Authors

  • Ibragimov Akram Javliyevich
    Termiz Davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti
  • Bekmurotov Mahmud Bekmurot o`g`li
    Termiz davlat universiteti 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.aijmr.92554

Keywords:

Shirach O‟rta Sharq. Kavkaz Qozogiston Markaziy Osiyo Asphodelaceae Regel shirachi - Eremurus regelii Vverd Norshirach yoki ulkan shirach – Eremurus robustus Rgl A.S.Yuldashev.

Abstract

Shirachlar  yer shari florasi ayniqsa, Markaziy Osiyoning o‟ziga xos, o‟ta qimmatli o'simliklar turkumidir Shunday qilib shirachlar (Eremurus turkumi) ni o'rganish ham iqtisodiy ham ilmiy jihatdan juda muhimdir. Shirachlar  yer yuzida ancha keng tarqalgan, ularning areali Yaqin va O‟rta Sharq. Kavkaz, Qozogistonni egallayd. Regel shirachining tabiiy zahiralari va fenologik bosqichlarming o‟tishi haqidagi ayrim ma`lumotlarni A.S.Yuldashev o'rgangan. Regel shirachi - Eremurus regelii Vverd. Turkumning shu nomli seksiyasiga mansub 1-2 metr keladigan ko'p yillik o`t.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

197

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

SHIRACHDOSHLAR OILASI (ASPHODELACEAE) VA SHIRACH

(EREMURUSL.) TURKUMIGA MUMIY TAVSIF

Ibragimov Akram Javliyevich

Termiz Davlat universiteti Botanika kafedrasi dotsenti

Bekmurotov Mahmud Bekmurot o`g`li

Termiz davlat universiteti 4-bosqich talabasi

mahmudbekmurotov@gmail.com

Anotatsiya.

Shirachlar yer shari florasi ayniqsa, Markaziy Osiyoning o‟ziga xos, o‟ta

qimmatli o'simliklar turkumidir Shunday qilib shirachlar (

Eremurus

turkumi) ni

o'rganish ham iqtisodiy ham ilmiy jihatdan juda muhimdir. Shirachlar yer yuzida ancha
keng tarqalgan, ularning areali Yaqin va O‟rta Sharq. Kavkaz, Qozogistonni egallayd.
Regel shirachining tabiiy zahiralari va fenologik bosqichlarming o‟tishi haqidagi
ayrim ma`lumotlarni A.S.Yuldashev o'rgangan.

Regel shirachi -

Eremurus regelii

Vverd. Turkumning shu nomli seksiyasiga mansub 1-2 metr keladigan ko'p yillik o`t.

Kalit so`zlar:

Shirach, O‟rta Sharq. Kavkaz, Qozogiston Markaziy Osiyo,

Asphodelaceae,

Regel shirachi -

Eremurus regelii

Vverd, Norshirach yoki ulkan

shirach –

Eremurus robustus

Rgl, A.S.Yuldashev.

Abstract:

Shirach (Eremurus) species are among the unique and extremely valuable

plant groups of the Earth's flora, especially in Central Asia. Therefore, studying
Eremurus is significant both economically and scientifically. These plants are widely
distributed around the world, with their habitat covering the Near and Middle East, the
Caucasus, and Kazakhstan. Some data on the natural reserves and phenological stages
of Regel’s shirach (Eremurus regelii Vved.) were studied by A.S. Yuldashev. Eremurus
regelii belongs to the section of the genus of the same name and is a perennial
herbaceous plant that can grow 1–2 meters tall.

Keywords:

Eremurus, Middle East, Caucasus, Kazakhstan, Central Asia,

Asphodelaceae, Regel’s shirach – Eremurus regelii Vved., Giant shirach – Eremurus
robustus Rgl., A.S. Yuldashev


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

198

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

Аннотация:

Ширачи (Eremurus) являются уникальной и чрезвычайно ценной

группой растений мировой флоры, особенно характерной для Центральной Азии.
Таким образом, изучение рода Eremurus имеет как экономическое, так и научное
значение. Эти растения широко распространены по всему миру, их ареал
охватывает Ближний и Средний Восток, Кавказ и Казахстан. Некоторые данные
о природных запасах и фенологических стадиях ширача Регеля (Eremurus regelii
Vved.) были изучены А.С. Юлдашевым. Ширач Регеля относится к одноименной
секции рода и представляет собой многолетнее травянистое растение,
достигающее 1–2 метров в высоту.

