Authors

  • M Ismoilova
    Central Asian Medical University Davolash ishi 223-guruh talabasi
  • Z Ahmedova
    Central Asian Medical University “Kimyo va farmakalogiya kafedrasi” katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.63165

Abstract

Buyrakda toshlar – kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon bo`lishigacha (masalan, bel sohasida og`riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan patologiya hisoblanadi. Siydik-tosh kasalligi va buyrak tosh kasalligi ko`pincha bitta kasallik deb adashtiriladi. Aslida, siydik-tosh kasalligi buyrak tosh kasalligining oqibati bo`lib, simptomlari va davolashda farq qiladi. Siydik-tosh kasalligiga nima sabab bo`ladi va u qanday davolanadi?


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 4

261

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BUYRAK VA SIYDIK TOSH KASALLIKLARI - SABABLARI,

ALOMATLARI, TASHXISLASH VA DAVOLASH USULLARI

Ismoilova.M, Ahmedova.Z

Central Asian Medical University Davolash ishi 223-guruh talabasi, Central Asian

Medical University “Kimyo va farmakalogiya kafedrasi” katta o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Buyrakda toshlar – kishi kasallikning birinchi alomatlari namoyon

bo`lishigacha (masalan, bel sohasida og`riqlar yoki buyrak kolikalari) seza olmaydigan
patologiya hisoblanadi. Siydik-tosh kasalligi va buyrak tosh kasalligi ko`pincha bitta
kasallik deb adashtiriladi. Aslida, siydik-tosh kasalligi buyrak tosh kasalligining
oqibati bo`lib, simptomlari va davolashda farq qiladi. Siydik-tosh kasalligiga nima
sabab bo`ladi va u qanday davolanadi?

Kirish

: Siydik-tosh kasalligi (urolitiaz) – bu siydik ajratish tizimida, ya`ni

buyrakda, siydik pufagida va siydik yo`llarida toshlar (konkrementlar) mavjudligi
bilan harakterlanadigan surunkali, retsidivlanishga moyil bo`lgan modda almashinuvi
kasalligidir. Siydik-tosh kasalligi boshlanishi va rivojlanishining asosiy sababi modda
almashinuvi buzilishi bo`lib, bu toshlarni shakllantiruvchi erimaydigan tuzlarning hosil
bo`lishiga olib keladi. Toshlarning soni va ularning joylashishi juda turlicha bo`lishi
mumkin. Siydik-tosh kasalligi shifoxonalarning urologik bo`limiga gospitalizatsiya
sabablarining 30-40 foizini tashkil etadi.

Yomon suv yoki bir xilda ovqatlanish, kishi yashaydigan mintaqaning iqlim

xususiyatlari, masalan, juda issiq iqlim, ma`lum bir dori-darmonlar qabul qilish, siydik
tizimining anomaliyalari va siydik yo`li strikturasi, giperparatireoz, A va D
vitaminlarining yetishmasligi, siydik ajratish tizimining surunkali yallig`lanish
kasalliklari (pielonefrit, sistit), shuningdek, irsiy omil ham siydik tosh kasalligi
rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Siydik-tosh kasalligining asosiy sabablari:

Moddalar almashinuvining buzilishi;

Siydik chiqarish yo`llaridagi yallig`lanish jarayonlari;

Siydik oqishining qiyinlashuvi (buyraklarning tushishi, siydik

yo`llarining nuqsonlari).

Kasallik rivojlanishiga olib keluvchi omillar:

Issiq iqlim sharoitida yashash;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 4

262

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Noto`g`ri ovqatlanish;

Ba`zi dorilarni qabul qilish (antatsidlar, sulfanilamidlar).

Urolitiazning xarakterli belgilari:

Bel og`rig`i

Ba`zi hollarda kasallik simptomsiz o`tishi mumkin. Ayollarda siydik-tosh

kasalligi ko`pincha sistit va kichik chanoq a`zolarining yallig`lanishi bilan birga davom
etib boradi.

Note!!! Agar sizda ham shunga o`xshash belgilar borligini aniqlasangiz, darhol

shifokorga murojaat qiling. Kasallikning oqibatlarini bartaraf etishdan ko`ra oldini
olish osonroq.

