Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
536
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
SUN’IY INTELLEKTNING KUNDALIK HAYOTGA TA’SIRI
Ashuraliyeva Shohida Qodirali qizi
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti
“Ijtimoiy va gumanitar fanlar” fakulteti filologiya tillarni o’qitish “Ingliz tili”
yo’nalish o’quvchisi 1-bosqich 5/24 guruh talabasi
ashuraliyevashohida913@gmail.com
Tel: +998912337772
Anotatsiya:
Mazkur maqolada sun’iy intellektning kundalik hayotga ta’siri
tahlil qilinadi.Sun’iy intellekt tushunchasi ilk bor 1956-yilda Dartmut konferensiyasida
Jon Makkarti tomonidan ilgari surilgan b’lib dastlab matematik modellar va
algoritmlarga asoslangan holda ishalab chiqilgan. Sun’iy intellektning rivojlanishi
natijasida texnologiya sohasida yuz berayotgan o’zgarishlar,uning sog’liqni saqlash,
ta’lim va xavfsizlik kabi muhim yo’nalishlardagi o’rni yoritib beriladi.Shuningdek,
sun’iy intellektning inson hayotini qulaylashtiruvchi jihatlari bilan birga, uning salbiy
ta’sirlari jumladan, ishsizlik xavfi va ma’lumot xavfsizligi masalalari ham muhokama
qilinadi.Maqolada texnologiyani oqilona boshqarish orqali sun’iy intellekt
imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit
so’zlar:
Sun’iy
intellekt,texnologiya,kundalik
hayot,aqilli
qurilmalar,sog’liqni saqlash, ta’lim, xavfsizlik.
The impact of artificial intelligence on human life
Annotation: The article analyzes the impact of artificial intelligence (Al) on daily
life.The concept of artificial intelligence was first introduced at the Darthmouth
conference in 1956 by John McCarthy and was initially developed based on
mathematical models and algorithms. It explores the technological advancements
driven by Al and its role in key areas such as healthcare,education and security.The
article highlights the ways Al enhances human convenience while also addressing its
potential
drawbacks,including
job
displacements
and
data
security
concerns.Furthermore,its emphasizes the importance of managing technology wisely
to maximize Al’s benefits while minimizing its negative effects.
Keywords:
Artificial
intelligence,technology,daily
life,
smart
devices,healthcar,education,security.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
537
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Влияние исскусственного интеллекта на повседневную.
В данной статье анализируется влияние искуссвенного интелекта на
повседвеную жизнь.Понятие искуственного интелекта было впервые
предложено на Дартмутской конференции в 1956 году Джоном маккарти и
изначально разбаратывалось на основе математических моделей и алгоритмов.В
результате развития искусственного интеллекта в сфере технологий происходят
значительные измененияби в данной статье освещаются как положительны так и
отрицательные аспекты его влияния на общественную жизнь.Также
обсуждается, что несмотря на упрощение повседневной жизни исскуственный
интеллект может привести к рискам таким как резработица и проблемы
сбезопасностью данных.В статье подчеркивается необходимость разумного
управления технологиями для еффективного использования возможностей
исскуственного интеллекта.
Ключевые слова. Искусственный интеллеть, технологии, повседневная
жизнь, умные устройства, здравоохранение, образование, безопасность.
Kirish: Bugungi kunda sun'iy intellekt nafaqat texnologiya sohasida, balki
kundalik hayotimizda ham keng qo‘llanmoqda. Uning yordamida odamlar ko‘plab
vazifalarni tezroq va osonroq bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishmoqda. SI
dasturlarining samaradorligi tufayli insonlar vaqtini tejab, ko‘proq ijodiy yoki yoki
qiziqarli ishlarga e’tibor qaratish imkoniyatiga ega bo’lishmoqda.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sun’iy intellekt texnologiyalari hayot sifatini oshiradi,
lekin u bilan bog‘liq muammolar ham mavjud. Maxfiylik, shaxsiy ma’lumotlarning
himoyasi, ish o‘rinlarining qisqarishi kabi xavotirli jihatlar SI’ning jadal rivojlanishiga
ehtiyotkorona samarali va xavfsiz qilish imkonini beradi.
Masalan sun’iy intellekt asosida yaratilgan ovozli yordamchilar (Siri, Alexa,
Google Assistant) odamlarning hayotini sezilarli darajada yengillashtirdi. Ular orqali
eslatmalar o‘rnatish, ob-havo ma’lumotlarini bilish, hatto uy jihozlarini boshqarish
mumkin. Uy-ro‘zg‘or uchun aqlli qurilmalar, masalan, avtomatik changyutgichlar yoki
yoritishni boshqaruvchi tizimlar ham sun'iy intellektning kundalik foydalanishdagi
yorqin namunasidir. Sun’iy intellekt sog‘liqni saqlash sohasida ham katta inqilob
qilmoqda. Kasalliklarni oldindan aniqlash, davolash jarayonlarini optimallashtirish va
individual tibbiy maslahatlar berishda sun'iy intellekt katta yordam bermoqda.
