Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
62
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
XALQ OG`ZAKI IJODIDA VATANPARVARLIK TUSHUNCHASI
Axmadaliev Elmurod Raxmatovich
Buxoro innovatsiyalar universiteti .
70110103- Taʼlim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi 2-bosqich magistri
Аннотатсия
: Yosh xususiyatlariga ko‘ra, kichik yoshdagi o‘quvchilar hikoya,
ertak, maqol, rivoyat, doston, she’r, qo‘shiq va masallarni yaxshi qabul qiladi.
Калит сузлар
: Xalq og‘zaki ijodi, hikoya, ertak, maqol, rivoyat, doston, she’r,
qo‘shiq
Xalq og‘zaki ijodining qo‘shiq janri tugal fikr badiiy ifodalangan, el orasida
keng tarqalgan va barcha kishilar tomonidan kuylanishi mumkin bo‘lgan mustaqil
to‘rtlikdir.Inson hayotini qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qo‘shiqlar faqat to‘yda
va bayram tantanalaridagina emas, balki insonning hayot yo‘lida suyanchig‘i va
doimiy hamrohidir. Ularda xalqning bitmas-tuganmas kuch-qudrati kuylanadi, vatan
taqdiri uchun jangovar kurashchi, sadoqatli do‘st, mehnatsevar va tajribali inson
obrazlari gavdalanadi.
O‘zbek xalq qo‘shiqlari orasida shundaylari ham uchraydiki, ularda so‘z olamni
tasvirlashdan boshlanib, odam orqali yana tabiatning boshqa ob’ektlariga o‘tiladi,
insonning chuqur hissiyotini bayon etishda olam va uning konkret hodisalariga
suyaniladi. Jumladan, “Boychechak”, “Chittigul” kabi aksariyat o‘zbek bolalar
qo‘shiqlarida tabiatning go‘zalligi insonning ichki hissiyoti, quvnoq kayfiyati bilan
uyg‘un, ajoyib bir reallikda tasvir etilgandir. O‘zbek bolalar qo‘shiqlarida murg‘ak
qalblarning tabiat va jamiyat oldidagi mas’uliyati uning vatanparvarlikva iftixor
tuyg‘ulari bilan hamohang tilga olinadi. Bunday qo‘shiqlarni o‘qigan yoki yod olgan
o‘quvchi badiiy matndagi o‘ynoqi musiqiy ohang tufayli tug‘ilgan kuchli hissiyot
vositasida undagi mazmunni chuqur idrok etadi. Xalq og‘zaki ijodi namunalari aynan
shu jihatdan yosh bo‘g‘inlarni har tomonlama barkamol insonlar qilib tarbiyalashda
muhim vosita bo‘la oladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
63
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘quvchilarda vatanparvarlikva iftixorni tarbiyalashda xalq qo‘shiqlari
yaxshilik, do‘stlik, qardoshlik va tinchlik elchisi, hur, ozod Vatan, obod el jarchisi
hamda insonlarda o‘z eliga, qutlug‘ eriga muhabbat, ona zaminga sadoqat, ajdodlarga
hurmat, e’tiqod tuyg‘ularini singdiruvchi muhim vositadir.
Xalq qo‘shiqlarining o‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirishi
haqida olib borgan tadqiqotida M.Ismoilova shunday yozadi: “Xalq qo‘shiqlari
bolalarda eng yaxshi insoniy fazilatlar: vatanparvarlik, mehnatga muhabbat, odamlarga
ishonch, do‘stlarga sadoqat tuyg‘ulari va o‘z-o‘ziga talabchanligini shakllantiradi.
Xalq qo‘shiqlari o‘quvchilar uchun ilk tarbiya darsligi, ma’naviy-axloqiy boyliklarning
bitmas-tuganmas xazinasidir”.
