Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
29
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
LINGVISTIK TAHLILDA TEZAURUS LUG’ATLARNING O’RNI
Norxo'jayeva Mubinaxon
Fan va texnologiyalar universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti yo’nalishi talabasi
Ilmiy rahbar: Kurbanova Farogat Subxonovna
ANNOTATSIYA
Lison faqatgina insonga in’om etilgan ulug‘ ne’matdir. Shu sababli lisoniy
hodisalar tadqiqi boshqa ijtimoiy hodisalar tadqiqidan tubdan farq qiladi. Barcha tabiiy
va ijtimoiy hodisalar tizimli tuzilishga va o‘z-o‘zidan tarkib topish xususiyatiga ega.
Tilning ham tizimli hodisa ekanligi allaqachonlar e’tirof etilgan. Tilshunoslarning
e’tibori ushbu tizimning qanday tashkil topganligi, uning tarkibida qaysi turdagi
birliklar mavjudligi, bu birliklarning o‘zaro munosabatga kirishishi, ushbu
munosabatlar asosida hosil bo‘ladigan tuzilmalarning umumiy tizim va uning bosqichli
tuzilishdagi o‘rni kabi qator masalalarga qaratilgan. Ana shunday maxsus tizimga
solingan tilni kompyuterga xoslash foydalanuvchilarning vaqtini tejaydi va ko‘p
lug‘atlarni izlab yurishdek mashaqqatli ishdan xalos etadi. Barcha izlanishlar,
olimlarning tinimsiz, mashaqqatli izlanishlari faqat bir narsaga, ya’ni inson
manfaatlariga xizmat qiladi.
Key words: kompyuter lingvistikasi, «Artificial Intelligence», uslubiy xato,
psixologik-kibernetik asoslar;
Xorijda kompyuter lingvistikasi bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘lami
juda keng. Ayniqsa, AQShdagilari izchilligi, qamrab olingan muammolar doirasining
kengligi bilan ajralib turadi. Nashr qilinayotgan tematik to‘plamlardan tashqari
«Computational Linguistics» (Kompyuter tilshunosligi) nomli jurnal ham nashr etiladi.
AQShda Kompyuter tilshunosligi assotsiatsiyasi mavjud bo‘lib, bu uyushma
kompyuter tilshunosligi bilan bog‘liq ko‘plab tashkiliy va ilmiy ishlarni amalga
oshiradi. AQShda ikki yilda bir marta COLING konferensiyasi o‘tkaziladi. AQShning
10 ta universitetida kompyuter lingvistikasi fakultetlari mavjud. Kompyuter
tilshunosligining muammoli masalalari ana shu fakultetlarda o‘zining mutaxasislari
tomonidan ko‘rib chiqilgan holda yechimi izlanmoqda. Shuningdek, Niderlandiyada
«Artificial Intelligence» (Sun’iy intellekt) jurnali chop etiladi. Bu jurnal ham
kompyuter muammolari yechimiga, yangi yaratilayotgan dasturlar ustida bosh
qotirishga undamoqda. MDHga a’zo mamlakatlarda ham kompyuter lingvistikasi
bo‘yicha muhim izlanishlar amalga oshirilgan. Ayniqsa, rus kompyuter
tilshunosligidagi tadqiqotlar diqqatga sazovordir. Unda quyidagi yo‘nalishlarni alohida
ta’kidlab ko‘rsatish mumkin: 1. Mashina tarjimasi (MT). 2. Avtomatik tahrirlash (AT).
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
30
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
3. Til o‘rgatish jarayonini kompyuterlashtirish (avtomatik tarzda tilga o‘qitish – ATO‘).
4. Statistik tadqiqotlar (ST). Y.N.Marchuk tarjimani modellashtirish metodlari va uni
avtomatlashtirish yo‘llarini ishlab chiqqan holda bugungi rus kompyuter
lingvistikasiga asos solgan olimlardan hisoblanadi. Shuningdek, ko‘plab rus, ukrain,
moldovan olimlari ham mashina tarjimasi masalalari bilan shug‘ullanishgan, ularning
izlanishlari kompyuter lingvistikasida muhim o‘rin tutadi. Xususan, bu sohada ko‘plab
nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari yoqlanganini alohida ta’kidlash lozim. Sohani
yanada chuqurroq o‘rganish ochilmagan qirralarning ochilishini ta’minlaydi.
