Authors

  • Ziyoviddinova Pokiza Sadriddin qizi
    Navoiy davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.80128

Keywords:

Ta’lim muassasasi rahbar xodim ijtimoiy kompetensiya boshqaruv kommunikatsiya empatiya psixologik muhit zamonaviy yondashuv trening xalqaro tajriba.

Abstract

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqaruvida rahbar xodimlarning ijtimoiy kompetensiyasining tutgan o‘rni, uning boshqaruv samaradorligiga ta’siri hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati chuqur tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari asrida rahbar shaxsining faqatgina boshqaruv mahorati emas, balki kuchli ijtimoiy, kommunikativ, empatik, madaniy va axloqiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi zaruriy talablardan biri sifatida ko‘rilmoqda.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

110

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

TA’LIM MUASSASALARI BOSHQARUVIDA IJTIMOIY

KOMPETENSIYANING ROLI: ZAMONAVIY YONDASHUVLAR

Ziyoviddinova Pokiza Sadriddin qizi

Navoiy davlat universiteti magistranti

ziyoviddinovap@gmail.com

Annotatsiya:

Mazkur maqolada umumiy o‘rta ta’lim muassasalari

boshqaruvida rahbar xodimlarning ijtimoiy kompetensiyasining tutgan o‘rni, uning
boshqaruv samaradorligiga ta’siri hamda zamonaviy ta’lim tizimidagi ahamiyati
chuqur tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv va axborot texnologiyalari asrida rahbar
shaxsining faqatgina boshqaruv mahorati emas, balki kuchli ijtimoiy, kommunikativ,
empatik, madaniy va axloqiy kompetensiyalarga ega bo‘lishi zaruriy talablardan biri
sifatida ko‘rilmoqda. Tadqiqotda rahbarning jamoa bilan samarali muloqot yuritish
ko‘nikmalari, ijtimoiy vaziyatlarni anglash va konstruktiv hal qilishdagi roli,
shuningdek, pedagogik jamoaning ruhiy-psixologik muhitini shakllantirishdagi
ijtimoiy kompetensiyaning amaliy o‘rni yoritilgan. Shuningdek, maqolada xorijiy
davlatlar tajribasiga tayanilgan holda ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishga doir
zamonaviy yondashuvlar, treninglar, dasturlar va ularning o‘zbek ta’lim tizimiga
integratsiya qilish imkoniyatlari muhokama etiladi. Muallif tomonidan rahbarlarning
ijtimoiy kompetensiyasini baholash mezonlari, ularni rivojlantirish strategiyalari,
shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llariga alohida e’tibor
qaratilgan. Tadqiqot natijalari asosida maktab rahbarlari uchun amaliy tavsiyalar ishlab
chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Ta’lim muassasasi, rahbar xodim, ijtimoiy kompetensiya,

boshqaruv, kommunikatsiya, empatiya, psixologik muhit, zamonaviy yondashuv,
trening, xalqaro tajriba.

THE ROLE OF SOCIAL COMPETENCIES IN THE MANAGEMENT OF

EDUCATIONAL INSTITUTIONS: MODERN APPROACHES

Abstract:

This article provides an in-depth analysis of the role of social

competencies in the management of general secondary educational institutions,
focusing on their influence on administrative effectiveness and relevance in the context


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

111

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

of modern education. In the era of globalization and rapid technological advancement,
it is essential that school leaders not only possess management skills but also
demonstrate strong social, communicative, empathetic, cultural, and ethical
competencies. The study explores the ability of leaders to maintain effective
communication within the school community, their role in understanding and resolving
social situations, and their contribution to shaping a psychologically supportive
educational environment. The paper also examines modern approaches, training
models, and development programs related to the improvement of social competencies
in educational leadership, drawing on international practices and analyzing their
applicability within the Uzbek education system. The author places particular emphasis
on criteria for assessing social competence, strategies for its development, existing
challenges, and practical solutions. Based on the research findings, practical
recommendations are proposed for school leaders to enhance their professional social
interaction.

