Authors

  • Meyliboyev G‘olib Botir o‘g‘li
    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.80110

Keywords:

Vatanparvarlik ona yurt jamiyat taraqqiyot shoir his-tuyg‘u kelajak kitob ma’naviy ong milliy yuksalish.

Abstract

Ushbu maqolada biz o‘zbek xalqining sevimli shoiri, otashqalb farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayot faoliyati, ijodi hamda bizlar uchun yod bo‘lib ketgan samimiy va sodda she’rlaridagi vatanparvarlik tuyg‘ularining uyg‘unligi haqida fikr yuritamiz.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

23

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATANPARVARLIK

TUYG‘ULARINING UYG‘UNLIGI

Meyliboyev G‘olib Botir o‘g‘li

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti

“Madaniyat va san’at sohasi menejmenti” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada biz o‘zbek xalqining sevimli shoiri, otashqalb

farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning hayot faoliyati, ijodi hamda
bizlar uchun yod bo‘lib ketgan samimiy va sodda she’rlaridagi vatanparvarlik
tuyg‘ularining uyg‘unligi haqida fikr yuritamiz.

Kalit so‘zlar:

Vatanparvarlik, ona yurt, jamiyat, taraqqiyot, shoir, his-tuyg‘u,

kelajak, kitob, ma’naviy ong, milliy yuksalish.

Annotation:

In this article, we will reflect on the life activity, creativity of

Muhammad Yusuf, the favorite poet of the Uzbek people, the son of a firebrand, the
national poet of Uzbekistan, and the harmony of patriotic feelings in his sincere and
simple poems that have become a memory for us. .

Keywords:

Patriotism, motherland, society, development, poet, emotion, future,

book, spiritual consciousness, national rise.

Vatanparvarlik – bu kishilarning oʻz ona yurtiga muhabbati va sadoqatini

ifodalaydigan tushuncha. Vatanparvarlik barcha kishilar,

xalq

,

millatlar

uchun umumiy

boʻlgan, asrlar davomida sayqallanib kelgan umuminsoniy tuygʻu, maʼnaviy
qadriyatlardan biri. Tarixiy jihatdan Vatanparvarlik kishilarning oʻz

vatanlari

taqdiri

bilan bogʻliq ijtimoiy rivojlanish, xalqlarning oʻzlari yashayotgan hududning
daxlsizligi va mustaqilligi yoʻlidagi kurashi jarayonida takomillashib kelgan his-
tuygʻular jamlanmasi hamdir. Bu vatanning oʻtmishi va hoziri bilan faxrlanishda, uning
manfaatlarini himoya qilishda namoyon boʻladi. Vatanni sevish iymondandir deb ham
bejizga aytishmagan. Vatanparvar inson, o‘zi tug‘ilib o‘sgan joyni ko‘z qorachig‘idek
asrab-avaylaydi, uning rivojlanishi uchun harakat qiladi, vatanini hech narsaga
almashmaydi, vatan madhini doimo birinchi o‘ringa qo‘yadi, vatan uchun hattoki
jonini ham fido qiladi. Bunday vatanparvar insonlar bizning yurtimizda juda ko‘p.
Shuning uchun ham biz ushbu maqolamizda, vatanparvar inson, otashqalb shoir, sodda,
samimiy va kamtorona she’rlari bilan xalqimizning ko‘nglidan joy olgan, xalqimizning
sevimli farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf haqida gaplashamiz.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

24

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat

tumanidagi Qovunchi qishlog‘ida dehqon oilasida tug‘ilgan. O‘rta maktabni tugatgach,
Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o‘qib, uni 1978-yilda bitirdi. Shoir 1978-
1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda “Toshkent
oqshomi” gazetasida, 1986-1992 yillarda G‘. G‘ulom nomidagi Adabiyot va san’at
nashriyotida, 1992-1995 yillarda “O‘zbekiston ovozi” gazetasida, O‘zbekiston
Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish
akademiyasida o‘qidi. 1997 yildan boshlab O‘zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi
o‘rinbosari lavozimida ishladi. Hammamizga ma’lumki, Muhammad Yusuf
O‘zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998-yil) hisoblanadi. Uning millat va yurt
istiqloli sharafiga bitgan go‘zal she’rlari o‘zining samimiyligi, soddaligi, badiiy
mukammalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “Vatanim”, “Xalq
bo‘l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O‘zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o‘nlab
she’rlari chinakam she’riyat yurtni qanday kuylamog‘i lozimligini isbotlagan asarlar
bo‘lib qoldi.

