Authors

  • Abdinazarova Bibixonim Rashiqizi
    Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, 1-bosqich magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.82808

Keywords:

Yangiliklar iste’moli xavotir ruhiy salomatlik doomscrolling media psixologiyasi digital stress vikary travma information overload.

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan yangiliklar iste’moli (news consumption) va uning inson psixologiyasiga, xususan, xavotir darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari orqali doimiy yangiliklar oqimi odamlarning ruhiy holatiga qanday ta’sir qilayotgani global miqyosda dolzarb masalaga aylangan. Tadqiqot davomida ko‘plab insonlar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, yangiliklarni muntazam kuzatib boradigan shaxslar orasida xavotir, asabiylik va tushkunlik holatlari nisbatan yuqori ekanligi aniqlangan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

474

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YANGILIKLAR ISTE’MOLINING INSONDAGI XAVOTIR DARAJASIGA

PSIXOLOGIK TA’SIRI

Abdinazarova Bibixonim Rashiqizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti,

1-bosqich magistranti

E-mail:

bibixonimabdinazarova@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada zamonaviy jamiyatda keng tarqalgan yangiliklar

iste’moli (news consumption) va uning inson psixologiyasiga, xususan, xavotir
darajasiga ta’siri o‘rganilgan. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot
vositalari orqali doimiy yangiliklar oqimi odamlarning ruhiy holatiga qanday ta’sir
qilayotgani global miqyosda dolzarb masalaga aylangan. Tadqiqot davomida ko‘plab
insonlar orasida so‘rovnoma o‘tkazilib, yangiliklarni muntazam kuzatib boradigan
shaxslar orasida xavotir, asabiylik va tushkunlik holatlari nisbatan yuqori ekanligi
aniqlangan.

Maqola so‘ngida yangiliklardan ongli foydalanish, “Raqamli gigiyena”ni saqlash va

ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Yangiliklar iste’moli, xavotir, ruhiy salomatlik, doomscrolling, media

psixologiyasi, digital stress, vikary travma,

information overload.

Kirish

So‘ngi yillarda ommaviy axvorot texnologiyalarining jadallik bilan rivojlanishi

natijasida insoniyat har qachongidan ham ko

proq axborot oqimiga duch kelmoqda.

Ayniqsa, internet va ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalishi natijasida odamlar
yangiliklarni sekundlar ichida qabul qilish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda. Bu holat,
bir tomondan, insonlarning xabardorlik darajasini oshirsa, boshqa tomondan, ruhiy
salomatlikka salbiy ta’sir qilgan holda bir qancha muammolarni yuzaga keltirmoqda.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

Amerikalik kommunikatsiya olimi George Gerbner tomonidan ilgari surilgan

nazariya shuni ta’kidlaydiki, ommaviy axborot vositalarida, ayniqsa yangiliklarda,
zo‘ravonlik va salbiy voqealarning ko‘p namoyish etilishi odamlar ongida dunyoni
xavfliroq deb qabul qilishga olib keladi. Bu holat “Mean World Syndrome” deb ataladi.
Natijada, odamlar doimiy xavotir, ishonchsizlik va pessimizm holatiga tushadilar. Shu
bilan birga Blumler va Katzning nazariyasini ham kiritib o’tish mumkin. Bu nazariyaga
ko’ra odamlar ommaviy axborot vositalaridan ongli ravishda foydalanishini ta’kidlaydi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

475

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

— ular yangiliklarni axborot olish, o‘zini xabardor his qilish, xavfsizlik tuyg‘usini
shakllantirish maqsadida iste’mol qiladi. Ammo bu ehtiyojlar noto‘g‘ri yoki haddan
ziyod qondirilsa, bu holat teskari ta’sir ko‘rsatib, xavotir kuchayishiga olib kelishi
mumkin.

Sherry Turkle “The Power of Talk in a Digital Age” kitobida OAV va texnologiya

odamlarning ijtimoiy aloqalari va hissiy holatiga qanday ta’sir ko‘rsatishini tahlil
qiladi.

George Gerbner tomonidan yozilgan “How viewers interpret Tv news” kitobida

uzoq muddatli media iste’molining insonning qarashlariga, fikrlash tarziga va ruhiy
holatiga ta’siri kabi mavzular batafsil yoritib berilgan.

