Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
67
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
FERMER XO’JALIKLARIDA DONLI EKINLARNI
YETISHTIRISHNING MAQSADI VA VAZIFASI
BuxDU.
Boltayeva Shahnoz Bebudovna
Annotatsiya:
Ushbu maqola fermer xo’jaliklarida donli mahsulotlarini
yetishtirishda mavjud muammolar va yechimlarini tadqiq etadi. Bundan tashqari donli
mahsulotlardan sholi yetishtirishda omillar ta’sirini o’rganadi hamda ishlab chiqarishni
takomillashtirish bo’yicha takliflar ishlab chiqiladi.
Kalit so’zlar:
samaradorlik, innovatsiya, don, sholi, ekin
Kirish:
Mamlakatimizda aholi sonining yildan-yilga o‘sib borayotgani sababli
xalqimizni yetarli va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashga ehtiyoj yil sayin
ortib bormoqda. Bunda esa mavjud o‘zgarmas boyligimiz bo‘lgan yerdan unumli
foydalanishga erishish ustuvor masala bo‘lib qolmoqda.
Keyingi yillarda cheklangan suv zahiralaridan samarali foydalanish, qishloq
xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash, sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni
qayta foydalanishga kiritish, ekotizimlar biologik xilma-xilligini saqlab qolish “yashil
energetika” va agrotexnologiyalar kabi muhim yo‘nalishlarda ta'lim, ilmiytadqiqot va
ishlanmalar transferini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.
Jamiyatning turli jabhalariga tadbiq etilayotgan islohatlar aslida inson taqdiriga
daxldorlik, odamlarning hayot tarzini yaxshilashga bo‘lgan o‘zgacha yondashuvlar
bilan ahamiyatli.
Muammoning dolzarbligi.
Mamlakatimiz aholisining oziq-ovqatga bo‘lgan
talabini qondirishda sholichilik muhim o‘rinnni egallaydi. Keyingi yillarda ushbu
sohani yanada rivojlantirishga katta ahamiyat berilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021 yil 2-fevraldagi “Sholi yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-4973 son qarori bilan sholi yetishtirish, saqlash, qayta
ishlashning uzluksiz va samarali tizimini takomillashtirish, ichki iste'mol bozorini
guruch mahsulotlari bilan barqaror ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish, bu
borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish hamda sholi yetishtirishda suvni
tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash bo‘yicha aniq vazifalar belgilan . Hozirgi
kunda
Sholichilik
ilmiy-tadqiqot
olimlari
ishtirokida
Qoraqalpog‘iston
Respublikasining Chimboy tumanida qishloq xo‘jaligi yerlari biofondini tiklash,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
68
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
sho‘rlangan va eroziyaga uchragan maydonlarni qayta foydalanishga kiritish
maqsadida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borish uchun tajriba maydonlarini lazerli yer
tekislagichlar yordamida tayyorlash hamda zovur suvlaridan foydalanib sug‘orish
usullarini qo‘llab mahalliy va xorijiy sholi navlarini asosiy ekinda ko‘chat usulida
mexanizatsiya yordamida ekish ishlari amalga oshirilmoqda.
Sholi ekiladigan maydonlarda tuproqga ishlov berish orqali haydov qatlamini
yumshatiladi, pollar tekislanadi va haydov qatlamida oziqa moddalarini o‘zlashtirish
uchun sharoit yaratiladi.
Sho‘rlangan va og‘ir tuproqlarni hamda Xorazm viloyatining qumoq
tuproqlarini shudgorlashdan ko‘ra chizellash samaraliroq. Qamish ko‘p maydonlarni
haydashdan so‘ng suv to‘ldirish shikastlangan ildizpoyalarni batamom yo‘qolishiga
olib keladi.
Sholi ko‘chatini asosiy ekin sifatida ekishda muhim agrotexnik tadbirlardan biri
yerni sifatli qilib tayyorlashdan iborat. Yerga ishlov berishdan maqsad uning fizik
xossasini yaxshilash, organik moddalarning minerallashishi uchun qulay sharoit
yaratish va begona o‘tlarni yo‘qotishdan iborat. O‘tmishdosh ekinlarning turiga qarab
yerga ishlov berish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Sholipoya va band shudgorga
ekilgan ekinlardan bo‘shagan maydonlarga ishlov berish kuzgi shudgorlashdan
boshlanadi. Yerlarni kuzda haydash typpoqda havo almashishini yaxshilaydi, bu esa
oksidlanish jarayonini va tuprokdagi organik moddalarning chirindiga aylanishini
tezlashtiradi, oziq moddalapning o‘simliklar oson o‘zlashtiradigan shaklga aylanishiga
imkon beradi. Kuzda shudgorlangan yerlar bahorda yetilishi bilanoq P-3; P-2, P-4
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
69
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
markali uzun bazisli tekislagich yordamida yer tekiclanadi va orqasidan zig-zag borona
tirkalgan og‘ir diskali borona bilan boronalanadi. Ko‘chat usulida sholi ekishda yer
tekisligi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib +3 sm bo‘lishi lozim.