Ayniqsa, o‘tgan asrning 60 – 80-yillarida mashina tarjimasi xususiyatlarini ishlab
chiqishga yo‘naltirilgan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar yuzaga keldi. Ta’kidlanganidek,
mazkur tadqiqotlar rus tili bo‘yicha jahon kompyuter tarmoqlarida ma’lumotlar bazasi
yaratilishi, buning natijasi sifatida rus tilidagi matnlarni avtomatik tarzda boshqa
tillarga tarjima qiluvchi dasturlarning vujudga kelishi uchun asos bo‘ldi. O‘zbek tilida
ham shu kabi ma’lumotlar bazasini yaratish bugungi kundagi eng dolzarb vazifadir.
Rus tilshunosligida kompyuter tilshunosligining yana bir yo‘nalishi matnlarni
avtomatik tahrirlashdir. Mazkur yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borgan olimlar
sirasiga R.R.Kotov, V.Y.Berzon, V.G.Britvin, I.A.Melchuk, L.I.Belyaeva,
V.A.Chijakovskiy, G.G.Belonogov, I.S.Duganova, A.B.Kuznetsov kabilarni kiritish
mumkin. Ushbu olimlarning asosiy xizmati shundaki, ular avtomatik tahrir qiluvchi
dasturlar uchun lingvistik ta’minot yaratib berishgan. Buning natijasida
kompyuterlardagi ruscha matnlarni tahrirlovchi dasturlar ishlab chiqilgan. Bu dasturlar
bugungi kunda barcha kompyuterlarda mavjud. Ya’ni bunda noto‘g‘ri yozilgan
so‘zning tagiga qizil chiziq chiziladi, so‘z to‘g‘ri yozilganidan so‘ng chiziq yo‘qoladi.
Ko‘rinadiki, bu dastur, asosan, imloni tekshirishga mo‘ljallangan, unda uslubiy
xatolarni aniqlash ko‘zda tutilmagan.
Ta’kidlash lozimki, bunday dasturlarni ishlab chiqish uchun til birliklarining
nafaqat fonetik, semantik, morfologik xususiyatlari, balki aynan sintaktik – valentlik
xususiyatlari hisobga olingan lingvistik ta’minot yaratish lozim bo‘ladi. Rus
tilshunosligida avtomatik tarzda tilga o‘qitish yo‘nalishida ham izchil tadqiqotlar olib
borilgan. Ular oliy va o‘rta maktabda til o‘qitishni optimallashtirishning psixologik-
kibernetik, semiotik, lingvostatistik, injener-lingvistik va lingvodidaktik asoslarini
ishlab chiqishga yo‘naltirilgan. Xususan, G.G.Piotrovskiyning o‘quv qo‘llanmasida
EHM vositasida o‘qitish, ya’ni lingvodidaktik vazifalarni kompyuter yordamida
yechish, til o‘rgatish jarayonini optimallashtirish, o‘qituvchi lingvistik avtomat (O‘LA)
uchun nutqiy materiallarni tayyorlash (tanlash) kabi masalalar tadqiq qilingan.
Tadqiqotlar natijasida ko‘plab o‘qituvchi lingvistik avtomatlar uchun lingvistik
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
31
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ta’minot yaratilgan bo‘lib, bu dasturlar rus tilini o‘qitish jarayonini optimallashtirishga
xizmat qiladi.
Tezaurus tizimi bir qancha davlatlarda samarali o‘rganilgan. Shulardan biri bo‘lgan
rus tilshunoslariga tayanib tahlil etganimizda quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin, ya’ni
rus tilshunosligida tezaurus quyidalarni o‘z ichiga oladi:
1. Morfologiya va sintaksisga aloqadorligi.
2. Talaffuz qilinishi. 3.Ma’nolar tarkibi:
A) so‘zning asl ma’nosi, B) sinonimi, C) antonimi, D) giperonimi
E) giponimi
4. Qarindosh so‘zlar. 5. So‘zlarning etimologiyasi.
6. Frazeologizmlarda qo‘llanishi. 7. Boshqa tillarda qo‘llanishi.
Masalan,
tezaurus
terminining o‘zini olib ko‘radigan bo‘lsak:
1. Morfologiya va sintaksisda
O‘zak tezaurus – tezaurusning, tezaurusga, tezaurusdan, tezaurusni
Ko‘plikda – tezauruslar
Predmet, ot so‘z turkumiga mansub, turlanadi.
2. Talaffuz qilinishi
Birlikda [tʲɪˈzaʊrʊs], ko‘plikda [tʲɪˈzaʊrʊslar]
3. Ma’no tarkibi
Tezaurus – so‘zning hamma ma’nolarining birlashtirib til tomonidan ta’rif etilishi,
semantikaga (so‘z ma’nosiga) oid so‘zlar orasidagi munosabat.
Hozirgi paytda semantikaga va lingvistikaga oid matnlar yetarli darajada tahlil
qilinmagan.
