Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
203
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
“KOʻHITANG BOTANIK GEOGRAFIK RAYON FLORASI TARKIBIDAGI
CARYOPHYLLACEAE OILASINING AREAL TIPLARI BOʻYICHA
TAHLILI”
Ibragimov Akram Javliyevich., Murodullayev Nurali Zokir o’g’li.,
Termiz Davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti. Termiz Davlat universiteti
talabasi. Termiz, O‘zbekiston.
akram_i@bk.ru
nurali.murodullayev0886@gmail.com
Annotatsiya
Ushbu maqolada Koʻhitang botanik-geografik rayon florasi tarkibidagi
Caryophyllaceae (Chinniguldoshlar) oilasiga mansub o‘simliklar areallari tiplari tahlil
qilinadi. Tadqiqot davomida mazkur oilaga mansub tur va jinslarning hududiy
tarqalishi, ularning geografik areallari va fitogeografik xususiyatlari o‘rganildi. Tahlil
natijalari asosida Caryophyllaceae oilasi vakillari asosan Markaziy Osiyo va Gʻarbiy
Osiyo elementlariga mansubligi aniqlandi. Shuningdek, endemizm darajasi, ekologik
va bioxilma-xillik ko‘rsatkichlari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu ish Koʻhitang floristik
rayonidagi fitogeografik zonalarning shakllanishi va o‘simliklar areallari
evolyutsiyasini chuqurroq tushunishga hissa qo‘shadi.
Аннотация
В статье анализируются типы ареалов растений семейства Гвоздичные
(Caryophyllaceae) во флоре Кохитангского ботанико-географического района. В
ходе исследования изучено территориальное распространение видов и родов,
относящихся к данному семейству, их ареалы и фитогеографические
особенности. По результатам анализа установлено, что представители семейства
Caryophyllaceae
в
основном
относятся
к
эйрано-туронскому,
центральноазиатскому и переднеазиатскому элементам. Также учитывались
уровень эндемизма, экологические показатели и показатели биоразнообразия.
Данная работа способствует более глубокому пониманию формирования
фитогеографических зон и эволюции ареалов растений во флористическом
регионе Кохитан.
Abstract
.
This article analyzes the types of plant ranges belonging to the Caryophyllaceae
family in the flora of the Kohitan botanical-geographic region. During the study, the
territorial distribution of species and genera belonging to this family, their geographical
ranges and phytogeographic characteristics were studied. Based on the results of the
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
204
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
analysis, it was determined that representatives of the Caryophyllaceae family mainly
belong to the Eyrano-Turonian, Central Asian and West Asian elements. The level of
endemism, ecological and biodiversity indicators were also considered. This work
contributes to a deeper understanding of the formation of phytogeographic zones and
the evolution of plant ranges in the Kohitan floristic region.
Kalit so’zlar.
Ko‘hitang, flora, Caryophyllaceae, oila, tur, areal, tog’, polimorf,
takson, poya, barg.
Ключевые слова.
Растение, флора, Caryophyllaceae, семейство, вид,
область, гора, полиморф, таксон, стебель, лист.
Key words.
Plant, flora, Caryophyllaceae, family, species, range, mountain,
polymorph, taxon, stem, leaf.
Oʻrta Osiyoning togʻli hududlari floralaridagi turlarning areal tiplari boʻyicha
taqsimlanishini R.V. Kamelin [38] taklif etgan tasnif asosida amalga oshirish qabul
qilingan. Ayni paytda turli tadqiqotchilar oʻrganilayotgan floraning joylashgan oʻrni,
ishning maqsad va vazifalari, turlarning tarkibiga koʻra ayrim oʻzgartirishlar
kiritishadi. Xususan, L.S. Krasovskaya va I.G. Levichevlar [45] areal tiplari
kategoriyalarining berilishida ierarxiya prinsipiga amal qilish lozimligini koʻrsatishadi,
yaʼni dastlabki tip hajmi jihatdan keyin keladigan tip tirkibiga kirish kerakligini
keltirishadi. R.V. Kamelinning [38] fikriga koʻra esa areal tiplarining ajratilishida tur
arealining umumiy konfiguratsiyasidan kelib chiqish maʼqulroq va mavjud tasniflarni
turlarning ekologik xarakteristikasi, bir-biriga boʻysunish tizimini qabul qilish orqali
murakkablashtirmaslik lozim. Shuning uchun, Surxon qoʻriqxonasi florasining
geografik strukturasi Oʻrta Osiyoning togʻli hududlari uchun qulay boʻlgan va umum
eʼtirof etilgan tavsif boʻyicha amalga oshirildi.