Muhammad Yusufning vatanparvarlik tuyg‘ulari shoirning she’riyatida o‘ziga xos

tarzda ifodalanadi. U vatanini sevishni, uni himoya qilishni, o‘z xalqining boy tarixini
va madaniyatini yuksaltirishni she’riy obrazlar orqali keng yoritadi. She’rlarda milliy
mustaqillik, xalqning erkinligi, vatanni himoya qilish va uning taraqqiyotiga hissa
qo‘shish kabi mavzularni tilga oladi.

Shoirimizning ko‘plab she’rlarida vatanparvarlik ruhi mavj urib turadi. Misol

uchun hammamiz yoddan biladigan, musiqasini eshitsak jo‘r bo‘lib kuylaydigan
“Vatanim” she’rini olsak.

Men dunyoni nima qildim,

О‘zing yorug‘ jahonim,

О‘zim xoqon,

О‘zim sulton,

Sen taxti Sulaymonim,

Yolg‘izim,

Yagonam deymi,

Topingan koshonam deymi,

О‘zing mening ulug‘lardan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

25

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ulug‘imsan, Vatanim…

Shoirimizning ushbu she’ridagi, bu misralarda o‘zbek xalqining necha ming

yilliki tarixi, o‘tmishi aytib o‘tilgan. О‘zim xoqon, О‘zim sulton, degan so‘zlar bizga
Buxoro xonligi, Buxoro amirligi, Xiva va Qo‘qon xonligi eslatadi, albatta. XVI-XIX
asrlardagi ushbu davlatlarning yuksalishi, rivojlanishi, adabiyoti, san’at va madaniyati,
olim-u fuzalolari hamda davlatlarning o‘zaro a’loqalarini, yuqoridagi jumlalar orqali
anglab yetishimiz mumkin.

Shodon kunim gul otgan sen,

Chechak otgan izimga,

Nolon kunim yupatgan sen,

Yuzing bosib yuzimga.

Singlim deymi,

Onam deymi,

Hamdardu hamxonam deymi,

Oftobdan ham о‘zing mehri —

Ilig‘imsan, Vatanim.

Muhammad Yusufning “Vatanim” she’ridagi bu misrasida esa mutlaqo boshqa

hodisaga duch kelamiz. Shoirning ona yurtdan tuygan mehri xuddi singilning, onaning
mehridek iliq ekanligini, u bir aka bo‘lib, bir o‘g‘il bo‘lib bu mehrga javob berishini
hohlaydi. Yaxshi va yomon kunida ham shu vatanining quyoshi uning uchun kuch-
qudrat, mehr ekanligi desak yangilishmagan bo‘lamiz.

Sen Mashrabsan,

Xalqda tumor,

Balxda dorga osilgan,

Navoiysan, shoh yonida

Faqirni duo qilgan.

Yassaviysan, meniki deb,

Kо‘ringan da’vo qilgan,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

26

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ming bir yog‘i ochilmagan

Qо‘rig‘imsan, Vatanim.