Keywords:

Educational institution, leadership, social competence,

management, communication, empathy, psychological environment, modern approach,
training, international experience.

РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ В УПРАВЛЕНИИ

ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫМИ УЧРЕЖДЕНИЯМИ: СОВРЕМЕННЫЕ

ПОДХОДЫ

Аннотация:

В данной статье проводится углублённый анализ роли

социальных компетенций в управлении общеобразовательными учреждениями,
их влияния на эффективность руководства и значимости в условиях современной
образовательной среды. В эпоху глобализации и стремительного развития
информационных технологий от руководителя требуется не только высокий
уровень управленческих навыков, но и наличие развитых социальных,
коммуникативных, эмпатийных, культурных и нравственных компетенций. В
исследовании рассматриваются способности руководителя к эффективному
взаимодействию с педагогическим коллективом, умение распознавать и
конструктивно решать социальные ситуации, а также формировать позитивный
психолого-педагогический климат в образовательной организации. Особое
внимание уделяется современным подходам, программам и тренингам по
развитию социальных компетенций, опираясь на международный опыт, а также
возможностям их интеграции в систему образования Узбекистана. Автор


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

112

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

выделяет критерии оценки социальной компетентности, стратегические
направления её развития, анализирует существующие проблемы и пути их
преодоления. В заключении предложены практические рекомендации для
повышения уровня социальных компетенций руководителей школ.

Ключевые

слова:

Образовательное

учреждение,

руководитель,

социальная компетенция, управление, коммуникация, эмпатия, психологическая
среда, современные подходы, тренинг, международный опыт.

Kirish

Hozirgi davrda ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlar, yangi pedagogik

yondashuvlar va innovatsion texnologiyalarning joriy etilishi ta’lim muassasalari
rahbarlari oldiga yangicha vazifalarni qo‘ymoqda. Maktab boshqaruvi jarayonida
yuqori natijalarga erishish nafaqat rahbarning kasbiy bilim va boshqaruv
ko‘nikmalariga, balki uning ijtimoiy kompetensiyalariga ham bevosita bog‘liqdir.
Ayniqsa, jamiyatda sodir bo‘layotgan sotsial o‘zgarishlar, texnologik taraqqiyot,
axborot oqimining ortishi va ijtimoiy munosabatlarning murakkablashuvi rahbar
shaxsidagi kommunikativ, empatik, madaniy va psixologik kompetensiyalarning
dolzarbligini oshirmoqda.

Ijtimoiy kompetensiya deganda shaxsning atrofdagilar bilan samarali

muloqotga kirishish, ularni anglash, ijtimoiy vaziyatlarni baholash, ziddiyatlarni hal
qilish, boshqalarning holatiga empatiya bilan yondashish, jamoada ishlash va ijobiy
ijtimoiy munosabatlarni shakllantira olish qobiliyatlari tushuniladi. Bunday
kompetensiyalar rahbarning ta’lim muassasasida sog‘lom psixologik muhit yaratishi,
pedagogik jamoani birlashtirishi, ota-onalar va jamiyat bilan samarali hamkorlikni
yo‘lga qo‘yishi uchun zaruriy asos bo‘lib xizmat qiladi.

1

Amaliyot shuni

ko‘rsatmoqdaki, kuchli ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan rahbarlar jamoada
ishonch muhitini yaratadi, o‘qituvchilarning motivatsiyasini oshiradi, ziddiyatli

1

Abdullaeva M.R. Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbarlarning kompetensiyasini rivojlantirish masalalari. – T.:

