Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
151
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASINING RIVOJLANISH
TENDENSIYALARI VA IQTISODIY KO‘RSATKICHLARI
Xakimova Dilnozaxon Sa’dulla qizi
Andijon mashinasozlik instituti
https://orcid.org/0009-0004-1392-1228
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada mamlakatimizdagi sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanish
tendensiyalari va iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Zamonaviy texnologiyalar va
innovatsiyalar, raqamli tizimlar, telemeditsina, sun’iy intellekt va robototexnika kabi
yangi usullarning sog‘liqni saqlash tizimiga ta’siri, tibbiy xizmatlarning sifatini
oshirish va kasalliklarni oldini olishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Shuningdek,
O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, tibbiyot
xodimlarining malakasini oshirish, va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga
qaratilgan chora-tadbirlar va global tajribalarga asoslangan yondashuvlar ham
muhokama qilingan.
ABSTRACT
This article analyzes the development trends and economic indicators of the
healthcare sector in our country. The influence of modern technologies and
innovations, digital systems, new methods such as telemedicine, artificial intelligence
and robotics on the healthcare system, the importance of improving the quality of
medical services and preventing diseases is studied. Also, the reforms implemented in
the healthcare sector of Uzbekistan, measures aimed at improving the qualifications of
medical workers, promoting a healthy lifestyle and approaches based on global
experiences were also discussed.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируются тенденции развития и экономические
показатели сферы здравоохранения в нашей стране. Изучено влияние
современных технологий и инноваций, цифровых систем, новых методов, таких
как телемедицина, искусственный интеллект и робототехника, на систему
здравоохранения, важность повышения качества медицинских услуг и
профилактики заболеваний. Также были обсуждены реформы, реализуемые в
сфере здравоохранения Узбекистана, меры, направленные на повышение
квалификации медицинских работников, пропаганду здорового образа жизни и
подходы, основанные на мировом опыте.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
152
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Kalit so‘zlar:
sog‘liqni saqlash, tendensiya, innovatsiya, raqamli texnologiyalar,
telemeditsina, sun’iy intellekt, tibbiy xizmatlar, islohot, tibbiyot xodimlari.
Keywords:
health care, trend, innovation, digital technologies, telemedicine,
artificial intelligence, medical services, reform, medical staff.
Ключевые слова:
здравоохранение, тренд, инновации, цифровые
технологии, телемедицина, искусственный интеллект, медицинские услуги,
реформа, медицинский персонал.
KIRISH
Mamlakatimizda hozirgi kunda sog‘liqni saqlash sohasini tubdan
takomillashtirish, tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini oshirish, malakali
tibbiy kadrlarni tayyorlash, sohaga yangi boshqaruv usullarini joriy etish, jamiyatda
sog‘lom turmush tarzini shakllantirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlanish tendensiyalari zamonaviy tibbiyot
texnologiyalarining, innovatsiyalarning va raqamli yondashuvlarning jadal rivojlanishi
bilan bog‘liq. Bugungi kunda sun’iy intellekt, genetika, biotexnologiyalar va tibbiy
robototexnikaning qo‘llanilishi orqali kasalliklarni aniqlash, davolash va oldini olishda
yangi imkoniyatlar yaratilmoqda. Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimini
raqamlashtirish, masofaviy tibbiy xizmatlar va telemeditsina kabi yangi yo‘nalishlar
kengaymoqda. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash tizimlarining barqarorligi va
samaradorligini ta’minlash uchun ularning moliyaviy va boshqaruv tizimlari ham
takomillashmoqda[1].
