalqda Uygʻonish davri ham boʻlmaydi.
Markaziy Osiyoda 9—13-asrlarda oʻz xalqining qadimiyatiga qaytish, Avesto falsafasini
Qurʼon maʼrifati bilan uygʻunlashtirib, qayta tiklashga intilish tasavvuf taʼlimoti,
„ishroq“ falsafasida namoyon boʻlgan. Shu asosda turli nazariyalar, taʼlimotlar yuzaga
kelib, fikriy xilmaxillik rivojlandi. Tasavvufiyorifona taʼlimotning qaror topishi, tariqatlar
ham, aslida, hurfikrlik va inson kamolotiga boʻlgan ishonchning nishonasi edi. Uygʻonish
davri vakillari dinga emas, balki dinni sxolastika va jaholat manbaiga aylantirgan
kishilarga qarshi kurashganlar.
Tafakkurdagi ikki: akliy (ratsionalizm) va vajdiy (irratsionalizm) yoʻnalish
namoyandalari zohiran oʻzaro kelishmay kelgan boʻlsalarda, amalda Yevropa Uygʻonish
davrida boʻlganidek, inson ongini bedor etish, uni aqidaparastlik (taqlidchilik) gʻuboridan
tozalashda hamkorlik qildilar. Shu bois hurfikrli mutafakkirlar orasida ratsionalist olimlar
bilan birga, orif sufiylar ham bor edi.
Sharq Uygʻonish davri vakillari oʻz xalklarining ked. madaniyat bilan birga, yunon
vahind xalklari merosidan ham foqdalanishgan. Yunon olimlarining asarlari 8—9-asrlarda
arab tiliga tarjima qshshndi, sharxlandi. Aflotun, Arastuni Sharq faylasuflari ham oʻz
ustozlari deb hisoblashgan, Plotin qarashlari Ibn alArabiyga taʼsir etib, „vahdatul
vujud“ falsafasiga turtki berdi. Biroqyunonlar koʻp fikrlarni qad. osiyoliklardan olganlar.
Bu tarix qonuniyati; Abu Rayhon Beruniyning „Kitob attafhim li avoil sinoat
attanjim“ asari qoʻlyozmasi (13-asr).yuksalishga shaylangan xalq oʻz madaniyati va
oʻzigacha yaratilgan bashariy yutuqlarni oʻzlashtirib, yana yuksaklikka koʻtariladi.
Sharq Uygʻonish davri keng koʻlamli: taʼlim va tahlil, madrasamaorif rivojlangan,
ulkan kutubxonalarda yuz minglab jild kitoblar yigʻilgan, „xazinat ulhikma“, „dor
ululum“larda tolibi ilmlar, ustozshogirdlar suhbati bardavom edi, olimning obroʻeʼtibori
yuksak qadrlandi. Sharq Uygʻonish davri yutuqlari Gʻarbiy Yevropadagi Uygʻonish
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
103
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
davriga bevosita taʼsir etgan. Chunki 12—14-asrlarda musulmon olami bilan Yevropa
davlatlari orasida aloqa kuchaygan edi. Ayniqsa, tutash chegara mamlakatlari: Qurdoba
(Ispaniya), Kavkaz, Bolqon yarim orolida bu jarayon kuchli boʻlgan. Yevropaliklar Sharq
olimlarining asarlarini lotin, ispan, yahudiy tillariga qilingan tarjimalar orqali yoxud
bevosita arab tilida oʻqib oʻrganganlar. Ibn Sinoning „Tib qonunlari“, „AshShifo“,
Forobiyning „Ilmlar tasnifi“, Ahmad Fargʻoniyning „Samo harakatlari va yulduzlar
ilmining jami kitobi“, Muxammad Muso Xorazmiyning „Aljabr val muqobila“, Ibn
Rushd, Abu Bakr Roziy asarlari tarjima qilinib, keyinchalik nashr etilgan. Algebra,
algoritm fanlari Xorazmiy asarlari tufayli shakllangan. „Tib krnunlari“ 7 asr mobaynida
Yevropa untlarida tibbiyot darsligi sifatida xizmat qildi. Ibn Sino shogirdi Ibn Rushd
goyalari Italiya, Fransiya hurfikrligini boshlab bergan. Ibn Sino — Avitsenna, Ibn
Rushd — Averroes, Ahmad Fargʻoniy — Al Frageni, Abu Bakr Roziy — Al Ramzats,
Abu Maʼshar Balxiy — Albumazar degan lotincha nomlar ostida mashhur boʻlgan.