Shuningdek, sunʼiy intelekt raqamli sog‘liq monitoring tizimlari yordamida
odamlarning yurak urishi, qon bosimi va boshqa muhim ko‘rsatkichlarini nazorat
qiladi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
538
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Sun’iy intellekt sog‘liqni saqlash sohasida ham katta inqilob qilmoqda.
Kasalliklarni oldindan aniqlash, davolash jarayonlarini optimallashtirish va individual
tibbiy maslahatlar berishda sun'iy intellekt katta yordam bermoqda. Shuningdek, sunʼiy
intelekt raqamli sog‘liq monitoring tizimlari yordamida odamlarning yurak urishi, qon
bosimi va boshqa muhim ko‘rsatkichlarini nazorat qiladi. Tibbiyot sohasida SI
diagnostika, davolash va monitoring jarayonlarini yengillashtirmoqda:
•
Diagnostika tizimlari:
SI algoritmlari rentgen, MRT yoki KT (kompyuter
tomografiyasi) tasvirlarini tahlil qilib, o‘smalar, kasallik belgilari yoki infarkt xavfini
erta aniqlay oladi (masalan: IBM Watson Health).
•
Telemeditsina:
SI bemorning simptomlarini analiz qilib, dastlabki
maslahatlarni bera oladi. Shuningdek, shifokorlar onlayn tarzda SI orqali maslahatlar
beradi.
•
Dori vositalarini yaratishda:
Yangi dorilarni ishlab chiqishda SI modellar
millionlab birikmalarni sinovdan o‘tkazadi va eng samarali kombinatsiyalarni tavsiya
qiladi.
Foyda:
Tez va aniq diagnostika, erta ogohlantirish, xarajatni kamaytirish.
Transportda sun’iy intellekt
Transportda SI xavfsizlik va avtomatlashtirishni yangi darajaga olib chiqmoqda:
•
Avtonom avtomobillar (Self-driving cars):
Tesla, Waymo, Mercedes kabi
kompaniyalar ishlab chiqayotgan avtomobillar sun’iy intellekt yordamida atrof-
muhitni “ko‘radi”, yo‘l harakatini tahlil qiladi va mustaqil harakatlanadi.
•
Yo‘llarni boshqarish tizimlari:
SI yordamida tirbandliklar oldini olish uchun
svetoforlar faoliyati real vaqt rejimida boshqariladi.
•
Transport ilovalari:
Yandex Go, Google Maps va Waze kabi ilovalar
foydalanuvchi yo‘nalishini optimallashtirib, eng tez va xavfsiz yo‘lni taklif qiladi.
Foyda:
Harakat xavfsizligini oshiradi, yo‘l harajatini kamaytiradi,
ekologiyani muhofaza qiladi.
Ta’lim sohasida sun'iy intellekt yangi usullarni yaratmoqda. Sun'iy intellekt
yordamida onlayn ta’lim platformalari individual yondashuvni taklif qilmoqda,
talabalar o‘z ehtiyojlariga mos bilimlarni o‘zlariga qulay vaqtda o‘rganish
imkoniyatiga ega. Bu, ayniqsa, masofaviy ta’lim jarayonida katta yordam beradi.Biroq,
sun'iy intellektning faqat ijobiy tomonlariga e’tibor qaratish yetarli emas. Uning
xavflari ham mavjud. Masalan, texnologiya rivojlanishi bilan ayrim kasblar yo‘qolib
ketish xavfiga uchramoqda, bu esa ishsizlik darajasini oshirishi mumkin. Bundan
tashqari, sunʼiy intelekt noto‘g‘ri ma’lumotlarni tarqatish yoki shaxsiy ma’lumotlarni
himoya qilishda muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
539
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Ta’limda sun’iy intellekt
SI o‘quv jarayonini moslashtiradi va har bir o‘quvchiga individual yondashuvni
ta’minlaydi:
•
Moslashtirilgan o‘qitish (adaptive learning):
Platformalar (masalan:
Coursera, Khan Academy, Duolingo) foydalanuvchining bilim darajasiga qarab
savollarni tanlaydi va uquv rejimini sozlaydi.
•
Avtomatik tekshiruv:
SI yordamida test natijalari tezda aniqlanadi, insholar
tahlil qilinadi.
•
Virtual repetitorlar:
Chatbotlar va o‘quv ilovalari orqali foydalanuvchi 24/7
rejimida bilim olishi mumkin.
Foyda:
O‘qitishda shaxsiy yondashuv, doimiy yordamlashish, zamonaviy
texnologiyalar orqali o‘rganish.
Xulosa: Shunday bo‘lsa-da, sun'iy intellektning imkoniyatlari cheksiz. Muhimi,
uni insonlar hayotini yaxshilash va global muammolarni hal qilish uchun ishlatishdir.
Texnologiyani oqilona boshqarish va nazorat qilish orqali uning salbiy ta’sirlarini
minimallashtirish, ijobiy natijalarini esa ko‘paytirish mumkin. Sun'iy intellekt
insoniyatning yangi yutuqlarga erishishida ishonchli vosita bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan internet saytlar.
1.Cyberleninka.ru
2.Kun.uz
3.Amerikaovozi.com
4.uz.wikipedia.org
5.Amerika ovozi
