Актуальность и необходимость совершенствования управления вузами

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
Поделиться
Гафуров, А. (2024). Актуальность и необходимость совершенствования управления вузами. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(3), 51–55. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/29823
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Высшие учебные заведения имеют особое значение в обществе, потому что они рассматриваются как основная опора для будущего поколения общества, и они могут вести общество к прогрессу или вести его к упадку. Поэтому высшие учебные заведения несут двойную ответственность перед людьми, поколением и обществом. А это, в свою очередь, должно быть направлено на справедливость, подотчетность, прозрачность, подотчетность и рост в управлении высшими учебными заведениями. И это принципы корпоративного управления


background image

51

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

¹ PhD, ALFRAGANUS UNIVERSITY, Toshkent, O’zbekiston. e-mail: g.anvar@mail.ru. ORCID: 0009-0005-1918-2507

UDK: 342.156

OLIY TA’LIM MUASSALARI BOSHQARUVINI

TAKOMILLASHTIRISHNING DOLZARBLIGI VA ZARURATI

АКТУАЛЬНОСТЬ И НЕОБХОДИМОСТЬ

СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ УПРАВЛЕНИЯ ВУЗАМИ

THE RELEVANCE AND NEED TO IMPROVE

THE MANAGEMENT OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS

Gafurov Anvar Bazarbayevich ¹

Annotatsiya

Oliy taʼlim muassasalari jamiyatda oʼziga xos ahamiyatga ega, chunki ular jamiyatning kelajak avlodi uchun

asosiy poydevor sifatida qaralib, jamiyatni taraqqiy etishiga yoki uni tanazzulga yetaklashi mumkin. Shuning uchun

ham oliy taʼlim muassasalari xalq, avlod va jamiyat oldida ikki karra maʼsuldir. Bu esa oʼz navbatida oliy taʼlim

muassasalarida boshqaruvni adolatliy, javobgarlik, shaffoflik hisobotdorlik va yuksalishlikka qaratilgan boʼlishi

lozimdir. Bu esa korporativ boshqaruvning tamoyillaridir.

Abstract

Higher education institutions have a special importance in the society, because they are considered as the

main foundation for the future generation of the society, and they can lead the society to progress or lead it to

decline. That is why higher education institutions have a double responsibility to the people, the generation and

the society. And this, in turn, should be aimed at justice, accountability, transparency, accountability and growth

in the management of higher education institutions. And this is the principles of corporate governance.


background image

52

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

KIRISH

Ushbu maqolada Oliy taʼlim muassasa(OTM)larida manfaatdor tomonlari tomonidan korporativ boshqaruv tuzilmasi

va mexanizmi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilishga qanchalik ahamiyat berilishi yoritiladi. Ushbu maqsadga erishish

uchun bir qancha rivojlangan davlat OTMlarida korporativ boshqaruvining asosiy jihatlari boʼyicha maʼlumotlarni oshkor

qilinadi.

Natijalarimiz shuni koʼrsatadiki, OTMlarda korporativ boshqaruv tizimi joriy etilishi asosida aniq maʼlumotlarni oshkor

qilinishi natijasida boshqaruvda shaffoflik va javobgarlikni oshirilishga olib keladi. Shuningdek, bu tizim nafaqat OTM

boshqaruvida shuningdek, OTM buxgalteriyasida ham moliyaviy hisobotlarni shakllantirishda korporativ boshqaruv

tizimiga oid maʼlumotlarni faol nashr etish zarurati boʼyicha yangi tajribani keltirib chiqaradi.

Yangi davlat boshqaruvi (New public management) davlat sektoridagi qarashlari va boshqaruvning kengroq toʼplamiga

chuqur singib ketishi asosida korporativ boshqaruv tizimi shakllandi. OECD mamlakatlarida byurokratik tizim natijasida

boshqaruvda samaradorlik va shaffoflik koʼrsatkichlarining sustlashib borishi natijasida New public management 1980

va 1990 yillarda taraqqiy eta boshlagan. New public managementning asosi ham osmondan olinmadi, shunchaki

xususiy sektor boshqaruv usullari davlat sektoriga oʼzlashtirilgan. Oʼzlashtirilgan usullarga asosan quyidagilar kiradi:

markazlashmagan boshqaruv, natijalarga asoslangan moliyalashtirish va rejalashtirilgan natijalarga erishilganlik darajasi

boʼyicha hisobdorlik, strategik boshqaruv va rejalashtirish, shartnomaga asoslangan munosabatlarni qabul qilish hamda

boshqaruv madaniyatini mustahkamlashdir [1].

