Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 4
307
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
MANTIQIY VA KREATIV FIKR YURITISH IMKONIYATLARINI
RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI
pedagogika fanlari doktori, (Dsc)
Allayarova Soliha
magistrant,
Yodgorova Sehriyo
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Annotatsiya
Ushbu maqolada boʻlajak pedagoglarning mantiqiy va kreativ fikr yuritishini
rivojlantirishda fikrlash qobiliyatini shakllantirishning nazariy shart-sharoitlari tahlil
qilinadi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan mantiqiy va kreativ fikr
yuritishni rivojlantish orqali maqsadga erishish va ushbu jarayondagi natijalar tahlili
keltirilgan.
Аннотaция
В
данной статье анализируются теоретические условия формирования
мыслительных способностей при развитии логического и творческого мышления
будущих педагогов. Также представлен анализ достижения цели и результатов
в этом процессе путем развития логического и творческого мышления с
помощью современных образовательных технологий.
Annotation
This article analyzes the theoretical conditions for the formation of thinking
abilities in the development of logical and creative thinking of future teachers. It also
presents an analysis of achieving the goal and results in this process by developing
logical and creative thinking with the help of modern educational technologies.
Tayanch so‘zlar: kreativ fikrlash, mantiqiy fikr yuritish , interaktiv metodlar,
bo'lajak pedagog, moslashuvchanlik
Kirish
Mamlakatimizda inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi,
manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifati va samaradorligini
yangi bosqichga olib chiqish borasidagi izchil islohotlar natijasida interfaol o‘qitish
metodlari asosida bo`lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirishni
keng tatbiq etish imkoniyatlari yaratilmoqda. O’quv muassasalarida mantiqiy fikrlash
qobiliyatini rivojlantirish uchun turli xil o’quv materiallari va resurslardan foydalanish
talab etiladi. Bular orasida matematik masalalar, logik topishmoqlar, mantiqiy ketma-
ketliklar, diagrammalar va jadvallar, shuningdek, interaktiv o’yinlar va simulyatsiyalar
kabi turli xil shakldagi materiallar mavjuddir.
Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini
to‘laqonli anglash uchun dastlab “kreativlik” tushunchasining ma’noni tushunib olish
talab etiladi. “Kreativlik” tushunchasini quyidagicha sharhlash mumkin: Kreativlik
(lot., ing. “create ” – yaratish, “creative” – yaratuvchi, ijodkor) – individning yangi
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 4
308
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
g‘oyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyatidir. Ushbu maqolada mantiqiy va
kreativ fikr yuritish imkoniyatlarini rivojlantirishning nazariy asoslari hamda
metodlariga to‘xtalamiz. Gumanistik psixolog Abraham Maslou kreativlik haqida
o`zining eng mashhur nazariyalaridan birida kreativlikni 2 turga bo‘ladi: birinchisi,
istedodning kreativligi hamda ikkinchisi, shaxsning o‘z o‘zini aktuallashtirish
kreativligidir.
Muhokama va natijalar
Mantiqiy va kreativ fikr yuritish – bu zamonaviy jamiyatda muvaffaqiyatga
erishish uchun zarur bo‘lgan ko‘nikmalardir. Mantiqiy fikr yuritish – bu tahlil qilish,
mantiqiy xulosalar chiqarish va qarorlar qabul qilish jarayoni hisoblanadi.. Har qanday
sohada, bevosita muammolarni hal qilishda va yangi g‘oyalar ishlab chiqishda bu
qobiliyatlar muhim ahamiyatga ega. Har qanday ko‘nikmani shakllantirish mumkun
bo‘lganiday, kreativ fikirlash qobilyati yoki ko‘nikmasini ham rivojlantirish mumkin.
Bu bo‘lajak pedagoglarga ham taalluqli bo‘lib, kreativlik ustida ishlash bo‘lajak
pedagoglarga noodatiy tarzda fikirlashga yordam beradi. Biroq, bo‘lajak pedagoglarni
ruhlantirish va kreativ bo‘lishga undash o‘qituvchining qay darajada malakali
ekanligiga bo‘liq. Kreativlik bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar va kreativlik
ko‘nikmasini shakllantirishda qo‘llanma sifatida xizmat qiladi. Bu auditoriyadagi
muhit, bo‘lajak pedagoglarda fikirlash tarzining shakllanishi, o‘qituvchining
yondashuv va strategiyalari elementlarini o‘z ichiga oladi.
Mantiqiy fikrni rivojlantirish uchun quyidagi usullarni qo‘llash mumkin:
1.
Tahliliy vazifalar: Mantiqiy masalalar va vazifalarni hal qilish,
shuningdek, matematik muammolarni yechish orqali bo`lajak pedagoglar tahlil qilish
ko‘nikmalarini rivojlantirishlari mumkin. Bu jarayon analitik fikrlashni
mustahkamlaydi.
2.
Muammo hal qilish: Turli xil muammolarni hal qilish uchun strategiyalar
ishlab chiqish. Bu, masalan, rol o‘ynash yoki simulyatsiya o‘yinlari orqali amalga
oshirilishi mumkin.
3.
Muloqot va munozara: Talabalar o‘rtasida muhokama va fikr almashish
jarayonlari o‘tkazish. Bu jarayonda har bir ishtirokchi o‘z fikrini dalillash va
boshqalarning fikrlarini tahlil qilishga o‘rganadi.
Kreativ fikr yuritish – bu yangi g‘oyalarni yaratish va innovatsion yechimlarni
ishlab chiqish jarayoni. Kreativ fikr yuritish nafaqat san'at yoki dizayn sohalarida, balki
ilm-fan, ta`lim, biznes va kundalik hayotda ham muhimdir. Bu jarayon orqali yangi
yechimlar topish va innovatsion g'oyalarni amalga oshirish mumkin.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 4
309
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1.