Diagnostika:

Tos a`zolarini UZI qilish

Qovuq rentgeni (sistografiya)

Siydik chiqarish tizimining rentgeni (ekskretor urografiya)

Buyraklar rentgeni (antitegrad pielografiya)

Umumiy siydik analizi

Uroloitiazni davolash:
Siydik tosh kasalligini davolash kichik toshlar uchun konservativ bo`lishi

mumkin.

Siydik haydovchi preparatlar;

Antibakterial preparatlar;

Toshlarni eritadigan preparatlar.

Katta toshlar (bir necha sm) uchun quyidagilar qo`llaniladi:

Jarrohlik yo`li bilan olib tashlash;

Ultratovushli parchalash (masofaviy to`lqinli litotripsiya).

Tegishli davolanishning yo`qligi quyidagi asoratlarga olib kelishi mumkin:

Gidronefroz;

Pielonefrit;

Buyrak yetishmovchiligi.

Siydik tosh kasalligida parhez toshlarning turiga bog`liq bo`ladi. Quyidagilarni

chiqarib tashlash tavsiya etiladi:

Oksalat toshlari: oksalat kislotaga boy mahsulotlar (oksalat, kartoshka,

apelsin, salat);

Urat toshlari: jigar, buyraklar, go`shtli taomlar;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 4

263

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Fosfat toshlari: sut va un mahsulotlari, go`sht, baliq, o`simlik yog`i.

Toshlari shakllanishi sabablari va tarkibiga qarab, bir necha turga bo`linadi:

Kalsiyli – 70% gacha;

Siydik kislotali – 12% gacha;

Infeksiyalangan – 15% gacha;

Sistinli – 2-3% gacha.

Buyrak tosh kasalliklarining alomatlari

Toshning joylashgan joyiga qarab, bemorda turli xil belgilar kuzatilishi mumkin,

ushbu kasallik uchun asosiy alomatlar quyidagilardan iborat:

Paroksismal og`riqlar. Buyrakdagi tosh va siydik pufagining yuqori qismidagi

tosh odatda orqa tarafdan yoki yon tarafdan qovurg`alarming ostidagi og`riq bilan
harakterlanadi. Og`riq kuchli va o`tmas bo`lishi mumkin, intensivligi 20-60
daqiqagacha davriylik bilan o`zgarishi mumkin. Ko`pincha og`riq boshlanishiga
jismoniy stress, katta miqdorda suyuqlik ichish yoki siydik haydovchi preparatlarni
qabul qilish turtki bo`ladi. Toshning siydik yo`llari bo`ylab karakatlanishi sayin
og`riqning joyi o`zgaradi, og`riq beldan qorin, oraliq, sonning ichki qismiga, yorg`oq
sohasiga o`tadi. Bu alomatlar tez-tez siydik chiqarishga undashlar bilan to`ldiriladi.
Buyrak kolikalarini o`tkir xirurgik kasalliklar bilan adashtirmaslik juda muhimdir,
masalan

o`tkir appenditsit, o`tkir xoletsistit, o`tkir pankreatit

, ichak o`tkazmasligi,

churra qisilishi, bachadondan tashqari homiladorlik,

oshqozon yarasi perforatsiyasi,

o`n ikki barmoqli ichak yarasi. Shuning uchun bu belgilar mavjud bo`lganda darhol
shifokor bilan maslahatlashish va kasallikning sababini imkon qadar tezroq aniqlash
kerak.

Siydikka qon aralashganligi. Siydik-tosh kasalligida siydik bilan qon kelishidan

oldin buyrak kolikasi kuzatiladi. Cho`kmali loyqa yoki badbo`y hidli siydik ham
toshning siljishini ko`rsatish mumkin.

Umumiy ahvolning yomonlashishi, ayniqsa, ko`ngil aynishi, qayd qilish. Bu

alomatlar ayniqsa yallig`lanishning boshlanishi – piolonefrit uchun xosdir. Qum yoki
tosh chiqishi – tosh chiqqanda varaja va yuqori isitma paydo bo`lishi mumkin.

