Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
516
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
ANGOR TUMANI ETNOGRAFIZMLARIDA TARIXIY VA ZAMONAVIY
ASPEKTLAR.
Abduraxmonova Sitora Azamatovna
O‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati
Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiya fakulteti talabasi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Surxondaryo viloyatining janubiy qismida
joylashgan Angor tumanida uchraydigan etnografik hodisalar, ularning tarixiy ildizlari
hamda zamonaviy davrdagi ko‘rinishlari tahlil qilinadi. Mahalliy urf-odatlar, kiyim-
kechak, xalq og‘zaki ijodi va marosimlar asosida tarixiy taraqqiyot va zamonaviy
o‘zgarishlar o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Angor tumani, etnografizm, xalq og‘zaki ijodi, an’ana, urf-odat,
zamonaviylik, tarixiylik.
Kirish
Angor tumani — Surxondaryo viloyatining eng qadimiy va madaniy jihatdan
boy hududlaridan biridir. Uning aholisi asosan o‘zbeklar bo‘lib, bu yerda tojik,
turkman, qozoq kabi millat vakillari ham yashaydi. Tuman aholisi o‘zining boy
madaniy merosi, urf-odatlari va an’anaviy marosimlari bilan ajralib turadi. Bu urf-
odatlar va ijtimoiy hayotda o‘z aksini topgan etnografizmlar — ya’ni xalqning
kundalik hayotida shakllangan, tilda va amaliyotda namoyon bo‘ladigan milliy o‘ziga
xoslik belgilari — tarixiy taraqqiyot va zamonaviy o‘zgarishlar bilan chambarchas
bog‘liq.
Angor ijtimoiy-iqtisodiy tuman bòlib, òzining tarixiy merosi va madaniy
an'analari bilan ajralib turadi. Bu hudud doirasida amalga oshirilgan etnografik
tadqiqotlar asosan, xalq hayoti, urf-odatlari, mehnat faoliyati kiyim-kechaklari va
boshqa madaniy jihatlarini òrganishga qaratilgan. Angor tumanining etnografik
xarakteristikasi nafaqat òtmishdagi balki bugungi kundagi rivojlanayotgan
zamonaviy òzgarishlar va yangiliklar bilan ham chambarchas boģliq. Tarixiy va
zamonaviy aspektlarning òzaro boģliqligi, bu hududdagi madaniy, ijtimoiy va
iqtisodiy òzgarishlarni chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
517
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Tarixiy Aspektlar
Angor tumani Surxondaryo viloyatining markaziy qismida joylashgan bòlib,
tarixan òzining qadimiy òtroq madaniyat bilan mashhurdir. Bu hududda arxeologik
qazishmalar davomida topilgan materiallar, asosan, erkin yer xòjaligi va
hunarmandchilikni rivojlantirilgan qadimiy insonlar qiyofasini tasvirlaydi. Ushbu
yirik etnografik meros, shuningdek
milliy an'analar ,urf-odatlar va xalq
mehnatining òziga xos xususiyatlarini
saqlab qolgan.
Etnografik tadqiqotlar, xususan.
Angor tumanining bosh qishloqlarida,
aholining òzaro muloqotini, turmush
tarzini yashash sharoitlarini va ijtimoiy
tuzilmasini aniqlashda juda katta
ahamiyatga ega.
Tarixiy jarayonlar kontekstida, Angor tumanidagi etnografik xususiyatlarning
rivojlanishi,asosan, O‘rta Osiyo hududining qishloq xòjaligi, hunarmandchilik va
savdo yo‘llari bilan boģliq bòlgan òtmishdagi aloqalaridan darak beradi.
Tumanning tarixiy jihatdan ajralib turadigan elementlaridan biri, shubhasiz xalqning
yer bilan bog’liq turmush tarzidir. An’anaviy hunarmandchilik,masalan, ipakchilik va
gilam to’qish ,do’ppilar,bosh kiyimlar,o’zgacha naqshlar va bezaklar tuman
aholisining estetik tafakkurini hamda kundalik hayotini aks ettiradi.