Brainstorming: Talabalar g‘oyalarni erkin muhokama qilish va takliflar
berish uchun jamoaviy suhbatlar o‘tkazishadi. Bu jarayon ijodiy fikrlarni
rivojlantirishga yordam beradi.
2.
Ijodiy o‘yinlar: Tasavvurni rivojlantirishga qaratilgan o‘yinlar va
mashqlar. Masalan, g‘oya generatorlari yoki fikrlarni ko‘taruvchi o‘yinlar orqali ijodiy
yondashuvlarni qo‘llash.
3.
Interdisiplinar yondashuv: Turli fanlar va sohalarni birlashtirish orqali
yangi g‘oyalar yaratish. Bu yondashuv ko‘plab muammolarga innovatsion yechimlar
topishga yordam beradi.
Kreativlik otasi" nomi bilan mashhur Pol Torrans to‘rtta kreativlik
ko`nikmasini aniqlagan. Uning olib borgan tadqiqotlari shundan iboratki, mazkur
kreativ ko‘nikmalarni shakllantirish va ularni baholash mumkin. Quyida ushbu kreativ
ko‘nikmalar keltirilgan:
I. Ravonlik. Ko‘plab g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi ko‘p degan so‘zga
asoslanadi.
II. Moslashuvchanlik. Turli g‘oyalarni o‘ylab topish ko‘nikmasi o‘zgartirish
degan so‘zga asoslanadi.
III. O’ziga xoslik. Boshqalarga o‘xshamagan, ajralib turuvchi g‘oyani o‘ylab
toppish ko‘nikmasi noyob degan so‘zga asoslanadi.
IV. Yaratuvchanlik. G‘oyalarni kengaytirish ko‘nikmasi qo‘shish degan so‘zga
asoslanadi.
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 4
310
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
•
Interaktiv metodlar: Talabalar o‘rtasida faol muloqotni rag‘batlantirish.
Guruhli ishlash va jamoaviy muhokamalar orqali fikr almashish imkoniyatini yaratish.
•
Amaliy tajriba: Real hayotiy vaziyatlarni o‘rganish va muammolarni hal
qilishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish. Bu jarayon talabalarning nazariy
bilimlarini amaliyotda qo‘llashlariga yordam beradi.
•
Refleksiya: O‘rganilganlarni baholash va fikrlarni jamlash jarayonini
tashkil etish. Bu orqali talabalar o‘z o‘rganganlarini tushunadilar va kelajakda qanday
qo‘llashni bilishadi.
Xulosa
Mantiqiy va kreativ fikr yuritish imkoniyatlarini rivojlantirish har bir inson
uchun muhim vazifadir. Ushbu ko‘nikmalar nafaqat ta'lim jarayonida, balki hayotning
har bir sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun zarur. Boʻlajak pedagoglarning
mantiqiy va kreativ tafakkurini rivojlantirish natijasida haqiqiy kasbiy faoliyat
muammolarini tushunish, ularni aniqlash usullarini o'zlashtirish, muammolarni hal
qilishga imkon beradigan manbalarni izlash va shu bilan birga ta'lim tizimida tezkor
fikrlaydigan zamonaviy pedagoglarning yuksalishiga xizmat qiladi.Turli usullar va
metodlar orqali bu fikr yuritish qobiliyatlarini rivojlantirish, yangi g‘oyalar yaratish va
muammolarni samarali hal qilishda yordam beradi. Rivojlangan mantiqiy va kreativ
fikr, shuningdek, shaxsiy va professional muvaffaqiyatning kalitidir. Mantiqiy hamda
Acumen:
International Journal of Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 1, Issue 4
311
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
kreativ fikr yuritish jarayonida inson o'z fikrlarini erkin ifodalash, boshqalar bilan
muloqot qilish va yangi tajribalarni sinab ko'rish mumkindir.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
1. S. N.Allayarova G.A.Abdullaeva.
Tarbiya jarayoni sifatini kvalimetrik
monitoring qilish: muammo va yechimlar
. Современноe образованиe. Toshkent-2019
2. Yodgorova Sehriyo. Keyslar asosida mantiqiy va kreativ fikr yuritish
imkoniyatlarini rivojlantirishning uslubiy asoslari. Ilm-fan va innovatsiya.Ilmiy-
amaliy konferensiya.
https://in-academy.uz/index.php/si/article/view/17435
3.Maxamatova, F. (2020). Pedagogika fanini o‘qitish jarayonida muommoli
o‘qitish texnologiyalaridan foydalanish. Arxiv Nauchnыx Publikatsiy JSPI.
4.Exsonova F.T. O’quvchilarda kreativ tafakkurni rivojlantirish yo’llari Uzluksiz
ta’l im. – Toshkent, 2018
5.
G‘afforov.
Ya.X.
Maktab
islohati
va
o‘qitish
metodlarini
takomillashtirish.Science and education. Sgientific Journal. 2020, 482.
6. Лямкина.О.А. Педагогическая мастерская как форма организатсии
профессионално-творческой подготовки будущего учителя
7. Usmonboyeva M., Tо‘rayev A. Kreativ pedagogika asoslari. о‘quv –uslubiy
majmua. - T.:TDPU 2016
8. Ibragimova G. (2015). Pedagogik innovatsiyalar yordamida talabalarning
kreativ qobiliyatlarini shakllantirish. Zamonaviy ta’lim, 1(3), 50-54.
9.Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы
развития креативности. СПб, 2006. – С. 285.
10. Guilford J.P. (1950) Creativity, American Psychologist, Volume 5, Issue 9,
444–454.
11. Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари
асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. /
Монография. – Т.: “Фан ва технологиялар”, 2016. – Б. 77