New Public Management uslubidagi yangi islohotlar Yevropa mamlakatlaridagi oliy taʼlim muassasalarini

boshqarishga ham katta taʼsir koʼrsatdi. Аʼzolar soni oshib borayotgan ittifoqda OTMlar oʼzlarining moliyaviy va

inson resurslarini boshqarishda, taʼlim jarayonida, tadqiqot dasturlari va talabalarni qabul qilish hajmi boʼyicha qaror

qabul qilishda yuqori avtonomiyaga ega boʼldi. Аvtonomiyaning ortishi natijalarga asoslangan moliyalashtirish bilan

birikib ketdi: davlat mablagʼlari tobora ortishi, mahsulot yoki natija koʼrsatkichlari sifatida ifodalangan maqsadlarga

erishishga bogʼliq [2].

Oliy taʼlim muassasalari oʼz vazifalarini bajarish uchun ustuvor yoʼnalishlarni va shunga mos ravishda maqsadli

resurslarni aniqlashi kerak. Universitetlar strategiyalarni aniqlay olmasalar, ustuvorliklarni belgilay olmasalar, oʼqitish

va tadqiqot maqsadlarini tanlay olmasa va amalga oshira olmasa hamda umuman oʼz tuzilmalari va tashkilotlarini

oʼzgaruvchan muhitga moslasha olmasa, samarali va mustahkam boʼlolmaydi.

Shuning uchun ham, XXI asr OTMlari boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan yangi yondashuvlarni qabul qilishi

zarur va korporativ boshqaruv kabi xususiy sektor modellariga amal qilish tez surʼatlarda oʼsib bormoqda. Ushbu tizimga

rioya qilgan holda, OTMlar korporativ siyosat va rejalashtirish strategiyalarini ishlab chiqishda tajribaga ega bolgan va

rahbarlik qilish hamda boshqarish qobiliyatiga ega boʼlgan mutaxassislar tomonidan boshqarilishi lozimligini koʼrsatadi.

Mazkur korporativ boshqaruv tuzilmasi oliy taʼlim muassasalarining nazorat va hisobdorlik mexanizmlarini amalga oshirishi,

uzoq muddatli biznes-rejalar tuzishi, oʼz missiyasi va strategik qarashlarini aniqlashi, asosiy faoliyat va samaradorlik

koʼrsatkichlarini ishlab chiqishi hamda yillik byudjet harajatlarni belgilashi va nazorat qila oladi.

Korporativ boshqaruv mexanizmlarini amalga oshirish universitet boshqaruvini takomillashtirish va uning raqobatbardoshligini

oshirish uchun harakatlantiruvchi vosita sifatida ifodalash mumkin, chunki u strategiyalarni belgilashda kollegial nazorat va

boshqaruvi orqali samaradorlik olib keladi [3]. Shuningdek, ushbu tizim OTMning boshqaruvida duch kelishi mumkin boʼlgan

muammolarni hal qilishga (boshqaruvni shaffof boʼlishiga) yoki oʼsib borayotgan raqobatga bardosh berishga (yangi taʼlim

yoʼnalishini joriy etish yoki dolzarbligini yoqoyotgan yoʼnalishni tugatish), reyting pozitsiyalarini yaxshilash, xarajatlar uchun

chegaralarni belgilash va kengroq hamjamiyat uchun koʼproq iqtisodiy va ijtimoiy majburiyat bilan tavsiflangan munosabatni

qabul qilish imkonini beradi. Universitet faoliyatini yanada samaraliroq qilish, boshqaruv organlarining masʼuliyatini oshirish,

kollegial organlar taklif etilayotgan yoʼnalishlar koʼlamini takomillashtirish va kengaytirishga qaratilgan [4].