TDPU, 2022.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

113

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

holatlarni insofli va oqilona hal etadi, shuningdek, o‘zining ijtimoiy mas’uliyatini
chuqur anglaydi. Bu esa o‘z navbatida umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining
boshqaruv tizimida sifat va natijadorlikning muhim omili hisoblanadi. Ushbu
maqolada ta’lim muassasalarida rahbar xodimlarning ijtimoiy kompetensiyasining
boshqaruvdagi roli, uning mazmun-mohiyati, tarkibiy qismlari, rivojlanish
mexanizmlari hamda zamonaviy yondashuvlar asosida takomillashtirish imkoniyatlari
har tomonlama tahlil qilinadi. Xususan, xorijiy mamlakatlar tajribasi, interaktiv
treninglar, kompetensiyaviy yondashuv, hamkorlik asosida boshqaruv kabi
yo‘nalishlar asosida ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirish bo‘yicha nazariy va amaliy
tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Materiallar va metodologiya

Mazkur tadqiqotda umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan

rahbar xodimlarning ijtimoiy kompetensiyalarini aniqlash, ularning boshqaruv
faoliyatiga ta’sirini baholash hamda zamonaviy yondashuvlar asosida rivojlantirish
mexanizmlarini asoslash maqsad qilingan.

2

Shu munosabat bilan tadqiqotning asosiy

ob’ekti sifatida O‘zbekiston Respublikasining turli hududlaridagi umumiy o‘rta ta’lim
maktablari direktorlari, ularning o‘rinbosarlari, metodistlar va psixologlar tanlab
olindi. Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlar soni 120 nafarga yaqin bo‘lib, ularning
faoliyati, tajribasi, ijtimoiy va kommunikativ kompetensiyalar darajasi kompleks tahlil
qilindi.

Tadqiqot ishida quyidagi

nazariy va amaliy metodlar

majmuasidan foydalanildi:

Nazariy tahlil usuli

– ijtimoiy kompetensiya, ta’lim menejmenti, shaxslararo

kommunikatsiya, liderlik, boshqaruv psixologiyasi kabi mavzularda mavjud bo‘lgan
ilmiy adabiyotlar, monografiyalar, maqolalar va xorijiy tadqiqotlar o‘rganildi. Shu
orqali mavzuning nazariy asoslari aniqlab olindi;

3

Empirik tadqiqot usullari

esa

so‘rovnoma

– rahbar xodimlarning o‘z ijtimoiy kompetensiyalari to‘g‘risidagi fikrlari,

ularni rivojlantirishga doir ehtiyojlari va hozirgi amaliy holatni aniqlash uchun maxsus
tuzilgan savolnoma asosida ma’lumotlar yig‘ildi.

Intervyu

– ta’lim muassasalari

2

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2020.

3

Boltaboev O. Ta’lim boshqaruvida innovatsion yondashuvlar. – T.: Iqtisod-Moliya, 2021.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

114

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

rahbarlari bilan chuqurlashtirilgan suhbatlar o‘tkazilib, ijtimoiy munosabatlar va
boshqaruvda yuzaga keladigan muammolar haqida sifatli ma’lumotlar olindi.

Kuzatuv

– real maktab boshqaruvi jarayonida rahbarlarning o‘zini tutishi, jamoa bilan muloqoti
va muammolarga yondashuvi bevosita kuzatildi;

4

Statistik tahlil usullari

– yig‘ilgan

ma’lumotlar Microsoft Excel dasturi yordamida guruhlab chiqildi, umumlashtirildi,
foizli taqsimotlar, diagrammalar va jadval ko‘rinishida qayta ishlanib, ilmiy xulosalar
chiqarildi;

Komparativ tahlil –

O‘zbekiston tajribasi xorijiy mamlakatlar (AQSh,

Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, Finlyandiya)da ta’lim muassasalari boshqaruvida
ijtimoiy kompetensiyani rivojlantirishga doir yondashuvlar bilan solishtirildi;

5

Model

tuzish

– tadqiqot yakunida ijtimoiy kompetensiyalarni shakllantirishga doir

takomillashgan model va amaliy yo‘nalishlar ishlab chiqildi. Ushbu metodlar
uyg‘unligida o‘tkazilgan tadqiqot ijtimoiy kompetensiyaning ta’lim boshqaruvidagi
dolzarbligini chuqur ochib berishga, mavjud muammolarni aniqlashga va ularni
bartaraf etishning samarali mexanizmlarini ishlab chiqishga imkon berdi.