Bu misrada nomlari marjondek terilgan buyuk bobolarimizni bilmagan

yurtdoshlarimiz bo‘lmasa kerak. Chunki bu shaxslar vatani va xalqining taqdiri hamda
rivojlanishi uchun, hamma narsaga tayyor zotlar edi. Shuning uchun yuqoridagi
misralarning har biriga to‘xtalib o‘tsak! Misol uchun, “Sen Mashrabsan, Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan”, Mashrab bobomiz o‘z vatanida haqgo‘y, isyonkor shoir,
qalandar sifatida mashhur bo‘lgan. Mashrabning biror shahar-qishloqqa kelishi izsiz
o‘tmagan, ma’lum shov-shuvlarga sabab bo‘lgan. Mashrab turli marakalarda, xalq
orasida mutaassib ruhoniylarni, zulmkor hokim-amaldorlarni achchiq kinoya va nafrat
bilan tanqid qilgan. Oddiy xalq samimiyat va xursandchilik bilan, hokim, amaldorlar,
riyokor ruhoniylar esa hadiksirab, dushman ko‘zi bilan sovuq qarshi olgan. Shoir
qoʻnimsiz hayotining soʻnggi manzili Balxda ham hokim tabaqa va mutaassib shayx-
mullalar Mashrabni jisman yoʻqotish payiga tushadilar. Shu teskarichi guruhlarning
rasmiy fatvosi va

Mahmudbiy

qatagʻonning hukmi bilan Balxda dorga osiladi.

Yassaviy bobomizning “

Devoni hikmat” nomli asarlarida ilohiy ishq va oshiqlik,

maʼrifat va oriflik saodati, fanodan baqoga yetishish, ona yurtni doimo e’zozlash,
adolatli hayot kechirish, vijdonni pok saqlash tushunchalari nihoyatda samimiy va
taʼsirli ohanglarda yoritib berilgan.

“Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan”. Haqiqatdan ham hazrat Navoiy

Husayn Boyqaro davlatining bosh vaziri bo‘lgan paytda xalqning ahvoli juda
yaxshilangan, xalqqa qo‘lidan kelgunlaricha yordam berib, tinchlikni doimiy hukm
surishi uchun harakat qilganlar.

Muhammad Yusufning “Iqror” she’ridagi 3-misrani olaylik. Ya’ni:

Kо‘rdim suluvlarning eng faranglarin,

Yo xudbinman yo bir sodda kasman men:

Parijning eng gо‘zal restoranlarin,

Bitta tandiringga alishmasman men.

Ushbu misrada shoirning ya’na bir bor yurtini hech narsaga alishmasligini guvohi

bo‘lamiz. Chunki, go‘zal yurtlrni, dunyo tanigan restoranlarni bitta tandirimga
alishmayman deb, shoirimiz baralla aytmoqda. Shoirimizdagi vatanparlik tuyg‘usi juda


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

27

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

kuchlidir. Bu tuyg‘uni Muhammad Yusufning “O‘zbekiston” she’ri orqali ham
bilishimiz mumkin.

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har oʻgʻloningga.
Gulday oʻpib asragaymiz ostonangni
Yovlar yaqin yoʻl olmagay qoʻrgʻoningga.

Shoirimiz o‘zbek xalqining har bir o‘g‘loni yurt uchun, vatanning ravnaqi uchun

hamma narsaga tayyor ekanligini, har biri alpomishdek mard-jasurligini ta’kidlaydi.

Darhaqiqat, yurtning o‘g‘lon va yigitlari, millatning tayanchi, himoyachisi hisoblanadi.
Vatanni chin dildan sevadigan, ardoqlaydigan, yuragida Vatanga bo‘lgan muhabbat
hissi jo‘sh urib turadigan yigitlargina Vatanning haqiqiy himoyachisi degan sharafli
nomga munosibdir. Ular o‘z yurti oldidagi yigitlik burchini o‘tash uchun sidqidildan
xizmat qiladilar, vatanning bir qarich tuprog‘ini ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylab,
yurtning bayrog‘ini ko‘klarda hilpiratishadi.