Ключевые слова:

Eremurus, Ближний Восток, Кавказ, Казахстан, Центральная

Азия, Asphodelaceae, ширач Регеля – Eremurus regelii Vved., гигантский ширач –
Eremurus robustus Rgl., А.С. Юлдашев

KIRISH

Shirachlar yer shari florasi ayniqsa, Markaziy Osiyoning o‟ziga xos, o‟ta

qimmatli o'simliklar turkumidir.Ularning tasmasimon to’pbarglari, jozibador

«sulton» tarzidagi to‟pguli, yulduzsimon shaklli va sariq sutsimon suyuqlikka boy
ildiz sistemasi kishining etiborini jalb etadi. Ularning vegetativ a'zolari deyarli bir xil
tuzilishli, ammo gul tuzilishi va rangi juda xilma-xildir. Bu xususiyatlari ularni
madaniylashtirilganda ham saqlanib qoladi. Shirachlarning o`ziga xos
xususiyatlaridan biri ularning gul tuzilishi biologiyasidadir. Gullash jarayonoda
gultojbarglar, changchilar murakkab harakatlar sodir etishadi.

Shunday qilib shirachlar (

Eremurus

turkumi) ni o'rganish ham iqtisodiy ham

ilmiy jihatdan juda muhimdir. Shirachlar yer yuzida ancha keng tarqalgan, ularning
areali Yaqin va O‟rta Sharq. Kavkaz, Qozogistonni egallaydi. Ammo hozir
aniqlangan 70 taga turlardan 30 tasi Markaziy Qsiyoning janubida tarqalgan,
O‟zbekiston florasda 21 ta tur shirach o'sadi . Ularning aksariyat ko'pchiligi tabiatda
juda kamayib ketayotir. Shu sababdan O'zbekiston shirachlaridan 12 turi "Qizil kitob"
o'simliklaridir.

Shirachdoshlar oilasi (Asphodelaceae) va shirach turkumi

(Eremurus) haqida umumiy ma'lumotlar

Shirachdoshlar oilasi Liliyasimonlar. bir urug'pallalilar (

Liliopsida,

Monocotyledoneae)

kichik sinfining Nargisnamolar (

Amaryllidales

) qabilasiga

mansubdir. Bu qabilaning hozirgi vaqtda 15 ta oilasi mavjud bo‟lib, shulardan biri
shirachdoshlar oilasi hisoblanadi. Shirachdoshlar 1789 yilda Antuan Jyusye
tomonidannomlanganvafangakiritilgan.Yersharidauning46-50tachaturkumlari


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

199

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

va1400-1450atrofida turlari borligi aniqlangan.Shirachdoshlar bir qator belgilariga
ko'ra asfodeldoshlar va anterikadoshlar kabi 2 ta kichik oilaga ajratiladi . Shirach
turkumi esa, asfodeldoshchalarning (

Asphodeloideae

) 15 turkumidan bittasidir.

turkumining seksiyalari bu jihatdan ham qisman o'zaro farqlanishi isbotlaydi.
Rossiyada shirachlarni madaniy o'simlik sifatida ekish haqidagi tavsiyalarni Regel
ishlab chiqdi va bu sohadagi natijalarini O.A.Fedchenko e'lon etdi. Shu yillarda u
shirachlarning yana 4 turini kashf etdi.

1946 yilda Vvedenskiy shirachlarning 7 ta yangi turini kashf etdi. Shunday

qilib shirach turkumining turlar tarkibi va ularning seksiyalarga bo'linish haqidagi
ma‟lumotlar ancha batafsil o'rganilgan, shu jumladan O‟zbekiston florasida
turkumning 21 turi tarqalganligi aniqlandi [7]. Regel shirachining tabiiy zahiralari va
fenologik bosqichlarming o‟tishi haqidagi ayrim ma`lumotlarni A.S.Yuldashev
o'rgangan [8].

