Authors

  • Mohinur Sattorova
    Nizomiy nomidagi TDPU I-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.80144

Keywords:

Axborotlashgan jamiyat zo‘ravonlik kiber zo‘ravonlik ijtimoiy tarmoq infratuzilma inson yashash tarzi xavf.

Abstract

Mazkur maqolada kiberbulling haqida ma’lumot yoritilgan bo‘lib, uning mazmunida shaxsga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonliklar qatorida kiber zo‘ravonlik jinoyatining jamiyatga va insonlarga ta’siri, uning kelib chiqish sabablari, hamda o‘ziga xos xususiyatlari va unga qarshi kurashish usullari ochib berilgan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

171

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

ZAMONAVIY DUNYODA KIBERBULLING VA UNGA QARSHI KURASH

Sattorova Mohinur Sherali qizi

Nizomiy nomidagi TDPU

I-bosqich magistranti

Annotatsiya

:

Mazkur maqolada kiberbulling haqida ma’lumot yoritilgan bo‘lib,

uning mazmunida shaxsga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonliklar qatorida kiber
zo‘ravonlik jinoyatining jamiyatga va insonlarga ta’siri, uning kelib chiqish sabablari,
hamda o‘ziga xos xususiyatlari va unga qarshi kurashish usullari ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Axborotlashgan jamiyat, zo‘ravonlik, kiber zo‘ravonlik, ijtimoiy

tarmoq, infratuzilma, inson yashash tarzi, xavf.

Kirish

Bugungi kunda jamiyatda tarqalib borayotgan zo‘ravonlikning yana bir turi kiber-

zo‘ravonlik hisoblanadi

.

Kiberbulling bu

ijtimoiy tarmoqlardan, messenjerlardan, o'yin

platformalaridan, shuningdek mobil telefonlardagi ilovalardan foydalanagan holda

qasddan haqorat qilish, tahdid qilish, tuhmat qilish, boshqalarga zarar yetkazuvchi
maʼlumotlarni yetkazish.

Onlayn zo'ravonlikning asosiy maqsadi zo'ravonlik qurbonini

g'azablantirish, xafa qilish yoki sharmanda qilishdir.

Zo‘ravonlikning ushbu turi hozirgi davrda texnologiyalarning keng ko‘lamda

rivojlanishi va aholining aksar qatlami ijtimoiy tarmoqdan foydalanishi bilan bog‘liq
bo‘lib,har kunlik hayotining eng muhim infratuzilmasiga aylanganidadir. Chunki
internet inson yashash tarzini o‘zgartirib,u orqali mutassil davom etuvchi, takroriy va
uzoq vaqt davomida birovning sha’ni va qadr-qimmatini kamsituvchi harakatni amalga
oshirishi ham mumkin.Hozirgi kunda insoniyat yangi chiqayotgan texnologiyalardan
har kuni foydalanib, o‘z axborotini eng samarali yo‘l bilan ham xavfsiz saqlay
olmayapti va aynan shuning uchun kiber jinoyatlar kundan-kunga ko‘payib bormoqda.
Hozirda 80%dan ortiq ish yurituv internet orqali amalga oshirilmoqda, shuning uchun
bu soha katta miqdordagi eng yaxshi sifatli xavfsizlikni talab qiladi. Kiber
xavfsizlikning ko‘lami faqatgina axborot texnologiyalari sanoatida axborotni
himoyalash emas, balki kibermakon kabi boshqa ko‘pgina turlarga ham bo‘linadi.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Doktor Lenor Uolker nazariyasiga ko‘ra, oilaviy zo‘ravonlik takrorlanishi ortib

boradigan harakatlar turkumidan iborat. Bugungi kunda oiladagi huquqbuzarliklar va
undagi xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga
nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

172

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tadbirlar

amalga

oshirilmoqda.

