Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
83
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
BOSHLANG‘ICH SINF ONA TILI FANINI O‘QITISHDА INNOVATSION
YONDОSHUVLАR
Panjiyeva Muattar XXX
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi
Choriyeva Diyora Muhiddinovna
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti
Boshlangʻich taʼlim yo‘nalishi 4-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf ona tili fanini o‘qitishda innovatsion
yondoshuvlarning roli, ularning samaradorligi, o‘quvchilarning faolligini oshirishdagi
ahamiyati yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
Ona tili, boshlang‘ich ta’lim, innovatsiya, dars samaradorligi, interaktiv
metodlar, mustaqil fikrlash.
ABSTRACT
This article highlights the role of innovative approaches in teaching the subject of the
mother tongue in primary school, their effectiveness, and their importance in increasing
student activity.
Keywords:
Mother tongue, primary education, innovation, lesson effectiveness,
interactive methods, independent thinking.
АННОТАЦИЯ
В статье подчеркивается роль инновационных подходов в преподавании родного
языка в начальной школе, их эффективность и важность для повышения
вовлеченности учащихся.
Ключевые слова:
родной язык, начальное образование, инновации,
эффективность урока, интерактивные методы, самостоятельное мышление.
Krish.
Zamonaviy ta’lim jarayoni o‘qituvchidan nafaqat bilim berishni, balki
o‘quvchining shaxs sifatida shakllanishiga ko‘maklashishni ham talab qilmoqda.
Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim bosqichi bolaning fikrlash, o‘rganish, til bilan ishlash,
ifoda etish kabi ko‘nikmalari shakllanadigan muhim davr hisoblanadi. Shu nuqtayi
nazardan qaraganda, ona tili fanini innovatsion yondoshuvlar asosida o‘qitish dars
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
84
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
samaradorligini sezilarli darajada oshiradi.Boshlang‘ich ta'limda ona tili fanini
o‘qitishda innovatsion yondashuvlar ta'lim jarayonining samaradorligini oshiradi,
o‘quvchilarning intellektual va ijodiy salohiyatini rivojlantiradi, va ular uchun darsni
qiziqarli hamda ta'sirchan qiladi. Innovatsion yondashuvlar, an'anaviy dars
shakllaridan farqli ravishda, o‘quvchilarga bilim olish jarayonida faollik ko‘rsatish
imkoniyatini beradi. Bu yondashuvlar o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash, mustaqil
qarorlar qabul qilish, muammolarni hal qilish kabi ko‘nikmalarini rivojlantirishga
yordam beradi.
Innovatsiya: yangi yoki takomillashgan metod, texnologiya yoki pedagogik
yondashuvlarning o‘quv jarayonida qo‘llanilishi.
Innovatsion dars turlari: O‘quvchilarga ilmiy izlanish, ijodkorlik va o‘z-o‘zini
rivojlantirish imkonini beradigan dars shakllari. Masalan: interfaol darslar, kooperativ
o‘qish, projektlar asosida o‘qitish.
Innovatsion texnologiyalar yordamida o‘quvchilarni darsga faol jalb qilish, ularni o‘z
fikrini erkin bayon etishga, mustaqil fikrlashga, savol berishga undash mumkin.
Darslarda interaktiv usullar — “Aqliy hujum”, “Baliq skeleti”, “Klaster”, “Insert”,
“Savol-javob charxi” kabi metodlardan foydalanish o‘quvchilarda mavzuni tez va oson
anglab olishlariga yordam beradi. Hozirgi kunda ta'lim jarayonlarida o‘qitishning
zamonaviy metodlaridan unumlifoydalanilmoqda.Hozir o‘qitish jarayonida interfaol
metodlardan foydalanish yuqori samara bermoqda.Ushbu metodlarni qo‘llashda
o‘qituvchi har bir darsning ta'limiy,tarbiyaviy,uslubiy jihatidan kelib chiqib tanlashi
maqsadga muvofiq bo‘ladi.Bu metodlarni qo‘llash o‘quvchilarning darsga bo‘lgan
qiziqishlarini orttiradigan, ularning bilimini kengaytiradigan, mantiqiy fikirlashini
o‘stiradigan ma' naviy yetuk shaxsni tarbiyalashga yordam beradi.Buni o‘rgatish uchun
o‘qituvchi, avvalo, o‘zi bilimli vadono bo‘lishi, o‘rgatayotgan narsasini puxta
o‘rganishi kerak. Yosh avlod bizning, ona Vatanimizning kelajagidir. Ona
Vatanimizning kelajagi, yuksalishi yosh avlodning qo‘lidadir. Har tomonlama
barkamol, bilimdon, komil, yetuk shaxsni tarbiyalash bizning, barchamizning
vazifamizdir.