Xulosa qilib, aytadigan bo‘lsak Muhammad Yusufning har bir she’ri va asarlari

biz uchun juda katta tajriba maktabidir. Muhammad Yusufning she’rlari vatanparvarlik
tuyg‘ulari bilan to‘la. Uning asarlarida vatanni sevish, xalqni qadrlash va milliy
o‘zlikni anglash kabi mavzular ustuvor o‘rin tutadi. She’rlarda bu tuyg‘ular
uyg‘unlikda birlashib, o‘zbek xalqining tarixiy va madaniy merosini hurmat qilishga,
mustaqillik va erkinlikni qadrlashga chaqiradi. Chunki shoirimizning har bir misrasida
yurt ravnaqi, o‘tmishi, tarixi, xalqlarning do‘stligi, odamlar orasidagi mehr-muhabbati,
yoshlarimizning ilmga, kelajakka intilishi aks etgan. Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoyev 2019-yil may oyida Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi
maktab-internatga tashriflari chog‘ida, ijod maktabidagi yoshlar bilan muloqotlarida,
davlatimiz rahbari “Muhammad Yusuf xalqimiz sevgan samimiy shoir, vatanparvar
inson edi. Sizlar uning munosib davomchilari bо‘lishingiz kerak. Buning uchun bir
daqiqayam vaqtlaringizni bexuda о‘tkazmay, kо‘proq о‘qib, tarixga uyg‘oq boqib
kamolga yetishlaringiz zarur. Eng katta boylik – ma’naviy boylikdir” – deb
ta’kidlaydilar. Biz ham Yangi O‘zbekistonimizning kelajagi va doimiy rivojlanib
taraqqiy etishi uchun vatanimizni sevib, har doim ilm egallab, yangilik sari olg‘a
intilishimiz zarur.

O, ota makonim,

Onajon о‘lkam,

О‘zbekiston, jonim tо‘shay soyangga.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

28

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Senday mehribon yо‘q,

Seningdek kо‘rkam,

Rimni alishmasman bedapoyangga.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

S. Olim, S. Ahmedov, R. Qo‘chqorov. Adabiyot darslik 8-sinf. II-qism.

G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent. 2014-yil.

2.

O‘sha manba. (1-adabiyot).

3.

Muhammad Yusuf “Ulugimsan vatanim” she’riy to‘plami. Toshkent.

2000-yil.

4.

Muhammad Yusuf “Saylanma” she’riy to‘plami. Toshkent. 2019-yil.

5.

Muhammad Yusuf “Ulugimsan vatanim” she'riy tuplami. Toshkent – 2000

y.

6.

Muhammad Yusuf “Saylanma” she'riy tuplami. 2014.

7.

Muhammad Yusuf “Shoir sevgisi” she'riy tuplami. 2014.

8.

Rahimov Erkin. “MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN

TASVIRI”. Oriental renaissance: Innovative, educational natural and social sciences
3.6 (2023): 230-238.

9.

Маруфова, З. "ШАРҚОНА ГЎЗАЛЛИК ТАСВИРИДА ЎСИМЛИК

НОМЛАРИНИНГ РОЛИ." Экономика и социум 11 (78) (2020): 877-880.

10.

Маруфова, Зулфия Набиевна. "КРАСОТА И ЕЕ ВЫРАЖЕНИЕ В

ХУДОЖЕСТВЕННОМ

ТЕКСТЕ."

КУЛЬТУРОЛОГИЯ,

ФИЛОЛОГИЯ,

ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОЙ
НАУКИ. 2021.

11.

Маруфова,

Зулфия

Набиевна.

"МУҲАММАД

ЮСУФ

ШЕЪРЛАРИДА

ҚЎЛЛАНИЛГАН

ФИТОМОРФИК

БИРЛИКЛАРНИНГ

ЛИНГВОПОЭТИК ХУСУСИЯТЛАРИ." Science and innovation 3.Special Issue 36
(2024): 315-319.

12.

Marufova, Zulfiya. "O ‘zbek mumtoz she’riyatida zoonimlar vositasida go

‘zallik ifodalash." Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences 1.3 (2021): 307-311.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

29

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

13.

Marufova, Zulfiya. "LINGUISTIC AND CULTURAL MEANS OF

REALIZING THE CONCEPT OF “BEAUTY” IN CLASSIC ARTISTIC TEXTS."
International Journal Of Literature And Languages 2.10 (2022): 05-13.

14.

Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE

AND ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

15.

