Authors

  • Mardonov Muhriddin
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo’nalishi talabalari
  • Abdusodiqov Javohir
    Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo’nalishi talabalari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.80101

Keywords:

Tarix fani va uning oldiga qo’yiladigan ta’lim – tarbiyaviy talablar zamonaviy tarix darslari zamonaviy talablar.

Abstract

Tarix o'qitishining tashkiliy shakllari ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Tarix darslari o'z ichiga bir nechta tashkiliy shakllarni oladi, jumladan, an'anaviy darslar, seminarlar, laboratoriya mashg'ulotlari, mustaqil ishlar va turli interaktiv metodlar. Har bir tashkiliy shaklning o'ziga xos xususiyatlari, maqsadlari va metodologiyasi mavjud bo'lib, ular o'quvchilarni tarixiy bilimlar bilan tanishtirish, tafakkurini rivojlantirish va tarixiy hodisalarni tahlil qilishda yordam beradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

18

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TARIX O’QITISHNING TASHKILIY SHAKLLARI. DARS, UNING

TURLARI VA TUZILISHI

Mardonov Muhriddin

Abdusodiqov Javohir

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tarix yo’nalishi talabalari

Annotatsiya:

Tarix o'qitishining tashkiliy shakllari ta'lim jarayonining

samaradorligini ta'minlashda muhim o'rin tutadi. Tarix darslari o'z ichiga bir nechta
tashkiliy shakllarni oladi, jumladan, an'anaviy darslar, seminarlar, laboratoriya
mashg'ulotlari, mustaqil ishlar va turli interaktiv metodlar. Har bir tashkiliy shaklning
o'ziga xos xususiyatlari, maqsadlari va metodologiyasi mavjud bo'lib, ular
o'quvchilarni tarixiy bilimlar bilan tanishtirish, tafakkurini rivojlantirish va tarixiy
hodisalarni tahlil qilishda yordam beradi.

Kalit so’zlar:

Tarix fani va uning oldiga qo’yiladigan ta’lim – tarbiyaviy

talablar, zamonaviy tarix darslari, zamonaviy talablar.

KIRISH

Tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim – tarbiya vazifalarini amalga oshirishning eng

muhim shartlaridan biri har bir sinfda o’qitiladigan tarix kursining tutgan o’rni, uning
ta'lim-tarbiyaviy vazifalari, har bir bo’lim va bo’limdagi mavzular, hatto har bir darsda
o’tiladigan mavzuning ham juz'iy vazifalari oldindan aniq belgilab olingandan
keyingina tarix o’qitishga kirishish maqsadga muvofiq bo’ladi. O’rta ta'lim va o’rta
maxsus ta'lim tizimida tarix o’qitishning maqsad va vazifalarini muvaffaqiyatli amalga
oshirish birinchi navbatda o’qituvchining har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini
oldindan aniq va to’g’ri belgilab ola bilishiga bog’liqdir. Bu ham, o’z navbatida,
o’qituvchining darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri belgilash metodi va usullari
haqidagi nazariy bilim va malakalarining darajasiga bog’liqdir. O’rta ta'lim va o’rta
maxsus ta'lim tizimida tarix kursi oldiga qo’yilgan ta'lim-tarbiya vazifalarini amalga
oshirishning eng muhim shartlaridan biri har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalarini,
shuningdek, uning boshqa darslar sistemasida to’tgan o’rnini aniq belgilash va shu
vazifalarni amalga oshirishdan iboratdir. Lekin har qanday tarbiyaviy vazifani ham, bir
yoki bir necha darsda yoki sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’tkaziladigan ayrim
tadbirlar vositasida batamom mukammal hal qilib bo’lmaydi.