Shvetsariyalik olimlar Martin Eppler va Jeanne Mengislarning

Axborotning haddan

ziyodlik nazariyasi (Information Overload Theory)ga ko’ra insonlarning haddan
tashqari yangilik va ma’lumotlarni o’rganishi, ko’rishi ularning

qabul qilish, saralash

va qayta ishlash qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini tushuntiradi.

E. Alison Holman va hamkasblari tomonidan olib borilgan tadqiqotlar shuni

ko‘rsatadiki, odamlar o‘zlari bevosita guvoh bo‘lmagan travmatik voqealarni
yangiliklar orqali ko‘rishlari natijasida “vicarious trauma” – ya’ni, bilvosita travma
holatini boshdan kechiradilar. Masalan, 9/11 hodisasi yoki Boston marafoni portlashi
kabi voqealarni yangiliklar orqali ko‘rgan odamlar post-travmatik stress alomatlarini
namoyon qilganlar

Rozin va Royzman (2001) o‘tkazgan psixologik tadqiqot shuni ko‘rsatadiki,

insonlar salbiy voqealarni eslab qolishga, ularni tahlil qilishga va ular haqida boshqalar
bilan suhbatlashishga ko‘proq moyil. Bu esa xavotir va stress darajasini oshiradi.
Shuningdek, Harber va ko‘plab tadqiqotchilar fikricha, insonlar salbiy yangiliklar bilan
haddan ortiq shug‘ullanganda “emotsional befarqlik” holatiga tushishi mumkin —
ya’ni muammo ko‘paygani sari unga bo‘lgan ichki sezgirlik yo‘qoladi.

Xususan, mlakatimizda ham, axborotlarning salbiy ta’sirini kamaytirish va

fuqarolarning ruhiy salomatligini yaxshilash maqsadida bir qancha chora tadbirlar
ishlab chiqilgan bo’lib, “Ommaviy axborot vositalari” to’g’risidagi qonun aynan shu
haqida. Ushbu qonunga ko’ra “Ommaviy axborot vositalaridan O‘zbekiston
Respublikasining mavjud konstitutsiyaviy tuzumini, hududiy yaxlitligini zo‘rlik bilan
o‘zgartirishga da’vat qilish, urush va zo‘ravonlikni, shafqatsizlikni, milliy, irqiy va
diniy adovatni targ‘ib etish, davlat sirini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan o‘zga sirni
oshkor etish, jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladigan boshqa xatti-harakatlarni sodir
qilish maqsadida foydalanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini

tahqirlash, ularning shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi. Prokuror, tergovchi yoki


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

476

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

surishtiruvchining yozma ruxsatisiz dastlabki tergov materiallarini e’lon qilish,
muayyan ish bo‘yicha sud qarori chiqmasdan turib yoki sudning hal qiluv qarori yoxud
hukmi qonuniy kuchga kirmay turib, uning natijalarini taxmin qilish yoki sudga
o‘zgacha yo‘l bilan ta’sir ko‘rsatish, nomini ko‘rsatmaslik sharti bilan ma’lumot bergan
shaxsning nomini oshkor qilish (sud oshkor etishni talab qiladigan hollar bundan
mustasno) taqiqlanadi. Ushbu modda talablarini buzganlikda aybdor shaxslar, shu
jumladan muharrir (bosh muharrir), jurnalist, boshqa shaxslar qonun hujjatlariga
muvofiq javobgarlikka tortiladilar”.

Natija va Muhokama

Bugungi kunda ushbu holatlar ko’p kuzatilayotganini inobatga olib, yangiliklar

iste’moli madaniyatini shakllantirish, axborotni ongli va tanlab iste’mol qilish,
psixologik savodxonlikni oshirish — jamiyatning ruhiy barqarorligini saqlashda
muhim omil bo‘lib, quyidagi tavsiyalar taklif qilinadi:

1.

Axborot iste’molida ongli yondashuv

ya’ni odamlar o‘z yangiliklar iste’molini

nazorat ostiga olishlari, vaqt va manba jihatidan cheklovlar joriy etishlari tavsiya
etiladi.

2.

Ommaviy axborot vositalari uchun mas’uliyat

- axaborot tarqatuvchi

platformalar, ayniqsa, ommabop ijtimoiy tarmoqlar salbiy kontentni kamaytirish,
foydalanuvchiga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan materiallarni filtrlashga ahamiyat
berishlari zarur.

3.

