Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
76
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
BOSHLANGʻICH SINF OʻQITUVCHILARIDA KREATIV TAFAKKURINI
SHAKLLANTIRISH OMILLARI
Panjiyeva Muattar XXX
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti
Boshlangʻich taʼlim kafedrasi oʻqituvchisi
Zaripova Barchinoy Abdumajit qizi
Denov Tadbirkorlik va Pedagogika instituti Pedagogika Fakulteti
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi
4-bosqich 3bt-21gruh talabasi
Tel: +9988-88-850-99-02
Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin.
Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin
Shavkat Mirziyoyev
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilaridagi kreativ qobiliyatlarni
rivojlantirish maqsadida foydalanish lozim o‘qituvchi vazifalari haqidagi kerakli
ma'lumotlar va manbalar keltirib o‘tilgan. Maqolada berilgan ma'lumotlar asosida
o‘qituvchilar va ota-onalar o‘zilari uchun kerakli tavsiyalarni olishlari mumkin.
Kalit so‘zlar:
ta’lim, metodika, tafakkur, kreativlik, belgi, mashq, fikrlash,
ijodkorlik, fikrlash, erkinlik, individuallik, innovatsiya, pedagogik, psixologik.
ABSTRACT
This article provides the necessary information and resources on the tasks of the
teacher, which should be used to develop creative abilities in primary school students.
Based on the information provided in the article, teachers and parents can get the
necessary recommendations for themselves.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
77
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
Keywords:
education, methodology, thinking, creativity, character, exercise,
thinking, creativity, thinking, freedom, individuality, innovation, pedagogical,
psychological.
АННОТАЦИЯ
В статье представлена необходимая информация и ресурсы о задачах
учителей, которые следует использовать для развития творческих способностей
учащихся начальной школы. На основе информации, представленной в статье,
педагоги и родители могут получить необходимые для себя рекомендации.
Ключевые слова:
образование, методика, мышление, творчество, характер,
упражнение, мышление, креативность, мышление, свобода, индивидуальность,
новаторство, педагогический, психологический.
Krish.
Yosh avlodga ta’lim va tarbiya berish uzluksiz ta’lim tizimining boshlangich
bo‘g‘ini bo‘lgan boshlang‘ich ta’limdan boshlanadi. Maktablarda amalga oshiriladigan
ta’lim va tarbiya ishini davr talabi darajasida olib borish maqsadida mamlakatimizda
maktab ta’lim sohasida keng ko‘lamli ishlar, islohotlar amalga oshirilmoqdaki, bu o‘z
navbatida o‘quvchi yoshlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishlari uchun shart-sharoitlar
yaratishni asosiy vazifa qilib qo‘ygan. Shu sababli bizning oldimizda, o‘quvchilarda
kreativlikni shakllantirish orqali, kelajagimiz uchun barkamol shaxsni tarbiyalashdek,
dolzarb masala turibdi.
Kreativlik (ijodkorlik) – bu yangi, noodatiy, original g‘oyalarni ilgari surish,
muammolarga turlicha yechim topa olish qobiliyati sifatida talqin etiladi.
Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi. Ta’limning
zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini
innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga
va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asasida ko‘rib
chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Shu bilan birgalikda, oily maktab pedagogik
tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy
qobiliyatlar, ijod potensiali o‘z-o‘zini ijodiy rivojlantirish, ijodiy individuallik va
krealivlik talablariga javob berish muammosiga katta e’tibor qaratishi lozim.