Xususan, mamlakatimizda

xotin-qizlarni

zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikatsiya
qilindi

1

.Qolaversa inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo‘ravonliklardan,

shu jumladan oilada sodir etiladigan jinoiy zo‘ravonliklardan himoya qilish
mexanizmi mustahkamlab qo‘yilgan. Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon
deklaratsiyasi, fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv hamda
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv oilani jamiyat
asosidagi guruh deb tan oladi va shaxsni oiladagi zo‘ravonliklardan himoya qiladi.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunchilik barcha ishtirokchi davlatlar uchun,shu
jumladan huquqni muhofaza qiluvchi organlarining xodimlari uchun majburiy
hisoblanadi.Milliy qonunchiligimizda ham inson huquq va erkinliklarini himoya qilish,
uning hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish
masalalari

ustuvorlik

kasb

etadi.

Xususan,

O‘zbekiston

Respublikasi

Konstitutsiyasining 26-moddasida:“Hech kimning qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka,
shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor
etilishi mumkin emas“,

2

deb qayd etilgan.So‘nggi yillarda qabul qilinayotgan qonun

hujjatlari, ilgari “yopiq” bo‘lgan zo‘ravonlik mavzusini keng yoritish imkonini berdi.
Ya'ni ichki ishlar organlarining zo‘ravonlikka qarshi kurashdagi faoliyatlarini tartibga
soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar zo‘ravonlikdan himoya qilish uchun muhim asos
vazifasini o‘tamoqda. Amaliyotda ko‘p hollarda, ichki ishlar organlari xodimlari
tomonidan jabrlanuvchi va zo‘ravonlik qanday shaklda bo‘lmasin, uni “bosti-bosti”
qilish holatlari ko‘plab uchramoqda. Ayniqsa, ma’muriy javobgarlik nazarda tutilgan
tuhmat va haqorat qilish holati bo‘yicha qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishlar sudgacha yetib
bormasdan, ariza bergan tarafni o‘z arizasini qaytarib olishga undash yoki yarashtirish
bilan yakunlash holatlari ham mavjud. Afsuski, bunday holatlarning mavjudligi oila
turmush doirasidagi zo‘ravonlik bilan bog‘liq huquqbuzarliklarning latentlik darajasi
oshib ketishi hamda takrorlanishiga olib kelmoqda. Natijada ayrim huquqbuzar
shaxslar sodir etgan hatti-harakatlari uchun hech qanday javobgarlikka tortilmasdan
qolmoqda. O‘z xizmatlari yuzasidan ichki ishlar organlari xodimlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri
jabrlanuvchilar va huquqbuzarlar bilan to‘qnashib, zo‘ravonlikning guvohi bo‘ladilar.
Ularning malakali yordam ko‘rsatishlari, aybdor shaxslarning javobgarlikka
tortilishiga jabrlanuvchining keyingi taqdiri va hayotiga bog‘liqdir. Odamlar ijtimoiy

1

Ojieva E. N. Bulling zo'ravonlikning bir turi sifatida. Maktab zo'ravonligi // Evropa qit'asining ilmiy sanoati /

Konferentsiya ma'ruzalari to'plami. - Belgorod: Rusnauchkniga, 2008 yil.

2

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari

muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent. O‘zbekiston Milliy universiteti

huquqshunoslik fakulteti. – 2009. B. 66-69.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

173

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tarmoqlarga tez berilib ketgani uchun xakerlar ularni o‘zlari talab qilgan ma’lumotni
olishda vositachi sifatida foydalanmoqdalar. Shuning uchun insonlar kerakli
ma’lumotni yo‘qotmasliklari uchun ijtimoiy tarmoqlarda tegishli choralarni ko‘rishlari
zarur. Ijtimoiy tarmoqlar bugungi kunda millionlab odamlarga eng qulay axborot
ulashish vositasi bo‘lgani sababli, yangi texnologik himoya platformalarini yaratish
eng muhim va hozirgi davr talabi sifatida xavfsiz axborot almashinuv imkoniyatini
bizga beradi. Shuningdek ijtimoiy tarmoqlar orqali odamlarga qarshi kiber jinoyatlar
sodir etilishi ehtimoli mavjudligiga qaramay, odamlar ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanishni to‘xtata olmayaptilar. Shu sababli, haqiqiy zarar yetkuncha ularni
ogohlantiradigan yechimlarga ega bo‘lish bugungi kunning dolzarb mavzusidir. Zero
har bir inson ma’lum qoidalar va to‘g‘ri texnologiyalarni qo‘llagan holda ijtimoiy
tarmoqlarni erkin foydalana olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.

