Authors

  • Gulboyeva Maftuna Norboyevna
    Angor tumanidagi 16-sonli DMTTmetodisti. MERCI CORPS mentori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.64142

Keywords:

O`yin didaktika ijodiy o`yin qoidali o`yinlar harakatli o`yin.

Abstract

Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi hukumati ta’lim-tarbiyani maktabgacha ta’lim sohasidan 
rivojlantirish bolalarni har tomonlama barkamol qilib shaxs qilib tarbiyalashni 
maqasaq qiladi. Shu o‘rinda bolalarga ta’lim-tarbiay berishda o`yin 
texnologiyalardan foydalanish samarali natija beradi. Ushbu maqolada maktabgacha 
ta'lim tashkilotlarida bolalarning faoliyat jarayonlarini mazmunli o`tkazishda 
foydalaniladigan o`yinlarning hususiyatlari va turlari haqida so‘z yuritilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

278

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDAGI ASOSIY VOSITA-O`YIN.

Gulboyeva Maftuna Norboyevna

Angor tumanidagi 16-sonli DMTTmetodisti. MERCI CORPS mentori


Annotatsiya
: Mamlakatimizda ta’lim sohasiga alohida e’tibor berilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati ta’lim-tarbiyani maktabgacha ta’lim sohasidan
rivojlantirish bolalarni har tomonlama barkamol qilib shaxs qilib tarbiyalashni
maqasaq qiladi. Shu o‘rinda bolalarga ta’lim-tarbiay berishda o`yin
texnologiyalardan foydalanish samarali natija beradi. Ushbu maqolada maktabgacha
ta'lim tashkilotlarida bolalarning faoliyat jarayonlarini mazmunli o`tkazishda
foydalaniladigan o`yinlarning hususiyatlari va turlari haqida so‘z yuritilgan.

Kalit so`zlar:
O`yin, didaktika, ijodiy o`yin, qoidali o`yinlar, harakatli o`yin.

Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim sohasida keng islohotlar amalga

oshirilmoqda. Respublikada joriy etilgan taʼlim tizimi, uning turlari va shakllari orqali
har bir fuqaroning taʼlim olishdagi konstitutsiyaviy huquqlari amalga oshirib
kelinmoqda. Davlatimiz tomonidan ilmiy sohadagi rivojlanishlar keng qoʻllab-
quvvatlanmoqda. Ayniqsa bu oʻrinda yosh avlodni kichik yoshdan boshlab sogʻlom va
har tomonlama yetuk qilib voyaga yetkazish, taʼlim-tarbiya jarayoniga samarali taʼlim-
tarbiya shakllarini hamda usullarini joriy etish va shu orqali bolalarni rivojlantirish
borasidagi ishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 8–moddasida:

“Maktabgacha taʼlim va tarbiya bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual,
maʼnaviy-axloqiy, etik va estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek
bolalarni umumiy oʻrta taʼlimga tayyorlashga qaratilgan taʼlim turidir”.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim tarbiya berishda oʻyinlardan foydalanish
va yoshga mos holda tashkil etish dolzarbdir. Ota-onalarimiz tomonidan bolaning
ushbu yosh davrida farzandlari tezroq mustaqil oʻqishni va yozishni bilishni istashlari
haqida xohish-istaklarni bildiradilar. O'yin texnologiyasining nazariy asoslari.
Bugungi kunda ta'Iim tizimiga, jumladan maktabgacha ta'lim tizimiga ham yangi
pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu texnologiyalarning
mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillarini, qonuniyatlarini, ulardan samarali
foydalanish yo'llarini amaliyotchi tarbiyachi va o'qituvchilarga yetkazib berish
pedagogika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. L. S. Vigodskiy o'yinni
bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o'zlashtirish vositasi sifatida
ta'riflaydi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