Vatanparvarlik ona suti, ota namunasi, avlod-ajdodlarning irsiy xususiyatlari,
axloq-odob mezonlari orqali farzandlar ongiga singdiriladi. Ona allasi faqat
go‘daklarning orom olishi uchun aytilmaydi. Allalar vositasida bolalar ko‘ngil dunyosi
milliy ma’naviy qadriyatlar bilan to‘yintiriladi. Vatanga mehr-muhabbati avlod-
ajdodlarga chin vorislik bilan bog‘liq nasliy tuyg‘ular, baxt-saodat bilan yo‘g‘rilgan
porloq istiqbol orzusi allalarda o‘zining yuksak ifodasini topgandir.
Farzandlar onalarning uzun tunlar aytgan allalari, rivoyat-ertaklari bilan birga
buva-buvilarining o‘gitlari, pand-nasihatlari asosida hayotga nazar tashlaydi. Yosh
xususiyatlariga ko‘ra, kichik yoshdagi o‘quvchilar hikoya, ertak, maqol, rivoyat,
doston, she’r, qo‘shiq va masallarni yaxshi qabul qiladi. Allalarning mantiqiy davomi
bo‘lgan badiiy asarlar mutolaasi tufayli ularning fikri o‘sadi, dunyoqarashi kengayadi,
hayotda nima yaxshi-yu nima yomonligi xususida dastlabki xulosalari shakllanadi.
Psixologlarning ta’kidlashicha, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilish faoliyati
beixtiyor sodir bo‘lish xarakteriga ega bo‘ladi va bu bilim olish chegarasini
kengaytirishga keng imkoniyatlar ochib beradi.
O‘zbek xalq qo‘shiqlarining vatanparvarlik tarbiyasi bilan bog‘liq janrlaridan
biri termalardir.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
64
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Xalq og‘zaki ijodining mustaqil janri bo‘lgan termalarning yaratilishida
baxshilarning roli nihoyatda kattadir. Og‘zaki ijodning bu xildagi namunalari: pand-
nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan, ijtimoiy hayotdagi turli hodisalar,
shaxs va jonivorlarning ta’rifi yoki tanqidiga bag‘ishlangan termalar o‘quvchilarni
hayotga tiyrak ko‘z bilan qarash, rostgo‘ylik, halollik, insof va diyonat, mardlik,
mehnatga muhabbat, vatanparvarlik, kattaga hurmat, kichikka izzat, ishonch va
sadoqat ruhida tarbiyalashga yaqindan yordam beradi.
“Bolalar o‘yinlarida, – deb yozadi Qirg‘iz-o‘zbek universiteti o‘qituvchisi
M.Qodirova, – kattalar foydalanadigan mehnat qurollarining kichkina nusxalari,
chorvadorlar, dehqonlar, hunarmandlar, ovchilar va boshqalarning mehnati
jarayonlariga taqlid qilish katta o‘rin tutadi va bu hol ularni mehnatga psixologik
hamda amaliy jihatdan tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi ... Bolalar o‘yinlarining
barchasi, ba’zan yuqori pardada, ba’zan xirgoyi qilgan holda qo‘shiq aytib turib
bajarilgan. SHuning uchun ularga o‘ziga xos sinkretik asar sifatida qarash lozim”
O‘zbek xalq og‘zaki ijodining qadimiy ommaviy janrlaridan biri bo‘lgan
maqollar ham xalqning asrlar davomida boshdan kechirgan hayotiy tajribalarida
sinovlardan o‘tib sayqal topgan bo‘lib, ifodaning g‘oyat qisqa va lo‘ndaligi bilan ajralib
turadi. Qat’iy hukm-xulosa tarzida aytiladigan folklorning bu xildagi namunalarida
avlod-ajdodlarimizning dunyoqarashi, jamiyatga bo‘lgan munosabati va axloqiy hayot
normasi o‘z ifodasini topadi. Xalqimizning ma’naviy-maishiy qiyofasi, ijtimoiy-
siyosiy, axloqiy-estetik qarashlari o‘zbek folklorining keng tarqalgan va yirik
janrlaridan biri bo‘lgan dostonlarda asar qahramonlarining adolat va haqqoniyat,
ozodlik va tenglik, vatan ozodligi va yurt farovonligi yo‘lida ko‘rsatgan jasorati bilan
chambarchas bog‘liqdir. Doston qahramonlarining mardonavor kurash yo‘li mazkur
asarlarning mavzu doirasi, g‘oyaviy mazmuni, obrazlar tizimi, syujet va
kompozitsiyasi mohiyatini belgilaydi. Xalq og‘zaki ijodi asarlari o‘zining hayotiyligi,
ijtimoiy tabiati, g‘oyaviy mohiyati hamda o‘ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib
turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush tarzi, yashash sharoiti, orzu-istagi, kurash
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
65
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
va g‘alabalari, milliy g‘ururi bu xildagi asarlarning mavzusi va g‘oyaviy mazmunida
o‘zining chuqur aksini topadi.