Universitetlar institutsional avtonomiyasini mustahkamlash uchun korporativ boshqaruv tizimini shakllantirishi kerak,

shu bilan birga jamiyatga nisbatan oshkoralik va natijalar ustidan nazoratni kuchaytirishga sababchi boʼladi. Universitetlar

boshqaruvi mustaqil, hisobdorlik va baholashni bogʼlashi kerak. Shu maqsadda bizning OTMlarida ushbu tizimning

Абстракт

Высшие учебные заведения имеют особое значение в обществе, потому что они рассматривают-

ся как основная опора для будущего поколения общества, и они могут вести общество к прогрессу

или вести его к упадку. Поэтому высшие учебные заведения несут двойную ответственность перед

людьми, поколением и обществом. А это, в свою очередь, должно быть направлено на справедливость,

подотчетность, прозрачность, подотчетность и рост в управлении высшими учебными заведениями.

И это принципы корпоративного управления.

Kalit so’zlar:

Oliy taʼlim muassasasi, korporativ boshqaruv, javobgarlik, yuksalish, shaffoflik.

Key words:

Higher education institution, corporate governance, accountability, growth, transparency.

Ключевые слова:

ВУЗ, корпоративное управление, подотчетность, рост, прозрачность.


background image

53

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

boshlangich qadamlari qoʼyilgan, jumladan, Oʼzbekiston Prezidentining “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik

va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi qarorida 35ta OTMga

moliyaviy mustaqillik berildi.

MATERIAL VA METOD

Ushbu maqola ma’lumotlari turli xil davlat vazirliklari va idoralaridan olingan ikkilamchi ma’lumotlar, shuningdek, statistik

hisobot va hujjatlar tahliliga asoslanadi. Ma’lumotlar tahlili seminarlar, fokus-guruh muhokamalari va ish beruvchilar bilan

ekspert so’rovnomalar asosida to’ldirildi.

TAHLIL VA NATIJA

Hozirgi kunda, respublikamizda jami oliy ta’lim muassasalari soni 210 ta bo’lib shundan 115 ta davlat tassarufida

va 65 ta nodavlat hamda chet el OTM filiallari 30 tani [5] tashkil etmoqda (1-rasm).

1- rasm. Respublika bo’yicha OTM soni

Ushbu OTMlarni viloyatlar kesmida ko’radigan bo’lsak, quyidagi raqamlarga duch kelishimiz mumkin, jumladan,

poytaxtda faoliyat yuritayotgan OTMlar soni 63ta, Samarqand viloyatida Toshkent shaharidagi nisbata 4.5 barobar kam

ya’ni 14 ta, Farg’ona viloyatida esa salkam 6 barobar kam ya’ni 11 ta OTM faoliyat yuritib kelmoqda (2-rasm).

2-rasm. OTM respublika viloyatlari kesmida

Keyingi 3-rasmda, respublika bo’yicha OTMlarda faoliyat yuritayotgan professor-o’qituvchilar soni hamda tahsil

olayotgan talabalar soni ko’rsatilgan. Demak, respublika bo’yicha 783 ming nafar talaba OTM tahsil olib kelmoqda,

shundan 33 foizi (254 881) Toshkent shahrida, 9 foizi (76 032) Samarqand viloyatida va 7 foizi (52 913) Qoraqalpog’iston

respublikasida joylashgan OTMlarda tahsil olib kelmoqda (3-rasm).


background image

54

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

3-rasm. OTMlarda talabalar va professor-o’qituvchilar soni.

OTMlarni qamrab olish darajasi bo’yicha ma’lumotlarni tahlil qiladigan bo’lsak, Maktabgacha va maktab ta’limi

vazirligi ma’lumotiga ko’ra, 2022 yilda jami 385 437 nafar maktab bitiruvchilaridan 295 393 nafari, yoki 77 foizi oliy ta’lim

muassasalariga kirish imtihonlarida ishtirok etgan. Ularning 85 869 nafari yoki 23 foizi davlat oliy ta’lim muassasalariga

o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2021 yilga nisbatan +4% ga, 2020 yilga nisbatan +12% ga oshgan [6].

4-rasm. OTM bitiruvchilarni qamrab olish prognozi [7]

Lekin, ko’rinib turganidek, OTMlarida bitiruvchilarni qamrab olishga hali ham ehtiyoj yuqori, jumladan, 2030 borib,

bitiruvchilarni qamrab olishni 50 foizga oshirishni rejalashtirilgan bu esa 782 993 nafar talabadan 1.174 millionga

yetkazish degani.

