Authors

  • Isomiddin Toʻxtayev
    Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha va Boshlangʻich taʼlim fakulteti Boshligʻining taʼlim yoʻnalishi III-bosqich talabasi
  • M. X Xaydarova
    Ilmiy rahbar

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.80130

Keywords:

PISA PIRLS TIMSS bilim ko‘nikma pedagok xalqaro dastur mutaxassis milliy ta’lim.

Abstract

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati, ularning oʻquvchilarning bilim va ko‘nikmalarini aniqlashdagi roli hamda ta’lim sifatini oshirishga qo‘shadigan hissasi yoritiladi. Asosiy e’tibor PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlariga qaratilib, ularning baholash mezonlari va natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu dasturlar asosida olingan natijalardan pedagogik jarayonda qanday foydalanish mumkinligi va milliy ta’lim tizimini rivojlantirishda ularning tutgan o‘rni muhokama qilinadi. Maqola ta’lim mutaxassislari, o‘qituvchilar va ta’lim sohasida tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

90

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

BOSHLANGʻICH SINFLARDA XALQARO BAXOLASH DASTURLARI

Toʻxtayev Isomiddin Ismatullo oʻgʻli

Termiz davlat pedagogika instituti Maktabgacha

va Boshlangʻich taʼlim fakulteti Boshligʻining

taʼlim yoʻnalishi III-bosqich talabasi

toxtayevisomiddin74@gmail.com

Ilmiy rahbar:

Xaydarova M. X

Annatotsiya:

Ushbu maqolada boshlangʻich sinflarda xalqaro baholash

dasturlarining ahamiyati, ularning oʻquvchilarning bilim va ko‘nikmalarini
aniqlashdagi roli hamda ta’lim sifatini oshirishga qo‘shadigan hissasi yoritiladi. Asosiy
e’tibor PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlariga qaratilib, ularning
baholash mezonlari va natijalari tahlil qilinadi. Shuningdek, ushbu dasturlar asosida
olingan natijalardan pedagogik jarayonda qanday foydalanish mumkinligi va milliy
ta’lim tizimini rivojlantirishda ularning tutgan o‘rni muhokama qilinadi. Maqola ta’lim
mutaxassislari, o‘qituvchilar va ta’lim sohasida tadqiqot olib borayotgan
mutaxassislarga mo‘ljallangan.

Kalit so‘zlar:

PISA, PIRLS, TIMSS, bilim, ko‘nikma, pedagok, xalqaro, dastur,

mutaxassis, milliy ta’lim.

Abstract:

This article discusses the importance of international assessment

programs in primary schools, their role in determining students' knowledge and skills,
and their contribution to improving the quality of education. The main attention is paid
to international assessment programs such as PISA, PIRLS, TIMSS, and their
assessment criteria and results are analyzed. It also discusses how the results obtained
on the basis of these programs can be used in the pedagogical process and their role in
the development of the national education system. The article is intended for education
specialists, teachers, and specialists conducting research in the field of education.

Keywords:

PISA, PIRLS, TIMSS, knowledge, skills, teacher, international,

program, specialist, national education.

Аннотация:

В статье обсуждается важность международных программ

оценки в начальных школах, их роль в определении знаний и навыков учащихся,
а также их вклад в повышение качества образования. Основное внимание
уделяется международным программам оценки, таким как PISA, PIRLS и TIMSS,
а также анализу их критериев оценки и результатов. Также будет обсуждаться,
как результаты, полученные в ходе реализации этих программ, могут быть


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

91

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

использованы в педагогическом процессе и какова их роль в развитии
национальной системы образования. Статья предназначена для специалистов в
области образования, преподавателей и исследователей в области образования.

Ключевые слова:

PISA, PIRLS, TIMSS, знания, навыки, учитель,

международный, программа, специалист, национальное образование.

