Authors

  • Sadullayeva Gulnoza Usmanovna
    teacher
  • Shuxratova Sarvinoz Dilmurod qizi
    teacher

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.64116

Keywords:

Islom moliyasi soliq tizimi soliq yukini kamaytirish iqtisodiy adolat chet el tajribasi zakot vaqf mudoraba musharaka.

Abstract

Mazkur maqolada Islom moliyasi instrumentlarini mamlakat soliq tizimini 
takomillashtirishda qo‘llash imkoniyatlari keng qamrovda o‘rganilgan. Tadqiqot 
davomida Islom moliyasining soliq yukini kamaytirish, soliq tushumlarini oshirish, 
soliqlarning adolatli taqsimlanishini ta'minlashga bo‘lgan ta'siri tahlil qilinadi. Shu 
bilan birga, chet el tajribasi, O‘zbekiston sharoitida mavjud muammolar va statistik 
ma'lumotlar asosida mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishga qaratilgan 
takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur ish Islom moliyasining iqtisodiy adolat tamoyillariga 
asoslangan holda mamlakat rivojlanishida o‘ziga xos uslub sifatida e'tirof etilishiga 
qaratilgan. 


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

118

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ISLOM MOLIYASI INSTRUMENTLARI ORQALI MAMLAKATDA

SOLIQ TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH

teacher Sadullayeva Gulnoza Usmanovna

Shuxratova Sarvinoz Dilmurod qizi

Annotatsiya
Mazkur maqolada Islom moliyasi instrumentlarini mamlakat soliq tizimini

takomillashtirishda qo‘llash imkoniyatlari keng qamrovda o‘rganilgan. Tadqiqot
davomida Islom moliyasining soliq yukini kamaytirish, soliq tushumlarini oshirish,
soliqlarning adolatli taqsimlanishini ta'minlashga bo‘lgan ta'siri tahlil qilinadi. Shu
bilan birga, chet el tajribasi, O‘zbekiston sharoitida mavjud muammolar va statistik
ma'lumotlar asosida mamlakatimiz soliq tizimini takomillashtirishga qaratilgan
takliflar ishlab chiqiladi. Mazkur ish Islom moliyasining iqtisodiy adolat tamoyillariga
asoslangan holda mamlakat rivojlanishida o‘ziga xos uslub sifatida e'tirof etilishiga
qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Islom moliyasi, soliq tizimi, soliq yukini kamaytirish, iqtisodiy

adolat, chet el tajribasi, zakot, vaqf, mudoraba, musharaka.

Kirish

Mamlakat iqtisodiy barqarorligi va rivojlanishi ko‘p jihatdan samarali soliq

tizimiga bog‘liq. Soliq tizimi nafaqat davlat byudjetini to‘ldirish, balki iqtisodiy
faollikni rag‘batlantirish va adolatni ta'minlash vositasi sifatida ham muhim
ahamiyatga ega. Bugungi kunda soliq tizimini takomillashtirish jarayonida innovatsion
yondashuvlar va yangi instrumentlardan foydalanish zaruriyati ortib bormoqda. Islom
moliyasi ana shunday innovatsion yondashuvlardan biri bo‘lib, uning asosiy
tamoyillari adolat, oshkoralik va manfaatdorlikka asoslangan. Bu tamoyillar davlat va
jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, iqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va
soliqlarning adolatli taqsimlanishini yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ushbu maqolada Islom moliyasi instrumentlaridan mamlakatimiz soliq tizimini
takomillashtirish maqsadida qanday foydalanish mumkinligi ko‘rib chiqiladi.

Adabiyotlar tahlili

Islom moliyasi bo‘yicha ko‘plab xalqaro va mahalliy tadqiqotlar mavjud.

Xususan, Kamali va Iqbal (2016) tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda Islom
moliyasining iqtisodiy adolatni ta'minlashdagi roli ko‘rsatilgan. Ushbu tadqiqotda
zakot, vaqf va boshqa instrumentlarning iqtisodiy notekislikni kamaytirishdagi
samarasi tahlil qilingan. Shuningdek, Solimov va Karimov (2020) o‘z ishlarida Islom
moliyasining soliq siyosatiga bo‘lgan ta'sirini o‘rgangan. Bu tadqiqotlar shuni


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

119

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ko‘rsatadiki, Islom moliyasi orqali soliqlarning teng taqsimlanishi va samaradorligi
oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, G‘arbiy va Osiyo mamlakatlaridagi amaliyotlar
asosida Islom moliyasi instrumentlari iqtisodiyotning turli jabhalariga qanchalik
moslashuvchan ekanligini ko‘rsatmoqda. Ammo, O‘zbekiston sharoitida bu borada
yetarlicha tadqiqotlar olib borilmaganligi ushbu mavzuning dolzarbligini oshiradi.