Masalan:Chilla so’zi O’zbek tilining izohli lug’atida manosi 40 kun 1-yillik eng issiq
yoki eng sovuq qirq kuni,chilla kirdi, chilla chiqdi. Yana bir manosi kelin-kuyovda yoki
chaqaloqlarda chilla saqlanadi. (S.Karomad)
Zamonaviy Aspekt
Bugungi kunda Angor tumanida bo’layotgan ijtimoiy va iqtisodiy o’zgarishlar, uning
etnogirafik xarakterga ta’sir qilmoqda yanada kengaytirmoqda, yangilanmoqda.
Hududda so’nggi yillarda yuz bergan urbanizatsiya va infratuzilmadagi o’zgarishlar,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
518
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
qishloq xo’jaligida texnologik yangiliklar
va savdo- sotiqning zamonaviy tarmoqlari
mahalliy madaniyatga yangi o’lchovlar
kiritmoqda, shuningdek, globalizatsiya
jarayonlari ham angorliklarning kundalik
hayotiga ta’sir ko’rsatmoqda.Hozirgi kunda
o’zbek milliy kiyimlari va an’analari
zamonaviy modaga moslashmoqda.
Xalqaro moda industriyasiga bolgan
qiziqish va internetning keng tarqalishi,
Angor tumanidagi kiyim-kechak madaniyatining zamon bilan hamnafas bo’lishida
o’z o’rnini topmoqda.
Zamonaviy etnografik holatni tahlil qilganda, Angor tumanining yangi avlodi
global madaniyat bilan integratsiya qilishga intilayotganini ko’rish mumkin. Bu o’z
navbatida, mahalliy urf-odatlarning saqlanib qolishiga, lekin, ularga yangi estetik va
funksional elementlarning qo’shilishiga olib kelmoqda. Xalqaro sayohatchilik va
turistlar oqimi ham Angor tumanining tarixiy va madaniy xususiyatlariga bo’lgan
e’tiborni yanada kuchaytirgan Angorliklar, o’zining an’anaviy mehnat faoliyatlarini
va amaliy san’atlarini global bozorga chiqarish orqali o’zining iqtisodiy ahvolini
yaxshilashga intilmoqda.
Tarixiy va Zamonaviy aspektlarning o‘zaro bog’liqligi
Tarixiy va zamonaviy aspektlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’lib, ular
angor tumanining madaniy va ijtimoiy rivojlanish jarayonida muhim o’rin tutadi.
Tarixiy o’zgarishlar, masalan, mehnat
resurslarining
taqsimlanishi,
ishlab
chiqarish jarayonlari va xalqning turmush-
tarziga bo’lgan ta’sir, bugungi kunda ham
ijtimoiy va iqtisodiy munosabatlar orqali o’z
aksini
topadi.Shuningdek,
zamonaviy
texnologiyalar,
kommunikatsiyalari
va
globallashuv jarayonlari, Angor tumanidagi
etnografik
elementlarga
yangiliklar
kiritmoqda, ammo bularning barchasi,
avvalo an’anaviy qadriyatlar va urf-odatlarni saqlab qolish yo’li bilan amalga
oshirilishi kerak.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
519
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Angor tumanidagi etnografik izlanishlar tarixiy va zamonaviy o’zgarishlarning
sintezini tashkil etadi. Ushbu jarayonlarning har biri, o’z navbatida mahalliy aholi
bilan o’zaro aloqada bo’lib, ularning umumiy dunyoqarashini tushunish va qog’ozga
tushurishdan iborat. Etnografik tadqiqotlar, zamonaviy o’zgarishlarni chuqur tahlil
qilish orqali angor tumanining madaniy evolyutsiyasini, uning tarixiy ildizlarini va
zamonaviy holatini birlashtirishga imkon yaratadi.