1
Shu bilan
birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion ta’lim tizimi
sharoitida, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijodiy potensial, o‘z-o‘zini ijodiy
rivojlantirish, ijodiy individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga
1
] Prezident Sh. Mirziyoyevning 06.04.2021-yildagi PQ-5052sonli qarori
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
78
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
katta e’tibor qaratmoqda. Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga bo‘lgan
ilmiy buyurtma kreativlik muammosining alohida dolzarbligini belgilaydi. Shaxsiy
ijodkorlikning dinamik (rivojlanib, o‘sib boruvchi) shakllanishi kreativlik va uning asosiy
qirralarida namoyon bo‘ladi.Biroq kreativlik psixologiya va pedagogika fanlarining
belgilangan ilmiy kategoriyasi bo‘lsa-da, “kreativlik” tushunchasi tegishli lug‘atlarda
to‘liq differensiallashtirilmagan va ijod psixologiyasida yetarlicha aniqlanmagan. O‘nlab
ilmiy ishlarda ilmiy ijodkorlikning turli qirralariga har xil yondashuvlar mavjud bo‘lib,
ularni turlicha darajada qamrab olgan bo‘lsa-da, hozirgacha na muammoning o‘zi, na
unga taalluqli bo‘lgan amaliy savollarga nisbatan yagona to‘xtam mavjud emas. Hozirda
rivojlanishning zamonaviy bosqichida ushbu an’analarning inson faktori bilan bog‘liq hal
qiluvchi o‘rni belgilab berilmoqda. Bu faktor fenomenologiyasida ijodkorlik uning asosiy
tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‘ladi. Ijodkor inson fenomenining yuksak ko‘rinishi
sifatida talqin etilishiga qaramay, u eng kam o‘rganilgan soha bo‘lib, tabiiy imkoniyat
sifatida qaralmoqda.
Gap shundaki, ijod jarayonining tabiatidagi tasodifanlik, kutilmaganlik avval-
boshdanoq uning zamonaviy ilmiy metodlarda oʻrganish imkoniyatini chegaraladi.
Zamonaviy fan imkoniyatlari ijodkorlik tabiatining mavjud dalillar va savollarga to‘liq
qoniqarli universal tushuntirish imkoniyatiga ega emas. Hozirgacha Vatanimizda va chet
ellarda to‘plangan bilimlar ijodkorlik psixologiyasi mohiyatini tushunishga yetarli emas.
Jamiyat taraqqiyoti tajribasida psixologiya va pedagogikada ijodkorlik psixologiyasi
sohasida izlanishlarni faollashtirish taqozo etilmoqda, chunki ijodkorlik natijalari
faqatgina shaxsiy tasnifga ega emas, balki ijtimoiy ahamiyatga egadir.Psixologiyada ijod
va ijodiy faoliyat muammosini o‘rganuvchi alohida yo‘nalish — ijodkorlik psixologiyasi
yo‘nalishi vujudga keldi. Ijodkorlik psixologiyasining asosiy maqsadi psixologik
qonuniyatlar, ijod jarayoni mexanizmi va kreativ (creativity — inglizcha ijodiy)likni
o‘rganishdan iborat.
2
Ijodkorlikka rivojlanishning asosiy mexanizmi sifatida (N.V.
Kipiyaki, A.M. Matyushkin, Y.A. Ponomaryov, I.N. Semenov va boshqalar) qaraladi va
uning o‘rganilishi M.S. Bernshteyn, V.S. Bibler, V.N. Shkin, O.K. Tixomirov, E.G. Yudin
va boshqalar nomi bilan bog‘liq.Psixologik ijodkorlikning kreativlik deb nomlanuvchi
yo‘nalishi ustida g‘arb olimlari: J. Gilford, S. Liding, V. Smit, D. Xalperik va boshqalar
izlanishlar olib borishgan. Chet el olimlarining kreativlik tushunchasi haqidagi
izlanishlarini tahlil qilib va umumlashtirib R. Xameni yozadi: «Kreativlik o‘zida
yangicha yo‘sinda amalga oshirilgan o‘zlashtirish to‘lqinini (Makkelif), yangicha
2
Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, iimovatsiya va integratsiyasi. Oʻquv qo‘llanma./R.Mavlyanova, N.Raxmankulova.
-
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta’lim vazirligi.
- Toshkent. Voris nashriyoti, 2013y 117-b.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
79
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
aloqadorliklarni aniqlash (Kyubi), yangicha munosabatga kirishish (Rodjers), yangiliklar
(Lassuel), ongning yangicha e’tirozlariga sabab bo‘luvchi faoliyatdir». Ko‘pchilik
tadqiqotchilar kreativlikni belgilashda shaxsning o‘ziga xosligi va xususiyatlariga e’tibor
qaratadilar. J. Gilfordning fikricha, kreativlik va ijodiy imkoniyat qobiliyatlar va ijodiy
tafakkurga ta’sir etuvchi omillar yig‘indisi sifatida namoyon bo‘ladi.