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025
yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi
e’lon qilindi. Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-2025 yillarda amalga
oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar dasturning eng asosiy
yo‘nalishlari etib belgilandi[2]:
•
tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda
tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish;
•
tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda birlamchi bo‘g‘in qamrovini kengaytirish;
•
oqqon va og‘ir irsiy gematologik kasalliklarni davolash bo‘yicha ishlarni yuqori
bosqichga ko‘tarish;
•
jahon standartlari asosida menejment va tibbiy xizmatlar sifatini boshqarishning
eng namunali amaliyotlarini ta’minlaydigan zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish;
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
153
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
•
hududlarda sog‘liqni saqlashni tashkil etishning “klaster” modelini
shakllantirish, tibbiyot va farmatsevtika muassasalarini akkreditatsiya qilish,
shifokorlik va farmatsevtik faoliyatni litsenziyalash tizimini joriy etish;
•
tibbiyot sohasini moliyalashtirish tizimini takomillashtirish, davlat tomonidan
kafolatlangan bepul tibbiy yordam hajmini belgilashda mahalliy xususiyatlarni hisobga
olish;
•
tibbiy xizmatlar uchun klinik-xarajat guruhlari bo‘yicha har bir davolangan holat
uchun to‘lash tizimini hamda kishi boshiga moliyalashtirishning yangi mexanizmlarini
joriy qilish, shuningdek, majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy etish;
•
patronaj xizmati va dispanserizatsiyaning samarali modellarini yaratish orqali
sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va kasalliklarni profilaktika qilish;
•
tibbiy genetika, ayollar va bolalarga shoshilinch va ixtisoslashgan tibbiy
yordamni rivojlantirish asosida, zamonaviy skrining dasturlarini joriy etish, “Sog‘lom
bola” hududiy ko‘p tarmoqli tibbiyot majmualari va ma’lumotlar tizimlarini
shakllantirish asosida onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish;
•
farmatsevtika tarmog‘ini yanada rivojlantirish, narx shakllanishi mexanizmlarini
takomillashtirish, dori vositalari, tibbiy texnika va buyumlar ishlab chiqarish hajmi va
turlarini kengaytirish;
•
tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, professor-o‘qituvchilar ilg‘or
xorijiy davlatlarda malaka oshirishini ta’minlash, tibbiyot fanini rivojlantirish
sohasidagi yangilanishlarga keng yo‘l ochish;
•
tibbiyot ilmiy va ta’lim muassasalarini xalqaro standartlar bo‘yicha
sertifikatlashtirish (akkreditatsiyadan o‘tkazish) hamda zamonaviy ta’lim dasturlari,
usul va texnologiyalarini joriy etish choralarini ko‘rish;
•
“elektron sog‘liqni saqlash” tizimini keng joriy etish, yagona milliy standartlar
asosida integratsiyalashgan axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasi majmuasini
yaratish.
Sog‘liqni saqlash sohasi har doim jamiyatning asosiy ustuvor yo‘nalishlaridan biri
bo‘lib kelgan. Insoniyatning rivojlanishi bilan birga, tibbiyot va sog‘liqni saqlash
sohalari ham yangi bilimlar, texnologiyalar va yondashuvlar asosida o‘zgarib
bormoqda. Bugungi kunda sog‘liqni saqlash tizimi nafaqat kasalliklarni davolash, balki
ularga qarshi oldini olish va sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasida ham samarali
faoliyat yuritishi zarur. Shuningdek, innovatsion texnologiyalar, raqamli yondashuvlar,
sun’iy intellekt va biotexnologiyalar kabi sohalar sog‘liqni saqlash tizimini tubdan
yangilashga imkon bermoqda[3]. Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash sohasining
rivojlanish tendensiyalari, yangi innovatsiyalar va global miqyosda sodir bo‘layotgan
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
154
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Rivojlanayotgan texnologiyalar va yangi yondashuvlarning
sog‘liqni saqlash tizimiga qanday ta’sir qilishi, uning samaradorligini oshirish va
barqarorligini ta’minlashda qanday rol o‘ynashi hamda kelajakda sog‘liqni saqlash
sohasining qanday o‘zgarishlarni kutishi haqida so‘z yuritamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Sog‘liqni saqlash sohasidagi tendensiyalarni tahlil qilishda turli ilmiy manbalarga
murojaat qilish zarur. Xususan, sog‘liqni saqlashning global tendensiyalarini o‘rganish
bo‘yicha bir qator ilmiy ishlanmalar mavjud.
