Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
205
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘QUVCHILARGA ESTETIK TARBIYA BERISHDA O‘ZBEK MUSIQA
FOLKLORINING AHAMIYATI
Botirbayev Maxmudjon
Buxoro Xalqaro Universiteti II bosqich magistranti
Nurullayev Farrux Gaybulloyevich
Buxoro Davlat Pedagogika Instituti (PhD) professori
O‘zbek musiqa folklori asosida o‘quvchilarni estetik tarbiyalash hozirgi kunning
dolzarb muammolardan biriga aylandi. Chunki, o‘zbek musiqa folklori millatning
ma’naviy-musiqiy boyligi hisoblanishi bilan birga uning mazmunida milliy urf-odat va
an’analar, milliy mentalitet o‘z ifodasini topgan. O‘zbek musiqa folklori
o‘zining o‘ynoqiligi va jo‘shqinligiga ko‘ra o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda muhim
didaktik vosita sanalanadi. Shuning uchun ham umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
“Musiqa madaniyati” o‘quv fani jarayonida O‘zbek musiqa folklorini o‘rganish
o‘quvchilarning san’at asarlarini his etish, ulardan ma’naviy zavq olish, go‘zallikka
intilish kabi xislatlarining shakllanishida alohida ahamiyatga ega.
Shu jihatdan ham bugungi kunda O‘zbek musiqa folklori asosida o‘quvchilarni
estetik tarbiyalash usullari, vositalarini, estetik tarbiyaning pedagogik-psixologik
imkoniyatlarini ochish zaruriyati alohida dolzarblik kasb etmoqda. Chunki musiqa
ta’limining ushbu yo‘nalishi o‘quvchilarda musiqa folkloriga oid nazariy va amaliy
bilimlarni, badiiy-musiqiy, estetik tafakkurni shakllantirishda, ma’naviy-axloqiy
tarbiyalashda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Fuqarolik jamiyatini tarkib
toptirish, eng avvalo, mazkur jamiyatda yashayotgan kishilarning ma’naviy – axloqiy
jihatdan yetukligi va yuksak darajadagi aqliy salohiyatiga bog‘liq.
Yosh avlodga ta’lim–tarbiya berish umumiy o‘rta ta’lim maktablarida
o‘qitiladigan har bir o‘quv predmeti hamda sinfdan tashqari olib boriladigan tadbirlar
orqali amalga oshiriladi. Maktab o‘quv predmetlari o‘quvchilarni estetik ruhda
tarbiyalash vositasi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Estetik ta’lim-tarbiya tufayli
o‘quvchilarda bir qator ijobiy sifatlar shakllanadi. Jumladan, ularda kuchli hissiy
mushohada, mustaqil tafakkur yuritish qobiliyati, mantiqiy fikrlash xususiyatlari tarkib
topadi. Shunday ekan, umumiy o‘rta ta’lim bosqichida o‘quvchilarda estetik
madaniyatni shakllantirishga alohida e’tibor qaratish zarur.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
206
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘quvchilarga estetik ta’lim-tarbiya berishda ma’naviy merosimizning tarkibiy
qismi bo‘lgan musiqiy folklor yetakchi o‘rin egallaydi. Ta’lim jarayonida musiqiy
merosdan foydalanish natijasida o‘quvchilarni murakkab o‘quv yuklamasidan xalos
etish, ularni ma’naviy- axloqiy tarbiyalash, estetik didini rivojlantirish uchun
imkoniyat vujudga keladi. Bu kabi vazifalarni amalga oshirishda O‘zbek musiqa
folklorining ritmi, o‘quvchiga tez ta’sir qilishi alohida ahamiyatga molik. O‘zbek
musiqa folklori o‘zining etnik xususiyatlari va uslubi bilan boshqa voha folkloridan
keskin farq qiladi. Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbek musiqa folklori vositasida
o‘quvchilarni estetik tarbiyalashning pedagogik asoslarini o‘rganish muhim
ahamiyatga egadir.