Tahlil va natijalar.
Tekislangan pollarga mineral o‘g‘itlar solinib chizel yoki borona bilan tuproqga
aralashtiriladi. So‘ngra 5-7 sm qalinlikda suv to‘ldiriladi. Sholini asosiy ekin sifatida
qo‘lda ko‘chat qilib ekishda qator oralig‘i va ko‘chat oralig‘ini tanlash yuqori hosil
olishda asosiy omil hisoblanadi. Kechpishar navlar uchun 20x15 sm, o‘rtapishar va
ertapishar navlar uchun 15x15 sm.da har bir uyaga 2-3 tadan o‘simlik ekilishi
maqcadga muvofiqdir. Sholi ko‘chat usulida ushbu tasvirda ekilganda har bir
o‘simlikning tuplanish darajasi 4-5 donani tashkil qiladi. Sholi ko‘chati mashinalar
yordamida ekilganda 30x15 sm sxemada har bir uyaga 3-5 dona ko‘chat ekiladi.
Sholini ko‘chat usulida yetishtirish bir talay qylaylik va afzalliklarga ega:
1. Joyning iqlim sharoitidan unumli va o‘rim yig‘imni erta myddatlarda
o‘tkazish imkoni tug‘iladi.
2. Har·bir gektar yerdan unumli foydalanish natijasida ikki marotaba hosil
yetishtirish mumkin.
3. 60-70% ypyg‘ sholi, 25-30 % suv tejaladi va hosildorlik 20-25%ga ortadi.
4. Ko‘chatxonada sog‘lom, baquvvat ko‘chat yetishtirish, sholining keyinchalik
o‘sishi va rivojlanishi uchun qulay imkoniyat yaratadi.
5. Ko‘chatxonada sholi kasalliklari va zararkynandalari bilan kurashish
osonlashadi.
6. Sholining keyingi rivojlanish bosqichlarini nazorat qilish va ishlov berish
osonlashadi.
Sholi ko‘chati maxsus ko‘chatxonalarda tayyorlanadi. Ko‘chatxona uchun
ajratilgan maydon kerak paytda suvini tashlab yuborish va suv sathini me'yorda ushlab
turish uchun boshqa maydonlarga nisbatan balandroq joyga joylashtirilishi lozim.
Ko‘chatxonada ypyg‘ ekish uchyn ep kuzda shudgorlanib erta bahorda gektariga 40 t
organik o‘g‘it solinib 15 sm chuqurlikda yuza haydaladi. So‘ngra ±3 sm qilib
tekislanadi. Yer tekislangach, mineral o‘g‘itlardan 100m2 maydonga 2-3 kg ammoniy
sulьfat, 1-1,5 kg fosfor va kaliy solinadi va tuproqga aralashtiriladi. Ekiladigan navning
biologik xususiyatini hisobga olgan holda sholidan ko‘chat olish uchun asosiy ekin
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
70
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
sifatida 1-10 aprel, kuzgi don ekinlaridan bo‘shagan yerlarga takroriy ekin sifatida esa
20-30 mayda 100 m2 maydonga o‘rtacha 6,5-7,5 kg hisobida urug‘ ekiladi .
Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida olib borilgan ilmiy-amaliy tajribalar, sholi
ko‘chatzori asosiy ekiladigan maydonning 1/10 qismini tashkil qilishi lozimligini
ko‘rsatdi. Ko‘chatxonaga ekilgan sholining ertapishar navlari 25-30, o‘rtapishar
navlari 30-35 va kechpishar navlari 35-40 kunligida ko‘chat uchun tayyor holga kelishi
aniqlandi. Ko‘chaxonaga ekilgan sholini parvarishlashda dam oldirib cyg‘orish usuli
qo‘llanildi. Ko‘chatlarni asosiy maydonga ko‘chirishdan bir hafta oldin 5 kg/ga
hisobida azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirilishi ko‘chatlarning baquvvat va tez typlab
ketishini ta'minlashi aniqlandi. Sholini ko‘chat usulida yetishtirish mexanizatsiya
asosida bo‘lsa sholi ypyg‘i maxsus kassetalarga (30x60x3sm) ekiladi.