Zamonaviy tibbiyotning rivojlanishi ko‘pincha yangi texnologiyalar va
innovatsiyalar bilan bog‘liqdir. Xususan, «telemeditsina» (masofaviy tibbiy yordam),
«sun’iy intellekt» va «robototexnika» kabi texnologiyalar sog‘liqni saqlash sohasida
keng tarqalmoqda. A. S. Kuznetsov va M. V. Shapiro (2022) o‘z ilmiy ishlarida sun’iy
intellektning tibbiyotdagi o‘rni va uning diagnostikaga ta’sirini tahlil qilgan. Ular
sun’iy intellekt yordamida kasalliklarni erta aniqlash va davolash samaradorligini
oshirish mumkinligini ko‘rsatdilar.
Shuningdek, raqamli texnologiyalar sog‘liqni saqlashda keng qo‘llanilmoqda.
«Elektron tibbiy kartalar» va «raqamli diagnostika» tizimlari orqali bemorlarning
ma’lumotlari onlayn ravishda uzatiladi, bu esa tibbiy xizmatlarning samaradorligini
oshiradi. E. K. Lebedev va S. N. Tikhonov (2021) raqamli sog‘liqni saqlash
tizimlarining foydalari va muammolarini o‘rganib, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda
raqamli tizimlarning o‘rni katta ekanligini ta’kidlashgan.
Sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanish tendensiyalaridan biri, kasalliklarning
oldini olishga qaratilgan yondashuvlarning rivojlanishidir. Bunday yondashuvlar,
ayniqsa, jismoniy faollik, to‘g‘ri ovqatlanish va psixologik sog‘likni yaxshilashga
qaratilgan chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi. M. A. Kalanov va G. S. Ergashev (2023)
sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish orqali kasalliklarning oldini olish va umumiy
salomatlikni yaxshilash bo‘yicha amaliy tadqiqotlar olib borganlar.
Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish va ular uchun doimiy ta’lim tizimlarini
tashkil etish, sog‘liqni saqlash tizimining sifatini oshirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bunda xalqaro tajribalar va innovatsion usullar asosida tibbiy kadrlarni tayyorlash
dasturlarini yaratish muhimdir. B. M. Melikhov (2022) o‘z ilmiy ishida tibbiyot
xodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha O‘zbekistonning tajribasini
tahlil qilgan va xalqaro ta’lim tizimlari bilan hamkorlik qilishning ahamiyatini
ta’kidlagan[4].
Sog‘liqni saqlash sohasida global tendensiyalar har doim yangi texnologiyalarni,
uslublarni va amaliyotlarni joriy etishga intiladi, bu esa jahon bo‘ylab odamlarning
salomatligini yaxshilashga yordam bermoqda. Ushbu maqolada sog‘liqni saqlash
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
155
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
sohasining rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish, shu jumladan ularning
samaradorligi, yangi texnologiyalar va amaliyotlar bilan bog‘liq o‘zgarishlar ko‘rib
chiqiladi.
NATIJALAR
Mamlakatimizda hozirgi kunda xizmatlar sohasi iqtisodiy ko‘rsatkichlariga nazar
soladigan bo‘lsak, sog‘liq saqlash sohasidagi harajatlar hajmi oxirgi 10 yillikda
sezilarli darajada oshgan. Bu ham yildan yilga bu sohaga bo‘lgan e’tibor va amalga
oshirilayotgan islohotlar natiajasidir[5]. Quyida keltirilgan 1-jadvaldagi statistik
ma’lumotlarga ko‘ra 2012-yilda O‘zbekiston Respublikasi xizmatlar sohasida umumiy
haratlar hajmi 51809 mlrd so‘mni tashkil qilib, bundan 0,9 foizi ya’ni 480 mlrd so‘m
sog‘liqni saqlash sohasidagi harajatlar uchun sarflangan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilga
kelib esa, umumiy harajatlar hajmi 564 777,7 mlrd so‘mni tashkil etib, bundan 2 foizi
ya’ni 11 315,5 mlrd so‘m sog‘liqni saqlash sohasidagi harajatlar uchun sarflangan[6].