279

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Har qanday o'yin muayyan vazifalarni bajaradi:
-maftunkorlik;
-kommunikativlik;
-o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
-tashxis;
-o'yin ishtirokchilari o'rtasidagi muloqot;
-ijtimoiylashuvlik.
S. A. Shmakovning ta'kidlashicha, o'yinlar quyidagi asosiy xususiyatga ega:

Erkin rivojlantiruvchi faoliyat

-ya'ni bola o'yinni o'zi tanlaydi, unda faol

ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija emas, balki o'yin jarayoni
muhim ahamiyatga ega;

Ijodiy xarakter

- ya'ni o'yin jarayonida bolalar uchun ijod qilishga katta

imkoniyatlar mavjud;

Emotsional ta'sir

-bola o'yinda markaziy o'rin egallashni xohlaydi, g'olib

bo'lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshirishga yordam beradi;

Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagagik jarayonlarda oʻyinning tutgan oʻrni

alohida boʻlib, oʻyindan bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berishda keng
foydalaniladi. Zero:

Oʻyin bolalarning mustaqil faoliyati boʻlib, unda bolaning ruhiyati namoyon

boʻladi;

Oʻyin maktabgacha yoshdagi bolalar hayotini tashkil etish shaklidir;

Oʻyin bolalarni hart tomonlama tarbiyalash vositalaridan biridir;

Oʻyin bolalarga ta’lim tarbiya berishning metod va usulidir;

Oʻyin bolalarni jismoniy tomondan tarbiyalashda maktabgacha ta’lim muassasasi

ishida katta oʻrin egallaydi. Oʻyinga yosh organizmga xos boʻlgan talab va ehtiyojlar
qondiriladi, hayotiy faollik ortadi, birdamlik, tetiklik, quvnoqlik tarbiyalanadi. Shuning
uchun ham bolalarni jismoniy tarbiyalashda oʻyin munosib oʻrin egallaydi. Atoqli
pedagog va shifokor E. A. Arkin oʻyinni “ruhiy vitamin”, deb bekorga aytmagan.
Bolalarning toʻlaqonli jismoniy rivojlanishi va salomatligini mustahkamlash uchun
harakat faoliyatining turli shakllaridan foydalaniladi.

Oʻyin oʻz

mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta’sir koʻrsatish darajasi,

buyumlarning turlari hamda kelib chiqishiga koʻra ijodiy va qoidali oʻyinlarga
boʻlinadi.

Ijodiy oʻyinlar

–bolalarning mustaqil, ijodiy, oʻzlari oʻylab chiqqan oʻyin

majmuyidir. Bunda bolalar oʻz ta’surotlari, borliq hayotdagi tushunchalari va unga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

280

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

boʻlgan oʻz munosabatarini aks ettiradilar. Ijodiy oʻyinlar quyidagi turkumlarga
boʻlinadi:

- sujetli-rolli
- dramalashtirilgan ( saxnalashtirish) ;
- qurilish;
- tabiat materiallari bilan oʻynaladigan oʻyinlar.
Ijodiy oʻyinlar va ularga rahbarlik. Ijodiy oʻyinlar boshqa tur oʻyinlardan quyidagi

xususiyatlari bilan ajralib turadi.

1. Oʻyin mazmunining oʻziga xosligi.
2. Rollarning mavjudligi.
3. Xayoliy vaziyatning mavjudligi.
Oʻyin mazmunining oʻziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir.

Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni koʻrsatadiki, kattalarning ijtimoiy hayoti
oʻzining rang –barang koʻrinishlari bilan sujetli –roʻlli oʻyinlarning mazmuni boʻlib
xizmat qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan
faoliyat turi oʻyin ekanligini asoslab beradilar.

Ijtimoiy oʻyinlar sujetlari va mazmunining rang- barangligi, ularni tavsiflash

zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet oʻyin faoliyati tizimida asosiy kamponent sifatida
oʻz ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi.
Ijodiy oʻyinlarda xayoliy vaziyatning mavjud boʻlishi bolaning tafakkurini oʻstirib,
sujet va roʻlli oʻyinlar mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli – roʻlli oʻyinlarning
oʻziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi-bolalarning kattalar bilan
birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishdir.

Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, oʻyin mazmuniga qarab oʻzgarib boradi.

Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli
harakatlar boʻlsa, bola katta boʻlgan sari oʻyindagi kattalar harakatlarini va
munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab boʻlib xizmat qiladi. Shunga koʻra,
oʻyinlarni suyjeti, mazmuniga koʻra 3 guruhga boʻlish mumkin :

1.Maishiy oʻyinlar (oila, bolalar bog’chasi va boshqa voqelikni aks ettiradigan).
2.Mehnat mavzuyidagi oʻyinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, oʻz-

oʻziga xizmat va boshqa).

3. Ijtimoiy mavzudagi oʻyinlar.
Bolalar roʻllarni tanlab oʻynaydilar. Sujetli-rolli oʻyinlarda xatti –harakatlarni,

qoidalarga egallash asosida, roʻlda mujassamlashtirilgan axloqiy qoidalar ham
oʻzlashtiriladi. Oʻyinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulq- atvor me’yor
va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda oʻyin muomala
madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Maktabgacha yoshdagi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

281

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

bolalarni o‘yini xilma-xildir. Ularni o‘yin turlarini asosan quyidagi klassifikatsiya
qilish mumkin.

1) syujetli va rollarga boʻlib oʻynaladigan o‘yinlar;
2) Didaktik o‘yinlar;
3) Xarakatli yoki qoidali o‘yinlar;
4) Aralashtirilgan o‘yinlar;
5) qurish va yasash o‘yinlari. Syujetli va rollarga boʻlib oʻynaladigan bog’cha

yoshi bolalarni eng asosiy o‘yin formasidir. Maktabgacha yoshdagi bolalar kuprok
«bog’cha-bog’cha», «poezd-poezd» kabi kizikarli bulgan o‘yinlar oʻynaydi. Katta
yoshli bolalar hayotida harakatlar qatorida xilma-xil ijtimoiy munosabatlar, xatti-
harakatlar ham aks eta boshlaydi. Oʻyinlar mavzuyi doirasining kengayishi, ular
mazmunining teranlashuvi, oʻyin shakli va tuzulishining oʻzgarishiga olib keladi.

Qoidali oʻyin deb-

kattalar tomonidan yozilgan ma’lim bir qoida asosida tuzilgan

oʻyinlarga aytiladi. Qoidali oʻyinlarning aniq bir qoidasi boʻladi. Bu oʻyinlar
bolalarning yoshiga mos ravishda oʻtkaziladi.

Qoidali oʻyinlar:

-

Qoidali-harakatli;

-

Didaktik (Ta’limiy);

-

Musiqaviy oʻyinlarga boʻlinadi.

Qoidali-harakatli oʻyinlar kelib chiqishiga koʻra 2 boʻlinadi:

-

Mualliflik oʻyinlari.

-

Halq milliy oʻyinlari.

-Bu ikkala oʻyinning asosini yurish, yugurish, sakrash, chirmashib chiqish,
uloqtirish, emaklash kabi harakatlar tashkil qiladi. Qoidali- harakatli oʻyinlar
asosini bolalarning jismoniy rivojlanishiga qaratilgan harakatlar tizimi
egallaydi.

-

Har ikkala oʻyin turida ham asosiy mezon- oʻyin qoidasi hisoblanadi.

Mualliflik oʻyinlariga

: “Mushuk va sichqon”, Poyezd”, “ Qoch bolam qush

keldi”, “Ayyor tulki”, “Boʻri zovur ichida”, “Quyonim”, “Ovchilar”, “Oʻt
oʻchiruvchilar”, “Puffak” va boshqalar kiradi. Harakatli oʻyinlar bolalarning yoshiga
qarab oʻtkazilishi maqsadga muvofiqdir.