O‘quvchilarni insonparvarlik, Vatanga muhabbat, bilim va ma’rifatga intilish
ruhida tarbiyalash, urf-odatlar, an’analarni qadrlashga undovchi omil bo‘lib, ular
musiqa ta’limini zamonaviy talablar asosida tashkil qilish va shu bilan birgalikda
o‘quvchilarni estetik tarbiyalashni taqozo qiladi.
Qayd etilgan muammolarni amalga oshirishda quyidagilarni alohida hisobga
olish kerak.
Avvalo, musiqa ta’limining samaradorligini oshirishga ehtiyoj tug‘ilmoqda.
Qolaversa, musiqa ta’limi orqali o‘quvchilarni estetik tarbiyalash usullari, vositalarini
asoslash, estetik tarbiyaning pedagogik-psixologik imkoniyatlarini ochish zaruriyati
paydo bo‘lmoqda.
O‘zbek xalq musiqasi har bir shaxsning ma’naviy kamolotini shakllantirishda,
intellektual salohiyatini rivojlantirishda, qalb va vijdonini barqarorlashtirishda, ezgu
orzu niyatlarini amalga oshirishda, barkamol insonni voyaga yetkazishda muhim
ahamiyat kasb etishi bilan birga o‘zining tili, ohangi, urf-odatlari, qadriyatlarini
tarannum etadi. O‘zbek musiqa folklori mazmunida ezgulik g‘oyalariga hurmat-
ehtirom, sog‘lom turmush tarzi, mehr-oqibat, o‘z yeri, tarixi, madaniyati bilan
mag‘rurlanish, mustahkam imon-e’tiqod, kuchli oriyat, pok vijdon, halol mehnat,
yaxshilik, sadoqatli bo‘lish kabi insoniy fazilatlarning ma’no-mohiyati ifodalangan.
Demak, O‘zbek musiqa folklori milliy musiqa ma’naviyatining ajralmas qismi sifatida
jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishda o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda muhim o‘rin
tutadi.
“Folklor” atamasi ingliz tilidan olingan bo‘lib, ikki so‘zdan tashkil topgan. “Folk”
(
folk
)–xalq va lore (
lore
)–donolik so‘zlarining birikmasidan iborat bo‘lib, “xalq
donishmandligi” degan ma’noni bildiradi. U birinchi marta Vilyam Toms tomonidan
1846 yilda ishlatilgan va shundan boshlab iste’molga kiritilgan.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
207
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Folklor–xalq ijodiyotining barcha sohalari singari xalq musiqasini ham o‘z ichiga
oladi. Xalq musiqasi ayrim hollarda “Musiqa ahli” deb ham yuritiladi. Folklor
qo‘shiqlari og‘izdan–og‘izga, avloddan–avlodga o‘tib to‘ldiriladi va sayqal topadi.
Folklor qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlaridan
biri, ularning
g‘oyaviyligidadir.
Milliy musiqaning eng ommalashgan turi folklor qo‘shiqlaridir. Folklor
qo‘shiqlarida voqea–hodisalar shaxsning botiniy kechinmalari o‘z aksini topadi va bu
holat jamoaning his tuyg‘ulari bilan uyg‘unlashgan holda ifodalanadi. Shu boisdan
ham folklor qo‘shiqlari o‘quvchi–yoshlarni estetik tarbiyalashda muhim manba
hisoblanadi.
Folklor qo‘shiqlarining janr xususiyatlari mehnat qo‘shiqlari, xalq o‘yinlari va
ularning taraqqiyot bosqichlari kabilar folklorshunos olimlar tomonidan tadqiq
qilingan.
Pedagogikada estetik tarbiya berish muammosi XX asrning 50–60 yillaridan
boshlab rivojlana boshlagan. “Estetik tarbiyalash”, “estetik tarbiya”, tushunchalari
amalga oshirilgan tadqiqotlarda keng tahlil qilindi.
Ilmiy manbalarda ta’kidlanishicha, shaxsni kamol toptirish, uning his-tuyg‘ulari,
dunyoqarashi, ma’naviyati, madaniyatlilik darajasini rivojlantirishda san’at va
adabiyotning o‘z o‘rni hamda mavqei bor.
