Authors

  • Ermatova Zulfiya Abdug‘aniyevna,
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
  • Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovna,
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.82822

Keywords:

Mahmudxo‘ja Behbudiy “Padarkush” jadid adabiyoti o‘zbek dramaturgiyasi ijtimoiy tanqid tarbiya axloqiy inqiroz dramatik obraz ramz kinoya ma’rifatparvarlik.

Abstract

Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik asar -  Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil qilinadi. Asarda ko‘tarilgan tarbiyasizlik, johillik, axloqiy inqiroz kabi muammolar va ularning dramatik ifodasi o‘rganiladi. Personajlarning ismlari orqali berilgan kinoyaviy ma’nolar, ramziy timsollar tahlil qilinib, ular orqali muallifning ijtimoiy-tarbiyaviy g‘oyalari ochib beriladi. Eduard Ollvordning baholashlariga tayanilgan holda, dramadagi har bir obrazning semantik yuklamasi chuqur tahlil etiladi. Shuningdek, maqolada jadid adabiyotiga oid tanqidiy yondashuvlarga ham e’tibor qaratilib, asarning g‘oyaviy-badiiy darajasi va davr ma’naviyati bilan bog‘liqligi yoritiladi. Behbudiy dramasi orqali jadid adabiyotiga xos bo‘lgan shiorbozlik, da’vat, ma’rifatparvarlik va o‘tkir ijtimoiy tanqid elementlari namoyon qilinadi.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

532

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

MAHMUDXO‘JA BEHBUDIYNING O‘ZBEK TANQIDCHILIK ILMIDAGI

MEROSI HAMDA “PADARKUSH” PYESASINING O‘ZBEK

DRAMATURGIYASIDA TUTGAN O‘RNI

Ermatova Zulfiya Abdug‘aniyevna,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Filologiya va

tillarni o‘qitish: arab tili yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar:

Muminova Dilshodaxon Abduvaxitovna

,

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek

va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti (PhD)

Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek jadid adabiyotiga mansub ilk dramatik

asar - Mahmudxo‘ja Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” dramasi tahlil
qilinadi. Asarda ko‘tarilgan tarbiyasizlik, johillik, axloqiy inqiroz kabi muammolar va
ularning dramatik ifodasi o‘rganiladi. Personajlarning ismlari orqali berilgan
kinoyaviy ma’nolar, ramziy timsollar tahlil qilinib, ular orqali muallifning ijtimoiy-
tarbiyaviy g‘oyalari ochib beriladi. Eduard Ollvordning baholashlariga tayanilgan
holda, dramadagi har bir obrazning semantik yuklamasi chuqur tahlil etiladi.
Shuningdek, maqolada jadid adabiyotiga oid tanqidiy yondashuvlarga ham e’tibor
qaratilib, asarning g‘oyaviy-badiiy darajasi va davr ma’naviyati bilan bog‘liqligi
yoritiladi. Behbudiy dramasi orqali jadid adabiyotiga xos bo‘lgan shiorbozlik, da’vat,
ma’rifatparvarlik va o‘tkir ijtimoiy tanqid elementlari namoyon qilinadi.

Kalit so‘zlar: Mahmudxo‘ja Behbudiy, “Padarkush”, jadid adabiyoti, o‘zbek

dramaturgiyasi, ijtimoiy tanqid, tarbiya, axloqiy inqiroz, dramatik obraz, ramz, kinoya,
ma’rifatparvarlik.

XX asrning 1911-yillariga kelib, o‘zbek jadid adabiyotida yangi janr –
dramaturgiya shakllana boshladi. Bu yo‘nalishdagi ilk asar sifatida Mahmudxo‘ja
Behbudiyning “Padarkush yoxud o‘qimag‘on bolaning holi” nomli dramasi maydonga
chiqdi. Bu asar nafaqat jadid dramaturgiyasining boshlanishi, balki o‘zbek
adabiyotidagi muhim bosqichlardan biri sifatida ham e’tirof etiladi. Shuni alohida
ta’kidlash kerakki, dastlabki jadid asarlar badiiy jihatdan mukammal bo‘lmagan
bo‘lsa-da, ularning maqsad va mazmuni xalq ongini uyg‘otish, milliy tafakkur va
madaniyatni yangilashga qaratilgan edi. Bu holatni jadidchilik maktabi asoschilaridan
biri professor Begali Qosimov quyidagicha izohlaydi: “Jadidchilikning ruhi va