“Interfaol” so‘zi ingliz tilida “interact” so‘zidan olingan bo‘lib, “inter”- o‘zaro
ikki taraflama, “act”-harakat qilmoq degan ma’nolarni anglatadi. Interfaol metodlar
o‘quvchilarning
olgan
bilimlarini
mustahkamlashga,mustaqil
fikirlashga,
dunyoqarashini kengaytirishga ko‘maklashadi.
Hozirgi kunda eng ko‘p qo‘llaniladigan interfaol metodlar quyidagilar
hisoblanadi: “Ajil”(amaliy,jamoaviy,ijodiy loyihalar)strategiyasi, “Baliq skeleti”
grafik organayzeri, “Bahs-munozara” strategiyasi, “Bumerang” strategiyasi, “Venn
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
85
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
diagrammasi” grafik organayzeri, “Ajurli arra ” strategiyasi, “Yagona davra”
strategiyasi, “Debat” metodi va boshqalar.
“Ajurli arra” (fransuzcha “ajour”-bir yoqdan ikkinchi yoqqa o‘tgan, tomoni
ochiq)strategiyasi o‘quvchi (talaba)larga yaxlit muayyan mavzuni bir nechta necha
qisimlarga ajratish orqali mohiyatini yoritish imkoniyatini yaratadi. Ushbu metod
qo‘llanilganda o‘quvchi (talaba)lar tayyor matnlar bilan ishlaydi.
Dars jarayonida ushbu strategiyadan foydalanish quyidagicha boradi:
1.o‘qituvchi o‘quvchi (talaba)larni “Ajurli arra” strategiyasi mohiyati bilan
tanishtiradi;
2.Talabalarni guruhlarga ajratadi;
3.o‘zlashtiriladigan materiallar bir nechta qismlarga ajratilgan holda alohida
qoģozlarda qayd qilinadi.
4. Matnli materiallar joylashtirilgan paket guruhlarga tarqatiladi;
5. Guruhlar matnli materiallardan foydalanib, topshiriqni bajaradi;
6. Topshiriq bajarilgach, har bir guruhdan matnni yaxshi oʼzlashtirgan oʼquvchi
(talaba) ajratib olinib, ulardan ekspert guruhi shakllantiriladi;
7. Ekspert guruhi aʼzolari oʼzlari oʼzlashtirgan material mazmunini boshqalarga
yetkazish rejasini tuzadi;
8. Ekspert guruhi aʼzolari oʼzlari oʼzlashtirgan material mazmunini boshqa guruhlarga
ham oʻrgatadi.
Masalan, ona tili darslarida “Rolli o‘yinlar” orqali so‘z turkumlari, gap bo‘laklari,
tovush va harflarni o‘rganishda ko‘rgazmali va esda qoladigan shakllarda tushuntirish
mumkin. Shuningdek, animatsion videolar, multimediali taqdimotlar, interfaol
doskalar orqali darslarni yanada jonli va qiziqarli o‘tkazish imkoniyati yaratiladi.Izoh:
“Tahlilchilar” ning asosiy vazifasi savol yuzasidan muhokamani tashkil etish,
“Kuzatuvchilar”ning asosiy vazifasi esa 1-guruh (“Tahlilchilar”) faoliyatini kuzatib
baholashdan iborat.
“AJIL” (“AMALIY JAMOAVIY IJODIY LOYIHALAR”) STRATEGIYASI
Texnologiya o‘quvchi (talaba)larda ijodiy faoliyat malakalarini shakllantirish,
jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish, jamoaviy ijodiy
loyiha (ish)larning shakllari to‘g‘risidagi tushunchani hosil qilishga ko‘maklashishini
ta’minlaydi.
Mazkur texnologiyani o‘quv jarayonida “Jamoaviy ijodiy ishlar” strategiyasi asosida
amalga oshirish o‘quvchi (talaba)larning ijodiy faoliyatga bo‘lgan qiziqishini oshirish
va ularni samarali o‘zlashtirishga yo‘naltirish maqsadida muhimdir.