„Oʻsha paytda (13—16-asr) jaholat changalidagi Yevropaning koʻpgina qismida
musulmonlar ilm charogʻini yoqdilar…; ispanlar yozuvi ham, shimoliy oramiy yozuvi
ham Osiyodan olingan; shim., gʻarbiy va sharqiy Yevropa madaniyati yunon — rumo —
arab urugʻidan unib chiqqandir“ (G.Gerder). Platon, Aristotel asarlari ham Yevropaga
dastlab arabcha tarjima va talqinlar orqali kirib borgan. „Sharkliklar Gʻarbni Aristotel
falsafasi bilan yoritdilar“ (Gegel).
Aniq fanlar va ularni oʻrganish usullarini, dehqonchilik va chorvachilik ilmlari,
dengizda suzish, qarbiy texnikani Yevropa sharqdan olib rivojlantirdi. „Matematika,
kimyo, tibbiyot sohasida musulmonlarning xizmati buyuk… bu fanlarda musulmonlar
Yevropaning muallimlari boʻlib qoldilar“ (G. Gerder). Yevropa Uygʻonish davri adiblari
Dante, Petrarka, Bokkacho Sharq ilmfani, adabiy asarlaridan ilhomlanganlar. Dante
„Bazm“, „Ilohiy komediya“ asarlarida Ibn Sino va Ibn Rushdni oʻz ustozlari qatorida
ehtirom bilan tilga oladi. Axmad Fargʻoniy asarlaridan foydalanganini qayd etadi. K.
Marloning „Buyuk Temur“ dramasida Amir Temur jasur, xaloskor inson sifatida
tasvirlangan.
Musiqada ham Uygʻonish davri jarayoniga xos yuksalish dastlab Sharkda yuz
berdi. Markaziy Osiyo xalqlarining qad. anʼanalari arab, hind va fors musiqiy meros
asarlari, cholgʻulari bilan oʻzaro taʼsir jarayonlari natijasida yanada boyib qaytadan
jonlandi. Zero, Forobiy va uning izdoshi Ibn Sino musikaning nazariy, falsafiy va estetik
masalalarini atroflicha tadqiq etib, umumsharqiy taʼlimotni yaratishgan. Xususan, Yaqin
va Oʻrta Sharq xalklari musiqa amaliyotiga tayangan holda, kuy va usullar,
qoʻllaniladigan sozlar, muayyan shakl va janrlar doirasida mushtaraklik mavjudligini
isbotlashgan. Forobiyning „Kitob ul musiqa alkabir“ („Musiqaga doyr katta kitob“) va,
ayniqsa, Ibn Sinoning „Javomeʼ ilm ulmusiqi“ („Musiqaga oid ilmlar toʻplami“) kabi
asarlarida yunon olimlari (Pifagor, Aristoksen va boshqalar)ning qarashlari boyitilib,
tovushlar balandpastligi munosabatlari matematik uslubda ifodalangan. Shuningdek, sof
tovushqator tizimi, undan oʻrin olgan budlarning muloyimat va munofirat tasnifoti, iyqo
nazariyasi ilk bor asoslab berilgan. 12—13-asrlarda ijodiy va aqliy kuchlar rivojini
namoyish etgan Oʻn ikki maqom tizimi yuzaga keldi. Amir Temur (14 a.) va Temuriylar
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
104
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(15—16-asrlar) musiqaning barcha jabhalarida yangi Uygʻonish davri yuzaga kelishini
taʼminlab berishdi. Turli mamlakatlardan Samarqand, Buxoro kabi markazlarga
keltirilgan sanʼatkorlar — bastakorlik, musiqa ijrochiligi va musiqashunoslik jadal
rivojlanishiga hissa koʻshishgan. Mazkur sohalarda nainki muayyan kasb egalari, balki
oʻzga badiiy ijod sohiblari, xususan, Mirzo Ulugʻbek, Jomiy, Navoiy, Husayn Boyqaro,
Zahiriddin Boburlar ham nom chiqarishgan. Bu davrda mahalliy maqom ijodiyoti va
ijrochiligi yuksaldi, ogʻzaki anʼanadagi musiqaning boshqa rivojlangan shakllari (doston,
ashula, cholgʻu kuy va boshqalar) keng oʻrin egallab, oʻzlarining yuqori pallalariga
koʻtarildi. Ayni shu jarayon keyinchalik Buxoro Shashmakrmi, Xorazm maqomlari va
Fargʻona — Toshkent makom yoʻllari, katta ashulalar shakllanishiga olib keldi.