O‘quvchilarni estetik tarbiyalashda musiqaning ahamiyatini alohida ta’kidlash
zarur. Pedagog va psixolog olimlarning ilmiy tadqiqotlarida qo‘shiq va musiqaning
shaxsni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati muhimligi ko‘plab dalillar asosida
ko‘rsatib berilgan. Biz ushbu maqolamizda vorisiylik tamoyiliga tayangan holda
amalga oshirishni nazarda tutdik. Vorislik – tarixiy taraqqiyot jarayonida yangilik bilan
eskilik o‘rtasida yuzaga keladigan zaruriy aloqa, bog‘lanish usulidir.
Shunday ekan, o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda ularning axloqiy sifatlariga
ham e’tibor beriladi. Zero, estetik tarbiya aql bilan hissiyotni uyg‘unlashtirishdan
iboratdir.
“Estetika” keng ma’noga ega bo‘lib, shaxsni tabiat va jamiyatdagi go‘zalliklarni
ideal nuqtai nazardan idrok etishga o‘rgatadi. Estetika shaxs estetik ongi,
munosabatlari va estetik faoliyatining vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat
bo‘lgan uzluksiz jarayondir. Bu jarayon shaxsning yosh xususiyatlari va ijtimoiy
omillar bilan belgilanadigan turli bosqichlar hamda darajalarga ega. Estetik tarbiya
shaxsning jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog‘liq bo‘lib, turli pedagogik
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
208
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
vositalar, shakllar va yo‘llar yordamida amalga oshiriladi. Jamiyat va ayrim shaxsning
estetik madaniyati tushunchalari mavjud. Jamiyatning estetik madaniyati deganda.
insoniyat butun rivojlanishi tarixi jarayonida to‘plagan moddiy va ma’naviy
qadriyatlari majmui tushuniladi.
O‘quvchi shaxsining estetik madaniyati uning jamiyat madaniy merosini faol,
ijodiy o‘zlashtirishi natijasida hosil bo‘ladi. Shaxsning go‘zallik bilan o‘zaro
munosabati, uning ayrim sifatlari o‘zaro ta’sir natijasida estetik madaniyati ham doimo
o‘zgarib turadi.
Estetik madaniyatning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1.
Estetik ong.
2.
Estetik munosabatlar.
3.
Estetik idrok
4.
Estetik qiziqish.
Estetik ong
– ijtimoiy voqelik tabiat, san’at bilan bevosita muloqot jarayonida
nazariyalar, qarashlar, badiiy ta’lim – tarbiya natijasida shakllanadi.
Estetik munosabat
– shaxsning aniq bir estetik hodisaga munosabatini
bildiruvchi aqliy harakat orqali ifodalanadi. Bunda estetik idrok birlamchi vazifani
o‘taydi.
Estetik idrok
- atrof muhitdagi buyum, narsa, hodisalarning estetik mohiyatini
his qilish jarayoni.
Estetik qiziqish
– o‘quvchida estetik faoliyatga intilish, voqelik va san’at
asarlarini estetik jihatdan o‘zlashtirishga kirishishda ifodalanadi.
O‘quvchilar estetik madaniyat darajasiga o‘zlarini o‘rab turgan tevarak-atrofdagi
narsa, hodisalar, kiyimlar, o‘yinchoqlar, oila a’zolarining o‘zaro samimiy
munosabatlari yordamida hamda qo‘shiq, musiqa tinglash orqali erishadilar. Musiqa
madaniyati darslarida o‘quvchilar qo‘shiq aytish, ijrochilik, musiqa asboblarini chalish
kabi ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bunday vaziyatlarda o‘quvchilar musiqa asboblari
hamda atrof- muhitdagi kishilarga to‘g‘ri muomalada bo‘lish maqsadida, o‘zlari
egallagan estetik madaniyat darajasini namoyish qiladilar. Buyuk alloma Forobiy
musiqa asarlarining inson vujudi, ruhiyati, umuman, ma’naviyati bilan chambarchas
bog‘liq ekanligi, musiqa inson kayfiyatini o‘zgartirishdan tashqari, uning ma’naviy
qiyofasiga ta’sir etishini estetik jihatdan asoslab bergan. Umumiy o‘rta ta’lim maktab
o‘quvchilarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar
orqali estetik tarbiyalashda O‘zbek musiqa folklori muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
209
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ADABIYOTLAR:
1.
