Перспективы формирования безопасного туризма в Узбекистане

inLibrary
Google Scholar
Выпуск:
Отрасль знаний
CC BY f
52-55
0
0
Поделиться
Расулова, Н. . (2024). Перспективы формирования безопасного туризма в Узбекистане. Международный научный журнал «ALFRAGANUS», 1(5), 52–55. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/alfraganus/article/view/30054
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

В статье рассмотрены перспективы формирования безопасного туризма в Узбекистане. В частности, научно проанализированы значение безопасного туризма в Узбекистане, вопросы эффективного использования туристского потенциала регионов в формировании безопасного туризма. Также представлены научные пред


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

52

O‘ZBEKISTONDА XAVFSIZ TURIZMNI

SHAKLLANTIRISH ISTIQBOLLARI

Rasulova Nigora Yusupovna,

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti mehmonxona biznesini

boshqarish kafedrasi assistenti

ORCID: 0000-0003-4134-9172 e-mail: nrasulova8779@gmail.com

JEL klassifikatsiya tizimi kodlari: Z31, Z32, L83

Аnnotatsiya.

Maqolada O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish istiqbollari o‘rganilgan. Jumladan,

O‘zbekistondа xavfsiz turizmning ahamiyati, xavfsiz turizmni shakllantirishda hududlarning turistik

imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalalari ilmiy tahlil qilingan. Shuningdek, sohani rivojlantirish

bo‘yicha ilmiy taklif va xulosalar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

Xavfsiz turizm, xorijiy sayyohlar, sayyohlik imkoniyatlari, turistlarning xavfsizlik hissi, turistik

yo‘nalishlar, ijtimoiy qurilish, netnografiya, turizm politsiyasi.

ПЕРСПЕКТИВЫ ФОРМИРОВАНИЯ

БЕЗОПАСНОГО ТУРИЗМА В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация:

В статье рассмотрены перспективы формирования безопасного туризма в Узбе

-

кистане. В частности, научно проанализированы значение безопасного туризма в Узбекистане,

вопросы эффективного использования туристского потенциала регионов в формировании без

-

опасного туризма. Также представлены научные предложения и выводы по развитию отрасли.

UO‘K: 338.486


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

53

KIRISH

O‘zbekistondа xavfsiz turizmni shakllantirish

mehmondoʼstlik va turizm sohasi uchun dolzarb

vazifadir. Xavfsiz turizm texnologiyalarni joriy etishning

asosiy maqsadi turistlar xavfsizlik riskini pasaytirishdan

iboratdir.

Mamlakatda xavfsiz turizmni rivojlantirish, mazkur

sohada aholini ish bilan bandligini oshirish va shuning

bilan bir qatorda, tabiiy turfa xillikni, ya’ni biobalansni

saqlash, iqlim o‘zgarishlarining oldini olish maqsadida

davlat organlarining xavfsiz turizmni rivojlantirish

sohasida aholi bilan muloqot qilishining yangi

mexanizmlarini joriy etish yuzasidan izchil ishlar olib

borilmoqda. Xavfsiz turizmni rivojlantirish maqsadida

zamonaviy innovatsion platformalarni amaliyotga

keng tatbiq etishning yaxlit tizimini yaratish, axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalarini boshqarish

hamda joriy etish sohasidagi bir qator tizimli muammo,

kamchiliklar ushbu sohaning jadal rivojlanishiga,

sifatli axborot xizmati ko‘rsatishga to‘sqinlik qilmoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2023-yilning

16-oktyabr kuni Samarqandda Jahon sayyohlik tashkiloti

(UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi

ochilishida mamlakatlar o‘rtasida turizm sohasidagi

hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan qator

tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek: «Global turizmning

eng dolzarb muammosi — bu turistlarning kafolatlangan

xavfsizlik tizimini ta’minlashdir. Bugungi kunda

dunyoning turli mintaqalarida kuzatilayotgan nizo va

beqaror vaziyatlar soha rivojiga pandemiyadan ham

ko‘ra ko‘proq salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda» .