Yevropa musikasida Uygʻonish davri tamoyillari dastlab 14-asrda tashkil topgan
ilgʻor yoʻnalish — „Are nova“ namoyandalari (ayniqsa, Italiyadagi vakillari — F.
Landino va boshqalar) ijodida oʻz ifodasini topdi. Ular dunyoviy mazmundagi ilk
professional vokal musiqa shakllari (ballada, madrigal, kachcha va boshqalar)ni ijod
qilishdi, sheʼriy matnlar mazmuniga alohida ahamiyat berib ifodali, erkin tuzilishdagi
kuylar yaratishdi. Uygʻonish davri cholgʻu musiqaning dastlabki mustaqil shakl va
janrlari (richerkar, prelyudiya, fantaziya, tokkata) yuzaga keldi, ayniqsa lyutnya, klavesin
va klavikord musiqasi keng rivoj topdi. Ijodkorlar va musiqa nazariyotchilarining antik
davr badiiy merosiga qiziqishi tufayli yangi janrlar (mas, yunon tragediyasini
„tiklash“ jarayonida — opera), koʻp ovozli musiqada polifoniyankng qatʼiy uslubi,
keyinchalik gomofoniya uslubi k, aror topdi. Diniy musiqa janrlari (messa, motet) isloh
qilindi, notalar chop etilishi joriy etildi, jonli musiqa amaliyotini umumlashtiruvchi
musiqa nazariyasi (Tinktoris, J. Sarlino) rivoj topdi. Aynan shu davrda muayyan xalklarda
yangi milliy va mahalliy kompozitorlik maktablari paydo boʻldi: niderland (Dyufai, Y.
Okegem, J. Depre), fransuz (K. Janeken va boshqalar), nemis (G. Fink va boshqalar),
ingliz (Dansteybl, U. Byord va boshqalar), ispan (K.de Morales va boshqalar), Rim
(Palestrina), Venetsiya (A. va J. Gabriyeli) va boshqa Uygʻonish davrining pirovardida
Yevropa kompozitorlik ijodiyotida Sharq mavzu va obrazlariga qiziqish kuchayib, ingliz
G. Pereyem va fransuz J. Ramo umumsharqona ekzotikani ifodalashgan. Bular anʼanasi
keyinchalik Sohibqiron Amir Temurni bosh qahramon sifatida gavdalantirgan Italiya (A.
va D. Skarlattilar, A. Vivaldi va boshqalar), Germaniya (G. Gendel, G. Teleman va
boshqalar) mualliflarining operalarida teranlashgan.