Birinchi navbatda yer tekislanib joy tayyorlanadi. Kassetalarni to‘ldipish uchun
tuproq elakdan o‘tkaziladi va organik hamda mineral o‘g‘it bilan aralashtirilib
kassetaga 2 sm qalinlikda solinadi. So‘ngra kassetalarga maxsus ekish apparati orqali
170 g urug‘ sepiladi va ustidan 5 mm qalinlikda tuproq to‘ldirilib joyning relьefiga
qarab 2-4 qator qilib joylashtiriladi. Sug‘orishda uzib-uzib yoki yomg‘irlatib cyg‘orish
qo‘l keladi. Ushbu usulda ko‘chat yetishtirilganda ertapishar navlar 22-25, o‘rtapishar
navlar 25-30, kechpishar navlar 30-32 kunda ekish uchun tayyor bo‘ladi. Har bir
gektarga 250-260 dona kassetadagi ko‘chat sarflanadi.
Takroriy ekin sifatida sholini ko‘chat qilib ekishda yerni ekishga tayyorlash
asosiy ekin sifatida qo‘llanilganga nisbatan farq qiladi. Takroriy ekin uchyn yerni
tayyorlashda kuzgi g‘alla ekinlari qoldiqlaridan tozalash lozim. So‘ngra maydonlar 18-
20sm chuqurlikda haydaladi. Haydalgan maydonga 16-12 sm qalinlikda suv bostirilib
mola yordamida tekislanadi.
Suv cathi 3-5 sm gacha kamaytirilib ko‘chatlar o‘tqaziladi. Takroriy ekin
sifatida ko‘chat ekish tasviri kechpishar navlarda 15x15 sm, o‘rtapishar va ertapishar
navlap uchun 15x10 smni tashkil qilib har bir uyaga 2-4 tadan ko‘chat ekiladi. Takroriy
ekin sifatida sholini ko‘chat qilib ekishda ko‘chat yoshiga aloxida e'tibor berilmog‘i
lozim, chunki ko‘chat yoshining ortib borishi bilan o‘simliklarning o‘suv davri oshib
boradi, natijada sholi pishmay qolishi mumkin. O‘simliklarning tuplash ko‘rsatkichi
pastlab ketadi .
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
71
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Asosiy hamda takroriy ekin sifatida 30 kunlik sholi ko‘chatlari ekilganda o‘suv
davri 4-6 kunga, 40 kunlik sholi ko‘chatlari o‘tqazilganda 7-8 kunga uzayishi qayd
qilingan. Sholi takroriy ekin sifatida ekilganda bir haftadan keyin 40 kg/ga hisobidan
N, R. K, bilan oziqlantiriladi. U asosiy ekin sifatida ekilganda esa bu ko‘rsatkichni 60
kg/ga qadar ko‘tarish maqsadga muvofiqdir. Sholi 8-9 barg chiqarganda navlarning
biologik xususiyatlariga qarab kechpishar navlar uchun 45 kg/ga azot, o‘rtapishar va
ertapishar navlar uchun 30 kg/ga miqdorida ikkinchi marta oziqlantiriladi. Ko‘chat
usulida sholi yetishtirishda suv rejimiga alohida e'tibor berilishi lozim. Ko‘chat
o‘tqazilgandan keyin suv sathi 10-15 kun davomida 3-5 sm bo‘lishi, keyinchalik uni 8-
12 sm gacha ko‘tarish maqsadga muvofiqdir.
Azotli o‘g‘itlarni qo‘llashning turli usullari bilan sholi o‘simligining o‘sishi,
rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini aniqlash ustida yillar davomida olimlar ilmiy
izlanishlar olib boradi. Olimlar va izlanuvchilarni qiziqtirgan muhim masalalardan biri
bu urug‘larning unib chiqishi va vegitatsiya davrida o‘simliklarning saqlanib qolishida
sholi o‘simligining ildiz qismi orqali o‘zlashtirgan minaral o‘g‘itlarga bog‘liqligini
aniqlashdir .