Shavkat Mirziyoyev shu maqsadda, hozirgi murakkab

vaziyatni inobatga olgan holda xalqaro turizm sohasida

mustahkam huquqiy asoslarni kuchaytirish maqsadida

BMT doirasida Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab

chiqishni taklif etdi.

Iqlim o‘zgarishlari tobora kuchayib borayotgan

davrda «yashil» turizmni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro

Harakatlar dasturini qabul qilish har qachongidan ham

dolzarb ekanini ta’kidlagan prezident tashkilotning

«Yashil» turizmni joriy etish bo‘yicha eng yaxshi shahar»

nominatsiyasini ta’sis etishni ham taklif qildi.

Qayd etilishicha, tashkilot ko‘magida yaqinda

ish boshlagan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim

o‘zgarishini o‘rganish universiteti hamda Samarqanddagi

«Ipak yo‘li» xalqaro universiteti hamkorligida Global

«yashil» turizm startaplari laboratoriyasini yaratish

rejalashtirilmoqda. Shuningdek, xavfsiz turizmni

rivojlantirishda innovatsion raqamli platformalarni tatbiq

etish dolzarb masalalardan bo‘lib hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2019-yil 13-avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xavfsiz

turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma

asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash

to‘g‘risida»gi 669-son qarori va boshqa me’yoriy-huquqiy

hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish

O‘zbekistonda xavfsiz turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Xavfsiz turizmning maqsadini belgilashda jahonda

xavfsiz turizmning kelib chiqishi va shakllanishini puxta

o‘rganishni talab qiladi. Hozirgi kunda xavfsiz turizm

jahon turizmida jadal rivojlanib borayotgan yo‘nalish

hisoblanadi. Turizmning ko‘plab turlari o‘z mavzusi yoki

atalishi bo‘yicha bir yo‘nalish yoki bir maqsadni bildiradi.

Respublikamizda o‘ziga xos ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanish darajasiga, xavfsiz vaziyatiga va mentalitetiga

ega bo‘lgan bevosita O‘zbekiston Respublikasi xavfsiz

turizmni ta’minlash, turistik xizmatlar raqobatbardoshligi,

tashkiliy-iqtisodiy omillaridan samarali foydalanishning

ilmiy-amaliy masalalari bo‘yicha yaxlit ilmiy izlanishlarning

amalga oshirilmaganligi tadqiqotlar yo‘nalishini

belgilashda asos bo‘lib xizmat qildi.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ilmiy izlanish jarayonida aniq faktlar asosida tadqiqot

o‘tkazishda korrelyatsiya, sabab-oqibatni oʻrganish,

Ключевые слова:

Безопасный туризм, иностранные туристы, туристические возможности,

чувство безопасности туристов, туристские дестинации, социальное строительство, нетно

-

графия, туристическая полиция.

PROSPECTS OF FORMING SAFE TOURISM IN UZBEKISTAN

Abstract:

The article discusses the prospects for the formation of safe tourism in Uzbekistan. In particular,

the importance of safe tourism in Uzbekistan and the issues of effective use of the tourism potential of the

regions in the formation of safe tourism were scientifically analyzed. Scientific proposals and conclusions

on the development of the industry are also presented.

Key words:

S

afe tourism, foreign tourists, tourism opportunities, tourists’ sense of security, tourist

destinations, social construction, netnography, tourism police.


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

54

ma’lumotlarni guruhlarga ajratish hamda indeks va

normativ usullarini hisobga olib, ularning tuzilishini

o‘rganish asosida ijtimoiy-iqtisodiy holatlarni tahlil qilish,

iqtisodiy jarayonlarni anglashni mantiqiy xulosalash,

tahlil va sintez qilish, ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil

qilish, statistik ma’lumotlarni taqqoslash, netnografiya

kabi usul va uslublardan foydalanildi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Bugungi kunda jahon ilm-fanida turli tadqiqotchilar