Uygʻonish davrida teatr sanʼati xayot koʻzgusi hisoblanib, koʻpqirrali inson
xarakteri, real voqelik ziddiyatlarini aks ettirishga alohida ahamiyat berdi. Bu davr teatr
namoyandalari antik drama tajribalaridan foydalanib xalq tomosha sanʼati anʼanalarini
rivojlantirdilar, kundalik hayot zavqshavqini idrok qilishga daʼvat etilgan dunyoviy sahna
asarlarini yaratishga harakat qildilar (L. Ariosto, A. Politsiano, N. Makiavelli va
boshqalar). Ispaniyada Uygʻonish davridagi teatr rivoji M. Servantes va Lope de Vega,
Angliyada U. Shekspir ijodi bilan bogʻliqdir. Uygʻonish davrida teatr sanʼati professional
omillari kuchaydi, dramaturgiya va aktyorlik sanʼati nazariyasi qaror topdi, ilk teatr
binolari qurildi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
105
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Uygʻonish davri meʼmorligi qad. anʼanalarni oʻzlashtirib, uni yangi mazmun bilan
boyitdi, yangi meʼmoriy qurilmalar vujudga keldi, koʻp qavatli uylar, yangi qiyofadagi
jamoat binolari qad koʻtardi. Binoni tashqi va ichki tomonlarini bezash, kenglikni tashkil
etish borasida xam muayyan yutuqlarga erishildi. Bu oʻzgarishlar Italiyaning Florensiya,
Piza, Siyena, Genuya, Milan, ayniqsa, Venetsiya sh.larida juda sezilarli boʻldi. Ulkan
binolar, gʻoyat katta gumbazli va bir nechta ustunli saroy va ibodatxonalar qurildi,
ayniqsa, florensiyalik meʼmorlar antik meʼmorlik anʼanalari va order tizimidan unumli
foydalandi. Bu anʼanalarni oʻrta asr Italiya meʼmorlik texnikasi yutuqlari, mahalliy
qurilish xom ashyolari va konstruksiyalari bilan uygʻunlashtirib, renessans meʼmorligi
uslubini yaratdilar. Devor sathi tekisligining yaxlitligiga eʼtibor kuchaydi, meʼmorlik
mujassamotining chizikli ritmi va mutanosibligiga, xonaning kengligiga, uning yaxlit va
koʻrkamligiga ahamiyat berila boshlandi; turar joy va ibodatxonalar qurilishi ham
yangilandi. Shaharning ijtimoiy maʼmuriy markazi tarhi va tuzilishi bilan bogʻliq boʻlgan
yangi tipi paydo boʻldi. Florensiyada shakllangan yuksak Uygʻonish davrining mumtoz
uslubi Rimaa, keyinroq Venetsiyada monumental yodgorliklar (monumental sanʼat)
yaratilishiga
sabab
boʻldi.
Yirik
meʼmoriy
ansambllar
vujudga
keldi,
„ideal“ shaharlarning loyihalari yaratildi.
Italiya meʼmorligida paydo boʻlgan yangi anʼanalar Uygʻonish davrining buyuk
meʼmorlari ishlarida uz aksini topdi. Jumladan, Filippo Brunelleski katta gumbazli bino
qurish muammosini hal qildi (diametri 42 m boʻlgan 8 qirrali gumbazli SantaMariya del
Fore sobori), L. Alberti oʻzi yaratgan yangi meʼmoriy kompozitsiyalarini ilmiy nazariy
bayon qilgan „Meʼmorlik toʻgʻrisida 10 kitob“ asari bilan nazariyotchi olim sifatida
namoyon boʻldi. Shu tarzda yuksak Uygʻonish davri meʼmorligi uslubiga zamin yaratildi.
Yuksak Uygʻonish davri ning asosiy tamoyillari Rimda shakllandi va rivojlandi, davrning
insonparvarlik gʻoyalari ulugʻvor va hashamatli meʼmoriy kompozitsiyalarda oʻz
ifodasini topdi. Amaliyotda antik meʼmoriy orderlar erkin va ijodiy ishlatila boshlandi,
meʼmoriy uslublar birlashtirilib yagona milliy meʼmorlik uslubi shakllandi. D. Bramante,
Rafael, Mikelanjelo va boshqa murakkab meʼmoriy majmualarida yuksak mahorat, boy
ilm va nazariy fikr, oʻtkir tafakkurni namoyon qildilar, badiiy yechimining goʻzalligi,
nisbat va shakllar oʻyinining boyligi, kompozitsiya yechimining rang-barangligi insonga
zavq bagʻishlaydigan meʼmoriy makonni yaratdilar.
Soʻnggi Uygʻonish davrida yirik meʼmoriy inshootlar oʻrnini xususiy buyurtmalar
kengroq egalladi. Villa, palatsso qurilishi sohasida koʻzga koʻrinarli ishlar qilindi.
