Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
260
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
EXENATSEYA (ECHINACEA) GULINING SHIFOBAXSH
XUSUSIYATLARI.
Boynazarova Sayyora Ro`zikulovna
TDMAU kata o`qituvchisi
99 678 65 43
Umbarova Muxlisa Muxiddin qizi
TDMAU talabasi
+998 91 584 83 06
Annotatsiya:
ushbu maqolada Exenatseya (Echinacea) gulining dorishunoslikda,
parfimeriya va boshqa sohalarda dorivorlik xususiyati haqida to`liq ma`lumot berilgan.
Exenatseya (Echinacea) gulining qaysi oilaga mansubligi, qaysi sharoitda yaxshi
yetilishi ko`rsatib o`tilgan.
Kalit so`zi:
Exenatseya, dorivor, periparat, zararsiz, jahon,.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi “Dorivor
o„simliklarni madaniy holda yetishtirish va qayta ishlash hamda kasallilarni
davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PQ-
251-son qarorining 2-ilovasida ―Bir tuman — bir mahsulot‖ tamoyili asosida dorivor
o‗simliklarni yetishtirishga ixtisoslashtiriladigan tumanlar‖ ro„yhatida bir qator
dorivor va ozuqabob o„simliklar va xususan Exinatseya o„simligining plantatsiyalarini
Toshkent,
Farg„ona,
Andijon,
Namangan
viloyatlarida,
shuningdek
Respublikamizning barcha tumanlarda tashkil etish chora tadbirlariga alohida e’tibor
berilgan. Barchamizga ma‟lumki tabiiy dorivor o;simliklar xom–ashyosidan
tayyorlanadigan preparatlari inson organizmiga zararsizligi, tarkibida mavjud
vitaminlar, alkoloidlar, kumarinlar, glikozitlar, minerallar va boshqa moddalari bilan
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
261
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
odam organizmiga ijobiy ta‟sir etib uning umumiy holatini yaxshilaydi hamda
immunitetini kuchaytiradi.
Exenatseya (Echinacea) — bu Asteraceae (aylanagul)
oilasiga mansub ko‘p yillik o‘simlik bo‘lib, asosan
Shimoliy Amerikada o‘sadi. U odatda binafsha
echinatsiya (Echinacea purpurea) nomi bilan mashhur.
Asosiy xususiyatlari: Tashqi ko‘rinishi - Barglari
uzunchoq, tishli bo‘lib, gullari ko‘pincha binafsha, pushti
yoki oq rangda bo‘ladi. Gul markazi konussimon bo‘lib,
to‘q sariq yoki jigarrang rangda bo‘ladi. Bo‘yi: O‘simlik
odatda 60–150 sm gacha o‘sadi. Gullash vaqti: Yoz
oylarida gullaydi (iyun–avgust). Dorivor xususiyatlari: Exenatseya qadimdan
tabobatda ishlatiladi: Immunitetni mustahkamlash: Sovuq va grippga qarshi vosita
sifatida qo‘llanadi. Yallig‘lanishga qarshi: Teridagi yallig‘lanishlar va jarohatlarni
davolashda ishlatiladi. Antibakterial va antivirus xususiyatlarga ega. Ishlatilish
shakllari: Quruq o‘simlik shaklida (choy yoki damlama tayyorlash uchun) Ekstraktlar
(sirop, tomchi) Kapsula yoki planshetlar E'tiborli jihatlar: Allergiyasi bor odamlar
ehtiyotkorlik bilan ishlatishi lozim. Homilador ayollar va bolalar uchun foydalanishdan
oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Exinatseya (Echinacea purpurea L. Moench) Qoqio„tdoshlar (Astraceae) oilasi
vakili hisoblanadi. Asosiy vatani Shimoliy Amerikaning janubiy va sharqiy qismi
bo„lgan bu o„simlikning asosan 9 ta turi uchraydi. Turning nomi yunoncha “kirpi”
so„zidan olingan. Turning nomini Dastlab Karl Liinney tavsiflab ularni Rudbeckia deb
nomlagan. Keyinchalik ularni nemis botanigi Kornard Moench turni aniq tavsiflab
berishga erishgan. Ulardan ko„pchiligi yovvoyi va madaniy holatda dekorativ va
dorivorlik xususiyatlari uchun foydalaniladi. Morfologik jihatdan bo„yi o„rtacha 1-1.5
metrga yetadigan ko„p yillik, tik o„suvchi o„simlik. Gullari yirik yakka holatda
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
262
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
joylashgan, ikki jinsli bo„ladi. Barglari yirik o„tkirsimon, poyada ketma-ket
joylashgan. Ildizlari qisqa ammo kuchli rivojlangan. Turkum haqida dastlabki
ma‟lumotlarni nemis olimi Konrada Menxema 1794 yildagi tadqiqotlari va K.S.