tomonidan xavfsiz turizm bilan bog‘liq bo‘lgan ilmiy-

nazariy va amaliy-fundamental tadqiqotlar olib

borilmoqda. Xususan, xavfsiz turizmning ijtimoiy-

iqtisodiy muammolari, xavsiz turizmning mamlakat

turizm salohiyatiga taʼsiri, xavfsiz turizmning imkoniyatlari

kabi masalalarda olib borilayotgan tadqiqotlar muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislari

tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar amalga oshirilish

metodologiyalari bilan bir-biriga ancha yaqin, o‘xshash

bo‘lsa-da, ammo ularning maqsad va o‘rganish sohasi

turlicha ekanligini eʼtirof etish mumkin. Xususan, xavfsiz

turizm imkoniyatlarining kengayishi, xavfsiz turizmning

o‘rni masalalari bo‘yicha Yongguang Zou, Qionglei Yu.

[3], Мугулов Ф.К. [4], Abriyev Z.S. [5] kabi tadqiqotchilar

tomonidan olib borilgan ilmiy izlanishlarni misol keltirish

mumkin.

Xitoylik tadqiqotchi olimlar Yongguang Zou, Qionglei

Yu. [3] xavfsiz turizmga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqotlarida

turizm tabiatan xavf bilan bog’liqligi va shu sababdan

xavfsizlik tushunchalari tarkibini, xavfsizlik iqlimini va

maqsadli imidjning kichik oʻlchovi sifatida xavfsizlikning rolini

oʻrganib chiqishgan. Ushbu tadqiqot ijtimoiy konstruktivistik

nuqtayi nazardan sayyohlarning maqsad xavfsizligi

hissini bartaraf etishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari

turistlarning turli xil fazo-vaqt sharoitlarida xavfsizlik

hissini tushunish zarurligini ta’kidlab, turizm xavfsizligi

boʻyicha ilm-fanga hissa qoʻshadi. Turistlarning xavfsizlik

hissini koʻp bosqichlariga asoslanib, ushbu tadqiqot

destinatsiyalarini boshqarish turizm tashkilotlariga

mahalliy turizm xavfsizligi va boshqaruvini yaxshilashga

yordam berish uchun amaliy natijalar beradi.

Iqtisodchi olim F.K. Mugulov [4] xavfsiz turizmni

ta’minlashning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini rivojlantirish

lozimligini ta’kidlab o‘tgan: ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi, ilmiy-

metodik yo‘nalish, o‘quv-uslubiy, o‘quv-amaliy va o‘quv

va maslahat yo‘nalishlari.

Z.S. Abriyev [5] o‘zining ilmiy tadqiqotlarida

respublikada sayyohlar uchun jahon andozalari

asosidagi yangi sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi

tizimini amaliyotga joriy etish zarurligi masalalariga

alohida to‘xtalib o‘tgan.

G.M. Suvorova [6] «Xavfsiz dam olish va turizm»

nomli qo‘llanmasida turizm tarixi, sayohat xavfsizligi

asoslari, turistik sayohatlar va sayohatlarni tashkil etish

usullari batafsil yoritilgan. Yovvoyi tabiatda ekstremal

sharoitlarda omon qolish usullariga alohida e’tibor berib

o‘tilgan. Jumladan, boshpana qurish, oziq-ovqat izlash va

halokat signallarini yuborish, shuningdek, sayohatlarga

tayyorgarlik ko‘rish, hordiq chiqarish va chet elga sayohat

qilish xususiyatlari keng o‘rin olgan.

TAHLIL VA NATIJALAR

O‘zbekiston — xavfsiz turizm mamlakati. Bu statistika

ma’lumotlarida ko‘rsatilmoqda. 2019-yilda O‘zbekiston

yakka turistlar uchun dunyodagi eng xavfsiz beshta

davlat qatoridan joy oldi. Ushbu maʼlumotlar Wegoplace

onlayn sayohat xizmatining yillik hisobotida keltirilgan.