Bogʻpark meʼmorlik uslubi (bogʻ tuzish sanʼati) shakllandi. Pastbalandlikka ega boʻlgan
maydonda bogʻ yaratish muhim ahamiyat kasb etdi: pastbalandliklar birbiri bilan
murakkab zinalar orqali bogʻlandi, tepalik va qiyaliklar turli bezak qurilmalar (gʻor, suv
kaskadlari, favvora, haykallar) hamda manzarali oʻsimliklar bilan bezatildi. Asosiy yoʻl,
qolgan yoʻlka va zinalar darvozaga yoʻnaltirilgan boʻlib, kompozitsiyaning tugal
boʻlishini taʼminlagan. Meʼmoriy nazariy masalalarga eʼtibor ortdi. Bunyod etilayotgan
binolarni ilmiy asoslashga intilish kuchayib, bir nechta ilmiy asarlar yaratildi. 16-asr
oʻrtalaridan Italiyada maxsus oʻquv yurtlari, akademiyalar tuzildi va ularda meʼmorlikka
oid taʼlim berilishi muhim voqea boʻldi. Bu esa Yevropa meʼmorligining keyingi
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
106
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
taraqqiyotiga taʼsir koʻrsatdi, meʼmoriy klassitsizm tamoyillarining shakllanishida muhim
rol oʻynadi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida (shartli ravishda „shimoliy“ deb nomlangan)
15-asrda rivojlandi. Gotika anʼanalarini ijodiy anglagan ustalar ayrim hodisalarni amaliy
yoʻl bilan oʻzlashtirib bordilar. Niderlandiya va Germaniyada Uygʻonish davri
meʼmorligi soʻnggi gotikaning taraqqiy etgan davriga toʻgri keldi (Antverpendagi ratusha,
1561—65, meʼmori K. Floris; Germaniyaning Geydelbergidagi saroy, 1556—59). 16-asr
oʻrtalarida Fransiyada antik davrga hamda Italiya Uygʻonish davri meʼmorligiga
asoslangan oʻziga xos meʼmoriy uslub shakllandi (Shambor qasri, 1519—40, meʼmori T.
va D. Surdo, P. Nevo va boshqalar). Ispaniya, Chexiya, Polsha, Vengriya Uygʻonish davri
meʼmorligi oʻziga xos milliy xususiyatlarga ega boʻlgan (Pragadagi Belveder yozgi
saroyi, 1535— 63, meʼmori J. Spatsio va boshqalar).
Uygʻonish davrining buyuk gʻoyalari, ayniqsa, tasviriy sanʼatda yorqin ifodalandi;
hayotga muhabbat, insonga, uning irodasi va aqliga katta ishonch bildirildi. Antik davr
merosini ijodiy oʻzlashtirgan italyan rassomlari zamonasining ilmfan yutuklariga tayanib
inson va uni oʻrab turgan muhitni haqqoniy aks ettirishga urindilar. Ular sanʼatni
perspektiva, proporsiya, nursoya, ritm, rangshunoslik, hajm, rakurs va hokazo hamda
odam tanasi tuzilishi haqidagi aniq bilimlar bilan boyitdilar, ikonadan kartinaga oʻtildi,
haykaltaroshlik mustaqil janrga aylandi, freska sanʼati kjsaldi. Yangi davrning ilk
xususiyatlari 13—14-asrlar rassomlar (rassom Jotto, haykaltarosh N. Pizano) ijodida
kuzatildi, 15-asr boshlarida yangi badiiy dunyoqarash rassom Mazachcho, haykaltarosh
Donatello ijodida yorqin namoyon boʻldi. Yuksak Uygʻonish davri Italiya sanʼatida
nisbatan qisqa davrni oʻz ichiga oladi, lekin mazmunan juda ulug boʻlib, Italiya
sanʼatining „oltin asri“ hisoblanadi. Bu davr Leonardo da Vinchining psixologik
taʼsirchan asarlarida, uygʻunlikda ishlangan Rafael polotnolarida, kurash ruhi bilan
yoʻgʻrilgan Mikelanjelo rangtasvir va haykaltaroshlik asarlarida, Jorjone, Titsianning
koloritga boy hayotbaxsh kartinalarida va boshqalarda namoyon boʻldi. 16-asrning
2choragidan boshlangan Italiyadagi iqtisodiy va madaniy inqiroz gumanistik goyalarning
barbod boʻlishi va soʻnishini boshlab berdi. Uygʻonish davrining dunyoviy, hayotbaxsh
sanʼati va madaniyati oʻrnini tushkun gʻoyalarni ilgari suruvchi tashqi jihatdan yaltiroq,
lekin hayotdan, uning muammolaridan uzoq boʻlgan sanʼat (manyerizm) egallay boshladi
va keng yoyildi.