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

533

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

mazmunini o‘zida bekamu ko‘st namoyon etgan jadid adabiyoti milliy ong va sezim
taraqqiyotida beqiyos rol o‘ynaydi... Yalang‘och da’vat va chaqiriqlar, shiorbozlik
ko‘zga tashlanadi” [5, 128]. Ushbu fikrga qo‘shilgan holda aytish mumkinki, garchi ilk
jadid dramalari oddiy g‘oya va yetarlicha badiiyat bilan ajralib turmagan bo‘lsa-da,
ular o‘z davrining muhim ijtimoiy muammolarini ko‘tarib chiqqan. Xususan,
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston o‘lkasida tarbiyaviy muammolarning ildizini
chuqur anglab, farzandlarning ma’naviy-intelektual kamolotini birinchi galdagi vazifa
sifatida ko‘rdi. U, avvalo, qadimiy fikrlash tarzidan hamda mustamlakachilik
siyosatining tahlikalaridan faqat ma’rifat orqali qutulish mumkinligini asoslab berdi.
Behbudiyning “Padarkush” dramasi esa shu davrda keng tarqalgan tarbiyasizlik
muammosini yorqin badiiy ifodalagan, o‘z zamoni uchun dolzarb bo‘lgan tipik
asarlardan biri sanaladi.

Behbudiy qalamiga mansub “Padarkush” asariga amerikalik olim Eduard Allvord
tomonidan berilgan talqin esa yanada chuqurroq ma’no qatlamlarini ochib beradi.
Uning fikricha, dramadagi ismlar oddiy emas, balki har biri muayyan timsol va
kinoyaviy ma’no yuklangan belgilar sifatida xizmat qiladi. Masalan, bosh qahramon
Toshmurod ismi “tosh” (qattiqlik) va “murod” (niyat) so‘zlaridan tashkil topgan bo‘lib,
u qahramonning toshdek sovuqqon va qat’iy xarakterini ifodalaydi. Uning do‘sti
Tangriqul esa nomiga zid tarzda Xudoning irodasiga qarshi borib, inson hayotiga
tajovuz qiladi. Nor esa “olov”, “do‘zax” ma’nolarini ifodalovchi ism bo‘lib, dramadagi
yomonliklar manbai sifatida yoritiladi. Davlat esa nomi boylikni anglatgan bo‘lsa-da,
amalda 3-4 so‘mga zor, kambag‘al bir yigitdir — bu esa o‘tkir kinoya orqali yashirin
fikrni yuzaga chiqaradi. Shuningdek, Xayrullo obrazi ezgulik timsoli bo‘lib, boyga
sadoqat bilan xizmat qiladi. Liza esa axloqsizlik va ma’naviy buzuqlik ramzi bo‘lib, u
boshqa millat vakillari orasida uchraydigan qahramonlar qatoridan joy olgan. Asarda
arman millatiga mansub mayxonachining mavjudligi ham Turkistondagi real ijtimoiy
muhitni aks ettiradi – ya’ni iqtisodiy ustunlik boshqa millatlar qo‘lida bo‘lgan, o‘zbek
xalqi esa mehnatkash, aksariyat vaqtini dalada ishlab o‘tkazayotgan xalq sifatida
tasvirlanadi.

Behbudiy ushbu dramasi orqali jaholat, axloqsizlik, va tarbiyasizlik kabi
illatlarning ildizini fosh etadi. Toshmurodning johilligi sababli otasini o‘ldirishi – bu
individual muammo emas, balki butun bir millat farzandlarining ma’rifatsizlik
natijasida qanday fojiaga yuz tutishi mumkinligini ko‘rsatadi. Shu boisdan,
“Padarkush” dramasi garchi badiiy jihatdan sodda bo‘lsa-da, chuqur ijtimoiy
mazmunga ega bo‘lgan muhim asar hisoblanadi. Aniqroq aytganda, XX asr boshlarida
o‘zbek milliy adabiyotiga yangi janrlar, ayniqsa drama kirib kelgani bilan birga,