Kirish:

Xalqaro oʻquvchilarni baholash dasturi (

inglizcha

:

Programme for

International

Student

Assessment

) —

turli

davlatlarda

15

yoshli

oʻquvchilarning

savodxonligini

(oʻqish, matematika, tabiiy fanlar) hamda bilimlarini

amaliyotda qoʻllash qobiliyatini baholovchi dastur.

PISA testlari maktab oʻquvchilarining haqiqiy hayotda kerak boʻladigan

hodisalarni tahlil qilish, ulardan xulosa chiqarish va muloqotga kirishish
koʻnikmalarini qay darajada egallayotganini, taʼlim tizimining bu oʻzgarishlarga
qanchalik moslashayotganini aniqlash maqsadida oʻtkaziladi. Ushbu dastur 1997-yilda
joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkaziladi, birinchi marta 2000-yilda
oʻtkazilgan. Har uch yilda bitta fan yoʻnalishiga afzallik berilib, jami testlar
majmuasining deyarli 50% shu fanga mansub boʻladi. 2000-yilda ilk bor oʻqish
savodxonligiga urgʻu berilgan.

Test

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti

(OECD) tomonidan yetakchi

xalqaro ilmiy tashkilotlar bilan konsorsiumda, milliy markazlar ishtirokida tashkil
etiladi. Tadqiqotda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga aʼzo boʻlgan
davlatlar, shuningdek, OECD bilan hamkorlik aloqalari boʻlgan davlatlar ishtirok etadi.

PISA tadqiqoti monitoring tadqiqoti boʻlib, u turli mamlakatlardagi taʼlim

tizimlarida sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni aniqlash va solishtirish, taʼlim sohasidagi
strategik qarorlar samaradorligini baholash imkonini beradi. 2000-2015-yillar
oraligʻida oʻtkazilgan tadqiqot natijalari boʻyicha bugungi kunda Sharqiy
Osiyoda —

Xitoy

, Koreya, Singapur, Yaponiya, Yevropada —

Finlandiya

, Estoniya,

Shveysariya, Polsha va Niderlandiya kabi mamlakatlarning oʻrta taʼlim tizimi yaxshi
rivojlangan.

PISA test tarkibi

PISA testlari 5 ta yoʻnalish boʻyicha

oʻqish, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy

fanlar, hamkorlikda muammolarni hal qilish va moliyaviy savodxonlik

oʻtkaziladi.

Testlarda asosiy eʼtibor oʻquvchilarning mazkur yoʻnalishlar boʻyicha eng asosiy
tushunchalarni bilishi, bazaviy bilim va koʻnikmalarni egallagani, ulardan hayotiy
vaziyatlarda foydalana olishiga qaratiladi.

PISA sinovlarida toʻrt xil sinov usulidan foydalaniladi:
1.

Bir javobli testlar;

2.

Bir nechta javobli testlar;


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

92

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

3.

Qisqa yoki batafsil javob yoziladigan savollar;

4.

Biror muammoning yechimi boʻyicha oʻquvchi fikri (odatda bunday savollarda

tekshiruvchida umumiy javoblar boʻladi, oʻquvchi javobi test tuzivchi javobiga aynan
mos kelishi talab qilinmaydi, oʻquvchi ijodkorligi qoʻllab quvvatlanadi).

Bundan tashqari testlar bilan bir vaqtda oʻquvchilardan anketalar ham olish nazarda

tutilgan.

PISA asosiy yoʻnalishlar

Oʻqish savodxonligi: Insonning matn shaklida berilgan maʼlumotlarni tushina

olish va ularga reaksiya bera olish koʻnikmasi, jamiyat hayotida faol qatnashish
jarayonida oʻqigan maʼlumotlaridan oʻz maqsadlari yoʻlida foydalana olish, bilim va
imkoniyatlarini oshira olish layoqati.

