Authors

  • Ochildiyeva Uljon Ilhomovna
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti
  • Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich
    Termiz iqtisodiyot va servis universiteti tibbiyot fakulteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.82824

Keywords:

Limfa tomirlari Limfa tugunlari Endoteliy Miokard Epikard Endokard Qon bosimi Kislorod Karbonat angidrid Mikrosirkulyatsiya Immunitet Sinus tuguni Atrioventrikulyar tugun Giss tutami Purkinye tolalari Qon ivish Arteriola Venula Silliq mushak hujayralari Bazal membrana Suyuq to‘qima Gormonlar transporti.

Abstract

Maqolada yurak-qon tomir va limfa tizimining organizmdagi o‘rni, tarkibiy qismlari va funksional ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Qon aylanish jarayoni orqali a’zolar va to‘qimalarga kislorod va oziq moddalarning yetkazilishi hamda almashinuv mahsulotlarining chiqarilishi mexanizmlari tahlil qilinadi. Arteriyalar, venalar, kapillyarlar va limfa tomirlarining tuzilishi va vazifalari, yurakning anatomik xususiyatlari, qon aylanish doiralari hamda yurakning o‘tkazuvchi sistemasi haqida batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot yurak-qon tomir tizimining hayotiy muhim rolini va organizmda qon hamda limfa oqimining doimiyligini saqlash mexanizmlarini ko‘rsatadi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

521

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

YURAK-QON TOMIR TIZIMI

Ochildiyeva Uljon Ilhomovna

uljon452@gmail.com

Bekmirzayev Eshquvvat Ro’ziyevich

eshquvvatbekmirzaev@gmail.com

Termiz iqtisodiyot va servis universiteti

tibbiyot fakulteti

Annotatsiya

Maqolada yurak-qon tomir va limfa tizimining organizmdagi o‘rni, tarkibiy

qismlari va funksional ahamiyati ilmiy asosda yoritiladi. Qon aylanish jarayoni orqali
a’zolar va to‘qimalarga kislorod va oziq moddalarning yetkazilishi hamda almashinuv
mahsulotlarining chiqarilishi mexanizmlari tahlil qilinadi. Arteriyalar, venalar,
kapillyarlar va limfa tomirlarining tuzilishi va vazifalari, yurakning anatomik
xususiyatlari, qon aylanish doiralari hamda yurakning o‘tkazuvchi sistemasi haqida
batafsil ma’lumot beriladi. Tadqiqot yurak-qon tomir tizimining hayotiy muhim rolini
va organizmda qon hamda limfa oqimining doimiyligini saqlash mexanizmlarini
ko‘rsatadi.

Kalit so‘zlar

Limfa tomirlari, Limfa tugunlari, Endoteliy, Miokard, Epikard,

Endokard, Qon bosimi, Kislorod, Karbonat angidrid, Mikrosirkulyatsiya, Immunitet,
Sinus tuguni, Atrioventrikulyar tugun, Giss tutami, Purkinye tolalari, Qon ivish,
Arteriola, Venula, Silliq mushak hujayralari, Bazal membrana, Suyuq to‘qima,
Gormonlar transporti.

Аннотация

В статье научно обоснованно освещаются роль, составные части и
функциональное значение сердечно-сосудистой и лимфатической систем в
организме. Анализируются механизмы доставки кислорода и питательных
веществ к органам и тканям, а также выведения продуктов обмена веществ
посредством кровообращения. Приведены подробные сведения о строении и
функциях артерий, вен, капилляров и лимфатических сосудов, анатомических
особенностях сердца, кругах кровообращения и проводящей системе сердца.
Исследование демонстрирует жизненно важную роль сердечно-сосудистой
системы и механизмы поддержания постоянства кровотока и лимфотока в
организме.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

522

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Ключевые слова:

Лимфатические сосуды, Лимфатические узлы,

Эндотелий, Миокард, Эпикард, Эндокард, Кровяное давление, Кислород,
Углекислый

газ,

Микроциркуляция,

Иммунитет,

Синусовый

узел,

Атриовентрикулярный узел, Пучок Гиса, Волокна Пуркинье, Свертывание
крови, Артериола, Венула, Гладкомышечные клетки, Базальная мембрана,
Жидкая ткань, Транспорт гормонов.