Muhokoma

O‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ta’lim muassasasi rahbarining

ijtimoiy kompetensiyasi nafaqat boshqaruv jarayonining samaradorligini oshirish,
balki pedagogik jamoa ichida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish,
o‘qituvchilarning kasbiy faolligini rag‘batlantirish va o‘zaro ishonchga asoslangan
ijtimoiy aloqalarni rivojlantirishda ham muhim o‘rin tutadi.

6

Ayni paytda ta’lim

muassasalarida faoliyat yuritayotgan rahbarlarning aksariyati o‘zlarining rasmiy
vazifalari va boshqaruv funksiyalarini to‘liq bajarayotgan bo‘lsa-da, ularning ijtimoiy
kompetensiyalari darajasi har doim ham yuqori emasligi kuzatildi.

7

Bu holat, ayniqsa,

ijtimoiy vaziyatlarga moslashish, konstruktiv muloqot olib borish, muammoli
vaziyatlarda mo‘’tadil va empatik yondashuvni qo‘llashda namoyon bo‘ladi. Rahbarlar

4

G‘ofurov I. O‘rta ta’lim muassasalarini samarali boshqarishning psixologik jihatlari. – T.: O‘qituvchi, 2019.

5

Xodjaqulova D.Y. Zamonaviy menejmentda ijtimoiy kompetensiyaning o‘rni. // Pedagogik ta’lim jurnali, 2023, №1.

6

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – М.: Питер, 2021.

7

Харламов И.Ф. Педагогика. – М.: Академия, 2020.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

115

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

orasida olib borilgan so‘rovnoma va intervyu natijalariga ko‘ra, ularning aksariyati
ijtimoiy kompetensiyaning ahamiyatini yaxshi tushunadi, biroq ushbu ko‘nikmalarni
rivojlantirish uchun yetarli shart-sharoitlar va metodik yordamning yo‘qligini
ta’kidladilar. Bu esa, o‘z navbatida, rahbarlar malakasini oshirish kurslarida ijtimoiy
va kommunikativ ko‘nikmalarga alohida e’tibor qaratish zarurligini ko‘rsatadi. Ayni
vaqtda ko‘plab maktablarda rahbar shaxsining muloqotga ochiqligi, empatik
yondashuvi va jamoani boshqarishda yumshoqlik va adolat mezonlaridan foydalanish
darajasi jamoaning umumiy ish kayfiyatiga bevosita ta’sir qilmoqda. Bu holat o‘z
navbatida

maktabdagi

o‘qituvchilar

almashinuvining

kamayishi,

kasbiy

motivatsiyaning ortishi va ota-onalar bilan munosabatlarning yaxshilanishida namoyon
bo‘ldi.

Xalqaro tajriba shuni ko‘rsatadiki, rivojlangan davlatlarda ta’lim muassasasi

rahbarlari uchun ijtimoiy kompetensiyani shakllantirish va rivojlantirish maxsus
dasturlar asosida tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilgan.

8

Masalan, Finlyandiya, Kanada,

Janubiy Koreya va Buyuk Britaniyada maktab direktorlarining tayyorgarligi jarayonida
ijtimoiy kompetensiyalarga alohida modul ajratiladi, amaliy mashg‘ulotlar orqali
kommunikatsion va empatik salohiyat oshiriladi. O‘zbekistonda ham ushbu
tajribalardan foydalanib, mahalliy sharoitga mos treninglar va rivojlantiruvchi
dasturlarni joriy etish maqsadga muvofiqdir. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ijtimoiy
kompetensiyalarni rivojlantirish faqat shaxsiy fazilat sifatida emas, balki rahbarlik
kasbiy faoliyatining muhim va ajralmas komponenti sifatida ko‘rilishi lozim. Ijtimoiy
kompetensiyalarning yetarli darajada shakllanmaganligi boshqaruvda biryoqlamalik,
avtoritar yondashuv va jamoa bilan muloqotda uzilishlarga olib keladi.