1-jadval
O‘zbekiston Respublikasi xizmatlar sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari
№
Yillar
Umumiy
harajatlar
hajmi
(mlrd.
so‘mda)
Sog‘liqni
saqlash
sohasidagi
harajatlar
hajmi (mlrd.
so‘mda)
Umumiy
hajmga
nisbatan
ulushi, % da
O‘sish
sur’ati
1
2012
51809,0
480,3
0,9
134,1
2
2013
65337,6
635,6
1,0
127,2
3
2014
82261,2
845,3
1,0
114,2
4
2015
89326,3
1094,7
1,2
117,3
5
2016
90 991,7
1 345,9
1,5
116,1
6
2017
116795,7
1602,4
1,4
110,1
7
2018
146836,3
2053,0
1,4
114,9
8
2019
190 356,0
2 930,3
1,5
113,4
9
2020
218 853,5
3 209,4
1,5
89,9
10
2021
283 301,6
5 018,8
1,8
126,4
11
2022
357 554,5
6 384,2
1,8
111,5
12
2023
470 286,5
8 441,2
1,8
111,6
13
2024
564 777,7
11 315,5
2,0
108,6
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
156
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi xizmatlar sohasining iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
MUHOKAMA
Sog‘liqni saqlash tizimida «raqamli diagnostika» va «sun’iy intellekt»
texnologiyalarining keng joriy etilishi kasalliklarni erta aniqlashda va davolashda katta
yordam beradi. Masalan, sun’iy intellekt orqali xatarli kasalliklarni oldindan aniqlash
va bemorlarni profilaktik tekshiruvlarga jalb qilish mumkin. Shuningdek, «elektron
tibbiy kartalar» orqali bemorlar haqida barcha ma’lumotlar bir joyda jamlanadi, bu esa
davolash jarayonini yanada samarali va osonlashtiradi[7].
Biroq, yangi texnologiyalarni joriy etish ham o‘zida bir qator muammolarni
keltirib chiqaradi. Masalan, tibbiyot xodimlarining yangi texnologiyalarni to‘g‘ri va
samarali ishlatishi uchun malaka oshirish dasturlarining samarali bo‘lishi zarur.
Shuningdek, yangi tizimlar va texnologiyalarni joriy etish uchun iqtisodiy resurslar va
infratuzilma tayyorlash talab etiladi. Raqamli tibbiyot tizimlari va masofaviy yordam
ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan texnik asboblar va dasturlarni rivojlantirish va
qo‘llashda davlatning qo‘llab-quvvatlashi juda muhim.
Sog‘liqni saqlash sohasida qilingan ishlar, olib borilayotgan islohotlarni tahlil
qilgan holda yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanib, biz bu sohani yanada
rivojlantirish va uni amalga taqbiq qilish uchun quyidagi tavsiyalarni beramiz(2-rasm).
0
2000
4000
6000
8000
10000
12000
2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2023 2024
Sog‘liqni saqlash sohasidagi harajatlar hajmi (mlrd. so‘mda)
Umumiy hajmga nisbatan ulushi, % da
O‘sish sur’ati
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
157
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
2-rasm. Sog‘liqni saqlash sohasini rivojlantirish tendensiyalari.
Bundan tashqari, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishda sog‘lom turmush tarzini
targ‘ib qilish, kasalliklarning oldini olish bo‘yicha chuqurroq va tizimli
yondashuvlarning joriy etilishi ham muhimdir. Yangi texnologiyalar va
innovatsiyalarni keng joriy qilish, tibbiy xodimlarni doimiy ravishda malaka oshirish
dasturlari va sog‘liqni saqlashda raqamli tizimlarning rivojlanishi bu sohada yanada
yaxshilanishlarga olib keladi.