Annotation

The article scientifically discusses the role, components, and functional significance of
the cardiovascular and lymphatic systems in the div. It analyzes the mechanisms of
delivering oxygen and nutrients to organs and tissues and removing metabolic waste
products through blood circulation. Detailed information is provided about the
structure and functions of arteries, veins, capillaries, and lymphatic vessels, as well as
the anatomical features of the heart, circulatory pathways, and the heart's conduction
system. The study highlights the vital role of the cardiovascular system and the
mechanisms for maintaining the constancy of blood and lymph flow in the div.

Keywords:

Lymphatic vessels, Lymph nodes, Endothelium, Myocardium,

Epicardium,

Endocardium,

Blood

pressure,

Oxygen,

Carbon

dioxide,

Microcirculation, Immunity, Sinoatrial node, Atrioventricular node, Bundle of His,
Purkinje fibers, Blood coagulation, Arteriole, Venule, Smooth muscle cells, Basal
membrane, Liquid tissue, Hormone transport.

Mavzuning dolzarbligi

Bugungi kunda yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq kasalliklar dunyo bo‘ylab

o‘lim sabablari orasida yetakchi o‘rinda turadi. Tez urbanizatsiya, stress, noto‘g‘ri
ovqatlanish va jismoniy faollikning kamayishi yurak-qon tomir kasalliklarining
ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda. Shu nuqtai nazardan, bu tizimning morfologiyasi va
fiziologiyasini o‘rganish, kasalliklarning oldini olish va zamonaviy tibbiy
texnologiyalarni rivojlantirishda nihoyatda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Yurak-qon
tomir tizimi inson hayotining uzluksizligini ta’minlovchi markaziy tizimlardan biri
hisoblanadi. Shuning uchun yurak va qon tomirlarning tuzilishi, ularning faoliyati va
ularni kasalliklardan asrash mexanizmlarini chuqur o‘rganish dolzarb ilmiy va amaliy
ahamiyat kasb etadi.

Kirish

Yurak va qon tomirlar tizimi barcha tirik organizmlarda modda almashinuvining

uzluksizligini ta’minlaydigan markaziy tizimdir. Embriogenezning 2–3-haftalaridan


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

523

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

shakllana boshlaydigan qon tomirlar va yurak organizmning to‘qimalariga kislorod,
oziq moddalar va boshqa biologik faol moddalarning yetkazilishida asosiy rol
o‘ynaydi. Yurak va qon tomirlar tizimi inson organizmida hayot uchun zarur bo‘lgan
moddalar va gazlarning tashilishini ta’minlaydi. Yurak – markaziy organ bo‘lib, qonni
arteriyalar orqali a’zolar va to‘qimalarga uzatadi, venalar esa karbonat angidrid va
chiqindi mahsulotlarga boy qonni yurakka qaytaradi. Ushbu murakkab tizimda har bir
strukturaviy birlikning aniq funksiyasi mavjud bo‘lib, ularning uyg‘un ishlashi
organizmning uzluksiz faoliyatini ta’minlaydi.

Yurak-qon tomir tizimi organizmning eng muhim va murakkab tuzilmalaridan

biri hisoblanib, uning barcha a’zolari gistologik tuzilish jihatidan yuqori darajada
ixtisoslashgan. Har bir a’zoning o‘ziga xos hujayra va to‘qima xususiyatlari ularning
bajaradigan funksiyalariga to‘liq mos keladi.

Yurakning gistologiyasi

Yurak o‘zining murakkab qatlamli tuzilmasi bilan ajralib turadi va uch asosiy
qatlamdan tashkil topgan:

Endokard:

Endokard yurak bo‘shliqlarini qoplagan ichki qatlam bo‘lib, bir qavatli endoteliy

hujayralaridan tashkil topgan. Endokard ostida joylashgan yupqa biriktiruvchi to‘qima
qatlamida kapillyarlar, asab tolalari va kam sonli elastik tolalar mavjud. Endokard
yurak klapanlarini ham tashkil etadi, ular fibroz skelet asosida qurilgan va usti
endoteliy bilan qoplangan.

Miokard:

Miokard yurakning asosiy mushak qavati bo‘lib, u ixtisoslashgan yurak mushak

tolalaridan tashkil topgan. Ushbu tolalar bir-biriga disklarda (interkalar disklar)
bog‘langan, bu esa yurakning ritmik va kuchli qisqarishini ta’minlaydi. Miokard
qalinligi yurak bo‘limlariga qarab farq qiladi: qorincha devorlari, ayniqsa chap
qorincha, qalinroq mushak qavatiga ega. Miokardda shuningdek o‘tkazuvchi tolalar
(Purkin'e tolalari) mavjud bo‘lib, ular yurakning elektr impulslarini tez va ritmik
tarqatadi.