E. Torrens kreativlikni yechimlarni topishda bilimlarning yetarli bo‘lmasligi
muammosi, qiyinchiliklar qarshisidagi identifikatsiya va taxminlarning shakllanishi,
yechimlarning topilish jarayoni deb qaraydi. (E. Torrens, 1996-y.) Ijtimoiy-psixologik va
ijtimoiy-boshqaruv darajasida - ijodkorlik determinantlari borasida, jamoa ijodkorligini
boshqarishda muammosi, jamoaning funksional-rolli differensiyasi yo‘nalishi bo‘yicha
izlanishlar olib borilmoqda. “Farzandlarimizni mustaqil fikrlovchi, zamonaviy va kasb-
hunarni egallagan,mustahkam hayot nazariyasiga ega chinakam vatanparvar insonlar
sifatida tarbiyalashbiz uchun dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan masala hisoblanadi”.
Mustaqil fikrlovchi,zamonaviy bilimlarni egallagan, mustahkam hayot nazariyasiga ega
chinakamvatanparvar
avlodni
tarbiyalash
birinchi
navbatada
oliy
ta’lim
muassasalaridatayyorlanayotgan pedagog-kadrlarni kasbiy faoliyatga har jihatdan tayyor
bo’lishlarini taqozo etadi.
3
Kreativlik ijodiy tafakkurning yangi mahsuli yoki natijasi
ekanligi yuzasidan bahslar hali ham ayrim olimlar orasida davom etmoqda. Boshqa
izlanishlarda ijodkorlikning yangilik yaratishdagi yetakchiligi ta’kidlanadi. V.
Arteymning izlanishlarida ijodkorlik uning mahsuli bo‘lgan obyektga qarab
baholanmaydi, balki aniq munosabat belgilanadi. Uning fikricha: “Kreativlik — bilim,
faoliyat va istakning uyg‘unligi”. Psixologiyada evristika muammosini o‘rganish
borasida N. Pushkin: “Evristik faoliyat shunday psixologik jarayonki, uning yordamida
muammo yechimi topiladi, yangi yondashuv ishlab chiqiladi, evristik faoliyat deb
ataluvchi qandaydir yangilik yaratiladi”, degan edi.Kreativlikning tasniflanishi kasbiy
faoliyat jarayonida namoyon bo‘luvchi psixik komplekslar tarkibi bilan bog‘liq.
Kreativlikning psixologik izlanishlardagi asosiy urg‘u muammolarni mustaqil
yechishga undovchi, o‘ziga xos katta hajmdagi g‘oyalarni yuzaga keltiruvchi va ularning
o‘ziga xos yechimini topishga asos bo‘luvchi individning intellektual va shaxsiy
qobiliyatiga qaratiladi.Kreativlik istisno etilgan va g‘aroyib fenomen deb baholanuvchi
dastlabki izlanishlardan farqli o‘laroq, zamonaviy izlanishlarda kreativlik har bir shaxs
ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan individ kompleksi sifatida qaralmoqda. Bu kreativlik
muammosiga turlicha yondashuvlarda namoyon bo‘ladi: u faqatgina har bir shaxs ham
qo‘lga kirita olmaydigan natija emas, balki refleksiya va o‘z-o‘zini baholashdagi
3
Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - T.: "o'zbekiston", 2017 yil, 488 bet.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
80
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
shaxsning yangicha sifat ko‘rsatkichi deb qaralmoqda. Kreativlik haqidagi ko‘pgina
izlanishlarda har bir shaxsda u yoki bu daraja va miqdorda mavjud bo‘ladigan psixologik
kreativlik mexanizmi va ijodkorlik imkoniyatlariga asosiy e’tibor qaratilmoqda.