A) sinonimlari - Ideografik lug‘at
B) Antonimi
C) Giperonimi Lug‘at
D) Giponimi
E) Qarindoshlik so‘zlari
F) Eng yaqin qarindoshlik so‘zlari
4. Etimologiyasi
Yunonchadan (θησαυρός) olingan bo‘lib, «qimmatbaho narsa, bitmas-tugunmas
xazina» ma’nosini anglatadi
5. Frazeologizmlarda yoki turg‘un birikma shaklida qo‘llanishi
Lingvistikaga oid tezaurus
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
32
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Statikaga oid tezaurus
Logika (mantiq)ga oid tezarus
6. Boshqa tillarda qo‘llanishi
Buyuk Britaniyada: thesaurus
Germaniyada: Thesaurus
Niderlandiyada: thesaurus
Bolgariyada: tezaurus
Portugaliyada: tesauro
Fransiyada: thésaurus, thesaurus
Ispaniyada: tesauro, tesoro
Italyada: thesaurus
Malayziyada:
Atroflicha olib qarasak, informatika keng ma’noda insoniyat faoliyatining barcha
sohalarida, asosan, kompyuterlar va telekommunikatsiya aloqa vositalari yordamida
axborotni qayta ishlash bilan bog‘liq fan, texnikalarning xilma-xil tarmoqlari birligini
o‘zida namoyon etadi. Kompyuterlar inson faoliyatida katta qulayliklar, yengilliklarni
yaratadi.
Tezaurus bir necha darajalarga bo‘linadi. Tezauruslar darajalanishini tuzish
muammosi esa yangilik emas va bir necha yillar davomida mamlakatimiz va chet
elning qator lingvistlari (V.V.Morkovkin, L.P.Stupin, K.Marello va b.) e’tiborini
tortgan. Bu sohada olib borilgan tadqiqotlar natijasida ko‘rsatilgan leksigrafik
asarlarning alternativ darajalari yaratildi. Ammo, bizning nazarimizda, mualliflar
tezaurus turlarini tanlashda ayrim vaqtlarda darajalanishning umumiy kriteriyalar
prinsipini nazarga olmagan holda har doim ham bir xil usullarni qo‘llamaydilar, shu
yo‘l bilan uning mantig‘i buziladi. Bundan tashqari, keltirilgan darajalanishlar yetarli
darajada tizimli va lug‘at-tezauruslarning barcha turlarini aks ettirmaydi. Shunga
qaramay, bu masalaning avvalgi ishlanmalari ijobiy, ahamiyatli tajribalar beradi va biz
hozirgi kunda ularga tayanib o‘zimizning lug‘at-tezauruslar darajalanishini yaratishga
harakat qilyapmiz.
Darajalanish, asosan, ingliz tilining zamonaviy tezauruslar materiallari asosida,
bosma va elektron variantda ifodalangan qayta paydo bo‘lgan leksikografik hosilalarni
inobatga olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu darajalashga quyidagi kriteriylar
(mezonlar) asos qilib olingan:
1.
So‘zlik birliklari o‘rtasidagi ma’noviy bog‘lanishlar turi.
2.
So‘zlik hajmi.
3.
So‘zlikning generallashuvi (asosiylashishi).
4.
Leksemalar qiymatini ishlab chiqish.
5.
Leksemalarning grammatik-stilistik malakasi.
6.
Leksemalar faoliyatining namoyishi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
33
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
7.
Berilgan tillar soni.
8.
Leksemalarni sistemaga solish uchun ishlatiladigan semiotik vositalar
turi.
Darajalash O.M.Karpova va I.Burxanovlar tomonidan avvalroq yaratilgan
darajalashga, shuningdek, inglizlar tomonidan tadqiq qilingan 30 dan ortiq lug‘at-
tezauruslar ko‘rinishlaridan olgan shaxsiy natijalarga asoslangan. Darajalashda
foydalaniladigan
terminologiya
V.V.Morkovin,
Y.N.Karaulov,
I.Burxanov,
K.Marellolar tomonidan leksikografik apparatga kiritilgan. Darajalash mezonlari va
O.M.Karpovalar tomonidan ifodalangan; mezonlar ta’riflari esa L.P.Stupinga tegishli.
ADABIYOTLAR
1. Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –
Тошкент: Ўқитувчи, 2001.
2. Пўлатов А., Муҳамедова С. Компьютер лингвистикаси (ўқув
қўлланма). –Тошкент, 2009.
3. Пулатов А.К. Тексты лекций по математической и компьютерной лингвистике
(электронный вариант).
4. Пўлатов А. Компьютер лингвистикаси. –Тошкент, Академнашр, 2011.
5.Раҳимов А. Компьютер лингвистикаси асослари. Тошкент, Академнашр, 2011.