O‘qituvchi quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
86
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
O‘quvchi texnologiya asosida bajaradigan topshiriqni tushuntirib beradi, uning amalga
oshirish tartibi va natijani baholash mezonlarini tushuntiradi; O‘quvchilarga
topshiriqni bajarish jarayonidagi ish rejasini tuzishni aytadi;O‘qituvchi “Aqliy hujum”
metodi yordamida har bir o‘quvchi (talaba)ning topshiriq borasidagi fikrlarini og‘zaki
taxtasi yoki vatman qog‘ozi orqali yozib boradi; Birgalikdagi muhokamadan so‘ng
o‘quvchi (talaba)lar aniq loyiha-rejani tasdiqlashadi (uni “Og‘zaki jurnal” deb nomlab,
har bir sahifasiga alohida nom qo‘yish ham mumkin).Shundan so‘ng o‘quvchi
(talaba)lar kichik guruhlarda ishlaydi. Bu jarayon quyidagi bosqichlarda amalga
oshiriladi:
1. O‘quvchilar kichik guruhlarga biriktiriladi.
2. O‘qituvchi kichik guruhlarga “Og‘zaki jurnal” ning har bir sahifasi bilan tanishib
chiqib, aniq sahifaga mazmuni muvofiq tuzilgan topshiriq va uning mohiyatini
erishitma doir topshiriqni beradi.
3. Topshiriqni bajarish uchun vaqt belgilanadi (maksimal vaqt 10 daqiqa).
4. Kichik guruhlar topshiriqni bajarish ustida ishlaydi (bu vaqtda kichik guruhlar
o‘zlari tanlagan sahifa mazmunini yoritish usullari, shakllari, ifodasi va uni taqdim
qilish yo‘llarini aniqlangan holda topshiriqni bajaradi).
5. Belgilangan vaqt nihoyasiga etgach, guruhlar o‘z ezmalari (ishlari)ni navbatma-
navbat namoyish etadi (ezmalar namoyishida imkon qadar barcha o‘quvchilar faol
ishtirok etishlari talab qilinadi).
6. Butun jamoa o‘qituvchi rahbarligida kichik guruhlarning chiqishlarini muhokama
qiladi (muhokamada qulaylik uchun nutq va kamchiliklar, guruh bilan ishlash har bir
o‘quvchi (talaba) o‘zlashtirgan ko‘nikmalar tahlil qilinadi).
Innovatsion yondoshuvlar o‘quvchilarda o‘z fikrini ifoda qilish, matn bilan ishlash,
savol tuzish va yozma ish bajarish ko‘nikmalarini shakllantirishga yordam beradi. Bu
esa tilni nafaqat o‘qib anglash, balki faol foydalanishga yo‘naltiradi.
Shuningdek, raqamli resurslar — onlayn testlar, interaktiv mashqlar, elektron darsliklar
orqali o‘quvchilarning bilimini mustahkamlash mumkin. Bu o‘qituvchiga ham
monitoring jarayonini yengillashtiradi, o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini
aniqlash imkonini beradi.
Boshlang‘ich sinflarda ona tili fanini o‘qitishda innovatsion yondashuv
o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini
oshirish va ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang‘ich sinf ona tili fanini o‘qitishda innovatsion
yondoshuvlar o‘quvchilarni bilim olishga qiziqtiradi, darslarni mazmunli va samarali
qiladi. Har bir pedagog bu imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalansa, o‘quvchilar til boyligi,
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
87
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
fikrlash qobiliyati va savodxonligi yuksaladi.Interaktiv metodlar, axborot-
kommunikatsion texnologiyalar, o‘yinli mashg‘ulotlar va loyiha asosidagi ta’lim orqali
o‘quvchilar ona tili faniga bo‘lgan qiziqish bilan qatnashadilar, o‘rganilgan bilimlarni
hayotda qo‘llay olish malakalarini egallaydilar. Shu bilan birga, ular tahlil qilish,
mantiqiy fikrlash va aniq fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantiradilar.Shunday ekan,
har bir zamonaviy pedagog o‘z faoliyatida innovatsion yondoshuvlarni to‘g‘ri va
samarali qo‘llashni maqsad qilib qo‘ysa, bu nafaqat o‘quvchilar savodxonligini, balki
umuman olganda ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida, yangi
avlodning har tomonlama yetuk, bilimli va mustaqil shaxs bo‘lib shakllanishiga zamin
yaratadi.
ADABIYOTLAR:
1. Qosimov A.A. “Boshlang‘ich ta’lim metodikasi”. Toshkent, 2023.
2. Karimova D.X. “Ona tili o‘qitish metodikasi”. Samarqand, 2022.
3. Zaynutdinova M.B. “Interaktiv metodlar orqali ta’lim samaradorligini oshirish”.
Buxoro, 2021.
4. www.ziyonet.uz, www.eduportal.uz
5.Panjiyeva M, Ergasheva O “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi,innovatsiyasi va
integratsiyasi” o‘quv qo‘llanma. Termiz 2014 148-b