9

Shuningdek,

ijtimoiy kompetensiya darajasi yuqori bo‘lgan rahbarlarning ish uslubi o‘qituvchilar
tomonidan ijobiy baholanadi, bu esa umumiy ta’lim sifati va muassasa obro‘siga ham
ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu asosda aytish mumkinki, zamonaviy rahbar nafaqat
tashkiliy boshqaruvni amalga oshiruvchi mutaxassis, balki insonlar bilan muloqotda
bo‘ladigan, ularni tushunadigan va kerak bo‘lsa motivatsiya bera oladigan ijtimoiy
jihatdan yetuk shaxs bo‘lishi zarur. Ijtimoiy kompetensiyaning etarli darajada

8

Саттарова З.У. Роль социальной компетентности в управлении образовательными организациями. // Народное

образование, 2022, №3.

9

Исломов Ш. Ижтимоий компетенциянинг замонавий мезонлари. // Ижтимоий фанлар, 2021, №4.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

116

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

rivojlanishi esa ta’lim muassasasida sog‘lom va barqaror ijtimoiy muhitni
ta’minlashda, pedagogik jamoani yagona maqsad sari yo‘naltirishda va ijtimoiy adolat
prinsiplariga asoslangan boshqaruvni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Natija

O‘tkazilgan tadqiqotlar, so‘rovnomalar, intervyular va kuzatuvlar asosida shunday

xulosaga kelish mumkinki, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida rahbar xodimlarning
ijtimoiy kompetensiyalari ularning kasbiy faoliyati samaradorligini belgilovchi muhim
omillardan biridir. Rahbar shaxsining ijtimoiy kompetensiyalari qanchalik rivojlangan
bo‘lsa, u o‘z jamoasi bilan samarali kommunikatsiya o‘rnatadi, o‘qituvchilarda ishonch
uyg‘otadi, o‘zaro hurmat, hamkorlik va ijobiy ish muhitini shakllantiradi.

10

Empirik

tahlillar shuni ko‘rsatadiki, rahbarlarning ijtimoiy kompetensiyasi yuqori bo‘lgan
maktablarda o‘quv-tarbiya jarayonining sifati, jamoaviy birdamlik, muammolarni hal
etish darajasi va o‘qituvchilarning kasbiy motivatsiyasi yuqori bo‘ladi. Bunday
rahbarlar konflikt vaziyatlarni tinch yo‘l bilan bartaraf eta oladi, ota-onalar bilan ijobiy
munosabat o‘rnatadi, shuningdek, o‘quvchilarning tarbiyaviy muammolariga befarq
bo‘lmagan yondashuv namoyon etadi.

Tadqiqot davomida aniqlanishicha, ko‘plab rahbarlar ijtimoiy kompetensiyaning

nazariy jihatdan zarurligini anglab yetsalar-da, uni amaliyotda to‘laqonli qo‘llashda
ayrim qiyinchiliklarga duch kelishmoqda. Bu holat, birinchi navbatda, ushbu
kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan maxsus o‘quv-trening dasturlarining
yetarli emasligi, metodik qo‘llanmalar va diagnostik vositalarning kamligi,
rahbarlarning o‘z-o‘zini rivojlantirishga vaqt ajratmasligi kabi omillar bilan
izohlanadi.