Baxtiyor, Samiyev. "THEORETICAL ANALYSIS OF THE CURRENT

ACTIVITY OF CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." International
Multidisciplinary Journal for Research & Development 11.05 (2024).

16.

Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov.

"YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA
AXLOQIY O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.

17.

Alimasov, Viktor, and Sаmiyev Bаxtiyor Norbobo о‘g‘li. "MADANIYAT

VA

SAN’AT

SOHASIDA

KADRLAR

VA

MUTAXASSISLAR

MIGRATSIYASI."

Journal of universal science research

3.3 (2025): 31-35.

18.

ugli Samiyev, Bakhtiyar Norbobo. "YUSUF XOS HOJIBNING

BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY O ‘GITLARI."

References

S. Olim, S. Ahmedov, R. Qo‘chqorov. Adabiyot darslik 8-sinf. II-qism. G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent. 2014-yil.

O‘sha manba. (1-adabiyot).

Muhammad Yusuf “Ulugimsan vatanim” she’riy to‘plami. Toshkent. 2000-yil.

Muhammad Yusuf “Saylanma” she’riy to‘plami. Toshkent. 2019-yil.

Muhammad Yusuf “Ulugimsan vatanim” she'riy tuplami. Toshkent – 2000 y.

Muhammad Yusuf “Saylanma” she'riy tuplami. 2014.

Muhammad Yusuf “Shoir sevgisi” she'riy tuplami. 2014.

Rahimov Erkin. “MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN TASVIRI”. Oriental renaissance: Innovative, educational natural and social sciences 3.6 (2023): 230-238.

Маруфова, З. "ШАРҚОНА ГЎЗАЛЛИК ТАСВИРИДА ЎСИМЛИК НОМЛАРИНИНГ РОЛИ." Экономика и социум 11 (78) (2020): 877-880.

Маруфова, Зулфия Набиевна. "КРАСОТА И ЕЕ ВЫРАЖЕНИЕ В ХУДОЖЕСТВЕННОМ ТЕКСТЕ." КУЛЬТУРОЛОГИЯ, ФИЛОЛОГИЯ, ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ: АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ. 2021.

Маруфова, Зулфия Набиевна. "МУҲАММАД ЮСУФ ШЕЪРЛАРИДА ҚЎЛЛАНИЛГАН ФИТОМОРФИК БИРЛИКЛАРНИНГ ЛИНГВОПОЭТИК ХУСУСИЯТЛАРИ." Science and innovation 3.Special Issue 36 (2024): 315-319.

Marufova, Zulfiya. "O ‘zbek mumtoz she’riyatida zoonimlar vositasida go ‘zallik ifodalash." Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 1.3 (2021): 307-311.

Marufova, Zulfiya. "LINGUISTIC AND CULTURAL MEANS OF REALIZING THE CONCEPT OF “BEAUTY” IN CLASSIC ARTISTIC TEXTS." International Journal Of Literature And Languages 2.10 (2022): 05-13.

Samiyev, Baxtiyor. "INNOVATIVE DEVELOPMENT OF CULTURE AND ART." Multidisciplinary Journal of Science and Technology 4.5 (2024): 522-525.

Baxtiyor, Samiyev. "THEORETICAL ANALYSIS OF THE CURRENT ACTIVITY OF CULTURAL CENTERS IN UZBEKISTAN." International Multidisciplinary Journal for Research & Development 11.05 (2024).

Samiyev, Baxtiyor Norbobo O‘G‘Li, and Mo‘Minmirzo Xolmo‘Minov. "YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY O ‘GITLARI." Oriental Art and Culture 4.2 (2023): 359-364.

Alimasov, Viktor, and Sаmiyev Bаxtiyor Norbobo о‘g‘li. "MADANIYAT VA SAN’AT SOHASIDA KADRLAR VA MUTAXASSISLAR MIGRATSIYASI." Journal of universal science research 3.3 (2025): 31-35.

ugli Samiyev, Bakhtiyar Norbobo. "YUSUF XOS HOJIBNING BOSHQARUVGA DOIR QARASHLARI VA AXLOQIY O ‘GITLARI."