Islom moliyasining asosiy tamoyillari soliq tizimini takomillashtirishda muhim

ahamiyatga ega. Masalan, ushbu moliyaviy tizimda riba (foiz) taqiqlangan, bu esa
moliyaviy operatsiyalarning adolatli bo‘lishini ta'minlaydi. Shuningdek, zakot va vaqf
kabi instrumentlar jamiyatdagi iqtisodiy tengsizlikni kamaytirish va soliqlarni
qo‘shimcha manbalar bilan to‘ldirishda muhim rol o‘ynashi mumkin. Islom moliyasi
asosida soliq tizimini takomillashtirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi
mumkin:

1.

Zakot Islom moliyasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, iqtisodiy

tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan. Mamlakatimizda zakotni soliq tizimi bilan
integratsiya qilish orqali ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Zakot yig‘imlari aholini ijtimoiy himoya qilish va qashshoqlikni kamaytirishda
samarali manba bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

2.

Mudoraba va musharaka shartnomalari orqali biznes sub'yektlari o‘rtasida

daromad va xarajatlar teng taqsimlanadi, bu esa soliqlarning adolatli taqsimlanishiga
olib keladi. Mudoraba shartnomasida bir tomon mablag‘ bilan, boshqa tomon esa
mehnat yoki boshqaruv bilan ishtirok etadi. Bu jarayon tadbirkorlikni rivojlantirish

3.

Vaqf mulklari orqali ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish va davlat soliqlari

yukini kamaytirish imkoniyatlari mavjud. Bu institutni rivojlantirish orqali davlat
byudjetiga tushadigan bosimni kamaytirish va ijtimoiy dasturlarni barqaror
moliyalashtirishga erishish mumkin.

Chet el tajribasi

Islom moliyasining soliq tizimidagi samaradorligi bo‘yicha Malayziya, Saudiya

Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tajribasi o‘rganildi. Malayziyada zakot va
soliq tizimi integratsiyalashgan bo‘lib, bu aholining ijtimoiy ehtiyojlarini samarali
ta'minlashga xizmat qilmoqda. Zakot yig‘imlari maxsus tashkilotlar orqali boshqarilib,
ijtimoiy tenglikni ta'minlashda muhim rol o‘ynaydi. Saudiya Arabistonida esa vaqf
institutlari davlatning ijtimoiy xarajatlarini qisqartirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu mamlakatda vaqf mablag‘lari orqali ta‘lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy
xizmatlar moliyalashtirilmoqda. Birlashgan Arab Amirliklarida esa mudoraba va
musharaka shartnomalari yordamida tadbirkorlik faoliyati keng qo‘llab-quvvatlanadi.
Ushbu tajribalar O‘zbekiston uchun o‘ziga xos bo‘lgan modelni ishlab chiqishda asos
bo‘lishi mumkin.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

120

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Statistik ma'lumotlar va uning tahlili

Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda soliq tushumlarining asosiy qismi

qo‘shilgan qiymat solig‘i va daromad solig‘idan shakllanadi. Ammo, bu soliqlarning
yuqori darajasi kichik biznes sub'yektlariga og‘irlik qiladi. Kichik biznes
iqtisodiyotning eng muhim segmentlaridan biri bo‘lib, 2023-yilda O‘zbekiston yalpi
ichki mahsulotida uning ulushi 56% ni tashkil qilgan. Islom moliyasining zakot va vaqf
kabi instrumentlari yordamida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash orqali iqtisodiy
faollikni oshirish mumkin. Masalan, zakot yig‘imlaridan kichik biznesni
moliyalashtirish va past daromadli oilalarga yordam ko‘rsatish mumkin. Vaqf
mablag‘lari esa uzoq muddatli ijtimoiy loyihalarni barqaror moliyalashtirishni
ta'minlaydi.

Xulosa va takliflar

Mazkur maqolada Islom moliyasi instrumentlarini mamlakat soliq tizimini

takomillashtirishda qo‘llash imkoniyatlari keng qamrovda tahlil qilindi. Quyidagi
takliflar ilgari surildi:

1.

Zakotni soliq tizimiga integratsiya qilish orqali ijtimoiy tenglikni ta'minlash va

qashshoqlikni kamaytirish.

2.

Mudoraba va musharaka shartnomalarini joriy etish orqali biznes sub'yektlari

uchun soliq yukini kamaytirish va tadbirkorlikni rivojlantirish.

3.

Vaqf institutlarini rivojlantirish va ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirishda

foydalanish.

4.

Malayziya, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tajribasidan

kelib chiqib, O‘zbekiston uchun mos model ishlab chiqish.

5.

Kichik biznes sub’yektlariga Islom moliyasi asosida soliq imtiyozlarini taqdim

etish.

Bu takliflar mamlakat iqtisodiyotini barqarorlashtirish, soliq tizimini adolatli

qilish va aholining ijtimoiy farovonligini oshirishga xizmat qiladi.