Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
200
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
YURAK ISHEMIK KASALLIKLARINI OPERATIV DAVOLASHNING
ZAMONAVIY USULLARI
Qoraboyeva Marjona Panji qizi, Geldiyev Behruz Bahodirovich
Termiz Iqtisodiyoti va Servis universiteti,Termiz sh, Farovon massivi 4B-uy,
Annotatsiya
Yurak ishemik kasalligi
– bu to'satdan paydo bo'lishi uchun xavfli kasallik. Bu
kasallik tinch holatda ham to’sh suyagi orqasida paydo bo’luvchi kasallik bo’lib, kelib
chiqishida yurak mushaklarida kislorod tanqisligi muhim rol o’ynaydi.Yurak ishemik
kasalligi sabablari orasida: koronar arteriyalarning aterosklerozi, yog ' va xolesterin
pilakchakalar sonining koronar qon tomirlarda faol ko'payishi tufayli ular
bo’shlig’ining torayishi, qandli diabet, qondagi yuqori xolesterin miqdori avvalgi
o’rinlarda turadi. O'tkir yuzaga keluvchi yurak ishemik kasalligi zudlik bilan jarrohlik
davolashni talab qiladi chunki –yirik koronar tomirlar toliq bekilishi va ko’plab
kardiomiotsitlar o’limi tufayli, miokard infarkti va oqibati o’lim bilan tugaydi.
Kalit so’zlar:
Yurak ishemik kasalligi, ateroskleroz, qandli diabet, infarkt,
koronar tomirlar, xolesterin, stress, jarrohlik, o’lim.
СОВРЕМЕННЫЕ МЕТОДЫ ОПЕРАТИВНОГО ЛЕЧЕНИЯ
ИШЕМИЧЕСКИХ БОЛЕЗНЕЙ СЕРДЦА
Карабаева Марджона Панджи кизи, Гелдиев Бехруз Бахадирович
Термезский университет экономики и сервиса, Термезский ш, массив Фарован
4Б, дом, e-mail: qoraboyevamarjona3gmail.com
Аннотация
Ишемическая болезнь сердца — это опасное заболевание, которое может
внезапно возникнуть. Это заболевание проявляется болью за грудиной даже в
состоянии покоя, и в его возникновении важную роль играет дефицит кислорода
в сердечной мышце. Среди причин ишемической болезни сердца на первом месте
стоят: атеросклероз коронарных артерий, сужение их просвета из-за активного
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
201
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
увеличения количества жировых и холестериновых бляшек в коронарных
сосудах, сахарный диабет и высокий уровень холестерина в крови. Остро
возникшая ишемическая болезнь сердца требует немедленного хирургического
вмешательства, так как полная закупорка крупных коронарных сосудов и гибель
множества кардиомиоцитов приводит к инфаркту миокарда и может закончиться
летальным исходом.
Ключевые слова:
Ишемическая болезнь сердца, атеросклероз, сахарный
диабет, инфаркт, коронарные сосуды, холестерин, стресс, хирургия, смерть.
MODERN METHODS OF SURGICAL TREATMENT OF ISCHEMIC HEART
DISEASES
Abstract
Ischemic heart disease is a dangerous condition that can occur suddenly. This
disease manifests as pain behind the sternum even at rest, and a lack of oxygen in the
heart muscle plays a key role in its development. The main causes of ischemic heart
disease include: atherosclerosis of the coronary arteries, narrowing of their lumen due
to the active accumulation of fat and cholesterol plaques in the coronary vessels,
diabetes mellitus, and high blood cholesterol levels. Acute onset of ischemic heart
disease requires urgent surgical treatment, because complete blockage of large
coronary vessels and the death of numerous cardiomyocytes can lead to myocardial
infarction and result in death.
Keywords:
Ischemic heart disease, atherosclerosis, diabetes mellitus, infarction,
coronary vessels, cholesterol, stress, surgery, death.