Biz qoʻriqxonada uchrovchi turlarning tabiiy tarqalish chegarasini oʻrganish
asosida 21 ta areal tiplariga ajratdik.
1. Koʻhitang tipi – bu tipga faqat Koʻhitang togʻ tizmasining sharqiy yonbagʻrida
joylashgan Surxon davlat qoʻriqxonasining florasi tarkibidagi 1 ta tur endem
oʻsimliklar kiradi: Silene nataliae F. O. Khass. et I.I. Malzev, boshqalar.
2. Janubiy pomiroloy tipi – janubiy Tojikiston va Oʻzbekiston togʻ tizmalarini
(Koʻhitang tizmasidan Hazrati-Imomaskarid togʻigacha) qamrab oladi. Bu tip
doirasida 1 ta tur mavjud: Dianthus baldshuanicus Lincz., boshqalar.
3. Janubi-gʻarbiy pomiroloy – Turkiston, Zarafshon, gʻarbiy va Janubi-Gʻarbiy
Hisor tizmasidan Darvozgacha boʻlgan togʻ tizmalarini qamrab oladi hamda tarkibiga
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
205
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
2 tur kiritiladi: Silene plurifolia Schischk., Kughitangia popovii (Preobr.) Ovcz.TASH
va boshqalar.
4. Pomiroloy tipi – butun Pomir-Oloyni (Turkiston, Oloyning sharqiy qismisiz,
Zarafshon, Hisor, Qorategin, Petr I, Darvoz, Fanlar akademiyasi tizmatogʻlari) va
Gʻarbiy Pomirni (Badaxshon) qamrab oladi. Bu tip 3 turni oʻz ichiga oladi. Buffonia
oliveriana Ser. TASH, Dianthus tetralepis Nevski herb. Silene guntensis B. Fedtsch.
va boshqalar.
5. K Gʻarbiytiyonshon-pomiroloy tipi – arealning bu tipi Gʻarbiy Tiyonshon
(Chu-Iliy togʻi, Qoratogʻ, Qirgʻiziston tizmasining gʻarbiy qismidan Qurama va
Fargʻona tizmasigacha) va Pomir-Oloyni qamrab oladi. Bu tipda 5 tur mavjud:
Dianthus seravschanicus Schischk., Silene saravschanica Regel et Schmalh., Silene
turkestanica Regel (=Melandrium turkestanicum) TASH., Silene nevskii
Schischk., Silene kuschakewiczi Regel et Schmalh.herb., va boshqalar kiradi.
6. Togʻli oʻrtaosiyo tipi – bu tip Oʻrta Osiyo provinsiyasi chegarasida boʻlib,
Gʻarbiy Tiyonshon va Pomir-Oloyni (Sharqiy Pomirdan tashqari) qamrab oladi.
Arealning bu tipi 1 turni oʻz ichiga oladi: Silene tachtensis Franch. herb., va boshqalar.
7. Kopetdogʻ-togʻli oʻrtaosiyo tipi – Togʻli oʻrtaosiyo va togʻli Turkmaniston
chegarasida boʻlib, Shimoliy Afgʻoniston va Sharqiy Eron hamda baʼzan Balxash
boʻyigacha chiqadi. Areal tipi doirasiga 1 tur kiradi: Agrostemma githago L., Minuartia
regeliana (Trautv.) Mattf. va boshqalar.
8. Tarbagʻatoy-togʻlioʻrtaosiyo tipi – Togʻlioʻrtaosiyo, Jungʻor Olatovi,
Tarbagʻatoy, Qulja va Sinszyan chegarasini qamrab oladi. Tarkibida 1 tur mavjud:
Tytthostemma alsinoides (Boiss. et Buhse) Nevski., va boshqalar.
9. Xoroson-togʻli oʻrtaosiyo tipi – bu areal tipi Xoroson-Kopetdogʻdan boshlab
Oʻrta Osiyo togʻ tizmalarigacha boʻlgan hududlarni qamrab oladi. Bu tipga 1 ta tur
kiradi: Queria hispanica L.* herb.
10. Oltoy-togʻlioʻrtaosiyo – Tiyonshon, Pomir-Oloy, Jungʻor Olatogʻi,
Tarbagʻotoy hamda Oltoy, Parapamiz, Sinszyan, Qulja va Qashqargacha boʻlgan
hududlarni oʻz ichiga oladi. Bu tipga 1ta tur kiradi: Dichoglottis alsinoides (Bunge)
Walp. (=Gypsophila alsinoides) va boshqalar.