Rafinesku-Shmalsaning 1819 yildagi Lepachis Rafin asarlarida uchratish mumkin. [2]
Exinatseya tabiatda va ayniqsa asl vatani bo„lgan Shimoliy Amerikada keng tarqalgan
va uni dastlabki madaniy holda yetishtirish ishlari 1692-yildan boshlagan. Rossiya
Federatsiya xududlariga ushbu o„simlik faqatgina XIX asrning boshlarida manzarali
o„simlik sifatida introduksiya qilingan. Exinatseya o„simligining introduksiyasi ustida
olib borilgan ishlar dastlab 1946 yilda Ukrainaning (VILAR stansiyasi) da boshlangan.
Tajriba uchun dstlabki materiallar yani o„simlik urug„i 1945-yilda Germaniyadan olib
kelingan.
Dorivor o„simliklarga bo„lgan talab doimo mavjud va bu talabni qondirish
albatta mavjud tabiiy dorivor o‟simliklarni o‟rganish, tabiiy zahiralarini aniqlash,
madaniy holatda yetishtirish va chet el florasiga oid o‟simliklarni introduksiya qilish
bilan qondirish imkoniyatiga ega bo‟linadi. Bunday introdusent o‟simliklardan biri
hisoblangan dorivor Exinatsiyaning asl vatani Shimoliy amerika xisoblanib, hozirgi
kunda butun Yevropa, Rossiyava MDH davlatlarining ko‟pchiligida hamda yurtimizda
madaniy holda yetishtirish ishlari olib borilgan va davom etmoqda. Ushbu o‟simlikkka
bo‟lgan yuqori talabning asosiy sabablaridan biri bu o‟simlikning immunitetni
kuchaytirish xususiyatining mavjudligidadir. Bundan tashqari ushbu o‟simlikdan
tayyorlangan preparatlar turli xil jarohatlar va kuyishlarda ham keng qo‟llaniladi.
Chorva mollarining ham maxsuldorligini oshirishda hissasi juda katta.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PQ-251-son
qarorining 2-ilovasi.
https://lex.uz/docs/-6027139#-6028909
2. Алёхин В.В. География растений.М 1950.
3. Баширова, Р. М. Шайдуллина Г. Г., Никитина Т. И. и др. ‒Уфа, 2000. ‒ 44 с.
Acumen:
International Journal of
Multidisciplinary Research
ISSN: 3060-4745
IF(Impact Factor)10.41 / 2024
Volume 2, Issue 5
263
Acumen: International Journal of Multidisciplinary Research
4. Худжаниязова. С. Морфобиологическая характеристка и биология цветения
рудбекий и эхинаций в условиях Ташкента. Ташкент, 1964.
5. Foster, S. Echinacea: Nature‟s Immune Enhancer / S. Foster. – VT: Healing Arts
Press, Rochester, 1991
6. Арифхонова М. М. Растительность Ферганской долины.– Ташкент: Фан, 1967.-