Kirish. Yurakning ishemik kasalligi
tarqalgan kasalligi; miokard ishemiyasi va koronar qon aylanishining buzilishi bilan
kechadi. Yurakning ishemik kasalligiga, asosan, koronar (toj) tomir arteriyalari
aterosklerozi natijasida yurak muskullarida qon aylanishining yetishmay qolishi va shu
tufayli yurakning qonga yolchimasligi sabab boʻladi. Yurakning ishemik kasalligiga
stenogkardiya (dastlabki, muqim, nomuqim), miokard infarkti, infarktdan keying
kardioskleroz, aritmik tur va yurak yetishmovchiligi kiradi. Yurakning ishemik
kasalligi muntazam rivojlanib boruvchi ogʻir yurak xastaligi hisoblanadi. Yosh
ulgʻaygan sari kasallik uchrashi koʻpayadi.
Klinikasi.
Yurak ishemik kasallik klinik jihatdan bir xilda kechmay, dam
zoʻrayib, dam bosilib turadi. Koʻpincha yurakning ishemik kasalligi zimdan kechib,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
202
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
bemor oʻzining shunday xavfli kasallikka chalinganini bilmay, shifokorga murojaat
qilmay yuradi. Odatda, yurakning ishemik kasalligining dastlabki klinik belgilaridan
biri — zoʻriqish stenokardiyasi xuruji boʻlib, jismoniy ish bajarilganda roʻy beradi.
Keyinchalik kasallik uzoq davom etishi, hatto yillab choʻzilishi mumkin. Koʻpincha
zoʻriqish stenokardiyasiga bir muncha vaqtdan keyin tinch holatda ham kuzatiladigan
tinch holat stenokardiyasi hurujlari qoʻshilishi mumkin.
Kelib chiqishi va rivojlanishi.
Kishilarning yoshi, kasallikka irsiy moyillik,
gipertoniya kasalligi, qandli diabet, semirib ketish, ichkilikka ruju qilish, kashandalik,
kamharakat (gipodinamiya), jismoniy hamda ruhiy zoʻriqish va boshqalar sabab
boʻladi. Kashandalar oʻrtasida yurakning ishemik kasalligining nisbatan koʻp uchrashi
kuzatilgan.Kasallikning rivojlanishida, ayniqsa, xolesterinning roli katta. Qonda
xolesterin miqdorining oshib ketishi aterosklerozga sabab boʻladi va bu yurakning
ishemik kasalligi rivojlanish xavfini oshiradi.
Turlari.
Yurak ishemik kasallikning xavfli omilini bartaraf etsa boʻladigan va
bartaraf etib boʻlmaydigan xillari bor. Masalan koʻkrak qisishi (stenokardiya), miokard
infarkti, insultni bartaraf etib boʻlmaydi; agar odam bu kasalliklar bilan bir marta ogʻrib
oʻtgan boʻlsa, yurakning ishemik kasalligi rivojlanish xavfi koʻproq boʻladi.
Yurak ishemik kasalilgining dastlabki bosqichi stenokardiya boʻlsa, miokard
infarkti uning eng ogʻir shaklidir. Stenokardiya bilan bemor uzoq vaqt yashashi
mumkin, ammo dastlabki davrida (birinchiuch kun) 20—30% bemorda miokard
infarkti kuzatiladi. Miokard infarktining klinik belgilari, odatda, stenokardiya
belgilariga oʻxshash boʻlib, faqat ogʻriq uzoqroq va kuchliroq davom etadi. Bunda
dastlabki soatlarda yoq oʻlim roʻy berishi yoki keyinchalik ham jiddiy asoratlar
kuzatilishi mumkin. Infarktdan keying kardioskleroz, yurak aritmiyasi, yurak
yetishmovchiligi aslida yurakning ishemik kasalligining asoratlari boʻlib, yurak tomir
sistemasi kasalliklaridan boʻladigan nogironlik va oʻlimning asosiy sabablaridir.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
203
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Yurakning
ishemik
kasalligiga
gumon
qilinganda
darhol
bemorni
kasalxonagayotqizish zarur.