11. Eron tipi – Sharqiy Anatoliyadan (Turkiya) Tiyonshon va Gʻarbiy
Pomirgacha (Badaxshon) boʻlgan hududlar kiradi. Arealning bu tipiga 1 ta tur
oʻsimliklar kiradi: Lepyrodiclis stellarioides Schrenk. herb.va boshqalar.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
206
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
12. Gʻarbiytiyonshon-pomiroloy tipi – arealning bu tipi Gʻarbiy Tiyonshon
(Chu-Iliy togʻi, Qoratogʻ, Qirgʻiziston tizmasining gʻarbiy qismidan Qurama va
Fargʻona tizmasigacha) va Pomir-Oloyni qamrab oladi. Bu tipda 1ta tur mavjud:
Eremogone griffithii (Boiss.) Ikonn. (=Arenaria griffithii) herb. va boshqalar.
13. Sharqiy-qadimiy oʻrtayer tipi – Falastin va Kichik Osiyodan Gʻarbiy
Himoloy va Oltoygacha boʻlib, Suriya, Eron, Kavkazorti qisman Tibet hamda Sinszyan
hududlarini qamrab oladi. Arealning bu tipida 5 ta tur mavjud: Cerastium dichotomum
L. Herb., Lepyrodiclis holosteoides (CAM.) Fenzl. herb., Minuartia meyeri (Boiss.)
Bornm. herb., Pleconax coniflora (Ness. ex Otth.) Šourkova (=Silene coniflora)
TASH., Pleconax conoidea (L.) Šourkova (=Silene conoidea L.) herb., va boshqalar.
14. Qadimiy oʻrtayer tipi – Ispaniya va Marokkodan Gʻarbiy Himoloygacha
chiqadi. Gʻarbiy Xitoy va Gʻarbiy Moʻgʻiliston hamda qisman Markaziy Yevropagacha
boʻlgan hududlar kiradi. Tarkibida 1 ta tur jamlangan: Cerastium inflatum Link. herb.
va boshqalar.
15. Pontik-qadimiyoʻrtayer tipi – Qadimiy Oʻrtayer va Shimoliy Qoradengizoldi
hududlari, qisman Markaziy Yevropaga ham chiqadi. Tarkibida 16 tur mavjud: Velezia
rigida L.herb. va boshqalar.
16. Tarbagʻatoy-togʻlioʻrtaosiyo tipi – Togʻlioʻrtaosiyo, Jungʻor Olatovi,
Tarbagʻatoy, Qulja va Sinszyan chegarasini qamrab oladi. Tarkibida 2 tur (1,48%)
mavjud: Acanthophyllum pungens (Bunge) Boiss., Stellaria neglecta Weihe ва
бошқалар.
17. Yevro-kavkaz-oʻrtaosiyo dizyunktiv tipi – arealning bu tipi oʻz ichiga
Palearktika orollari va Qadimiy Oʻrtayer chegaralarini qamrab oladi. Tarkibida 1ta tur
: Holosteum umbellatum L. mavjud.
18. Yevropa-qadimiyoʻrtayer tipi – Qadimiy Oʻrtayer, Sibirning janubiy qismi,
Yevropadan Skandivaniyagacha boʻlgan hududlarni qamrab oladi. Bu tipga 2 ta tur
kiradi: Holosteum polygamum C. Koch.herb., Pleconax conica (L.) Šourkova (=Silene
conica L.) herb va boshqalar.
19. Golarktika-qadimiyoʻrtayer tipi – bu tip oʻz ichiga Boreal, Oʻrtayer va
Sharqiy Osiyo viloyatlarining janubida keng tarqalgan 1 ta turni qamrab oladi: Arenaria
leptoclada Guss.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
207
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
20. Golarktika tipi – butun Shimoliy yarim sharning quruqlik qismini qamrab
oladi. Bu tip tarkibiga 2 ta tur kiradi: Arenaria serpyllifolia L. herb., Stellaria media
(L.) Vill.herb.va boshqalar.
21. Plyuriregional tip – arealning bu tipi oʻz ichiga kamida ikkitadan kam
boʻlmagan floristik olamda tarqalgan turlarni qamrab oladi. Tarkibida 1 ta tur mavjud:
Vaccaria pyramidata Medic.va boshqalar.
№
Turkum
Turlar
Areal
tiplari
1.
Acanthophyllum Acanthophyllum pungens (Bunge) Boiss. herb.
16
2.
Agrostemma
Agrostemma githago L.
7
3.
Allochrusa
Allochrusa gypsophiloides (Regel)
Schischk. herb.