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

534

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yangicha badiiy vositalar, xususan, yashirin kinoyaning ham ta’siri sezila boshladi.
Behbudiyning “Padarkush” dramasi esa bu o‘zgarishlarning yorqin namunasi sifatida
o‘rganilishi lozim.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning o‘zbek adabiyotida tanqid ilmi rivojiga qo‘shgan
hissasi ham beqiyosdir. Adabiy tanqid mohiyatini aniqlab berish zarur bo‘lgan
hollarda, bugungi kunda ham ko‘plab adabiyotshunoslar va tanqidchilar Behbudiyning
“Tanqid – saralamoqdir” degan mashhur fikriga, shu nomdagi maqolasiga murojaat
qiladilar. Chunki ushbu ibora adabiy tanqidning vazifasini ko‘rsatib berish bilan bir
qatorda, uning tub mohiyatini ham chuqur ifodalaydi. Behbudiyning shu nomli
maqolasida esa, adabiy tanqidga oid tamoyillar, barcha davrlar uchun dolzarb bo‘lgan
yondashuvlar va asosiy metodologiya aniq ko‘rsatib berilgan. Ya’ni bu maqola orqali
tanqidning nazariy asoslari puxta ishlab chiqilganini ko‘rish mumkin. U o‘z fikrini
quyidagicha ifoda etadi: “Sarroflar aqchani, tujjorlar matoni saralaganidek, muharrirlar
ham umumiy hol va maishatqa taalluq nimarsalarni saralaydurki, boshqa so‘z ila
“tanqid” atalur. Masalan, yangi maktab va muallimlari va anda o‘qulaturgon kitoblarni
ma’nan taftish etib, andagi nuqsonlarni bayon etmoq tanqiddur”.

Muallif tanqid masalasida, eng avvalo, uning jamiyatdagi o‘rni va unga qanday
munosabatda bo‘lish kerakligiga urg‘u beradi. Unga ko‘ra, tanqid – bu nuqsonlarga
e’tibor qaratishdir va uni dushmanlik sifatida qabul qilish noto‘g‘ri. Biroq tanqidiy fikr
shaxsiy hujumga aylanmasligi lozim. Ammo agar biror muallim, mudarris yoki
muharrirning faoliyati yoki shaxsiy sifati xalq uchun zarar yetkazsa, u holda bunday
tanqid jamiyat foydasi uchun muhim hisoblanadi. Demak, Behbudiyning qarashlariga
ko‘ra, kim bo‘lishidan qat’i nazar, xalq manfaatiga zarar keltiruvchi har qanday faoliyat
tanqid qilinmog‘i lozim. Behbudiy tanqidni faqat adabiy yo‘nalishda emas, balki
umuman barcha jabhalarda tahlil qiladi. Uningcha, tanqidning asosiy maqsadi –
islohot, ya’ni mavjud xato va kamchiliklarni tuzatishdir. Shu sababli tanqidni to‘g‘ri
qabul qilish muhim bo‘lib, bu jarayon xalqning madaniy darajasini ko‘rsatadi. Biroq
muallif tanqidga nisbatan ijobiy munosabat jamiyatimizda hanuz shakllanmaganidan
afsus bildiradi. U bu borada shunday yozadi: “Bizni(ng) Turkistonda yangi maktablar
xeyli bordur. Yangi risola xeyli bosilib turubdur. Jaridalarg‘a maqola va she’rlar
o‘qulub turubdur. Ammo hanuz tanqid davriga yetishganimiz yo‘q. Ittifoqo, tanqid
shaklinda bir nimarsa yozilsa, bizlarg‘a qattiq tegar. Yozganlarimizni(ng) buzuqligi va
fikrimizni(ng) xatoligi, ishimizni(ng) noqisligini biror kishi ko‘rsatsa, achchig‘imiz
kelur. Va ul odamni dushman ko‘rub, shaxsidan nafrat va fikrig‘a norozilik bayon
eturmizki, bul bizni(ng) yangidan ishg‘a boshlaganimizdan, boshqa til ila
noqisligimizdandur”. Muallif, o‘z asarlarida ko‘p hollarda vatandoshlarimiz hali