An’anaviy psixologiya va pedagogikada kreativlikka shaxs kategoriyasi sifatida
qaraladi, uni talqin qilish, aniqlash borasida bahslar yuritilgan: kreativlik — tafakkur
sifati (J. Gilford, Y.K. Tixomirov), yoki intellektual faollik sifati (D.B. Bogolevskaya,
L.B. Yermolayeva tomonidan), yoki shaxs sifatlarining integratsiyalashuvi (Y.A.
Ponomarev va boshqalar). Biroq oliy ta’lim pedagogikasida (kreativ andragogika) uning
sifat ko‘rsatkichini va namoyon bo‘lish darajasini aniqlashning yo‘llari yetarli emas.
Kreativlik biryoqlama salbiy jihat sifatida qaralsa-da, uning muammolar tizimi
umumlashtiriladi va bir butunlikni tashkil etadi, bu ayniqsa o‘zida ta’lim jarayonida ijodiy
ta’lim va tarbiyani mujassamlashtirgan shaxsning ijodiy imkoniyatlari va kreativlikni
rivojlantirish jarayonida oliy maktab pedagogikasiga taalluqlidir. Shu sababli,
kreativlikni rivojlanish imkoniyatlarini kreativ ta’lim va tarbiya jarayonida shaxs
kategoriyasi sifatida o‘rganish zarur.Oʻtgan asrning 60-70-yillari pedagogikada kreativlik
muammosini o‘rganishda keskin burilish yillari bo‘ldi. Shu davrda ijodiy izlanuvchan
pedagog-novatorlar paydo boʻldi. Novatorlar erishgan natijalar nafaqat pedagoglarni,
balki psixologlarni ham qiziqtirdi, ular ijodiy ta’limining psixologik tomonlarini, ijod
faoliyatining pedagogik psixologiyadagi mexanizmini oʻrgandilar. (V.V. Davidov,
I.A.Zimnaya, N.V. Kuzmina, A.M. Matyushkin, Y.A. Ponomarev, R.A. Mavlonova
rahbarligidagi pedagogika fanlari ilmiy-tekshirish instituti jamoasi.Kreativlikni
oʻrganishda amalga oshirilgan nazariy tahlil uni kasbiy anrogogikada qo‘llashning
umumiy qonuniyatlari va o6ziga xosligini aniqlash imkonini beradi (V.M. Morozov). Biz
kreativlikning tizimlilik tuzilishidan kelib chiqib, unga shaxsning oʻta intellektual -
evristik jihati sifatida emas, balki shaxsni qadrlovchi, tabaqalashtirilgan ta’lim sifatida
qaraymiz.
Kreativlik — shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson ma’naviyatining
ajralmas qismi bolib, shaxsni oʻz-oʻzini rivojlantirish omili, shaxsiy jonbozlikniiig asosi,
shaxs ega boʻlgan bilimlarning ko‘pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga
intilishda va o‘rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va
o‘zgartirishda, hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar
chiqarishda namoyon bo‘ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning
murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli, balki ongosti
tushunchalari paydo bo‘ladi.Kreativlik tabiatini o‘rganish muammosiga bag'ishlangan
psixologopedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda, intellektual kreativlik masalasiga
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
81
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida amalga oshirilgan
izlanishlar ancha kam. Ko‘p hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki
pedagogik muloqot jarayonini o‘rganadilar, o‘qituvchi va o‘quvchi muloqotini yaxshilash
uchun tavsiyalar beradilar.
Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta’sir
ko’rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib
quyidagicha xulosa chiqarish mumkin: Bu hodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish
uchun yagona tushunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning darajasi,
tuzilishi va o‘ziga xosligi inson individualligining boshqa bir jihatini belgilash
jarayonining o‘ziga xosligi va shaxsiy faoliyatlari bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlikni
tasniflash kreativlik hodisasining kelajakda o‘rganilishi kutilayotgan yangi bir
yo‘nalishidir. Kreativlikni intellektual kreativlik va ijtimoiy kreativlikka bo‘lish mumkin.
Intellektual kreativlik analiz va sintezdan iborat. Analiz va sintez qila olish qobiliyati
umumiy intellektning asosidir. Ijtimoiy kreativlik o‘zida kasbiy kreativlikni
mujassamlashtiradi, uning ko‘pgina turlari orasida pedagogik kreativlik ham mavjud.