A.X.Sheudjen olib borgan ilmiy izlanishlarida yillik azotli o‘g‘itlarni 20-30 %
ni ekishdan oldin berib, sholi urug‘ining unib chiqishiga ijobiy ta'siri borligini
aniqlagan. Olim sholi o‘simligining saqlanib qolish darajasini aniqlash bo‘yicha olib
borilgan tadqiqotlar natijalarida, azotli o‘g‘itlarni qo‘llash usuliga bog‘liq holda
ularning dala rivojlanishi urug‘larining unib chiqish fazasida ijobiy ta'sir ta'sir etib,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
72
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
urug‘ni unish energiyasini 1,2-1,5% oshirishini aniqlaydi. Urug‘ unib chiqish
jarayonida ildiz sistemasiga azotli o‘g‘itlar ijobiy ta'sir etishini ta'kidlaydi . Tuproqdagi
nitrat azotning umumiy dinamikasini hisobga olsak, u sholining vegetatsiya davrida
o‘simliklarning oziqlantirishda asosiy o‘rin tutishini ta'kidlash mumkin, chunki sholi
o‘simligi unib chiqish davridayoq mineral o‘g‘itlarga ehtiyoj sezadi. Sholi
maydonlaridagi suv chiqarilib yuborilgan keyingina nitrifikatsiya jarayoni boshlanadi
va nitrat azot sezilarli darajada paydo bo‘ladi va bu endi hosilga amaliy ta'sir etadi.
Sholi ekilgan tuproqdagi ammiakli azot tarkibining dinamikasi, nitratdan farqli o‘laroq,
boshqacha tus oladi. Azotli o‘g‘itlar (NPK) sholi o‘simlik jarayonining intensivligini
oshirishda juda kuchli omil hisoblanadi .
Takliflar:
Shubhasiz, sholi o‘simligining o‘sishi va rivojlanishi uchun eng
yaxshi sharoitlar vegetattsiya davrida ularga azotli o‘g‘itlarni tabaqalab qo‘llash bilan
shakllanadi. Azotli o‘g‘itlar tuproqlar sharoitida azotli o‘g‘itlarni taqsimlashda (N150),
ikkita (N 100+ N50) va uchta (N35 + N80 + N35) me'yorlarda o‘tloqibotqoq va mos
ravishda N120, N80 + N40 va N30 + N60 +N90 allyuvial o‘tloqibotqoqga ko‘proq
tushadi . Hozirgi kunda respublikamiz viloyatlari kesimida tuproq-iqlim sharoitidan
kelib chiqqan holda o‘rta va kechpishar navlarni joylashtirish tartibi bo‘yicha
agrotexnik tadbirlardan eng asosiysi azotli o‘g‘itlar bilan oziqlantirish va begona
o‘tlarga qarshi gerbitsidlar bilan ishlov berish tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yillar davomida olib
borilayotgan ilmiy izlanishlarda sholi o‘simligini unib chiqib ya'ni 35-40 kunlik
davrida yillik me'yorning (N150P120K150) 30 % , I- oziqlantirishda berish keyingi
fazalarning intensivligini oshishiga ta'siri aniqlangan.
Xulosa:
Demak, mineral o‘g‘itlarni qo‘llash usullari va me'yorlarini sholini
asosiy ekinda urug‘idan hamda ko‘chatidan yetishtirilayotganda bir-biriga bog‘liq
holda o‘simlikning o‘sib-rivojlanishiga, tuplanishiga, hosildor poyalar ko‘payishiga,
ro‘vakdagi donlar to‘liq bo‘lishiga va natijada undan olinadigan guruch mahsulotlariga
ijobiy ta'siri borligi ilmiy izlanishlarda aniqlangan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “O‘zbekiston xalqiga
yangi yil tabrigi” O‘zbekiston qishloq va suv xo‘jaligi jurnali 2022 yil 1-son, 1-2 b.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 fevraldagi “Sholi
yetishtirishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ4973-son qarori.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
73
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
3. M.A.Sattarov, B.I.Qalandarov, M.A.Ergashev “Respublikada sholi
yetishtirish bo‘yicha Tavsiyanoma” 2021 yil.
4. Шеуджен А.Х. Агрохимия и физиология питания риса. Майкоп:ГУРИПП
«Адыгея», 2005. С.-1012
5. Шеуджен А.Х, Т.Н.Бондарева. Удобрений риса. Краснодар. –Куб Гау. -
2015. С.-703.
6. Шиловский В.Н. Корневая система различных сортов риса /
В.Н.Шиловский, В.Я.Рубан./ Вестник. Краснодарского НТЦ АМАН. Краснодар.
-2004-№8. С.-42.
7.
