Authors

  • Gulmira Berdiyeva
    Termiz davlat universiteti KLM-2024 magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63044

Keywords:

bojxona terminlari soliq termin terminologiya iqtisodiyot ligvistik yondashuv boj to’lov

Abstract

Ushbu maqola bojxona ishida terminlarning o’rganilishi, sohada qo’llaniladigan o’zlashma so’zlar va ularning salmog’i, tarjima qilish muammolari hamda ularning yechimlari, so’zlarning dixron va sinxron tadqiqi o’rganilgan. Mazkur leksika faqat iqtisodiyot manbasi bo’libgina qolmay, tilshunoslik uchun ham ahamiyatli ekanligi muallif nuqtai nazari bilan berilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

90

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

BOJXONA ISHIDA TERMINLARNING O’RGANILISHI

Berdiyeva Gulmira Xamro qizi

Termiz davlat universiteti

KLM-2024 magistranti

gulikhamro@gmail.com//+998938490426

Annotatsiya

Ushbu maqola bojxona ishida terminlarning o’rganilishi, sohada qo’llaniladigan

o’zlashma so’zlar va ularning salmog’i, tarjima qilish muammolari hamda ularning
yechimlari, so’zlarning dixron va sinxron tadqiqi o’rganilgan. Mazkur leksika faqat
iqtisodiyot manbasi bo’libgina qolmay, tilshunoslik uchun ham ahamiyatli ekanligi
muallif nuqtai nazari bilan berilgan.

Annotation

This article examines the study of terms in customs work, idioms used in the

field and their meaning, translation problems and their solutions, dichronic and
synchronic study of words. It is given from the author's point of view that this lexicon
is not only a source of economy, but also important for linguistics.

Аннотация

В данной статье рассматривается изучение терминов в таможенной работе,

идиом, используемых в этой сфере, и их значения, проблемы перевода и их
решения, дихроническое и синхроническое исследование слов. Приводится с
авторской точки зрения, что данная лексика является не только источником
экономии, но и важна для языкознания.

Kalit so’zlar:

bojxona terminlari, soliq, termin, terminologiya, iqtisodiyot,

ligvistik yondashuv, boj, to’lov.

Key words:

customs terms, tax, term, terminology, economy, linguistic

approach, duty, payment.

Ключевые слова

: таможенные термины, налог, термин, терминология,

экономика, лингвистический подход, пошлина, платеж.

O’zbekiston mustaqillikka erishgach ko’pgina sohalar singari bojxona tizimi

ham tubdan isloh qilindi va sohada qo’llaniladigan terminlar ilmiy asosda o’rganila
boshlandi. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining Bojxona
instituti bojxona organlari kadrlarini tayyorlash bilan shug’ullansa, sohaviy
terminlarning lingvistik va o’qitish metodikasi tadqiqi bilan D.X.Kadirbekova,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

91

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

N.A.Martenova, A.B.Adigeneyeva, D.Kamchebekova, O.Axmedov, P.Nishonov,
X.Paluanova, F.Abdullayeva, F.Alimovalarning olib borgan izlanishlari salmoqlidir

1

.

Tilshunoslikda faol qo’llaniluvchi terminologiya tushunchasiga e’tibor

beradigan bo’lsak, Terminning о‘ziga xos xususiyatlariga uning shakli va mazmuniga
e’tibor qaratgan, shuningdek terminologiyaga buyurtma berish masalalariga
tо‘xtaladigan birinchi nashrlarning mualliflari D.Lotte, E.Dresen, A.Lesoxin,
S.Chapliqin, G.Vinokur, A.Reformatskiy. Ularning fundamental asarlari umumiy
xarakterga ega bо‘lib, atama nazariyasi, tilning leksik tizimidagi о‘rni, shuningdek,
ilmiy bilimlarning verbalizatsiyalangan birligi sifatida atamaga qо‘yiladigan talablarga
bag‘ishlangan edi

2

.

Bojxona terminlarining o’rganilishi, avvalo, soliq va boj to’lovlari bilan bog’liq

bo’lib, yurtimizning Buyuk ipak yo’lida joylashganligi ham alohida ahamiyatga ega.
Chunki savdo karvonlari boshqa mamlakat hududiga o’z mahsulotini olib kirishi uchun
maxsus to’lov-boj undirilgan. Manbalarda soliq va boj tushunchalarining vujudga
kelishi esa eramizdan avvalgi birinchi mingyillikka taqalishi va Xamurapi qonunlariga
borib taqalishi aytib o’tiladi

3

.

Sharqda ilk soliq va boj tizimi hamda terminlari xususidagi ma'lumotlar Xitoy

solnomalari (Xun davlati, Turk hoqonligi), shuningdek, Turfon xarobalaridan chiqqan
yozma matnlar (V–VI asr) da uchraydi. Ular qadimgi turkiy, sug‘d tillarida bo‘lib,
budda va money jamoalari tomonidan bitilgan. Masalan, bugungi kunda Berlin fondida
saqlanayotgan T.M.222 ko‘rsatkichli Bulmish ismli kishining soliq to‘lash maqsadida
Qara O‘g‘uldan qarzga olgan kumush tanga uchun bergan tilxatida quyidagi qo‘lyozma
keltiriladi

4

.

Ilmiy jihatdan ushbu soha terminlarining o’rganilishida esa Hamidulla

Dadaboyevning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy soha leksikasining taraqqiyotiga doir
tadqiqotlari o’rinlidir

5

. L.Z. Budagov, V.V. Radlovning ilmiy izlanishlarida ham zakot

terminining derivasion-etimologik jihatlari atroflicha o‘rganilgan.Arab xalifaligining
dastlabki yillarida zakot faqat musulmon davlatlarida joriy etilganligi, islom

1

Isakulova.N.Bojxona sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari.”XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.2024 №1.B.35

http//www.pubedu.uz

2

G‘afforov N. N. TERMINLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical

Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022. B.846.

3

Шаулов.И.Д,Кан.У.К Солиқ қонунчилиги асослари.-Т,1999.B.336

4

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий

тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.59.http//www.journal.fledu.uz

5

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий

тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.58.http//www.journal.fledu.uz


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

92

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

an'analariga ko‘ra, ma'lum boylikka ega bo‘lgan musulmon kishilar ko‘chmas-mulk,
savdo-sotiq va chorva mollarining qirqdan bir miqdorida zakot berganligi qayd
etilgan

6

. Bojxona terminologiyasiga doir ilmiy izlanishlarning keyingi bosqichida rus

tilshunosligida E.A.Fedorchenkoning “Rus tilida bojxona ishining terminologik
lug’atini shakllantirish va rivojlantish” mavzusidagi mualliflik dissertatsiyasi, o’zbek
tilshunosligida esa O. S. Ahmedovning “Soliq va bojxona terminlarini ingliz tilidan
o’zbek tiliga berilishi” nomli va “Ingliz va o’zbek tillarida soliq-bojxona terminlarining
lingvistik tahlili va tarjima muammolari” mavzusidagi mualliflik dissertatsiyalarida
soliq-bojxona terminlari nafaqat iqtisodiyot kategoriyasi xususiyatlari nuqtayi
nazaridan, lisoniy tarjimashunoslik tabiati jihatidan ham milliy til bilan qiyoslab
o’rganish ilgari surildi

7

.

Umuman olganda, bojxona ishida terminlarning o’rganilishini kuzatar ekanmiz,

sohada qo’llaniladigan o’zlashma so’zlar va ularning salmog’i, tarjima qilish
muammolari va ularning yechimlari, so’zlarning dixron va sinxron tadqiqi o’rganilib,
ushbu leksika faqat iqtisodiyot manbasi bo’libgina qolmay tilshunoslik uchun ham,
qolaversa, soha foydalanuvchilari uchun ham zarur unsur ekanligi yana bir bor
anglashiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.Isakulova.N.Bojxona

sohasiga

oid

terminlarning

o’ziga

xos

xususiyatlari.”XALQ

TA’LIMI”

ilmiy-metodik

jurnali.2024

№1.B.35

http//www.pubedu.uz

2.G‘afforov N. N. TERMINLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //

"Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022.
B.846.

3.Шаулов.И.Д,Кан.У.К Солиқ қонунчилиги асослари.-Т,1999.B.336
4.Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон

тадқиқи.

“Ўзбекистонда

хорижий

тиллар”илмий-методик

электрон

журнанал.№2(21)2018.B.59.http//www.journal.fledu.uz

6

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий

тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B..http//www.journal.fledu.uz

7

Ahmedov.O.S Soliq va bojxona terminlarini ingliz tilidan o’zbek tiliga berilishi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish

uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent.2011.B.20.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

93

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

5.Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон

тадқиқи.

“Ўзбекистонда

хорижий

тиллар”илмий-методик

электрон

журнанал.№2(21)2018.B.58.http//www.journal.fledu.uz

6.Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон

тадқиқи.

“Ўзбекистонда

хорижий

тиллар”илмий-методик

электрон

журнанал.№2(21)2018.B..http//www.journal.fledu.uz

7.Ahmedov.O.S Soliq va bojxona terminlarini ingliz tilidan o’zbek tiliga

berilishi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan
dissertatsiya avtoreferati. Toshkent.2011.B.20.


References

Isakulova.N.Bojxona sohasiga oid terminlarning o’ziga xos xususiyatlari.”XALQ TA’LIMI” ilmiy-metodik jurnali.2024 №1.B.35 http//www.pubedu.uz

G‘afforov N. N. TERMINLARNING О‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI // "Oriental Art and Culture" Scientific-Methodical Journal Volume 3 Issue 2 / June 2022. B.846.

Шаулов.И.Д,Кан.У.К Солиқ қонунчилиги асослари.-Т,1999.B.336

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.59.http//www.journal.fledu.uz

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B.58.http//www.journal.fledu.uz

Аҳмедов.О.С Ўзбек тилида солиқ-божхона терминларининг диахрон тадқиқи. “Ўзбекистонда хорижий тиллар”илмий-методик электрон журнанал.№2(21)2018.B..http//www.journal.fledu.uz

Ahmedov.O.S Soliq va bojxona terminlarini ingliz tilidan o’zbek tiliga berilishi. Filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent.2011.B.20.