ASOSIY QISM

Har bir tarix darsida va darsdan tashqari mashg’ulotlarda tarix o’qitish oldiga

qo’yilgan g’oyaviy va tarbiyaviy vazifalarning qandaydir bir elementi amalga


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

19

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

oshiriladi. Shuning uchun ham o’qituvchi har bir tarix darsiga tayyorlanishda bu dars
oldin o’tilgan darslarning davomi, bu darsda hal qilinishi kerak bo’lgan ta'lim-tarbiya
vazifalari esa oldingi yoki kelgusi darslarda bajariladigan ta'lim va tarbiya
vazifalarining ajralmas bir tarkibiy qismi ekanligini unutmasligi kerak. Ilmiy
dunyoqarashniig asosini tashkil etuvchi muhim tushunchalarni o’quvchilar astasekinlik
bilan, bir qancha darslar davomida o’zlashtirib boradi, yangi tushunchalar keyingi dars
materiallari asosida konkretlashib, yangi mazmun bilan boyiydi. Keyingi dars
o’quvchilarning avvalgi darslarda olgan bilimi, orttirgan malakalarini kengaytiradi,
ularda yangi tushunchalar hosil qiladi. O’quvchilar tarixiy protsesslarni keng va
chuqurroq tushunadigan bo’lib boradi. O’qituvchi har bir navbatdagi darsni
rejalashtirar ekan, butun tarix kursining bir qismi bo’lgan bu darsda ta'lim va tarbiya
vazifalarining qaysi bo’lagi yoki elementi qay darajada, qanday materiallar asosida va
qaysi tomonini hal qilishi, o’quvchilarni qanday umumiy xulosalarga olib kelishi,
qanday tarixiy tushunchalarni aniqlashi yoki kengaytirishi, qanday yangi g’oyalar
tushuntirilishi, ularni qay tarzda tanishtirishi kerakligini puxta o’ylab olishi zarur.
O’qituvchi butun tarix kursining ta'lim-tarbiya vazifalarini ayrim temalarning ta'lim-
tarbiya vazifalari bilan bog’lab rejalashtirmog’i kerak. Temalar bo’yicha rejalashtirish
temalarni o’qitishning metodik sistemasini ishlab chiqishga yordam beradi. Temalar
bo’yicha rejalashtirganda har bir temaning butun tarix kursida tutgan o’rni va roli
aniqlab olinadi. Har bir darsning ta'lim-tarbiya vazifalari o’z-o’zidan emas, balki
o’qituvchining ongli va planli ishi asosidagina muvaffaqiyatli amalga oshiriluvi
mumkin. Uqituvchi darsga tayyorlanayotganda o’quv programmasining hajmi va
mazmunini hisobga olib material tanlaydi, programma va darslik asosida dars planini
to’zadi, materialni joylashtiradi va uni bayon qilishda hujjat va boshqa ko’rsatmali
qurollardan foydalanish metodlarini belgilaydi. Ammo, bu ishlar o’qituvchi darsning
asosiy g’oyasini, undan ko’zlanayotgan ta'lim-tarbiya vazifalarini, darsda nimaga
erishish, o’quvchilarda qanday tasavvur va tushuncha xosil qilish kerakligini aniq va
to’g’ri hal qilgan taqdirdagina o’qituvchi ko’zlangan maqsadga erishishi mumkin.
Darsning bosh g’oyasi va uning tarbiyaviy vazifalari to’g’ri va aniq belgilanmay
o’tkazil-gan dars programmada ko’rsatilgan faktlarni tasodifan, shunchaki sanab
o’tishdan iborat bo’lib qoladi. Material tanlash va uni izchillik bilan joylashtirish,
darsda qo’llaniladigan butun didaktik usullar va metodik vosita-larning hammasi
darsning bosh g’oyasiga, uning ta'lim va tarbiya vazifalarini hal etish maqsadiga
bo’ysundirilishi kerak. Shuning uchun ham har bir darsning bosh g’oyasi va uning
ta'lim-tarbiya vazifalarini aniqlash o’qituvchining darsga tayyorlanishida eng muxim
bosqichni tashkil qiladi. Tarix darsiga tayyorlanishning bu muhim bosqichi eng mas'u-
liyatli bo’lishi bilan birga, ishning eng qiyin tomoni hamdir. Tarix darslarining bosh