F.G
Nurullayev,
Firdavs
To‘xtayev-
XUSUSIYATLARI TENDENTSIYALARI.
Journal of science-innovative research
in Uzbekistan, 2024/12/1,Tom-2,12, 8-15 betlar
2.
Nurullayev Farrux Gaybulloyevich, X.G Saidovna.
SPIRITUAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS THROUGH THE
MEANS OF UZBEK FOLK SONGS
. International journal of artificial intelligence
ISSN: 2692-515X
3.
Xujayev Dilmurod Bakiyevich, Nurullayev Farrux Gaybulloyevich-
BUXORCHA KONSEPTSIYASI TAMOYILLARI BUXORODA QAROR
TOPISHI
, International journal of scientific researchers (IJSR) INDEXING,
2024/4/30,Tom-5,1, 515-520 betlar
4.
D.M Yusupovich, N.F. Gaybulloyevich- Milliy Musiqa San’ati Ravnaq Topishida
O ‘Zbek Folklorining O ‘Rni Va Ahamiyati- Diversity Research: Journal of
Analysis and Trends, 2024/2/6, Tom-2,2, 4-8 betlar
5.
Egamov Oxunjon Saidovich Nurullayev F.G-
QO‘SHIQLARI O‘ZBEK XALQINING BOY MEROSI SIFATIDA
, Confrencea -
Virtual International Conferences, “International Conference on Advance Research
in Humanities, Sciences and Education.”
6.
Istatov Muhriddin Qaxramonovich, Nurullayev Farrux Gaybulloyevich-
MUSIQIY TOVUSHLARNING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI VA CHOLGU
ASBOBLARIDA JOR BOLISH USLUBLARI.
Advance Research in Humanities, Sciences and Education, Hosted from New York,
the USA https://confrencea.org Janruary 30th, 2024, Confrencea 1 (1),74-78
7.
Norqulov Sh Sh, F.G Nurullayev.
PEDAGOGS INTERNATIONAL RESEARCH JOURNAL|
PEDAGOGS | PED | VOLUME-76 | ISSUE-1(2025)
8.
Norqulov Sh Sh, F.G Nurullayev.
SHАKLLАNTIRISH VА RIVОJLАNTIRISHGА ОID NАZАRIУ-PEDАGОGIK
HAMDA PSIХОLОGIK АSОSLАR
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
. Vol. 39 No. 1
(2025)
9.
Nurullayev Farrux Gaybulloyevich .
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
210
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
(2025): PEDAGOGS INTERNATIONAL RESEARCH JOURNAL | PEDAGOGS
| PED | VOLUME-75 | ISSUE-1
10.
Sayfullayev Sanjarbek Sadullayevich Nurullayev Farrux Gaybulloyevich.
FOLKLOR QO ‘SHIQLARINING O ‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
International Conference on Advance Research in Humanities, Sciences and
Education,Hosted from New York,the USA https://confrencea.org Janruary 30th,
2024
11.
Rustamov Feruz Tavakkal ogli, & Nurullayev Farrukh Gaybulloyevich.
EDUCATION OF A CHILD BY MUSIC IN THE EARLY PERIOD OF
LIFE. (2023).Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 22, 29–
34.Retrieved from
spark.org /index.php/ sjird/article/ view/863
12.
Usmanov Azizbek Azamatovich, Nurullayev Farrukh Gaibulloyevich. THE ROLE
OF MUSIC CULTURE LESSONS IN THE GROWTH OF THE
CONSCIOUSNESS OF THE STUDENT YOUTH AND NATIONAL
THINKING. (2023).
Western European Journal of Modern Experiments and
Scientific Methods
,
1
(4), 5-9.
13.
Usmonov Azizbek Azamatovich, Nurullayev Farrux Gaybulloyevich.