Endi, o’z navbatida talabalar kontingenti oshirish yaxshi, lekin talabalarni bilib va ko’nikmalarni berish uchun

ilmiy salohiyatga ega bo’lish muhim ko’rsatkichlardan biridir. Ushbu masalada, “Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish

konsepsiyasi”da ilmiy salohiyatiga oid barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan Milliy ilmiy portalni yaratish hamda nufuzli

xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalarida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatini oshirish

choralarini ko‘rish choralari beligilangan.

5-rasm. OTMlarda ilmiy salohiyatni oshirish rejasi (foiz)


background image

55

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

Ko’rinib turganidek, hozirga vaqt respublikada 210 ta OTMlar faoliyat yurutib kelmoqda (1-rasm), ushbu ta’lim

dargohlarida 782 993 nafar talaba ta’lim olmoqda (4-rasm), bu ta’lim jarayonida faol ishtirok etayotgan professor-

o’qituvchilar salohiyati salkam 40 foizni (5-rasm) tashkil etmoqda.

6-rasm. OTMlarda boshqaruvini avtomatlashtirish jarayoni (foiz)

O’z navbatida, endi ushbu tizimni boshqaruviga axborotlashtirish tizimini joriy etish muhimdir. Shundagina,

boshqaruv qarorlarini qabul qilishda, inson omilini kam ta’sir ko’rsata olishiga erishish mumkin. Ushbu sohada anchagina

kamchiliklarimiz bor, jumladan, bir xabarni bosh offis(rektorat)dan fillial (fakulteti)ga borishga ancha vaqt ketadi, yoki

fakultet hisobotlarni taqdim etishda hali ham xodimlarni fiziologik ishtirokini ta’minlash ustuvor qaraladi.

Shu kabi axborot almashinuv jarayoni quyidagi rasmda ham ko’rishimiz mumkin, ta’lim qamrovi va ilmiy saholiyatni

oshirish bilan birga ushbu ko’rsatkichni ham 100 foizga chiqarish rejalashtirilgan.

XULOSA

Bu qismda aytishim kerak bo’lgan, so’z yakunim quyidagilarni o’z ichiga oladi, ta’limga e’tibor berayotgan davlat

ta’limga kam e’tibor berayotgan davlatni boshqarishga o’tadi. Demak, bizning OTMlarda ham ta’lim qamrovini kengaytirish

orqali yangi bozorni egallashimiz orqali ilmiy-innovasion salohiyatdan keng foydalanish, istiqbolda ilm-fanni muntazam

isloh qilib borish, zamonaviy bilimga ega va yangicha fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar shakllantirish orqali ilmiy

infratuzilmani modernizasiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishimizga shak-shubha yoq.

Adabiyotlar:

1. Aucoin, P. 1990. Administrative reform in public management: Paradigms,

principles, paradoxes and pendulums. Governance 3(2): 115–137.

2. Leitner, K.H., Elena, S., Fazlagic, J., Kalemis, K., Marinaitis, Z., Secundo,

G., Sicilia, M.A., and Zaksa, K. 2014. A strategic approach for intellectual

capital management in European universities. Guidelines for Implementation,

UEFISCDI Blueprint Series

3. Florez, J.M., M.V. Lopez, and A. Lopez. 2014. Corporate governance,

analysis of the top 100 universities in the Shanghai ranking. Revista de Educacio´n 364: 170–196.

4. Trakman, L. 2008. Modelling university governance. Higher Education Quarterly 62(1/2):

63–83.

5. O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar varizligi, https://edu.uz/uz/pages/sss

6. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi https://t.me/uzedu/18612

7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi

asosida muallif ishlanmasi

Библиографические ссылки

Aucoin, P. 1990. Administrative reform in public management: Paradigms, principles, paradoxes and pendulums. Governance 3(2): 115–137.

Leitner, K.H., Elena, S., Fazlagic, J., Kalemis, K., Marinaitis, Z., Secundo, G., Sicilia, M.A., and Zaksa, K. 2014. A strategic approach for intellectual capital management in European universities. Guidelines for Implementation, UEFISCDI Blueprint Series

Florez, J.M., M.V. Lopez, and A. Lopez. 2014. Corporate governance, analysis of the top 100 universities in the Shanghai ranking. Revista de Educacio´n 364: 170–196.

Trakman, L. 2008. Modelling university governance. Higher Education Quarterly 62(1/2): 63–83.

O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar varizligi, https://edu.uz/uz/pages/sss

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi https://t.me/uzedu/18612

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi asosida muallif ishlanmasi

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов