Authors

  • Dilbar Kuchkarova
    Urganch Davlat Universiteti Geografiya kafedrasi o’qituvchisi
  • Dildora Xo’jayazova
    Urganch Davlat Universiteti Geografiya yo’nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63050

Keywords:

iqlim oʻzgarishi ekologik moslashuv global harorat Tabiat- inson-jamiyat

Abstract

Bu maqolada hozirda global boʻlib borayotgan iqlim oʻzgarishi va ekologik moslashuv muammolariga doir masalalar yoritilgan. Shuningdek Respublikamiz hududida ham iqlim oʻzgarishlari qayd etilgan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

114

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Iqlim oʻzgarishi va ekologik moslashuv

Kuchkarova Dilbar Pirnafasovna

Urganch Davlat Universiteti Geografiya kafedrasi o’qituvchisi

Xo’jayazova Dildora Shonazar qizi

Urganch Davlat Universiteti Geografiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya:

Bu maqolada hozirda global boʻlib borayotgan iqlim oʻzgarishi

va ekologik moslashuv muammolariga doir masalalar yoritilgan. Shuningdek
Respublikamiz hududida ham iqlim oʻzgarishlari qayd etilgan.

Kalit soʻzlar:

iqlim oʻzgarishi, ekologik moslashuv,global harorat, ,,Tabiat-

inson-jamiyat" tizimi, global iqlim evolutsiyasi, dengiz sathi, iqlim oʻzgarishining
tabiiy va antropen sabablari, Xalqaro iqlim nazorati.

Kirish

Yer yuzida aholi sonini tez ortib borishi, ilmiy - texnik taraqqiyotni jadallashuvi,
insoniyatning biologik resurslarga boʻlgan ehtiyojini keskin ortib ketishi va boshqa bir
qator ijtimoiy iqtisodiy omillar tabiat tizimining eng katta boyliklaridan biri boʻlgan
oʻsimliklar va hayvonot dunyosiga salary antropogen ta'sirlarini haddan ziyod
kuchayishiga sabab boʻlmoqda. Natijada hayvon va oʻsimliklarning turi, miqdori va
ular yashaydigan, oʻsadigan maydonlar qisqarib ketmoqda.

Hozirga kelib 30 mingdan ortiq turdagi oʻsimliklar butunlay yoʻqolib

ketgan, yana 25 ming turi esa yoʻqolish arafasida. Respublikamizda esa mavjud
oʻsimlik turlarining 10- 12 foizi himoyaga muhtojdir. Bu xavfli jarayonning oldini olish
eng dollars ekologik muammolardan biridir [1]. Oxir oqibatda Markaziy Osiyodagi
tabiiy muvozanat buzilib, hozir guvohi boʻlib turganimizdek, Orol muammosi, yer suv
tan qisliqib, atrof muhitni ifloslashuvi kabi katta ekologik boʻronlar vujuda keladi.

Atrof muhitni ifloslanishdan saqlash, aholini ichimlik suvi, ekologik toza

oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash, biologik xilma xillikni asrash, iqlim
oʻzgarishlarining oldini olish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish dolzarb
muammolar hisoblanadi va ularni ijobiy hal qilish insoniyatning kelgusi taraqqiyotini
belgilaydi. Oxirgi 150 yil davomida inson faoliyati natijasida atmosferadagi uglerod
dioksidi (CO2) ortgan. CO2 zaharli emas, oʻsimliklar uchun ozuqa hisoblanadi. CO2
qisqa toʻlqinli quyosh nurlarini oʻtkazadi, lekin yerdan qaytarilgan uzun toʻlqinli
issiqlik nurlanishini ushlab qoladi. Yoqilgʻining koʻplab ishlatilishi muammoni
keskinlashtiradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

115

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Ba'zi tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlarining natijalariga koʻra, iqlim

oʻzgarishiga sabab boʻluvchi omillardan yana biri bu antropogen omildir. Bunga misol
tariqasida inson ehtiyojlarini qondirish maqsadida foydalanuvchi barcha sanoat
korxonalari hamda issiqlik elektr stansiyalarini misol qilishimiz mumkin.[2]

Soʻnggi yillarda yerdagi iqlim sezilarli darajada oʻzgaradi: ba'zi mamlakatlar

tabiiy issiqdan, boshqalari esa bu joylar uchun noodatiy boʻlgan juda qattiq qish qorli
kunlardan aziyat chekishmoqda. Ekologlar global iqlim oʻzgarishi, shu jumladan
muzliklarining erishi va dengiz sathining koʻtarilishi natijasida oʻrtacha yillik harorat
koʻtarilgan[3].

Ma’lumotlarga koʻra, 2015 yilning oʻn oyi davomida sayyoramizning

oʻrtacha harorati 19 asrda qayd etilganidan 1,02°C yuqori boʻlgan. Rossiyalik
olimlarning ilmiy tadqiqotlarida aholidan chiqayotgan chiqindilardan ajratib olib
undan elektr energies manbai sifatida foydalanish yoʻlga qoʻyilsa atrof muhitdagi
chiqindilar miqdori ancha kamayadi degan xulosani aytishgan. 2100 yilga kelib
sayyoramizdagi harorat 3.7- 4.8°C ga koʻtarilishi bashorat qilinmoqda. Ma'lumki,
iqlim oʻzgarishi muammosi ilmiy tadqiqot yoki ta'lim mavzusidan kengroq doiraga
chiqib, davlat va jamiyatning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy, siyosiy xavfsizligini
belgilamoqda. Bunga Orol dengizi suv havzasida yuzaga kelgan suv muammosi hamda
transschegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari yaqqol misol
boʻladi. Iqlimning bunday oʻzgarishida Orol dengizining saqlanishi jumboqli masala
bo’lib qoladi. Iliqlik va moʻtadillik kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlarning
jadallashuvi va xarakterini belgilaydi. Masalan, baland togʻ choʻqqilarida tuproq
qoplami yilning koʻp qismida muzlasa, unda tuproq hosil qilish jarayonlari
sekinlashadi. Qurgʻoqchil sharoitda tuzlarning eruvchanligi tuproqning yuza qismida
roʻy beradi[4].

Xulosa o’rnida shuni aytishimiz kerakki bugungi kunda iqlim oʻzgarishi

tabiat va insoniyat uchun eng katta tahdid hisoblanib, bu global ekologik muammo
butun sayyora boʻylab xavf solmoqda. Iqlim oʻzgarishi hamma joyda yuz bermoqda.
Bugungi kunga kelib yer sharining turli nuqtalarida iqlim oʻzgarishining ta'sirlari
eriyotgan muzliklardan tortib dengiz sathi, kuchli boʻronlar, suv toshqinlari,
shimoldagi qor va muzliklarning kamayib ketishiga olib kelmoqda.





background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

Volume 1, Issue 4

116

Acumen: International Journal of Multidisciplinary

Research

Foydalanilgan adabiyotlar

1.

Jobborov B.T. Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv.Darslik.T.2022 y.

2.

Tursunov X.T. Raximova T. U. “Ekologiya” T-2006

Zamonaviy Geografiya; Innovatsion rivojlanishning ilmiy-uslubiy asoslari

xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari ,,Urganch, 27-28- oktyabr’’

3.

Akbarov A.A., Nazaraliyev D.V., Jumaboyeva G. “Iqlimshunoslik” T-

2015

References

Jobborov B.T. Iqlim o’zgarishi va ekologik moslashuv.Darslik.T.2022 y.

Tursunov X.T. Raximova T. U. “Ekologiya” T-2006

Zamonaviy Geografiya; Innovatsion rivojlanishning ilmiy-uslubiy asoslari xalqaro ilmiy amaliy anjuman materiallari ,,Urganch, 27-28- oktyabr’’

Akbarov A.A., Nazaraliyev D.V., Jumaboyeva G. “Iqlimshunoslik” T-2015