Natija va muhokamalar

Bugungi kunda o’smirlar orasida ushbu holatlar ko’p kuzatilayotganini inobatga

olib,aynan o’smirlar orasida kiberhujumni oldini olish va hal qilishda oila, ijtimoiy
muhit va ta’lim muhim rol tutishini e’tiborga olgan holda oilaviy tarzda axborot
madaniyatini kuchaytirish choralarini ko‘rish kerak. Bola shaxsini shaklantirishda
to‘g‘ri psixologik ta’sir va ijobiy axloqiy tarbiya me’yorlari uning ongiga
singdirilmagan bo‘lsa, ularda hujumlar, bezorilik va yomon niyatli xatti-harakatlarga
moyil bo‘ladi. Bundan tashqari, ba’zi ota- onalar farzandlarining internetdagi xatti-
harakatlariga e’tibor bermasliklari yoki haddan ortiq cheklov va tayziq o’tqazishsa ham
bolalarda ijtimoiy tarmoq yoki ba’zi manbaalar orqali ham zararli xatti-harakatlarning
paydo bo‘lishiga sabab qilish mumkin. Shuni anglagan holda bolalarni internet
tarmog‘idagi zararli kontentdan himoya qilish choralarini ko‘rish, ota-onalar va ta’lim
muassasalari va xizmat ko‘rsatuvchilarning bu boradagi majburiyatini kuchaytirish
choralarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.

E'tibor qaratishimiz joizki, bizning mamlakatimizda ham axborot xavfsizligini

ta’minlashda qator tashkiliy va huquqiy masalalarni hal qilishi, shuningdek, siyosiy va
tarbiyaviy choralar ko‘rishini taqozo qiladi. Axborot xavfsizligi fuqarolarning kundalik
hayotda axborotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish uchun shart-sharoit yaratib, ularni turfa
axborot tahdidlaridan himoya etishning huquqiy-siyosiy ko‘rinishidir. Axborot
xavfsizligini ta’minlashning yana bir muhim usuli - fuqarolarning axborot
madaniyatini yuksaltirish, ya’ni ularda qabul qilgan axborotlarni saralay bilish va
ularning umummanfaat uchun xizmat qiluvchi jihatlaridan ongli foydalanish
ko‘nikmalarini shakllantirish hamda rivojlantirish bilan bog‘liq. Axborot xavfsizligini
ta’minlash, uning samaradorligini oshirish sohasida har bir shaxs ma’lum axborotning
foydali yoki zararli tomonlarini chuqur idrok etib, ularni qay darajada qabul qilish


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

174

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

mezonlarini ishlab chiqishi, ma’lum axborotning o‘z professional-kasbiy faoliyati
hamda kundalik hayoti uchun nechog‘lik kerak yoki kerak emasligini tushunish va
baholash ko‘nikmasiga ega bo‘lishi zarur. Boshqacha aytganda, kishilar tafakkurida
axborotlarning keragini-kerakka, saragini-sarakka, puchagini-puchakka ajratadigan
“filtr” va axborotni qabul qilishda tanqidiy nazar hamda mantiqan mulohaza qilish
ko‘nikmalari bo‘lishi axborot xavfsizligini kafolatlovchi muhim omil hisoblanadi.

Global rivojlanayotgan dunyoda keng tarqalgan kiber zo‘ravonlik asosan oilalarga

ta’sir kuchini o‘tkazmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
o‘z ma’ruzalarining birida: «Oila kichik vatan, oila tinch bo‘lsa, baxtli bo‘lsa, vatan
tinch bo‘ladi»...deb e’tirof etgan. Shaxsga nisbatan sodir etiladigan zo‘ravonlik, albatta
uning oilasi uchun ham salbiy oqibat keltirib chiqarishi tabiiy.