«Bugungi kunda 2017-yilda «Buxoro, Samarqand,

Xiva va Shahrisabz shaharlarida 2017–2020-yillarda

xavfsiz turizmni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi

qaror asosida xavfsiz turizmni ta’minlash konsepsiyasi

tasdiqlangan edi. Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida

turizm xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ichki ishlar

organlari faoliyati takomillashtirildi. Endilikda Buxoro,

Samarqand, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari IIBda

vaziyat markazlari faoliyat ko‘rsatadi. Ular xavfsiz

turizm holatini monitoring qilish, sayyohlarni real vaqt

rejimida ehtimoliy xavflardan xabardor etish hamda

ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga

yordamlashish bilan shug‘ullanadi.

Hozirgi kunda Buxoro, Samarqand, Xorazm va

Qashqadaryo viloyatlari ichki ishlar boshqarmalarida

xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘yicha boshqarmalar tashkil

etildi va mazkur boshqarmalar boshliqlari tayinlandi.

Ular, o‘z navbatida, viloyat IIB boshliqlarining o‘rinbosari

hisoblanadi. Yangi tashkil etilgan boshqarmalarga xorijiy

tillarni mukammal biladigan xodimlar ishga qabul qilingan.

Mamlakatda bo‘lib turgan davrda sayyohlar

xavfsizligini, transportdan foydalanish va ko‘chishlarini

ta’minlash bo‘yicha turizm sohasida xizmat ko‘rsatuvchi

va yetib kelgan sayyohlar hisobini yurituvchi davlat

va nodavlat tashkilotlarning yagona axborot bazasini

shakllantirish rejalashtirilmoqda. Buxoro, Samarqand,

Xiva va Shahrisabzdagi transport infratuzilmalari va

xizmat ko‘rsatish sohasi obyektlarida plakatlar, belgilar

va ko‘rsatkichlar o‘rnatilmoqda.

Mobil ilova sayyohlarni mamlakatimizda bo‘lish

qoidalari, viza va ro‘yxatga olish jarayonlari, diqqatga

sazovor manzillar va yo‘nalishlar, shuningdek, yaqin ichki

ishlar organi tayanch punktlari va tibbiyot muassasalari

to‘g‘risida xabardor qilib turadi. Mazkur mobil ilovada

sayyoh huquqni muhofaza qilish organlariga mushkul

vaziyatga tushib qolganlik to‘g‘risida xabar yuborishi yoki o‘z

mamlakatining konsullik idorasiga murojaat qilishi mumkin.

Yashash joyi xavfsizligini ta’minlash, mehmonxonaga

joylashish va sayyohlarga xizmat ko‘rsatish sohasida


background image

Alfraganus

xalqaro ilmiy jurnal

55

har bir mehmonxonada yetib kelgan sayyohlarning

ma’lumotlar bazasini shakllantirishga imkon beruvchi

«E-mehmon» elektron axborot tizimi joriy etilmoqda.

Mehmonxonalarga kirish joyi kun-u tun videokuzatuv

ostida bo‘ladi.

Bundan tashqari, «Xavfsiz turizm» yagona apparat-

dasturiy majmuasi joriy etiladi. Bu videokuzatuv

ma’lumotlarni tahlil qilish va avtomatik ravishda qayta

ishlash, huquqbuzarliklar va hodisalar to‘g‘risidagi

xabarlarni qabul qilish va ro‘yxatga olish tizimi hisoblanadi.

Turistik diqqatga sazovor maskanlarga tashrif

buyurgan sayyohlar va rasmiy xorijiy delegatsiyalar

xavfsizligini ta’minlash va kechki ko‘ngilochar dasturlarni

tashkil etish sohasida sayyohlarni individual himoya qilish

bo‘yicha maxsus texnik vositalarga bo‘lgan talablarni

ishlab chiqish va o‘rnatish ham belgilangan.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xavfsizlik odatda xavf yoki jarohatlardan himoyalanish

yoki duch kelishi mumkin bo‘lmagan holatni anglatadi.