Bu yerda, oʻqish savodxonligi tushunchasi keng maʼno kasb etadi. Bu yoʻnalish

maqsadi oʻquvchining berilgan badiiy asardan parcha, biografiya, xat, hujjat, gazeta va
jurnallardan olingan maqolalar, turli qoʻllanmalar, geografik kartalar kabi rangba-rang
tematikadagi, tarkibida matnni ochib berishga moʻljallangan diagrammalar, rasmlar,
kartalar, grafik va jadvallar berilgan matnni tushinishi, mazmuni haqida fikr yurita
olish, matn mazmuniga baho berish va oʻqiganlari haqida oʻz fikrini bera olishi kabi
kompetensiyalarini aniqlash hisoblanadi.

Matematik savodxonlik:

Insonning matematikaning oʻzi yashayotgan olamdagi

oʻrnini bilishi, matematik jarayonlarni toʻgʻri va toʻliq asoslay olishini tekshiradi.
Shaxsning matematikadan yaratuvchan, qiziquvchan va fikrlovchi insonning hozirgi va
kelajakdagi matematik bilimlarga boʻlgan ehtiyojini qondira oladigan darajada
foydalana olishini taʼminlash bu boʻlimning asosiy maqsadidir.

Bu boʻlimdagi savodxonlik terminidan bu boʻlim maqsadi odatda maktab dasturida

beriladigan bilimlarni qay darajada oʻzlashtirganini aniqlash emasligni koʻrsatish
uchun foydalanilgan. Asosiy eʼtibor matematik bilimlardan turli xil hayotiy
vaziyatlarda fikrlash va intiutiv qaror qabul qilish talab qilinadigan turli uslublaridan
qoʻllagan holda foydalana olish nazarda tutiladi. Lekin bu turdagi savollarga javob
berishda maktab dasturida beriladigan bilim va koʻnikmalar zarur boʻlishi mumkin.

Bu yoʻnalish sinovlarida odatda hayotning turli sohalarida (tibbiyot, turar joy, sport

va hokazo) duch kelinishi mumkin boʻlgan matematikaga oid vaziyatlar taklif qilinadi.

Tabiiy-ilmiy fanlar savodxonligi:

Hayotiy hodisalarda ilmiy usulda hal qilinishi

mumkin boʻlgan muammolarni aniqlash, kuzatuv va tajribalar asosida xulosalar
chiqarish kompetensiyasi. Bu xulosalar atrofimizdagi olamni tushinish va inson
faoliyati natijasida unda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni anglab yetish, shunga koʻra
kerakli qarorlar qabul qila olish koʻnikmasini rivojlantirish bu boʻlimning asosiy
maqsadidir.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

93

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bu savodxonlik asosi bizning maktablarimizda fizika (astronomiya elamentlari

bilan birga),

biologiya

,

kimyo

va

geografiya

fanlari oʻqitilish jarayonida berilishi

koʻzda tutilgan.

2000-yil

2000-yilda 32 davlatdan 265 000 oʻquvchilar test sinovidan oʻtgan. Ushbu yilda

asosiy mavzu — oʻqish va oʻqilgan narsalarni tushunish qobiliyati tanlangan boʻlib,
test savollarining uchdan ikki qismi aynan shu mavzuga bagʻishlangan.

2003-yil

PISA-2003 da 43 mamlakatdan 275 000 dan ortiq oʻquvchi ishtirok etdi. Oʻqish

boʻyicha Finlandiya 543 ball bilan birinchi oʻrinni egalladi.

Rossiya

— 442 ball,

AQSh — 495 ball,

Serbiya

— 412 ball olgan.

Matematika yoʻnalishida

Gonkong

550 ball bilan birinchi oʻrinda,

AQSh

483 ball,

Italiya 466 ball, Rossiya 468 ball toʻplagan.

[3]

Tabiiy fanlar yoʻnalishi boʻyicha

Finlandiya

yetakchilik qilgan (549 ball).

2006-yil

2006-yilda oʻqish savodxonligi boʻyicha 57 davlat orasida Janubiy Koreya 556 ball

bilan birinchi oʻrinni egallagan.