Regel shirachi - Eremurus regelii Vverd

. Turkumning shu nomli seksiyasiga

mansub 1-2 metr keladigan ko'p yillik o`t. lldizlari to'qjigarrang, diametri0,8-1,2sm.
Barglari 30 tacha, keng tasmasimon, orqasida bo`rtik bo'ylama qirrali, ko'kimtir -
yashil. tuksiz (silliq), cheti va bo‟rtikchasida g'idirli. Eng sirtqi barglarining
uzunligiga 50-60sm. eni 3.0-3.5sm. Poyasining yo`g'onligi 2 smcha qalin ko'kimtir
g'uborli.To'pguli tig'iz, silindrsimon, 70-100 smcha diametri 5-6 sm, to'pgul yoki
baquvvat (yo'g'on), qo‟ng‟ir-to'qqizil, qobirg'ali.

1-rasm

Norshirach yoki ulkan shirach – Eremurus robustus Rgl.

Shirach turkumining

Hennimgia

seksiyasiga mansub bo'yi 3 metrgacha bo‟ladigan ko'p yillik o't poyasi

baland va yo'g'on bo'lganidan norshirach deb nomlangan.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

200

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

2-rasm

Xulosa

Eremurus turkumi — Asphodelaceae oilasiga mansub ko‘p yillik, ildizpoyali,

guldor o‘simliklar guruhidir. Ular Markaziy Osiyo, Eron, Afg‘oniston, Xitoyning
g‘arbiy hududlari va g‘arbiy Himolaylarda keng tarqalgan. O‘zbekiston hududida bu
turkumga kiruvchi 15 dan ortiq tur mavjud bo‘lib, ularning aksariyati tog‘ oldi va tog‘li
hududlarda, ayniqsa G‘arbiy Tyan-Shan va Hisor tizmalari yonbag‘irlarida uchraydi.
Ayrim turlari endemik bo‘lib, O‘zbekiston florasining noyob va muhofaza talab etuvchi
vakillari sirasiga kiradi.

Eremurus turlari o‘zining baland, dekorativ gul sopi, yirik ildizpoyasi va o‘ziga

xos to‘pgul ko‘rinishidagi gullari bilan ajralib turadi. Ularning vegetatsion davri
nisbatan qisqa — asosan bahor oylariga to‘g‘ri keladi. Gullari asosan entomofil
(hasharotlar bilan changlanadi), bu esa ularning tabiiy populyatsiyalarida changlanish
mexanizmlarini chuqur o‘rganish zaruratini tug‘diradi.

Ushbu o‘simliklarning ahamiyati faqat botanik yoki ekologik darajada emas,

balki amaliy nuqtai nazardan ham katta. Masalan, ayrim Eremurus turlarining
ildizpoyasidan yuqori sifatli texnik elim — shiragul elimi olinadi. Bu elim xalq
amaliyotida gilamchilik, charm va kitob muqovalarini yopishtirishda ishlatilgan.
Shuningdek, ularning ba’zi turlari dorivor xususiyatlarga ega bo‘lib, xalq tabobatida
ichki yallig‘lanishlar, shamollash va teri kasalliklariga qarshi ishlatiladi.

Botanika va sistematika sohalarida Eremurus turlarining o‘zaro farqlanish

belgilarini aniqlash dolzarb masalalardan biridir. Ularning tashqi morfologik
o‘xshashligi, ayniqsa, gulli davrdan keyingi bosqichlarda aniq diagnostik belgilarning


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

201

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

yo‘qligi bu turkumda identifikatsiyani murakkablashtiradi. So‘nggi yillarda
molekulyar-genetik usullar asosida olib borilgan tadqiqotlar Eremurus turkumining
filogeniyasi va tur ichidagi qarindoshlik aloqalarini chuqurroq aniqlashga imkon
bermoqda.

Shuningdek, bu o‘simliklar tabiiy fitotsenozlarda muhim komponent

hisoblanadi. Ular bahorgi ephemeroidlar tarkibida bo‘lib, tog‘ va yarim cho‘l
hududlarida tuproqning eroziyaga uchrashini kamaytiradi va changlatkich hasharotlar
uchun muhim nektar manbai sanaladi. Shu sababli, Eremurus turlarining tabiiy
areallarini muhofaza qilish va ularni madaniy holda yetishtirish muhim ekologik
vazifalardan biridir.