XULOSA
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar va innovatsiyalar davom etar ekan, bu
sohada ijobiy o‘zgarishlar kuzatilishi kutilmoqda. Raqamli texnologiyalar, masofaviy
yordam va sun’iy intellekt yordamida bemorlar uchun tibbiy xizmatlar yanada tezkor
• Tibbiyot texnologiyalarini joriy etish va ularning
samarali ishlatilishini ta’minlash uchun doimiy
yangilanishlarni amalga oshirish kerak.
Texnologiyalarni
kengaytirish
• Tibbiyot xodimlarini zamonaviy texnologiyalaridan
foydalanishga o‘rgatish va malakasini oshirish uchun
maxsus ta’lim dasturlarini ishlab chiqish muhimdir.
Tibbiy xodimlarni
malakasini oshirish
• Elektron tibbiy kartalar, raqamli diagnostika va
ma’lumotlar almashinuvi tizimlarini kengaytirish,
bemorlarga tez va samarali xizmat ko‘rsatishni
ta’minlaydi.
Raqamli tizimlarni
rivojlantirish
• Sog‘liqni saqlash tizimi faqat davolashga emas, balki
kasalliklarning oldini olishga, aholi o‘rtasida sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib qilishga ham yo‘naltirilishi
lozim.
Prevensiya va sog‘lom
turmush tarzini targ‘ib
qilish
• Sog‘liqni saqlash sohasidagi global tajribalarni
o‘rganish, xalqaro tibbiyot ta’limi va amaliyotlarini
joriy etish bo‘yicha samarali hamkorliklarni yo‘lga
qo‘yish zarur.
Xalqaro hamkorlik
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 1
158
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
va samarali bo‘ladi. Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimini modernizatsiya qilish va
global tajribalarni joriy etish O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlar uchun
muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda sog‘liqni saqlash sohasining rivojlanish tendensiyalari
jahon miqyosida jiddiy o‘zgarishlarga olib kelmoqda. Innovatsion texnologiyalar,
raqamli tizimlar va tibbiyotda yangi yondashuvlar sog‘liqni saqlashni yangi bosqichga
olib chiqadi. O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi ham yangi texnologiyalarni
o‘zlashtirish, xalqaro tajribalarni o‘rganish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish
orqali o‘z tizimini modernizatsiya qilmoqda. Bu jarayonlarning samarali amalga
oshirilishi, aholi salomatligini yaxshilashga, kasalliklarni oldini olishga va tibbiy
xizmatlarning sifatini oshirishga yordam beradi. Shunday qilib, sog‘liqni saqlash
sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va innovatsiyalar butun tizimni zamonaviy
talablarga moslashtirishda muhim ro‘l o‘ynaydi va kelajakda samarali natijalar berishi
kutiladi.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1.
Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishning 2022-
2025 yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori.
2.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini
raqamlashtirishni jadallashtirish hamda ilgʻor raqamli teхnologiyalarni joriy etish
boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 2023-yil 28-dekabrdagi PQ-415-
sonli qarori.
3.
Xаkimоvа Dilnоzаxоn Sа’dullа qizi. (2023). SHIFОKОRLАR TОMОNIDАN
BEMОRLАRGА BERILАDIGАN DОRI RО‘YHАTINI RАQАMLАSHTIRISH.
QО‘QОN
UNIVERSITETI
XАBАRNОMАSI,
1(1),
160–163.
https://dоi.оrg/10.54613/ku.v1i1.326
4.
Abdusattorov, Sarvar. (2023). O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VA JAHON
DAVLATLARI SOG‘LIQNI SAQLASH TIZIMLARINING RIVOJLANISH
KO‘RSATKICHLARI TAHLILI. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil. 1. 5-10.
10.60078/2992-877X-2023-vol1-iss7-pp5-10.
5.
https://parliament.gov.uz/articles/1570
6.
7.
https://stat.uz/uz/default/choraklik-natijalar/53709-2024