Buyrakda tosh bo`lganda o`tkaziladigan tekshiruvlar

Yuqorida keltirilgan shikoyatlar yuzaga kelganda, agar zarur bo`lsa, qo`shimcha

tekshiruvlarni belgilaydigan va keyingi davolanish to`g`risidagi qaror qabul qiladigan
urolog – shifokorga murojaat qilish kerak.

Asosiy tekshiruv quyidagilarni o`z ichiga oladi:


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 4

264

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Anamnezni yig`ish, bemorni tekshirish;

Qon va siydikni umumiy klinik tahlil qilish;

Siydik chiqarish tizimining ultratovush tekshiruvi. Ushbu noinvaziv,

xavfsiz va og`riqsiz tekshirish usuli davolash davomida dinamik nazorat qilish uchun
bir necha marta ishlatishi mumkin;

Ko`zdan kechirishli va ekskretor urografiya.

Qo`shimcha tekshiruvlar quyidagilarni o`z ichiga olishi mumkin:

Multispiral kompyuter tomografiyasi: bu toshni ko`rish, uning zichligi,

hajmini hisoblash, siydik tizimining arxitektonikasi, atrofdagi to`qimalarning holatini
ko`rish imkonini beradi. Agar kerak bo`lsa, 3D – rekonstruksiya amalga oshirish
mumkin;

Buyraklar funksiyasini va uning buzilish darajasini o`rganishga imkon

beruvchi dinamik va statik nefrostsintigrafiya;

Antibiotiklarga sezuvchanlik bilan siydik ekish siydik yo`lidagi

infeksiyani, yallig`lash darajasini aniqlash mumkin.

Buyrakda toshni davolash

Ko`rik natijalarini olgandan so`ng urolog muayyan klinik holat uchun davolash

taktikasini aniqlaydi. Bugungi kunda urologlar arsenalida turli xil davolash usullari
mavjud, ular orasida:

Toshning mustaqil chiqib ketishiga yo`naltirilgan dori – darmonlar;

Toshni eritishga qaratilgan medikamentoz davolash;

Ochiq jarrohlik aralashuvlar;

Distantsion zarb – to`lqinli litotripsiya;

Endoskopik kontakt litotripsiya;

Teri orqali nefrolitotripsiya

Endoskopik jarrohlik aralashuvlar.

Yaqin vaqtgacha siydik-tosh kasalligini davolashda ochiq jarrohlik muolajalari

yetakchi usul hisoblangan, ammo tibbiy asbob – uskunalarning rivojlanishi sababli ular
ikkinchi darajali bo`lib qoldi va hozirda faqat qat`iy ko`rsatmalar mavjud bo`lganda
qo`llaniladi. Distantsion zarb – ro`lqinli litotripsiya, endoskopik usullar (kontakt
litotripsiya), teri orqali nefrolitotripsiya kabi minimal invaziv usullarga ko`proq
ahamiyat berilmoqda.

Siydik-tosh kasalligini davolash uchun “oltin standart” distantsion zarb –

to`lqinli litotripsiya bo`lib, u har qanday lokalizatsiyali siydik tizimidagi toshlarning
90 foizini olib tashlashga imkon beradi. Distantsion zarb – to`lqinli litotripsiyani


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 1, Issue 4

265

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

amalga oshirishda zarbalar to`lqini to`qimalar orqali o`tib va ularni shikastlamasdan
toshni kichik fermentlargacha parchalaydi va ular keyinchalik asta-sekin siydik bilan
birga chiqib keta boshlaydi. Barcha davolash usullari bir-birini to`ldiradi va har bir
bemor uchun toshning muayyan lokalizatsiyasi, kattaligi, hajmi, zichligi, siydik
tizimining ma`lum anatomiyasidan kelib chiqib individual davolash usullari tanlanadi.

Xulosa:

Tibbiy yordam ko`rsatish usulini tanlash (kuzatuv, konservativ davo,

jarrohlik aralashuvi) barcha turdagi siydik-tosh kasalligini diagnostika qilish va
davolash uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan malakali urologlar tomonidan
hal qilinishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2.

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)

References

O`zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

O`zbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005)