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

535

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

tanqidiy fikrni tinglab, uni tahlil qilish darajasiga yetmaganini achinish bilan
ta’kidlaydi. U bunga misol sifatida Kavkazlik sayyoh Muhammad Sayyid afandining
Turkiston maktablari haqidagi tanqidiy mulohazalarini keltiradi. Mazkur mulohazalar
“Oyna” jurnalining 27–30-sonlarida e’lon qilingan bo‘lib, bu chiqishlarga “Sadoi
Turkiston” gazetasi sahifalarida asossiz norozilik bildirilgan. Behbudiy bu holatni
xalqimizda tanqid madaniyatining hali shakllanmaganiga yaqqol dalil sifatida talqin
etadi. U o‘z mulohazasini quyidagicha yakunlaydi: “...biz hanuz tanqidg‘a layoqat
paydo etganimiz yo‘q. Yana qadima kasallarimizdan – “norizo”, “xotiri qolmasinu...”
illatlari hanuz ketgani yo‘q... Munday ketabersa, qiyomatdan ming yil so‘ngra-da,
Turkistong‘a taraqqiy yo‘q. Agarda “xotir qolmasun” qoidasi maslak tutilsa,
matbuotdan qalam tortmoq kerak”.

Shubhasiz, o‘tgan asr boshida bildirilgan ushbu fikrlar bugungi kunda ham o‘z
dolzarbligini yo‘qotmagan. Behbudiyning bu boradagi yondashuvi uning estetik
konsepsiyasining mazmun-mohiyatini belgilab bergan bo‘lib, adabiy tanqidning
shakllanishi hamda milliy asosda rivoj topishida muhim o‘rin egallaydi.

Xulosa qilib aytganda, Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z davrining ilg‘or ziyolisi,
fidoyi jadidchisi va o‘z xalqining ozodligi uchun kurashgan buyuk shaxslardan biridir.
U ta’lim-tarbiya, adabiyot va siyosat sohalarida faoliyat yuritib, xalqni jaholat
qutqarishga, ilm yo‘liga boshlashga intildi. Behbudiy o‘zining ilmiy va ma’rifiy ishlari
bilan nafaqat Turkiston, balki butun musulmon olamida chuqur iz qoldirdi. Uning
dramaturgiya hamda tanqid sohasidagi boy ilmiy merosi va bugungi kunda ham o‘z
ahamiyatini yo‘qotmay, badiiy ijod sohasidagi olimlarimiz uchun maktab bo‘lib xizmat
qilmoqda.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.

Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanqid – saralamoqdir. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan
va to‘ldirilgan 3-nashri (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov). - Toshkent:
Ma’naviyat, 2006.

2.

Behbudiy Mahmudxo‘ja. Teatr nadur?. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va
to‘ldirilgan 3-nashri. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

3.

Allworth, Edward A., The Modern Uzbeks: From The Fourteenth Century to The
Present A Cultural History, Hoover Institution Press, Standford, 1990.

4.

V.M. Behbudiy va uning tegrasiga yig‘ilgan yozg‘uvchilar. “Turkiston” gazetasi,
1923-yil 10 dekabr.

5.

Behbudiy, Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. II jild. – Toshkent:
Akademnashr, 2021.

References

Behbudiy Mahmudxo‘ja. Tanqid – saralamoqdir. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-nashri (Nashrga tayyorlovchi B.Qosimov). - Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

Behbudiy Mahmudxo‘ja. Teatr nadur?. – Tanlangan asarlar. Tuzatilgan va to‘ldirilgan 3-nashri. - Toshkent: Ma’naviyat, 2006.

Allworth, Edward A., The Modern Uzbeks: From The Fourteenth Century to The Present A Cultural History, Hoover Institution Press, Standford, 1990.

V.M. Behbudiy va uning tegrasiga yig‘ilgan yozg‘uvchilar. “Turkiston” gazetasi, 1923-yil 10 dekabr.

Behbudiy, Mahmudxo‘ja. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik. II jild. – Toshkent: Akademnashr, 2021.