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

20

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

g’oyasini, uning ta'lim-tarbiya vazi-falarini aniq belgilash, ayniqsa, yosh, tajribasiz
o’qituvchilar uchun qiyin ko’chadi. Ular ko’pincha darsning ta'limiy vazifalari bilan
tarbiyaviy vazifalarini aniq ajrata olmay, ularning birini ikkinchisi bilan aralashtirib
yuboradilar yoki konkret dars materialini, uning mazmunini xisobga olmay, tarbiyaviy
vazifalarni umumiy ravishda belgilash bilan cheklanib qo’ya qoladilar. Bunday
o’kituvchilardan ko’pincha, - shu darsingizda qanday muhim tarbiyaviy vazifalarni hal
qilishingiz kerak edi, - degan savolga,- o’quvchilarni milliy ruhda tarbiyalashni ko’zda
tutdim,— degan mazmundagi umumiy javob olinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tarix darslarining g’oyaviy mazmunini, uning ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini

belgilashda nimalarga e'tibor berish kerak? Avvalo shuni aytish kerakki, tarix
darslarining g’oyaviy mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalari tarix programmasida berilgan
material mazmuniga qarab belgilanadi. O’qituvchi darsda tarixiy voqealar va ayrim
faktlarni bayon qilar ekan o’quvchilar uchun ularni bilishning qanday ahamiyati
borligini jiddiy o’ylab ko’rishi, eng muxim va xarakterli tarixiy faktlarni ayniqsa
kengroq qilib gapirib va tahlil; qilib berishi, voqealarning mohiyati, uning
qonuniyatlari va tarixiy ahamiyatini ochib ko’rsatishi lozim. Tarix darslarining asosiy
mazmunini tashkil etuvchi tarixiy voqeaning mohiyatini, uni keltirib chiqargan
sabablarini, uning qonuniyatlari, ahamiyati va natijalarini chuqur o’rganish asosidagina
darsning g’oyaviy mazmunini, ta'lim-tarbiya vazifalarini to’g’ri va aniq belgilash
mumkin. O’qituvchi tarix darsining mazmuni, ta'lim-tarbiyaviy vazifalarini
belgilashda tarixiy asarlari va davlat hujjatlariga asoslanib ish ko’rishi kerak.
Davlatining hujjatlari tarix o’qitishning nazariy va metodologik asosini tashkil etadi.
Asarlar yuqoridagi namunalarda keltirilganidek, ba'zi mavzularnigina emas, balki
butun tarix kursining mazmuni, ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda o’qituvchi uchun
asosiy metodologik manba bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, darsda ulardan
foydalanish o’qitishning g’oyaviy, ilmiy-nazariy saviyasini oshirishga yordam beradi.
Mavzuni zamonaga bog’lab o’rganish uning mazmunini chuqurroq anglab olishga
yordam beradi, mavzuni o’rganishga ko’proq qiziqtiradi, uni aktuallashtiradi, darsning
ta'lim-tarbiyaviy ahamiyatini oshiradi. Tarixni hozirgi zamon bilan bog’lash uchun
avvalo, butun kishilik jamiyati tarixini ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va almashinib
turishi muqarrar ekanligi haqidagi bayon qilib. Tarix darslarining g’oyaviy mazmuni
ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda tarix o’quv dasturining uqtirish xati ham katta
ahamiyatga egadir. Bu xatda tarix kursining ta'lim-tarbiyadagi roli, vazifalari va
mazmuni aniq ko’rsatib berilgan. Shuning uchun ham har bir darsga tayyorlanishda
DTS va o’quv dasturining uqtirish xatidagi ko’rsatmalar nazarda tutiladi. Tarixdan
metodik qo’llanmalar hamda maxsus metodik adabiyotlar ham katta rol o’ynaydi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