Psixologik savodxonlikni oshirish:

Maktab, universitet va ommaviy

platformalarda psixologik barqarorlik, stressni boshqarish va axborot iste’moli
madaniyati haqida ma’lumot beruvchi ta’limiy loyihalarni kengaytirish kerak.

4.

Ruhiy gigiyena mashqlarini joriy etish:

Ruhiy salomatlikni asrash uchun har

bir inson o‘z kun tartibida stressni kamaytirishga qaratilgan mashqlar, jumladan ongli
nafas olish, meditatsiya va sog‘lom hayot tarzini joriy etish lozim.

Xulosa

Yuqoridagi tahlillar shuni ko‘rsatadiki, yangiliklar iste’moli va insonning xavotir

darajasi o‘rtasida yaqqol bog‘liqlik mavjud. Ayniqsa, salbiy, haddan tashqari hissiy
tusdagi va doimiy ravishda tarqatiladigan yangiliklar odam ongida tahdid hissini
kuchaytiradi, bu esa stress va xavotir holatlarini keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar ham,
amaliy kuzatishlar ham axborotning ortiqchaligi va psixologik beqarorlik o‘rtasidagi
kuchli aloqa mavjudligini tasdiqlaydi. Shu sababli, quyidagi tavsiyalar taklif qilinadi:



background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

477

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Garfin, D. R., Silver, R. C., & Holman, E. A. (2020). The novel coronavirus

(COVID-2019) outbreak: Amplification of public health consequences by media
exposure.

Health Psychology

, 39(5), 355–357.

https://doi.org/10.1037/hea0000875

2.

Wheaton, M. G., Abramowitz, J. S., Berman, N. C., Fabrigar, L. R. (2012).

Psychological predictors of anxiety in response to the H1N1 (swine flu) pandemic.

Cognitive Therapy and Research

, 36, 210–218.

https://doi.org/10.1007/s10608-011-

9353-3

3.

APA. (2017).

Stress in America: Coping with Change

. American Psychological

Association. Retrieved from

https://www.apa.org/news/press/releases/stress/2017

4.

Boyd, D. (2014).

It's Complicated: The Social Lives of Networked Teens

. Yale

University Press.

5.

Newman, T. (2020). COVID-19: How media coverage affects mental health.

Medical

News

Today

.

Retrieved

from

https://www.medicalnewstoday.com/articles/covid-19-how-media-coverage-affects-
mental-health

6.

Nabi, R. L., & Prestin, A. (2016). The psychology of media consumption. In P.

Vorderer, D. Hefner, L. Reinecke, & C. Klimmt (Eds.),

The Routledge Handbook of

Media Use and Well-Being

(pp. 121–134). Routledge.

7.

Zhou, Y., et al.

(2021). Social media use and anxiety in youth: A systematic

review.

Journal of Adolescent Health

, 68(5), 780–792.

8.

World Health Organization.

(2022).

Mental health and COVID-19: Early

evidence of the pandemic’s impact

. Retrieved from

https://www.who.int/publications


References

Garfin, D. R., Silver, R. C., & Holman, E. A. (2020). The novel coronavirus (COVID-2019) outbreak: Amplification of public health consequences by media exposure. Health Psychology, 39(5), 355–357. https://doi.org/10.1037/hea0000875

Wheaton, M. G., Abramowitz, J. S., Berman, N. C., Fabrigar, L. R. (2012). Psychological predictors of anxiety in response to the H1N1 (swine flu) pandemic. Cognitive Therapy and Research, 36, 210–218. https://doi.org/10.1007/s10608-011-9353-3

APA. (2017). Stress in America: Coping with Change. American Psychological Association. Retrieved from https://www.apa.org/news/press/releases/stress/2017

Boyd, D. (2014). It's Complicated: The Social Lives of Networked Teens. Yale University Press.

Newman, T. (2020). COVID-19: How media coverage affects mental health. Medical News Today. Retrieved from https://www.medicalnewstoday.com/articles/covid-19-how-media-coverage-affects-mental-health

Nabi, R. L., & Prestin, A. (2016). The psychology of media consumption. In P. Vorderer, D. Hefner, L. Reinecke, & C. Klimmt (Eds.), The Routledge Handbook of Media Use and Well-Being (pp. 121–134). Routledge.

Zhou, Y., et al. (2021). Social media use and anxiety in youth: A systematic review. Journal of Adolescent Health, 68(5), 780–792.

World Health Organization. (2022). Mental health and COVID-19: Early evidence of the pandemic’s impact. Retrieved from https://www.who.int/publications