12
4.
Arenaria
Arenaria leptoclada Guss.
19
5.
Arenaria
Arenaria serpyllifolia L. herb.
20
6.
Buffonia
Buffonia oliveriana Ser. TASH
4
7.
Cerastium
Cerastium dichotomum L. herb
13
8.
Cerastium
Cerastium inflatum Link. herb.
14
9.
Dianthus
Dianthus baldshuanicus Lincz. herb.
2
10.
Dianthus
Dianthus seravschanicus Schischk.
5
11.
Dianthus
Dianthus tetralepis Nevski herb.
4
12.
Dichoglottis
Dichoglottis
alsinoides
(Bunge)
Walp.
(=Gypsophila alsinoides)
10
13.
Eremogone
Eremogone griffithii (Boiss.) Ikonn.
(=Arenaria griffithii) herb.
12
14.
Holosteum
Holosteum polygamum C. Koch.herb.
18
15.
Holosteum
Holosteum umbellatum L.
17
16.
Kughitangia
Kughitangia popovii (Preobr.) Ovcz.TASH
3
17.
Lepyrodiclis
Lepyrodiclis holosteoides (CAM.) Fenzl. herb.
13
18.
Lepyrodiclis
Lepyrodiclis stellarioides Schrenk.
herb.
11
19.
Minuartia
Minuartia meyeri (Boiss.) Bornm. herb.
13
20.
Minuartia
Minuartia regeliana (Trautv.) Mattf.
7
21.
Pleconax
Pleconax conica (L.) Šourkova (=Silene
conica L.) herb
18
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
208
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
22.
Pleconax
Pleconax coniflora (Ness. ex Otth.) Šourkova
(=Silene coniflora) TASH
13
23.
Pleconax
Pleconax conoidea (L.) Šourkova (=Silene
conoidea L.) herb.
13
24.
Queria
Queria hispanica L.* herb.
9
25.
Silene
Silene guntensis B. Fedtsch. herb.
26.
Silene
Silene kuschakewiczi Regel et Schmalh.
herb.
4
27.
Silene
Silene nataliae F.O. Khass. et I.I. Malzev
Bot jurn
1
28.
Silene
Silene nevskii Schischk.
5
29.
Silene
Silene plurifolia Schischk. herb.
3
30.
Silene
Silene saravschanica Regel et Schmalh.
TASH
5
31.
Silene
Silene tachtensis Franch. herb.
6
32.
Silene
Silene turkestanica Regel
(=Melandrium turkestanicum)
5
33.
Stellaria
Stellaria media (L.) Vill.herb.
20
34.
Stellaria
Stellaria neglecta Weihe.herb.
16
35.
Tytthostemma
Tytthostemma alsinoides (Boiss. et Buhse)
Nevski
8
36.
Vaccaria
Vaccaria pyramidata Medic.
21
37.
Velezia
Velezia rigida L.herb.
15
Shunday qilib areal tiplarining tahlili natijasi shuni koʻrsatadiki, Surxon
qoʻriqxonasining florasi Togʻli Oʻrta Osiyo floralariga xos xususiyatlarga ega hamda
tarkibida Koʻhitang tizmasining endem turlari koʻpligi bilan ajralib turadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Alexin V.V. Geografiya rasteniy. – M.: Sov. kniga, 1938. – 104 s.
2.
An E.S., Botman K.S. Zapovednыe territorii Uzbekistana.– Tashkent:
Uzbekistan, 1980. – S.
−
35
−
38.
3.
Ibragimov A.J. Endemizm flori xrebta Kugitang // Bioraznoobrazie: problemi i
perspektivi soxraneniya: Materiali mejd. nauch. konf. 13-16-maya 2008 g. – Penza,
2008. – S. 217-219.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
209
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
4.
Ibragimov A. J. Surxon davlat qoʻriqxonasi florasining daraxt va butalari //
Oʻzbekistonda choʻllanishning yekologik muammolari: Xalqaro ilmiy konferensiya
materiallari. 25-26 sentabr 2008-y. – Tashkent, 2008. – B. 53-55.
5.
Kamelin R.V. Vidovoy sostav rastitelnogo pokrova ushelya r. Varzob. Vыsshie
rasteniya // Flora i rastitelnost ushelya reki Varzob. – L.: Nauka, 1971.
−
S. 151-238.
6.
Roʻziev A.N. Surxondaryo viloyati. – Toshkent: Jayxun, 1996.
−
30 b.
7.
Flora Uzbekistana. V 6-i t. – Tashkent: Izd. AN UzSSR, 1941-1962.