Epikard:

Epikard – bu yurakning tashqi seroz qavati bo‘lib, bir qavatli yassi endoteliy

hujayralaridan iborat. Epikard ostida joylashgan biriktiruvchi to‘qima qatlamida yog‘
hujayralari, qon tomirlari va asablar mavjud. Epikard yurakni tashqi zarbalardan
himoya qiladi va yurakning harakatini osonlashtiradi.
Arteriyalar va ularning gistologiyasi

Arteriyalar devori uchta qatlamdan tashkil topgan:
Tunica intima (ichki qavat):


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

524

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Bir qavatli endoteliy hujayralardan iborat. Endoteliy hujayralari qonning

to‘qimalarga oson va silliq oqishini ta’minlaydi. Tunica intimada elastik tolalar ham
mavjud bo‘lib, ular arteriyaning elastikligini oshiradi.

Tunica media (o‘rta qavat):

Asosan sirkulyar tartibda joylashgan silliq mushak tolalari va elastik tolalardan

iborat. Aynan mana shu qatlam arteriyalarning qon bosimiga qarshi tura olish
qobiliyatini ta’minlaydi. Katta elastik arteriyalarda (masalan, aorta) elastik plastinkalar
ustunlik qiladi, muskuliy arteriyalarda esa mushak tolalari ko‘proq.

Tunica adventitia (tashqi qavat):

Biriktiruvchi to‘qimadan iborat bo‘lib, unda kollagen va elastik tolalar,

shuningdek, kichik qon tomirlari (vasa vasorum) mavjud.

Venalarning gistologiyasi

Venalar ham uchta qatlamdan iborat, biroq ular arteriyalarga nisbatan ba’zi

farqlarga ega:

Tunica intima:

Endoteliy qatlami va yupqa elastik membrana.

Tunica media:

Silliq mushak tolalari nisbatan kamroq va yupqaroq.

Tunica adventitia:

Venalarda tashqi qavat nisbatan qalin va kuchli rivojlangan, bu

venalarning kengayishini oldini oladi. Ko‘pgina venalarda ichki qatlamda klapanlar
mavjud bo‘lib, ular qonning orqaga oqib ketishiga to‘sqinlik qiladi.

Kapillyarlarning gistologiyasi

Kapillyarlar – organizmdagi eng mayda qon tomirlar bo‘lib, faqat bitta endoteliy

qavatidan iborat:
Endoteliy hujayralar to‘g‘ridan-to‘g‘ri bazal membrana ustiga joylashgan.
Kapillyarlar almashinuvi uchun ideal sharoit yaratadi: ular orqali kislorod, karbonat
angidrid, oziq moddalar va metabolitlar oson o‘tadi.

Kapillyarlar uch xil bo‘ladi:
Kontinuum kapillyarlar (silliq devorli),
Fenestratsiyali kapillyarlar (teshikchali),
Diskontinuum (sinusoid) kapillyarlar (o‘tqazuvchanligi yuqori).

Limfa tomirlari gistologiyasi

Limfa tomirlari ham bir qatlamli endoteliydan tashkil topgan, ularning devori

elastik va muskullarga boy emas:

Limfa kapillyarlari oraliq suyuqlikni yig‘adi va uni yirik limfa tomirlariga

o‘tkazadi.
Yirik limfa tomirlarida silliq mushak tolalari va klapanlar mavjud, ular limfaning bir
yo‘nalishda harakatlanishini ta’minlaydi.
Limfa tugunlari filtratsiya va immun reaksiyalarni boshqarishda muhim rol uynaydi


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

525

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Materiallar va metodlar

Maqola tayyorlanishida anatomiya, gistologiya, fiziologiya va klinik tibbiyotga

oid yetakchi darsliklar hamda zamonaviy ilmiy maqolalar tahlil qilindi. Olingan
ma’lumotlar tizimli tarzda umumlashtirilib, yurak va qon tomirlarning morfologik va
funksional xususiyatlari ilmiy asosda bayon qilindi. Zamonaviy klinik tadqiqot
natijalari va mikroskopik kuzatuvlar asosida natijalar shakllantirildi.

Anatomik va gistologik darsliklar, fiziologiya va klinik tibbiyot sohasidagi

zamonaviy ilmiy maqolalar asos qilib olindi.