Matematika yoʻnalishida

Taybey

549 ball bilan yetakchilik qilgan. AQSH 468 ball,

Isroil 442 ball toʻplagan.

Tabiiy fanlar savodxonligi boʻyicha Finlandiya 563 ball bilan birinchi oʻrinda,

Italiya 475 ball, AQSh 489 ball toʻplagan.

2009-yil

2009 — yilda tadqiqotda 74 davlat ishtirok etgan. Oʻqish savodxonligi boʻyicha

Xitoyning

Shanxay

shahri 556 ball bilan yetakchilik qilgan.

Koreya

539 ball bilan

ikkinchi va Finlandiya 536 ball bilan uchunchi oʻrinni egallagan.

Matematika yoʻnalishida ham Xitoyning

Shanxay

shahri 600 ball bilan yetakchi,

MDH davlatlaridan Rossiya 468 ball, Qozogʻiston 405 ball, Qirgʻiziston 331 ball
toʻplagan.

2012-yil

2012-yilda PISA da 65 ta davlat, jumladan, OECDga aʼzo 34 ta davlati ishtirok

etdi.

Ishtirokchilarga anʼanaviy testlar bilan bir qatorda tadqiqot tarixida birinchi marta

yangi turdagi masala, yaʼni — interaktiv masalalar (interactive problems) taklif qilindi.

2015-yil

2015-yilda tadqiqotda 70 ta davlat ishtirok etdi

[6]

Shu yili anʼanaviy testlar bilan

bir qatorda, moliyaviy savodxonlik boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

94

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Singapur

davlati oʻqish savodxonligi, matematik va tabiiy-ilmiy fanlar

savodxonligi PISA tadqiqotining barcha yoʻnalishlari boʻyicha birinchilikni egallagan.
MDH davlatlaridan oʻqish savodxonligi boʻyicha Qozogʻiston 427 ball (53 — oʻrin),
matematik savodxonlik boʻyicha Rossiya 494 ball (23-oʻrin) va tabiiy fanlar boʻyicha
Moldova 428 ball (50-oʻrin) toʻplagan

PIRLS

(

inglizcha:

Progress in International Reading Literacy Study’) —

bu turli

mamlakatlarda boshlangʻich sinfda 94nform oluvchi oʻquvchi yoshlarning matnni
oʻqish va tushunish darajalari sifatini baholab beruvchi xalqaro baholash tizimidir.

Tadqiqot davriy ravishda – har besh yilda bir marta oʻtkaziladi va hozirgacha besh

marta: 2001, 2006, 2011, 2016 va 2021-yillarda oʻtkazilgan.

PIRLS 2016

PIRLS

oʻqish taʼlimini takomillashtirish uchun dalillarga asoslangan qarorlar

qabul qilish imkoniyatini beradi. Davlatlar PIRLS dan quyidagi maqsadlarda
foydalanadilar:

global miqyosida taʼlim tizimi darajasidagi yutuqlarning tendensiyalarini

kuzatib informa;

yangi yoki qayta koʻrib chiqilgan taʼlim siyosatining taʼsirini kuzatib Informa;

taʼlimning zaif nuqtalarini belgilash va oʻquv islohotini amalga oshirish;

PIRLS maʼlumotlarini tadqiq va tahlil qilish orqali oʻqitish va oʻqishni

takomillashtirish;

adolatlilikni kuzatish yoki qoʻshimcha sinflarda oʻquvchilarni baholash kabi

tegishli ishlarni olib 94nforma;

oʻqishni va oʻqitishni oʻrganish.


PIRLS loyihasi Taʼlim yutuqlarini baholash xalqaro assotsiatsiyasi (

IEA –

International Association for the Evaluation of Educational Achiyevement

) shafeligida

yaratilgan. Xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish uchun Chestnut Hill (Massachusets,
AQSh) Boston kolleji mas’ul hisoblanadi. Xalqaro tadqiqot uchun topshiriqlarni
tayyorlash Gamburgdagi (

Germaniya

) maʼlumotlar markazida amalga oshiriladi.