21

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

O’qituvchi tarix darslarining ta'lim-tarbiya vazifalarini belgilashda albatta ulardan
foydalanishi kerak. To’g’ri, tarixning hamma bo’limlari bo’yicha ham darslarning
ta'lim-tarbiya vazifalarini aniq belgilab olishga yordam beruvchi ko’rsatmani topish
qiyin. Shuning uchun bu sohada har bir o’qituvchi shaxsan o’z tajribasi, ijodiga
tayanishi kerak bo’ladi. Darsga puxta tayyorgarlik ko’rish, uning ta'lim-tarbiya
vazifalarini to’g’ri va aniq belgilab uyg’unlashtirib olib borishning o’zi kifoya
qilmaydi. Muhitning metodik vosita darsda ta'limtarbiyani uyg’unlashtirib borishga
yordam beradigan metod va vositalardan to’g’ri, o’rinli foydalana bilishdir. Tarix
o’qitishda ta'lim bilan tarbiyani uyg’unlashtirib borishga yordam beradigan metod va
vositalar nimalardan iborat? Tarix bilimlarining tarbiyaviy ta'siri shu bilimlarning qay
daraja tarixiy faktlarga asoslanganligi va ularni darsda ishonchli hamda emotsional
tarzda ochib berilishiga bog’liqdir. O’quvchilar tarixiy faktlarning to’g’riligini
tushunib borishlari va faktlar asosida chiqarilgan xulosalar ular uchun ishonchli
bo’lmog’i lozim. Shuningdek, o’quvchilar bayon etilgan faktlarning shu jihatdan
to’g’riligiga komil ishonch hosil qilishlari ham zarur. Tarix o’qitishning muhim
vazifasi — tarixiy hodisalarga berilgan ilmiy baholarni va o’rganilayotgan material
yuzasidan chiqarilgan boshqa xulosalarni o’kuvchilarga ishonarli qilib tushuntirib
berishdan iboratdir. Ma'nosini yaxshi tushunmasdan yodlab olingan xulosalar
o’quvchilar uchun ishonarli bo’lmaydi, tafaqur bilan, emotsional kechinmalari
natijasida, tushunib, bi-lib olingan xulosalar ishonarli bo’ladi. Tarix ilmi
o’quvchilarning tarixiy faktlarga, xalqlarning faoliyatiga, ijtimoiy sinflarning
namoyandalariga, ijtimoiy ideologiya va shu kabilarga emotsional munosabatini
uyg’otadi. Tarixiy bilimlarni o’zlashtirishning emotsionalligi bilimlarning puxta
egallanishida, tarixga qiziqishni oshirishda, tarixiy faktlarni tahlil qilish va
umumlashtirishda, bu bilimni o’rganishda, umuman o’quvchilarning faolligini
kuchaytirishda muhim o’rin tutadi. O’qituvchi tarix fanining bugungi kun talablari va
o’rta ta'lim va o’rta maxsus ta'lim tizimida tarixi kursining maqsad, vazifalariga javob
beradigan eng muhim tarixiy faktlarni tanlay bilishi, ularni o’quvchilar ongiga jonli va
obrazli qilib yetkaza bilishi lozim. O’quvchilar ko’z o’ngida o’tmish va hozirgi zamon
voqealari to’g’risida jonli va yorqin tasavvur hosil qila bilish, ularda emotsiya uyg’o-
tish, ijtimoiy hayotning yaxlit manzarasini gavdalantirish, bi-limlarni ongli va puxta
o’zlashtirishning muhim shartlaridan-dir. Shunga erishish keraqi, har bir ayrim va hatto
qisqacha bayon qilingan tarixiy fakt, har bir geografik nom va shaxslar-ning faoliyati
ham konkret obrazlar yordamida o’rganiladigan bo’lsin. Obrazli tasvir, obrazli bayon
o’quvchilar bilimining il-miy va puxta bo’lish shartlaridan biridir.