Natijalar

Tadqiqot natijalari quyidagilarni ko‘rsatdi:
Yurak-qon tomir tizimi yopiq tizim bo‘lib, unda arterial va venoz qon qat’iy ravishda
alohida aylanadi.
Arteriyalar kislorodga boy qon olib boradi, venalar esa karbonat angidridga boy qonni
qaytarib olib keladi.
Yurak 4 kamerali tuzilishga ega bo‘lib, qon aylanishini aniq boshqaradi.
Qon kapillyarlari gaz va modda almashinuvining asosiy joyidir.

Limfa tomirlari to‘qimalararo suyuqlikni yig‘ib, immunitetni mustahkamlashda

ishtirok etadi. Tadqiqotlar natijasida yurak-qon tomir tizimining murakkab va
mukammal tuzilishga ega ekani, organizmda modda va gaz almashinuvining
uzluksizligi ta’minlanishi aniqlandi. Arteriyalar va venalar o‘zining o‘ziga xos
struktura va funksiyasi bilan qon oqimini nazorat qiladi. Kapillyarlar esa modda
almashinuvining asosiy maydonchasi sifatida xizmat qiladi. Limfa tizimi immunitetni
mustahkamlash va suyuqlik balansi saqlanishida muhim rol o‘ynaydi. Yurakning
o‘tkazuvchi sistemi yurak qisqarishining ritmini boshqaradi.

Mulohaza

Yurak-qon tomir tizimi organizmda gazlar, oziq moddalar, metabolitlar va

boshqa biologik faol moddalarning tashilishini ta’minlash orqali hayot faoliyatini
saqlab turadi. Yurak va qon tomirlarning strukturaviy mukammalligi tufayli
organizmda modda va energiya almashinuvi, harorat muvozanati va immun himoya
kabi jarayonlar samarali amalga oshiriladi.

Yurak-qon tomir tizimi organizmda hayot uchun zarur bo‘lgan barcha

jarayonlarni boshqaradi. Shu bois bu tizimdagi har qanday o‘zgarish yoki buzilish
butun organizm faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin. Profilaktik choralar va


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 4

526

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklarining oldini
olishda asosiy ahamiyatga ega. Tizimning mukammal ishlashi organizmning umumiy
sog‘lig‘i va umr ko‘rish sifatini belgilovchi asosiy omildir.

Xulosa

Yurak-qon tomir tizimi organizmda modda almashinuvi, gaz almashinuvi va

immun himoyani ta’minlovchi muhim tizimdir. Uning sog‘lom faoliyati butun
organizm hayoti uchun zarur. Shuning uchun yurak va qon tomirlarning sog‘lig‘ini
saqlash zamonaviy tibbiyotning eng dolzarb vazifalaridan biridir. Yurak-qon tomir
tizimi organizmda modda va energiya almashinuvini, gaz va oziq moddalar uzatilishini
ta’minlaydigan markaziy tizimdir. Uning mukammal ishlashi organizmning barcha
hayotiy faoliyatlarini ta’minlaydi. Yurak, arteriyalar, venalar va kapillyarlar o‘zaro
uzviy aloqada ishlaydi. Limfa tizimi esa suyuqlik balansini saqlash va immunitetni
mustahkamlashda asosiy rol o‘ynaydi. Shu sababli yurak-qon tomir tizimiga doimiy
e’tibor berish va uni sog‘lom saqlash hayot sifatini oshirish uchun nihoyatda muhimdir.


Foydalanilgan adabiyotlar

1. Q.R. To‘xtayev, F.X. Azizova, M.A. Abduraxmanov va boshqalar. Gistologiya,
Sitologiya, Embriologiya. Toshkent: INNOVATSIYA ZIYO, 2024.
2. R.D. Sinelnikov. Topografik Anatomiyadan Darslik.
3. M.R. Sapin. Inson Anatomiyasi.
4. N. Toxirova. Normal Fiziologiya.
5. Ross & Pawlina. Histology: A Text and Atlas.
6. Bekmirzayev E.R. va boshqalar. Turli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar.

References

Q.R. To‘xtayev, F.X. Azizova, M.A. Abduraxmanov va boshqalar. Gistologiya, Sitologiya, Embriologiya. Toshkent: INNOVATSIYA ZIYO, 2024.

R.D. Sinelnikov. Topografik Anatomiyadan Darslik.

M.R. Sapin. Inson Anatomiyasi.

N. Toxirova. Normal Fiziologiya.

Ross & Pawlina. Histology: A Text and Atlas.

Bekmirzayev E.R. va boshqalar. Turli ilmiy maqolalar va tadqiqotlar.