Tadqiqot uslubi

PIRLS xalqaro tadqiqoti boshlangʻich sinf oʻquvchilarining oʻqib tushunish

koʻnikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi maʼlumotlarni xalqaro miqyosda
taqqoslash imkonini beradigan, oʻqish va oʻqitishni yaxshilashda taʼlim sohasidagi
davlat siyosatiga xizmat qilishi mumkin boʻlgan tahlillarni taqdim etadi. Hozirgi
vaqtda PIRLS taʼrifiga koʻra, oʻqish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan
va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

95

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda maʼno hosil qila olish qobiliyati
hamdir

[1]

.

Tadqiqot doirasida asosiy eʼtibor tushunishni namoyon qilishdan oʻzlashtirilgan

maʼlumotlarni qanday qilib yangi loyihalar va vaziyatlarda qoʻllay olish qobiliyatlarini
namoyon qilishga qaratilgan.

Oʻquvchi bu jarayonning faol qatnashuvchisi boʻlib, maʼno yaratadi, matn ustida

mushohada yuritadi va samarali oʻqish strategiyalarini ongli ravishda tanlab qoʻllaydi.
Har bir matn turi odatiy shakl va qoidalarga amal qilgan holda oʻquvchiga matnni
sharhlashga yordam beradi. Har qanday matn turli shaklga ega boʻlishi mumkin. Bular
anʼanaviy kitoblar, jurnallar, hujjatlar va gazetalar, shuningdek, raqamli koʻrinishdagi
yozma shakllarni ham oʻz ichiga oladi.

PIRLS tadqiqotida oʻquvchilarning dars vaqtida va maktabdan tashqari vaqtlarida

oʻqishini ikki turi baholanadi:

1.

Oʻquvchining adabiy tajribasini baholash maqsadida oʻqish;

2.

Maʼlumotni oʻzlashtirish va undan foydalanish maqsadida oʻqish.

Tadqiqot qoidalariga muvofiq, badiiy va 95nformation matnlarni oʻqiyotganda

oʻqish qobiliyatining toʻrtta guruhi baholanadi:

aniq koʻrsatilgan maʼlumotlarni topish;

xulosalarni shakllantirish;

maʼlumotlarni talqin va sintez qilish;

mazmuni, til xususiyatlari va matn tuzilishini tahlil qilish va baholash.

Tadqiqotdagi matnlar murakkabligiga koʻra, oʻrtacha 500 dan 800 tagacha,

oʻquvchilarning oʻqish savodxonligi darajasi past boʻlgan mamlakatlar uchun 400–500
ta, ePIRLSda esa, taxminan 1000 ta soʻzdan iborat boʻladi.

Matnning mazmuni 9-10 yoshdagi oʻquvchilarga mos, ayrim madaniyatlarga juda

xos boʻlgan mavzulardan chetlashgan, shuningdek, qiziqarli hamda oʻquvchiga
unchalik tanish boʻlmaydi.

PIRLS tadqiqotida oʻqish savodxonligining darajalari quyidagicha tavsiflanadi:
Eng yuqori daraja (625 ball va undan yuqori) – Oʻquvchilar matnni yaxlit

oʻzlashtira oladi va ayni paytda uning alohida qismlarini bir-biri bilan bogʻliq holda
tushunadi. Muallifning gʻoyasini izohlashda oʻz fikrini asoslash uchun matnga tayana
oladi.

Yuqori daraja (550 ball) – Oʻquvchilar matnning ahamiyatli xabarlarini tushunadi,

matnga asoslanib oʻz xulosalarini chiqaradi, matn mazmuniga ham, shakliga ham baho
bera oladi, uning ayrim til xususiyatlariga eʼtibor qarata oladi.