Uygʻonish davri Italiyadan tashqarida Gʻarbiy va Markaziy Yevropada 15-asrdan
boshlab notekis rivojlandi, individual inson obrazi va uning muhitiga boʻlgan katta
qiziqish diqqatga sazovor. 15-asr niderland rassomlari Ya. Van Epk va X. van der Gus,
keyinchalik boshqa rassomlar oddiy odamlarni tasvirlashga katta eʼtibor berdi. 16-asr
2yarmi rassomlari (P. Breygel Katta) ijodida demokratik anʼanalar yorqin namoyon boʻldi.
Germaniyada keskin siyosiy va gʻoyaviy kurashlar davrida oʻtkir ijtimoiy xususiyatga
ega bulgan grafika va rangtasvir keng tarqaldi (A. Dyurer, X. Xolbeyn Kichkina va
boshqalar). Fransiyada oʻta uygunlashgan dunyoviy mazmundagi Uygʻonish davri
rivojlandi, psixologik portretlar va monumental bezak haykaltaroshligi tarqaldi (rassom F.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745 IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
107
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Klue, J. Fuke, haykaltarosh J. Gujon, J. Pilon va boshqalar). Uygʻonish davriga xos
xususiyatlar Ispaniya, Chexiya, Polsha va boshqa mamlakatlarda ham namoyon boʻldi.
Uygʻonish davri Yevropa mamlakatlarining madaniy va gʻoyaviy hayotida katta ijobiy rol
oʻynadi, bu davrda jahon madaniyatining eng nodir va bebaho asarlari yaratildi. Sharqda
ham, Gʻarbda ham Uygʻonish davri insoniyat taraqqiyotining benazir davridir. Uygʻonish
davrining koʻp gʻoyalarini 18-asr maʼrifatparvarlik vakillari meros qilib oldi. Uygʻonish
davri ijodkorlarining ilmiy va adabiy asarlari hozirda ham maʼnaviyatimiz yuksalishiga
xizmat qilib kelmoqda
Foydalanuvchi adabyotlar
1. Al-Khwarizmi, Muhammad ibn Musa.Al-Kitab al-Mukhtasar fi Hisab al-Jabr
wal-Muqabala.
2. Nasr, Seyyed Hossein. Islamic Philosophy from Its Origin to the Present:
Philosophy in the Land of Prophecy.
3. Gutas, Alexander. Avicenna and the Aristotelian Tradition.
4. Musulmanskiy renessans, M., 1966; Xayrullayev M ., Uygonishdavri va Sharq
mutafakkiri, T., 1971;
5. Hay itmetov A., Sharq adabiyotining ijodiy metodi tarixidan [10—15-asrlar], T.,
1970;
6. Konrad N . I ., Zapad i vostok, M., 1992; Sulaymonova F., Sharqu Gʻarb, T.,
1997;
7. Komilov N., Tafakkur karvonlari, T., 1999;
8. Yevdokimov Yu., Simakova N., Muzika epoxi Vozrojdeniya M., 1982;
9. Vseobshaya istoriya arxitekturi, t. 5, M., 1967;
10. Shramkova G., Iskusstvo Vozrojdeniya, M., 1977; Gʻafurbekov A., Amir Temur
obrazi talqinlari:
haqiqat va badiyat // Amir Temur: shaxsning zamondoshlari tomonidan baholanishi,
T., 1997.