O‘Quvchilarni Ma’naviy-Axloqiy Shakllantirishda O‘Zbek Xalq Qo‘Shiqlari
Ahamiyati. Progress Annals: Journal of Progressive Research|Vol. 1 No. 8 (2023):
Progress Annals.Published: 2023-12-06
14.
X.M.Ashurmuxamadovna, N.F.Gaybulloyevich MAKTABGACHA YOSHDAGI
BОLALARNING MUSIQIY FAOLIYATI. (2023). Multidisciplinary Journal of
Science
and
Technology,
3(4),
14-19.
https://mjstjournal.com/index.php/mjst/article/view/282
15.
Nurullayev Farrux Gaybulloyevich. “O‘ZBEK MUSIQASI TARIXI” FANINI
O‘QITISHDA INNOVATSION YONDASHUVLAR. Ilm-fan va texnologiyalar.
2023 №2(1) Наука и технологии
16.
Habibullayeva G.H. , Nurullayev F.G. O’ZBEK FOLKLOR QƠSHIQLARINING
BOLALAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI. Inter education & global study 2023
17.
Z.X Xamrayev, F.G Nurullayev - O ‘ZBEK ESTRADA SAN’ATINING XALQ
MADANIY HAYOTIDA TUTGAN O ‘RNI - Экономика и социум, 2023 № 4-2
(107) стр 325-328
18.
Hamdamova Sitora Rustamova, Nurullaev Farrukh Gaibullayevich-MUSIC AS A
TOOL FOR RAISING CHILDREN EARLY LIFE.Spectrum Journal of
Innovation, Reforms and Development.2022/11/29 Vol.9, 422-427
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
211
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
19.
Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев-Значение Фольклёрной Музыки В
Воспитание Детей.Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and
Humanities.2022/11/24. Vol 12. 189-193
20.
Rahmonova Hojibuvi Rizojon Qizi, Nurillayev Farrux-Musiqaning inson
ruhiyatiga tasiri qadimgi dunyo olimlarining qarashlarida. Ta'lim fidoyilari, OOO
«Research and publications» 2022.Vol 24,№ 45, 73-83
21.
Madaminova Muyassarxon, Nurullayev F.G.-UMUMIY ÓRTA TA’LIM
MAKTABLARIDA MUSIQA TARBIYASI.Central Asian Research Journal for
Interdisciplinary Studies (CARJIS)2022 Special issue,130-134, ООО «THE
FUTURE OF A NEW DAY»
22.
Фаррух Гайбуллоевич Нуруллаев- Случайный выбор качественных
характеристик материала по музыки или порядок его изложения в процессе
создания музыки или исполнения опуса. SCIENTIFIC PROGRESS.2021.Vol 2,
№4(pp. 588-593)
23.
Nurullaev F.G. The role of folklore in the raising of children. European Journal of
Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 12, 2020 Part IIIISSN
2056-5852.
24.
Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Роль фольклорных песен в воспитании
учащихся. Научно– методический журнал «Проблемы педагогики» №3(48).
Москва 2020. С.15-17.
25.
Нуруллаев Ф.Г., Композиционный и исполнительский процесс в музыке //
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 576-
581.
26.
Нуруллаев Ф.Г. Импровизаторское творчество в ХХ веке по сфере музыке//
«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021.- pp. 582-
587.
27.
Nurullayeva N.G., Nurullaeva N.K., Nurullaev B.G. Role and significance of
folkler music in the upbringing of children of preschool age. Academicia An
International Multidisciplinary Research Journal. Vol.10, Issue 10, 2020.
28.
Нуруллаев Ф.Г., Музыкальный процесс в западной музыке // «SCIENTIFIC
PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601, 2021. - pp.570-575.
29.
Нуруллаев Ф.Г., Норова Ш.У. Психология музыкальных дидактических игр
на интегрированных занятиях// Вестник интергративной психологии. Журнал
для психологов. Выпуск №17, 2018. – С.295-299.
30.
Нуруллаев Ф.Г., Нуруллаева Н.К. Музыкально-историческое наследие
центральной Азии (психологический настрой армии Темура). Психология
XXI столетия, 18-20 марта 2020 года С. 115-118.