Kasallikning klinik belgilari.
Kasallik tarixi, bemor shikoyatlari, perkussiya,
auskultatsiya, umumiy koʻruv, elektrokardiografiya, yurak muskullariga xosfermentlar
va struktura elementlari (kreatinin fosfokinaza izofermentlari, mioglobin va boshqalar)
hamda qon tahlili, exokardiografiya va boshqalar tekshiruv natijalariga qarab diagnoz
qoʻyiladi.Uni davolash terapevtik va jarrohlik usulida olib boriladi. Yurakning ishemik
kasalligida parhezga rioya qilish muhim ahamiyatga ega. Ovqatning umumiy miqdori
va kaloriyasini cheklab, vaznni meʼyorida saqlashga harakat qilish, badan tarbiya bilan
shugʻullanish, mehnat va dam olishni uygʻunlashtirish, vrach koʻrsatmalariga
bekamukoʻst amal qilish lozim. Chekishni tashlash shart. Yurakning ishemik
kasalligining oldini olish uchun gipertoniya kasalligi, qandli diabet va boshqalarni
davolash zarur.
Davolash.
Yurak ishemik kasalligini davolash miyokardning normal qon
ta’minotini tiklash va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan. Afsuski,
faqat terapevtik muolajalar har doim ham samarali emas. Koronar arteriya stenozi
bartaraf etilgandan so’ng, hayot sifati sezilarli darajada oshadi, ish qobiliyati tiklanadi,
miyokard infarkti va to’satdan yurak o’limi xavfi sezilarli darajada kamayadi va umr
ko’rish davomiyligi oshiriladi.
Xulosa.
Yurak ishemik kasalliklari (YIK) bugungi kunda global sog‘liq
muammolaridan biri bo‘lib, ularni operativ davolash bo‘yicha zamonaviy usullar
kardiologiya va yurak-jarrohlik sohasida katta yutuqlarga olib kelmoqda. Koronar
arteriyalarni qayta tiklovchi operatsiyalar, ayniqsa koronar shuntlash (aorto-koronar
shuntlash) va perkutan koronar intervensiyalar (stentlash), yurak mushaklariga qon
yetkazib berishni yaxshilab, bemorlarning hayot sifatini oshirish va o‘lim xavfini
kamaytirishga xizmat qilmoqda. Minimal invaziv texnologiyalar, robotlashtirilgan
operatsiyalar va yangi avlod dori bilan qoplangan stentlar bu yo‘nalishdagi davolash
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
204
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
usullarini yanada mukammallashtirmoqda. Shu boisdan, YIKni davolashda zamonaviy
operativ usullar nafaqat samarali, balki xavfsiz, kam invaziv va tez tiklanishga
yo‘naltirilgan bo‘lib, bu sohaga innovatsion yondashuvlarni qo‘llashni davom ettirish
dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ahmedov A.G. Odam anatomiyasi. Toshkent. O‘zME Davlat
ilmiy nashriyoti. 2005.
2.
Аҳмедов А.Г., Зиямуддинова Г.Х. Одам анатомия, физиология ва пат
оло-гияси. Тошкент. 2010.
3.
Аҳмедов А.Г, Расулов Х.А. Атлас анатомии человека.
Ташкент. 2011.
4.
Синельников Р.О. Атлас анатомии человека. В 4-х томах
–М.: 2007.
5.
Frank H., Netter M.D. Atlas of Human Anatomy. N.York.
2003.
6.
Воробьева Е.А. Анатомия и физиология. Москва. 1988.
7. Қодиров У.З. Одам физиологияси. Тошкент. 1996.
8.
Ҳақбердиев
М.М.
Патологик
физиология.
Тошкент.
2009.
9.
Серов
В.В.,
Ярыгин
Н.Е.
Подков
анатомия / Атлас. Москва. 1988.