XULOSA


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

22

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Shuni aloxida takidlab o’tish lozimki, tarix darsining mazmuni mustaqil

O’zbekiston Respublikasining yoshlar orasida olib boriladigan mafkuraviy ishlar
vaznfalariga mos kelishi, tarix o’rganishning turmush bilan aloqasini bog’langanligida,
O’zbekiston kelajagi buyuk davlat bo’lishini nazariy va amaliy ishlar bilan bog’lab olib
borishga yo’naltirilgan bo’lmog’i kerak. Tarix darslar o’quvchi yoshlarda shunday
qat'iy tushunchani mustahkam shakllantirmog’i kerakki, Birinchi Prezidentimiz
I.A.Karimovning O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi XV sessiyasida alohida
qayd etib o’tganidek, «Kelajak o’z — o’zidan kelmaydi. U bugungi mashaqqatli
mehnat bilan yaratiladi. Bugun yaratgan ishlarimiz kelajakka ham o’tadi. Agar bugun
shoshilib nimanidir unutsak, kelajak avlodlar o’sha narsadan mahrum bo’ladilar.
Jamiyat madaniyatsiz, ma'naviy – axloqiy qadriyatlarsiz yashay olmaydi. Ularni pisand
qilmagan jamiyat pirovardi – oqibatda tanazzulga yuz tutadi» degan konsepsiya bilan
yo’g’rilgan bo’lmog’i kerak. Tarix darslari samaradorligini oshirib borish uchun
o’qituvchi tarix fanining rivojlanib borishini doimiy ravishda kuzatib bormog’i lozim.
Ayniqsa, yuqori sinf o’quvchilarini tarixdan chop etilayotgan yangi asarlar mazmuni
bilan tanishtirib borishlari o’quvchi yoshlarda tarixni o’rganishga bo’lgan
qiziqishlarini yanada o’sishiga olib keladi.

FOYDANILGAN ADABIYOTLAR

1.Arxangelskiy N.P. svedeniya s sostoyanii izdaniy uchebnoy literaturo' v
Turkestanskoy ASSR dlya shkol uzbekskix, kazaxskiy, turkmenskix, uygurskix,
tadjikskix. T. 1992g.
2.Arxangelskiy N.P. ―Uchebnaya literatura‖ o’zbekskom yazike. Nauka i
prosveheniye. 1922.
3.Arxangelskiy N.P. O prepodavaniye istorii v Sredne - ubekskom shkole, T. 1922 god
Arxangelskiy N.P. Sredne-Aziatskiye voproso' geograficheskoy terminologii i
trnskripsii. T, 1935g.
4. I.Karimov. ―Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T.
―Sharq‖, 1997. 9 – bet.
5 O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonuni. Barkamol avlod –
O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. ―Sharq‖, 1997. 21 – bet.
6 Barkamol avlod orzusi. T. ―Sharq‖, 1992. 53 – bet. 7 I.Karimov. Tarixiy xotirasiz
kelajak yo’q. T. ―Sharq‖. 1998. 7 – bet.

References

Arxangelskiy N.P. svedeniya s sostoyanii izdaniy uchebnoy literaturo' v Turkestanskoy ASSR dlya shkol uzbekskix, kazaxskiy, turkmenskix, uygurskix, tadjikskix. T. 1992g.

Arxangelskiy N.P. ―Uchebnaya literatura‖ o’zbekskom yazike. Nauka i prosveheniye. 1922.

Arxangelskiy N.P. O prepodavaniye istorii v Sredne - ubekskom shkole, T. 1922 god Arxangelskiy N.P. Sredne-Aziatskiye voproso' geograficheskoy terminologii i trnskripsii. T, 1935g.

I.Karimov. ―Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori‖. T. ―Sharq‖, 1997. 9 – bet.

O’zbekiston Respublikasining ―Ta’lim to’g’risida‖gi Qonuni. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T. ―Sharq‖, 1997. 21 – bet.

Barkamol avlod orzusi. T. ―Sharq‖, 1992. 53 – bet. 7 I.Karimov. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. T. ―Sharq‖. 1998. 7 – bet.

Most read articles by the same author(s)