Pedagogik kreativlik kommunikativ va didaktik kreativlikdan iborat. Didaktik kreativlik
o‘zida intellektual boyliklarga intilish va shu bilan birga novatorlik qobiliyatida namoyon
bo‘ladi. Kommunikativ va didaktik kreativlik pedagogik qobiliyatning asosi hisoblanadi.
Pedagogik qobiliyat ijodkorlik qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadi va o‘z navbatida ichki sezgini
rivojlantiradi. Pedagogik ijodkorlik qobiliyati, ichki sezim va umumiy intellekt
kesishganida ijod mahsuli yaratiladi.
Xulosa:
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ tafakkurini shakllantirish
bugungi ta'lim tizimida eng muhim yo‘nalishlardan biridir. Ta’lim jarayonida
o‘qituvchilar faqat bilim berish bilan cheklanib qolmasdan, talabalarni yangi g'oyalar
yaratishga, muammolarni hal qilishda innovatsion usullardan foydalanishga undashlari
lozim. Kreativ tafakkur, o‘qituvchining o‘z pedagogik metodikalarini yangilash,
o‘quvchilarning tanqidiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish va ularni zamonaviy
hayotga moslashtirishda muhim ahamiyatga ega.o‘qituvchilar kreativ tafakkurini
shakllantirishning asosiy omillari quyidagilardan iboratdir: pedagogik malaka va
professional tayyorgarlik, o‘qituvchining o‘zini-o‘zi rivojlantirishga bo‘lgan intilishi,
shuningdek, o‘qitish jarayonida metodik innovatsiyalarni qo‘llash qobiliyati. Shu bilan
birga, zamonaviy texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga joriy etish, guruhli ishlar va kreativ
muammolarni hal qilishga asoslangan metodlarning qo‘llanilishi o‘qituvchilarning
kreativ tafakkurini rivojlantirishga yordam beradi. Kreativ tafakkur o‘qituvchining
pedagogik faoliyatiga qo‘shilgan yangi yondashuvlarni joriy etishda muhim rol o‘ynaydi.
Boshqa tomondan, ta'lim tizimida innovatsion metodlar va texnologiyalarni qo‘llash
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
82
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
o‘qituvchining o‘quvchilarga yangi bilimlarni yetkazish samaradorligini oshiradi. Shu
boisdan, boshlang'ich sinf o‘qituvchilarining kreativ tafakkurini shakllantirish nafaqat
o‘qituvchi, balki o‘quvchilarning muvaffaqiyatli ta'lim olishiga ham ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida kreativ tafakkurini shakllantirish ta'lim
jarayonining sifatini oshirishda, o‘quvchilarga bilimlarni samarali va innovatsion usullar
bilan etkazishda katta ahamiyatga ega. Bu jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish
uchun o‘qituvchilarni doimiy ravishda kasbiy rivojlanishga rag'batlantirish, ularning
metodik va kreativ qobiliyatlarini yanada mustahkamlash zarurdir.
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR
1.Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz.
- T.: “O‘zbekiston”, 2017 yil, 488 bet.
2.Prezident Sh. Mirziyoyevning 06.04.2021-yildagi PQ-5052sonli qarori
3.Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi, iimovatsiya va integratsiyasi. Oʻquv
qo‘llanma./R.Mavlyanova, N.Raxmankulova. - O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta
maxsus ta’lim vazirligi. - Toshkent. Voris nashriyoti, 2013y 117-b.
4.Innovatsion ta'lim texnologiyalari va pedagogik kompetentlik moduli bo‘yicha o‘quv-
uslubiy majmua - Toshkent. 2016
5. “Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari” moduli bo‘yicha o‘quv-uslubiy
qo‘llanma. :- Toshkent 2015,40 bet
6.Panjiyeva M, Ergasheva O “Boshlang‘ich ta’lim pedagogikasi,innovatsiyasi va
integratsiyasi” o‘quv qo‘llanma. Termiz 2014 142-b