Masalan, shaxsning ish joyidagi yoki ta’lim muassasasida sodir etilgan qilmishlar

o‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi:

-zo‘ravo shaxs jabrlanuvchini to‘liq nazorat eta oladi, jabrlanuvchi zo‘ravondan

qochishi va xavfsiz qolishining imkoni yo‘q;

-zo‘ravonlik bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan ustunlik qilish va uni nazorat

qilish maqsadida sodir etiladi;

-deyarli barcha oila a’zolari zo‘ravonlikdan jabr chekadilar.
Bundan tashqari jabrlanuvchi zo‘ravonga nisbatan kuchli emotsional qaramlikni

his etadi va uchinchi shaxs unga yordam bermoqchi bo‘lganida, zo‘ravondan qo‘rqqani
bois holatni yashirishga urinadi. Jabrlanuvchining bunday xulq-atvori psixologiyada
«Stokgolm sindromi» nomi bilan mashhur

3

.Chunki qo‘rquv emotsional qaramlikni

oshirib yuboradi.Jamiyat a’zolari oila ishiga aralashishni xohlamaydilar va
jabrlanuvchilarning o‘zlari ham oiladagi vaziyat haqida sukut saqlashni afzal biladilar.
Shuni unutmaslik kerakki, oilada sodir etilgan zo‘ravonlik ko‘pincha davriy xarakterga
egadir. Kiber zo’ravonlikning ruhiy zo‘ravonlikdan farqi zulm o‘tkazayotgan
shaxsning anonimligi, Internet orqali yoqimsiz xabarlar tunu kun keng ommaga
tarqalishi bilan farqlanib, jabrlanuvchiga g‘oyat katta azob-uqubat keltirishi bilan
ifodalanadi. Internet tarmog‘idan foydalanib, ish yoki o‘qish joyi, oilada turli xil
haqoratlar, tuhmat, ta’na, mish-mishlar, uydirma xabarlar tarqatishda ifodalanadi.
Shuningdek, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali insoning ruhiyatiga qattiq ta’sir
etuvchi, uni iztirobga soluvchi beshafqat munosabat va zo‘ravonlik sahnalarini
namoyish etishni ham shaxsga bo‘lgan zo‘ravonlik, deb e’tirof etishimiz mumkin.

3

Ruhland E. G. Maktabda zo'ravonlikni qanday to'xtatish kerak. Mobbing psixologiyasi / Per. N. Shinkarenko. - Ibtido,

2012. - 264 p. - (Maktabdagi psixolog). - ISBN 978-5-98563-289-7.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

175

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Alohida diqqat qaratish kerak bo'lgan jihat shundagi bugun siz kimdir haqida

haqoratomuz postni yoqtirsangiz yoki yuborsangiz ham, bilingki bu ham
kiberbullingdir. Ma’lumki, tahqirlangan insonda umidsizlik, jizzakilik, norozilik, jaxl,
tushkunlik holatiga moyillik va noto'g'ri qarorlar qabul qilishga bo'lgan harakat paydo
bo‘ladi. Shuning uchun ham fuqarolarimizning internetdagi va hayotdagi
pozitsiyasidan, qat’iy nazar, media savodxon bo‘lish zarur.

Xulosa

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, mamlakatimizda bugungi kunga kelib ushbu

hodisaga nisbatan qarshi kurashish mexanizmi to‘liq shakllangan va bugungi kunda
yana kuchli islohotlar va ushbu holatlarga qarshi kurashish mexanizmi yuzasidan
yanada kuchli ishlar amalga oshirilmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining
“Bolalarni ularni sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi”
Qonunida “bolalar ongiga g‘ayriqonuniy axborot-ruhiy ta’sir ko‘rsatilishining, ularga
hiyla ishlatilishining, bolalarni g‘ayriijtimoiy harakatlarga undovchi axborot mahsuloti
tarqatilishining oldini olish, shuningdek ushbu sohadagi huquqbuzarliklarni
profilaktika qilish” yo‘nalishi davlat siyosatining tarkibiy qismi sifatida belgilangan.