11

Xorijiy tajriba tahlili esa ijtimoiy kompetensiyalarni tizimli asosda

rivojlantirishga yo‘naltirilgan metodikalar va psixologik treninglarning mavjudligi
ta’lim muassasasining boshqaruv sifatini sezilarli darajada oshirishini ko‘rsatmoqda.
Shu sababli, ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha milliy ta’lim tizimida
aniq yo‘naltirilgan strategiyalar ishlab chiqish, bu boradagi xalqaro yondashuvlarni
mahalliylashtirish va rahbarlar uchun doimiy malaka oshirish kurslarini

10

Kadirova G. Ijtimoiy kompetensiya: nazariy asoslari va rivojlantirish yo‘llari. – Samarqand: Zarafshon, 2023.

11

Бабаева Л.В. Психология управления в образовании. – М.: Юрайт, 2019.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

117

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

takomillashtirish dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Yakuniy natija sifatida aytish
mumkinki, ijtimoiy kompetensiyalarga ega bo‘lgan rahbar – bu o‘z jamoasini
ilhomlantiruvchi, unga g‘amxo‘rlik bilan yondashuvchi, har bir xodimning qadriyatini
e’tirof etuvchi, o‘z faoliyati bilan ta’lim muassasasining obro‘sini oshiruvchi
zamonaviy boshqaruvchi timsolidir.

12

Bunday rahbarlar maktabda nafaqat intizom va

tartibni, balki insoniylik, o‘zaro hurmat va ishonchga asoslangan ijtimoiy muhitni
yaratishga xizmat qiladi.

Xulosa

Tadqiqot davomida umumiy o‘rta ta’lim muassasalari boshqaruvida rahbar

xodimlarning ijtimoiy kompetensiyalarining ahamiyati, ularning boshqaruv faoliyatiga
ta’siri, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar tizimini shakllantirishdagi roli keng
ko‘lamda yoritildi.

13

Olingan ilmiy-nazariy va amaliy ma’lumotlar asosida quyidagi

xulosalarga kelindi: Ijtimoiy kompetensiyalar – bu zamonaviy rahbarlik faoliyatining
ajralmas va muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim muassasasi ichki muhiti, jamoa
birdamligi va o‘quv-tarbiya jarayonining sifati aynan ushbu kompetensiyalar
darajasiga bevosita bog‘liq. Rahbar shaxsining kommunikativ, empatik, madaniy,
axloqiy va psixologik jihatdan yetuk bo‘lishi ta’lim jamoasining barqaror va ijobiy
rivojlanishiga zamin yaratadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ijtimoiy
kompetensiyalarning yetarli darajada shakllanmaganligi ta’lim muassasalarida turli
nizolar, jamoa ichidagi ishonchsizlik, psixologik muhitning beqarorligi va rahbarning
jamiyat bilan samarali aloqalar o‘rnata olmasligi kabi muammolarga olib kelmoqda.
Aksincha, ijtimoiy jihatdan kompetent bo‘lgan rahbarlar jamoada ijobiy kayfiyatni
shakllantira oladi, muammolarni konstruktiv yondashuv bilan hal etadi, hamkorlik va
ishonch asosida faoliyat olib boradi. Xorijiy davlatlar tajribasi tahlili asosida
aniqlanishicha, rahbarlarda ijtimoiy kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan
maxsus metodik dasturlar, treninglar va baholash vositalari mavjud bo‘lib, ularning
natijadorligi yuqori bo‘lmoqda. O‘zbekiston ta’lim tizimida ham bu boradagi

12

Султонов А. Мудирлар фаолиятида ижтимоий компетенциялар аҳамияти. // Ўқитувчи ва замон, 2023, №2.