Tarixiy aspektlar
Angor tumani hududi qadimdan turli xalqlar va madaniyatlar chorrahasi bo‘lib kelgan.
Bu yerda qadimgi sug‘diylar, baqtriyaliklar, keyinchalik esa turkiy qabilalar yashagan.
Shuning uchun bu hududda shakllangan etnografizmlar o‘zida turli tarixiy davrlar
madaniyatini aks ettiradi.
Misol uchun:
•
Kiyim-kechak:
Qadimgi davrlarda Angorda erkaklar do‘ppi, belbog‘ va yaktak
kiygan, ayollar esa atlas, adras va parchin matolardan tikilgan liboslar bilan
ajralib turgan. Hozirgi kunda bu kiyimlar asosan to‘y yoki bayramlarda, madaniy
tadbirlarda kiyiladi, ammo ularning shakli va bezaklarida tarixiylik saqlanib
qolgan.
•
Marosimlar:
Ko‘hna “beshik to‘yi”, “sunnat to‘yi”, “kuyov salom” kabi
marosimlar tarixan mavjud bo‘lib, ularning ayrim jihatlari zamonaviylik bilan
boyitilgan. Masalan, ilgari sunnat to‘yida faqat milliy cholg‘ular chalinsa,
hozirgi kunda estrada musiqasi bilan uyg‘unlashgan holatda o‘tkaziladi.
Zamonaviy aspektlar
So‘nggi o‘n yilliklarda globallashuv, internet va migratsiya jarayonlari tufayli Angor
tumanida ham etnografik hodisalarda muayyan o‘zgarishlar yuz berdi. Ammo bu
o‘zgarishlar an’anaviy qadriyatlarni to‘liq yo‘q qilmay, aksincha, ularni yangi
sharoitlarga moslashtirdi.
•
Tillar aralashuvi:
Yoshlarda rus va ingliz tillarining kirib kelishi natijasida xalq
og‘zaki ijodida va suhbatlarda yangi iboralar paydo bo‘lmoqda, ammo bu holat
ham tuman folklorida zamonaviylikning bir shakli sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 4
520
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
•
To‘y marosimlaridagi o‘zgarish:
Oldin to‘ylar bir necha kun davom etgan
bo‘lsa, hozir qisqa, ixcham shaklda, zamonaviy texnologiyalar — video,
fotosuratlar bilan uyg‘un holda o‘tkazilmoqda.
•
Internet va madaniy meros:
Yoshlar orasida TikTok, YouTube orqali milliy
raqslar, urf-odatlar, milliy taomlarni targ‘ib qilish holatlari ortmoqda. Bu holat
milliy merosni saqlab qolish va uni dunyoga tanitishning zamonaviy shakli
sifatida ko‘riladi.
Xulosa
Angor tumanidagi etnografik meros — xalqning boy tarixiy xotirasi va madaniyati
mahsulidir. Ular nafaqat o‘tmish bilan bog‘liq, balki zamonaviy davrda ham turli
ko‘rinishlarda yashab kelmoqda. Etnografizmlarning bu uzviy davomiyligi milliy
o‘zlikni saqlash va rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois, Angor tumani
misolida milliy qadriyatlar va zamonaviylik uyg‘unligini o‘rganish dolzarb ilmiy-
ijtimоiy masaladir.
Foydalinilgan adabiyotlar:
1.O‘zbek tilining izohli lug’ati 2020 yildagi 5 jildidan.
2.O‘zbek tilining izohli lug’ati 1981 yilda yozilgan 2 jildidan.
3.Aspekt so‘zining ma’nosi O‘zbek tilining izohli lug’ati 2020 yildagi O O‘zbek
tilining izohli lug’ati 2020 yildagi “O‘zbekiston” nashryoti Toshkentda ishlab
chiqilgan 2 nashri 109 betdan olingan.