Buni oldini olishda voyaga yetmagan yoshlarning ta’lim-tarbiyasini

takomillashtirish, ularni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida
tarbiyalash, jonajon Vatanimiz ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz kelajagi vakillarining
rolini oshirish masalalari alohida belgilab olish muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimiz
kelajagi yosh avlodni qanday tarbiyalash bilan bog‘liq. Zero,yoshlar
mamlakatimizning ertangi avlodi sifatida davlatimiz ravnaqi uchun yo‘naltirishi
muhimdir. Shu jihatdan, yosh avlodni to‘g‘ri tarbiyalash uchun butun jamiyat mas’ul,
har qanday huquqbuzarliklarning oldini olishda barchamiz tashabbuskor bo‘lishimiz
kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ruhland E.G.Maktabda zo'ravonlikni qanday to'xtatish kerak. Mobbing

psixologiyasi / Per. N. Shinkarenko. - Ibtido, 2012. - 264 p. - (Maktabdagi psixolog). -
ISBN 978-5-98563-289-7.

2.

Ojieva E. N. Bulling zo'ravonlikning bir turi sifatida. Maktab zo'ravonligi //

Yevropa qit'asining ilmiy sanoati / Konferentsiya ma'ruzalari to'plami. - Belgorod:
Rusnauchkniga, 2008 yil.

3.

Kon I.S. Bezorilik nima va u bilan qanday kurashish mumkin? // Oila va maktab.

- 2006. - No 11. - S. 15−18.

4.

Bolalar va o'smirlar psixoterapiyasi / Ed. Devid Leyn va Endryu Miller. Per. N.

A. Muxina. - Sankt-Peterburg: Pyotr, 2001. - S. 240−274. –


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

176

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

5.

Kirill Xlomov. O'smirlik psixologiyasi: zo'ravonlik muammosi. Maktabdagi

bezorilik haqida, bezorilik sabablari va jabrlanuvchilar va tajovuzkorlarning
xususiyatlari (2017 yil 11 iyul). Olingan: 2018 yil 21-may.

6.

Dan Olveys. Maktabda bezorilik: biz nimani bilamiz va nima qila olamiz. -

Malden: Blackwell nashriyoti, 1993 yil.

7.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari //

Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning
o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent.O‘zbekiston Milliy universiteti
huquqshunoslik fakulteti. – 2009. B. 66-69.

8.

https://avitsenna.uz/bulling-va-undan-himoyalanish-borasida-psixologning-

maslahatlari

References

Ruhland E.G.Maktabda zo'ravonlikni qanday to'xtatish kerak. Mobbing psixologiyasi / Per. N. Shinkarenko. - Ibtido, 2012. - 264 p. - (Maktabdagi psixolog). - ISBN 978-5-98563-289-7.

Ojieva E. N. Bulling zo'ravonlikning bir turi sifatida. Maktab zo'ravonligi // Yevropa qit'asining ilmiy sanoati / Konferentsiya ma'ruzalari to'plami. - Belgorod: Rusnauchkniga, 2008 yil.

Kon I.S. Bezorilik nima va u bilan qanday kurashish mumkin? // Oila va maktab. - 2006. - No 11. - S. 15−18.

Bolalar va o'smirlar psixoterapiyasi / Ed. Devid Leyn va Endryu Miller. Per. N. A. Muxina. - Sankt-Peterburg: Pyotr, 2001. - S. 240−274. –

Kirill Xlomov. O'smirlik psixologiyasi: zo'ravonlik muammosi. Maktabdagi bezorilik haqida, bezorilik sabablari va jabrlanuvchilar va tajovuzkorlarning xususiyatlari (2017 yil 11 iyul). Olingan: 2018 yil 21-may.

Dan Olveys. Maktabda bezorilik: biz nimani bilamiz va nima qila olamiz. - Malden: Blackwell nashriyoti, 1993 yil.

B.B.Murodov. Jinoyat-protsessual qonun normalarini erkinlashtirish yo‘llari // Oliy yuridik o‘quv yurtlarida inson huquqlari muhofazasini ta’minlovchi fanlarning o‘qitishning zamonaviy muammolari. Toshkent.O‘zbekiston Milliy universiteti huquqshunoslik fakulteti. – 2009. B. 66-69.