13

Назаров Н. Таълим тизимида раҳбарлик компетенцияларини ривожлантириш йўллари. – Т.: Инновация

нашриёти, 2022.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

118

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ishlanmalarni kuchaytirish, milliy mentalitetga mos metodikalarni ishlab chiqish
dolzarb masalalardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, zamonaviy ta’lim muassasasi rahbari – bu nafaqat

boshqaruvni tashkil etuvchi shaxs, balki o‘z jamoasini ijtimoiy jihatdan boshqaruvchi,
ularning ruhiy holatini tushunuvchi, konstruktiv yondasha oladigan, insoniy
qadriyatlarni hurmat qiladigan yetuk ijtimoiy lider bo‘lishi lozim. Bunday rahbarlar
orqali maktabda sog‘lom ijtimoiy-psixologik muhitni shakllantirish, ta’lim-tarbiya
sifatini oshirish hamda xalq ishonchini qozongan samarali ta’lim tizimini yaratish
imkoniyati ortadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Abdullaeva M.R. Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbarlarning
kompetensiyasini rivojlantirish masalalari. – T.: TDPU, 2022.

2.

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Fan,
2020.

3.

Boltaboev O. Ta’lim boshqaruvida innovatsion yondashuvlar. – T.: Iqtisod-
Moliya, 2021.

4.

G‘ofurov I. O‘rta ta’lim muassasalarini samarali boshqarishning psixologik
jihatlari. – T.: O‘qituvchi, 2019.

5.

Xodjaqulova D.Y. Zamonaviy menejmentda ijtimoiy kompetensiyaning o‘rni. //
Pedagogik ta’lim jurnali, 2023, №1.

6.

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – М.: Питер, 2021.

7.

Харламов И.Ф. Педагогика. – М.: Академия, 2020.

8.

Саттарова З.У. Роль социальной компетентности в управлении
образовательными организациями. // Народное образование, 2022, №3.

9.

Исломов Ш. Ижтимоий компетенциянинг замонавий мезонлари. //
Ижтимоий фанлар, 2021, №4.

10.

Kadirova G. Ijtimoiy kompetensiya: nazariy asoslari va rivojlantirish yo‘llari. –
Samarqand: Zarafshon, 2023.

11.

Бабаева Л.В. Психология управления в образовании. – М.: Юрайт, 2019.

12.

Султонов А. Мудирлар фаолиятида ижтимоий компетенциялар аҳамияти.
// Ўқитувчи ва замон, 2023, №2.

13.

Назаров

Н.

Таълим

тизимида

раҳбарлик

компетенцияларини

ривожлантириш йўллари. – Т.: Инновация нашриёти, 2022.

References

Abdullaeva M.R. Ta’lim muassasalarini boshqarishda rahbarlarning kompetensiyasini rivojlantirish masalalari. – T.: TDPU, 2022.

Azizxo‘jaeva N.N. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: Fan, 2020.

Boltaboev O. Ta’lim boshqaruvida innovatsion yondashuvlar. – T.: Iqtisod-Moliya, 2021.

G‘ofurov I. O‘rta ta’lim muassasalarini samarali boshqarishning psixologik jihatlari. – T.: O‘qituvchi, 2019.

Xodjaqulova D.Y. Zamonaviy menejmentda ijtimoiy kompetensiyaning o‘rni. // Pedagogik ta’lim jurnali, 2023, №1.

Рубинштейн С.Л. Основы общей психологии. – М.: Питер, 2021.

Харламов И.Ф. Педагогика. – М.: Академия, 2020.

Саттарова З.У. Роль социальной компетентности в управлении образовательными организациями. // Народное образование, 2022, №3.

Исломов Ш. Ижтимоий компетенциянинг замонавий мезонлари. // Ижтимоий фанлар, 2021, №4.

Kadirova G. Ijtimoiy kompetensiya: nazariy asoslari va rivojlantirish yo‘llari. – Samarqand: Zarafshon, 2023.

Бабаева Л.В. Психология управления в образовании. – М.: Юрайт, 2019.

Султонов А. Мудирлар фаолиятида ижтимоий компетенциялар аҳамияти. // Ўқитувчи ва замон, 2023, №2.

Назаров Н. Таълим тизимида раҳбарлик компетенцияларини ривожлантириш йўллари. – Т.: Инновация нашриёти, 2022.