Turistlarning manzilga boʻlgan xavfsizlik hissini ijtimoiy

qurish doimiy uch bosqichli jarayonni talab qiladi:

sayohatdan oldin, shaxsiy sayt tajribasi va sayohatdan

keyingi baholash.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, sayyohlarning borar

joyi xavfsizligi haqidagi ilk taassurotlar asosan uchta

manbadan olinadi: 1) davlat sektori, 2) ommaviy

axborot vositalari va ijtimoiy media 3) boshqa

ishtirokchilar.

Turizmni boshqarishni yaxshilash uchun oziq-ovqat,

ichimlik suvi, havo va turar joy uchun sifat standartlariga

ham alohida ahamiyat berish kerak. Obyektlar va

jihozlarni boshqarish, xavfsizlikni tekshirish, texnik

xizmat ko‘rsatish yangilash orqali kuchaytirilishi lozim.

Jamoat xavfsizligi yomon bo‘lgan hududlar qutqaruv

rejalarini ishlab chiqishi kerak. Mahalliy hukumatlar

favqulodda muammolarni hal qilish uchun zudlik bilan

harakat qilishlari lozim. Ommaviy axborot vositalarida

o‘z vaqtida olingan xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardagi

aloqalar boradigan joy xavfsizligi haqidagi ijobiy

taassurotlarga yanada hissa qo‘shishi mumkin.

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son

«2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtish

strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori.

2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi «Ichki

ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida

pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi 669-son qarori.

3. Yongguang Zou, Qionglei Yu. Sense of safety toward tourism destinations: A social constructivist

perspective. Journal of Destination Marketing & Management. Volume 24, June 2022, 100708.

4. Мугулов Ф.К. Проблемы и пути развития безопасного туризма в регионе // вестник

социально-педагогического института. № 4 (32), 2019.

5. Абриев. З.С. (2022) Развитие социально-экономического потенциала туризма в Узбе

-

кистане в условиях пандемии COVID-19: перспективы на будущее через призму настоящего

[Development of tourism socio-economic potential in Uzbekistan amidst the COVID-19 pandemic:

prospects for the future through the prism of the present]. 12. (4). – 1361–1376. doi: 10.18334/

epp.12.4.114360

6. Суворова. Г.М. Безопасный отдых и туризм: учебное пособие для вузов / Г.М. Суворова [и

др.]; ответственный редактор Г.М. Суворова. — 2-е изд., испр. и доп. — Москва: Издательство

Юрайт, 2023. — 195 с. — (Высшее образование). — ISBN 978-5-534-11091-3.

7. kun.uz

8. uzbekistan.travel/uz

Адабиётлар:

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktyabrdagi PQ-4477-son «2019–2030-yillar davrida Oʻzbekiston Respublikasining «yashil» iqtisodiyotga oʻtish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-avgustdagi «Ichki ishlar organlarining xavfsiz turizmni ta’minlash bo‘linmalari tomonidan shartnoma asosida pulli xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash to‘g‘risida»gi 669-son qarori.

Yongguang Zou, Qionglei Yu. Sense of safety toward tourism destinations: A social constructivist perspective. Journal of Destination Marketing & Management. Volume 24, June 2022, 100708.

Мугулов Ф.К. Проблемы и пути развития безопасного туризма в регионе // вестник социально-педагогического института. № 4 (32), 2019.

Абриев. З.С. (2022) Развитие социально-экономического потенциала туризма в Узбекистане в условиях пандемии COVID-19: перспективы на будущее через призму настоящего [Development of tourism socio-economic potential in Uzbekistan amidst the COVID-19 pandemic: prospects for the future through the prism of the present]. 12. (4). – 1361–1376. doi: 10.18334/ epp.12.4.114360

Суворова. Г.М. Безопасный отдых и туризм: учебное пособие для вузов / Г.М. Суворова [и др.]; ответственный редактор Г.М. Суворова. — 2-е изд., испр. и доп. — Москва: Издательство Юрайт, 2023. — 195 с. — (Высшее образование). — ISBN 978-5-534-11091-3.

kun.uz

uzbekistan.travel/uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов