Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
220
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
NAFOSAT FALSAFASI
Bohodirov zohidjon
Abdiraxmatov Quvonchbek
Eshboltayev Bunyod
DTPI Pedagogika fakulteti
Jismoniy madanyat talabasi
Akhmedovdiyorbek7@gmail.com
ANNOTATSIYA:
Nafosat falsafasi, insonning estetik va ma'naviy qadriyatlarini o'rganish, go'zallik va
san'atning mohiyatini tushunish maqsadida yaratilgan nazariyalar to'plamidir. Ushbu
maqolada nafosat falsafasining asosiy tamoyillari, uning tarixiy rivojlanishi va
zamonaviy hayotdagi ahamiyati haqida batafsil ma'lumot beriladi.
Kalit so‘zlar:
Nafosat falsafasi, Estetika, Go'zallik, San'at, Ma'naviyat
АБСТРАКТНЫЙ:
Философия утонченности — это сборник теорий, созданных для изучения
эстетических и духовных ценностей человека, понимания сущности красоты и
искусства. В данной статье представлена подробная информация об основных
принципах философии изощренности, ее историческом развитии и значении в
современной жизни.
Ключевые слова:
Философия изысканности, Эстетика, Красота, Искусство,
Духовность
ABSTRACT:
The philosophy of sophistication is a collection of theories created to study the
aesthetic and spiritual values of a person, to understand the essence of beauty and art.
This article provides detailed information about the main principles of the philosophy
of sophistication, its historical development and its importance in modern life.
Key words:
Philosophy of sophistication, Aesthetics, Beauty, Art, Spirituality
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
221
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kirish
Nafosat falsafasi, insoniyat tarixida go'zallik va san'atning ahamiyatini
tushunishga qaratilgan muhim bir soha hisoblanadi. U estetik tajribalarni, san'at
asarlarini va ularning inson ruhiga ta'sirini o'rganadi. Nafosat falsafasi, shuningdek,
go'zallik tushunchasining o'zgarishi va rivojlanishi bilan bog'liq bo'lib, turli
madaniyatlar va davrlar davomida o'zgarib borgan.
Nafosat falsafasining asosiy maqsadi, insonning estetik tajribasini chuqurroq tushunish
va go'zallikni yaratish jarayonini o'rganishdir. Bu jarayon, shuningdek, san'at asarlarini
baholash va ularning ma'naviy ahamiyatini aniqlashda muhim rol o'ynaydi.
Nafosat falsafasining asosiy jihatlari
1. Estetika va go'zallik: Nafosat falsafasi go'zallik tushunchasini o'rganadi va uning
inson ruhiga ta'sirini tahlil qiladi. Go'zallik, nafaqat tashqi ko'rinish, balki ichki ma'no
va hissiyotlar bilan ham bog'liqdir.
2. San'at va uning ahamiyati: San'at, nafosat falsafasining markaziy elementi
hisoblanadi. San'at asarlari, insonning ichki dunyosini ifodalash va estetik tajribalarni
yaratish uchun vosita sifatida xizmat qiladi.
3. Ma'naviyat va estetik tajriba: Nafosat falsafasi, ma'naviyat va estetik tajriba
o'rtasidagi bog'liqlikni o'rganadi. Insonning estetik tajribasi, uning ma'naviy
rivojlanishiga va ruhiy holatiga ta'sir ko'rsatadi.
Estetika (qadimgi
yunoncha: αἴσθησις; nemischa: Ästhetik -
"his",
"tuygʻu") olamning hissiy qabul
qilinishini
tadqiq
etuvchi fandir.
Estetika sanʼat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi.
Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. "Estetika" terminini nemis faylasufi
A.Baumgarten (1714—1776) ilmiy muomalaga kiritgan. Estetikaning sinonimi sifatida
goʻzallik falsafasi, sanʼat falsafasi, badiiy ijod falsafasi iboralari qoʻllanib kelingan.
Keyingi paytlarda nafoyeatshunoslik yoki nafosat falsafasi atamalari ham Estetikani
anglatadigan boʻldi. Estetika oʻz ichiga sanʼat Estetikasi, tabiat Estetikasi, texnika
Estetikasi, dizayn, sport Estetikasi, turmush Estetikasi, atrof muhitni goʻzallashtirish
va boshqalar sohalarni qamrab oladi.
Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik,
kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida
nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning
barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va
boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik,
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
222
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va hokazo jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi
jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
Estetikaning tadqiqot obʼyektlari ichida sanʼat alohida oʻrinni egallaydi, u
qadimdan to hozirgi kungacha eng koʻp tadqiq etilgan estetik soha hisoblanadi.
Estetikaning bu borada sanʼatshunoslik fanlaridan farqi shundaki, u oʻz obʼyektiga
falsafiynazariy jihatdan yondashadi. Estetika sanʼatni — sanʼatkor, sanʼat asari, sanʼat
asarini idrok etuvchi shaxsdan iborat yaxlit tizimda olib oʻrganadi, barcha sanʼat turlari
uchun zarur boʻlgan umumiy qonunqoidalarni ishlab chiqadi. Mas,
adabiyotshunoslikdatch qofiya nazariyasini musiqaga yoki haykaltaroshlikka nisbatan
qoʻllab boʻlmaydi. Estetikadagi kompozitsiya yoki uslub nazariyasi esa meʼmorlikdan
tortib badiiy suratkashlikkacha boʻlgan hamma sanʼat turlariga taalluklidir. Ayni paytda
Estetika sanʼatning tabiati, uning ijodiyligi va boshqalar jihatlarini tadqiq etadi; badiiy
oqimlar va yoʻnalishlarning, ijodiy uslublarning mohiyatini oʻrganadi.
Estetika falsafiy ilm sifatida koʻplab ijtimoiy va tabiiy fanlar bilan aloqadordir.
Uning etika bilan aloqasi alohida diqqatga sazovor. Bu ikkala fanning oʻzaro yaqinligi,
avvalo, inson xatti-harakatining koʻp hollarda ham axloqiylik, ham nafosat
uygʻunligidan iborat ekanligida; 2dan, Estetikaning asosiy tadqiqot obʼyekti boʻlmish
sanʼat mohiyatan ezgulik va yovuzlik oʻrtasidagi kurashning badiiy inʼikosi sifatida
doimo dolzarb axloqiy muammolarni koʻtarib chiqadi; 3dan, Estetikaning baʼzi
tushunchalari etika uchun ham birdek xizmat qiladi; 4dan, Estetika oʻrganadigan
xulqiy goʻzallik sohasi axloq bilan bevosita bogʻliq. Ayni paytda ikkala fan bir-biriga
juda oʻxshash ekan degan taassurot tugʻilmasligi kerak. Estetika har bir obʼyektga aniq,
muayyan yondashuvni talab qiladi, etika esa hamma uchun umumiy boʻlgan
qonunqoidalarni, hikmatlarni ishlab chiqadi. Estetikaning psixologiya bilan aloqasi
ham juda muhim: har ikkala fan ruhiy holatlarni oʻrganadi. Har ikkala fan uchun
umumiy boʻlgan sanʼat psixologiyasi va badiiy ijod psixologiyasi degan maxsus
yoʻnalishlar mavjud. Estetika va sotsiologiyaning oʻzaro munosabatlarida sanʼatni
hamkorlikda oʻrganish masalalari muhim. Sanʼat asari alohida inson shaxsiga eʼtibor
qilgani holda, jamiyatni ijtimoiy munosabatlar tizimi, ijtimoiy tuzilma sifatida badiiy
tadqiq etadi, ayni paytda sotsiologik tadqiqotlar uchun oʻziga xos material boʻlib
xizmat qiladi; sotsiologiya jamiyat bilan sanʼatning oʻzaro aloqalarini, sanʼatning
ijtimoiy vazifalarini; sanʼatkorning jamiyatdagi oʻrni, mavqei, kitobxon va
tomoshabinlarning ijtimoiydemografik holatlarini; shaxs ijtimoiylashuvida sanʼatlar va
sanʼat asarining ahamiyatini tahlil qiladi. Mazkur muammolarni oʻrganish uchun
Estetika va sanʼat sotsiologiyasi sohasi mavjud. Estetikaning dinshunoslik bilan
aloqasi ham katta ahamiyatga ega; din va sanʼat doimo bir-birini toʻldirib keladi, koʻp
hollarda biri boshqasi uchun yashash sharti boʻlib xizmat qiladi. Asrlar mobaynida, ana
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
223
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
shu aloqalar natijasi oʻlaroq, sanʼat asarining oʻziga xos koʻrinishi — diniybadiiy asar
vujudga keldi. Mas, Shohizinda meʼmoriy majmui, Kyoln jomesi, Rembrandtning
"Muqaddas oila" asari, "Abu Muslim jangnomasi" qissasi va boshqalar Estetika bunday
asarlarni tadqiq etar ekan, albatta, dinshunoslik fani bilan hamkorlik qiladi.
Estetikaning pedagogika bilan bogʻliqligi estetik tarbiya masalalariga borib taqaladi;
pedagogika ham estetik tarbiya bilan shugʻullanadi. Lekin u alohidaalohida, mustaqil
qismlarga boʻlingan holda, turli yosh va sohalar uchunmaxsus belgilangan tarbiya
tarzida olib boriladi. Mas, maktabgacha tarbiya, oʻquvchilar tarbiyasi, jismoniy tarbiya
va hokazo. Estetika esa nafosat tarbiyasining umumiy qonunqoidalarini ishlab chiqadi
— inson tugʻilganidan boshlab, to oʻlimigacha oʻtadigan umr bosqichlari uchun
taalluqli boʻlgan tarbiya falsafasi sifatida ish koʻradi. Estetikaning semiotika (belgilar
va belgilar tizimlari haqidagi fan) bilan aloqadorligi keyingi paytlarda yanada teranroq
tadqiq etilmoqda. Maʼlumki, har bir sanʼat asarining mazmunmohiyati muayyan
belgilar vositasida namoyon boʻladi, yaʼni bilish va baholash natijalari boʻlmish
semiotik hamda pragmatik axborotni oʻzida mujassam qilgan sanʼat asari oʻsha
axborotni yetkazib berishga ham moʻljallangan; u sanʼat turiga qarab turlicha belgilar
— harflar, chiziqlar, notalar va hokazo orqali amalga oshiriladi. Sanʼatning semiotik
belgilar bilan bogʻliq ana shu tomonlarini — kommunikativvositachilik jihatlarini
semiotika oʻrganadi; bu borada alohida tuzilmasemiotik deb nomlangan nazariy
yondashuv ham mavjud. Shuningdek, Estetika barcha sanʼatshunoslik fanlari hamda
tabiat Estetikasi nuqtai nazaridan ekologiya, axborot nazariyasi jihatidan kibernetika
bilan aloqadorlikda ish koʻradi.
Estetika tarixining ibtidosi Somir (Shumer), Bobil, qadimiy Misr, qadimiy Xitoy
va keyinroq yunon miflariga borib taqaladi. Bundan 5—6 ming yil avval ilk yozuv —
mix xatda bitilgan Somir giltaxtalaridagi matnlarda "goʻzallik", "sanʼat", "musiqa"
singari soʻzlarda aks etgan.dastlabki estetik tushunchalarni uchratish mumkin. qadimiy
Misrda miloddan 4—4,5 ming yil avval sanʼatning barcha asosiy turlari, sal keyinroq
esa professional teatr vujudga keldi. Zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestosh
ilgari surilgan estetik gʻoyalar keyinchalik Hindistonda, undan soʻng Yunonistonda
Estetika rivojiga taʼsir koʻrsatdi. qadimiy Sharkdagi estetik gʻoyalar dastlab foydalilik
(nima foydali boʻlsa — oʻsha goʻzal), keyinroq axloqiylik (nima ezgu boʻlsa — oʻsha
goʻzal) tamoyillari asosida shakllandi. Yunon mumtoz Estetikasi namoyandalari,
ayniqsa, Aristotel goʻzallikning foydalilikdan va ezgulikdan alohida holda mavjud
boʻlishi mumkinligini aytib oʻtdi; bu jihatdan uning "Poetika" ("Sheʼriyat sanʼati")
asari eʼtiborga molik. Oʻrta asrlarda musulmon sharqi tasavvuf Estetikasi bu gʻoyalarni
takomiliga yetkazib, yangi bosqichga koʻtardi; Uygʻonish davri va Yangi davr
Estetikasi taraqqiyoti uchun nazariy asos boʻlib xizmat qildi. Estetika Byork, D.Yum,
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
224
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
I.Kant va boshqalar merosida buni yaqqol koʻrish mumkin. Mas, Kantning goʻzallik
haqidagi mashhur 4 tamoyilidan 3 tasi sharq faylasuflari nazariyalari asosiga qurilgan.
Mazkur 3 tamoyil — goʻzallikning begʻaraz manfaatsiz munosabatga asoslanganligi;
uning zaruratga aylangan muhabbatning obʼyekti ekanligi (Gʻazoliy); goʻzallikni
oddiy mantiqiy yondashuv orqali bilishimiz mumkin emasligi (Forobiy) Kantni,
goʻzallik biz uchun oʻzini maqsad shaklida emas, maqsadga muvofiqlik shaklida
namoyon etadi degan 4tamoyilni yaratishga olib keldi. Kantdan soʻng nemis ratsional
Estetikasida Shiller, Shelling, Gegel nazariyalarining Estetika taraqqiyoti uchun
ahamiyati katta boʻldi. Shopengauer, Nitsshe, Diltey singari noratsional yoʻnalishdagi
faylasuflarning estetik qarashlarida ham oʻziga xos yangi gʻoyalar ilgari surildi, mas,
Shopengauer Estetikaga yangi — "qiziqarlilik" kategoriyasini kiritdi, Nitsshe esa
sanʼatni ikki — apolloncha va dionisiycha turga ajratib oʻrganishni taklif etdi. Eng
yangi davr Estetikasida, Z.Freyd, ayniqsa, K.Yung taʼlimotida sanʼat asari va
sanʼatkorning oʻzaro munosabatlarini ruhiy tiplar asosida oʻrganilishi olgʻa tashlangan
yangi qadam boʻldi. Shuningdek, J.P.Sartr, A.Kamyu, G.Marsel, X. Ortega i Gaset va
boshqalar mutafakkirlar industrial jamiyatda goʻzallik va sanʼatning takdiri masalalari
bilan qiziqdilar. Hozirgi Estetikaning miqyosiylashuv jarayonida texnika, tabiat va
turmush Estetikasiga ham jiddiy eʼtibor berilmoqda; xulqiy goʻzallik muammosi
yanada muhim oʻrin egallay boshladi.
Oʻzbek milliy Estetikasi taraqqiyoti tarixan mintaqaviy tabiatga ega boʻlib,
uning ildizlari dastlab Avesto, keyin moniylikning muqaddas kitobi Xuastuanift
(Za.)ga borib taqaladi. Islom dini qabul qilingach, milliymintaqaviy Estetika Qurʼoni
karim oyatlari va Hadisi sharifdagi "Alloh goʻzal va U goʻzallikni sevadi" degan
tamoyil asosida rivojlandi. Bunda mashshoiyyunlik (Forobiy, Ibn Sino) bilan
yonmayon tasavvuf Estetikasida kubroviylik (Najmiddin Kubro). joʻmardlik
(Pahlavon Mahmud), naqshbandiya (Alisher Navoiy) singari tariqat mutafakkirlarining
goʻzallik, sanʼat va sanʼatkor borasidagi qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi. Oʻzbek
Estetikasi tarixida, ayniqsa, Temuriylar davri alohida oʻringa ega; Navoiyning
"Mahbub ul-qulub", "Majolis unnafois", "Mezon ulavzon" asarlari, 15—16-asrlarda
qator tazkiralar va musiqa nazariyasi borasidagi risolalar oʻzbek Estetikasi rivojiga
ulkan hissa boʻlib qoʻshildi. XonlikLar va chorizm mustamlakasi davrida esa oʻzbek
Estetikasi koʻproq tazkiralarda (Fazliy) va sheʼriy shakllarda (Furqat) oʻz ifodasini
topdi. Oʻzbek milliy Estetikasidagi yuksalish 19-asr oxirlari — 20-asr boshlariga
toʻgʻri keladi. Bu davrda maʼrifatchijadid mutafakkirlar yangicha estetik gʻoyalarni
oʻrtaga tashladilar, badiiy adabiyotda, dramaturgiya janriga va zamonaviy teatr
sanʼatiga asos soldilar. Anbar Otinning "Qarolar falsafasi" (1910), Fitratning "Oila"
(1914), keyinroq "Adabiyot qoidalari" (1926) risolalari yuzaga keldi, Choʻlponning
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 5
225
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
badiiy adabiyot, teatr sanʼatiga bagʻishlangan turqum maqolalari eʼlon qilindi. Lekin
shoʻrolar hukmronligi davridagi totalitarizm barcha falsafiy fanlar qatori Estetikani
ham sinfiylik va partiyaviylik tamoyillari asosida biryoqchamalikka, mahdudlikka,
soxtalikka mahkum qildi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng Estetikaga
alohida eʼtibor berila boshlandi, estetik madaniyat (M.Nurmatov, M.Abdullayev),
estetik qadriyatlar (T.Mahmudov) borasida yirik tadqiqotlar eʼlon qilindi. Hozirgi
vaqtda Estetika nazariyasi va tarixiga doir jiddiy izlanishlar olib borilmoqda
(T.Mahmudov, A.Qurbonmamadov, EstetikaUmarov, A.Sher, B. Husanov).
Oʻzbekiston milliy un~tida Estetika yoʻnalishi boʻyicha magistratura faoliyat
koʻrsatmoqda, shu yoʻnalishda aspirantura va doktorantura mavjud. Mamlakatimizda
fuqarolarning estetik tarbiyasiga taalluqti turli tadbirlar, ularning estetik didini
yuksaltirishga qaratilgan maʼnaviymaʼrifiy ishlar muntazam olib boriladi.
Foydalanuvchi adabyotlar;
1.
Aristotel, Poetika, T., 1981;
2.
Mahmudov T., Goʻzallik va hayot. T, 1974;
3.
Nurmatov M., Tanqid va estetika, T, 1976;
4.
Maxmudov T., Эстетика и духовные ценности, T, 1993.
5.
1. Nizomiddin, A. "Nafosat falsafasi: nazariyalar va amaliyot", 2020.
6.
2. Karimova, D. "Estetika va go'zallik: zamonaviy yondashuvlar", "San'at va
madaniyat", 2022.
7.
3. Kant, I. "Kritika of Judgment", 1790.
8.
https://uz.wikipedia.org/wiki/Estetika