Ilk yoshli bolalarga oddiy va ular oson tushunadigan oʻyinlarni oʻynatish lozim.

Masalan: “Quyonim”, “Poyezd”, “Puffak”, “Chumchuqlar va avtomobil”, “Quyosh va
yomg’ir” va hakazo.

Kichik yosh guruhlarda esa: “Kim birinchi”, “Toʻpni irg’itish”, “Kim chaqqon”,

“Qushlar uchmoqda” va hakazo.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 1

282

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Oʻrta yosh guruhlarda: “Uchdi, uchdi”, “Qoch bolam qush keldi”, “G’ozlar-

g’ozlar”, “Tulki tovuqxonada”, “Xoʻrozlar” va hakazo.

Katta yosh guruhlarda: “Bekinmachoq”, “Jami”, “Lafta”, “Kim birinchi”,

“Ovchilar” va hakazo.

-Tayyorlov guruhlarida: “Chavandozlar”, “Koʻz bog’lag’ich”, “Doiraga tort”,

“Zag’izg’on”, “Tulki tovuqxonada”, “Xoʻrozlar jangi” va hakazo.

Xulosa qilib aytganda har bir bolaning o‘yin qoidasini anglashi va unga rioya

qilishda kattalarning rahbarligi katta ahamiyatga egadir. O‘yinlar orqali bolalarda
halollik, adolatlilik, do‘stlik, botirlik, o‘zini tuta bilish, qat’iyatlik kabi axloqiy sifatlar
tarbiyalanadi. O‘yin faoliyatida diqqatni, idrokni rivojlantirish, tafakkur, tushuncha va
mo‘ljal olishni aniqlashtirish uchun qulay sharoit yaratiladi, o‘yinlar ijodiy hayol,
xotira, topqirlik, fikr yuritish faolligini rivojlantirishga yordam beradi. Shunday qilib
harakatli o‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishiga yordam beradi.

Foydalangan adabiyotlar ro`yxati

1. Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom etirib, yangi
bosqichga ko’taramiz. “O’zbekiston”, 2016 b. 146 b

2. Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil

3.O’zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga
qo’yiladigan Davlat talablari”. Toshkent-2018 yil
4.O’zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” Davlat
o’quv dasturi. Toshkent-2018 yil

5.“Ilm yo’li” variativ dasturi. Toshkent. O`zRMTV 2019 yil.

6. O. Xasanboyeva. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent- 2011.

7

F.Qodirova, Sh Toshpolatova, N. Qayumova, M.Zununova “Maktabgacha
pedagogika”. Toshkent -2019

8 Abramova G.S. Rivojlanish psixologiyasi: Universitet talabalari uchun darslik. - M
.: Akademik 2010.

9. Mirzayev T., G‘afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. “Yangi asr
avlodi” nashriyoti. 2001.

References

Shavkat Mirziyoyev. Milliy taraqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom etirib, yangi bosqichga ko’taramiz. “O’zbekiston”, 2016 b. 146 b

Maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat standarti . 2020 yil

O’zbekiston Respublikasining “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari”. Toshkent-2018 yil

O’zbekiston Respublikasining Maktabgacha ta'lim vazirligining “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi. Toshkent-2018 yil

“Ilm yo’li” variativ dasturi. Toshkent. O`zRMTV 2019 yil.

O. Xasanboyeva. “Maktabgacha ta’lim pedagogikasi”. Toshkent- 2011.

F.Qodirova, Sh Toshpolatova, N. Qayumova, M.Zununova “Maktabgacha pedagogika”. Toshkent -2019

Abramova G.S. Rivojlanish psixologiyasi: Universitet talabalari uchun darslik. - M .: Akademik 2010.

Mirzayev T., G‘afurov Z. Tabiatni e’zozlash umumbashariy muammo. “Yangi asr avlodi” nashriyoti. 2001.