Yakuniy xulosa qilib aytganda, Eremurus turkumi botanik, ekologik va iqtisodiy

nuqtai nazardan yuqori ahamiyatga ega. Ularni chuqur ilmiy o‘rganish, ayniqsa
morfologik, ekologik, fitokimyoviy va genetik jihatdan tahlil qilish — nafaqat floristik
boyliklarni saqlab qolish, balki ularning dorivor, texnik va dekorativ imkoniyatlarini
amaliyotga tadbiq etishga xizmat qiladi. Eremurus turlarini muhofaza qilish, ularni
bioresurs sifatida ilmiy asosda foydalanish O‘zbekiston tabiati va bioxilma-xilligini
saqlashda muhim o‘rin tutadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Abdullayev K.K. (1960). Flora Uzbekistana. Tom 3. Fan nashriyoti, Toshkent.

2. Astanova Sh.A. (2005). Eremurus turlarining sistematikasi va geografiyasi.
Toshkent: TDPU.

3. Bobokhonov U.H. (2017). O‘zbekistonda o‘suvchi Eremurus turlarining
biomorfologik xususiyatlari. Ilmiy maqola, “Biologiya va tibbiyot muammolari”
jurnali.

4. Davlyatov A. (2012). Dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik xususiyatlari.
Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

5. Drobov V.I. (1953). Kultiviruemye rasteniya SSSR. Moskva: Kolos.

6. Karimov A.K. (2002). O‘zbekiston florasi va o‘simlikshunoslik asoslari. Toshkent:
O‘zbekiston.

7. Kinzikaeva G.K. (1988). Rod Eremurus Bunge (Asphodelaceae) v flore Sredney
Azii. Tashkent: FAN.


background image

Acumen:

International Journal of

Multidisciplinary Research

ISSN: 3060-4745

IF(Impact Factor)10.41 / 2024

Volume 2, Issue 5

202

Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research

8. Kurbaniyazov S. (2020). O‘zbekistonda Eremurus turlarining ekologik-xorologik
xususiyatlari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.

9. Rakhimova Sh.R. (2015). Eremurus turlarining fitokimyoviy o‘ziga xosliklari.
Toshkent: Bioorganik kimyo instituti nashrlari.

10. Tojibaev K.Sh. (2010). O‘zbekiston florasining sistematikasi va evolyutsiyasi.
Toshkent davlat universiteti nashriyoti.

References

Abdullayev K.K. (1960). Flora Uzbekistana. Tom 3. Fan nashriyoti, Toshkent.

Astanova Sh.A. (2005). Eremurus turlarining sistematikasi va geografiyasi. Toshkent: TDPU.

Bobokhonov U.H. (2017). O‘zbekistonda o‘suvchi Eremurus turlarining biomorfologik xususiyatlari. Ilmiy maqola, “Biologiya va tibbiyot muammolari” jurnali.

Davlyatov A. (2012). Dorivor o‘simliklar va ularning farmakologik xususiyatlari. Toshkent: O‘zbekiston nashriyoti.

Drobov V.I. (1953). Kultiviruemye rasteniya SSSR. Moskva: Kolos.

Karimov A.K. (2002). O‘zbekiston florasi va o‘simlikshunoslik asoslari. Toshkent: O‘zbekiston.

Kinzikaeva G.K. (1988). Rod Eremurus Bunge (Asphodelaceae) v flore Sredney Azii. Tashkent: FAN.

Kurbaniyazov S. (2020). O‘zbekistonda Eremurus turlarining ekologik-xorologik xususiyatlari. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari.

Rakhimova Sh.R. (2015). Eremurus turlarining fitokimyoviy o‘ziga xosliklari. Toshkent: Bioorganik kimyo instituti nashrlari.

Tojibaev K.Sh. (2010). O‘zbekiston florasining sistematikasi va evolyutsiyasi. Toshkent davlat universiteti nashriyoti.