Oʻrta daraja (475 ball) – Oʻquvchilar matndan axborot topa oladi, matn shakli va

tilining baʼzi xususiyatlaridan foydalanib, matnga asosan oʻz xulosalarini chiqaradi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

96

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Quyi daraja (400 ball) – Oʻquvchilar matnda aniq berilgan va cheklash oson

boʻlgan xabarni ajratib oladi.

Xulosa:

Boshlang‘ich sinflarda xalqaro baholash dasturlarining ahamiyati tobora

ortib bormoqda. PISA, PIRLS va TIMSS kabi baholash tizimlari nafaqat
o‘quvchilarning bilim darajasini aniqlash, balki ularning tanqidiy fikrlash,
muammolarni hal qilish va mantiqiy tahlil qilish qobiliyatlarini ham baholashga
yordam beradi. Ushbu dasturlar natijalari ta’lim tizimining kuchli va zaif tomonlarini
aniq ko‘rsatib, uni isloh qilish va rivojlantirish uchun muhim ma’lumotlarni taqdim
etadi.Xalqaro baholash dasturlarida ishtirok etish ta’lim tizimining xalqaro
standartlarga moslashuvini ta’minlaydi, o‘qituvchilar malakasini oshirishga xizmat
qiladi hamda darslik va o‘quv dasturlarini yangilash uchun ilmiy asos yaratadi.
O‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini chuqur tahlil qilish orqali pedagogik jarayonni
takomillashtirish, ilg‘or metodlarni joriy etish va ta’lim sifatini oshirish imkoniyati
paydo bo‘ladi.Shu bilan birga, bu dasturlar ta’limni faqatgina yod olishga emas, balki
amaliy qo‘llashga asoslangan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga yo‘naltiradi.
Natijada, o‘quvchilar real hayotda duch keladigan vaziyatlarga moslashishga, mustaqil
fikrlash va yangicha yondashuvlarni ishlab chiqishga o‘rganadilar.Shunday qilib,
xalqaro baholash dasturlarida faol ishtirok etish ta’lim tizimining samaradorligini
oshirishga, o‘quvchilarning global raqobatbardoshligini ta’minlashga hamda milliy
ta’lim strategiyasini takomillashtirishga xizmat qiladi. Bu jarayonda davlat, ta’lim
muassasalari va pedagoglarning hamkorlikda ishlashi ta’limning sifatini
yuksaltirishning muhim shartidir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1.PIRLS xalqaro baholash dasturi
2. PIRLS 2001 International Report
3. PIRLS 2006 International Report
4. PIRLS 2011 International Report
5.PIRLS 2016 oʻqish yutuqlari tendentsiyalari
6.„PIRLS 2021 natijalari“.
7.oecd.org.pdf
8. oecd.org.pdf
9. oecd.org.pdf
10. oecd.org.pdf
11. Vostok delo umnoe Mejdunarodniy reyting shkolnogo obrazovaniya vozglavili

aziati

12. pisa-2015-results-in-focus.pdf
13. pisa-worldwide-ranking-average-score-of-math-science-reading/


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

97

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

14. Rezultati PISA 2018-ru
15. Oʻzbekiston ilk bor 2022-yilda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi.

References

PIRLS xalqaro baholash dasturi

PIRLS 2001 International Report

PIRLS 2006 International Report

PIRLS 2011 International Report

PIRLS 2016 oʻqish yutuqlari tendentsiyalari

„PIRLS 2021 natijalari“.

oecd.org.pdf

oecd.org.pdf

oecd.org.pdf

oecd.org.pdf

Vostok delo umnoe Mejdunarodniy reyting shkolnogo obrazovaniya vozglavili aziati

pisa-2015-results-in-focus.pdf

pisa-worldwide-ranking-average-score-of-math-science-reading/

Rezultati PISA 2018-ru

Oʻzbekiston ilk bor 2022-yilda xalqaro tadqiqotlarda ishtirok etadi.