Xalq og‘zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida xalqning ko‘plab
iqtidorli yaratuvchi-ijrochilari tomonidan nihoyatda pardozlangani, tildan-tilga
ko‘chib, sayqal topgani bois yuksak san’at namunasi darajasiga ko‘tarilgandir. SHunga
ko‘ra, yosh avlodning estetik sezgilari rivojida, go‘zallikni, badiiy so‘z qadri va
qimmatini, ona tili boyliklarini his qilishlarida – nutq va xotira tarbiyasida, o‘zligini
anglashida, chunonchi, vatanparvarliktarbiyasida folklorning roli beqiyos kattadir.
Xalq og‘zaki ijodining qo‘shiq janri tugal fikr badiiy ifodalangan, el orasida
keng tarqalgan va barcha kishilar tomonidan kuylanishi mumkin bo‘lgan mustaqil
to‘rtlikdir.Inson hayotini qo‘shiqsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Qo‘shiqlar faqat to‘yda
va bayram tantanalaridagina emas, balki insonning hayot yo‘lida suyanchig‘i va
doimiy hamrohidir. Ularda xalqning bitmas-tuganmas kuch-qudrati kuylanadi, vatan
taqdiri uchun jangovar kurashchi, sadoqatli do‘st, mehnatsevar va tajribali inson
obrazlari gavdalanadi.
“Qo‘shiq” termini XI asrda yozilgan, ilmiy adabiyotlarning bizgacha etib kelgan
eng qadimiysi hisoblangan Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk» asarida
ilk bor “koshug” shaklida berilgan va uning izohi “she’r”, “qasida” deb ko‘rsatilgan.
SHuningdek,“qo‘shiq” so‘zini YUsuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” dostoni,
Mahmud Zamaxshariyning “Muqaddimatul-adab” lug‘atida ham xuddi shu ma’nolarda
uchratamiz. Xususan, Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” va Zahiriddin
Muhammad Boburning “Risolai aruz” asarlarida qo‘shiq so‘zi “surud”, “ayolg‘u”,
“lahn”, “turkiy tarona”, “ashulam, “o‘lan”, “chipga” (chinka) nomi bilan ham
tarqalganligi qayd qilinadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Alqarov I., Mamatqulova R., Norqulov H. SHaxs va oila tarbiyasining
pedagogikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2009. –220b.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
66
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
2.
Aliev A. Ma’naviyat, qadriyat va badiyat (Vatan fidoyilari). – Toshkent:
Akademiya, 2000. –630b.
3.
Akramova G.R. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tolerantlik tushunchalarini
shakllantirishning didaktik asoslari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent, 2007. –158b.
4. Asqarova O‘.Mehribonlik uylari o‘smirlarida vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning
pedagogik xususiyatlari. Ped.fan.nom. ... diss. – Toshkent,2001. –112b.
5.Atadjanova SH.A. Oilada o‘spirin yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda
milliy qadriyatlardan foydalanishning pedagogik asoslari: Ped.fan.nom. ... diss. avtoref. –
Toshkent,2001. – 19b.
